logo

Og`irlik markazi. Parallel kuchlarning markazlarini aniqlash. Qattiq jismlarning og`irlik markazlarini aniqlash.

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

208 KB
Og`irlik markazi. Parallel kuchlarning markazlarini aniqlash. Qattiq jismlarning og`irlik markazlarini aniqlash. Reja: 1. Parallel kuchlarning markazini aniqlash. 2. Qattiq jismlarning og`irlik markazlarini aniqlash. 3. Bir jinsli qattiq jismlarning og`irlik markazlarini aniqlash. 4. Bir jinsli oddiy geometrik figuralarning og`irlik markazlarini aniqlash. 5. Bir jinsli murakkab geometrik figuralarning og`irlik markazlarini aniqlash. 6. Ba’zi bir murakkab figuralarning og`irlik markazlarini aniqlash. 1.Parallel kuchlarning markazini aniqlash. Parallel kuchlarning markazi ni aniqlash uchun quyidagi ikkita qoidani bajarilishi shart: 1) Markazini aniqlanadigan parallel kuchlarni o`z tasir chiziqlari bo`yicha bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko`chirish mumkin emas, yani ularning qo`yilgan nuqtalari o`zgarmay qolishlari shart. Masalan og`irlik kuchlari shunday kuchlar guruhiga kiradilar. 2) Markazini aniqlanadigan parallel kuchlarning son qiymatlari o`zgarmas bo`lishi shart, aks holda markazning o`rni muqim bo`lmay qoladi. 3) Agar parallel kuchlarning modullari vaqt mobaynida o`zgaruvchan bo`lsa, ularning markazi bo`lgan S nuqtaning koordinatalri ham o`zgaruvchan funktsiyadan iborat bo`ladi. Agar ushbu shartlar bajarilsa, harqanday parallel kuchlar sistemasi uchun shunday bir nuqta topish mumkinki, shu kuchlar sistemasini hohlagan tomonga burilganda ham u nuqta shu kuchlarning markazi bo`lib qolaveradi. Nazariy mexanika fanida bu nuqtani lotincha S harfi bilan belgilash qabul qilingan bo`lib, lotincha centrum - doiraning markazi degan manoni anglatadi. Endi yuqoridagi shartlar bajarilgan parallel kuchlar sistemasi uchun ularning markazini aniqlashni ko`rib chiqaylik. Faraz qilaylik berilgan koordinata sistemalarining S 1 , S 2 , S 3 , .............S N nuqtalariga modullari R 1 , R 2 , R 3 , .................R N ga teng bo`lgan N - ta parallel kuchlar qo`yilgan bo`lsin, va bu kuchlar Oz o`qiga parallel ravishda yo`nalgan bo`lsinlar. Har bir kuch qo`yilgan nuqtaning tegishli koordinatalari berilgan bo`lsin, ular tegishlicha S 1 (x 1 ,y 1 ,z 1 ), S 2 (x 2 ,y 2 ,z 2 ), S 3 (x 3 ,y 3 ,z 3 ),............... S N (x N ,y N ,z N ) larni tashkil etsin. Endi biz ularning teng tasir etuvchisi R - ning modulini aniqlaylik, bu juda oson masala bo`lib, u quyidagi bitta tenglama orqali aniqlanadi, yani R       Р Р Р Р Р 1z 2z 3z N z kz .......... ..... (1) Varinon teoremasiga binoan, harqanday kuchlarning biror o`qqa nisbatan olingan momentlarining yig`indilari, shu kuchlarning teng tasir etuvchisini shu o`qqa nisbatan olingan momentiga teng. SHunga ko`ra quyidagi tenglik o`rinli bo`ladi, yanim R m R y y y y y N k Оx Оx k C 1 2 3 N k Р ёки y Р Р Р Р Р ( ) ( ) .......... ...                  1 2 3 (2) ushbu tenglamadan y y R C k    Рk , xuddi shu kabi barcha kuchlarning momentlarini Ou o`qiga nisbatan olib, x x R C k    Рk , ni aniqlaymiz. Endi teng tasir etuvchining Oz o`qidagi koordinatasini aniqlash uchun, barcha kuchlarni o`z qo`yilgan nuqtalari atrofiga bir tomonga 90 o ga buramiz, va aytaylik ular Ou o`qiga parallel holiga keldilar, deb faraz qilib, shu kuchlarni yana bir marta Ox o`qiga nisbatan momentlarini olib, z z R C k    Рk , ni ham aniqlaymiz. SHunday qilib, biz harqanday parallel kuchlar sistemasining teng tasir etuvchisining qo`yilgan nuqtasining (markazining) koordinatalarini aniqlovchi formulalarni keltirib chiqardik, yani x x R C k    Рk , y y R C k    Рk , va z z R C k    Рk , (3) larni keltirib chiqardik. 2.Qattiq jismlarning og`irlik markazlarini aniqlash. Erning atrofida joylashgan harqanday zarrachaga ularning massalariga proportsional ravishda erning tortish kuchi, boshqacha aytganda og`irlik kuchlari tasir etadi. Umuman olganda zarrachalarning oralaridagi masofa katta bo`lsa, ushbu og`irlik kuchlarining yo`nalishlari bir birlariga parallel emas. Lekin zarrachalar orasidagi masofa erning radiusiga nisbatan juda kichkina masofani tashkil etgan hollarda og`irlik kuchlarini o`zaro parallel deb qabul qilinadi. Ularning yo`nalishlari va modullari o`zgarmas bo`lganliklari uchun, harqanday qattiq jismning og`irlik markazlari o`zgarmas bo`ladi. Quyida shu nuqtalarni aniqlash bilan shug`ullanamiz. Faraz qilaylik, N - zarrachalardan iborat qattiq jism berilgan bo`lsin, va har birining og`irlik kuchlari tegishlicha R 1 , R 2 , R 3 , .................R N larga teng bo`lib, ularning koordinatalari tegishlicha S 1 (x 1 ,y 1 ,z 1 ), S 2 (x 2 ,y 2 ,z 2 ), S 3 (x 3 ,y 3 ,z 3 ),............... S N (x N ,y N ,z N ) dan iborat bo`lsin, u holda bu qattiq jismning umumiy og`irligi - R, quyidagi formuladan aniqlanadi, yaniР Р Р Р Р Р 1 2 3 N k       ............... (4) ga teng bo`lsin. Endi bu kuchlar parallel bo`lganliklari uchun ularning markazi, yani jismning og`irlik markazi yuqorida isbotlangan formulalar orqali aniqlanadi, yani x x C k    Р Р k , y y C k    Р Р k , z z C k    Р Р k , (5) Shunday qilib qattiq jismning og`irlik markazi , uning shunday bir nuqtasiki jismni qaysi tomnga aylantirishdan qatiy nazar uning umumiy og`irligining tasir chizig`i shu nuqtani albatta kesib o`tadi . Bu nuqtani yuqorida takidlaganimizdek lotincha S - harfi bilan belgilaymiz. Bazi hollarda qattiq jismning og`irlik markazi joylashgan nuqta bo`shliqdan iborat bo`lishi ham mumkin, masalan halqaning og`irlik markazi uning geometrik markazi yani bo`shliqda yotadi. Boshqacha qilib aytganda qattiq jismning og`irlik markazi, bu shunday nuqtaki uning atrofidagi massalar shu nuqtaga nisbatan simmetrik ravishda joylangandirlar. 3. Bir jinsli qattiq jismlarning og`irlik markazlarini aniqlash. Agar qattiq jism bir xil materialdan tayyorlangan bo`lsalar, ularning har bir qismining og`irligi, shu qismlarning hajmlariga to`g`ri proportsional bo`ladi. Masalan R 1 h  V 1 , R 2 h  V 2 , R 3 h  V 3 ................ R N h  V N ga teng, va jismning umumiy og`irligi Rh  V teng bo`lib, bu erda V 1 ,V 2 , V 3 .......... V N lar qattiq jismning bo`laklarini hajmlari, V - qattiq jismning umumiy hajmi.  - jismni tashkil etgan moddaning solishtirma og`irligi. Endi og`irlik kuchlarining ushbu qiymatlarini yuqoridagi formulaga qo`yib, surat va mahrajlarini  - ga qisqartirib yuborsak, quyidagi formulalarni olamiz, yanix x V C k    k V , y y V C k    k V , z z V C k    k V , (6) Agar qattiq jism bir xil qalinlikdan iborat plastinadan tayyorlangan bo`lsa, ushbu formulalardagi hajmlar yuzalarga proportsional bo`ladilar. SHu sababli x x S C k    k S , y y S C k    k S , z z S C k    k S , (7) bu erda S k ,- jism bo`laklarining yuzalari, S - jismning umumiy yuzasi. Agar qattiq jism bir xil yo`g`onlikdagi simlardan tayrlangan bo`lsa, uning og`irlik markazi, bo`laklarining uzunliklariga proportsional ravishda aniqlanadilar, yani x x C k    k L , y y C k    k L , z z C k    k L , (8) bu erda k - lar jism bo`laklarining uzunliklari, L - jismning umumiy uzunligi. SHunday qilib, bir jinsli moddadan tayyorlangan qattiq jismlarning og`irlik markazlarini ularning bo`lakalrini hajmlari, yuzalari yoki uzunliklari orqali aniqlanar ekan. 4.Bir jinsli oddiy geometrik figuralarning og`irlik markazlarini aniqlash. a) Doiraning, aylananing va sharning og`irlik markazi ularning geometrik markazida yotadi. v) To`g`rito`rtburchak, parallelogramm, rombning og`irlik markazlari ularning diagonallarining kesishgan nuqtasida yotadi. s) Uchburchak yuzali qattiq jismning og`irlik markazi medianalarining kesishgan nuqtalarida yotadi. d) Simmetriya tekisligiga, yuzasiga, yoki o`qiga ega bo`lgan figuralarning og`irlik markazlari shu tekislikda, yuzada, o`qda yotadi. 5.Bir jinsli murakkab geometrik figuralarning og`irlik markazlarini aniqlash. Agar jism birnecha oddiy figuralarning birikmasidan iborat bo`lsa, u holda bu qattiq jismni bir necha oddiy figurali bo`laklarga ajratib yuboriladi. So`ngra har bir qismining og`irlik markazlarini koordinatalarini va ularning hajmlari yoki yuzalarini hisoblab chiqiladi, va yuqoridagi formulalardan birortasi orqali jismning umumiy og`irlik markazining koordinatalari x c , y c , z c - lar hisoblanadi. 1shakl Masalan (shakl 1) shaklda berilgan figura, aslida murakkab yuzani tashkil etadi, lekin uni uchta oddiy yuzaga ajratish mumkin, yani uchburchak, to`g`ri to`rtburchak va yarim doiralarga ajratib yuboramiz. Koordinata o`qlarini tanlab olib, har bir oddiy figuraning og`irlik markazlarini koordinatalarini va ularning yuzalarini aniqlaymiz, so`ngra bularni yuqoridagi 7 formulaga qo`yib, jismning umumiy og`irlik markazini hisoblab chiqaramiz. Lekin shunday xollar bo`lishi mumkinki, qattiq jism oddiy figuralarga ajralmasligi mumkin. Bunday masalalarni echish uchun integrallash usulidan foydalanamiz. Faraz qilaylik bizga biror qattiq jism berilgan bo`lib, u oddiy figuralarga ajralmasin, u holda bu qattiq jismni elementar hajmchalarga, yuzachalarga yoki uzunliklarga bo`lib yuboramiz. YAni V - ni o`rniga dv, S - ni o`rniga ds, L - ni o`rniga dL qo`yamiz. Summani o`rniga integrall belgisi qo`yiladi, chunki elementar hajm, yuza va uzunliklarni faqat integrall yordamida qo`shiladi. SHunga ko`ra quyidagi uchta tenglamalar sistemasini hosil qilamiz. hajm uchunx V x dv V y dv V z dv C V C V C V          1 1 1 () () () y z (9) yuza uchun, x S x ds S y ds C S C S       1 1 () () y (10) uzunlik uchun, x L x dL L y dL L z dL C L C L C L          1 1 1 () () () y z (11) 6. Ba’zi bir murakkab figuralarning og`irlik markazlarini aniqlash. 1) Aylana yoyining og`irlik markazi ni aniqlash. (2 shakl).  2 shakl. S h aklda ko`rsatilgan R radiusli aylananing, markaziy burchagi AOVh2  ga teng bo`lgan AV yoyi ko`rsatilgan. Ushbu yoyning og`irlik markazini aniqlash uchun uning markazi O nuqtadan xOu koordinata o`qlarini shunday o`tkazamizki, Ox o`qi AV yoyni teng ikkiga bo`lib o`tsin. U holda bu o`q simmetriya o`qi hisoblanadi, qoidaga ko`ra jismning og`irlik markazi shu o`qda yotadi. Lekin koordinata boshidan qancha uzoqlikda yotishi nomalum, yani u s h0 lekin x s h?. Buning uchun AV yoyda kichkina MM’ - yoychani ajratib olamiz, uning uzunligi dLhRd  ga teng bo`lib, shu yoychaning og`irlik markazining Ox o`qidagi koordinatasi xhRcos  . Ushbu x va dL larni qiymatlarini yuqoridagi formulaga qo`yib, butun yoy bo`yicha integrall olsak, quyidagini hosil qilamiz, yanix R L x dL R L R L C     2 2 2 = cоs d = 2 sin A B -      bu erda L h R  2  ga teng bo`lganligi uni yuqoridagi formulaga qo`ysak, x c ni qiymatini aniqlaymiz, yani x R C sin   2) Doira sektorining og`irlik markazi ni aniqlash. (3 shakl.) 3 shakl. SHaklda ko`rsatilgan doira sektorining O markazidan Ox simmetriya o`qini o`tkazaylik, shu sababli uning og`irlik markazi shu o`qda yotadi. Uning qiymatini hisoblash uchun, sektorni birnecha mayda mikrosektorlarga bo`lib yuboraylik, u holda har bir mikrosektorni mikrouchburchak deb qabul qilish mumkin. SHuning uchun har bir mikro-uchburchaklarning og`irlik markazlarini aniqlasak, ED yoyida yotuvchi og`irlik markazlaridan iborat nuqtalarni hosil qilamiz. so`ngra yuqoridagi formula orqali umumiy og`irlik markazini aniqlaymiz, yanix R C   2 3 sin   chunki OE yoyining radiusi OV yoyning radiusining uchdan ikki qismini tashkil etadi. Shundan keyin studentlarga og`irlik markazini aniqlashga doir masalalar echib ko`rsatiladi. Tayanch so`z va iboralar: Parallel kuchlar sistemasi, Og`irlik markazi, og`irlik markazini aniqlash formulalari, aylana, doira, yoy, sektor va sharsimon figuralarning og`irlik markazlari, uchburchak, to`g`ri to`rtburchak, parallelogramm shakldagi figuralarni og`irlik markazlari, simmetriya o`qi va tekisligiga ega bo`lgan figuralarning og`irlik markazlari. А D А BIYOTL А R: 1. S а v е lg’ е v I.V. Kurs о bo’ е y fiziki. T.1,2, “N а uk а ”. 1998 g. 2. D е tl а f А . А ., YAv о rskiy B.M. Kurs fiziki. M., “Vqssh а ya shk о l а ”, 1989 g. 3. Tr о fim о v а T.I. Kurs fiziki. M. “Vqssh а ya shk о l а ”. 1989 g. 4. Ах m а dj о n о v О . Fizik а kursi. 2 k.T. “O’qituvchi”. 1988 y. 5. Grib о v L. А ., Pr о k о fg’ е v а N.I. « О sn о vq fiziki», «G а rd а rik а ». M.,1998 6. О.Ах m а dj о n о v . Fizik а kursi , I - t о m . Tоshkеnt, “O’qituvchi”. 1991 1-5 bоblаr. 7. Sаvеlg’еv. Kurs оbo’еy fiziki. T.1,M., Nаukа,1989-1992 g. 8. А.А.Dyatlаf, B.M.YAvоrskiy. Kurs fiziki. M., “Vqsshаya shkоlа”.1989. 9. T.I.Trоfimоvа Kurs fiziki, M., «Vqsshаya shkоlа». 1985 g, 31-33. 10. G.А.Zismаn, О.M.Gоdеss. Kurs оbo’еy fiziki. M, izd. “Vqsshаya shkоlа”, 1991 g 11. D.V.Sivuхin «Оbo’iy kurs fiziki». Tоm 1. M.Nаukа.1977-90 g