logo

Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’rifiy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi

Yuklangan vaqt:

31.10.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

76.904296875 KB
Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’rifiy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi Reja: 1.Jamiyat va tarix o’zgaruvchanligining falsafiy jihatlari 2. Ijtimoiy hayot sferalari. Jamiyatning moddiy asosi. 3. Jamiyatning ma’naviy asoslari 4. Davlat va siyosiy tashkilotlarning jamiyat hayotidagi o’rni 5.Oila va etnik birliklar jamiyat tarkibining muhim qismi 6. Jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlar 7. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi 8. Madaniyat jamiyat taraqqiyotining qudratli ma’naviy kuchi 9. Qadriyat tushunchasining mohiyati va tavsifi 1.Jamiyat va tarix o’zgaruvchanligining falsafiy jihatlari Olamni bilish nafaqat tabiat balki jamiyat hodisalarini falsafiy tahlil etishni taqozo etadi. Shuning uchun ham jamiyat nima, u qanday qilib paydo bo’lgan, jamiyat taraqqiyotining manbai nimada kabi savollar kishilarni doimo qiziqtirib kelgan. Jamiyatning kelib chiqishi, uning taraqqiy etish qonuniyatlari haqida Sharq mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar bir qancha ajoyib fikrlarni ilgari surganlar. Forobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” asarida, jamiyat insonlarning xohishi bilan o’zlariga kerak bo’lgan iste’mol mahsulotlarini birgalashib ishlab chiqarish niyatida tashkil etilgan jamoa birlashmasi, deb yozadi. “Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. Shu sababli yashash uchun zarur bo’lgan, insonlarni bir-birlariga bog’lovchi va o’zaro yordamlashuvchi ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi” 1 . Beruniyning fikricha, jamiyat insonlar tomonidan “shartnoma” asosida tuzilgan. Uningcha, “inson o’z ehtiyojlarini tushunib, o’ziga xos o’xshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. Shuning uchun o’zaro kelishuvchanlik qabilidagi “shartnoma” tuzishga kirishadi. Odamlarning birgalikdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun yana mehnat qilishi ham zarurdir” 2 . 1 Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”,1993. -183-184-betlar. 2 Buyuk siymolar, allomalar.-T.,1995.-51-bet. Ibn Sino jamiyatda insonlar o’zaro yordam asosida yashashlari kerak, jamiyat kishilarning o’zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlarga tayanib yashashi zarur deb ta’kidlaydi. Olmon faylasufi Gegelning ko’rsatishicha, jamiyatning tarixiy taraqqiyoti, uning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarning asosiy sababi “mutlaq g’oya”ga bog’liqdir. U o’zining “Falsafa tarixi” asarida “mutlaq g’oya” kishilik jamiyati tarixini harakatga keltiruvchi kuch, deb ko’rsatadi. Tabiat va jamiyatning taraqqiyoti ham, ijtimoiy munosabatlar taraqqiyoti ham “mutlaq g’oya”, abadiy ruh taraqqiyotidan kelib chiqadi, degan qarash Gegel falsafasining asosiy g’oyasini tashkil etadi. Jamiyat taraqqiyoti sabablarini g’oyalarga bog’lab tushuntirish, dunyoni aql idora qiladi deb hisoblash faqat Gegel ta’limoti uchungina emas, balki Feyerbaxga ham xosdir. “Xristianlikning mohiyati” degan asarida Feyerbax jamiyat tarixida ro’y bergan barcha o’zgarishlar diniy ta’limotlar, qarashlar o’zgarishidan kelib chiqadi degan fikrni ilgari suradi. Dinni takomillashtirish yoki yangi bir din o’ylab topish, Feyerbaxning fikricha, jamiyatni o’zgartirish yo’li hisoblanadi. Jamiyat tushunchasi odatda keng va tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda bu tushuncha tabiatdan ajralib chiqqan moddiy dunyoning tarkibiy qismi, o’zo’zidan rivojlanib turadigan kishilar hayotiy faoliyatlarining majmuini ifodalaydi, tor ma’noda esa u kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tuzumning aniq turini anglatadi. Kishilik jamiyati tabiat tadrijiy taraqqiyotining muayyan bir bosqichida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir. Kishilik jamiyati taraqqiyoti olamda ro’y berayotgan umumiy qonuniyat jarayonining muhim bir tarkibiy qismini tashkil etadi va u tabiatda ro’y berayotgan dialektik rivojlanish bilan bevosita bog’langandir. Tabiat taraqqiyotining oliy mahsuli bo’lgan jamiyatni kishilarning faoliyati yaratadi, shu bilan birga odamning o’zi ham jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Kishilik jamiyati odamlarning ishlab chiqarish faoliyati asosida vujudga kelgan. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’zaro muayyan ijtimoiy aloqa va munosabatlarda bo’ladilar. Ishlab chiqarish munosabatlarining ja’mi ijtimoiy munosabatlar deb ataladigan narsani, ya’ni jamiyatni vujudga keltiradi, vujudga keltirganda ham tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida turgan jamiyatni vujudga keltiradi. Ilmiy falsafa jamiyatga mavhum, g’ayri-tarixiy qarashga, ya’ni uni vaqt bilan va uning o’zi turgan muayyan taraqqiyot bosqichi bilan bog’lanmagan holda izohlashga asoslangan metafizik tushunishlardan, umuman jamiyat yo’q va bo’lmaydi, balki tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida turgan, o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan jamiyat mavjuddir, deb hisoblaydi. Har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum o’zining paydo bo’lish va rivojlanish qonunlariga egadir. Shu bilan birga ularning har birida jahon tarixining yagona bir jarayoniga bog’lovchi umumiy qonunlar ham amal qiladi. Insoniyat jamiyati tarixida turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar bir-birining o’rnini egallaydi. Taraqqiyot hech qachon to’xtab qolmaydi. Insoniyatga xos bo’lgan o’sish, o’zgarish va rivojlanish bir tuzumdan boshqasiga o’tish jarayonidagina emas, ayni paytda har bir tuzum doirasida quyi bosqichdan yuqori bosqichga tomon rivojlanish jarayoniga ham xosdir. Kishilik jamiyatining o’sishi, o’zgarishi va rivojlanishi o’tmishdan kelajakka tomon borayotgan jarayonni ifoda etadi. Ishlab chiqarish qurollarining oddiy, qo’pol toshbolta va nayzalardan hozirgi zamonning murakkab texnikasi tomon borayotganligi buning isbotidir. Jamiyat hayotining qaysi bir tomonini olib qaramaylik, hamma joyda harakat, o’sish, o’zgarish mavjudligini ko’rmay ilojimiz yo’q. Kishilik jamiyatidagi taraqqiyot olamda ro’y berayotgan umumiy dialektik jarayonning muhim bir tarkibiy qismini tashkil etadi. Tarix o’zgaruvchandir. Bu o’zgaruvchanlik insoniyat jamiyati hech qachon bir nuqtada turib qolmasligi, ijtimoiy taraqqiyot vaqt singari orqaga qaytmaydigan jarayondan iboratligini ko’rsatadi. Jamiyat taraqqiyoti hamisha bitta yo’ldan, o’tmishdan hozirga, hozirdan kelajakka tomon boradi. Falsafaning tarixiy jarayon mazmuni, uning qonuniyatlari va asosiy yo’nalishlarini tushuntirish, uni bilish metodlarini asoslash bilan shug’ullanuvchi bo’limi tarix falsafasi hisoblanadi. Tarix falsafasi ontologiyasi, tarix falsafasi gnoseologiyasi, tarix falsafasi tarixi, tarix falsafasi antropologiyasi kabi tarkibiy qismlar farqlanadi. Tarix falsafasining dunyoqarashga doir, nazariy, metodologik va prognostik funktsiyalari mavjud. Turli davrlarda tarixiy jarayon mohiyati faylasuflar tomonidan o’ziga xos tarzda talqin etib kelingan. Xususan, XVI asr ingliz tarixchisi Kollingvud jamiyatlar tarix fani doirasida 4 bosqichdan iborat imperiyani tashkil etadi, bular; a) Sharq jamiyati; b) Yunon jamiyati; v) Rim imperiyasi; g) German imperiyasi deb hisoblagan. Frantsuz utopisti Sen-Simon (1760-1825yy.) jamiyatlar tarixini davrlashtirishda undagi mavjud iqtisodiy tizimni asos qilib oldi va bularni; a) antik davr (quldorlik bilan bog’liq); b) o’rta asr jamiyati – feodalizm bilan bog’liq va v) yirik sanoatga asoslangan jamiyat deb atadi. Sanoatlashgan jamiyatni taraqqiyotning pozitiv davri, deb ko’rsatdi. Frantsuz olimi Ogyust Kont (1798-1857yy.) jamiyatning rivojlanish sabablarini ma’naviy taraqqiyotdan qidiradi va insoniyat jamiyati taraqqiyoti 3 bosqichda amalga oshadi, bular jamiyat taraqqiyotining hamma uchun umumiy bo’lgan: a) teologik; b) metafizik; v) pozitiv bosqichlaridir, degan fikrni ilgari surdi. Tarixiy taraqqiyot jahonning barcha mamlakatlarida bir xil tezlikda bormaydi. Bu narsa tarixiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidan kelib chiqadi. Xalqlar, mamlakatlarning, millatlarning ijtimoiy rivojlanishda tutgan o’rni, yuksalish sur’ati ham bir xilda bo’lmasdan, balki turlicha bo’lgan. O’zgaruvchan tarixiy taraqqiyot jarayonida ayrim xalqlar olg’a ketib, boshqalari esa o’zining yuksalish imkoniyati jihatidan sivilizatsiya taraqqiyotining turg’un shakllari bilan chegaralanib qolganlar. Biroq tarixiy sharoitning o’zgarishi bilan sivilizatsiyaning ulkan yutuqlari chegarasidan chetda qolib ketgan xalqlar va millatlar ham tarixiy taraqqiyotning oqimiga kelib qo’shiladilar, ilgari qoloqlik, turg’unlik holatidan qutilib, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotda yetakchilik qilayotgan xalqlarga yetib oladilar, hatto ulardan o’zib ham ketishlari mumkin. Tarixiy taraqqiyot nurafshon yo’l bilan boradigan harakat sifatida keng ma’nodagi tushuncha bo’lib, bu tizimning bir butun qismini va uning ayrim bo’g’inlarini tavsiflaydi. Ijtimoiy hayotda ilmiy-texnik taraqqiyot bilan birga ijtimoiy taraqqiyot, ma’naviy taraqqiyot, axloqiy taraqqiyot va boshqalar ham mavjud bo’ladi. Ularning hammasi bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, jamiyat hayoti u yoki bu tomonlarning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga yordam beradi. Ijtimoiy taraqqiyot, bu jamiyat taraqqiyoti. Bu – uning o’tmishdan hozir orqali kelajak sari o’zgarib borishidan iborat bo’lgan jarayondir. Insoniyat bir necha ming yillik tarixga ega. Uning rivojlanish jarayonini tarix fani o’rganadi. Tarix yunoncha “historian” so’zidan olingan bo’lib, o’tmish voqealar haqida hikoyalar, bo’lib o’tgan hodisalar, degan ma’noni anglatadi. Insoniyat o’tmishining o’ziga xosligi, ko’p xilligini o’rganish asosida ijtimoiy bilimlar hosil bo’ladi. Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili bilan tarix falsafasi yoki istoriosofiya shug’ullanadi. Qadimdan olimlar tarixni falsafiy jihatdan anglashga intilganlar. Tarixni anglash – insoniyat tarixining mohiyatini, yo’nalishini tushunish, demakdir. Bunday anglashning asosida «Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyot jarayonida o’zgarib boradimi? Agar o’zgarib borsa, bu o’zgarishlar qanday tarzda kechadi?» degan savollarga javob berishni talab qiladi. Jamiyatlar taraqqiyoti «ijtimoiy progress» tushunchasi orqali ifodalanadi. Progress lotincha ilgarilanma harakat, muvaffaqiyat degan ma’nolarni ifodalaydi. Ijtimoiy progress jamiyat taraqqiyotini ifodalaydigan tushuncha hisoblanadi. Progressning zidi, uning teskarisi – regress. Agar ijtimoiy progress insoniyat jamiyati taraqqiyotining quyidan yuqoriga, nomukammalikdan mukamallik sari borishini ifodalasa, regress – uning teskarisi: jamiyatning yuqori bosqichidan orqaga, ijtimoiy hayotning kuyi darajasiga tushib qolishini ifodalaydi. Jamiyatga olg’a qarab taraqqiy etish – progress xos bo’lgani singari, orqaga qaytish, izdan chiqish, regress ham xosdir. Insoniyat taraqqiyotining asosini nima belgilaydi? Ijtimoiy progressning mezonlari bormi? Bu masala ijtimoiy falsafiy fikrlar tarixida turlicha hal qilingan. Masalan, G’arbiy Yevropa ma’rifatparvarlari inson ongi, aqlu-zakovatini ijtimoiy progressni belgilaydigan mezon, deb hisoblaganlar. Keyinchalik, XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy progress mezonidir, degan qarash ilgari surildi. Hozirgi davr nuqtai-nazaridan qaraganda, ijtimoiy progressning mezoni jamiyatning insonparvarlik darajasidir. Ijtimoiy taraqqiyot nima? U qanday tarzda kechadi? Tarixiy jarayonlarning mohiyatini nima tashkil etadi? Insoniyat taraqqiyoti tarixi qaysi yo’nalishda amalga oshadi? degan savollarga qadimdan olimlar javob izlaganlar. Tarixiy jarayonlar, uning maqsadi, yo’nalishlari haqida qadimdan bir qator nazariyalar yaratilgan. Bular. 1. Tarixiy jarayonlar, ijtimoiy taraqqiyotning chiziqli nazariyalari 2. Tarixiy aylanma nazariyasi. 3. Tarixiy taraqqiyot haqidagi hozirgi zamon nazariyalari. Tarixiy taraqqiyotning chiziqli taraqqiyot ekanligi haqidagi qarashlar deganda olamning yaratilishidan boshlangan taraqqiyot yo’li bir yo’nalishda, tekis davom etishi nazarda tutiladi. Ko’pgina antik davr olimlari tarixiy taraqqiyotni chiziqli taraqqiyot sifatida izohlaganlar. Antik davr olimlari Pifagor (er.av. 480-410 yy.) va Demokrit (er.av. 460-370 yy) insoniyat tarixi doimo ilgarilama taraqqiy etgan, bu yovvoyilikdan oltin asrga qarab boradigan taraqqiyot, deb hisoblaganlar. Ayrim faylasuflar, masalan Gesiod, Seneka, (taxm.mil.av. 5-4 y., mil.av. 4 y. - mil. 65 y.) jamiyat taraqqiyotini regress – orqaga qaytish tarzida tushunganlar. Ularning fikricha, ijtimoiy taraqqiyot «oltin asr»dan «temir asri»ga qarab boradi, ya’ni orqaga qaytadi. Bunda jamiyat yemiriladi, axloq yo’qoladi. Ijtimoiy taraqqiyotning doiraviyligi yoki tarixiy aylanma nazariyasi qadimiy Yunon faylasuflari Platon, Aristotel tomonidan ilgari surilgan. Ular insoniyat taraqqiy etib boradi, lekin bu taraqqiyot doiraviy tarzda sodir bo’ladi va jamiyat taraqqiyot natijasida doimo o’zining boshlang’ich holatiga qaytadi, deb hisoblaganlar. O’rta asr faylasuflari ijtimoiy taraqqiyotni inkor etmaganlar, lekin bu taraqqiyotni Xudoga bog’lab tushuntirganlar. Insoniyat tarixidan umumiylik va xilma-xillik italiyalik faylasuf Djambattista Viko (1668-1744 yy.) tomonidan asoslab berilgan. U o’zining «Millatlarning umumiy tabiati to’g’risidagi yangi fanning asoslanishi» kitobida yer yuzidagi barcha millatlar taraqqiyotining uch davri doirasida tsiklik rivojlanib borishi to’g’risidagi tarixiy aylanma nazariyasini ishlab chiqqan. Bular: 1. «Xudolar asri» - homiylarga bo’ysunish davri; 2. «Qahramonlar asri» - aristokratik davlat davri; 3. «Insonlar asri» - vakolatli monarxiya yoki demokratik respublika davri. Har bir bosqich oxir oqibat inqirozga uchraydi va parchalanib ketadi, va har safar tarixda shu tarzdagi aylanma harakat takrorlanadi, deb hisoblagan. Hozirgi zamon falsafasida tarixiy taraqqiyot muammosi bo’yicha asosan ikki xil nuqtai-nazar mavjud: a) Jamiyat taraqqiyotiga formatsion yondoshuv; b) Sivilizatsion yondoshuv. Tarixiy jarayonlarga formatsion yondoshuvga ko’ra, insoniyat tarixi yaxlit tabiiy-tarixiy jarayon. Bu jarayon ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning ketmaketlikda o’rin almashuvi jarayonidir. Ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalar to’g’risidagi falsafiy ta’limot Karl Marks (1818-1883 yy.) tomonidan ilgari surilgan. Bu ta’limotga ko’ra ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida turgan jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. Jamiyatlar taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning o’zaro almashinuvi tarzida kechadi. Marks jahon tarixini bir – formatsiyadan ikkinchi formatsiyaga o’tishdan iborat chiziqli rivojlanish sifatida tahlil etdi. Marksning ijtimoiy taraqqiyot to’g’risidagi qarashlari tarixni materialistik tushunish nazariyasi, deb yuritiladi. Formatsiyali taraqqiyot quyidagi formatsiyalardan iborat: 1) Ibtidoiy jamoa tizimi 2) Quldorlik 3) Feodalizm 4) Kapitalizm 5) Sotsializm Ijtimoiy taraqqiyotga formatsion munosabat tarixning mohiyatini tushunishga ma’lum darajada imkon beradi, lekin Marks tomonidan ilgari surilgan tarixni materialistik tushunish nazariyasining bir yoqlamaligi tobora ayon bo’lib qolmoqda, zotan tarixiy taraqqiyotning hamma bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar jamiyat hayoti asosini belgilashi shart emas. Turli xalqlar, mamlakatlarning tarixini uzluksiz taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya sifatida tushunish yetarli emas. Hozirgi davrda jamiyatlar taraqqiyotini 5 formatsiyadan iborat, taraqqiyotning o’zi uzluksiz chiziqli rivojlanish tarzida kechadi, degan qarash ijtimoiy taraqqiyotning butun murakkabliklarini tushunishga yetarli imkon bermaydi. XIX-XX asrlarda ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali yondoshuv qaror topa boshladi. Bu nuqtai-nazarga ko’ra, insoniyat tarixi ko’pdan-ko’p turli sivilizatsiyalar tarzida namoyon bo’ladi. Sivilizatsiyali yondoshuv faylasuflar Nikolay Danilevskiy, Osvald Shpengler, Arnold Toynbi kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Jamiyat taraqqiyotiga sivilizatsiyali yondoshuv muayyan jamiyatning ijtimoiy-ruhiy qiyofasi, xalqning mentaliteti haqida fikr yuritish, jamiyat taraqqiyotida madaniyatning o’rnini to’g’ri tushunish imkonini beradi. Tarixiy taraqqiyot bu insoniyat sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyotidir. Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali munosabat madaniy taraqqiyotni inson va jamiyat rivojlanishining asosiy omili sifatida olib qarash imkonini beradi. Sivilizatsiyali yondoshuv insoniyat tarixini o’ziga xos takrorlanmas ijtimoiy voqelik, deb qarashga asoslangan. Bunda har bir sivilizatsiya o’zining shakllanishi va taraqqiyoti jarayonida muayyan asosiy bosqichlarni bosib o’tadi. Jamiyat tarixiga sivilizatsiyali yondoshuv formatsion yondoshuvdan bir qator xususiyatlari bilan farqlanadi: 1) U barcha jamiyatlarni emas, balki jamiyat taraqqiyotidagi alohida bosqich, alohida sivilizatsiyalarni o’rganishga qaratilgan. 2) Formatsion qarashda asosiy e’tibor jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga qaratilgan bo’lsa, sivilizatsiyali yondoshuvda ma’naviy omillar asos sifatida olinadi. Bu yondoshuvga ko’ra sivilizatsiyali taraqqiyot 2 bosqichda namoyon bo’ladi. Bu – a) Sivilizatsiyaga qadar bo’lgan taraqqiyot; b) Sivilizatsiyali taraqqiyot. Sivilizatsiyaga qadar bo’lgan taraqqiyot - yovvoyilik, varvarlik davrlarini, sivilizatsiyali taraqqiyot - agrar, industrial, axborotlashgan koppyuter davrlarini qamrab olishiga urg’u beriladi. Nikolay Danilevskiy (1822-1885 yy.) madaniy-tarixiy taraqqiyot (sivilizatsiya)ning tiplarini faoliyat turlari asosiga qurgan. Uning fikricha, sivilizatsiya inson faoliyatining eng muhim to’rt turi: a) diniy; b) madaniy; v) siyosiy; g) iqtisodiy-siyosiy tiplarda namoyon bo’ladi. Xuddi tirik organizmlarda bo’lgani singari jamiyatning madaniy-tarixiy tiplari o’zaro bir-biri va tashqi muhit bilan kurashadi va har bir tip to’rt bosqichni o’z boshidan kechiradi: tug’ilish, kuchga to’lish, keksayish va halokat (degradatsiya). Olim madaniy-tarixiy taraqqiyot qonunlari haqida fikr yuritadi. Nemis olimi Osvald Shpengler (1890-1936 yy.) umuminsoniy madaniyat yo’q, alohida, boshqalardan farq qiladigan madaniyat bor, deb hisoblaydi. U insoniyat tarixida 8 madaniyat turi: Misr, Xind, Bobil, Xitoy, Yunon-Rim, Arab, G’arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini ko’rsatgan. Har bir madaniy organizm muayyan bir davr mobaynida mavjud bo’ladi (taxminan ming yil), so’ng sivilizatsiyaga aylanadi va xalok bo’ladi. Madaniyatning har bir turi o’zining chuqur mazmuniga ega va insoniyat tarixida muhim o’rin tutadi. Madaniyatlar taqdiri, tili va qalbini anglay bilish tarixni anglashdir, deb hisoblaydi olim. Ingliz olimi Arnold Toynbi (1889-1975 yy.) ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali yondoshuv vakillaridan biridir. Tarix, deb fikr yuritadi olim, alohida o’ziga xos sivilizatsiyalar tarixidan iborat. Toynbi sivilizatsiyani dinamik xarakterga ega, deb biladi. Har bir sivilizatsiya shakllanish, taraqqiyot, tanazzul, yemirilish tarixiy bosqichlarini o’z boshidan kechiradi va o’z o’rnini yangi sivilizatsiyaga bo’shatib beradi. Arnold Toynbi ijtimoiy taraqqiyotning sabablaridan biri deb ma’naviy yuksalishni ko’rsatadi. Olim sivilizatsiyalar orasida O’rta Osiyo sivilizatsiyasiga alohida o’rin ajratgan. U o’zining «Tarixni bilish» asarida sivilizatsiyaning 13 tipini ajratib ko’rsatgan. Ijtimoiy taraqqiyot, tarixning mohiyati muammosi XIX asr oxiri va XX asrda nemis faylasufi Karl Yaspers, amerikalik olimlar Olvin Toffler va Frensis Fukuyama qarashlarida o’z ifodasini topgan. Nemis faylasufi Karl Yaspers (1883-1969 yy.) 1949 yilda nashr etilgan «Tarixning ma’nosi va vazifasi» asarida jamiyatning ob’ektiv qonunlari mavjudligini inkor etadi. U ijtimoiy taraqqiyot haqida «Jahoniy vaqt o’qi» g’oyasini ilgari suradi va jahon taraqqiyotining bir-biridan farqlanadigan to’rt davrini ko’rsatib o’tadi. Dastlabki ikki davrda odamlar tilga ega bo’ldi, mehnat qurollarini yaratdi va olovni kashf etdi. Buning natijasida miloddan avvalgi 5-3 ming yilliklarda Hindiston, Xitoy, Misr, Mesopotamiya madaniyati shakllandi. Uchinchi davr miloddan avvalgi VIII-II asrlar – Yunonistondan Xitoyga qadar ma’naviy yuksaklik qaror topdi. Bu davr cheksiz imkoniyatlarni vujudga keltirdi. To’rtinchi davrni XV-XX asrlarda Yevropada ilmiy-texnik sivilizatsiyaning qaror topish davri bo’ldi, deb ta’riflaydi olim. Amerikalik olim Frensis Fukuyama ijtimoiy taraqqiyot haqida «tarixning intihosi» g’oyasini ilgari surdi. U “tarixning intihosida jamiyat va davlat inson uchun maqbul shaklga keladi, jamiyatda liberal g’oyalar g’alaba qozonadi. Jamiyatni tashkil etilishining eng maqbul yo’li – liberalizmdir”, - deb hisoblaydi. Olim insoniyat tarixining mohiyatini jamiyat a’zolarining barcha manfaatlarini qondira oladigan, barcha asosiy ziddiyatlar yechimini ta’minlay oladigan jamiyat qurish tashkil etadi, degan xulosaga keladi. 2. Ijtimoiy hayot sferalari. Jamiyatning moddiy asosi. Jamiyat qotib qolgan emas. Iisoniyat singari har bir alohida jamiyat ham doimo taraqqiy etib, o’tmishdan kelajakka tomon yuksalib, ilgarilab boraveradi. Jamiyat taraqqiyoti asosini mehnat, ishlab chiqarish tashkil etadi. Moddiy boyliklarni tabiat insonga tayyor holda yetishtirib bermaydi. Tabiat baxsh etgan narsalar bilan o’z ehtiyojlarini qondiruvchi hayvonlardan farqli o’laroq, inson tirikchiligi uchun zarur bo’lgan moddiy buyumlarlarni o’zi ishlab chiqaradi. Hayvonlar tabiatga moslashadi. Inson esa tabiatga faol ta’sir ko’rsatib, uni o’zgartiradi, o’zlashtiradi va o’z maqsadi yo’lida undan foydalanadi. Inson o’zining bitmas tugalmas mehnati bilan tabiatga ta’sir ko’rsatadi, ishlab chiqarishni amalga oshiradi. Moddiy boyliklar yaratish quyidagi uch jihatni o’z ichiga oladi: 1)maqsadga muvofiq faoliyatni, ya’ni mehnatni; 2) mehnat predmetlarini, turli xildagi tabiiy materiallarni (ishlangan materiallarni ham); 3)mehnat predmetlariga ta’sir ko’rsatish uchun xizmat qiladigan mehnat vositalarini (ularning asosiy tarkibiy qismi ishlab chiqarish qurollaridir, ishlab chiqarish qurollari asboblar, mashinalar, avtomatlar va boshqalardan iborat). Moddiy ishlab chiqarish usulining o’zi nimadan iborat? Ishlab chiqarish usuli moddiy boyliklarni ishlab chiqarish jarayonidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning, bu ikki muhim tomonning o’zaro aloqadorligisiz mehnat qilish ham, moddiy ne’matlarni yaratish ham mumkin emas. Moddiy boyliklar ishlab chiqarmoq uchun avvalo mehnat predmetlari va mehnat vositalariga ega bo’lmoq zarur. Inson mehnati qaratilgan buyumlar mehnat predmetlari deb ataladi. Mehnat predmetlari ishlab chiqarish jarayonida muhim o’rin tutadi. Mehnat vositalariga, avvalo, ishlab chiqarish qurollari, mehnat predmetlariga ta’sir ko’rsatishda inson tomonidan foydalaniladigan mashinalar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalari va boshqalar kiradi. Mehnat vositalari, ya’ni mehnat jarayonining moddiy elementlari ham bo’lib, ishlab chiqarish vositalarini tashkil qiladi. Barcha mehnat vositalari ichida ishlab chiqarish qurollari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun, demak, jamiyatni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega. Odamlar mehnat qurollarisiz ishlab chiqara olmaydilar. Inson ana shu qurollar yordami bilangina tirikchilik vositalarini hosil qiladi. Mehnat qurollari ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol o’ynasa ham, odamsiz bu qurollar yaratilmaydi, ishlatilmaydi. Har qanday mehnat quroli, inson amaliy faoliyati samarasidir. Inson mehnat qurollarining yaratuvchisigina emas, shu bilan birga undan foydalanuvchi, ularni doimiy ravishda takomillashtiruvchi hamdir. Ishlab chiqarish qurollarini yaratish va ularni ishlatish odamlarning faoliyatisiz bo’lmaydi. Demak, inson — ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng muhim bo’lagi, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Eng asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatida inson yangi mashina va mexanizmlarni ixtiro qiladi, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy kashfiyotlar qiladi, fan va texnikani, adabiyot, san’at va madaniyatni rivojlantiradi, yangi texnologiyani yaratadi. Inson o’zining bilimi, tajribasi, malakasiga tayanib ishlab chiqarishni amalga oshiradi. Inson faqat ishlab chiqaruvchi kuchdan iborat emas. Shu bilan birga u ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti hamdir. Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ularning asosiy qismlari xususida, hozirgi sharoitda fan va texnikaning o’sib borayotgan roli va ahamiyati haqida fikr yuritmasdan bo’lmaydi. Inson ishlab chiqarish qurollarini takomillashtira borib, o’zining ishlab chiqarish malakasini ham o’zgartiradi. Ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, siyosiy taraqqiyotning hozirgi tarixiy bosqichida, fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan ijtimoiy ishlab chiqarishda, inson amaliy faoliyatining barcha sohalarida muntazam ravishda foydalanmasdan turib olg’a rivojlanib bo’lmaydi. Moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi, mehnat unumdorligining o’sib borishi ham shunga bevosita bog’liq. Fan ishlab chiqarishga, xalqlarning turmush darajasi, madaniyati, axloqi, dunyoqarashiga o’z ta’sirini ko’rsatmokda. Hozirgi paytda ishlab chiqarishni zamonaviy qurollar bilan ta’minlashda, jamiyat taraqqiyotida fanning tutgan o’rni va ahamiyati beqiyos darajada kuchaydi. Fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish yangidan-yangi tarmoqlarining yuzaga kelishi va turmushda qo’llanishiga zamin yaratadi. Radiotexnika, radioelektronika, elektron texnikasi, sintetik kimyo. Yadro energetikasi, sun’iy to’qimalar kimyosi, elektron hisoblash mashinasi — bular va boshqa shu kabilar fan va texnikaning yangi zamonaviy tarmoqlaridir. Insoniyatning atom energiyasini egallash, koinotni o’zlashtirish, avtomatlashtirish, kibernetika, matematika, fizika, biologiya fanlari yutuqlaridan foydalanish borasida erishgan natijalari xayron qolarlik darajada son-sanoqsizdir. Demak, hozirgi sharoitda ishlab chiqaruvchi kuchlar, ayniqsa sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jahon miqyosida tezkorlik bilan rivojlanayotgan ekan, bu albatta, fan va madaniyatning rivojlanishining qonuniy oqibatidir 3 . Moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida kishilar xohish ista’laridan qat’i nazar bir-birlariga bog’liq bo’ladilar, har bir ishlab chiqaruvchining mehnati esa ijtimoiy mehnatning kichkina bir qismiga aylanadi. Ishlab chiqarish har doim va har qanday sharoitda ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, ikki xil munosabatlarni, 3 Bu haqda qarang: G’affarova G.G’. Nanotexnologiya g’oylarining ijtimoiy- falsafiy omillari // Mustaqillik va g’oyalar falsafasini mohiyatini tahlili. Monografiya – Toshkent: Navro’z, 2014.– B.42-63. ya’ni kishilarning tabiatta hamda bir-birlariga bo’lgan munosabatlarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida bo’ladigan munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlardir. Moddiy munosabatlar odamlar o’rtasidagi barcha mavjud munosabatlarning eng asosiysi va muhimidir. Ular boshqa hamma ijtimoiy munosabatlarni — turli guruhlar, tabaqalar o’rtasidagi, jamiyat bilan shaxs o’rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Ma’naviy, mafkuraviy, ijtimoiy, siyosiy, oilaviy, axloqiy va boshqa munosabatlar ham ishlab chiqarish munosabatlariga yoki moddiy munosabatlarga bog’liq. Moddiy ishlab chiqarishning asosini turli shakldagi mulkchilik tashkil etadi. Moddiy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi xuddi shu mulk shakllari bilan bevosita bog’liqdir. “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risidagi qonun”ga muvofiq, hozirgi kunda jamiyatimiz iqtisodiy negizini turli ko’rinishdagi (davlat; nodavlat (xususiy mulk, shirkat (jamoa) mulki, aralash mulk, boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki va h.k.) mulk shakllari tashkil qiladi. 3. Jamiyatning ma’naviy asoslari Jamiyatning ma’naviy hayoti qamrovi nihoyatda keng, mazmunan chuqur, shaklan xilma-xildir. Ma’naviy hayot inson aql-idroki va tafakkurining barcha mahsullarini, jamiyat tomonidan to’plangan madaniy boyliklarida ifodalangan yutuqlarni, ijtimoiy ong shakllarini, kishilarning g’oyalarini, qarashlari, tasavvurlari, dunyoqarashi, odob-axloqi, butun ma’naviy olamni qamrab oladi. Jamiyat ma’naviy hayoti, boshqacha aytganda, umuman ma’naviy ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Maorif, ilm-fan, adabiyot, san’at, kino va teatr, xalq ijodiyotining jamiki durdonalari inson ma’naviy faoliyatining muhim elementlari, ko’rinishlari, tarkibiy qismlaridir. Kutubxona va muzeylar, radio va televidenie, matbuot, umuman ommaviy axborot vositalari haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Jamiyat taraqqiyoti iqtisodiyot bilan ma’naviyatning bir-biri bilan bog’langan, biri ikkinchisisiz voqe bo’lmaydigan murakkab jarayondir. Iqtisodiyot va ma’naviyat har qanday jamiyat hayoti va taraqqiyotining o’zaro ajralmas ikki sohasi, muhim tomonlaridir. Ular biri-birini inkor etmaydi, balki bir-birini quvvatlab, o’zaro ta’sirlanib rivojlanib va takomillashib boradi. “Agar iqtisodiy o’sish, taraqqiyot — jamiyatimizning tanasi bo’lsa, ma’naviyat-ma’rifat va siyosiy ong yetukligi uning ruhi, aqli jonidir” 4 . Jahon tarixiy tajribasining ko’rsatishicha, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy taraqqiyotning tanho bir o’zigagina asoslangan jamiyat va davlatning tag zamini mo’rt bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyot madaniy-ma’naviy, ruhiy, ma’rifiy kamolot, o’sish-o’zgarish va rivojlanish bilan chambarchas bog’langandagina jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti behad tezlashadi va yuksak samaralar beradi. Ijtimoiy hayotda tub tarixiy o’zgarishlar ana shunday sharoitlarda sodir bo’ladi. Jahondagi barcha ilg’or mamlakatlar shu boisdan ham tarixiy taraqqiyotning burilish davrlarida jamiyat ma’naviy hayoti rivojlanishi masalalariga katta e’tibor berganlar, madaniy saviyasi darajasini, ma’naviyati va madaniyatini ko’tarish zarur deb hisoblaganlar. I.A.Karimov, jamiyat hayotining barcha jabhalari, birinchi galda iqtisodiyot ham ma’naviyat-ma’rifat bilan uzviy aloqadorligini ta’kidlab shunday degan edi:“Bugun biz o’tkazayotgan islohotlarda ma’naviyat sohasidagi vazifalar mening uchun asosiy masala bo’lib kelmoqda. Nimaga deganda, bozor iqtisodiyotini ko’rish mumkin. Yangi hayotni ham albatta barpo etamiz. Xalqimizning hayot darajasini ham ko’tarib olamiz. Ishsizlik bartaraf etiladi, odamlarning daromadlari yaxshilanadi. Lekin odam nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki mening nazarimda, avvalo ma’naviy jihatdan baquvvat bo’lishi shart. Yana bir takror aytaman: ildizi 4 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.2-Jild.-T.:“O’zbekiston”.-261-bet. baquvvat, yangi ruhan bardam, ongi tiyrak, ma’naviy nuqtai nazardan yuksak kishilar bilan oldimizda turgan barcha muammolarni hal etish oson kechadi” 5 . Iqtisodiy va siyosiy omillar singari ma’naviyat va ma’rifat ham jamiyat taraqqiyotini tezlashtirish va jadallashtirishning eng muhim sharoitlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Dunyodagi har bir millat va xalqning katta-kichikligidan qat’i nazar, ma’naviy boyliklarga ehtiyoj sezgan va sezayotganligi tarixiy haqiqatdir. Ma’naviy hayot yuksak bo’lmagan joyda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish madaniyati yuqori darajada bo’lmaydi. Dunyoga kelish va yashashdan maqsad qorin to’ydirib boylik orttirish deb hisoblagan odam to’q, farovon, madaniy turmush kechirish me’yorlarini ham bilmaydi. Ma’naviyati yetuk insonlar kelajakni oldindan ko’rishga, qiyinchiliklarni yengishga, og’ir sharoitda ham yuksak maqsadlarni oldiga qo’yib, ularga ishonch-ixlos, iymon-e’tiqod bilan intilishga qodir bo’ladi. Madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat odamlarni jamiyat talablari, qonunqoidalar, odob-axloq me’yorlari asosida yashash va faoliyat ko’rsatishga, insonparvarlik, halollik, ijtimoiy adolatlilik, umuminsoniylik g’oyalari va tamoyillariga astoydil sodiq bo’lishga yo’naltiradi. Odamlarning madaniy-ma’naviy saviyasi basharti past bo’lsa, uning salbiy oqibatlari iqtisodiyotda ham, ijtimoiy sohalarda ham, oilada ham, jamoatda ham kishilarning o’zaro munosabatlari, odob-axloqi, turmush tarzlari va yurishturishlarida ham albatta seziladi. Iymon-e’tiqod sustlashgan, ma’naviy omillar zaiflasha boshlagan joyda odamlardan mehr-oqibat ko’tarila boshlaydi, haqiqiy insoniy munosabatlarga putur yeta boshlaydi. Ma’naviy boyliklardan oqilona, har tomonlama foydalanishning ahamiyati va bebaholigi uning turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qarindosh, hamkor-hamjihat qilishda, ularning taqdirini, o’zaro hurmat asosini yaqinlashtirishda ham yaqqol ko’rinadi. U inson hayotini go’zallashtiradi, 5 Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-Jild.-T.:“O’zbekiston”, 1996.-121-bet. turmushiga mazmun - mohiyat bag’ishlaydi. Ma’naviy hayotda boy bo’lgan insonning qalbi pok va beg’ubor bo’ladi. Jahon falsafasining tarkibiy qismi bo’lgan Sharq falsafasida insonda ikki qarama-qarshi asos, modda (jism) va ruh mavjudligi alohida ta’kidlanadi. Ana shu ikki asos inson vujudida mutanosib bo’lishi, biri ustivorlik qilib, boshqasi orqasiga ketmasligi kerak. Agar shu tartib buzilib moddiylik ruhiyatdan ustun kelib ruh jism quliga aylanib unga xizmat qilgudek bo’lsa, unda inson amaliy faoliyatida salbiy holatlar avj olib, ijobiy fazilatlar keyinga surilib tashlanadi. Aksincha ruhiyma’naviy tomonlari taraqqiy etgan insonlarda aqlu-zakovat, insofu-diyonat, odobuaxloq, ilmu-ma’rifat ustun bo’lib, mol-dunyoga berilish, qul bo’lish singari xato va nuqsonlardan holi bo’ladi. Ruhiy, ma’naviy jihat insonni inson qiladigan, uning hayotini go’zallashtiradigan fazilatlardandir. Ma’nan, ruhan, axloqan kamol topgan inson nafsining quliga aylanib qolmaydi, ta’magirlik qilmaydi, yeb-ichish, boylik to’plash, hayotning mazmunini, yashashdan maqsad deb tushunmaydi. Bunday inson olam sir-asrorlaridan xabardor bo’ladi, o’zi va o’zgalarni hurmat qiladi, qadrlaydi, o’zligini anglab yetadi, milliy tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlarini yuksak darajada e’zozlaydi, ular bilan faxrlanadi. Ruhiy-ma’naviy boylik insonni behad go’zallashtiradi va ayni paytda uni yomon odatlardan qutqaradi, noto’g’ri yo’ldan qaytarib, to’g’ri yo’lga boshlaydi, adolat uchun kurashish yo’lida kamarbasta bo’lishga da’vat etadi. Inson vujudi, amaliy faoliyatida ruhiy, ma’naviy tomonlar keyinga surib tashlanib, be’mani hislar va nafsga berilish g’oliblik qilsa, unday inson nafs tuzog’iga ilinadi. Ma’naviy fazilatlardan biri — halol, pokiza yashash, birovlarning haqiga zarracha bo’lsada xiyonat qilmasliqdir. “Turkiston mulkining shayhul mashoyixi” Xoja Ahmad Yassaviy e’tiqodicha, “haq yo’liga kirib bo’lmas pok bo’lmasdan”, halol bilan haromni farqlash, faqat o’z mehnati evaziga tirikchilik qilish, harom-harishdan jirkanish, haromxo’rlikni eng katta gunohi azim va axloqsizlik deb hisoblash muhimdir. Xoja Ahmad Yassaviy ta’biricha, “nafs yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur, yo’ldan ozib, toyib, to’zib, gumroh bo’lur. Yotsa, tursa shayton bilan hamroh bo’lur...”. Nafsga erk bergan kishi, Sharq musulmon falsafasida qayd etilishicha, behisob azob-uqubat, kulfatlarga giriftor bo’ladi. Nafsga erk berib mol-dunyo to’plashga berilib ketgan, o’zgalarni o’ylamaydigan, boshqalar tashvishi bilan kuyib-yonmaydigan odam odamiyliqdan chiqadi, el-yurt e’tiboridan chetda qoladi. Nafs hokim bo’lgan ko’ngillardan ruh, ma’naviyat chekinadi. Ko’ngil butunlay nafs ixtiyoriga aylanadi. Bu ko’ngil hech kimga yaxshilik keltirmaydi. Barcha razilliklar, zo’ravonliklar, barcha insofsizliklaru, makru-hiylalar va oqibatsizliklar nafs tufaylidir, nafs bandasi bo’lib qolishning oqibatidir. Nafs — hiylakorlikning, quvlikning, shaytonlikning, uchiga chiqqan makkorlikning asosidir. Insonni ma’naviy-axloqiy jihatdan bezaydigan xalqimiz ma’naviyati, ma’naviy hayoti shakllanishi va rivojlanishi tarixiga nazar solsak, uning zaminlari nihoyatda mustahkam ekanligiga ishonch hosil qilamiz. U o’zining chuqur ildiziga ega. Uning ildizlari asrlar qa’riga borib taqaladi. Dunyodagi qadimiy sivilizatsiyalardan biri bizning mintaqamizda, Turonimizda paydo bo’lgan. “Hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz, — degan edi I.A.Karimov, — nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu - fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshoatlari, shu kungacha qo’rku fayzini, mahobatini yo’qotmagan asori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi. Beshavqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib bugun kutubxonalarimiz xonasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo’lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olaman” 6 . O’zbekistonda ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatga, inson aql zakovatining noyob va go’zal boyliklariga bundan bir necha asrlar ilgari asos solingan. Mamlakatimiz fani, san’ati, madaniyati juda qadim zamonlardan yuksala boshlanganini, uning ildizlari, zaminlari chuqur, qudratli va qadimiyligini yaxshi bilamiz. Ma’naviy boyliklar, ilm-fan, aql-zakovat asrlar davomida o’zbek millatiga, butun insoniyatga tabiat sir-asrorlarini o’rganishda, tibbiyot, falsafa, huquqshunoslik, ilohiyot, adabiyotshunosliqda xizmat qilib kelmoqda. Ilmlar xazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlarini butun dunyo biladi. Bu bizlar uchun cheksiz faxr-iftixordir. Jamiyatning ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifati umuman aytganda, ma’naviy hayot ijtimoiy-siyosiy, moddiy hayoti taraqqiyotga hamisha va har doim eng kuchli ta’sir etuvchidir. Shuning uchun ham ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O’zbekistonning davlat mustaqilligini barqarorlashtirish uchun eng muhim vazifasidir. O’zbekistonning kelajakda rivojlangan buyuk davlatga aylanishi to’rtta ma’naviy negizga asoslanadi. Bu negizlar umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi hamda vatanparvarlikdan iborat. Mamlakatimizning mustaqillik boshlab bergan o’ziga xos, mos taraqqiyot yo’lidan buyuk kelajak sari tezkorlik bilan ilgarilab borishi uchun xalq madaniyati, ma’naviyati, ma’rifatini doimiy ravishda yuksaltirib bormoq, ma’naviy 6 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.-T.:“O’zbekiston”,1998.-3-4-betlar. rivojlantirishga alohida e’tibor bermoq maqsadga muvofiqdir, chunki taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Ma’naviyat insonning hayot tajribasi, mehnati, bilimi, axloq va odobi, avlodlar tajribasi asosida shakllanib boradi. Ma’naviyat insonning hayoti va faoliyatiga maqsad va yo’nalish beradi. Ma’naviyat insonning o’z xalqi tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqurroq bilish va tushunib yetishiga yordamlashadi. Inson ma’naviyatsiz yashay olmaydi. Ma’naviyat alohida bir inson uchungina emas, jamiki odamlar uchun ham, xalq, elat va millat uchun ham, jamiyat taraqqiyoti uchun ham o’ta zarur va muhimdir. Ma’naviyatsiz inson bo’lmaganidek, ma’naviy yetuk, axloqan pok va mukammal insonlarsiz jamiyat va millat ham bo’lmaydi. Ma’naviyat insonga xos bo’lgan ichki ruhiy holatgina emas, balki jamiyat, davlat, millat taraqqiyotining ham asosiy omillaridan biridir». “Ma’naviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt-saodat bo’lmaydi” 7 . Inson ma’naviyati jamiyat, davlat va millat ma’naviyati bilan uzviy aloqadordir. Inson va jamiyat ma’naviyati mohiyat jihatidan yaqin bo’lib, bir-birini o’zaro boyitsa va to’ldirsada, lekin ular aynan teng emas. Inson ma’naviyati millat, davlat va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismidir, xolos. Insonning ma’naviyati, shaxsning ma’naviy kamoloti jamiyatda mavjud bo’lgan ko’p qirrali munosabatlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy imkoniyat va shart-sharoitlar asosida shakllanadi va amalga oshadi. Millat va mamlakatning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti inson ma’naviy kamolotiga asos bo’ladi. Ma’naviyat insonga suv va havodek zarur. “Sahrodagi sayyoh, - deb yozgan edi I.A.Karimov, - har doim buloqdan chanqog’ini bosadi. Xuddi shuningdek inson ham necha-necha azoblar va qiyinchiliklar bilan ma’naviyat chashmasini izlaydi. yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni- 7 Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat.-T.:“O’zbekiston”, 1994.-9-bet. qo’shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik — ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng” 8 . Ma’naviyat insonga muayyan maqsad, kelajakka ishonch bilan borish uchun katta umid, kuch va qudrat baxsh etadi. Ma’naviyat insonning o’zligini anglab olishda unga yordam beradi. O’zligini anglagan insongina, o’zligini anglagan millatgina kuchli davlat, adolatli jamiyat barpo eta oladi. Milliy jihatdan o’zligini tanigan inson millatini, Vatanini, uning o’tmish tarixini, adabiyoti, san’ati va madaniyatini bilib oladi. O’zligini anglagan inson, o’zligini anglagan millat urug’ ajdodlarining aqlu zakovati va ularning hayotbaxsh meroslariga munosib bo’lishga harakat qiladi. Vatanini o’zgacha mehr bilan sevadi, u bilan cheksiz faxrlanadi, yurtim deb, elim deb yashaydi. Ma’naviyat inson hayotini go’zallashtiradi, turmushiga mazmun va mohiyat bag’ishlaydi. Yuksak ma’naviyat va madaniyat sohibi bo’lgan insonning qalbi pok, so’zi bilan ishi bir bo’ladi. Inson ongi, odob-axloqi, ma’naviyati, dunyoqarashi shakllanishi, talabehtiyojlarining qondirilishi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarga, ijtimoiy tuzum mohiyati va xarakteriga bevosita bog’liq. Jamiyat qanday bo’lsa, ijtimoiy munosabatlar majmui bo’lgan inson ham unga mos bo’ladi. Demak, insonning inson sifatida shakllanishi, o’zini namoyon qilishi, ma’naviy kamoloti, qobiliyati va iste’dodini ro’yobga chiqarishi uchun jamiyat o’zining barcha jabhalarida insoniylashmog’i lozim. Tarix saboqlaridan shu narsa aniq va ravshanki, qaysi bir davlat yoki jamiyat o’zining moddiy boyliklariga ishonib, asosiy e’tiborni faqat uni ko’paytirishga qaratib, xalqning madaniyatini, insonning ma’naviy ehtiyojlari rivojlanishini o’ylamas ekan, u albatta, inqirozga yuz tutadi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik e’lon qilingan birinchi 8 Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat.-T.:“O’zbekiston”, 1994.-9-bet. qadamlaridanoq insonning odob-axloqi, bilimi, dunyoqarashi, ma’naviyati rivojiga katta ahamiyat berilganligi, uning kelajagi buyuk ekanligiga yaqqol dalildir. Ma’naviy kamolot, bilim, odob-axloq, iymon-e’tiqod, falsafiy dunyoqarash inson uchun ham, jamiyat uchun ham bebaho boylikdir. Yuqorida aytilganlardan yaqqol ko’rinib turganidek, ma’naviyat insonning ichki ruhiy dunyosining ma’no va mohiyatini ifodalaydi. Ma’naviyat — bu havoga o’xshab ko’zga ko’rinmaydigan, qo’l bilan ushlab bo’lmaydigan narsa emas, balki u aniq shakllarda namoyon bo’ladigan ijtimoiy hodisadir. Buni biz quyidagilardan yaqqol ko’rishimiz mumkin. Birinchidan, insonning ichki ruhiy dunyosi uning dunyoqarashida namoyon bo’ladi. Dunyoqarash — bu kishilarning olam haqidagi, jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy voqealar, hodisalar, jarayonlar haqidagi g’oyalar, qarashlar majmuidir. Insonning dunyoqarashiga qarab, uning ichki ruhiy dunyosini bilib olish qiyin emas. Ikkinchidan, kishilarning ichki ruhiy dunyosi, har bir insonning kundalik xatti-harakati, yurish-turishi, odob-axloqi, muomalasi, oila a’zolari, boshqalarga, davlat va uning siyosatiga munosabatlarida namoyon bo’ladi. Uchinchidan, odamlarning ichki ruhiy dunyosi ularning aqliy va jismoniy faoliyatining natijalarida, jamiyat taraqqiyotiga o’zining halol mehnati bilan qo’shgan hissasida namoyon bo’ladi. To’rtinchidan, insonning ichki ma’naviy dunyosi ularning psixologiyasida, hissiyotlari, kechinmalarida, zavqlanish, iztirob chekish kabi boshqa psixik holatlarda namoyon bo’ladi. Beshinchidan, insonning ichki ma’naviy dunyosi ularning o’z-o’zini anglashda ham namoyon bo’ladi. O’z-o’zini anglash kishilargagina xos xususiyat bo’lib, u o’zining ichki holati, ahvolini bilish, o’z-o’zini tushunib yetish va nazorat qilishda, shuningdek, o’z xatti-harakatlarini boshqarishda namoyon bo’ladi. Shunday qilib, insonning ichki ma’naviy, ruhiy dunyosi bir qator ko’zga ko’rinadigan, jamiyat tomonidan baholanadigan ko’pgina xislatlarida o’z aksini topadi, tashqarida namoyon bo’ladi. Agarda kishilarning ichki ma’naviy dunyosini bilib bo’lmaydigan bo’lsa, unda ma’naviy yetuk barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi jamiyatimizda dolzarb muammo bo’lib turmas edi. Insonning ichki ruhiy, ma’naviy dunyosining namoyon bo’lish shakllarini bilish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Kishilarning ichki dunyosini bilmay turib, ularga ta’sir ko’rsatish amri maholdir. Aksincha, ularning ichki ma’naviy dunyosini bilib olish kishilarning dunyoqarashi, odob-axloqi, yurish turishiga, mehnat qilishiga, psixologik holatlarni e’tiborga olgan holda tani-sog’lig’iga ijobiy ta’sir ko’rsatib, elga, Vatanga sadoqatli, fidoiy insonlarni tarbiyalash imkoniyatini tug’diradi. 4. Davlat va siyosiy tashkilotlarning jamiyat hayotidagi o’rni Davlatning kelib chiqishi, uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida har xil qarashlar mavjud «Ijtimoiy shartnoma» nazariyasi namoyondalari Tomas Gobbs (1588-1679 yy.), Jan Jak Russo ning (1712-1778 yy.) fikricha, davlat va huquq odamlar orasidagi ongli ravishda tuzilgan shartnoma natijasida paydo bo’lgan. Kishilar uzoq vaqg yashab kelgan “tabiiy holatda” cheklanmagan shaxsiy erkinlikka ega bo’lganlar. Keyinroq ular o’rtasida turli ziddiyatlar kelib chiqqanligi tufayli o’z xavfsizligini, xususiy mulkni va boshqa shaxsiy huquqlarni ta’minlash uchun davlat foydasiga bu erkinliklardan voz kechishga ongli suratda qaror qilganlar va bu haqida shartnoma tuzganlar. Natijada davlat yuzaga kelgan. “Zo’rlik nazariyasi”ning tarafdori E.Dyuring (1833-1921 yy.), davlat boshqalarning hududini zo’ravonlik bilan tortib olib ma’lum bo’lgan kishilarga zo’rlik o’tkazish uchun ta’sis etilgan degan g’oyani ilgari surgan. Ilmiy falsafa nuqtai-nazaridan qaraganda davlat jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida fuqarolik boshqaruv tizimining yemirilishi tufayli paydo bo’lgan siyosiy institutdir. Har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum o’ziga mos davlat tizimiga ega. Davlat o’z ma’muriy-hududiy tuzilishi jihatidan asosan uch turda: federativ, konfederativ, unitar (yaxlit) tarzda bo’lishi mumkin. Bu davlatning tarkibidagi qismlarning markaziy hokimiyat bilan o’zaro munosabatlari, shuningdek, har bir hududiy qismning mavqei turlicha mohiyat kasb etishidan kelib chiqadi. Federativ davlatlar avtonom (muxtor) respublikalar, shtatlar, hududiy yer birliklaridan tashkil topadi. Konfederatsiyani ta’sis etuvchi davlatlar o’z mustaqilliklarini to’liq saqlab qolgan holda, muayyan bir maqsadda o’z kuchlarini uyg’unlashtirib ish yuritadilar. Unitar (yaxlit) davlatlar, federadiyadan farqli o’laroq, viloyat, o’lka, tuman, guberniya, grafliklar singari ma’muriy-hududiy qismlardan tashkil topgan tuzumdir. Davlatning zaruriy belgilarini qurolli kuchlar — armiya, politsiya, sud, prokuratura va boshqa tuzilmalarning mavjudligi, o’zining davlat chegarasi, davlat ramzlari (madhiya, bayroq, gerb), davlat tili, Konstitutsiyasi, valyutasi birligi tashkil etadi. Shuningdek, har qanday davlat o’zining davlat boshqaruv tizimiga ega. Dunyo davlatchiligi taraqqiyotida boshqaruvning asosan ikki shakli — monarxiya va respublika shakllari mavjud. Respublika o’z navbatida, parlamentar va prezidentlik ko’rinishlariga ega. Prezidentlik respublikaning parlamentar respublikadan asosiy farqi shundaki, Prezident xalq tomonidan saylanib, davlatning va ijroiya hokimiyatning boshlig’i hisoblanadi, hukumat Prezident tomonidan tuziladi va unga hisobot beradi. Parlament respublika esa, parlament, ya’ni oliy vakillik, qonun chiqaruvchi Prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi va ularni o’ziga itoat ettiradi. Davlat hokimiyatining mustahkamligi, istiqboli uning xalq ommasining manfaat va ehtiyojlarini qay tarzda ifoda etishiga bevosita bog’liq. Shuning uchun xalq ommasi davlatni demokratik asosda boshqarishdan manfaatlidir. Jamiyatning olg’a tomon rivojlanib va taraqqiy etib turishida siyosiy partiyalar alohida o’rin tutadi. Siyosiy partiyalar ma’lum bir ijtimoiy guruhlar, tabaqalarning manfaatlarini ifodalaydi va ularga xizmat qiladi. Siyosiy partiyalarni yo’lboshchilar deb ataladigan eng obro’li, tajribali kishilardan iborat birmuncha barqaror guruhlar idora qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda siyosiy partiyalar saylov tizimi vositasida markazdagi yoki joylardagi hokimiyatni qo’lga kiritish yoxud undagi lavozilmarni saylovda olan ulushlariga qarab mutanosib ravishda taqsilmab olishga harakat qiladilar. Barcha demokratik davlatlarda bo’lgani kabi, O’zbekistonda ham partiyalarning o’zaro kurashi, g’oya va qarashlarining raqobati, saylovchilar ovozi uchun kurash bo’lishi tabiiy. Albatta, bu kurash mamlakatda qabul qilingan qonunqoidalar doirasida olib borilishi kerak. Bugungi kunda mamlakatni yangilash va yanada demokratlashtirish, O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi maqsadlarga izchillik bilan erishishda siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirish vazifasi birinchi navbatda saylov jarayonlarida fuqarolarimizning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining xohish-irodasini ifoda etish, ularning markazda va joylarda davlat hokimiyatini shakllantirish masalalarida bevosita ishtirok etishini ta’minlashning hal qiluvchi vositasi sifatida muhim o’rin tutadi. “Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari hokimiyat tizimlaridan, avvalo hokimiyatning saylab olinayotgan organlaridan o’rin olish uchun kurashar ekanlar, aniq maqsadlari, harakat dasturlari bo’lishi kerak. Toki bu dasturlarning amalga oshirilishi mamlakatdagi ijobiy o’zgarishlarga barakali ta’sir etsin” 9 . 9 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:“O’zbekiston”,1999.-21-bet. Siyosiy partiyalar kabi jamoat tashkilotlari ham jamiyatning siyosiy, ijtimoiy va xo’jalik hayotida muhim rol o’ynaydi. Ular o’z vazifalarini o’ziga xos shakllar va usullar asosida bajaradilar. Jamoat tashkilotlari, uyushmalari ixtiyoriylik asosida barpo etilgan bo’lib, nizomlari va harakat dasturlarini o’zlari qabul qiladilar, o’z vakolatlariga kirgan masalalarni o’zlari mustaqil hal etadilar. Ularning butun faoliyati o’zini-o’zi boshqarish, demokratik me’yor va asos e’tibor asosida olib borilishi lozim. Jamiyat hayotida ommaviy axborot vositalari muhim o’rin egallaydi. Ommaviy axborot vositalari hamisha jamoatchilik fikriga kuchli ta’sir o’tkazishga qodir bo’lgan ma’naviy quroldir. “Ayni shu ommaviy axborot vositalari har bir kishi o’z fikrini ifoda eta olishiga imkon beradigan erkin minbar bo’lishi kerak. Ayni shu ommaviy axborot vositalari jamiyatimizning demokratik qadriyatlarini va tushunchalarini himoya qilishi, odamlarning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy ongini shakllantirish bo’yicha faol ish olib borishi kerak” 10 . 5.Oila va etnik birliklar jamiyat tarkibining muhim qismi Oila — jamiyatning kichik hujayrasi — jamiyat tarkibining muhim qismi bo’li hisoblanadi. U kishilarning tabiiy-biologik, huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy-etnik birlikdir. Oila — jamiyatning negizidir. “Bizning davlatimizni ham, — deb yozgan edi I.A.Karimov, — katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim. Bunda o’zaro hurmat va qattiq tartib bo’lmasa, oilaning barcha a’zolari o’z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko’rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi. O’zbeklarning aksariyati o’zining shaxsiy farovonligi to’g’risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug’lari va yaqin odamlarining, qo’shnilarining 10 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:“O’zbekiston”,1999.-21-bet. omonesonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir” 11 . Urug’ — qonqarindoshlik zamirida birlashgan ijtimoiy — etnik birlikning shakli bo’lib hisoblanadi. U ibtidoiy jamoa tuzumining boshlang’ich davrlarida vujudga kelgan. Qabila — ibtidoiy jamoa tuzumining so’ngi davrida qon-qarindosh bo’lgan til va hududi jihatidan bir-biriga yaqin urug’larning ijtimoiy-etnik birligidir. Elat — jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichida til, madaniyat, hududiy birlik asosida bir necha qabilalar birligida yuzaga kelgan ijtimoiy-etnik shakli hisoblanadi. Millat — ijtimoiy-etnik birlikning jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichlariga xos bo’lgan shakli hisoblanadi. Ijtimoiy-etnik birliklar bir-biridan o’zining turmushtarzi, tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko’ra farq qiladi. Har bir millatning qiyofasi, uning katta yoki kichikligidan qat’i nazar eng avvalo, o’zining milliy ongi va psixologiyasida ifodalanadi. Milliy psixologiya — har bir millat vakilining milliy his-tuyg’ulari, xattiharakatlari, ruhiy kechinmalari, psixik temperamenti va fe’l-atvorlari kabi munosabatlarni namoyon etadi. Ma’lumki, milliy tuyg’u — bu tabiiy tuyg’udir. Ayni paytda milliy tuyg’u ma’naviy hayotning juda ham nozik elementidir. Milliy tuyg’ular esa milliy iftixor, milliy xarakter, ya’ni milliy psixologiyaning belgilaridan biri, uning ajralmas qismidir. Milliy his-tuyg’u milliy iftixor bilan bog’liqdir. U o’z millatining tarixini, hozirgi ahvoli, milliy psixologiyasi va xarakterini ruhiy tushunish, emodional shaklda mujassamlashishidir. Milliy iftixor ham milliy o’zligini anglashning ko’rinishidir. Milliy o’zo’zini anglashning rivojlanishi bilan milliy iftixor, milliy his-tuyg’ular namoyon bo’ladi. 11 Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.- T.:“O’zbekiston”,1992.-22-23betlar. Ijtimoiy-etnik birlikning muhim tomonini madaniyat tashkil etadi. Madaniyat tarixi jamiyat tarixining ajralmas bir qismidir. Madaniyat tushunchasi inson faoliyati tufayli yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar majmuasini ifodalash uchun ishlatiladigan atamadir. Har bir xalqning madaniy boyligi, aql-idroki va tafakkuri, tarixi uning tilida, yozma va og’zaki adabiyotida o’z ifodasini topadi. Til birligi millatning millat bo’lib shakllanishida eng muhim shartlardan biridir. Til bo’lmasa el ham, millat ham yo’q bo’ladi. Til millat tirikligining, uning yashab turganligi va faoliyat ko’rsatayotganligining asosidir. Til odamlar o’rtasidagi eng muhim aloqa, muloqat vositasigina bo’lib qolmay, balki u yoki bu milliy madaniyatning ulkan yutug’i, xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayoti, ko’p asrlik rivojining ko’zgusi hamdir. Til shu til egasi bo’lgan xalqqa kuch-quvvat, ruhiy barkamollik beradi, unda milliy faxr-iftixorni shakllantiradi va rivojlantiradi. Ijtimoiy-etnik guruhlar hayotining asosini iqtisodiy birlik tashkil etadi. Millatlarning shakllanishida moddiy omillar, mushtarak iqtisodiy hayot kechirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy taraqqiyot kishilarning millat kabi tarixan barqaror birligining vujudga kelishi uchun asos bo’ladi. Millatning yana bir xususiyati shundan iboratki, mushtarak iqtisodiy hayot kechirayotgan, ijtimoiy-etnik birliklari o’zaro qarindosh-urug’chilik belgilari bilan emas, balki hududiy belgilar bo’yicha ajralib turadi. Yaxlit hududda istiqomat qilish ishlab chiqarishning rivojlanishi, mehnatning tobora taqsilmanib borishi, savdoning, tovar almashuvining o’sishi natijasidir. Shunday qilib, millat kishilarning yagona tilda so’zlashishi, yaxlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va ruhiyatga ega bo’lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligidir 12 . Kishilarning milliy birligini davlat yoki irqiy birliklar bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Davlatlar bir irqdan yoki turli irqlardan tashkil topishi mumkin. 12 Bu haqda qarang:Boboyorov B.N. O’zbekistonda millatlararo munosabatlarning rivojlanishi. “Jamiyat va boshqaruv”, №4, 2003. B.24-26 . Millatlar esa yuqorida eslatib o’tilgan ijtimoiy-etnik belgilar bilan tavsiflanadi. Ma’lumki, dunyoda yashayotgan etnoslarning ko’pchiligi o’z milliy davlatlariga ega emas. Shu sababli ko’p millatli va ko’p tilli mamlakatlarda o’z davlatlariga nom bergan asosiy millat bilan bu mamlakatlarda istiqomat qiluvchi etnik ozchilik o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ichki siyosiy barqarorlik va milliy xavfsizlikning hal qiluvchi shartlaridan biri bo’lib qolmoqda 13 . Tarix saboqlari shundan dalolat beradiki, agar mavjud ijtimoiy-etnik guruhlar o’rtasida hamjihatlik, an’anaviy uyg’unlik vujudga kelgan bo’lsa, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi. Millatlarning va madaniyatlarning birbiriga ta’sir ko’rsatishi bu davlatlarda yashayotgan xalqlarning ma’naviy-aqliy boyishi uchun yaxshi manba bo’lib xizmat qiladi. Aksincha, ko’p elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda hamjihatlik, uyg’unlik mavjud bo’lmasa, ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanishiga katta putur yetkazilishi tabiiydir. SHuning uchun ham ko’p millatli davlatlarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy-etnik birliklar o’rtasidagi munosabatlarga juda ehtiyotlik va ziyraqlik bilan yondashish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida milliy o’zlikni angashning o’sishi o’z davlatchiligiga ega bo’lmagan etnik guruhlar tomonidan milliy ozodlik harakatlarini keltirib chiqarishi tabiiy holdir. Milliy ozodlik harakatlarining asosiy maqsadi — mustamlakachilik zulmini yo’q qilib, mustaqil milliy davlat tuzish, millatlarning o’z taqdirini o’zi hal qilishiga erishish, chet el davlatlari hukmronligini tugatish, milliy qadriyatlarni, odamlarning o’ziga xos xususiyatlari va an’analarini saqlab qolishga qaratilgan ob’ektiv ehtiyojdir. “Har qanday millat, u naqadar kichik bo’lmasin insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo’q bo’lib ketishi yer yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga 13 Bu haqda qarang Бобоёров Б.Н. Национальная идентичность как этнокультурный потенциал Узбекистана. “Высшая школа” научно – практический журнал, №22, Уфа, 2017.С.24 – 27. olib keladi. Shu bois har bir etnik birlikni saqlab qolish unga mansub odamlarning eng muhim maqsadi bo’lmog’i kerak. Va bu maqsad, birinchi navbatda, ushbu etnik guruhlarni o’z ichiga oluvchi har bir alohida davlatning vazifasidir” 14 . O’rta Osiyo xalqlarining chorizm mustamlakachilariga qarshi XIX asrning ikkinchi va XX asrning birinchi yarmida olib borgan kurashlari, bugungi kunda dunyoning turli hududlarida sodir bo’layotgan vaziyatlar milliy ozodlik harakatlarining naqadar avj olib ketganidan dalolat beradi. Millatlararo munosabatlar ayni vaqtda, davlatlararo munosabatlarni tashkil etishdagi muhim omil ekanligini hech qachon esdan chiqarmaslik darkor. Bunga Yugoslaviya, Isroil va Falastin o’rtasidagi keskinliklar yaqqol misol bo’la oladi. Etnik tozalash siyosati tufayli sayyoramizning turli mamlakatlarida sodir bo’layotgan migratsiya jarayonlari mazkur davlatlarning ijtimoiy-etnik tarkibining xilma-xil bo’lishiga olib kelmoqda. Bu esa, o’z navbatida, bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Misol tariqasida shuni ko’rsatib o’tish joizki, hozirgi davrda Olmoniya Federativ Respublikasida ikki milliondan ortiq turk migrantlari istiqomat qiladilar. Frantsiyaga ko’chib kelgan migrantlarning soni bundan kam emas. Angliya va AQSh ma’muriyatlari ko’chib kelayotganlar sonini cheklash yo’llarini izlab, turli qonunlar ishlab chiqmoqdalar. Sobiq Ittifoq parokanda bo’lib, uning o’rnida mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi tufayli milliy o’zlikni anglash jarayoni yanada rivojlanib ketdi. Yangi mustaqil davlatlarga eski tuzumdan meros bo’lib qolgan mazkur muammolar millatlararo munosabatlarni yo’lga qo’yishda alohida e’tibor berishni talab qilmoqda. Ko’p millatli davlatlarda ijtimoiy-etnik munosabatlardagi uyg’unlikni ta’minlashda barcha etnik guruhlarning manfaatlarini e’tiborga olish katta ahamiyat kasb etadi. 14 Karimov I.A.O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.:“O’zbekiston”,1997.-73-74-betlar. Milliy manfaat teran ijtimoiy-psixologik hodisa bo’lib, millatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotini har tomonlama qamrab oladi. Boshqacha aytganda, haqqoniy milliy manfaatlar bu muayyan millat vakillarining qo’llab-quvvatlayotgan talab va ehtiyojlari yig’indisidan iboratdir. Mana shunday qarashdagi milliy manfaatlar va ehtiyojlar boshqa millat vakillari manfaatlariga zid bo’lmasligi kerak. Bir millat “o’z ehtiyojlari va manfaatlarini boshqa millatning yoki boshqa xalqlar vakillarining xuddi shunday intilishlarini kamsitish hisobiga ro’yobga chiqarmasligi lozim. Ba’zi millat, etnoslar vakillarining boshqalarga takabburlik bilan, mensimay munosabatda bo’lishi kabi holatlar yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan har qanday sharoitga barham berish lozim” 15 . Millatlar va milliy manfaatlar, milliy ehtiyojlar mavjud ekan, ularni nazarpisand qilmaslikka aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Bir millatning manfaatlari boshqa millat va elatlarning manfaatlaridan ajratilmagan holda o’rganilishi lozim. U yoki bu millatning manfaati umumxalq, umummilliy manfaatlar bilan uyg’un bo’lmog’i kerak. Umummilliy manfaatlar milliy manfaatlardan farqli o’laroq alohida yoki bir guruhdagi kishilarni emas, balki mamlakatdagi barcha mavjud millat, elat va xalqlarning maqsad va intilishlarining yaxlitligi, umumiyligini ifodalaydi. Milliy va umummilliy manfaatlar bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun ularni bir-biridan ajratib yoki bir-biriga qarama-qarshi qo’yib bo’lmaydi. Umummilliy manfaatlar milliy manfaatlarga nisbatan ustuvor turadi. Umummilliy manfaatlar quyidagilarni ifodalaydi: -barcha xalqlarning millatidan va yashash joyidan qati nazar, teng huquqliligi va erkin rivojlanishini ta’minlash; -xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi, milliy qadr-qimmatni qaror toptirish; 15 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.:“O’zbekiston”,1997.-74-bet . -ona tili va madaniyatini, xalq urf-odatlari va an’analarini rivojlantirish huquqi bilan ta’minlash; -kam sonli xalqlarning, milliy guruhlarning manfaatlari va qiziqishlarini himoya qilish, ular turmushining an’anaviy shakllariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, qatag’onga uchragan va zo’rlab ko’chirilgan xalqarning huquqlarini tiklash, mana shu zo’ravonlik harakatlari oqibatlarini bartaraf etish, ularga zaruriy yordam berish; -milliy ekstremizm, shovinizm, irqchilik, fuqarolarning millatlariga yoki tiliga, turmush yoki yashash joyiga qarab kamsitilishining har qanday ko’rinishiga qarshi kurashish; -har qanday ko’p millatli davlatning milliy xavfsizligini ta’minlash va qo’riqlash. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan munosabatlarning barchasi aynan hayotimiz mezonidan kelib chiqayotgan haqqoniy talablardir. Bularga vaqtida e’tibor bermaslik, o’z navbatida, ko’plab salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi muqarrar. Ma’lumki, O’zbekiston xalqining etnik tarkibida tub aholi ustun mavqeni egallaydi. Shu bilan birga, respublikamiz hududida o’z madaniyati va an’anasiga ega bo’lgan yuzdan ziyod millat vakillari yashamoqda. O’rta Osiyo tub xalqlari tabiatida boshqa millatlarning vakillariga nisbatan keng fe’llikning mavjudligi bilan ajralib turadi. “Xalqimiz, — degan edi, I.A.Karimov, — va davlatimizning tarixiy xotirasida antisemitizm, irqchilik va o’zga millatga, o’zga xalqqa mensimasdan, hurmatsizlarcha munosabatning boshqacha shakllari namoyon bo’lgan sharmandali sahifalar yo’qligi bilan faxrlanadi” 16 . Millatidan qat’i nazar insonlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdard bo’lish va o’zaro yordam ko’rsatish O’zbekiston xalqiga xos fazilatlardandir. Bu xalqimiz tinchligining asosiy manbaidir. 16 Karimov I.A.O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.:“O’zbekiston”,1997.-73-74-betlar. Milliy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning ajralmas qismidir. Shuning uchun ham milliy va millatlararo munosabatlarda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida ro’y berayotgan o’zgarishlar, qiyinchiliklar, ziddiyatlar o’z aksini topmay qolmaydi. Har qanday rivojlanishga ham ziddiyatlar xos bo’ladi, ular millatlararo munosabatlar sohasida ham muqarrardir. Eng muhimi ularning doimo yuzaga kelib turadigan jihatlari va qirralarini ko’ra bilish, hayot o’rtaga qo’yayotgan savollarga o’z vaqtida to’g’ri javob topib berishdan iborat. Mustaqillikka qadar nashr etilgan ilmiy ishlarda, sobiq rahbarlarning balandparvoz nutqlarida milliy munosabatlarda hech qanday muammo yo’qligi, bo’lishi ham mumkin emasligi haqida zo’r berib gapirildi, bu sohadagi yutuqlar bir yoqlama, faqat yaxshi tomondangina bayon etildi va bo’rttirildi, real haqiqat buzib ko’rsatildi. Umumtaraqqiyotning barcha sohalarida mavjud bo’lgan ziddiyatlar haqida, millatlararo munosabatlarda, madaniyat sohasida, aholini oziq-ovqat, uyjoy, tibbiy xizmat bilan ta’minlash, milliy kadrlarni o’stirish kabi sohalardagi muammolar e’tiborga olinmadi, kerakli chora-tadbirlar ko’rilmadi. Buning natijasida ko’p yillar davomida yuzaga kelgan muammolar yig’ilib-yig’ilib ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashtirdi va sobiq tuzumning yemirilishiga olib keldi. Shuni eslatib o’tish joizki, milliy siyosatdagi buzilishlarning katta qismi shaxsga sig’inish davrida yuz berdi. Ko’plab xalqlar, elat va millatlar qatag’on qilindi. 1941-1945 yillarda Shimoliy Kavkaz va Qrim aholisi — qalmoqlar, chechenlar, ingushlar, qorachoylar, Krim tatarlari va boshqalar zo’ravonlik yo’li bilan o’z yurtlaridan Sharqqa tomon ko’chirildi. Ko’chirilgan xalqlarning umumiy soni taxminan uch million kishini tashkil qildi. Majburiy ravishda o’z hududlaridan badarg’a qilingan xalqlarga nisbatan asossiz cheklashlar joriy etildi, ularning barcha haq-huquqlari va erkinliklari kamsitildi. O’tgan asrning 50-60-yillarda milliy munosabatlar sohasidagi salbiy xatolar ko’paygandan ko’payib boraverdi. Milliy munosabatlardagi muammolar, kamchiliklar va qiyinchiliklar xususida sukut saqlandi, keng jamoatchiliqdan bor haqiqat atayin yashirildi, yutuqlar keragidan ortiqcha maqtaldi. Millatlar va elatlarning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy manfaatlari e’tiborga olinmadi. O’tgan asrning 60-70-yillarda mamlakat iqtisodiyotida ro’y bergan tanglik, ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy sohalardagi buzilishlar, poraxo’rlik, tanish bilishchilik, o’z vazifasini suiste’mol qilishlar, qo’shib yozishlar va boshqa salbiy hodisalar milliy va millatlararo munosabatlarning holatiga keskin ta’sir ko’rsatdi. Ana shu salbiy hodisalarning hammasi har xil millatchilik kayfiyatlarining namoyon bo’lishi, millatlararo nizolar vujudga kelishi uchun negiz yaratdi. Mustaqillik tufayli jamiyatimizning barcha sohalarida sodir bo’layotgan tub sifat o’zgarishlar millatlar va millatlararo munosabatlarni takomillashtirilishiga qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirdi. Ayni vaqtda shulardan to’liq foydalangan holda milliy va millatlararo munosabatlar sohasidagi barcha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish ustida muntazam ravishda ko’pgina ijobiy ishlar qilinmoqda. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, millatlararo munosabatlar sohasida muayyan, noantagonistik ziddiyatlarning mavjudligi yangi mustaqil davlatlarning qaror topish davri uchun real hodisadir. Lekin mavjud ziddiyatlarning xalqlar va davlatlarning xavfsizligiga tahdid soladigan fojiali oqibatlarga olib boruvchi millatlararo mojarolarga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Milliy va millatlararo munosabatlar sohasidagi muammolarni hal qilishda mintaqadagi etnik-nufus vaziyatni, aholining polietnik tarkibini hisobga olish katta ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonning tub aholisi — o’zbeklardir. Shu bilan birga, mamlaktimizda qoraqalpoqlar, tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar, turkmanlar, tatarlar, ozarbayjonlar, boshqirdlar, uyg’urlar, slavyan xalqlaridan — ruslar, ukrainlar, beloruslar, shuningdek, polyaklar, chexlar, slovaklar, forslar, pushtunlar, balujlar, koreyslar, armanlar, yahudiylar va boshqa millatlar vakillari istiqomat qiladi. Ularning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish uchun respublikamizda qator chora-tadbirlar qilinmoqda. Ona tilida ta’lim olish borasidagi ehtiyojlari to’laroq qondirilmoqda. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, madaniyat va ma’naviy boyliklarni taqsimlash masalalarida ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanilmoqda. Milliy tillarda ro’znomalar, kitoblar, darsliklar, o’quv qo’llanmalari va boshqa adabiyotlar nashr etilmoqda. Ko’pchilik millatlarning ehtiyojlarini hisobga olib teleko’rsatuv va radio eshittirishlar ko’paymoqda, milliy madaniyat markazlari ochilmoqda. Boshqa millatlarning vakillari davlat va jamoat ishlariga jalb qilinmoqda. Etnik guruhlar, millatlararo munosabatlar masalasida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar qanday salbiy oqibatlarga olib kelganligini, nimalarda namoyon bo’layotganligini bilish, milliy masalada kelajakda bunday vaziyatlar takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun ularni keltirib chiqargan va keskinlashtirib yuborgan sabablarni chuqur va atroflicha idrok qilish milliy siyosat yuritishda katta ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda barqarorlik, tinchlikni saqlab, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda millat va elatlar o’rtasidagi do’stlikni kuchaytirish, ularning hamkorligani mustahkamlash katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan har bir milliy madaniyatdagi yutuqlar, uning ijobiy, foydali tomonlarini doimiy ravishda o’rganish, ulardan keng va atroflicha foydalanish milliy madaniyatlarni o’zaro boyitishning, kishilarni baynalminal ruhda tarbiyalashning zarur yo’llaridan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida barcha etnik guruhlar va millatlar o’rtasida shu hududda yashaydigan har qanday odamga o’zini erkin va teng huquqli deb his qilish uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Ularning fuqarolik, shaxsiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy huquqlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida kafolatlangan. Masalan, O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunida O’zbekiston Respublikasining hamma fuqarolari «ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg’ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar» teng saylov huquqiga ega deb yozib qo’yilgan. Shuningdek, O’zbekiston hududida yashaydigan etnik ozchilikning huquqlarini himoya qilish to’g’risida ham alohida ko’rsatib o’tilgan. Konstitutsiyada yozilganidek, “O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”. Shuni alohida qayd etish lozimki, jamiyatimizda kundan-kunga mustahkamlanib borayotgan milliy hamjihatlik, milliy birdamlik nafaqat respublikamiz tub aholisi — o’zbeklar, qoraqalpoklar bilan boshqa millatlar o’rtasida, balki O’zbekistonda yashayotgan boshqa millatlarning vakillari orasida ham etnik-madaniy asoslarda jipslashish jarayonlari faol yuz bermoqda. Respublikamizda hozirgi kunda 80 dan ortiq milliy-madaniy markazlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ular ko’p millatli O’zbekistonning jamiyatni siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy jihatdan qayta qurish jarayonida ijobiy rol o’ynamoqda. Millatlararo tinchlik, totuvlikni ta’minlashda o’zbek millatining boshqa suveren davlatlarda, xususan, O’rta Osiyo mamlakatlarida yashayotgan o’z etnik qardoshlari bilan yaqin munosabatda bo’lishi katta ahamiyat kasb etadi. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi kunda ko’pgina o’zbeklar boshqa respublikalarda yashab kelmoqdalar. Masalan, Tojikistonda jami aholining 24,4 foizini, Qirg’izistonda — 13,8 foizini, Turkmanistonda — 9,0 foizni, Qozog’istonda — 2,5 foizni o’zbeklar tashkil etadi. Ma’lumki, Turkiston xalqlarining ko’p asrlik tarixi, boy madaniyati, rangbarang urf-odat va an’analari bir-biri bilan chambarchas bog’lanib ketgan. Ular Turkistonni o’zlarining muqaddas vatani deb bilganlar. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Turkiston — umumiy uyimiz» g’oyasi mintaqamizda istiqomat qiluvchi milliy-etnik birlikni yanada mustahkamlab, mintaqamizda barqarorlik, tinchlikni saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etdi. Millatlararo munosabatlar jarayonida milliy va mintaqaviy xavfsizlikka putur yetkazishi mumkin bo’lgan har qanday vaziyatlarning oldini olish uchun quyidagi qoidalarg’a amal qilishimiz kerak: 1.Davlatning etnik siyosati shaxs huquqlarini himoya qilishning ustivor bo’lishiga asoslanishi darkor, shuningdek, milliy ozchilikning huquqlari ham kamsitilmasligi shart. 2.Davlatning etnik siyosatidagi bosh yo’l millatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan usullarga asoslanishi lozim. 3.Jamiyatimizning bozor munosabatlariga asoslanadigan iqtisodiy taraqqiyoti respublikamizda yashayotgan barcha millatlarning manfaatlariga mos bo’lmog’i kerak. Millatlararo hamdo’stlik, tinchlik, totuvlik — mustaqillik tufayli qo’lga kiritilgan eng katta yutug’imizdir. “O’zbekiston aholisining ko’p millatliligi, — deb yozgan edi I.A.Karimov, — o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi va ma’naviy qayta tiklanishining o’sishi bilan chambarchas bog’liq holda jamiyatni yangilash, uni demokratlashtirishga undovchi zo’r kuch bo’lib xizmat qilmoqda. Bu respublikaning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi uchun qulay shart-sharoit yaratmoqda” 17 . Xalqlarimiz azaldan orzu qilib kelgan millatlararo do’stlik, hamjihatlik, tinchlik, totuvlikka erishgan ekanmiz, endilikda bizning oldimizda turgan dolzarb vazifa — ana shu oliy ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarni qo’ldan bermay, avaylabasrab, ko’z qorachig’iday ehtiyot qilib, saqlab qolish ustida doimiy harakat qilishimiz darkor. Bunga respublikamizda yashovchi har bir inson — yoshidan, millatidan qat’i nazar, o’z hissasini qo’shmog’i kerak. 6. Jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlar 17 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.:“O’zbekiston”,1997.-72,84-betlar. Jamiyat taraqqiyoti inson faoliyatining ifodasidir. Kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan xilma-xil aloqa va munosabatlar, ularning haqiqiy voqelikka, tabiatga bo’lgan munosabatlari amaliyotda o’z ifodasini topadi. Amaliyot kishilarning shunday faoliyatidirki, bu faoliyat jamiyatning yashashi va rivojlanishini ta’minlaydi. Inson o’zining amaliy faoliyatida tashqi olamga ta’sir etadi, uni o’z ehtiyojlari asosida o’zgartiradi. Inson o’z amaliy faoliyati jarayonida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi, moddiy boyliklar yaratadi, madaniyatni yuksaltiradi. Ijtimoiy hayotning o’zgarishi inson ijtimoiy amaliyoti tarzida sodir bo’ladi. Jamiyatning rivojlanishi ob’ektiv qonunlar asosida kishilarning faol amaliy faoliyati tufayli ro’yobga chiqadi. Kishilar faoliyati tasodifiy ravishda ro’y beradigan ko’r-ko’rona jarayon emas. Kishilar o’z oldilariga aniq maqsadlarni qo’yib, uni amalga oshirishga intilar ekanlar, bu intilishlarning zaminida gavdalangan rivojlanish qonunlarini bilish yotadi. Jamiyat taraqqiy etishi uchun faqat ob’ektiv shart-sharoitlarning o’zi kifoya qilmaydi, buning uchun sub’ektiv omillar ham yetilgan bo’lishi zarur. Jamiyat a’zolari qancha ongli bo’lsa, ya’ni sub’ektiv omil roli tez o’sib borsa, jamiyat taraqqiyoti shunchalik tezlashadi. Xalq ommasining bunyodkorlik faoliyati, avvalo uning moddiy boyliklar yaratishda o’z ifodasini topadi. Inson ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ularni ishlab chiqaradigan murakkab mehnat qurollari, asbob-uskunalar, texnologiyaning ijodkori - xalq ommasidir. yer yuzidagi barcha shaharlar, qishloqlar, qadimgi dunyoning karvon yo’llarini, katta-katta inshootlar, sug’orish kanallari va ko’priklarni xalq o’z mehnati bilan barpo etgan. Xalq ommasi o’z mehnati bilan Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Toshkent, Shahrisabzdagi va boshqa ulkan tarixiy obidalarni yuzaga keltirgan va keltirmoqda. Xalq ommasi jamiyatning barcha ma’naviy boyligini yaratuvchi kuch hamdir. Kishilarning ma’naviy hayoti garchi ular moddiy turmushining in’ikosi sifatida yuzaga kelgan bo’lsada, lekin u o’z navbatida butun ijtimoiy taraqqiyotga g’oyat katta ta’sir ko’rsatadi. Jamiyat taraqqiyotida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va takomillashuvida, mehnat unumdorligining o’sib borishida ilm-fan va madaniyatning, inson aql-idroki va zakovatining qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini isbotlab o’tirishning hojati yo’q. Xalq ommasining ijtimoiy taraqqiyotda hal qiluvchi kuch ekanligi uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatida ham namoyon bo’ladi. Xalq ommasi tarix davomida bo’lib o’tgan barcha o’zgarishlarning hal qiluvchi kuchi hisoblanadi. Xalq ommasining ijtimoiy-siyosiy sohadagi faoliyati uning jahonda tinchlikni mustahkamlash yadro urushi boshlanib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun olib borayotgan kurashida ham o’z ifodasini topmoqda. Jamiyat taraqqiyotda xalq ommasi ichidan chiqqan buyuk shaxslar, arboblar, sarkardalar katta rol o’ynaydilar. Tarixiy jarayonlar mohiyatini boshqalarga nisbatan chuqurroq tushunadigan, uzoqni ko’radigan yo’lboshchilar, rahbarlar xalqning baxt-saodati, orzu-umidlarini ro’yobga chiqarish uchun astoydil harakat qiladilar. Bunday shaxslarga xalq o’zinining issiq bag’rini ochadi, qo’llabquvvatlaydi, e’zozlaydi. Tarixiy jarayonlarning sub’ekti va harakatlantiruvchi kuchlari bo’lgan xalq ommasi muayyan ijtimoiy - etnik tabaqalardan tashkil topadi. Jamiyatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tufayli sodir bo’layotgan mulkiy jarayonlarning o’zgarishi kishilarning keskin tabaqalanishiga — oshib-toshib ketgan boylar-u, qashshoqlarga bo’linib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Hozir bizning jamiyatimizda ishchilar, dehqonlar, ziyolilar bilan bir qatorda yangidan shakllanayotgan mulkdorlar sinfi faoliyat ko’rsatmoqda. Davlat halol mehnat qilayotgan har bir kishiga o’z oilasini boqish, bilim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, o’zining qarindosh-urug’larining qadr-qiymatini himoya qilish uchun barobar imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. 7. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi  Sivilizatsiyani insoniyat jamiyati taraqqiyotining yovvoyilik va varvarlikdan keyingi muayyan bir bosqichi sifatida tahlil qilishda unga xos quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiladi: sivilizatsiya insoniyat taraqqiyotining eng qadimgi, ilk bosqichlaridan sug’orma dexqonchilikning vujudga kelishi, davlat va huquqning paydo bo’lishi, shaharlarning yuzaga kelishi, yozuvning paydo bo’lishi bilan farqlanadi. Ayni vaqtda sivilizatsiya tushunchasi inson aql-zakovati erishgan yutuqlarini ham ifodalaydi. Frantsuz ma’rifatparvarlari sivilizatsiya tushunchasini aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat, ya’ni ideal jamiyat ma’nosida qo’lladilar. Sivilizatsiya murakkab mazmunga ega bo’lgan falsafiy tushuncha hisoblanadi. Shuning uchun ham sivilizatsiya haqida xilma-xil qarashlar, nuqtainazarlar mavjud. Chunonchi ingliz sotsiologi va tarixchisi Arnold Toynbi sivilizatsiya deganda jamiyat taraqqiyotini, avvalo madaniy yuksalishni nazarda tutadi. Dunyo tarixini o’rgangan Toynbi sivilizatsiya turlicha xalqlarda turlicha kechadi, tarix o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan alohida sivilizatsiyalardan iborat, degan fikrni ilgari suradi. U «Tarixni bilish» asarida insoniyat tarixida mavjud bo’lgan o’n uch sivilizatsiya haqida fikr yuritib, sivilizatsiyani rivojlantiruvchi kuch – ijodiy elita yoki ozchilikdan iborat, deb biladi. U sivilizatsiya o’z-o’zidan shakllanmaydi. Uning rivojlanishi uchun ma’lum tarixiy davr yetilgan bo’lmog’i lozim. Bunday davrni Toynbi «Chaqiruv va javob» deb belgilaydi. Uning fikricha, tarix chaqirig’iga ozchilik javob berar ekan, o’z ketidan befarq ko’pchilikni ergashtiradi. Chaqiruv shunday davrki, bunda jamiyat qandaydir xavf ostida bo’ladi. Chaqiruv va javob har qanday sivilizatsiyaning asosini tashkil etadi 18 . Nemis faylasufi Osvald Shpengler (1880-1936 yy.) sivilizatsiya tushunchasini madaniyatga qarama-qarshi qo’yadi. Uning fikricha, madaniyat halokatga uchrashi jarayonida sivilizatsiyaga aylanadi. Madaniyatdan sivilizatsiyaga o’tish ijodkorlikdan mahsulsizlikka, shakllanishdan qotib qolishga, 18 Qarang: G’arb falsafasi.-T.:«Sharq», 2004.-588-589-betlar. qahramonona tashabbuslardan mexanik «ish»ga o’tishdan iborat. Shpengler fikricha, sivilizatsiya oqibatida badiiy va adabiy ijodga ehtiyoj qolmaydi. Shuning uchun ham madaniy da’volardan voz kechib, sof texnitsizmga e’tiqod qilishni taklif etadi. Insoniyat, Shpengler fikricha, zoologik birlikdir. Insoniyatning yagona tarixi yo’q, faqat alohida yashirin madaniyat bor. Har bir madaniyat hayotini taqdir boshqaradi. «Har qanday madaniyat insondek hayot kechiradi. Ularning o’z bolaligi, o’smirligi, o’rta yoshi va o’tmishi bo’ladi» 19 . Sivilizatsiyani turkumlashning turli asoslari ishlab chiqilgan. Kishilik jamiyati rivojlanishining muayyan bosqichi asosida turkumlash: neolit sivilizatsiyasi, nokapitalistik sivilizatsiya, hozirgi zamon sivilizatsiyasi. Sivilizatsiya deganda ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tushunilgan: ibtidoiy formatsiya, quldorlik va x.k. Sivilizatsiya geografik jihatdan farqlanish asosida turkumlangan: Yevropa sivilizatsiyasi, Osiyo sivilizatsiyasi. Diniy mansublik asos qilib olingan: xristian sivilizatsiyasi, osiyo sivilizatsiyasi. Kelib chiqish, planetar mansublikka ko’ra: yer sivilizatsiyasi, yerdan tashqari sivilizatsiya farqlangan. Etnik asosga ko’ra farqlanadigan birliklar nazarda tutilgan: Qadimgi Misr sivilizatsiyasi, Bobil sivilizatsiyasi. Har qanday sivilizatsiya: 1) muayyan ijtimoiy ishlab chiqarish texnologiyasiga; 2) takrorlanmas madaniyati, qadriyati, falsafiy qarashlari, odobaxloq normalariga; 3) o’z hayotiy tamoyillariga ega bo’ladi. Bularning barchasi sivilizatsiyani yaxlit birlik sifatida mavjud bo’lishi uchun imkon yaratadi. Bu sifatiy xususiyatlarning yo’qolishi sivilizatsiyaning halok bo’lishiga olib keladi. 19 Qarang: G’arb falsafasi.-T.:«Sharq», 2004.-580-bet. Sivilizatsiya tushunchasi madaniyat tushunchasi bilan chambarchas bog’liq. Ayrim olimlar, masalan, Shpengler sivilizatsiyani madaniyatning antipodi, deb biladi va «sivilizatsiya madaniyat tanazzuli ifodasi» degan xulosaga keladi. Sivilizatsiyani madaniyatga qarama-qarshi qo’yishning asoslari bor. Sivilizatsiya ziddiyatli ijtimoiy jarayonlar tarzida kechgan va bu jarayonlar oqibatida taraqqiyot bilan bir qatorda madaniyatlarning yemirilishi, boylik va qashshoqlik kabi ijtimoiy hodisalar yuzaga kelishi kuzatilgan. Sivilizatsiya muammosiga turlicha qarashlarni inkor etmagan holda, uning madaniyat bilan aloqadorligini alohida ta’kidlash, sivilizatsiya insoniyatning yovvoyilik va varvarlikdan keyingi madaniy taraqqiyot bosqichi ekanligini e’tiborga olmoq lozim. Sivilizatsiya madaniyatlar xilma-xilligi asosida shakllanadi. Madaniyatlarning turli-tumanligi ular orasidagi umumiylikni inkor etmaydi. Madaniyatning insonparvarligi tamoyili ularni bir-biriga yaqinlashtiradi. Ayni vaqtda madaniyatlar o’zaro bir-biriga ta’sir ko’rsatadi va bu ta’sir madaniyatlar taraqqiyotida o’z ifodasini topadi. Sivilizatsiya inson va jamiyatning taraqqiyotini ifodalaydi. sivilizatsiya inson va jamiyatning o’zgartuvchilik faoliyati mahsuli. Demak, sivilizatsiya madaniyatning konkret namoyon bo’lishini, uning real mavjud hayotini aks ettiradi. Sivilizatsiyaning madaniyatsiz, madaniyatning sivilizatsiyasiz mavjud bo’lishi mumkin emas. 1.Sivilizatsiya jamiyatni ijtimoiy tashkil etish usuli hisoblanadi. 2.Sivilizatsiya avval boshdanoq progressiv taraqqiyot sifatida yuzaga kelgan. Bu taraqqiyot ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog’liq tarzda kechgan. Agar varvarlik davrida eng qadimgi odamlar uyushuvi tabiiy asosga tayangan bo’lsa, sivilizatsiya odamlarning ijtimoiy jihatdan uyushuvini keltirib chiqaradi. 3.Sivilizatsiya ijtimoiy boyliklarni ishlab chiqarish va tobora ko’paytirib borishdan iborat murakkab ijtimoiy jarayon. Sivilizatsiya ortiqcha mahsulotning, ijtimoiy boylikning vujudga kelishi bilan bog’liq ravishda amalga oshdi. Aynan ortiqcha mahsulot, boylikning paydo bo’lishi oqibatida mehnat taqsimoti chuqurlashdi, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqdi, ilmiy bilimlar shakllandi, fan, falsafa, san’at vujudga keldi. Ijtimoiy boylik deganda moddiy ne’matlar ko’rinishidagi boylik bilan bir qatorda ma’naviy qadriyatlarni ham hisobga olmoq lozim. Moddiy boyliklarning tobora ko’payib borishi bo’sh vaqt boyligining shakllanishiga olib keldi. Bo’sh vaqt jamiyat va inson taraqqiyotining muhim omili bo’lib hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti, boyliklarning tobora ko’payib borishi madaniyatli ijtimoiy munosabatlarning qaror topishi uchun imkoniyat yaratdi. Jamiyat boyligini ishlab chiqarish kishilar orasidagi munosabatlar taraqqiyotiga olib keldi. 4. Jamiyatning tarkibida jiddiy o’zgarishlar kuzatila boshlandi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibida xilma-xil sinflar, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar shakllandi. 5. Sivilizatsiyaning eng muhim belgisi jamiyat hayotini tashkil etish va boshqarish bilan bog’liq. Boshqaruvning jamoa usulidan farqlanuvchi maxsus boshqaruv – davlat hokimiyati shakllandi. 6. Sivilizatsiya jamiyatning asosi, subatomi hisoblangan oila va oilaviy munosabatlarning takomillashuviga olib keldi. 7. Sivilizatsiya ma’naviy madaniyat takomili bilan bevosita bog’liq. Yozuvning kashf qilinishi ajdodlar bilimlari va tajribalarini avlodlarga meros sifatida qoldirish imkoniyatini berdi. Yozuv sivilizatsiyaning muhim omili bo’lib hisoblanadi. Sivilizatsiya umumbashariy ahamiyatga molik murakkab ijtimoiy hodisa va bu hodisa jamiyatlar taraqqiyotida namoyon bo’ladi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi jamiyatlar taraqqiyotida yangi sifat bosqichi mavjudligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi o’zida jahon miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari, yangi axborotlashgan jamiyatning shakllanishi bilan bevosita bog’liq. 8. Madaniyat jamiyat taraqqiyotining qudratli ma’naviy kuchi Jamiyat taraqqiyotida xususan komil inson ma’naviyatini shakllantirishda madaniyat katta ahamiyat kasb etadi. Madaniyat lotincha « cultura » atamasidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi. Mumtoz lotin tilida madaniyat yerni parvarish qilish, ishlov berish ma’nosida ishlatib kelingan. Keyinchalik, eramizdan avvalgi 45 yili Rim notig’i, mashhur faylasuf Sitseron madaniyat atamasini aqlga ishlov berish ma’nosida ishlatgan. Uning fikricha, dehqon yerga ishlov bergani kabi inson ongi, aqliga ham ishlov berib turish zarur. Aqlga ishlov berish, ma’naviy, ruhiy takomillashish, erk insonning haqiqiy ifodasidir. Keyinchalik madaniyat tushunchasi bilimdon, ma’rifatli, yuksak tarbiyali insonlarni ta’riflashda ham ishlatila boshlanadi. Madaniyat qo’pqirrali va sermazmun tushuncha bo’lib, u jamiyat taraqqiyoti davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilgan barcha moddiy va ma’naviy yutuqlarning majmuidir. Moddiy madaniyat deganda inson faoliyati tufayli yaratilgan «ikkinchi tabiat», ya’ni ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollarini, mehnat ko’nikmalarini, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va moddiy hayot uchun xizmat qiladigan barcha boyliklarni nazarda tutish lozim. Ma’naviy madaniyatning qamrovi behad keng bo’lib, u ijtimoiy ongning barcha shakllari, ya’ni falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, maorif, ta’lim-tarbiya, maktab, o’rta va oliy ta’lim, fan, madaniyat muassasalari, ommaviy axborot vositalari, san’at, xalq ma’naviy ijodiyotining barcha turlarini o’z ichiga qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyat bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, biri ikkinchisini to’ldiradi. Inson amaliy faoliyatining har qanday turida ayni bir vaqtning o’zida uning ham aqliy, ham jismoniy mehnati ob’ektiv ravishda ishtirok etadi. Insonning amaliy faoliyatida, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida moddiy va ma’naviy madaniyat organik ravishda birlashadi. Bironta ham mehnat qurolini, moddiy boylikning bironta ham turini inson aql-idroki va tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo’lmaydi. Inson amaliy faoliyatining har qanday turida ayni bir vaqtning o’zida uning ham aqliy, ham jismoniy mehnati ob’ektiv ravishda ishtirok etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish kishilar ma’naviy hayotining negizidir. Inson miyasida hech qanday fikr, hech qanday qarash va tushuncha o’z-o’zidan tug’ilmaydi va rivojlanmaydi, balki ularning hammasi moddiy sharoitlar, tabiiy omillar, tashqi ta’sirlar bilan uzviy bog’langan va jamiyatdagi moddiy jarayonning mahsuli sifatida vujudga kelgandir. Madaniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi kishilik jamiyatining eng qadimiy bosqichlariga borib taqaladi. Boshqacha aytganda, madaniyat insonning kelib chiqishi bilan uzviy aloqadordir. Madaniyat tarixi jamiyat tarixining ajralmas bir qismidir. Shuning uchun ham uning vujudga kelishi va rivojlanishini jamiyat tarixidan, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan, moddiy boyliklar ishlab chiqarish usulidan ajratib olish mumkin emas. Madaniy taraqqiyotning umumiy qonunlaridan biri - uning to’xtovsiz ravishda boyib borishi va rivojlanishidan iboratdir. Madaniyat taraqqiyotida moddiy ishlab chiqarishning rivoji asos bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning ishlab chiqarish usullarining almashinuviga qarab madaniyat ham sifat jihatidan o’zgarib turadi. Jamiyatning taraqqiy etishi madaniyatning o’zgarishini talab qiladi, madaniyatning yangilanishi esa o’z navbatida jamiyatning taraqqiy qilishiga sabab bo’ladi. Barcha moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari — inson aql-idroki, iste’dodi va mehnati mahsulidir. Xalq ommasi madaniyat ijodkorigina emas, balki uni to’xtovsiz ravishda boyituvchi, rivojlantiruvchi, avloddan-avlodga yetkazib turuvchi hamdir. Har bir ijtimoiy tuzum taraqqiyotida madaniyat o’ziga xos belgi va xususiyatlarga ega. Kishilik jamiyatining har bir tarixiy bosqichi o’z madaniy boyliklarini yaratadi va shu tariqa boshqasidan farqlanib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar umumsotsiologik qonunlar asosida bir-biri bilan uzviy bog’lanishda bo’lganidek, madaniyatning tarixiy ko’rinishlari ham dialektik aloqadorlik va o’zaro bog’lanishdadir. Madaniyatning bir tarixiy turidan ikkinchisiga o’tish o’tmishda erishilgan madaniy yutuqlarning barcha qimmatli tomonlarini uloqtirib tashlash, degan so’z emas. Har bir avlod o’zi uchun maxsus yangi moddiy negiz tashkil etmaydi, ilmfan va madaniyatni yangidan yaratmaydi, balki o’zidan oldingi avlodlar tomonidan yaratilgan manbadan, ishlab chiqarish kuchlaridan, moddiy va ma’naviy madaniyat yutuqlaridan foydalanadi. Oldingi avlodlardan qolgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari, madaniy boyliklar keyingi avlodlarning yashashi va taraqqiy etishi uchun moddiy va ma’naviy asos bo’lib xizmat qiladi. O’tmishda qo’lga kiritilgan tajribani egallamay va ijodiy o’zgartirmay turib, olg’a tomon rivojlanib bo’lmaydi. Har bir avlod ilgarigiga qarab qilgan harakatida o’zidan oldingi barcha avlodning yo’lini davom ettiradi. Yangi avlod oldingi avlodlardan qolgan tajribaga o’zining xususiy tajribasini qo’shadi. Jahon tarixi shu yo’sinda barpo qilinadi. Bunga insoniyatning quldorlik davrida yaratgan madaniy boyliklari misol bo’la oladi. Qadimgi yunon madaniyati Gomer va Gerodot, Demokrit va Sofokl, Aflotun va Arastu singari mutafakkirlarining tarix va falsafa, adabiyot va san’at, astronomiya va matematika, me’morchilik va haykaltaroshlik kabi ilm-fan va madaniyatning turli sohalariga doir asarlari insoniyatning eng katta madaniy boyligidir. Ular o’z ahamiyatini aslo yo’qotmaydi. Qadimgi yunon adabiyoti, san’ati va eposi hozir ham kishilarga badiiy zavq beradi va ma’lum jihatdan eng yuksak namuna bo’lib xizmat qiladi. O’rta Osiyo xalqlarining madaniyati juda qadimiy bo’lib, uning tarixi bir necha ming yillarni o’z ichiga oladi. Xalqimiz madaniyati ham jahon madaniyati bilan baqamti, yonma-yon yuzaga kelgan va rivojlangan. Har bir xalq madaniyati, o’z mamlakati doirasidagina, tor milliy biqiqlikda emas, balki boshqa xalqlar madaniyati bilan o’zaro aloqadorlikda, o’zaro bog’liqliqda, o’zaro ta’sir va aks etish asosida rivojlanadi. Tarixdan ma’lumki, qadimgi dunyo hamda Rim davri madaniyati, jahondagi boshqa madaniyatlarga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. O’z navbatida O’rta Osiyo xalqlari ham boshqa xalqlar madaniyatining yuksalishiga, umumjahon madaniyati taraqqiyotiga o’zining faol ta’sirini ko’rsatadi. O’rta asr madaniyatining buyuk namoyondalari Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek, Alisher Navoiy va boshqa allomalar ta’limotlari jahon madaniyatining ajralmas qismi ekanligi bunga misol bo’ladi. O’zbek xalqi jahon moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratish va rivojlantirishda ulkan hissa qo’shgan xalqdir. U o’zining tafakkuri, qobiliyati va iste’dodi bilan O’rta Osiyo fan va madaniyatini, adabiyot va san’atini, axloq-odobi, falsafasining vujudga kelishi va rivojlanishida katta o’rin tutadi. SHu bilan birga u tarixning haqiqiy ijodkori sifatida jamiyatning madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Uning, umuman madaniyat, xususan, badiiy adabiyot sohasidagi xizmatlari ham bebahodir. Doston va ertaklarning, maqol va matallarning, qahramonlar haqidagi rivoyat va afsonalarning yaratuvchisi ham, avaylab-asrovchisi ham uning o’zidir. O’zbeklar o’zining insonni lol qoldiradigan ajoyib amaliy san’ati, yuksak badiiy did va mahorat asosida ishlangan hunarmandchilik buyumlari bilan qadim zamonlardan boshlab hozirgacha ham dunyo xalqlari o’rtasida shon-shuxrat qozonib kelmoqda. Hunarmandchilik san’ati bizning xalqimiz avlod-ajdodlari tomonidan saqlanib kelayotgan meros, bebaho qadriyatdir. O’zbek xalqi amaliy san’ati, hunarmandchilik ildizlari uzoq o’tmishga borib tutashadi. O’zbek xalq hunarmandchiligi tarixiga hozirgi zamon nigohi bilan nazar tashlaydigan bo’lsak, manbalar, o’tmishdan saqlanib qolgan yodgorlik va obidalar eramizdan avvalgi minginchi yillarda yaratilgan san’at durdonalari haqida dalolat beradi. O’zbekiston hududida bo’lgan Shosh, Marokand, Urganch, Buxoro, Shahrisabz shaharlarining qadimgi o’rnida olib borilgan qazilma tadqiqotlar otabobolarimiz yaratgan hunarmandchilikning o’lmas obidalarini kashf etdi, yozma manbalar qadimiy O’rta Osiyo aholisining konlarda ishlaganini, mis va temirdan turli xil harbiy va mehnat qurollari yasaganliklarini, tikuvchilik, binokorlik, zargarlik va boshqa ishlar bilan shug’ullanganliklarini ko’rsatadi. Avlod-ajdodlarimiz o’tmish davrlardan boshlab naqqoshlik, o’ymakorlik, tikuvchilik, zargarlik, zardo’zlik, gilamdo’zlik, misgarlik, sangtaroshlik, kulolchilik, musiqa asboblarini yasash va boshqa sohalarda katta mahorat ko’rsatganlar. Ular nozik va go’zal, jahonda tengi yo’q naqsh ustasi bo’lganlar, faqat yog’ochga emas, shuningdek, marmar toshga, metallga o’ta nozik va go’zal naqsh solishlari, gilam va matolarga rang-barang gullar to’qishlariga qarab otabobolarimiz, momolarimizning mahoratlari va didlariga qoyil qolamiz. Samarqand, Buxoro, Xiva, Namangan, Qo’qon va Toshkentdagi xalq ustalari ganch o’ymakorligi sohasida katta shon-shuhratga ega bo’lganlar. Bu san’at namunalarini qadimiy binolar, muhtasham saroylar, arklarning ichki va tashqi bezaklarida, devor peshtoqlaridagi o’simlik va hayvonlar tasvirlarida, lojuvard koshinlarda ko’rish mumkin. Nozik o’ymakorlik san’atini mukammal egallab olgan yuksak didli ustalar nafaqat ganchga o’yma naqshlar berish, balki jimjimador panjaralar va go’zal guldonlar ham yasay bilganlar. Musiqa san’ati — eng qadimiy va shu bilan birga o’zbek xalqi o’rtasida keng tarqalgan, uning turmushiga chuqur singib ketgan sohalardan biridir. Musiqa kishilarning his-tuyg’ularini, fikrlarini va kayfiyatlarini o’ziga xos tarzda ifoda etadi. Musiqa san’ati kishiga butun bir yuksak tuyg’ular, zavq-shavq, yangi g’oyalar olamini ochib beradi. Odamlarni ma’naviy jihatdan boy, sof va barkamol qiladi. Musiqa tufayli inson o’zida yangi, ilgari sezmagan kuch topadi, hayotga o’zgacha munosabatda bo’ladi. Musiqa insonni hayotni sevishga da’vat etadi. Musiqa, raqs, bayt, kuy, g’azal singari qo’shiqlar ham xalq hayoti bilan shu qadar yaqinlashib, qo’shilib ketganki, inson o’z hayoti, turmush tarzi va borlig’ini usiz tasavvur etolmaydi. Musiqa va qo’shiqning inson hayotida bu qadar keng o’rin olishi, uzoq yashashi, takomillashib, mazmunan boyib va chuqurlashib borishining sabablari bor. Chunki qo’shiq insonni mehnat qilishga, qiyinchiliklarni yengishga, ruhan tetik, bardam bo’lishga, do’stlarga vafodorlik, dushmanlarga nisbatan shafqatsizlikka undaydi. Kindik qoni to’qilgan ona Vatanni sevishga, uning barcha boyliklari bilan faxrlanishga da’vat etadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan bo’lgan mehr-muhabbat, faxr-iftixorning shakllanishi va rivojlanishi ham ma’lum darajada unga bog’liq. Madaniyat inqirozga uchrab xalqning ma’naviyati barbod bo’lsa, odamlar e’tiqodlarida xalqparvarlik, vatanparvarlik kabi tuyg’ular so’na boshlaydi. Bunday joyda ommaning olomonlashuvi, siyosiy manqurtlik, beparvolik boshlanadi, milliy mansublik, milliy iftixor asta-sekin barbod bo’la boshlaydi. Ana shunday davlatni mustamlakachilik kishanlarida uzoq vaqtlar davomida ushlab turish, xalqni itoatkor qulga aylantirishi mumkin. Milliy g’ururi so’ndirilgan, madaniyati, tili kamsitilgan, haq-huquqi, erki, izzat-nafsi yerga urilib, ruhan ezilgan xalq va millat — mustamlakachilar uchun tayyor o’ljadir. CHor amaldorlari buni yaxshi bilganliklari uchun yerli xalqni madaniyat va ma’rifatdan bebahra qoldirish masalasiga birinchi darajali ahamiyat berganlar, bu yo’lda hech narsadan tap tortmadilar, rahm-shafqatni butunlay yig’ishtirib qo’ydilar. Sho’ro tuzumi — milliy birlik g’oyalari bilan sug’orilgan milliy ong o’sishi yo’lida turli g’oyalar tashkil etdi, milliy birdamlik, milliy tuyg’uning rivojlanishi va yuksalishiga millatchilik deb qaradi. Buni o’zbek xalqining tili, tarixi, madaniyati, xalq og’zaki ijodiyotiga qilingan qatag’onchilik siyosati misolida ko’rish mumkin. Madaniyat jamiyat taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi. U quyidagi ijtimoiy funktsiyalarni bajaradi: 1.Bilish funktsiyasi. Madaniyatda ko’p asrlik inson faoliyati davrida olamdagi narsa va hodisalarni bilish va ularni o’zlashtirish jarayonida to’plangan tarixiy tajriba mujassamlangan. 2.Axborot uzatish funktsiyasi. Madaniyat bir avloddan ikkinchi avlodga ijtimoiy tajribani yetkazish shaklidir, ya’ni tarixiy vorislik funktsiyasini bajaradi. 3.Muloqat funktsiyasi. Moddiy va ma’naviy tarixiy yodgorlikda o’z aksini topgan ma’lumotlarni qabul qilish jarayonida biz o’tmishdagi avlodlarning turmushi, ularning didi, madaniy darajasi, shuningdek, mazkur asarlarni bunyod etgan mualliflar bilan muloqatda bo’lamiz, shu davrning nafasidan xabardor bo’lamiz. 4.Madaniyat inson axloq-odobi, xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. 5.Madaniyat insoniy fazilatlarni shakllantiradigan gumanistik, insonparvarlik vazifasini bajaradi. Madaniy yuksalish mezonlari xilma-xil bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi: jamiyat taraqqiyotida yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning ko’lami va miqdori, ularning tarqatilish darajasi, insonlar tomonidan o’zlashtirilishi; ma’naviy madaniyatning barcha turlarining bir tekis taraqqiy etishi; madaniy qadriyatlardan bahramand bo’lishda barcha kishilarning ishtirok etishi; madaniyat durdonalarini yaratishda aholining barcha qatlamlarining keng va ongli ravishda ishtirok etishi; kishilarning madaniy yuksalishga o’z hissalarini qo’shish uchun jamiyatda barcha imkoniyatlarning mavjudligi. O’zbek xalqi jahon madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan, o’zining ko’p asrlik boy va rang-barang madaniyatiga egadir. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin o’tgan qisqa tarixiy muddat ichida mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan juda katta o’zgarishlarni boshidan kechirdi. Mustaqillik xalqimiz madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga ham keng yo’l ochib berdi, toptalgan, kamsitilgan milliy g’ururimiz, insoniy sha’nimiz, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizga qayta hayot bag’ishladi. Mustaqillikka o’tish jarayonida birinchi navbatda odamlarning dunyoqarashi o’zgardi, g’urur, oriyat, sha’n va nomus tuyg’ulari kuchaydi, hayotga, mehnatga, Vatanga, el-yurtga munosabat o’zgacha tus oldi, milliyma’naviy muhit sog’lomlashdi, milliy o’zligini anglash kuchaydi. Bir vaqtda sun’iy ravishda kamsitilgan sharqona urf-odatlar va an’analar yana odamlar hayotidan o’rin ola boshladi, o’zbekona mehr-oqibat, hurmat-izzat, mehrmuruvvat, o’zgalar dardiga hamdardlik qilish singari olijanob fazilatlar qayta tiklana boshladi, avlod-ajdodlarimiz merosiga egalik qilish hissi kuchaydi. Boshqacha aytganda, madaniy-ma’naviy hayotimizda uyg’onish yuz berdi. Xalqning boyligi, aql-idroki va tafakkuri, tarixi va madaniyati uning tilida, yozma va og’zaki adabiyotida o’z ifodasini topadi. Ana shu ma’noda olganda, til xalqning qalbi, tanu jonidir. O’zbek tilini astoydil muhofaza qilish, unga davlat tili maqomini berish, bu tilni aslidagiday qilib tiklash va tobora rivojlantirish va shu tariqa uni jahondagi eng boy va yetuk millatlar tillari darajasiga ko’tarish zarurati tug’ilib yetilgandi. Uzoq davom etgan bahslar, tortishuvlar, munozara va muhokamalardan so’ng O’zbekiston Oliy Kengashi o’n birinchi sessiyasida, 1989 yil 21 oktyabrda “O’zbekiston SSR Davlat tili haqida” Qonun qabul qilindi. O’zbekistonda Davlat tili to’g’risidagi Qonunning qabul qilinishi o’zbek xalqining, respublikamizda yashovchi boshqa xalqlarning ham madaniy-ma’naviy va siyosiy hayotida ro’y bergan g’oyat muhim voqeadir. Qonunga binoan, o’zbek tili — O’zbekistonning davlat tili deb e’lon qilindi. Bu xalqimizni behad quvontirib yubordi, milliy g’ururni kuchaytirdi. Tilimiz, tariximiz, madaniyatimiz, butun ma’naviy hayotimiz tazyiq ostiga olinganligini, diniy, axloqiy, milliy qadriyatlarimiz oyoq osti qilinganligidan qanchalik aziyat chekkanligimizni hali unutgan emasmiz. Bugun o’zbek tili va madaniyatini yanada rivojlantirish, uning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalariga keng kirib borishi borasida katta ishlar amalga oshirildi. O’zbek tilining qo’llanish sohalarining kengayishi boshqa tillarni rivojlanish imkoniyatlarini cheklamaydi, albatta. Respublikamizda ilmiy ishlarni o’zbek tilida taqdim etish va himoya qilish huquqi ta’minlanganligi, milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish yo’lidagi eng katta yutuqlardan bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonda kitoblar, gazeta va jurnallar, davriy xabarnomalar, darsliklar, o’quv qo’llanmalarning asosan davlat tilida nashr etilishi, televidenie ko’rsatuvlari va radio eshittirishlarni ko’pincha o’zbek tilida olib borilishi xalqimizning madaniy-ma’naviy saviyasini yuksaltirish, milliy ongini o’stirishda o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. O’zbekiston davlat mustaqilligining asosiy maqsadlaridan biri shaxsni har tomonlama kamoloti uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishdir. Bu esa avvalo, hozirgi zamon fani, texnikasi va madaniyatining hamma yutuqlarini egallashni taqozo etadi. Bu vazifani hal etishda faqat ona tilining o’zini bilish kifoya qilmaydi. Dunyodagi boshqa xalqlar va millatlarning tillarini bilish har bir shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun, jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyoti uchun zarur omilga aylanib bormokda. Boshqa tillarni bilish har bir ma’lumotli kishining burchidir. Har bir til millatning tarixini, ma’naviy boyliklarini, ijtimoiy hayoti, madaniyati va ruhiyatini yanada chuqurroq egallab olish uchun xizmat qiladigan oltin kalitdir. Til bilgan taqdirdagina millatning ruhini, uning qadr-qimmatini tushunish va baholash mumkin. Kimki boshqa millat va xalq tilini bilsa, u shu xalqning dilini ham anglaydi. Xalq o’rtasidagi birlik, axillik, mehr-oqibat va hurmat uning tili va madaniyatini bilishdan boshlanadi. Ko’p tilni bilish o’zini madaniy kishi deb hisoblashni orzu qiladigan har bir inson uchun farzdir. Ingliz, arab, nemis, frantsuz, italyan yoki boshqa tillarni bilish dunyo madaniyati xazinasiga yo’l ochadi. Shu tillarni bilmaslik ilg’or fan, texnikani, xalqlar madaniyatini o’rganishda ancha mushkullik tug’diradi. O’zbekistonda hozirgi paytda yoshlar maktablar va oliy o’quv yurtlarida rus, ingliz, frantsuz, nemis, ispan tillari bilan bir qatorda bizga qadimdan madaniyati, dini, tarixi va urf-odatlari yaqin bo’lgan Sharq xalqlari tillarini ham katta qiziqish bilan o’rganmoqdalar. Arab, fors, hind tillarini bilish Eron, Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari dunyoning bir necha milliard aholisi yashaydigan mamlakatlar bilan munosabatimizni yaqinlashtirish va yaxshilashga sabab bo’ladi. Jahon fani va madaniyatining bebaho xazinalaridan bahramand bo’lish o’zbek xalqi tili va madaniyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar negizida kuchaytirishda beqiyos o’rin tutadi. Bularning hammasi O’zbekiston davlat mustaqilligining iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy asoslarini mustahkamlashda o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. O’zbekistonda istiqomat qilayotgan boshqa millat va elat vakillari davlat tiliga katta hurmat va e’tibor bilan qarashlari, uni o’rganishlari zarur. O’zbekiston ko’p millatli davlatdir. Hozir O’zbekistonda yashayotgan qardosh xalqlar va millatlar vakillarining o’zbek xalqi tili, tarixi, madaniyati, an’analarini, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk ulushini o’rganishlari uchun qulay imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilgan. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi boshqa millat va milliy til sohiblarining Konstitutsiyamizda belgilangan huquqlarini kamsitmaydi. O’zbek tili inson faoliyatining hamma sohalari uchun, eng murakkab ilmiy tushunchalarni va inson qalbining eng nozik tuyg’ularini ifodalash uchun boy imkoniyatlarga ega bo’lgan tillardan biridir. O’zbek tili bu qadar qadimiy va yetuk, imkoniyatlari bitmas-tuganmas bo’lmaganda, unda ilmiy, falsafiy, badiiy tafakkurning bunchalik ko’p va jozibali durdonalari yaratilmas edi. Bunga buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning ona tilining xazinalarini ochib, bu tilning ham badiiy, ham ilmiy asarlar yaratish uchun boy va to’la imkoniyatlariga ega ekanligini namoyon qilib, so’z san’atining «Xazoyinul maoniy», «Hamsa», «Lisonut-tayr», «Mahbubul-qulub» kabi o’lmas obidalarini «Majolisun-nafois», «Mezonul-avzan» va «Muhokamatul-lug’atayn» singari qimmatli ilmiy asarlar yozib qoldirganligi misol bo’ladi. Madaniyat va ma’naviyat o’z xalqining tarixini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarix xalq xotirasidir. Xotirasiz barkamol inson bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi. Tarix — xalqqa bilim, ma’rifat, ta’lim-tarbiya beradi. Tarix odamlarni o’ylashga, voqealarni chuqur ilmiy tahlil qilishga, sodir bo’lgan voqea va jarayonlardan bugungi kun va istiqbol uchun tegishli xulosalar chiqarib olishga yordam beradi. Ota-bobolarimiz donoligini tushunishimizda qo’hna tariximiz, betakror madaniyat, ma’naviy merosimiz, ajoyib-g’aroyib obidalaru, asoriatiqalarimiz qimmatli manba bo’lib xizmat qiladi. O’zbek xalqi o’zining uch ming yillik boy tarixi bilan har qancha faxrlansa arziydi. U jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga shu qadar ko’p hissa qo’shganki, buni dunyo allaqachon tan olgan. Movarounnahr xalqlari dunyoga Abu Nasr Forobiy, Muhammad Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur singari allomalarni yetishtirib bergan. Ahmad Yassaviy, Ismoil Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Termiziy, Xo’ja Axror kabi ulamolar xalqimiz g’ururidir. O’zining yuksak madaniyati, buyuk allomalari, dovyurak sarkardalari bilan dunyoga ma’lum va mashhur bo’lgan Turkiston xalqlarining, jumladan o’zbeklarning tarixi mustabid tuzum davrida haddan tashqari soxtalashtirildi. Uzoqqa bormasdan, Amir Temur bobomizga bo’lgan munosabatni, temuriylar davriga berilgan soxta, g’ayri-ilmiy baho nimadan iboratligini olib ko’raylik. Ming afsuski, o’tmishda Amir Temurga nisbatan “qonxo’r”,- “jallod”, “bosqinchi”, “el-yurtni talagan” deya jar solindi. Ulug’ bobomiz shaxsi va faoliyatiga berilgan bunday “ilmiy baholar” kitoblardan-kitoblarga ko’chaverdi. Hatto shunday “mukammal” ilmiy, badiiy, falsafiy-tarixiy asarlarga katta-katta mukofotlar ham berildi. Amir Temur yovuzlikda Napoleon va Gitlerga tenglashtirildi. Uning Yevropa va Osiyo xalqlari, butun dunyo oldidagi buyuk tarixiy xizmatlari haqida lom-lim deyilmadi. Amir Temur shaxsiga baho berilganda tirnoq ostidan kir qidirib, faqat salbiy tomonlarini ko’rishdi. Holbuki, O’rta Osiyoning mo’g’ullar zulmidan ozod qilinishi va qaytadan markazlashtirilishi, o’zaro feodal urushlarning tugatilishi, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’atning, hunarmandchilik, savdosotiq, ziroatchilikning gullab-yashnashi, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shaxrisabzda, umuman Movarounnahrda, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya, Arabistonda qanchadan-qancha binolar, qasrlar, masjid-madrasalar, hashamatli me’morchilik obidalari qurilishi, ajoyib bog’lar, rastalar, suv inshootlarining tashkil etilishi, savdo yo’llarining ochilishi amir Temur va temuriylar nomi bilan bog’liq. Jahongir Amir Temur barpo etgan qudratli markazlashgan davlat turkiy millatning birlashishi va jipslashishiga tayanch bo’lib xizmat qildi, millatning ravnaq topishiga, milliy tuyg’uning uyg’onishiga yordam berdi, uning madaniyati yuksalishida mislsiz ahamiyat kasb etdi. Bu davrda turk xalqlari tarixiga doir Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkiratush shuaro”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” kabi mashhur asarlari yozildi, Mirzo Ulug’bekning astronomiya maktabi ish olib bordi va “Ziji jadidi Ko’ragoniy” kabi asarlari dunyoga keldi. Amir Temur va temuriylar davrida poytaxt shahar Samarqandning shonshuhrati dunyoga yoyildi, kurrai zaminning sayqali deb baholandi. «Aflotunlar chog’inda Afina, Rumo saltanatida, Abbosiylar davrida Bag’dod qancha taraqqiy qilgan bo’lsa, — deb yozgan Fitrat, — Temur va Ulug’beklar zamonida Samarqand shuncha taraqqiy qilgan edi». Amir Temurning boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlari haqida og’iz ko’pirtirib gapiradilar-u, lekin uning To’xtamish hukmronligiga — Oltin O’rta davlatiga qaqshatqich zarba berish bilan Rossiyaning mo’g’ullar asoratidan ozod bo’lishini tezlashtirganini yoki 1402 yili Turkiya sultoni Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim orolidagi xalqlarni Usmonli turklar istibdodidan qutqarib qolganini hisobga olmadilar. O’zbek adiblarining tarixiy mavzudagi asarlariga dushmanlik ko’zi bilan qaraldi. Fitratning «Hind ixtilofchilari», «Abulfayzxon», «Temur sag’anasi», «Abo Muslim», Cho’lponning «kecha va kunduz», Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar», «Mehrobdan chayon», Oybekning «Navoiy», Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi», Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Avlodlar dovoni» kabi asarlariga «millatchining» tamg’asi yopishtirildi. Suyukli shoirlarimiz Erkin Vohidov bilan Abdulla Oripov o’zbeklar va O’zbekiston haqida she’r yozganliklari uchun boshlariga ne-ne tashvishlar tushganligi hali yodimizdan ko’tarilgan emas. Akademik Ibrohim Mo’minov «Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni» risolasi uchun badnom etildi. Natijada nafaqat Amir Temur tarixi, balki O’rta Osiyoning XV—XVI asrlardagi tarixi deyarli o’rganilmay qoldi. Shaxsga sig’inish davrining qonuniy davomi bo’lgan turg’unlik yillarida buyuk davlat arbobi, dovyurak sarkarda, benazr olim va san’atkor, dunyoda taniqli adib va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning shaxsiga qarshi hujumlar qilindi. Bobur faoliyatining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsitilib va tahqirlanib, u «zolim» va «bosqinchi» sifatida baholandi. Buyuk mutafakkir vatandoshimiz Bobur aslida bizlar uchun o’zining nodir «Boburnoma» asari bilan qadrlidir. U har doim va hamisha Vatan ishqi bilan yashadi. Hindistonda bo’lgan paytlarida 700dan ortiq mustaqil jamoani yagona davlatga birlashtirdi, yurtni obod qildi, maorif va madaniyatni rivojlantirdi. Bobur asos solgan buyuk boburiylar sulolasi hind xalqi tarixi rivojiga benihoya katta ulush qo’shdi. Shuning uchun ham ular Boburni Hindistonning asl farzandi sifatida ulug’lashadi. Hindistonning davlat arbobi va faylasufi Javarharla’l Neru «Hindistonning kashf etilishi» va «Dunyo tarixiga bir nazar» kitoblarida Bobur shaxsiyati va boburiylarga yuksak baho berib, Bobur dilbar shaxs, Uyg’onish davrining ajoyib sultoni, kuchli tadbirkor kishi bo’lib, san’atni, go’zallikni sevardi, degan edi. Mustaqillik bizga ma’naviy mulkimizni, tariximizni, ulug’ bobolarimiz ruhini shod etish imkoniyatini qaytarib berdi. Istiqlol tufayli o’tmish tariximizga munosabat ijobiy tomonga o’zgardi. Alloma bobolarimiz meroslarini o’rganib idrok etmoqdamiz. Bugungi kunda avlod-ajdodlarimiz tarixi tiklanayotganligi mustaqilligimizning ajoyib samarasidir. O’zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiga oid darsliklar yaratilmoqda. Xalqimizning kechmish tarixi va hayotini o’zida mukammal aks ettiribgina qolmay, ushbu asarlarning o’z ona tilimizda ilk bor nashr etilayotganligi quvonchimizga quvonch qo’shmoqda. Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» kitoblarini zo’r intizorlik bilan kutib oldik. Abu Toxir xoja Samarqandiyning qalamiga mansub bo’lgan «Samariya», Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Muhammad Yusuf Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshoxiy», Ishoqjon Junaydulloxo’ja o’g’li Ibratning «Farg’ona tarixi» nomli nodir kitoblarini mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo’lganligimiz sababli xalqimizning uzoq o’tmish hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar, qiziqarli voqealar, tarixiy haqiqatni bilib olmokdamiz. Endilikda o’tmishimizning ko’pgina sahifalari hujjatlar, qo’lyozma materiallari, birinchi manbalar asosida tiklanayapti. Mustabidlik zamonida xalqimiz xotirasidan ataylab o’chirilgan mo’’tabar insonlarning nomlari birin-ketin tiklanayapti. Akmal Ikromov, Fayzulla Xo’jaev, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho’lpon, Abdurauf Fitrat va Usmon Nosir kabi Vatanimiz, millatimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan o’nlab siymolarning ma’naviy meroslari bugun xalqimiz bisotiga qaytmoqda. Qatag’onchilik avjiga mingan yillarda qat’iyan man etilgan Abdurauf Fitratning «Hind sayyohining qissasi», «Turkistonda ruslar», «Qiyomat» nomli asarlari va qo’plab she’rlari, Abdulhamid Cho’lponning «Kecha va kunduz» romani, «Yorqinoy» nomli dramatik asari, «O’zbegim», «Xalq», «Buzilgan o’lkaga» nomli va boshqa qo’plab she’rlari, Usmon Nosir va Abdulla Qodiriy asarlari hozirgi mustaqillik davrida xalqimizning qo’ldan qo’ymay o’rganadigan asarlaridan bo’lib qoldi. Pok nomlari tiklangan minglab kishilar orasida O’zbekistonga ko’p yillar samarali xizmat qilgan, mustaqillik poydevoriga munosib g’isht qo’ygan, xalqimizning atoqli farzandi Sharof Rashidovning ham nomi borlig’i oqilona siyosat natijasidir. Mustaqillik sharofati ila tiklanib qaddini rostlayotgan, to’xtovsiz rivojlanib borayotgan milliy madaniyatimizning jamiyatimiz taraqqiyotini tezlashtirish, insonni ma’naviy, axloqiy jihatdan tarbiyalash, kamol toptirishdagi ahamiyati benihoya katta. Xalqimizning qaddini rostlab olishi, o’z-o’zini anglashi, tarixni harakatga keltiradigan buyuk kuchga aylanishi madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga, jumladan, insonning ma’naviy-axloqiy kamolotiga ham ma’lum darajada bog’liq ekanligi o’z-o’zidan tushunarlidir. Jamiyatimizda ro’y berayotgan ma’naviy yuksalish, insonning axloqiy, g’oyaviy, siyosiy kamoloti mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy madaniy tiklanish, milliy uyg’onish jarayonlari bilan uzviy aloqadorlikdadir. Insonning ma’naviy, axloqiy kamoloti nihoyatda keng, ko’p qirrali, mazmun-mohiyati jihatidan chuqur bo’lib, o’z ichiga juda ko’plab sohalarni qamrab oladi. Inson ma’naviy kamolotining eng muhim ko’rinishi va zarur sharoitlaridan biri siyosiy madaniyatning o’sib borishidir. Agar har bir millat vakilida, har bir insonda yuksak siyosiy ong, siyosiy bilim va madaniyat, siyosiy ziyraklik bo’lmasa mustaqillik barqaror bo’la olmaydi. Siyosiy madaniyat o’zida halollik va poklikni, ishchanlik va uzoqni ko’zlab ish tuta bilish fazilatlarini o’zida mujassam etgan odamlarning g’oyaviy-siyosiy yetukligi, nazariy bilimlar istiqbolini yorqin tasavvur etgan holda amalda qo’llay bilishi kun tartibidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va mafkuraviy muammolarni keng miqyoslarda hal etish mahorati demakdtsr. Siyosiy madaniyat aytilganlardan tashqari insondagi faollik va tashabbuskorlikni, yuksak axloqiylik, qat’iy irodalilik, xushmuomalalilik, katta ma’suliyat, ziyraklik, uzoqni ko’ra bilishlikni ham o’z ichiga oladi. Mustaqilligimiz davri muammolarini, milliy istiqlolimizning nazariy masalalarini yuzaki bilish, ularning tub mohiyatiga tushunmaslik yoki uni so’zdagina shunchalik qayd etishni siyosiy onglilik ham, siyosiy madaniyat ham deb bo’lmaydi. Nazariy bilimlar mustaqillikning amaliy masalalari bilan bog’langan, har bir insonning iymon-e’tiqodiga, faoliyati va xatti-harakatining mazmuniga aylangandagina siyosiy madaniyatning asosi bo’lib yuzaga chiqadi. Hozirgi paytda har bir kattayu - kichik inson, mehnatkashlar ommasi, o’sib kelayotgan yosh avlod mustaqil O’zbekiston davlati ichki va tashqi siyosatini chuqur tushunishlari, o’zlarini milliy istiqlolimiz muammolarini bajarish yo’lida safarbar eta bilishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yuksak siyosiy bilim va madaniyatga, iymon-e’tiqodga ega bo’lgan inson jamiyatimiz, davlatimiz, xalqimiz va millatimizning eng katta boyligi hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik huquqiy ongni ham o’z ichiga oladi. Inson muayyan jamiyatda yashar ekan, uning axloqi va odobining shakllanishi mavjud huquqiy mezonlar bilan bog’lanmog’i kerak. Insondagi faollik qabul qilgan qonun va qoidalar chegarasida bo’lmog’i kerak. Jamiyat belgilagan, davlat qabul qilgan qonunlar chegarasidan chiqib ketgan faollik beboshlikdir, jamoat va davlat manfaatlarini mensimaslikdir. Yetuk, ma’naviy, ruhiy barkamol, millatparvar, xalqparvar kishilar, vatani uchun xizmat qilishni o’zi uchun oliy maqsad deb biladigan odamlar, o’z shaxsiy maqsad va manfaatlarini umumxalq, davlat manfaatlaridan ustun qo’ymaydi, beboshlik va itoatsizlik, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtirishning har qanday ko’rinishlariga qarshi kurash olib boradi. Jamiyat qabul qilgan qonunlarni hurmat qilish, unga asoslanib ish ko’rish, huquqiy qonun-qoidalar va mezonlarning buzilishiga yo’l qo’ymaslik ma’naviy kamolot, axloqiy poklik belgisidir. Insonda huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo’lishi, uning huquqiy bilimi va saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki o’sha qonunlarning ko’rsatilgan sohalarda to’la ijro etilishi bilan belgilanadi. «Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo’lishdangina iborat emas. U qonunlarga amal qilish va ularga bo’ysunish madaniyati demakdir. U odil sudni hurmat qilish, o’z haqhuquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat degani turli mojarolarni hal qilishda qonunga xilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir» 20 . Insonda huquqiy ong va madaniyat o’z-o’zidan shakllanmaydi. U jamiyatda, jamoatchilik o’rtasida ta’lim-tarbiya natijasida shakllanadi. Yoshlarda huquqiy bilim va madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishda umumta’lim maktablari, texnikumlar, oliy ta’lim va o’rta maxsus o’quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarining ahamiyati katta. Ta’lim-tarbiya oldida turgan asosiy maqsad o’sib kelayotgan yosh avlod ongida keksa avlod dono tajribasini singdirish, insoniy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, Vatan va millat oldidagi burch va ma’suliyatni his qilishga o’rgatish, qonunlarga rioya etish fazilatlarini qaror toptirishdan iboratdir. Madaniyatning inson ma’naviy, axloqiy kamolotidagi ahamiyati aytib o’tilganlardangina iborat emas. O’z erkini qo’lga kiritgan mamlakatimiz xalqlari faoliyatida milliy ong, milliy birdamlik tuyg’usini qaror toptirishning ahamiyati ham beqiyosdir. Mustaqil davlatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan xalqda yetuk milliy ong bo’lmasa ozodlik, erkinlik, hurriyatni qo’lda ushlab turish behad mushkullashadi. Milliy ong, milliy manfaatlarni o’zida ifodalagan ma’naviyatdir. Milliy ong milliy madaniyatning tarkibiy qismidir. Milliy ong milliy manfaatning cho’qqisidir. Milliy ong milliy madaniyatning millat manfaati bilan, millat istiqboli bilan, taraqqiyot bilan bog’liq bo’lgan muammolarning inson ongidagi ifodasidir. Milliy ongning shakllanishi ancha murakkab jarayon. U milliy madaniyat zaminida shakllanishi, rivojlanishi mumkin. Milliy madaniyat milliy ongning asosiy negizini tashkil etadi. Milliy madaniyat qanchalik yuksak bo’lsa, milliy ongning shakllanishi uchun imkoniyatlar shu qadar keng bo’ladi. 20 Karimov I.A.O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.T.:“O’zbekiston”,1995 .- 29-bet. Milliy madaniyat va milliy ong aynan teng emas. Milliy madaniyat mazmun jihatdan ancha keng bo’lib, millat ma’naviy kamolotining barcha tomonlarini o’z ichiga oladi. Milliy ong esa milliy madaniyatning ma’lum davrdagi ijtimoiy ongda aks etgan shaklidir. Milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lgan milliy ong, o’z navbatida, milliy madaniyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatadi. Milliy ongning rivojlanishi milliy madaniyatni to’laroq tushunishga, uning istiqboli bilan bog’liq bo’lgan yangi imkoniyatlarni topishga imkon beradi. Agar xalqlarda yuksak milliy ong bo’lmasa milliy manfaatlarni anglash, himoya qilish qiyinlashadi. Milliy ongi yetarli darajada rivojlanmagan, milliy birlik, milliy birdamlik va milliy hamkorlik tuyg’ulari zaif bo’lgan xalqlarda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyot juda sustlashib ketadi. Milliy madaniyatning birlik va hamkorlikka, millat tarixini xolisona anglashga, milliy til va madaniyatni qadrlashga, milliy odob-axloq va boshqa ma’naviy xislatlarni saqlashga xizmat qiluvchi tomonlari milliy ongning o’zagini tashkil etadi. Insonning ma’naviy-axloqiy kamoloti muomala madaniyatida ham ko’rinadi. Ma’naviy barkamol inson aql-idrok asosida harakat qiladi. Vataniga, xalqi va millatiga to’la sodiq, sadoqatli bo’lish ham madaniyatlilik, ma’naviy barkamollik, axloqiy poklik belgilaridan bo’lib hisoblanadi. Birovlardan ko’rgan muruvvati va yaxshiligini unutmaslik ham insonni ulug’laydigan fazilatlardan bo’lib hisoblanadi. Yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarish eng katta insoniy burchimizdir. Yaxshilik do’stlik, birodarlikni, qavmqarindoshlikni kuchaytiradi, mehr-oqibatni mustahkamlaydi. Jismoniy baquvvat, ma’naviy, axloqiy, ilmiy jihatdan yetuk bo’lmasdan turib shaxs barkamol bo’la olmaydi. Ma’naviy, jismoniy sog’lom avlodlarni tarbiyalash bu boradagi ishlarning asosiy mohiyati va yo’nalishini tashkil etadi. Xalqimizda, sog’lom tanda, sog’ aql, - degan dono naql bor, sog’lom tan ijtimoiy-shaxsiy kamolot zaminiga aylana oladi. Badan tarbiyaning fikr tarbiyasiga ham yordami bordur», - deydi Abdulla Avloniy. «Jism ila ruh ikkisi bir choponning o’ng ila terisi kabidir. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustuni qo’yib, astarini yuvib ovora bo’lmoq kabilarni, har vaqt ustidagi kir ichiga uradur». Fikr tarbiyasi uchun sog’lom bir vujud kerakdir. Insonning ma’naviy kamolatida jismoniy va badan tarbiyasidan tashqari aqliy va go’zallik tarbiyasining, shuningdek, axloqiy, vijdoniy, ruhiy, diniy tarbiyaning ham ahamiyati shak-shubhasizdir. «Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi kerak», — degan edi I.A.Karimov. Insof va adolat tuyg’usi, iymon va halollik, xushmuomalalik va xushxulqlilik — bular inson ma’naviy barkamolligining namoyon bo’lish shakllaridir. Sharqona urf-odat va madaniyatda odamlar xushxulqli, shirinso’z, olijanob bo’lishga da’vat etiladi. Odamlar xalqimiz urf-odatlariga qat’iy amal qilib xulqlarini tuzatsalar, oilalarida, jamiyatda xushmuomala, mehribon, olijanob bo’lsalar juda katta olqishga sazovor bo’ladilar. Milliy uyg’onish asosan ma’naviyat sohasida, milliy ong, insonning ma’naviy, axloqiy kamolotida yuz beradi. Ma’naviy kamolot faqat o’tmishni to’la tushunib olishgina emas, balki kelajakka intilishdan iboratdir. «Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovot va ruhiy ma’naviy salohiyat — ma’rifatli insonning ikki qanotidir» 21 . 9. Qadriyat tushunchasining mohiyati va tavsifi 21 Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.T.:“O’zbekiston”,1995.-46-bet.  Qadriyatlar — jamiyat taraqqiyoti asosiy omillaridan hisoblanadi. Xo’sh, qadriyatlar tushunchasi, uning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalari majmuini tushunmog’imiz lozim. Mazkur ta’rifdan ko’rinib turganidek, qadriyatlar, birinchidan, voqelikda mavjud bo’lgan tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalarini ifodalaydi; ikkinchidan, ularni qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, orzu-umidlari bilan belgilanadi; uchinchidan, tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalarning qadriyat turkumiga kiritilishining asosiy sababi — kishilar ularni qadrlaydilar, avaylab-asraydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushlarini boyitadi. Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar kishilarning turli sohadagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi. So’ngra asta-sekin sub’ekt faolligining orta borishi oqibatida nisbiy mustaqil soha tarzida amal qila boshlaydi. Tabiat va jamiyat hodisalari inson faoliyati natijasida, uning ehtiyojlarini qondirganligi tufayli qadriyat sirasiga kiritiladi. Insonning manfaatlari, ehtiyojlarini qondira olmagan, orzu-istaklari, ideallariga mos kelmaydigan tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyatlar deb hisoblash noo’rindir. Masalan, tabiatdagi qazilma boyliklar inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatila boshlagandan keyingina qadriyatga aylanadi. Shungacha ularni tabiiy boyliklar deb hisoblashimiz lozim. Qadriyatlar o’zining mohiyatiga ko’ra, bir necha turga bo’linadi. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo’q joyda biron narsaning qadr-qimmati haqida so’zlash bema’nilikdir. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimli va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog’lig’ini saqlash, hayotini himoya qilish, davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayoti to’q, boy, go’zal bo’lishi, inson o’zini chinakam erkin his etishi, o’z mehnatining, o’z taqdirining, o’z mamlakatining egasi bo’lishini ta’minlashga qaratilgandir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “jamiyatni isloh qilish va yangilash bo’yicha ko’p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suveren O’zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni ayni bir fuqaro o’z qobiliyatini, o’z iste’dodini namoyon etishiga, shaxs sifatida o’zini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishiga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy hayotdagi barcha o’zgarishlar mana shu oliy maqsadga erishishga — har bir kishining hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma’naviy jihatdan boyroq qilishga bo’ysundirilgan” 22 . Istiqlol tufayli respublikamizda keyingi yillarda insonning shaxsiy haqhuquqlari, erkinliklari va qadriyatlarini muhofaza qilish, turmush farovonligini oshirish masalasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy xom ashyo — foydali qazilmalar O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy qadriyatlaridandir. O’zbekiston behisob tabiiy boyliklarga, qulay geografik muhitga ega. Inson mehnati, xatti-harakati, aql-zakovoti bilan yaratilgan “ikkinchi tabiat”, ya’ni turli-tuman moddiy boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport vositalari, asbob-uskunalar, turar-joy, mol-mulk va shu kabilar moddiy qadriyatlar hisoblanadi. 22 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.- T.:“O’zbekiston”,1995.-247-248-betlar. Ma’lumki, moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatimizning moddiy texnika bazasi tashkil qiladi. Insoniyat jamiyatining har biri o’ziga xos moddiy texnika bazasiga ega. Ular bir-biridan sifat jihatidan emas, balki miqdor jihatidan ham farq qiladi. Moddiy qadriyatlarning negizini mulk tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yozilganidek, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkor va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab- baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Insonning hayotida madaniy-ma’naviy qadriyatlar katta o’rinni egallaydi. Unga ilmiy-texnikaviy va intellektual imkoniyatlar, maorif, ta’lim-tarbiya, tibbiy xizmat, madaniy meros, diniy qadriyatlar turli shakllarda namoyon bo’ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va hokazolar kiradi. O’rta Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot va san’atning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lkada yetishib chiqqan mutafakkirlar jahon ilm-fani va madaniyatini o’z kashfiyotlari va o’lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori cho’qqiga ko’tardilar, uning keyingi taraqqiyotiga samarali ta’sir ko’rsatdilar. Axloqiy qadriyatlar kishilarning bir-biriga, o’zlari mansub jamoaga, Vatanga nisbatan tarkib topgan munosabatlarini ifodalaydi. Axloq muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat, me’yor, qoida va tamoyillar majmuasidir. Kishilarning o’zaro munosabatlarida mavjud xatti-harakat, odob, me’yor va qoidalarning yig’indisidan tashkil topgan axloq tushunchalariga yaxshilik va yomonlik, burch, vijdon, sha’n (or-nomus), baxt, adolat, ideallik kabilar kiradi. Insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har bir xatti-harakati yaxshilik kategoriyasi nuqtai-nazaridan baholanadi. Burch — kishining Vatan, xalq, jamoa, oila bilan o’zaro munosabatlarida o’z oldidagi majburiyatlar va ma’suliyatni sezishi, ularga nisbatan sadoqatini ifodalaydi. Vijdon — kishining xatti-harakatiga o’zining munosabatini, kishining xulqodobi uchun ma’naviy ma’suliyat hissini ifodalaydi. Sha’n tushunchasi jamiyat beradigan ijtimoiy bahoni belgilovchi va shaxs qadr-qimmatini ifoda qiluvchi kategoriyadir. Baxt tushunchasi insonning ijtimoiy va shaxsiy hayotidagi o’z faoliyati, ro’yobga chiqqan orzu-istak va maqsadlaridan mamnunligini bildiradi. Axloq kategoriyalari insonning yurish-turishiga baho beradi. Uni jamiyatda mavjud ko’pchilik ma’qullagan xatti-harakatga chorlaydi. Jamiyat taraqqiyoti, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o’rin tutadi. Erkinlik, tenglik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e’zozlanib, qadrlanib kelingan. Insonning erkinligi, uning shon-shuhrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatidir. O’zbekiston Konstitutsiyasida bu to’g’rida shunday so’zlar yozilgan: “O’zbekiston Respublikasi demokratiya, umuminsoniy tamoyillarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi” 23 . Jahon xalqlari tomonidan e’tirof etilgan “Inson huquqlari va erkinliklari deklaratsiyasi”ga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida har bir insonning fuqarolik, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari kafolatlangan, fuqarolarning burchlari belgilab qo’yilgan. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida istiqlol tufayli qo’lga kiritilgan barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyat kasb etadi. “Ko’p millatli jamiyatimizda, - degan edi I.Karimov, - ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar o’rtasida tinchlik va millatlararo totuvlik saqlanganligi 23 O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:“O’zbekiston”, 2018.-7-bet. mustaqil O’zbekistonning bunyod bo’lishi va rivojlanishining birinchi, boshlang’ich bosqichida qo’lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo’ldi” 24 . “Barqarorlik, tinchlik, totuvlik — bular davlatchiligimizning yangi binosi barpo qilinadigan poydevordir. Bu bizning ertangi porloq kunimizga olib boradigan yo’ldir... Tinchlik va barqarorlik - bular xalqaro hamjamiyat bilan birlashtiruvchi vositadir... Insonparvarlik, yaxshilik, sofdillik singari umuminsoniy qadriyatlarni qabul qilgan va birgalikda baham ko’rgan mamlakatgina, xalqgina butun dunyo xalqlariga yaqin va tushunarli bo’lishi, jahon hamjamiyatiga qabul qilinishi mumkin. Faqat ular bilan teng huquqli, o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatilishi mumkin” 25 . Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko’ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo’linadi. Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bo’lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvuri faqat g’oyagina emas, balki tuyg’u hamdir. Bu tuyg’u kishida millatning tarixi, ruhiyati, hozirgi holati va xususiyatini tushunish, his qilish shaklida mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy ong va g’urur bo’lmasa, u o’zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini anglashini tasavvur qilish qiyin. Toki millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy his-tuyg’ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan mahrum qilishga urinish tarix va insoniyat oldidagi eng katta jinoyatdir. 24 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.- T.:“O’zbekiston”,1995.-167-bet. 25 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.- T.:“O’zbekiston”,1995.-170-171-betlar. Har bir ruhan sog’lom kishida o’z qadr-qimmatini saqlash, o’zini hurmat qilish tuyg’usi mavjud. Har bir millatda ham xuddi shu holatni kuzatish mumkin. Millatlarning o’zligini anglash jarayoni takomillashgani sari milliy manfaatlar ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. Mintaqaviy qadriyatlar-iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, urf-odat va an’analari mushtarak bo’lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuini tashkil etadi. Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida O’rta Osiyo hududida istiqomat qiluvchi o’zbek, qozoq, tojik, qirg’iz, turkman xalqlariga xos bo’lgan qadriyatlarni eslatib o’tishimiz mumkin. Buyuk Turon diyorida unib-o’sgan mazkur xalqlarning tarixi, tili, madaniyati, dini, urf-odati va an’analarida juda ko’p umumiylik mavjud. Ular hamisha bir-birlariga og’a-ini, quda-qudag’ay bo’lganlar, hozir ham bahamjihat, totuv hayot kechirmoqdalar. Mazkur xalqlarning iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, savdo-sotiq munosabatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimdan bir ma’naviy-ruhiy iqlimda nafas olib kelgan xalqlarimiz tariximizning, ayniqsa, bugungi ma’suliyatli davrida aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g’urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham mehr-oqibatliroq bo’lishlari lozimligini hayotning o’zi taqozo qilmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan mazmun jihatidan chuqur va keng bo’lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, jahondagi bironta xalq va millat o’zidan boshqa xalq va millatlardan, umuman jahon sivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan alohida madaniyatga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning madaniy-ma’naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Shu sababli barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy rivojlanishi, tarixi bir-biri bilan chambarchas bo’lib ketgan. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari yer yuzida ilm-fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollanish poygasini to’xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari va oziq-ovqat bilan ta’minlash, koinotni va jahon okeani resurslarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolar kiradi. Qadriyatlarning jamiyat taraqqiyoti, inson hayotiga ko’rsatadigan ta’siri nuqtai nazaridan progressiv va reaktsion qadriyatlariga ajratilishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Jamiyatimizning iqtisodiyoti, madaniyati va ma’naviyatining ilgari qarab rivojlanishiga, milliy axloq, odob, urf-odat negizlarida komil insonni tarbiyalashga, mustaqil respublikamizni har tomonlama mustahkamlab, jahon sivilizatsiyasiga qo’shishga astoydil xizmat qiladigan qadriyatlar — bu progressiv qadriyatlarni tashkil etadi. Aksincha, respublikamiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy muammolarni hal etishga to’sqinlik qiladigan hodisalar reaktsion qadriyatlarga kiradi. Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftixorimiz. Ularni avaylab-asrash va muhofaza qilish barchamizning burchimizdir. “Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir” 26 , deb yozib qo’yilgan Konstitutsiyamizda. Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash millatning o’ziga hurmat bilan qarashning asosiy bo’g’inidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarimiz hozirgi davrda yaratilgan madaniy-ma’naviy boyliklar bilan qo’shilib, taraqqiyotimizni tezlatadi, g’oyaviy va ma’naviy poklanishni ta’minlashga ko’maklashadi. Qadriyatlarning barcha turlari insonning farovon hayot kechirishi, erkin yashashi, ma’naviy-axloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan vositalar bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham qadriyatlarni avaylab-asrash, ularni qo’riqlash, 26 O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:“O’zbekiston”, 2018.-17-bet. yuksaltirish har bir shaxs hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham albatta katta ahamiyat kasb etadi. Bashariyat ko’p ming yillik tarixi davomida erkin, baxtli va go’zal hayot kechirish uchun zarur bo’lgan xilma-xil qadriyatlarni yaratdi, inson, uning huquqi va erkinliklarini himoya qiladigan qonunlar, siyosiy tashkilotlarni bunyod etdi. Insonning go’zal yashashi uchun zarur bo’lgan badiiy-estetik qadriyatlarni rivojlantirdi, kishilarning bir-biriga va jamiyatga bo’lgan munosabatlarini belgilab beradigan axloqiy qoidalar majmuini joriy etdi va hokazo. Mazkur ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar jamiyat taraqqiyotida salmoqli o’rin egallab, kishilarning insoniy fazilatlarini yuksaltirishda katta xizmat qilib kelmoqda. Lekin, shu bilan bir qatorda, inson o’zi yaratgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy, axloqiy qadriyatlarini ko’p hollarda poymol qilib kelayotganligini ham tan olishimiz kerak. Huquqbuzarlik, axloqsizlik, millatimizning urf-odat va an’analariga zid keluvchi xattiharakatlarning aholi, ayniqsa, yoshlar ichida avj olib ketayotgani bunga misol bo’la oladi. Bularning oldini olish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida ko’ndalang turgan dolzarb vazifadir. Kishilarni qadriyatlarga iste’molchi yoki kuzatuvchi sifatida qarash kayfiyatidan xoli etib, aksincha, ularni yanada ko’paytirish, yuksaltirish payida bo’lishlariga erishish uchun alohida e’tibor berish kerak. Ma’lumki, hayotda hech bir narsa abadiy emas. Bu qadriyatlarga ham taalluqlidir. Shunday ekan, ularni doimo boyitib, rivojlantirib, ko’paytirib, yangilab turmog’imiz darkor. Qadriyatlar katta ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular o’tmish bilan hozirgi kun o’rtasidagi vorisiylikni ifodalaydi, shu tufayli millatning tarixi, uning o’tmish hayoti, madaniyati gavdalanadi. Shuning uchun ham har bir siyosiy tuzum, har bir davlat qadriyatlardan o’z maqsadi, manfaati yo’lida foydalanib kelgan va hozir ham shunday bo’lmoqda. Qadriyatlar o’z-o’zidan bevosita insonning ma’naviy qiyofasi, turmush tarzi, umuman jamiyat taraqqiyotini belgilay olmaydi. Qadriyatlarning holati, ahamiyati, insonga ko’rsatadigan ta’siri, uning istiqboli u yoki bu jamiyatdagi mavjud ijtimoiy tuzum tomonidan olib borilayotgan siyosat, uning manfaatlari bilan uzviy bog’langandir. Buni o’zbek xalqi milliy qadriyatlarining o’tmishdagi va hozirgi holatidan yaqqol ko’rishimiz mumkin. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy qadriyatlarimiz jahon hamjamiyatiga eltuvchi ishonchli vosita bo’lib hisoblanadi. Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiysiyosiy qadriyatlarini tashkil etadi. Xalqlar o’rtasida tinchlik-totuvlik, do’stlik va o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatish millatimizning ongiga, qoniga chuqur singib ketgan. O’zbekiston jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar mamlakatlar bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda taraqqiyotga erishishning o’ziga xos yo’lini tanlagan. Shuning uchun ham uning jahon hamjamiyatidagi obro’ va e’tibori tobora ortib bormoqda. Barqarorlik, tinchlik, totuvlik — mustaqillik tufayli qo’lga kiritilgan eng katta yutug’imizdir. Shunday ekan, bugungi kunda ularni qadrlash, avaylab-asrash, himoya qilish — barchamizning eng dolzarb, eng olijanob vazifamiz bo’lib qolmog’i kerak. Ma’lumki, jahon xo’jaligiga kirishda bozor iqtisodiyotini, shakllantirish muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq javob bera oladigan davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni yo’lga qo’yish katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berilgan va hozirgi kunda izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasi qo’l kelmoqda. O’zbekiston rang-barang yer osti va yer usti boyliklariga ega. Respublikamizda o’tkazilayotgan islohotlar yo’li yetakchi xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar, jahon jamoatchiligi, jahondagi rivojlangan eng yirik mamlakatlar tomonidan keng qo’llab-quvvatlanmoqda. Hozirgi vaqtda O’zbekiston ko’p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda. BMTning iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti kabilar shular jumlasiga kiradi. Respublikamiz rahbariyati O’rta Osiyo va MDH davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tabiiy, moddiy qadriyatlarimizni birga baham ko’rish sohasida ham katta amaliy ishlar qilmoqda. Bularning bari jamiyatimizning jahon xo’jaligiga qo’shilib, iqtisodiy yuksalishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Xalqimizning rang-barang va boy madaniyati jahon xalqlari madaniyatining ajralmas qismidir. Ko’p asrlar davomida shakllanib, mazkur xalqning ma’naviy boyligini, uning urf-odatlari, an’analarini mujassamlashtirgan ma’naviyat ayni vaqtda umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi va shu tariqa u jahondagi barcha xalqlarning ma’naviy boyligi ham bo’lib hisoblanadi. Yuksak milliy madaniyat, ma’naviyat hamma vaqt jahon xalqlarini bir-biriga yaqinlashtiruvchi vosita bo’lib kelgan va hozir ham shunday bo’lib kelmoqda. Xalqimizning madaniyati, tili, tarixi, urf-odat va an’analari, boy me’morchilik san’ati jahon xalqlarida zo’r qiziqish uyg’otmoqda. Milliy madaniyat, ma’naviyatimizni mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqinlashtirish, jahon xalqlari bilan madaniy aloqalarimizni mustahkamlash va yanada taraqqiy ettirish hukumatimiz siyosatining muhim yo’nalishini tashkil etadi. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: 1) qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, poydevori. Uni avaylab-asrash va oqilona rivojlantirish har bir insonning muqaddas burchidir; 2) qadriyatlar o’tmish bilan bugungi kun va kelajakni bog’laydigan vosita; 3) qadriyatlar ma’naviy yetuk, barkamol insonni tarbiyalaydigan qudratli kuchdir; 4) qadriyatlar jamiyatimizni jahon hamjamiyatiga qo’shuvchi ishonchli vosita. Shuning uchun ham qadriyatlarga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashib, ularni mazmunan boyitib, ijodiy rivojlantirish davr taqozosidir. O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish — mamlakatimiz rivojlanish strategiyasining ustuvor yo’nalishlaridan birini tashkil etadi. Milliy qadriyatlarimizni tiklash va mazmunan boyitish jamiyatni ma’naviy yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini hayotning o’zi yaqqol ko’rsatib turibdi. Adabiyotlar: 1.Abdulla Sher. Estetika.Darslik. -Toshkent: O’zbekiston, 2016. 2.Abdulla Sher.Axloqshunoslik.Darslik. - Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010 3.Основы философии. Учебник. Издание 2-е. /Под редю M.A.Ахмедовой, В.С.Хана. – Т.: Mehnat. 2004. 4. Пулатова Д. Иззетова Е. Философия. - Т.: Шарқшунослик, 2012. 340б. 5.Саифназаров И. и др. Философия . - T.: 2002. 6.Tulenov J., Tulenova G., Tulenov K. Falsafa. Darslik. – T.:Fan texnologiyalar, 2016. 7.Falsafa / М . Axmedovaning taxriri ostida. - Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006. - 496 b. 8. Falsafa. /Q.Nazarovning taxriri ostida. - Т .,2000. 9. Falsafa. (O’quv qo’llanma) /E.Yusupovning taxriri ostida остида . - T.: Sharq, 1999.-496 b. 10.Husanov B., G’ulomov B. Myomala madaniyati. Darslik. – Т .: Iqtisodmoliya, 2010. 11.Sharipov M., Fayzixujaeva D. Mantiq.. - T.: Universitet, 2007. 12.Shermuxamedova N.A. Falsafa .-T.:Noshir, 2012.