logo

Farazning (gipoteza) fan va ijoddagi xususiyatlari. Farazning nazariyalar tuzishdagi o‘rni

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

103 KB
Farazning (gipoteza) fan va ijoddagi xususiyatlari. Farazning nazariyalar tuzishdagi o‘rni Reja: 1. Faraz tushunchasining mohiyati 2. Nazariya tuzishda gipotetik-deduktiv usul 3. Farazning iqtisodiy tadqiqotlarda qo‘llanilishi Faraz tushunchasining mohiyati Farazda hisobga olingan taxminlarni tasdiqlash juda katta mehnatni talab etadi. Farazda har tomonlamalik mavjud. Demak, har tomonning o‘zi ko‘plab izlanishlarga majbur qiladi. Faraz – bilish uchun ob’yekt va sub’yektning holati, rivojlanishi, voqelikdagi o‘rni haqida u yoki bu fikrning taxmin qilinishidir. Faraz bilish jarayonida turlicha xususiyatlarini namoyish qiladi. Chunki, biror-bir narsa yoki hodisa haqida har xil fikrlarni bildirish mumkin. Sababi, uni ng barcha holatlarini bir paytning o‘zida zamonda ham , makonda ham qamrab olish qiyin. Uning bo‘laklari haqida alohida-alohida fikr yuritish talab qilinadi. Binobarin, faraz ana shu alohida-alohidalikdan kelib chiqib turli holatlar haqida paydo bo‘ladi. Narsa yoki hodisalarning xususiyatiga qarab bir necha farazlar paydo bo‘ladi. Faraz qilinishi umumiy bilim va dalillarga, narsa va hodisalarning rivojlanish qonuniyatlariga zid kelmasligi lozim. Farazlar oddiy yoki murakkab jarayonlarni qamrab olishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ko‘proq ob’yektiga nisbatan yaqinroq, uning ichki va tashqi xususiyatlaridan uzoqlashmasligi talab etiladi. Ushbu xususiyatlar hisobga olinganda narsa va hodisani tadqiq etishda farazning o‘rni ahamiyatli bo‘ladi. Shu jarayonda farazning hayotiyligi uchun zarur bo‘lgan holatlarni hisobga olish kerak. Jumladan, faraz ma’lum ob’yektga mos tushadigan mazmun va mohiyatga ega bo‘lgan holda fikr qilinishi; tadqiq qilinayotgan narsa yoki hodisaning ma’lum bir qismiga nisbatan farazlanishi; ilmiy, umuman bilish jarayoniga zid kelmasligi (haqiqatga); tekshirish yoki tafakkurlash jarayonida murakkab holatlardan xoli bo‘lishi; faraz qiluvchi ilmiy ijoddan xabardorligi, bashorat qilish , o‘z fikrlarini asoslash qobiliyatiga ega bo‘lishi kabilar. Faraz taraqqiyotida ushbu ko‘rsatilgan xislatlar hisobga olinganda ijodiy faoliyat samarali bo‘ladi. O‘z navbatida, mazkur ko‘rsatilgan jarayonlarni hisobga olmaslik ilmiy ijod jarayonida chalkashlikka olib keladi. Tadqiqot uchun zararli bo‘lishi mumkin. Aniq faraz qilish uchun ob’yektivlik va sub’yektivlikning birlashishi yanada muvaffaqiyat keltiradi. Ular tavsifi mos tushgan holatda natija ko‘ngildagidek chiqishi mumkin. Barcha jarayonlarda bo‘lgani singari farazda ham oddiylikdan murakkablikka, bilmaslikdan bilishlikka qarab borish, pastdan yuqoriga chiqish talab etiladi. Bu faraz uchun ham umumiy qoidadir. Farazda asosiy xususiyat shundan iboratki, unda noma’lumdan ma’lumga, ehtimol tutilgan bilimdan haqiqiy bilimga, nisbiylikdan mutlaqlikka borish yo‘li hisobga olinadi. Ilmiy jarayonda faraz, ba’zida, tasavvurga sig‘maydigan holatlarni hisobga olib amalga oshirilmasa fan ham taraqqiy qilmaydi. Yangilik yaratilmaydi. Turg‘unlik yuz beradi. Farazda taxminiylik, ehtimollik, tasodifiylik, intuitsiya xususiyatlari mujassamlashsa, u yaxshi natija beradi. Tadqiq qilinayotgan narsa va hodisa haqida faqat bitta yoki ikkita faraz kifoya qilmaydi. Qachonki, shu narsa yoki hodisa haqida bir nechta faraz bo‘lsa, o‘zaro ziddiyatli fikrlar mavjud bo‘lsa, qarama-qarshiliklar paydo bo‘lsa, o‘shanda haqiqiy ijodiy muhit paydo bo‘ladi. Ilmiy bilish uchun sharoit yaratiladi. Bilimlar chegarasi kengayadi. O‘zaro zid bo‘lgan ilmiy farazlarni ijodiy tahlildan o‘tkazish, o‘xshashligini aniqlash, haqiqiyligini tekshirish aynan shu tadqiq ob’yektiga nisbatan muhim metodologik xulosani chiqarishga yordam beradi. O‘z navbatida metodologik xulosa inson bilimini ob’yektiv ekanligini tasdiqlashga yordam beradi. Hodisalar, narsalar rivojlanishi haqida ob’yektiv bilim olishga ko‘maklashadi. Ma’lumki, olim yoki tadqiqotchining maqsadi farazning haqiqiyligini tekshirib berishdir. Tadqiqotchi buning uchun ma’lum malakaga, dalillarga, fikrlash xislatlariga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu xislatlarga ega bo‘lgandagina taqqoslash, g‘oyalarni tushunib ilgari surish osonroq kechadi. Natijada yangi ijodiy imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Farazlar to‘xtab qolmaydi. Eskisi o‘rniga yangisi paydo bo‘ladi. Shu tariqa fanning rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratiladi. Farazlar ilmiy bilishda turlicha xususiyatlarni bajarar ekan, ular bir-biridan farq qiladi. Farazlar ham falsafiy xususiyatga ega bo‘lganligi uchun, har bir fanda xususiylik, umumiylik, eng umumiylik xislatlarini namoyon qiladi. Demak, fanda: a) xususiy farazlar , b) umumiy farazlar , v) falsafiy farazlar bo‘lishi mumkin. Farazlar qilish namoyon bo‘ladigan narsa va hodisalardagi o‘zining hajmi va tizimi, holatiga qarab ham farqlanadi. Ko‘zga ko‘rinmaydigan faraz ob’yektlari, yirik ob’yektlar farazlari, o‘ta yirik faraz ob’yektlari, metagallaktika haqidagi farazlar va boshqalar. Bu ob’yektlar haqida tadqiqotchi faraz qilishi uchun, avvalo, u ma’lum tasavvurga, bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. Masalan, daladagi dehqondan metagallaktika haqida farazni talab qilish yoki bog‘cha bolasidan atom zarrasi haqida faraz qilishni talab qilish o‘rinsizdir. Xalqimizda «chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin» degan hikmat bejiz aytilmagan. Aks holda, aytilgan faraz mevasiz daraxtdir. Farazlarni faqat qanday makonda tutgan o‘rniga qarab emas, balki vaqt nuqtai nazaridan ham yondashib o‘rtaga tashlash mumkin. Ya’ni, tarixiy hodisalarni o‘tmishga bog‘lab faraz qilish; ma’lumotlarga ega bo‘lmagan holatlarda zamonaviy jarayonlarni hisobga olgan holda farazlar qilish; kelajak narsa va hodisalari haqida farazlar qilish va boshqalar. Farazning ilmiy bilish va ilmiy ijoddagi turlicha xususiyatlari yana shunda ko‘rinadiki, narsa va hodisalarning tuzilishi, amaliyotda o‘zini namoyon qilishi, qaysi tizimga mos kelishi jihatlarini ham qamrab oladi. Jumladan, narsa va hodisaning tuzilishi haqida; narsa va hodisalarning maqsad va vazifalari haqida; narsa va hodisalarning bo‘lak va xususiyatlari haqida; narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanish va aloqadorliklari, munosabatlari haqidagi farazlar. Shu bilan bir qatorda, narsa va hodisalarning mazmun va mohiyatini ochish maqsadida ham farazlar qilinadi: tavsifiy farazlar, tushuntiruvchi va tushuntiriluvchi farazlar, tizimli farazlar. Narsa va hodisalarni bayon etish usuliga qarab ham, farazlar qilinadi: mazmun va mohiyatiga qarab; rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan, umuman rasmiylashtirilmagan; modelli farazlar; farazning yana bir xususiyati bu ilmiy ijodning o‘rniga qarab ham farqlanadi: badiiylikni rivojlantiradigan farazlar, texnikaviy sohalarni aks ettiradigan farazlar, ijtimoiy taraqqiyot farazlari va boshqalar. Demak, farazni evristik yoki turlicha xususiyatlarini hisobga olish insonning, ayniqsa, fanning ilmiylik darajasini oshiradi, olingan bilimlarni mustahkamlaydi. Farazlar nazariyalar tuzishda deduktiv va induktiv xususiyatlari bilan ko‘maklashadi. Inson olamdagi sir-asrorlarni o‘rganar ekan, u bu jarayonda osonroq va qisqa yo‘l bilan borishni afzal ko‘radi. Shu sababli faraz orqali bilim ham hodisa yoki narsaga shunday yondashishni ma’qul ko‘radi. Natijada bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan farazlardan aniqroq, soddaroq, murakkab bo‘lmagan, kam xarajat qiladigan, zabt etishni yaqinroq qiladigan farazni tanlab oladi. Faraz asoslanganidan va uning hayotiyligi isbotlangandan so‘ng nazariyaga aylanadi. Tadqiqotchi o‘zi tanlab olgan farazga befarq bo‘lmaydi, albatta. Uni har tomonlama o‘rganadi, sinovdan o‘tkazadi, takomillashtiradi, kelajakda mehnati natijasiz ketmasligiga harakat qiladi. Shu sababli farazning dialektik jihatlariga e’tiborni qaratadi. Mantiqiy, ichki, tashqi holatlarini tahlil qiladi. Qarama-qarshi va o‘zaro tafovutlarini aniqlaydi. Farazda mantiqiy ziddiyatlar bo‘lsa, bu faraz natijasiz bo‘lib, u rivojlanish qonuniyatlariga ega emas. Nazariya tuzishda gipotetik-deduktiv usul Bu usul ham ijodiy jarayonda qo‘llaniladi. Tanlangan narsa yoki hodisani, aniqrog‘i muammoni ilmiy dalillar va ular asosida erishilgan natija yordamida, ilmiy farazni shakllantirish uchun ijodkor, mantiqdagi abduktiv (lotincha abducere - o‘tkazish) deb nomlangan tafakkur yuritish tizimiga binoan harakat qiladi. “Abduksiya ilmiy bilishni kuzatilayotgan faktlardan ularni tavsiflovchi va tushuntiruvchi gipoteza (farazlar)lar orqali yangi bilimni kashf etishga o‘tkazadi. Boshqa bir mushohada yuritish sxemasi - deduksiya (lotincha deductio - chiqarish) esa umumiy tuzilmalardan xususiy tuzilmalarga, gipotezadan faktga olib boradi. Hozirgi zamon epistemologlari K.Popper va K.Gempelning fikricha, deduksiya eksperimental faktlar bilan taqqoslanadigan ilmiy qarashlarga olib keladi. Eksperimental faktlar gipotetik bilimni falsifikatsiya qilish, uni inkor etishga qodir” 1 . Farazni o‘rtaga qo‘yish, tajribaviy dalillarni tushuntirish imkonini beradi. Farazdan alohida xulosalar keltirib chiqariladi. Bu xulosalar esa tajriba natijalariga solishtiriladi. Ilmiy bilishning ushbu uslubi gipotetik- deduktiv usul deb ataladi. Gipotetik-deduktiv mushohada yuritish bilishning bosh bo‘g‘inini tashkil etadi. K.Popperning fikricha, gipotetik bilim deduksiya normalari bilan tartibga solinadi. Deduksiya ilmiy yondashishga olib keladi va bu 1 Saifnazarov I. Ilmiy ijod metodologiyasi . Т.: Yangi asr avlodi . 2004., 102-bet.. dalillar tajriba dalillariga solishtiriladi. Tajriba esa farazni va unga asoslangan gipotetik bilimni soxtalashtirishga, undan foydalanishning asosli ekanligini inkor etish yoki aksincha bo‘lishini tasdiqlashga qodir. Bilish jarayoni (epistemologiya)da gipotetik-deduktiv usul farazga, qonunlar, tamoyillar, nazariyalarni aniqlashga olib boruvchi tushuntiruvchi takliflarni asoslash uchun xizmat ham qiladi. Gipotetik-deduktiv uslub dalillash usuli sifatida ta’lim nazariyasi, evristika, dialektika, fikriy, eksperimental analiz, bo‘lg‘usi harakatlarni bashorat qilish va shu kabilarda keng qo‘llaniladi. Bilish jarayonining bunday holatlarida (ilmiy ijodda) tadqiqotchilar boshlang‘ich farazlardan iloji boricha ko‘proq deduktiv xulosalar chiqarishga harakat qiladilar va o‘zlarining keyingi harakatlarida shunga qarab tuzatish kiritadilar. Gipotetik-deduktiv usul tabiatshunoslikda ko‘pgina nazariyalarning tuzilishini o‘rganish uchun, ayniqsa samaralidir. Galiley, Nyutonlar klassik mexanikasining deyarli barcha metodologik asoslari gipotetik-deduktiv mushohadalar asosida qurilgan. Farazning iqtisodiy tadqiqotlarda qo‘llanilishi Faraz ilmiy bilishning barcha sohalarida qo‘llaniladi. Bundan ijtimoiy- gumanitar, iqtisodiy fanlar ham istisno emas. Ayniqsa, zamonaviy iqtisodchilar faraz muammosini o‘zining bilim sohasidagi faoliyatining ajralmas qismi, deb bilishi kerak. Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishni tushuntiruvchi ingliz iqtisodchisi J.Keyns o‘zining «Bandlik, foiz va pul umumiy nazariyasi» asarida shunday deydi: «chinakam iqtisodchi, o‘z ishining bilimdoni har xil qobiliyatlarga, ma’lum darajada matematik, tarixchi, davlat arbobi, faylasuf bo‘lishi kerak. Umumiy tushunchalarda xususiy narsalar haqida mushohada yuritib, mavhum va muayyanga o‘z e’tiborini bir xil darajada qarata olishi lozim. U kelajak uchun hozirgi zamonni o‘tmish nuqtai nazaridan o‘rganishi kerak». Iqtisodiy tadqiqotlarda ham boshqa fanlarda qo‘llanilganligi singari, tarixiylik va mantiqiylik jihatdan foydalanilib yondashilsa, bu tadqiqotlarning ilmiyligi oshadi. Ushbu tushunchalar falsafiy tushunchalar bo‘lib, barcha narsa va hodisalarni izohlashda qo‘llaniladi. Taraqqiyotning real jarayonlarini tafakkur orqali aks ettirishda yordam beradi. Tarixiylik - voqelik taraqqiyotining xolisona jarayonining o‘zidir, ro‘y bergan haqiqiy o‘tmishdir. Masalan, quyosh tizimining rivojlanishi, yerning geologik tarixi, til, tafakkurning o‘tmishdagi faoliyatlari va boshqalar. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, yuzaga kelgan, yuz bergan o‘tmish jarayonlaridir. Ana shu yuz bergan narsa va hodisalar asosida yangi farazlar paydo bo‘ladi. Zero, o‘sha yuz bergan narsa va hodisalar taraqqiyotda doimiy bo‘lganligi uchun ular haqida bilimlar olish davom etadi. U qotib qolgan jarayon emas, yangi bilimlar hosil qilish manbaidir. Mantiqiylik - bu tarixiy jarayonni (tarixiylikni) nazariy jihatdan ilmiy asoslash va aks ettirishdir. Ammo bu aks ettirish jarayoni barcha tafsilotlarni qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham mantiqiylikda faraz ishlatiladi. Narsa va hodisani oldingi rivojlanish qonuniyatlari asosida miyada tahlil qilish natijasida keyingi holatlarni ochib berish mantiqiylikning vazifasidir. Demak, iqtisodiyot sohasi yangi ochilgan qo‘riq emas. Hozirgacha ham iqtisodiyotdagi qonuniyatlar haqida fikrlar yuritilgan. Endilikda yangi zamon talablariga mos iqtisodiyot jarayoni qonuniyatlari asosida u yoki bu sohani farazlash kerak. Faraz esa mantiqqa suyanishi lozim. Mantiqiylik (iqtisodiyotda oladigan bo‘lsak) iqtisodiyotni rivojlanish holatidagi tomonlarning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta’sirini tahlil qilish orqali tarixiy iqtisodiyotni fikran qayta hosil qilishdir. Bu iqtisodiy sohalarning hozirgi holati bilan solishtirishga va ma’lum bir yechimga kelish uchun asos bo‘ladi. Tarixiylik va mantiqiylik o‘zaro dialektik munosabatda bo‘lganda voqelikni to‘g‘ri aks ettirish sodir bo‘ladi. Falsafa tarixida bu aloqadorlikni G.Gegel ko‘proq tushuntirib bergan. Uning fikricha, mantiqiylik birlamchi bo‘lsa- da, u tarixiylikning natijasiga ham aylanadi. Demak, tarixiylik va mantiqiylik birgalikda kelib bir - birini to‘ldiradi. Mantiqiylik tushunchalarning o‘zaro aloqadorligi tufayli bir xil iqtisodiy tushunchalardan ikkinchi xil iqtisodiy tushunchalarning kelib chiqishi ro‘y beradi. Bu esa iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilib xulosalar chiqarishga yordam beradi. Bir tushunchadan ikkinchi tushunchaga o‘tish taraqqiyot jarayonini ham ifodalaydi. Oddiylikdan murakkablikka qarab rivojlanib boruvchi mavhum tafakkur jarayoni haqiqiy tarixiy jarayonga to‘g‘ri yoki mos tushishi lozim. Aks holda inson bilimi boshi berk ko‘chaga kirib qoladi. Shu bilan bir qatorda tarixiylik bilan mantiqiylik o‘rtasida ziddiyatlar ham paydo bo‘lishini unutmasligimiz lozim. Chunki, mantiqiy soha tarixiylikka nisbatan bir oz mustaqildir. Tarixiylik abadiy bo‘lsa, mantiqiylik o‘zgaruvchandir. Mantiqiylik ishni boshlanishidan, ya’ni natijadan boshlab (iqtisodiy sohaning o‘tmishini) yuqori bosqichini ham qamrab oladi. Mantiqiylik real tarixiy jarayonni tahlil qilib, uning kelajagini asoslashga yordam beradi. Mantiqiylik tarixiylikni aks ettirar ekan, u real tarixning tasodif va notekis yo‘llarini nazardan soqit qiladi va shu bilan tarixiylikning to‘g‘riligini, tuzatilgan aksini ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Yuqorida biz mantiqiylik ishning, sohaning natijasidan boshlanadi, dedik. Zero, tarixning o‘zi natijadir. Bundan mantiqiylik reallikdan uzoqlashadi yoki uni buzib ko‘rsatadi, degan xulosa chiqmasligi kerak. Aksincha, voqeliqni rivojlangan holatini tahlil qilish aynan uning haqiqiy boshlanishini, uning taraqqiyotiga asosiy jihatlarni, ya’ni tarixiy jihat bilan qaror topishning haqiqiy izchilligini aniqlashga yordam beradi. Demak, iqtisodiyotda ham tarixiy jarayon tahlil qilinib, nazariy jihatdan olingan bilim asosida, mantiqiy xulosalar chiqariladi. Iqtisodiy tarix qanday bo‘lgan bo‘lsa, mantiqiy fikrlar ham shunga mos tushishi kerak. Shu sababli ilmiy tadqiqotda mantiqiylik bilan birga tarixiylik qo‘llaniladi. Bu tadqiqotning xarakteri va xususiyatiga bog‘liq. Ammo, tarixiy usulga nisbatan mantiqiylikning ustun tomonlari bor. Mantiqiylikda rivojlangan narsa va hodisaning o‘ziga xos aloqa va holatlarini aniqlaganda, uning o‘zidan kelib chiqib, alohida xususiyatga ega ekanligini aniqroq belgilab beradi. Shu bilan bir qatorda mazkur narsa yoki hodisaning tarixini tushunish uchun yo‘l ko‘rsatadi. Demak, mantiqiylik tarixiylikni tushunish vositasidir. Hozirgi zamonda ana shu tarixiylik va mantiqiylikka asoslanib yaratilgan bir qancha iqtisodiy sohalarni misol qilib keltirish mumkin. Bu misollar «Ilmiy ijod metodologiyasi» qo‘llanmasining mualliflari tomonidan quyidagicha izohlanadi. Misollarni to‘liq holda keltiramiz: «M enejer, firma, korporatsiya yoki korxona ishini boshqarish ta shkilotchisi ularni rivojlantirish biznes-rejasini ishlab chiqar ekan, u, mohiyat e’tibori bilan, mazkur korxonaning iqti sodiy ravnaq topishi tendensiyalari haqida ozmi-ko‘pmi asos langan iqtisodiy gipotezani ilgari suradi » . F. fon Xayek o‘zining «Katallaktika»ni rivojlantirish haqidagi teran va o‘ziga xos gipotezasiga bozor iqtisodiga xos bo‘lgan jo‘shqin, immanent hodisa - raqobatni asos qilib oldi. Iqtisodiy raqobat - bu xo‘jalik yuritishning yaxshi sharoit lari, mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilishning eng foydali shartlari, maksimal daromad olish uchun tadbir korlarning raqobati, kurashi demakdir. F. fon Xayekning gi potezasi raqobatga jamiyatning asosiy iqtisodiy kuchi deb qaray di, chunki raqobatga tayangan jamiyat o‘z maqsadlariga boshqalar ga qaraganda muvaffaqiyatliroq erishadi. Demokratik jamiyat da raqobat bu jadal o‘zgaruvchi yashash sharoitlariga jamiyatda muttasil, uzluksiz o‘zini o‘zi moslashtirish, demakdir. Bozor yoki katallaktika tadbirkorlar ijodiy faoliyatini jadallashti radi, raqobat esa bozor iqtisodining rivojlanishini butun jamiyat uchun zarur tomonga yo‘naltiradi. Raqobat sharoitlari da biznesmen, menejer har qanday kutilmagan hodisalarga tay yor turishi kerak, zotan, muammolar va qiyinchiliklarni tan olish o‘ziga, o‘z kuchiga ishonch, ulardan o‘zini olib qochish — zaif lik va qo‘rqoqlik alomatidir. Bozor raqobat mexanizmi orqali tovar va xizmatlar harakatini tartibga soladi, resurslar, g‘o yalar va texnologiyalardan foydalanishni maqbullashtiradi. Bi nobarin, bozor iqtisodida raqobat fandagi tadqiqot va kash fiyotga o‘xshaydi - u bozor resurslarini jamiyat uchun muhim maq sadlarga yo‘naltiradi. F. fon Xayek bozor raqobati negiziga qurilgan iqtisodiy Katallaktika haqidagi gipotezani hozirgi zamon liberalizmi yo‘nalishida rivojlantirdi. Hozirgi zamon liberalizmi g‘oyala rining konseptual o‘zagini to‘rt asosiy element tashkil etadi: • qonun oldida barchaning tengligi g‘oyasi; • ratsionallik g‘oyasi (fon Xayek o‘z gipotezasini ilgari su rishda mana shu g‘oyaga tayangan); • bag‘rikenglik (tolerantlik) g‘oyasi; • tarixiylik g‘oyasi, ya’ni muammolarni kelajakda (kommu- nizm) yoki o‘tmishda (traditsionalizm) emas, shu bugun, hozir hal qilishga intilish. Xozirgi zamon liberalizmining klassik namoyandasi R. Dvor kin yuqorida sanab o‘tilgan liberal g‘oyalar majmui, shu jumladan bozor iqtisodi (yoki «katallaktika»)ni «liberal dasturlar o‘zagining tub prinsipi» hisoblanuvchi tenglik konsepsiyasi (yoki gipotezasi)ning hosilasi, deb e’tirof etadi. F. fon Xayekning mashhur ustozi Lyudvig fon Mizes iqtiso diy liberalizmning bosh nazariyotchisidir. U iqtisodiy libera lizm nazariyasida ilgari surgan teran gipotezaga asosan, kishi lik jamiyatida ijtimoiy borliqning iqtisod sohasidagi absolyut asoslari quyidagilardir: - mehnatning bo‘linishi; - shaxsiy mulkdorlik; - erkin ayirboshlash. L. fon Mizesning fikricha, liberalizmgina birdan-bir aql ga muvofiq iqtisodiy siyosatdir. Bozor xo‘jalik yuritishning eng samarali tizimi sifatida iqtisodiy o‘sish uchun eng qulay sharoitlar yaratadi. Klassik iqtisod nazariyasi foydalilikning eng katta dara jasini ko‘rib chiqishda tovar qiymatini aniqlash uchun insonning buyumga munosabatini, har xil ne’matlarning foydaliligiga shaxs tomonidan berilgan sub’yektiv bahoni tanladi. Iqtisod na zariyasida bunday yondashuv marjinalistik metod, deb ataladi. U iqtisod nazariyasiga oid zamonaviy darsliklarda «Robinzon va iqtisod» deb atalgan ajoyib gipoteza asosiga qurilgan. Bu qiziqarli gipotezaga asosan, biron-bir ne’mat birligi ning qimmati mazkur birlik yordamida qondiriluvchi ehtiyoj ning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi. Masalan, Robin zon sof gipotetik nuqtai nazardan - chuchuk suv manbai bo‘lgan odam yashamaydigan orolga tushib qoldi, deb faraz qilaylik. Ichish va ovqat pishirish uchun Robinzonga har kuni 3 l suv ke rak bo‘lsin. Yuvinish, idish-tovoq, kir-chir yuvish, tomorqani sug‘orish uchun unga tag‘in 12 l suv kerak. Binobarin, Robinzon har kuni 15 l suv iste’mol qiladi. Manba har kuni 100 l suv chiqaradi deb faraz qilsak, 85 l suv ortib qoladi. Xo‘sh, Robin zon uchun 1 l suvning qimmati qanchaga teng? Ko‘rsatilgan shar tlarda u nolga yaqin, chunki 1 l suv ishlatilganidan so‘ng, tag‘in 99 l suv qoladi, bu esa unga kerak bo‘lgan miqdordan ancha ko‘pdir. Endi suvning qurishi natijasida manba har kuni ati gi 15 l suv bera boshladi, deb faraz qilaylik. Robinzon bu holda ham o‘z ehtiyojlarini to‘la qondiradi, ammo endi 1 l suv ning yo‘qolishi ham ma’lum muammolar tug‘dirishi mumkin. Manba qurib borgani sari Robinzon uchun har bir litr suvning qimmati ortib boradi. Birinchi birlik (bizning misolda- bir litr suv) cheksiz ba land qimmatga ega. Tabiiyki, manbadagi bor suv ham yaxlit bir butun narsa sifatida xuddi shunday baland qimmatga ega. Key ingi bir necha birliklarning qimmati ham juda baland, ammo keyin suvning yangi-yangi litrlarining qimmati kamayib bora di. Shu bilan birga, ichilgan suv qolgan suvdan sira farq qil masligi ham oydek ravshan. Shuning uchun ham Robinzonning cha nqovini bostiradigan bir litr suvni alohida turkumga ajra tish va uni behad cheksiz qimmatga ega, deb e’tirof etish mumkin emas. Ne’matlarning bir xil birliklari har xil qimmatga ega bo‘lishi mumkin emas, zero, har qaysi birlikni boshqa birlik bilan osongina almashtirish mumkin. Mamlakatning yaqin istiqbolga (kelgusi yilga yoki yaqin bir necha yilga) mo‘ljallangan byudjeti ham iqtisodiy gipo tezaga qiziqarli misol bo‘la oladi: u yoki bu demokratik mam lakatning hukumati byudjet loyihasini parlamentga qonun sifatida ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etar ekan, u, mohiyat e’tibori bilan, ehtimol tutilgan iqtisodiy ri vojlanish haqidagi gipotezani ilgari suradi. Bunday loyiha da keltirilgan raqamlar, hisob-kitoblar, grafiklar, fo izlar, sxemalar gipotetik, ehtimoliy, taxminiy xususiyatga egadir. Loyiha bir necha marta qayta ishlanib, maromiga yetkazilganidan so‘ng parlament byudjetni tasdiqlaydi. Ammo, davlat qonuniga aylanganidan keyin ham byudjet haqiqatnamo gipoteza bo‘lib qoladi. Zotan, biron-bir, hat to eng mufassal loyihada ham barcha omillarni e’tiborga olish mumkin emas, shuning uchun ham bu gipoteza iqtisodda gi real ahvolga qay darajada yaqin kelganini faqat hayot ning o‘zi, iqtisodiy-xo‘jalik faoliyati amaliyoti ko‘rsatib berishi mumkin. Bunday gipotezalarning evristik qimmati oydek ravshan ko‘rinib turadi. Har qanday inson o‘zining kundalik hayotida, bozorga mut tasil bog‘liqlik sharoitlarida mahalliy iqtisodiy gipote zalarini ilgari suradi: oila byudjetini qay yo‘l bilan oqilo na va samarali sarflasa bo‘ladi, o‘z shaxsiy jamg‘armalarini nimaga joylashtirgan ma’qul — aksiyalargami, ko‘chmas mulk kami yoki biror qimmatbaho buyumgami va h.k. Bunday ko‘p son li gipotezalar negizida hayotiy tajriba va sog‘lom fikr, Maykl Polani “shaxs bilimi”, deb atagan bilim yotadi. Shaxs ning yuqorida zikr etilgan gipotezalarida o‘z farovonligini oshirishga bo‘lgan umid, aqlga muvofiq tavakkal elementi ko‘rinadi, mazkur gipotetik bilimni ro‘yobga chiqarish esa shax sning qobiliyati, mehnatsevarligi, tirishqoqligi, ijodiy salohiyatiga bog‘liqdir. Iqtisod fanida olim gipotezalarni ko‘rib chiqishdan iqti sodiy nazariya tuzishga o‘tar ekan, u ma’lum konseptual sxemadan o‘rganilayotgan ob’yektlarning tabiati haqidagi gipoteza va farazlar majmui hamda mavjud nazariy xulosalardan foydalanadi. Gipotezadan nazariyaga o‘tishda konseptual sxemadan to‘g‘ri foydalanish tadqiqotchilarning ijodiy qobiliyati namo yon bo‘lishi uchun real imkoniyat yaratadi” 1 . 1 Tayanch tushuncha va iboralar: Faraz, abduksiya, faraz va iqtisodiyot, gipotetik-deduktiv metod, tarixiylik, mantiqiylik, oddiy raqobat, sof gipotetik usul. Foydalanilgan adabiyotlar r о `yxati: 1. О `zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. -T. “ О `zbekiston”, 2009 2. Karimov I.A. О `zbekiston: milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. 1-jild, - T. “ О `zbekiston”, 1996. 3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild, -T. “ О `zbekiston”, 1996. 4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild, -T. “ О `zbekiston, 1996. 5. Karimov I.A. Bunyodkorlik y о `lidan. 4-jild, -T. “ О `zbekiston”, 1996. 6. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot. 6-jild, -T. “ О `zbekiston”, 1998. 7. S. Xantington “Stopknoveniye sivilizatsiy ? // Polis, M, 1994. 8. SemenovY.N. Sotsialnaya filosofiya A.Toynbi. M., 1980. 9. Sorokin P. Chelovek, sivilizatsiya, obhestvo. M., 1992. 10. T.S. Pilye “ Falsafa tarixi” T., “Sharq” – 2002 y. 11. Tatsit Korneliy Sochineniya v 2-x tomax. L., 1969. 12. Toynbi A. Postijeniye istorii. M., 1991.