logo

Radiotulqinli, termokonduktomerli, ultratovushli, sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

67 KB
Radiotulqinli, termokonduktomerli, ultratovushli, sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash Rej а : 1. Radiotulqinli sath o’lchagichlar. 2.Termokonduktomerli sath o’lchagichlar. 3.Ultratovushli sath o’lchagichlar. 4.Sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash. Tayanch iboralar : Bariy titanat, pezokvarts, manitostriktsion elementlar, radiotulqinli sath o’lchagichlar, qalqovichli, elektrik, radioaktiv va vaznli sath o’lchagichlar. 1. Radiotulqinli sath o’lchagichlar Suyuq metallar sathini o’lchashda eng samarali usul-bu radiotulqinli usuldir. Elektromagnit tulkinlari tebranish parametrlarining suyuqlik sathi balandligiga bog’liqligiga asoslangan sath o’lchagichlar radiotulqinli sath o’lchagichlar deb ataladi. Radiotulqinli usullarga radiolakatsion, radiointerferentsion, endovibratorli va rezonansli usullar kiradi. Radiotulqinli sath o’lchagichlarning ishlashi elektromagnit tulkinlarning elektr va magnit xossalari bilan fark qiladigan muhitlarning chegarasidan kaytishi hodisasiga asoslangan. Elektromagnit tulkinlarning tarkalish tezligi  muhitda uning dielektrik  ва magnit o’tkazuvchanligi  qiymatlari bilan topiladi:      C , (1) bunda С -vakuumdagi yoruglik tezligi. Sath o’lchagich sxemasi nur tarkatgich, elektromagnit energiyasi qabul kilgichi va vakt oraligini o’lchash qo’rilmalaridan iborat. Sath h qiymati nur tarkatgich signalni junatish payti bilan kaytgan signal qabul kilgich 2 ga kelgan payt orasidagi vaktni aniqlash yordamida topiladi. Shu kattaliklar ushbu  C h H       ) (2 (2) munosabat bilan bog’langan. Odatda, lokatsiya gaz muhiti orqali suyuqlik ustida olib boriladi. Lokatsiyaning gaz orqali olib borilishi makulrok, chunki nur tarkatgichlar suyuqlik ta‘siriga berilmaydi, bundan tashkari, gazlarning magnit va dielektrik o’tkazuvchanligi katta emas va amalda gazning parametrlari o’zgarishiga va xossalariga bog’liq emas. Bunday sath o’lchagichlarning kamchiligi kichik vakt oraligini aniq o’lchash kiyinchiligidir, ular nurlanish zonasida turgan boshka predmetlarga goyat sezgir. Suyuq metallarning sath o’lchagichlari 200 mm gacha o’lchash diapazoniga ega, o’lchashning asosiy xatoligi  2% . 2.Termokonduktomerli sath o’lchagichlar Termokonduktomerli sath o’lchagichlar deb shunday sath o’lchagichlarga aytiladiki, ularda elektr zanjirining elementi elektr qarshiligi suyuqlik sathiga bog’liq bo’lgan elektr qarshiligining katta harorat koeffitsentiga ega bo’lgan, tok bilan qizdiriladigan rezistordan iborat. Bunday sath o’lchagichlarning ishlashi suyuqlik va gazlarda Issiqlik almashish sharoitlarining turlichaligiga asoslangan. Bunday sath o’lchagichlarning sezgir elementi elektr qarshiligi uning harorati bilan aniqlanadigan uzun termorezistordan iborat. Odatda, ular platina yoki volframdan tayyorlanadi, unda o’zgartkich sezgirligi material elektr qarshiligining harorat koeffitsenti ortishi bilan usadi. Termokonduktormetrik o’zgartkich idishga shunday joylashtiriladiki, uning bir qismi suyuqlikda, qolgan qismi – gazli bushliqda bo’ladi. Sath o’zgarishi bilan shu uchastkalar uzunligi ham o’zgaradi. Termokonduktometrik o’zgartkichning ishlash prinsipi qizdirilgan termorezistordan suyuqlik va gazga Issiqlik o’tkazishining turlichaligidan foydalanishga asoslangan, bunda suyuqlik va gazda joylashgan uchastkalari turli haroratga ega bo’ladi va, demak, turli qarshilikka ega bo’ladi. Termokonduktometrik o’zgartkichlar, odatda, maxsus himoya qoplamali ingichka simdan tayyorlanadi. Ikkilamchi asbob sifatida termorezistorda kuchlanish tushishini o’lchaydigan asboblar yoki ko’priklardan foydalanish mumkin. 3.Ultratovushli sath o’lchagichlar Xozirgi vaktda sanoatda ultratovushli sath o’lchagichlar keng tarkalmokda. Bu asboblar boshka asboblarga nisbatan kontaktsizlik, yuqori aniqlik, kichik inertsionlik, katta diapazonda va agressiv suyuqliklarda ishlatilishi kabi bir qator muhim afzalliklarga ega. Ammo o’lchash sxemalarining murakkabligi, shuningdek, Etarli darajada ishonchli bo’lmagani sababli, bu asboblar boshka qo’rilmalardan foydalanish mumkin bo’lmagandagina ishlatiladi. Ultratovushli sath o’lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlik, gaz chegarasidan tovush tulkinlarining kaytish prinsipiga asoslangan. Ultratovush impulsining xavo va suyuqlik chegarasi sirtidan kaytish kattaliklari akustik qarshilikning keskin farqi natijasida sodir bo’ladi. Impuls ultratovushli tebranishlar generatori 1 dan nurlatgich 2 orqali sathi o’lchanayotgan sigimga uzatiladi. Ultratovush tulkinlar o’lchanayotgan muhitda tarqaladi va suyuqlik-xavo chegarasida qaytadi. Qaytgan tulqinlar muhitdan teskari yo’nalishda utadi, nurlatgich 2 ga uxshash ultratovushli tebranishlar qabul qilgichi 3 ga keladi, u Еrdan ultratovushli impuls kuchaytirgich 4, vakt oraligini hisoblaydigan qo’rilma 5 va o’lchash asbobi 6 ga keladi. Suyuqlik sathi o’lchash impulsining yuborilishi va kaytishi orasidagi vakt bo’yicha aniqlanadi, ya‘ni: , 2 C H   (3) bunda Н - suyuqlik sathi; С - suyuqlikda ultratovushning tarkalish tezligi. Va q t o’lchagichda olinadigan akslangan signalning kechikish vaqtiga proporsional bo’lgan o’zgarmas kuchlanish shkalasi sath birliklarida darajalangan avtolmatik potensiometrga beriladi. Nurlatgich sifatida bariy titanat, pezokvarts, manitostriktsion elementlar ishlatiladi. Ultratovushli sath o’lchagichlar 45 mm dan bir necha un metrgacha o’lchash diapazoniga ega. O’lchanayotgan muhit harorati -50 dan +2000 S gacha Еtishi mumkin. Yul quyiladigan asosiy xato +2,5%. 4.Sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash Bunker va boshqa qurilmalardagi sochiluchan moddalarning sathini o’lchash suyuqliklar sathini o’lchashdan ancha farq qiladi, chunki materialning ob‘ektda joylashish tavsifi uning sathi haqida gorizontal sirt kabi fikr yuritishga imkon bermaydi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatining ko’pgina texnologik jarayonlarida sochiluvchan materiallar sathini uzluksiz o’lchash kerak bo’ladi. Buning uchun qalqovichli, elektrik, radioaktiv va vaznli sath o’lchagichlar ishlatiladi. Doimiy cho’kadigan qalqovichli sath o’lchagichning ishlash prinsipi qalqovichning sochiluvchan material ichiga tushib ketmay, uning sirtida qalqib turishiga asoslangan. Sochiluvchan materiallarning vaznli sath o’lchagichlari bunkerni osib quyish konstruktiv qiyinchiliklarini hosil qilmaydigan va materialning bunkerga solinishi hamda undan to’kilishi bir me‘yorda bajariladigan hollarda ishlatiladi. O’zgartgich sifatida turli vaznli qurilmalar qo’llaniladi. Masalan, agar bunker prujinali tayanchda turgan bo’lsa, chegarali sath o’zgartgichi sifatida chetki o’chirgichlar ishlatilishi mumkin. Bunker yuklanganda, prujinali tayanch siqiladi va bunker vertikal bo’yicha o’zaro ta‘sirlashib, bunker to’lganda va bo’shaganda o’chirgichlarning ishlab ketishini ta‘minlaydi. Vaznli sath o’lchagichlarda o’zgartgich sifatida messzodlar ishlatiladi. Bunda bunker tayanchiga ko’rsatilgan bosim o’lchanadi. Bu bosim bunkerni material bilan to’ldirish funksiyasidan iborat. Asbobning komplekti sath yoki vazn birligida darajalangan va manometr bilan naychalar orqali ulangan gidravlik mesezodadan iborat. Porshen elastik membrana bilan germetiklangan. Messzoda, ulaydigan naycha va manometrning prujina li suyuqlik bilan to’ldirilgan. Memmzoda-manometr tizimidagi bosim material bilan to’ldirilgan bunker og’irlik kuchining messzoda porsheni yuzasiga bo’lingan qiymatiga teng. Bunday sath o’lchagichlar uchun manometr strelkasining shkaladagi boshlang’ich (nol) holati bunkerning bo’sh holatiga mos keladi. Shunday qilib, shkla bunkerni to’ldiradigan material vaznini ko’rsatadi. Bu asboblar nazorat qilinayotgan modda bosimini o’zgartiruvchi o’zgartgichlarning qo’llanishiga asoslangan. Bunkerning devorida turli balandlikda membrana o’rnatiladi yoki uchiga plastinka yoxud shar o’rnatilgan mayatnik osiladi. Sochiluvchan materialning bosimi ta‘sirida membrana egiladi va kontaktlarga ulangan prujinani siljitadi. Prujinalar tegishli elektr signalini ta‘minlaydi. Sathning pasayishi bilan prujina membrana va kontaktlarni boshlang’ich holatga qaytaradi. Bunkerdagi sath ko’tarilganda mayatnikning chetga chiqishi natijasida kontaktlar ulanadi. Hozirgi paytda kimyo sanoatida ishlatiladigan sochiluvchan jismlar sath signalizatorlari va o’lchagichlarning nomenklaturasi cheklangan. ADABIY O TLAR 1. Islom Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. Toshkent, O’zbekiston, 1997. 2. B.E.Muhamedov Metrologiya. Texnologik ko’rsatkichlarini o’lchash usullari va asboblari Toshkent, - O’qituvchi. 1991. 3. Г.М.Иванов, Н.Д.Кузнецов, В.С.Чистяков. Теплотехнические измерения и приборы. М: Энергоатомиздат. 1984. 4. В.С.Чистяков. краткий справочник по теплотехническим измерениям. –М: Энергоатомиздат. 1990. 5. Н.Д.Кузнецов В.С.Чистяков. Сборник задач и вопросов по теплотехническим измерениям и приборам. . –М: Энергоатомиздат. 1986. 6. Гольцман В.А. Приборы контроля и средств автоматизации тепловых процессов. М.: Высшая школа. 1980. 7. SHoyunusov Sh.SH. Issiqlik texnika o’lchovlari fanidan ma‘ruza matnlari. ToshDTU. 2000. 8. SHoyunusov Sh.SH., Raximdjanov R.T. Issiqlik texnika o’lchovlari fanidan tajriba ishlari uchun-uslubiy qo’llanma. ToshDTU. 1999. 9. Рахимджанов Р.Т., Шоюнусов Ш.Ш., Алимов Х.А. Теплотехнические измерения. Учебное пособие для бакалавров обучаюшихся по направлению «Теплоэнергетика» ТашГТУ 2002.