logo

Germaniya Federativ Respublikasi, Fransiya Respublikasi, Italiya Respublikasi, Polsha Respublikasi, Shveysariya Konfederasiyasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

104 KB
Reja: 1. Germaniya Federativ Respublikasi 2. Fransiya Respublikasi 3. Italiya Respublikasi 4. Polsha Respublikasi 5. Shveysariya Konfederasiyasi Maydoni 357000km 2 .Aholisi 82,2 (2001y.), 82,4mln kishi (2006y.).Poytaxti Berlin (3,4mln kishi).Davlat tili nemis tili.1949 yil 3 davlat (AQSH,Angliya, Fransiya) akkupasiyasi zonasida tashkil topgan.IGO’ga ko’ra Horijiy Yevropaning markazida joylashgan bo’lib, temir yo’llar, suv, avtoyo’llar va havo yo’llari tugunida joylashganligi harakterlidir.GFR iqtisodiyotida Reyn va uning irmog’i Rurning ahamiyati katta.Barcha qo’shni davlatlari yuqori darajada rivojlangan. GFR 1955 yil NATOga, 1973 yil BMTga a’zo bo’ldi.1970 yillarga kelib Polsha, Chexiya, GFR va sobiq SSSR bilan chegara yaxlitligini tan oldi.1957 yildan buyon EIHga a’zo.GFR hududiga 1980 yillari AQSH raketa-yadro qurollari va harbiy bazalari joylashtirilgan. GFR-16ta o’lkaning federasiyasidir.GFRda quyidagi siyosiy partiyalar mavjud: 1.Xristian-demokratik ittifoqi (HDI). 2.Erkin demokratik partiya (EDP). 3.Germaniya sosial- demokratik partiyasi (GSDP). 4.Germaniya kommunistik partiyasi (GKP). 5.Ko’katparvarlar partiyasi-atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotining qo’shilishidan 1980 yil tashkil topgan. 6.Nasional demokratik partiyasi (NDP)-1964yil tuzilgan yangi fashistlar partiyasi. 7.Nemis kasaba soyuzlari birlashmasi (NKP). Aholisi.GFR aholisining soni jihatidan Horijiy Yevropadagi eng yirik mamlakat.82,6mln (2003y.), 82,4mln kishi (2006y.).Tug’ilish koeffisenti 9% 0 , o’lim 10% 0 . 1ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi.15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 15%, 64 yoshdan o’tganlar 17%.O’rtacha umr 75-81 yosh. YAMD 25240 dollar (2001y.). Aholining joylashuvi, uning mehnatda bandlik strukturasi GFRning industrial mamlakat ekanligini ta’kidlaydi.Aholining o’rtacha zichligi (1km 2 ga 240 kishi) ga ko’ra Evropada hatto dunyoda oldingi o’rinlardan birida turadi.Reyon-Rur aglomerasiyasining ba’zi joylarida aholi zichligi 1km 2 ga 5000 kishigacha etadi.Urbanizasiya darajasiga ko’ra dunyoda oldingi o’rinlardan birida turadi.Aholisining 86%i shaharlarda yashaydi.Reyn daryosi bo’ylari va Rur havzasi ekologik jihatidan eng iflos hudud hisoblanadi.GFRda aholisining 48%i noishlab chiqarishda, 41%i esa sanoat va qurilishda band. GFR-sanoat va ishlab chiqarish darajasi jihatidan jahonda 3-o’rinlarda turadi.1986 yil yalpi milliy mahsulot 1949mlrd markani tashkil etdi.Metallurgiya, ximiya, elektrotexnika, mashinasozlik tarmoqlari, qurilish sanoati yuksak darajada rivojlangan. GFR xo’jaligining bu qadar yuksalishiga Janubiy Yevropa va Janubi-G’arbiy Osiyo mamlakatlaridan kelayotgan 3-4mln kishilik arzon ishchi kuchlarining ta’siri ham yuqori.Sanoatining ayrim tarmoqlari.Masalan: yengil va oziq-ovqat sanoati o’sishidan deyarli to’xtab qolmoqda. Qishloq xo’jaligi o’z mahsulotining qiymati jihatidan sanoatdan 20 barobar orqada turadi. GFR tabiiy resurslardan toshko’mir, kaliy tuzi va tosh tuz konlariga boy.1986 yil GFRda 81mln t. toshko’mir qazib olingan.GFR energetikasida 1960 yillargacha toshko’mir asosiy o’rin tutgan.FTI davrida toshko’mir qazib olish keskin kamayib energetika balansida neft-gaz hissasi 60%gacha ko’tarildi.AESlar soni ayniqsa ko’paymoqda.2006 yil GFR 560mlrd kVt.soat (dunyoda 4-o’rin) elektr energiya hosil qildi. Qora metallurgiya sanoati uchun temir rudasini 90%i chetdan keltiriladi, xromit va marganes ham chetdan keltiriladi.GFR 1986 yil 28,9mln t. cho’yan, 45mln t. po’lat, 36mln t.prokat ishlab chiqaradi. Mashinasozlik-GFR sanoatining etakchi tarmog’i.Mashina ishlab chiqarish bo’yicha GFR AQSHdan keyin 2-o’rinda, eksport qilish bo’yicha esa 1-o’rinda turadi.Avtomobillar ishlab chiqarish bo’yicha 2-o’rinda (Yaponiyadan keyin) turadi.Yiliga 4,5mln avtomobilь tayyorlanadi.”Folksvagen” va “Mersedes” firmalarining filiallari bir qancha mamlakatlarda ham mavjud.Mashinasozlik asosan Rur havzasida, kemasozlik esa Gamburgda rivojlangan. Ximiya sanoati eng yuksak darajada rivojlangan.Mazkur sanoatning eng muhim markazi-Rur havzasidir.Ximiya sanoatining xom-ashyosini ko’mir ximiyasidan neftь ximiyasiga o’tishi Germaniyani “ximiyalashgan” mamlakatga aylanishiga sabab bo’ldi. Yuksak intensiv qishloq xo’jaligi mamlakatning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini 76%ni ta’minlamoqda.Yirik fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligining asosini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligida yetakchi tarmoq chorvachilik bo’lib, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 4/5qismini beradi.GFR chorvachiligi asosini qoramol va cho’chqa tashkil etadi.Donli ekinlar ichida bug’doy, javdar, arpa, suli asosiy rol o’ynaydi.Arpadan piva tayyorlanadi.Bu soha Bovariyada yaxshi rivojlangan.Xemel ko’p etishtiriladi.Donli ekinlarning o’rtacha hosildorligi gektariga 52,5 sentner. Transporti.Temir yo’llarning umumiy uzunligi 32,5ming km (1/3qismi elektrlashtirilgan).Temir yo’llarda yuk tashish bo’yicha Fransiyadan keyin 2- o’rinda turadi.GFR daryo transporti muhim ahamiyat kasb etadi, hatto butun Evropa bo’yicha.Eng muhim transport tugunlari: Gamburg, Myunxen, Kyoln. Tashqi iqtisodiy aloqalari.GFR uchun muhim ahamiyatga ega.1986 yil mamlakat ishlab chiqariladigan jami mahsulotning 25%i eksport qilinadi.Asosiy eksport mahsulotlari: avtomobillar, stanoklar, sanoat jihozlari, elektrotexnika buyumlari, ximiyaviy moddalar, qurol-yarog’. Importi: sanoat mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, xom-ashyolar, neft-gaz. Pul birligi-GFR markasi. Fransiya Respublikasi. Maydoni 544000km 2 .Aholisi 58,3mln (1996y.), 59,8mln (2001y.), 62,1mln kishi (2006y.).Fransiyaning IGO’ uchun 2ta asosiy xususiyati xosdir: 1.Fransiya “EIH”ga a’zo mamlakatlar bilan bevosita chegaradosh bo’lib, uning chegarasi yaqinida bu mamlakatlarning industrial rayonlari joylashgan.Masalan: Reyn-Rur, London rayoni, qolaversa Yevropadagi Markaz o’qi o’tgan. 2.Fransiya sohillari Atlantika okeanining dengiz va qo’ltiqlari bilan bevosita tutashgan bo’lib, bu holat jahon mamlakatlari bilan arzon dengiz transporti orqali savdo-sotiq qilish imkononi beradi. Fransiya quruqlik orqali 8 mamlakat bilan chegaradosh bo’lib, ayniqsa GFR, Italiya, Buyuk Britaniya bilan chegaradoshligi muhim rolь o’ynaydi. Fransiya ma’muriy jihatidan 96departamentga bo’lingan.Parij alohida departament huquqiga ega.Mamlakatda 4mln ga yaqin jazoirliklar, portugallar, italьyanlar va ispanlar yashaydi. Fransiya Horijiy Yevropada maydoniga ko’ra eng yirik mamlakat hisoblanadi. Aholisi.Fransiyada tabiiy o’sish darajasi anchagina past bo’lib, millatning qarishi kuzatilmoqda.Tug’ilish koeffisenti 13% 0 , o’lim 9% 0. 1ayolga 1,9 bola to’g’ri keladi.15 yoshgacha bo’lganlar 19%, 64 yoshdanyuqori bo’lganlar 16%.O’rtacha umr 76-83 yosh.YAMD 24080 dollar (2001y.).Mehnat resurslarini to’ldirishning muhim vositasi qadimdan immigrasiya bo’lib kelgan.Aholi joylashuviga qishloqlardan odamlarning shaharlarga to’xtovsiz ko’chib kelishi (XX-asrda aholining buyuk ko’chishi) kuchli ta’sir etadi.Natijada urbanizasiya jarayoni jadal rivojlanib bormoqda.Hozirda Fransiya aholisining 79%i shaharlarda, 21%i qishloqlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Parij 2,1mln kishi, Marsel 808 ming, Lion, Tuluza, Nissa, Strasburg. Fransiya 1949 yil NATOga kirgan edi, lekin 1966 yil u NATOdan rasmiy ravishda chiqib ketgan bo’lsada, baribir hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda.Prezident 7 yil muddatga saylanadi. Asosiy siyosiy partiyalari: 1.Respublikani quvvatlovchi birlashma (1976y.t.t.).Sharl Fure, Robert Ouen, Sen- Simon. 2.Fransiya sosialistik partiyasi (FSP 19051.). 3.Fransiya kommunistik partiyasi (FKP 1920 y.t.t.). Fransiya xo’jaligi 2-jahon urushida katta iqtisodiy zarar ko’rdi.Ekonomikasining deyarli barcha tarmoqlari yangi texnika bilan ta’minlandi.Eng yangi tarmoqlar-atom, radiotexnika, neft ximiyasi aerokosmik tarmoqlar rivojlanadi. Fransiya sanoat mahsulotlarining hajmi jihatidan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida dunyoda 4-o’rinni egallaydi.Milliy daromadda qishloq xo’jaligining salmog’i 1/10qismidan kamroqni tashkil etsada, u aholini asosiy oziq-ovqat bilan ta’minlaydi va eksportda ham katta rolь o’ynaydi. Sanoati.Energetika qisman o’z resurslariga tayanadi.Ko’mir asosan shimoldan (Elzas va Lotaringiyadan), neftь va tabiiy gaz esa oz miqdorda janubi-g’arbdan qazib olinadi.Mamlakat neftga bo’lgan ehtiyojini asosan chet el hisobiga (Jazoir, Liviya, Venesuela, MDH va Yaqin Sharq mamlakatlari) qondiradi.Shuning uchun ham neftni qayta ishlovchi asosiy markazlar dengiz bo’ylaridagi port shaharlarda (Marselь, Bordo, Nant, Gavr, Ruan) joylashgan.Fransiyani uran rudasiga boyligi va ko’p qazib olishi, shuningdek Afrikadagi sobiq mustamlakalardan uran konsentrantini ko’plab keltirilishiga asoslanib atom energetikasi va atom sanoati tez rivojlanmoqda. Qora metallurgiya sanoati Evropadagi eng katta Lotaringiya temir rudasi konlaridan foydalanadi.Lekin temir rudasini eksport qilishni ilgarigi ahamiyati yo’qolib bormoqda.O’rta Er dengizi sohillari boksitga boy bo’lib, Alьp va Pireney tog’ etaklaridagi arzon GESlar energiyasi alyuminiy eritish imkoniyatini beradi. Mashinasozlik butun sanoat mahsuloti qiymatining 1/3qismidan ko’prog’ini va eksport mahsulotining asosiy qismini beradi.Mashinasozlik sanoatining joylashuvida Parij ayniqsa katta rolь o’ynaydi.Butun mamlakatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining 25%ini birgina Parij beradi. Ximiya sanoati tarmoqlari jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo’lib, bu sanoat korxonalari tarqoq joylashgan.Ximiya zavodlari xom-ashyolar yaqinida, portlarda, GESlar yaqinida va katta shaharlarda joylashgan.To’qimachilik sanoati o’zining ilgarigi ahamiyatini yo’qotgan (ip-gazlama va jun-gazlama) hozirda sintetik tolalardan to’qilgan turli matolar bilan jahonga tanilmoqda. Qishloq xo’jaligi.Fransiya hududining 35%i haydaladigan erlardir.Qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqli bo’lib, go’sht, sut tayyorlash, bug’doy, qand lavlagi etishtirish jihatidan Horijiy Yevropada 1-o’rinda, uzum vinosi tayyorlash, sohillarda ustrisa yig’ish jihatidan dunyoda 1-o’rinda.Asosiy texnika ekini-qand lavlagi.Rona daryosi etaklarida-sholi, SHampanь viloyatida (O’rta dengiz bo’yi) uzum, Nissa rayonida gul ko’p ekiladi (parfyumeriya uchun).Mehnatga yaroqli aholining 10%i qishloq xo’jaligida band. Fransiyada tashiladigan jami yukning 60,7 % i dengiz transportida, 21,2 % i avtomobil transportida, 10,6 % i temir yo’l transportida, 5,2 % i quvur transportida, 1,5 % i ichki suv transportida, 0,8 5 i havo transportida tashiladi. Fransiyada tashiladigan jami yo’lovchining 84,2 % i avtomobil transportida, 9 % i temir yo’l transportida, 6,8 % i havo transportida tashiladi. Mamlakat ichkarisida tashiladigan yuklarning yarmi temir yo’llarda tashiladi.Temir yo’llar salkam 40000km bo’lib, uning 10000km i elektrlashtirilgan.”Parij-Bordo” temir yo’lining tezligi 350km.soat.Uzunligi 515km.”Parij-Strasburg”. Tashqi savdoda dengiz floti muhim rol o’ynaydi.Fransiya eksportining 3/4qismi tayyor buyumlar (avtomobillar “Reno”, samolyotlar A-310, dengiz kemalari, qurol-yarog’, AESlar uchun uskunalar, temir, alyuminiy, atir-upa, bug’doy, sut, go’sht, shakar, vino) ga to’g’ri keladi. Tashqi savdo 1-galda “EIH”ga va AQSH, Yaponiya bilan olib boriladi. Fransiya chetga kapital eksport qiluvchi yirik davlat.Xalqaro turizm Fransiyaga katta daromad keltiradi.1989 yil Fransiyaga 50,2mln turist kelib ketdi va turizmdan 16,5mlrd dollar daromad tushdi.Dunyoda 1-o’rinda.2001 yil Fransiyaga 75mln turist kelgan. Pul birligi-Fransiya franki. Italiya Respublikasi. Italiya Yevropaning janubidagi davlat.Maydoni 301,2ming km 2 .Territoriyasi tarkibiga ko’ra 3 qismdan: materik,yarim orol va orollardan (Sisiliya,Sardiniya va bir qancha mayda orollardan) iborat.Quruqlik orqali 4ta davlat bilan chegaradosh.Dengiz chegarasi quruqlik chegarasiga nisbatan 4 barobar uzun.Mamlakat hayotida dengizning roli yuqori, mamlakatning eng ichkarisidagi rayonlari ham sohildan bor-yo’g’i 200-300km narida joylashgan.Mamlakatning O’rta dengiz havzasining markazida ekanligi unga Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Evropaning boshqa mamlakatlari bilan aloqalarini rivojlanishiga qadimdan imkoniyat berib kelgan, hozirda ham muhim rol o’ynaydi. Shimoliy Italiyaning geografik o’rni Janubiy Italiyaga nisbatan ancha qulay.Chunki u iqtisodiy aloqalarni quruqlikda ham, dengizda ham, havoda ham olib borishi mumkin.Italiyadan transkontinental havo yo’llari o’tadi. Aholisi 57,2mln (2003y.), 59mln kishi (2006y.).Aholisining soni jihatidan Horijiy Evropada Germaniyadan keyin 4-o’rinda turadi.Aholisining 98%i italьyanlar.Italiya uchun aholining doimiy emigrasiyasi harakterli (har yili o’n minglab kishilar ketib turadi).Bunga asosiy sabab dehqonlar turmushining og’irligi, ishsizlik, kam ish haqi, inflyasiya.2-jahon urushiga qadar immigrasiya o’chog’i okean orti bo’lsa, urushdan keyin Fransiya va Germaniya bo’lib qoldi.Italiyada tug’ilish koeffisenti 9% 0 , o’lim 10% 0 .1ayolga 1,2 bola to’g’ri keladi.15yoshgacha bo’lganlar salmog’i 14%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar salmog’i 19%.O’rtacha umr 77-83 yosh.YAMD 24530 dollar (2001y.). Italiya Evropadagi aholisi eng zich mamlakatlardan biri (1km 2 ga 193 kishi).Urbanizasiya jarayoni jadal o’smoqda, hozirda urbanizasiya darajasi 68% ni tashkil etadi.Shahar aholisining asosiy qismi Shimoliy Italiyada yashaydi. Yirik shaharlari: Milan-1,3, Rim-2,6, Neapol-1,0, Turin, Palermo, Genuya (1995y). Italiya dunyodagi 1-respublika bo’lib, 20 oblastdan tashkil topgan.Italiya- parlamentar respublika.Davlat boshlig’i prezident bo’lib, uning vakolat muddati 7yil.Qonun chiqaruvchilik hokimiyati deputatlar palatasi bilan senatdan iborat. Italiya ekonomikasiga AQSH, Germaniya va Shveysariya kapitalining ta’siri kuchli. Xo’jalikning joylashuvidagi xarakterli xususiyat Shimoliy Italiya bilan Janubiy Italiya o’rtasida keskin territorial farqning mavjudligidir.Shimoliy Italiya iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan.Janubiy Italiya-mamlakat hududining 40%i, aholisining 35%ini egallasada, uning faqat 18%igina sanoatda banddir.Bu erda aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi IYAM mamlakat Shimoliga nisbatan 2 marta kam.Aholi juda siyrak.Davlat Janub iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan regional siyosat olib bormoqda. Italiya 1957 yildan EIHga va 1949 yildan NATOga a’zo.Siyosiy partiyalari: 1.Xristian demokratik partiyasi (XDP) (1943y). 2.Italiya Respublikachilar partiyasi (IRP) 1832yil tashkil topgan. 3.Italiya sosial-demokratik partiyasi (ISDP) 1947 yil tashkil topgan. 4.Italiya liberallar partiyasi 1845 yil tashkil topgan. 5.Italiya kommunistik partiyasi 1921 yil tashkil topgan. Italiya foydali qazilmalarning asosiy turlari-ko’mir, neft, temir rudasi bilan yomon ta’minlangan.Tabiiy gaz, boksit, qo’rg’oshin, oltingugurt, simob, rux, marmar zapaslari bor.Italiya Yevropa mamlakatlari ichida gidro va geotermal energiya resurslarining ko’pligi jihatidan ajralib turadi. Mamlakat energetikasi chet el neft, koks, ko’mir, tabiiy gaziga tayanadi.Elektr energiyasi ishlab chiqarishda IESlar 1-o’rinni egallasada, Alp tog’ etaklarida GESlarning salmog’i katta.Markaziy Italiyada geotermik elektr stansiyalari bor. Mamlakat ishlab chiqarish va eksportida mashinasozlik muhim rolь o’ynaydi.Transport mashinasozligi ayniqsa, avtomobillar (“Fiat”), motorollyorlar, velosipedlar, kemalar ishlab chiqarish yuksak darajada rivojlangan.Mashinasozlik zavodlarining ¾ qismi Shimoliy Italiyada joylashgan. Qora metallurgiya sanoati asosan chet el xom-ashyosiga asoslanganligi tufayli eng yirik kombinatlar port shaharlarda (Toranto, Genuya, Neapol) joylashgan.Jahonda 10-o’rinda (27mln.). Eng yirik mashinasozlik zavodlari Milan va Turinda joylashgan. Neftni qayta ishlash va neftь-ximiya sanoati markazlari asosan port shaharlarda va SHimoliy Italiyada joylashgan. 1986 yil Italiya: 1830 ming avtomobilь, jumladan 1650000 engil avtomobilь ishlab chiqargan.1995 yil 1241000 ishlab chiqargan, dunyoda 8-o’rinda.2,3 mln.t. neft va 14 mlrd. m 3 gaz qazib oldi. Qishloq xo’jaligi.Tabiiy sharoiti mo’’tadil mintaqaning barcha ekinlarini va subtropik ekinlarni yetishtirish uchun qulay.Padan pastekisligi (Shimoliy Italiya) unumdor tuproqlarga ega.Janubiy Italiyada esa yerlar toshloq, kam unum, qurg’oqchil. Italiya qishloq xo’jaligi Fransiya qishloq xo’jaligidan intensivligi va rivojlanish jihatidan undan keyin turadi.Italiya zaytun va uzumning yalpi xosili jihatidan dunyoda 1-o’rinda, sitrus mevalarining yalpi hosili jihatidan Evropada (Ispaniyadan keyin) 2-o’rinda turadi. Asosiy texnika ekinlari-qand lavlagi va nasha.Chorvachilik sust rivojlangan.Tog’li rayonlarda qo’y, echki, xachir boqiladi. Transporti. Mamlakat ichkarisida yuk va yo’lovchi tashishda avtomobilь transporti asosiy rolь o’ynaydi, avtoparki 22,8 mln. avtomashinadan iborat. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 30,4 ming km bo’lib, temir yo’l transporti 2-o’rinda turadi.Temir yo’llarning elektrlashtirilganlik darajasi jihatidan Italiya dunyoda oldingi o’rinda turadi. Dengiz transporti mamlakatning tashqi savdoga etakchi rolь o’ynaydi.Tashqi savdoga tegishli barcha yuklarning 9/10 qismi dengizda tashiladi. Shimoliy Italiyadagi eng muhim region Milan, Turin, Genuya uchburchagidir.Bulardan tashqari Venesiya va Rim mavjud.Janubiy Italiyaning eng muhim sanoat va madaniyat markazi-Neapol. Asosiy importi: neft, ko’mir, kokos, paxta, oziq-ovqat mahsulotlari. Eksporti: mashinalar (avtomobillar), motosikllar, qurol-yarog’, kimyo mahsulotlari, xolodilniklar, kir yuvish va idora (yozuv) mashinalari, poyabzal, sabzavot, mevalar, sitrus mevalari, vino. Tashqi savdo aloqalari: “Umumiy bozor” mamlakatlari, Shveysariya va AQSHga ko’p to’g’ri keladi. Xalqaro turizm rivojlangan, yiliga 30 mln. turist kelib ketadi.1989 yil Italiya turizm bo’yicha 4-o’rinni egalladi.Shu yili 26 mln.turist kelib ketdi. Pul birligi-italyan lirasi. Polsha Respublikasi. PXR 1989 yil oxirlaridan Polsha respublikasi deb atala boshlangan.Maydoni 324 ming km 2 . Territoriyasi shimoldan janubga 650km, g’arbdan sharqqa 700km ga cho’zilgan.Siyosiy geografik o’rnining asosiy xususiyati sobiq sosialistik davlatlar bilan o’ralganligi (ular 7ta).Iqtisodiy geografik o’rnining muhim xususiyati Polьsha territoriyasi geografik kenglik va uzunlik yo’nalishidagi tranzit yo’llar chorrahasida joylashganligi va 500 kmdan ortiq masofada dengiz bilan chegaradoshligi.Shuningdek EIH mamlakatlariga yaqin qo’shni bo’lib, ular bilan havo, quruqlik, suvlik orqali savdo-sotiq qilish imkoniga ega. 2004 yil EIH ga a’zo bo’lgan. Aholisi. 38,6 mln (2003 yil), 38,1 mln. kishi (2006 yil) bo’lib, 98,5 %ini polyaklar tashkil etadi.Ulardan tashqari ukrainlar, beloruslar va litvaliklar ham yashaydi.Tug’ilish koeffisenti 10% 0 , o’lim 9% 0 . 1ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi.15 yoshgacha bo’lganlar 18%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 13%. O’rtacha umr 70- 78 yosh.YAMD 9370 dollor (2001y.) 2-jahon urushi oqibatida aholisi 6 mln. kishiga, ya’ni 22%ga kamaydi, jinsiy tarkibi o’zgardi. Urushdan so’ng mamlakat aholisining joylashuviga ichki migrasiyaning ta’siri kuchli bo’ldi.Urbanizasiya darajasi yuqori sur’at bilan o’sdi, hozirda mamlakat aholisining 63%i shaharlarda yashaydi.Yirik shaharlari: Varshava-1,6 mln., Lodz-818000, Krakov, Vroslav, Poznan, Gdansk, Shesin (1996y.). Mamlakat ma’muriy jihatidan 16 ta voevodlikka bo’linadi.Asosiy siyosiy partiyalari: 1.Polsha Birlashgan ishchi partiyasi-1948 yil tashkil topgan. 2.Birlashgan dehqonlar partiyasi-1949 yil tashkil topgan. 3.Demokratik partiya-1939 yil tashkil topgan. 4.Milliy tiklanish vatanparvarlik harakati uyushmasi. 2-jahon urushi natijasida Polsha o’z milliy boyligining 45%ini yo’qotdi, mamlakat ekonomikasi butunlay izdan chiqib ketdi (chunki 7 yil urush). Sanoati tarkibida ro’y bergan eng muhim o’zgarish unda mashinasozlik bilan ximiya sanoatining salmog’ining ortishi bo’ldi. Polsha sanoatining territoriyalarda to’planganligi bilan ajralib turadi.Sanoatning katta qismini janub voevodliklarda to’planganligi harakterli. Polsha Si, sof oltingugurt, toshko’mir miqdori jihatidan Yevropada oldingi o’rinlarni egallaydi.Masalan: toshko’mir qazib olishda dunyoda 4-o’rinda, aholi jon boshiga nisbatan ko’mir qazib olishda esa 1-o’rinda turadi.Qo’ng’ir ko’mir, osh tuzi, polimetal zapaslari jihatidan Yevropada oldingi o’rinlarda turadi.Biroq temir, neft, fosforit kam. Polsha energetikasining asosi toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir.Toshko’mir qazib chiqarishning deyarli hammasi Yuqori Sileziya havzasida to’plangan.Bu erdan energetika ko’miri ham, kokslanadigan ko’mir (anrosit) ham qazib chiqariladi.Keyingi yillarda mamlakat sharqidagi Lyublin havzasini o’zlashtirish boshlandi. Neft va tabiiy gazga bo’lgan ehtiyojini asosan MDH hisobiga qondiradi.”Do’stlik”. Qora metellurgiya sanoati chet el temir rudasiga muhtoj.Eng yirik qora metallurgiya korxonalari Krakov, Kotovise.Temir rudasini KMA va Krivoy Rogdan oladi. Polsha mashinasozligi-ko’mir sanoati uchun mashinalar, bug’ qozonlari, stanoklar, ximiya va qand zavodlari uchun jihozlar, passajir va yuk vagonlari, dengiz kemalarini ishlab chiqaradi.Mashinasozlik korxonalari asosan Varshava, Poznan, Vroslav, Gdanskda to’plangan. Ximiya sanoatida yaqin vaqtlargacha o’g’itlar ishlab chiqarish ustun edi. So’ngi yillarda ko’mir ximiyasi asosida organik sintez ximiyasi tez o’smoqda. Uning asosiy zavodlari Yuqori Sileziya havzasi rayonida joylashgan. Neft – ximiya korxonalari “Do’stlik” tevaragida joylashgan. To’qimachilik Lodz rayonida eng yaxshi rivojlangan. Qishloq xo’jaligi. Mamlakat hududining asosiy qismi pasttekisliklardan iborat. Hududining 46 % i haydalgan yerlar bo’lib, qadimdan dehqonchilik qilinadi. Polsha dehqonchiligida javdar, kartoshka eng ko’p ekiladi. Polьsha butun dunyoda bu ekinlardan olinadigan hosilning ¼ qismini beradi, ularning yalpi hosili jihatidan MDH dan keyin turadi. Bug’doy, qand lavlagi yetishtirish katta ahamiyatga ega. Yiliga 26 mln t. (1987 y.)dan hosili olinadi. Donli ekinlarning o’rtacha hosildorligi 31 sentnerni tashkil etadi. Mamlakatda zig’irchilik, bog’dorchilik va karam yetishtirish yaxshi rivojlangan. Chorvachilikda qoramolchilik va cho’chqachilik alohida ajralib turadi, lekin ularning rivojlanishiga yaylovlarning (hududining 13% ini tashkil etadi) etmasligi to’sqinlik qiladi. Transportining asosiy turi temir yo’llardir. Uzunligi 27000km. Temir yo’llarining yuk oboroti jihatidan Polsha Xorijiy Yevropada 1-o’rinda turadi. Temir yo’llarda asosan toshko’mir va temir rudalari tashiladi. Iqtisodiy geografik jihatidan Polьsha 3 qismga bo’linadi: 1. Janubiy Polsha. Mamlakatning eng muhim industrial bazasi “Qora Sileziya” aglomerasiyasi joylashgan. Kotovise, Krakov, Vroslav kabi shaharlar joylashgan. 2. O’rta Polshada yirik sanoat shaharlari: Varshava, Lodz, Poznan joylashgan. 3. Shimoliy Polshada asosan qishloq xo’jaligi va dengiz xo’jaligi rivojlangan. Asosiy shaharlari: Shesin, Gdansk. Tashqi savdosi asosan qo’shni mamlakatlar bilan olib boriladi. Asosiy eksporti: mashina va uskunalar, dengiz kemalari, toshko’mir, mis, oltingugurt, to’qimachilik buyumlari, kartoshka, karam. Asosiy importi: Temir rudasi, neft, gaz. Pul birligi – zolotiy. Shveysariya Konfederasiyasi Shveysariya – Markaziy Evropadagi davlat. Territoriyasi 41,3ming km 2 . Shimoldan Germaniya, janubdan Italiya, g’arbdan Fransiya, sharqdan Avstriya va Lixtenshteyn knyazligi bilan chegaradosh. Mamlakat hayotida “G’arbning katta ettilik mamlakatlari” ni 3 tasi bilan chegaradoshligi va “Umumiy bozor” mamlakatlariga yaqin qo’shniligi muhim o’rin tutadi. Ko’plab xalqaro tashkilotlarning shtab kvartirasini Shveysariyada joylashganligi Shveysariyani jahon siyosatidagi mavqeyini oshiradi. Aholisi 7,07 mln (1996y), 7,3 mln (2003y), 7,5 mln kishi (2006y) bo’lib, zichligi 1 km 2 ga 157 kishi. Tug’ilish koeffisienti 10 ‰, o’lim 8‰. 1 ayolga 1,4 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar 17%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 16%. O’rtacha umr 77-83 yosh. YAMD 30970 $ (2001y). Aholisining milliy tarkibi xilma-xil. Mamlakat aholisining 14% i ajnabiy bo’lib, ular asosan Italiya va Portugaliyadan ko’chib kelganlardir. Shveysariya 3 tilli (4 retoromanskiy) mamlakatdir, bunga sabab aholisining 65% i nemislar, 18% i fransuzlar, 10% i italyan tilida so’zlashadi. Dindorlarning 48% i katoliklar, 44% i protestantlardir. Millioner shaharlari yo’q. Yirik shaharlari: Syurix, 341 ming, Bazel, Jeneva, Lozanna. Mamlakat janub va janubi-sharqdan Alp, shimoli-g’arbdan esa Yura tog’lari bilan o’ralgan. Mamlakat hududida Jeneva, Nevshatel, Syurix va Boden (chegarada) kabi hushmanzara ko’llar joylashgan. Hududining asosiy qismini tog’lar egallagan. Shveysariya tabiiy resurslarga kambag’al bo’lib, na yonuvchi foydali qazilmalar na rudali foydali qazilmalar uchraydi. Lekin mamlakat gidroenergiya resurslariga boy. GES lar asosan Alp tog’ etaklariga, ya’ni janubga qurilgan. Shveysariya 1921 yil 1-avgustda 3 kantonni konfederasiyaga birlashishidan tashkil topgan. Shveysariya 1818 yil konstitusiya qabul qilgan. 1874 yil konstitusiyaga o’zgarishlar kiritilgan bo’lib, shundan buyon o’sha konstitusiyaga amal qilib kelinmoqda. 1815 yili Vena kongressida, 1919 yilgi Versal shartnomasida tasdiqlangan doimiy betaraflik statusi Shveysariyaning tashqi siyosatidir. Bu status 3 prinsepga: urushlarda qatnashmaslik, chet ellar bilan harbiy shartnoma tuzmaslik, o’z hududini uzil - kesil kengaytirmaslikka asoslanadi. Shunga ko’ra Shveysariya BMT ga, EIH ga, NATO ga a’zo emas. Shveysariya – federativ parlamentli respublika. 23 kantondan iborat. Har bir kantonni o’zining konstitusiyasi, parlamenti va hukumati bor. Biroq federal konstitusiya kantonlar huquqlarini cheklab qo’ygan. Konfederasiya prezidenti parlament tomonidan 1 yilga saylanadi. Asosiy siyosiy partiyalari: 1. Shveysariya radikal – demokratik partiyasi. 2. Shveysariya Demokratik – xristian partiyasi 3. Shveysariya Sosial – demokratik partiyasi 4. Shveysariya xalq partiyasi 5. Shveysariya liberal partiyasi 6. Shveysariya mehnat partiyasi. Shveysariya – rivojlangan mamlakat. Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromad jihatidan dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Dunyoning asosiy moliyaviy va bank markazlaridan biri (chet el valyutalar zapasi jihatidan dunyoda 4-o’rinda turadi). Shveysariya sanoati chet el xom ashyolariga juda qaram. Toshko’mir va temir rudasini asosan Germaniya va Fransiyadan oladi. Italiyadan rangli metallar oladi. Lekin yuqori sifatli qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Asosiy sanoat tarmoqlari: metal ishlash, stanoksozlik (dunyoda eksport qilinadigan stanokning 10% ini Shveysariya beradi), to’qimachilik mashina-uskunalari (18% ini), elektr mashinasozligi, soatsozlik. Mamlakat yiliga 5 mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqaradi, uning 37 % ini AES lar, qolganini GES lar beradi. Shveysariya Horijiy Yevropadagi elektr-energiyasi eksport qiluvchi mamlakatlardan biri. Soatsozlik ayniqsa rivojlangan bo’lib, mashxur “Omega” firmasi ko’plab soat eksport qiladi. Qishloq xo’jaligi yalpi milliy mahsulotining 5 % ini beradi, Aholisining faqat 5% i qishloq xo’jaligida bant. Qishloq xo’jaligida yetakchi tarmoq chorvachilik bo’lib, asosan qoramol, ot, qo’y, cho’chqa va parranda boqiladi. Bulardan tashqari sabzavot, meva, uzum, qand lavlagi, tamaki yetishtiriladi. Daromatning muhim sohasi chet el turizmidir. Yiliga mamlakat aholisidan ko’p turist (7,5-8 mln) kelib ketadi. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 5 ming km. Avtoyo’llarning uzunligi 62 ming km. Avtotransport etakchi o’rin tutadi. Dunyodagi eng uzun (17 km) avtoyo’l tonneli Shveysariyaning Sen – Gotard dovonida ochilgan. Tashqi savdo oboroti asosan: EIH mamlakatlari avvalo Germaniya, Italiya, shuningdek, AQSH ga to’g’ri keladi. Asosiy importi: neft va neft mahsulotlari, xom – ashyo, oziq – ovqat, mashina va uskunalar. Asosiy eksporti: kapital, (Shveysariya kapitali nazorat ostida bo’lgan korxonalarda 3,5 mln ishchi ishlaydi. Bu Shveysariyaning o’zidagidan ko’p, bu milliy daromatning asosiy manbaidir). Iqtisodiy faol aholining 22 % i chet elliklardir. Kapitaldan tashqari Shveysariya chetga to’qimachilik jihozlari, soatlar, elektr energiyasi metal kesuvchi stanoklar (metal kesuvchi stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha Shveysariya dunyoda birinchi o’nlik mamlakatlari qatoriga kiradi). Pul birligi – shveysar franki. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” Toshkent. 1997 y. 2. Atlas “Ekonomicheskaya i sosialnaya geografiya mira” M. 2006 “Drafa” 3. Atlas “Ekonomicheskaya i sosialnaya geografiya mira” M. 2005 “Ast- Press shkola” 4. Atlas “Ekonomicheskaya i sosialnaya geografiya mira” M. 2000“Ast- Press” 5. “Atlas mira” Stran ы mira v kartax i sifrax. M. “Ast-Press” 2000 g. 6. Ahmedov B. Lotin Amerikasi. T.O’z dav nashr. 1963. 7. Arab mamlakatlari. Spr. O’zb. T. 1965. 8. V.V.Volskiy va b. Ekonimicheskaya geografiya kapitalisticheskix i razvivayushixsya stran. 2-chiqar. M. MGU. 1986-y. 9. “Geografiya: stran ы i narod ы ” Rossiya. g. Smolensk: “Rusich” 2000 g. 10. Internet ma’lumotlari “Osnovn ы ye demograficheskiye pokozateli po vsem stranom mira v 2007 godu” Razdel I - II