logo

“Issiqlik tеxnika o’lchovlari va avtomatik boshqarish nazariyasi” fanining maqsadi va vazifalari. O’lchash nazariyasi asoslari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

74.5 KB
“ Issiqlik tеxnika o’lchovlari va avtomatik boshqarish nazariyasi” fanining maqsadi va vazifalari. O’lchash nazariyasi asoslari Reja: 1. Fanning maqsadi, vazifasi, tarixi va ishlab chiqarishdagi o’rni. 2.O’lchashlar haqida umumiy ma‘lumotlar. 3.O’lchash vositalari. 4.O’lchov asboblarining tasnifi. 5.Asboblarning davlat sistemasi. Tayanch iboralar: Metrologiya, o’lchashlar, o’lchash vositasi, o’lchash usuli, o’lchash natijasi, o’lchov vositalari, absolyut va nisbiy ulchash, sezuvchan element, standart namuna, karrali, unli va kogerent birliklar. 1.Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ishlab chiqarishdagi o’rni Xalq hujaligining barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, fan-texnika tarqqiyotining va mamlakat rivojining asosiy omili hisoblanadi. Avtomatlashtirish borasidagi eng ma‘suliyatli ishlar esa, shubxasiz, muhandis–texnik xodimlar zimmasiga tushadi. Bugungi kun muhandislari yangi texnologiya va texnikadan foydalanishga, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etishga ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va uni jadallashtirishga qodir bo’lishlari kerak. O’lchash texnikasi xalq hujaligining barcha sohalarida fan–texnika taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Texnologik parametrlarning to’g’ri qiymatlarini avtomatik nazorat qilmasdan turib, texnologik jarayonlarni yoki agregatlarni to’g’ri boshqarib bo’lmaydi, o’lchov vositalarisiz esa avtomatlashtirish mumkin emas. O’lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir muhandis–texnik xodim, qaysi soha mutaxassisi bo’lishidan qat‘iy nazar, o’lchash nazariyasidan, metrologiya asoslaridan, texnologik o’lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan, o’lchash jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi zarur. Shu maqsadda talabalarga, bo’lg’usi muhandis–texnik xodimlarga «Issiqlik texnika o’lchovlari va avtomatik boshqarish nazariyasi » fani o’qitiladi. «Issiqlik texnika o’lchovlari va avtomatik boshqarish nazariyasi» fanining asosiy maqsadi o’lchash nazariyasining umumiy masalalari, o’lchash uslublari, natijalar olish usullari va hozirgi asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida bug’ning texnologik parametrlarini avtomatik nazorat qilish va boshqarish tizimlarida o’lchov-nazorat asboblarini ishlash prinsiplarini, to’zilishini, ular bilan ishlash, natijalar olish, tahlil qilish yo’llarini o’rganishdan iborat. Yangi texnologik jarayonlarni o’lchash va avtomatik boshqarishni o’rganish, zamonaviy nazorat o’lchov asboblarini issiqlik energetikasiga qo’llash, energetik jarayonlarni avtomatik o’lchash, rostlash va boshqarish, bug’ ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va ularni joylashtirish kabilar fanning vazifasiga kiradi. 2. O’lchashlar haqida umumiy ma‘lumotlar. Metrologiya- o’lchashlar, o’lchash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo’llari haqidagi fandir. O’lchash– fizik kattaliklarning qiymatlarini maxsus texnik vositalar yordamida tajriba usuli bilan topishdir. O’lchash jarayonida odatda o’lchanayotgan kattalikni shunday fizik kattalik bilan taqqoslanadiki, unga 1 ga teng bo’lgan qiymat beriladi va u fizik kattalik birligi yoki o’lchov birligi deyiladi. O’lchash natijasi – kattalikni o’lchov birligi bilan taqqoslash usuli yordamida topilgan qiymatidan iborat. O’lchash natijasini tenglama ko’rinishida quyidagicha yozish mumkin. Uq Q yoki q Q U   (1) bunda Q – o’lchanayotgan fizik kattalik, U – o’lchash natijasi, q – fizik kattalik birligi. (1) tenglama o’lchashning asosiy tenglamasi yoki o’lchash natijasi deb yuritiladi. O’lchanayotgan kattalikning son qiymati bevosita va bilvosita, to’plamli va birlikda o’lchash usullari yordamida topiladi.. Bevosita o’lchash deb shunday o’lchashga aytiladiki, unda o’lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymati tajriba ma‘lumotlaridan bevosita aniqlanadi. Masalan, haroratni termometr bilan, bosimni manometr bilan, uzunlikni chizg’ich bilan o’lchash va hokazo bevosita o’lchashdan iborat. Bevosita o’lchash tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega: n C Qn   , (2) n Q – o’lchanayotgan kattalikning uning uchun qabul qilingan o’lchov birliklaridagi qiymati; C–raqamli hisoblash qo’rilmasi shkalasi bo’linmalarining yoki bir marta ko’rsatishining o’lchanayotgan kattalik birliklaridagi qiymati; n – shkala bo’linmalari hisobida indiqatorli qo’rilma bo’yicha olingan sanoq. Bilvosita o’lchash deb shunday o’lchashga aytiladiki, unda o’lchash natijasini o’lchanayotgan kattalik bilan ma‘lum munosabat yordamida bog’langan kattaliklarni bevosita o’lchashga asoslangan bo’ladi. Bilvosita o’lchash tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega: n k Q Q Q f Q ,..., , ( 2 1  (3) bunda k Q – o’lchanayotgan kattalikning izlangan qiymati; n Q Q Q ,..., , 2 1 – bevosita o’lchanadigan kattaliklarning son qiymatlari. Bir nomli kattaliklarning bir vaqtda o’lchanishiga to’plamli o’lchash deb ataladi. Bunda izlanayotgan qiymat kattaliklar birikmasini bevosita o’lchash paytida hosil bo’lgan tenglamalar tizimini Еchish orqali topiladi. Bu turdagi o’lchash usuli tajriba ishlarida va ilmiy tekshirish ishlarida qo’llaniladi. Birgalikda o’lchash - bu har xil nomli kattaliklarning o’zaro nisbatini topish maqsadida bir vaqtda bajariladigan o’lchashdir. O’lchanayotgan kattalik Q ning izlanayotgan qiymatining birgalikda o’lchash usulidagi umumiy ko’rinishi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: ) x, , x, F(x Q n 2 1   (4) bu erda F- funktsional bog’lanish; 1x , 2x ,…, n x - bevosita o’lchash yo’li bilan topilgan kattaliklarning qiymatlari. Birgalikda o’lchash usuli so’nggi paytlarda keng tarqalmoqda. Masalan, murakkab, ko’p tarkibiy qismli aralashmalarni tahlil qilishda shu usul qo’laniladi. Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi bilan bu o’lchash turining qo’llanilishi yana ham kengaydi. O’lchashlar yana absolyut va nisbiy o’lchashlarga bo’linadi: Bitta yoki bir necha asosiy kattaliklarni fizik konstantalaridan foydalanib yoki foydalanmasdan bevosita o’lchash absolyut o’lchash deb ataladi. Biror kattalikning shu ismli birlik nomini o’ynayotgan kattalikning nisbatini o’lchash yoki kattalikni shu ismli birlik kattalik deb qabul qilingan kattalik bo’yicha o’lchash nisbiy o’lchash deb ataladi. O’lchovlar o’lchash usulining turli uslublari bilan olib boriladi. Zamonaviy metrologiyada to’rt xil asosiy o’lchash uslubi mavjud. Bevosita baholash uslubi –o’lchanayotgan kattalik qiymatini bevosita o’lchash asbobining daraja ko’rsatgichi bo’yicha aniqlanadi. Bu uslub o’lchanayotgan kattalik qiymatini asbobning ko’rsatayotgan yoki yozib olgan chiqish qiymatiga to’g’ri almashtirish bilan tavsiflanadi. 2. O’lchov bilan solishtirish yoki solishtirish uslubi – o’lchanayotgan kattalik qiymatini namunali o’lchov bilan solishtirishdan iborat. 3. Differensial uslub da o’lchash natijasida asbob ko’rsatkichiga ta‘sir qiluvchi o’lchanayotgan kattalik qiymati bilan ma‘lum o’chov orasidagi farq aniqlanadi. 4. Nolaviy (kompensatsion) uslub – solishtirish asbobiga kattaliklar ta‘sirining effekti nolga Еtkazilish o’lchovi bilan solishtirishdan iborat. O’lchov birliklari mustaqil, hosila, karrali, o’nlik va kogerent o’lchov biriliklariga bo’linadi. Bir-biriga bog’lanmagan birliklarga mustaqil o’lchov birligi deb ataladi. Metr, kilogramm, sekund, kelvin, amper, kandela, mol mustaqil birliklar jumlasidandir. Birliklari belgilangan kattaliklar bilan birliklari erkin tanlangan kattaliklar orasidagi qonuniy bog’lanish asosida aniqlanuvchi birliklar hosilaviy birliklar deb ataladi. Mustaqil yoki hosila birliklarning butun soniga teng o’lchov birliklariga karrali o’lchov birligi deb ataladi. O’nlik birliklar – mustaqil yoki hosila birlikning aniq butun qismiga teng bo’lgan o’lchov birligi. Karrali va o’nlik birliklar asosiy yoki hosila birlikni karrali o’nga ko’paytirish yoxud bo’lish yo’li bilan hosil qilinadi. Sonli koeffitsienti birga teng bo’lgan tenglama orqali tizimning boshqa birliklari bilan bog’langan hosila birlik kogerent birlik deyiladi. 3.O’lchash vositalari O’lchashlarda qo’llaniladigan va normallashgan metrologik xossalarga ega bo’lgan texnik vositalar o’lchash vositasi deyiladi. O’lchash vositalarining asosiy turlariga o’lchovlar, o’lchash asboblari, o’lchash o’zgartkichlari va o’lchash qo’rilmalari kiradi. O’lchash prinsipini va vositasini belgilab beradigan usullar majmui o’lchash usuli deyiladi. O’lchov–berilgan o’lchamdagi fizik kattalikni qayta o’lchash uchun mo’ljallangan o’lchash vositasi. O’lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar kiradi. Standart namuna - modda va materiallarning xossalari yoki tarkibini xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o’lchov. Masalan, tarkibidagi kimyoviy elementlari ko’rsatilgan ferromagnit materiallar xossalarining standart namunasi. Namuna modda - tasdiqlangan spesifikatsiyada ko’rsatilgan tayyorlash shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan ma‘lum xossalarga ega bo’lgan moddadan iborat o’lchov. Ko’zautvchi idrok qilishi uchun qo’lay shakldagi o’lchov axboroti signalini ishlab chiqishga xizmat qiladigan o’lchash vositasi o’lchov asbobi deyiladi. O’lchash asboblari ko’rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinatsiyalashgan, integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo’linadi. O’lchashga doir axborotni o’zatish, o’zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qo’lay bo’lgan ammo ko’zatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo’lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat qiladigan o’lchash vositasi o’lchash o’zgartkichi deb ataladi. O’zgartiriladigan fizik kattalik kirish kattaligi , uning o’zgartirilgani esa chiqish kattaligi deyiladi. O’lchanayotgan kattalik keltirilgan o’lchash o’zgartkichi birlamchi o’zgartkich deyiladi. Birlamchi o’zgartkichlar ko’pincha datchiklar deb yuritiladi. Uning bevosita o’lchanayotgan kattalik ta‘siridagi qismi sezuvchan element deyiladi. 4.O’lchov asboblarining tasnifi. O’lchanayotgan miqdorlarning o’lchov birliklari bilan bevosita yoki bilvosita solishtirish uchun mo’ljallangan qurilmaga o’lchov asboblari deyiladi. Vazifasi va to’zilishi jihatidan asboblar bir necha turga bo’linadi va quyidagicha tasniflanadi; Asosiy tasnif asboblari: Haroratni o’lchash asboblari, bosimni o’lchash asboblari, miqdor va sarfni o’lchash asboblari, sathni o’lchash asboblari, modda tarkibini (zichlik, namlik, qovushqoqlik, gazlar tarkibi va boshqalar) o’lchash asboblari. Qo’shimcha tasnif: Vazifasi jihatdan texnikaviy (ishlovchi), nazorat qiluvchi, tajriba, namuna va etalon asboblar. 2. Hisob usuli jihatdan o’lchashni boshqaradigan (komparator), ko’rsatuvchi, o’ziyozar (qayd qiluvchi), jamlovchi (integrallovchi) va murakkab asboblar. 3. Ishlash prinsipi bo’yicha – mexanikaviy, elektrik, gidravlik, pnevmatik, kimyoviy, radioaktiv va boshqa asboblar. 4. O’rnatilish joyiga qarab mahalliy, masofali asboblar. 5. Qo’llanilish tavsifi jihatidan operativ, hisobot asboblari. 6. Ishlash sharoiti jihatdan statsionar va ko’chma asboblari. 7. Gabaritlari jihatdan normal, kichik gabaritli va mitti asboblar. Asboblarning deyarli hammasi yuqoridagi guruhlardan har biriga tegishli bo’lishi, masalan, termometr texnikaviy, o’ziyozar, elektrli va hakozo bo’lishi mumkin. Amalda qo’llaniladigan o’lchov asboblarining ichida eng ko’p tarqalgani texnikaviy asboblardir. Bu asboblar ancha sodda va mustahkam konstruktsiyaga ega. Nazorat asboblari joylarda tekshirish vazifasini bajaradi. Tajriba asboblari esa ko’pincha tajriba xonalarida ishlatiladi. Namuna va etalon asboblar asosan o’lchov asboblarini tekshirish ishlarida qo’llaniladi. Namuna asboblarning ko’rsatkichlari o’lchanayotgan kattaliklarning haqiqiy qiymatiga juda yaqin bo’ladi va ular o’lchov birliklarining to’g’ri qiymatini graduirovkalash (darajalash) yo’li bilan etalonlardan boshqa asboblarga o’zatish uchun qo’llaniladi. O’lchov birliklarini saqlash va ularni metrologik aniqlik bilan takrorlash uchun mo’ljallangan asboblar etalonlar deyiladi. Etalonlar birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi bo’ladi. Birlamchi etalonlar eng aniq bo’lib, o’lchov birliklarining davlat etalonlari sifatida ishlatiladi. O’lchashni boshqaradigan asboblar ishlatilganda, o’lchash jarayoni kattalikni o’lchov yoki namunalar bilan solishtirish yo’li bilan utadi va bu jarayonda ko’zatuvchining o’zi bevosita qatnashadi. Bu asboblar qatoriga toshli, richagli tarozilar, yo’q bo’lib ketadigan tolali optik pirometr va boshqalar kiradi. Ko’rsatuvchi asboblar o’lchanayotgan kattalik qiymatini o’zlarining sanash moslamalarida (shkala, raqamli ko’rsatgich) ko’rsatadi. Bu asboblar eng ko’p tarqalgan. O’ziyozar asboblar siljiydigan qog’oz – lenta yoki diskda o’lchanadigan kattalikning vaqt o’tishi bilan o’zgarib borayotgan qiymatini avtomatik ravishda yozib boruvchi moslama bilan ta‘minlanadi. Bu asboblar o’lchovning bir nuqtasi yoki bir necha nuqtalarini yozib olish uchun chiqariladi. Jamlovchi asboblar kattalikning ayrim vaqt ichidagi jami qiymatini aniqlaydi. Inegrallovchi asboblar o’lchash jarayonida o’lchanuvchi ko’rsatkichining oniy qiymatini o’zluksiz jamlashdan iborat. Bu asboblar guruhiga gaz, suv raqamli hisoblagichlari, planimetrlar, sekundomer va hokazo asboblar kiradi. Murakkab asboblar o’lchanayotgan kattalikni bir yo’la ham ko’rsatib ham yozib oladi. Bevosita o’lchash punktlarida o’rnatilgan asboblarga mahalliy asboblar deb ataladi. Ko’pincha, bu turdagi asboblar katta aniqlikni talab qilmagan o’lchovlarda hamda agregatlarni ishga tushirish yoki to’xtatish paytidagi davriy o’lchovlarda ishlatiladi. Boshqaruv pultiga o’lchov natijalarini Еtkazuvchi masofali asboblar qurilmalar ishini nazorat qilishni markazlashtirishga imkon beradigan texnikaviy asboblarning asosiy turidir. Operativ asboblarning ko’rsatishlari bo’yicha sanoat qurilmalarining ishi boshqariladi. Texnologik qurilmalarning normal ishlatilishini ta‘minlovchi bu asboblar ko’rsatuvchi va qisman o’ziyozar qilib tayyorlanadi. Uskunalar ishini texnikaviy hisobga olish uchun xizmat qiluvchi hisoblash asboblari sifatida ko’pincha o’ziyozar va jamlovchi asboblar qo’llaniladi. Texnikaviy asboblarning ko’pchiligi statsionar bo’lib pult, devor, kolonkalar, kronshteyn va hokazo joylarda o’rnatiladi. Qolgan asboblar esa (namunali, etalon) ko’chma qilib ishlanadi va stol, stend va shunga o’xshash joylarda olib boriladigan o’lchovlarga mo’ljallangan bo’ladi. 5.Asboblarning davlat sistemasi (ADS) Mamlakatimizda sanoat va avtomatlashtirish vositalarining Davlat sistemasi (ADS) yaratilgan bo’lib, u blok-modul prinsipi bo’yicha to’ziladi hamda pnevmatik, gidravlik, elektrik kirish va chiqish signaliga ega bo’lgan asboblarni birlashtiruvchi tarmoqlarga bo’linadi. ADS ning tuzilishi ma‘lum sistemali-texnik prinsiplarni qullashga asoslangan. Ular texnologik jarayonlarni nazorat qilish, sozlash va boshqarishning turli-tuman sistemalarini texnik vositalar bilan ta‘minlash muammolarini eng qulay usul bilan hal etish imkonini beradi. Blokli prinsipdan foydalanish asboblarning universal qo’llanish chegarasini kengaytirish imkonini beradi va ularni tekshirilgan o’zellarning minimal sondagisini almashtirishda eng ko’p sondagi parametrlarni o’lchashga yaroqli holga keltiriladi. ADABIY O TLAR 1. Islom Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. Toshkent, O’zbekiston, 1997. 2. B.E.Muhamedov Metrologiya. Texnologik ko’rsatkichlarini o’lchash usullari va asboblari Toshkent, - O’qituvchi. 1991. 3. Г.М.Иванов, Н.Д.Кузнецов, В.С.Чистяков. Теплотехнические измерения и приборы. М: Энергоатомиздат. 1984. 4. В.С.Чистяков. краткий справочник по теплотехническим измерениям. –М: Энергоатомиздат. 1990. 5. Н.Д.Кузнецов В.С.Чистяков. Сборник задач и вопросов по теплотехническим измерениям и приборам. . –М: Энергоатомиздат. 1986. 6. Гольцман В.А. Приборы контроля и средств автоматизации тепловых процессов. М.: Высшая школа. 1980. 7. SHoyunusov Sh.SH. Issiqlik texnika o’lchovlari fanidan ma‘ruza matnlari. ToshDTU. 2000. 8. SHoyunusov Sh.SH., Raximdjanov R.T. Issiqlik texnika o’lchovlari fanidan tajriba ishlari uchun-uslubiy qo’llanma. ToshDTU. 1999. 9. Рахимджанов Р.Т., Шоюнусов Ш.Ш., Алимов Х.А. Теплотехнические измерения. Учебное пособие для бакалавров обучаюшихся по направлению «Теплоэнергетика» ТашГТУ 2002.