logo

Falsafa va fan tarixida ijod muammolarining ishlab chiqilishi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

165 KB
Falsafa va fan tarixida ijod muammolarining ishlab chiqilishi 1. Misr, Kichik Osiyo, Qadimgi Gretsiyada ilmiy-falsafiy ijod tizimlarining paydo bo‘lishi 2. Milet maktabi. Gretsiya mutafakkirlari ta’limotida ijod 3. Yevropa Ug‘onish davrida ijod. 4. Yangi davr falsafasi va nemis klassik falsafasida ijod muammolari Misr, Kichik Osiyo, Qadimgi Gretsiyada ilmiy-falsafiy ijod tizimlarining paydo bo‘lishi Qadimgi Misrda quldorlik davlati barpo etilgan edi. Qullar mehnatidan foydalanib suv chiqarish inshootlari, piramidalar, saroy va koshonalar qurilgan. Bizning eramizgacha IV-ming yillikning oxiri – III-ming yillikning boshlarida quldorchilik bu mamlakatda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Ana shu davrlarda Misrda astronomiya, kosmologiya, matematika fanlarining paydo bo‘lishiga birinchi qadamlar qo‘yilgan edi, bu birinchidan, ikkinchidan shu davrlarda afsonaviy qarashlar shakllana boshlangan edi. Shu sababli bu davrda, ushbu mamlakatda falsafa fani ijtimoiy ongning shakli sifatida ham shakllangan edi. Qadimgi dunyo xo‘jaligini yuritish uchun bilim va amaliyot talab qilinardi. Nil daryosining suvini pasayib-ko‘tarilib turishi astronomiya fanini rivojlantirishga olib kelgan bo‘lsa, dehqonchilik sohalarini boshqarish esa amaldorlar faoliyatiga borib taqalar edi. Xo‘jalik yuritish ishlari faoliyatini olib borish aniqroq kalendarni talab qilar edi. Bu esa Quyosh va Oy, yulduzlar sistemasi bilan bog‘langandi. Bularning barchasi ilmiylikni, bilishni taqozo etar edi. Ijodni zaruriyatga aylantirgandi. Natijada matematika, algebra va geometriya paydo bo‘ldi. Jumladan, Vaviloniyaliklar 60 daqiqalik yozma vaqtni ijod qildilar. Bu yozma vaqt orqali hisob-kitob qilish hozir ham (bir soat – 60 daqiqa, 1 daqiqa – 60 sekund) ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Fazodagi yorug‘lik tarqatuvchi jismlar faqat yorug‘lik tarqatib qolmasdan balki olamning ijod manbai sifatida ham e’tirof etildi. Bu esa afsonaviy xudolarni ijod qilishga asos bo‘la boshladi. Vavilonliklarning fikricha «Oy xudolarning otasi» hisoblangan. Qadimgi Misrdagi madaniyat insoniyat tarixida eng qadimgi madaniyat hisoblanadi. Gerodotning yozib qoldirishicha, yilning davomiyligi, ya’ni uning 365 ¼ kunligi ham Misrda ijod qilingan. Ayniqsa, geometriya sohasida ijod qilingan kashfiyotlar insonlarni hozir ham lol qoldirib kelmoqda. Jumladan, piramidalar o‘lchamlarining haqiqiy ilmiyligi, ya’ni kvadratlar, uchburchaklar, to‘g‘riburchaklar, trapetsiyalar, doiralarning o‘lchamlari fikrimizni asoslaydi. Demak, o‘sha paytlardayoq ijod qilishda maxsus uslublar ishlab chiqilishi natijasida ijod uchun sharoit yaratilgan. Ma’lum ma’noda nazariy bilimlar talab qilingan. Diniy sohalarni va afsonalarni falsafiy tahlil qilish zarurati paydo bo‘lgan va falsafa fani ham taraqqiy qila boshlagan. So‘ngra afsonalarni diniy jihatdan emas, falsafiy tahlil qilish kuchliroq o‘rin ola boshlagan. Bu esa o‘sha paytda yashagan insonlardan bilim va ijodni talab qilardi. Masalan, “Arfist qo‘shig‘i” adabiy manbasida, diniy afsonaviy sohalar tanqid qilinib, vafot etgan inson u dunyodan xabar bera olmasligi, qaytib kelmasligi, shu sababli yer ustidagi hayotning qadriga etish kerakligi haqida mulohazalar yuritilgan. Bu ijodning oddiy ko‘rinishlari edi. Eramizgacha bo‘lgan, ya’ni Antik dunyo deb ataluvchi davrlarda Gretsiyada ham izlanish, ijod yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan. Falsafa fan sifatida eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Gretsiyada shakllandi. Ayniqsa, Aleksandr Makendonskiy imperatorlik qilgan davrlarda falsafa ravnaq topa boshlagan. Milet maktabi. Gretsiya mutafakkirlari ta’limotida ijod Eramizdan oldingi VI asrda Yunonistonda quldorlik tuzumi ancha rivojlangan edi. Yunonistonning Milet, Efes, Fokiya kabi shaharlarida hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlandi. Natijada, Osiyo, Afrika, Misr bilan bo‘lgan madaniy va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi greklar madaniyatiga ta’sir etdi. Milet materialistik maktabining asoschisi Fales (eramizdan oldin 624- 547 yilda yashagan)dir. Fales geometriya, astronomiya, matematika fanlarini rivojlantirdi. Bu davrda falsafa fani inson bilimlarining yig‘indisini ifoda qilardi. Gretsiya falsafasi tarixida Fales birinchi bo‘lib, tabiatdagi hodisalarning rivojlanish manbaini qidirdi. Fales ning fikricha , tabiat hodisalari asosida suv yotadi. Undan tashqari , Falesning shogirdi Anaksimandr ( eramizgacha 610-546 yillarda yashagan ) dunyoning asosida suv emas, cheksiz shaklga ega bo‘lgan apeyron yotadi, deb tushuntirdi. Uning fikricha, hamma narsa shu apeyrondan kelib chiqqan va yana apeyronga qaytadi. Apeyron harakati esa qarama-qarshilikning kelib chiqishi asosida bo‘ladi. Mavjudot Anaksimandr ning fikricha, rivojlanish, taraqqiyot xudolar i ga bog‘liq emas. Anaksimandr birinchi bo‘lib odamning paydo bo‘lish masalasiga qiziqadi va uni balchiqlardan paydo bo‘lgan, deydi. U birinchi bo‘lib, geografik karta tuz gan , quyosh soatini yasagan. Milet maktabining keyingi vakili An a ksimen ( eramizdan avval 585-525 y. da yashagan )dir. Anaksimenning fikricha, dunyo havodan tashkil topgandir. Anaksimen ijodida ateistik qarashlar bor edi. Kosmik o‘zgarish xudosiz, borliq ning doimiy o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladi. Milet maktabi vakillarining ta’limoti materialistik xarakterga egadir. Ularning ta’limoticha, dunyoning asosida moddiy bir narsa - modda yotadi. Ular tabiatning qonuniy rivojlanishini modda va uning xarakteriga bog‘laydilar. Grek dialektikasini P ifagor maktabi rad etdi. Milet faylasuflari dunyoning asosiga materiyani qo‘ysalar, P ifagor maktabi esa sezish mumkin bo‘lmagan abstrakt raqamni - sonni qo‘yadi. Bu idealistik falsafa stixiyali materializmga qarshi chiqdi. Bunga sabab, bilish jarayon i ning qiyinchiliklari natijasi edi. Pifagor , eramizdan oldin (580-550) yashagan. Pifagor maktabi matematika bilan qiziqqani uchun tabiat qonuniyatining miqdoriy xususiyatlarini anglashga qaratdi. Bu maktab g‘oyalarida idealistik diniy falsafiy qarash bilan ilmiy tafakkur elementlari uchraydi. Pifagorchilar o‘zlarining ta’limotlarida dunyoqarash sohasi bilan miqdor kategoriyasini kiritdilar. Afina faylasuflari materiyaning ichki tuzilishi, moddiy elementlar xarakterini, uning rivojlanish sabablarini tushuntirishga uringanlar. Bu faylasuflar Levkip va Demokritlardir. Levkip (500-440) birinchi bo‘lib ateistik qarashni olg‘a surdi. Dunyo uning fikricha, bo‘linmaydigan moddiy element-atomlardan tuzilgan . Atamos - bo‘linmaydigan, grekcha so‘z. U dunyodagi narsalarning paydo bo‘lishi va yo‘qolishini zaruriyat va sababiyat bilan bog‘laydi. Bu ta’limot Demokrit falsafasining ham negizini tashkil qiladi. Efess shahrida Geraklit (475-374) yashab o‘tgan. Geraklit dunyoning asosida olov yotadi, dunyo mana shu olovning qonuniy alangalanib va so‘nib turishidan iborat deydi. Geraklit hech qanday xudo ham, odam ham dunyoni yaratmagan, dunyo o‘z-o‘zidan qonuniyat bilan so‘nuvchi, tirik olovdan iboratdir, deydi. Geraklitning materialistik ta’limoti ham stixiyali xarakterga ega, farazlardan iborat edi. Chunki o‘sha davrda dialektika va materializmni fan darajasiga ko‘tarishga imkoniyat yo‘q edi. Qadimgi Yunonistonda turli oqimlar paydo bo‘lib, ulardan biri sofistlardir. Sofistlar (donishmandlar) qadimgi grek falsafasida muhim o‘rinni egallaganlar. Avvalgi grek faylasuflari barcha o‘zgaruvchan rang- baranglikdagi birlik haqidagi masala bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Ular urf- odatlarning turlichaligini, axloqiy, siyosiy, huquqiy jarayonlarning falsafiy jihatlarini asoslashga urindilar. Ammo, muhim bir fikrga kela olmaganlar. Grek faylasuflarining ba’zilari bitta universal umumiy axloq va bitta siyosiy ideallik mavjud, deb tushuntirsalar, ba’zilari bu holatlarni jamiyat yoki yagona bir odam dunyoga keltirgan, deb fikr bildirganlar. Qisqasi, har bir faylasuf o‘zicha olamdagi narsa va hodisalarni tahlil qilganlar va ijod qilganlar. Keyinchalik, jamiyatdagi axloqiy - huquqiy sohalar bilan bog‘liq jihatlarning hal etilishi alohida kishi faoliyati bilan bog‘liq, degan to‘xtamga kelganlar. Aslida axloq, huquq, did, huzur-halovat, siyosat, boshqaruv kabi jarayonlar haqidagi fikrlar xilma-xil. Tahlili ham turlicha. Shunday bo‘lishidan qat’i nazar, faylasuflar bu savollarga javob topish uchun ijod qilgan. Bunday faylasuflarni sofistlar deb yuritganlar. Sofistlar o‘z ijodlarida ko‘proq axloqiy, siyosiy, huquqiy sohalar bilan shug‘ullanishgan. Sofistlarga zamonaviy jihatdan yondashadigan bo‘lsak, ular bir vaqtning o‘zida muallif, jurnalist, yozuvchi, shoir umuman ziyoli kishilar bo‘lganlar. Ular ko‘proq bahslashishni olg‘a surib, haqiqatga erishmoqchi bo‘lganlar. Sofistlar narsa va hodisalarni aqliy (ratsional) dalillash san’atidan foydalanib asoslashga harakat qilganlar. Sofistlar munozara va muzokarada foydalanish mumkin bo‘lgan ayyorlik va mug‘ombirlik, makkorlik usullaridan foydalanib borliqni tushuntirganlar. Shu holatga boshqalarni ham yetaklaganlar. Ularning yirik vakillari Gorgiy, Frasimax va Protogorlardir. Gorgiy taxminan miloddan avvalgi 483-374 yillarda yashagan. U mashhur notiq edi. Uning “Tabiat to‘g‘risidagi yoki mavjud bo‘lmagan narsa to‘g‘risida” nomli asari bo‘lgan. Qadimiy falsafa sohasidagi ijodkorlardan yana biri Frasimax Suqrot zamondoshidir. Miloddan oldingi 470 yillar atrofida tug‘ilgan, deb taxmin qilinadi. Frasimax o‘zining huquq va adolat to‘g‘risidagi qarashlari bilan barchani lol qoldirgan. Frasimaxning fikricha, huquq zo‘rlarga xizmat qiladigan narsadir. Huquq bu kuch qudratdir. Bunday tushunchaga zid keladigan fikr axmoqona go‘llikning o‘zi xolos, deya ta’kidlagan u. Protogor miloddan avvalgi 481-411 yillarda yashab ijod qilgan. Uning fikricha, “Inson qanday bo‘lsa , shu holida mavjud bo‘lgan. Inson jamiki narsalarning borlig‘i va yo‘qligi bilan ma’lum darajada mavjud narsalarning mezoni hisoblanadi” . Yana quyidagi fikrni bildiradi: “Xudolar to‘g‘risida men ularning na mavjudligi, na mavjud emasligi yoki ularning qanday tusda ekanligi haqidagi bilimga ega bo‘la olmayman chunki idrok etilmaslik va inson hayotining qisqaligi bilishga to‘sqinlik qiladi”. Sofistlar etika, ijtimoiy fanlar va epistemologiya bilan aloqador bo‘lgan sohalarni baholashda ilg‘or bo‘lganlar. Bunday fikrlar hozirgi davrda ham dolzarb. Chunki bular muammoli sohalardir. Ularning fikrlarida nisbiylik va mutlaqlik, huquq va hokimiyat, altruizm; individ va jamiyat; aql-idrok va his- tuyg‘ular kabi atamalar mavjud bo‘lganki, bular haqida hozirgi faylasuflar ham fikr yuritadilar. Qadimgi grek falsafasini rivojlantirishda Suqrot ijodi alohida o‘rin tutadi. U miloddan avvalgi 469 yilda tug‘ilib, 399 yilda vafot etgan. Uning ta’limotida ham epistemologik (epistemologiya-bilim, uning tuzilishi, tuzilmasi va rivojlanishini o‘rganadigan falsafiy-metodologik ta’limot) va etnik - siyosiy muammolar markaziy o‘rinni olgan. U sofistlarning ko‘p qarashlarini rad qilgan. Uning ijodida umumiy ne’mat (oliy ezgulik) va adolat hisoblanadigan qadriyatlar va me’yorlar mavjud. Suqrot falsafaning bilish muammosini hal etishga intildi. Uning talqinida bilim - bu bizning o‘zimiz va o‘zimiz o‘zimizning mavjudligimizni ko‘radigan vaziyatlar haqidagi bilimdir . Suqrot ijodida shu narsa xarakterliki, u bilimni tajribaga murojaat etish yo‘li bilan izlamagan. U bilimni tushunchalarni tahlil etish yo‘li bilan o‘zlashtirishga harakat qilgan va boshqalarni ham shunga chaqirgan. Suqrot ijodida adolatlilik, mardlik, saxovatlilik, yaxshi hayot kabi tushunchalar markaziy o‘rin egallagan. Falsafa tarixidagi yana bir yirik grek faylasufi Aflotun dir. Qarama- qarshi falsafiy fikrlar asosida Aflotun falsafasi paydo bo‘ldi (Aflotun eramizdan avvalgi 427-349 yillarda yashagan). Afina aristokratiyasining vakillari platonchilar idealistik qarashini oldinga surdilar. Aflotun ijodi asosida g‘oyalar yotadi. Uning fikricha , narsalar asosida g‘oya yotadi, sezgi qabul qiladigan narsa, ideya dunyosining ko‘lankasidir. Aflotun ning fikricha , hayotda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan g‘oyalar mavjud bo‘lib, bu g‘oyalar o‘zgarmaydi . Sezgi organlarimizda ifodalangan narsalar paydo bo‘lishi va yo‘qolishi doimiy o‘zgaruvchan emasli kdandir . Eng oliy g‘oya bu xudo to‘g‘risidagi g‘oyadir. Bu narsa idealizm bilan dinning birligini ko‘rsatadi. Aflotun bilish nazariyasini ham idealistlarcha tushuntirdi. Uning fikricha, bilim g‘oyalar orqali paydo bo‘ladi, tasavvur narsalar orqali hosil bo‘ladi. Abstrakt tafakkurni sezgilarga bog‘liq bo‘lmagan g‘oyalar dunyosida yashovchi, ruhni “eslash” jarayoni natijasi, deb tushuntirdi. Aflotun bilish bu – eslashdir, degan g‘oyasini o‘rtaga tashladi. U dialektikani ilohiy bilimning mantiqiy nazariyasi, deb hisoblaydi. Umumiy tushunchaning ahamiyatini ta’kidlashi, kishi tafakkurining faol rolini ( idealistik bo‘lsa ham ) ishlab chiqishi Aflotun ijodining ratsional mag‘zini tashkil etadi. Aflotun “ideal davlat” ta’limotini ma’qullab , bu davlat fuqarolarini uch tabaqaga: 1) davlatni idora qiluvchi faylasuflar - dono; 2) davlatni ichki va tashqi dushmanlardan asrovchi qo‘riqchi askarlar - jasoratli; 3) jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi dehqonlar, hunarmandlar , itoatkorlarga bo‘ladi. Qadimiy Grek faylasuflaridan yana biri bu Ar astu dir. Ar astu (eramizgacha 384-322 yillar) fanlar klassifikatsiyasini birinchi bo‘lib tuzib berdi ( falsafa, matematika, fizika ) . Uning fikricha, falsafa borliq to‘g‘risidagi fan, matematika va fizika borliqning ba’zi xususiyatlari to‘g‘risidagi fandir. Ar astu Aflotunning davlat nazariyasini tanqid qildi va quldorlik tuzumini tan oldi. U o‘z ijodida falsafa fanini amaliy faoliyatdan ajratib oldi, ya’ni bilim moddiy manfaatdan yiroq bo‘lsa, ilmiyroq bo‘ladi, deydi. Ar astu ob’yektiv tabiatni bilishni, bilimning asosiy sharti deydi, lekin u izchil materializm pozitsiyasiga o‘ta olmadi. Materiya Ar astu ning fikricha, passiv imkoniyat, shakl faol o‘zgarish manbaidir. Materiya bilan harakat o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatib, harakat, o‘zgarishning manbai ekanligini aytsa-da, lekin harakat, buyumlarning ichki ziddiyatlarida ekanligini ko‘ra olmadi. U bilish jarayonini materialistik asosda tushuntiradi. Bilish manbai tabiatning o‘zidir, deb ob’yektiv borliqni qo‘yadi. Sezgilar orqali olingan hissiyot narsa va hodisalar siymosidir, deydi. Lekin sezgini chegaralab qo‘yadi. S ezgilar umumiy shaklni, ya’ni shakllar shaklini - xudoni bilishga imkon bera olmaydi. Ar astu o‘z ijodida sezgilar asosida topilgan bilimni tafakkur orqali hosil qilingan bilimdan ajratib qo‘yadi. Ar astu kategoriyalar klassifikatsiyasini ishlab chiqdi. U imkoniyat va voqelik, materiya va shakl, mohiyat va hodisa kategoriyalarini dialektik a asosida tushuntirishga urindi, lekin to‘la dialektik asosda hal qila olmadi. Din arboblari uning sodda dialektikasini uloqtirib, metafizikasini olib qoldilar. Qadimgi Gretsiyada eramizdan oldingi II asr oxiri I asrning boshida Demokrit tarafdorlari ko‘proq materialistik fikrlarni olg‘a surdilar. Demokrit ( eramizdan oldin 460-370 yillarda yashagan ) ensiklopedik olim edi. Demokrit atom ko‘zga ko‘rinmaydi, deb harakat bilan materiyaning bir-biriga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Demokrit olam cheksiz dunyo, yer bir sayyora, deydi. Olam uning fikricha, bo‘shliq bo‘lib, fazoda atomlarning to‘qnashishi natijasida turli dunyolar kelib chiqqan. Bu dunyolar paydo bo‘ladi, yo‘qoladi , deydi. Olam haqidagi fikrida ateistik qarashlar bor, u yerda zaruriyat mavjuddir, deydi. Demokrit diniy ta’limotl arga qarshi tan bilan ruhning o‘lishini ko‘rsatadi. Undan tashqari , bilish jarayonining dialektik bosqichini materialistik asosda tushuntirdi. Bilish jarayonida birinchi bosqich sezgi, deb biladi. Sezgi organlarimizga ta’sir etib, ongimizda tasavvur paydo qiladi. Bilim uchun tafakkur kerak, deb o‘rgatadi. Demokrit ijodi ateizm tarixida ham katta rol o‘ynadi. Uning fikricha, xudoga ishonish kishilarning tabiat kuchlari oldidagi ojizligidir. Demokritning siyosiy, iqtisodiy sohadagi ijod i ham demokratik edi. Falsafada ikki yo‘l “Demokrit yo‘li” bilan “Aflotun yo‘li” orasida kurash ketgan. Demokrit yo‘lini tutganlardan biri Epikur dir ( 341-270 ) . U, kishi baxtiyor bo‘lishi uchun tabiat va uning qonuniyatlarini bilishi kerak, deydi. Falsafani uch qismga fizika, logika ( kanonika ) va etikaga bo‘ladi. Epikur fizikasida atomizm himoya qilinadi va rivojlantiriladi. Atomlarning birlashuvini o‘ziga xos erkin irodaning oqibati, deb ko‘rsatadi. Garchi bu fikr idealistik xarakterga ega bo‘lsa-da, stixiyali ravishda materiyaning o‘z ichidagi harakatini e’tirof etadi. Epikur ham o‘z ijodida bilishning birdan-bir manbai sezgilarda, deb biladi. Uning bilish nazariyasi oddiy, lekin materialistik xarakterga egadir. U ham xudoni inkor etmaydi, balki tabiat mahsuli , deb biladi. Gretsiya falsafasining yana bir vakili Rimlik Piy Lukretsiy Kar ( 99- 55 ) dir. U Epikur ta’limotini davom ettirdi. Qadimgi materialistlar singari Lukretsiy ham materiyaning ob’yektivligini ilmiy ravishda tushunish darajasiga yetmadi. Lukretsiy narsalarning sifatini ob’yektiv xarakterga egaligini, fazo va vaqt masalasini ham materialistlarcha tushuntirdi. Sezgi masalasini ham to‘g‘ri hal qilgan. Uning ijodi, falsafasi feodalizm jamiyatining tarixiy kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyotning oldinga surilishidan darak berar edi. Feodalizm jamiyatida sinf, ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar mafkura kurashida o‘z ifodasini topdi. Feodalizm davrining mafkura si din edi. Shuning uchun bu davrda gi qarashlar ham diniy tusda bo‘l gan . Rimda feodalizm davrida, idealizmning turli oqimlari, materializm va ateizmga qarshi kurashdilar. Ular – skeptitsizm, agnostitsizm, neoplatonizmlardir. Ob’yektiv idealizm, Arastu idealizmi va metafizik ta’limot i ning davomi edi. Yevropa U g‘onish davrida ijod . Ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi feodal tuzumni surib chiqadi. Bu jarayon burjuaziya (boylar) inqilobi bilan tugallandi. Lekin bu davrdagi falsafiy dunyoqarash shunday keskin kurashlarga duch keldiki, Kopernikning nazariyasini xudosizlikda ayblash, Jordano Bruno(1548-1600)ning o‘tda kuydirilishi, Galiley asarlarining olovda kuydirilishi ham fan va umuman materialistik falsafaning progressiv taraqqiyotiga to‘sqinlik qila olmadi. Tabiat hodisalarini o‘rganuvchi tabiiy fanlar shakllana boshladi. Endi tabiat fani bilan falsafa orasidagi munosabat o‘zgara boshladi, ya’ni tabiiy fanlarning o‘sishi materialistik falsafaning o‘sishiga olib keldi. N. Kopernik (1473-1543) geliotsentrik tizimni ishlab chiqdi. Ya’ni, er shari o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan kun va tunni ng bo‘lishi , Quyosh atrofida aylanishi bilan yil fasllarining o‘zgarib turishini isbotlab berdi. Ptolomeyning Quyosh sistemasining markazi yer de gan fikri noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib , geliotsentrik tizimi ni yaratdi. Ptolomey ta’limoticha , Quyosh yer atrofida aylangandek ko‘rinadi , aslida mohiyati unday emas. Kopernikning progressiv g‘oya lari va ijodi falsafa tarixida katta rol o‘ynadi. Undan keyingi o‘tgan olim Jordano Bruno Kopernik nazariyasidan materialistik xulosa chiqardi. Bruno dinga qarshi kurashuvchi progressiv olim edi. Bruno ijodida , olam hisobsiz yerlar, quyoshlar sistemasidan iboratdir. Lekin, Bruno yashagan davr uning progressiv fikrlarini rivojlantirishga yo‘l qo‘ymadi. Uning faoliyati inkivizatsiya katolik cherkovi sudi davridagi sudda qoralanib o‘zi esa o‘ldirildi. Yangi davr falsafasi XVI-XVII asrda Angliyada kelib chiqdi. Angliya materializmining asoschisi F. Bekon ( 1561-1626 ) edi. Bekon falsafasi Angliya boylari ning intilishini ifodalaydi. Bekon tajribaga asosla n gan bilim - haqiqiy bilim, deydi. Undan tashqari , inson tabiatni o‘rganishi va o‘ziga bo‘ysundirishi kerakligini uqtirdi. Dunyoda bilimning asosiy quroli tajribadir, deydi o‘z ijodida. B ilim jarayonida gi tafakkurning, nazariyaning rolini inkor etmaydi. Narsa va hodisalarning sababiy bog‘lanishini aniqlash haqiqiy bilim garovidir, deydi. Elementlarning sifat muayyanligini ta’kidlaydi. Materiya bilan harakat o‘rtasidagi uzluksiz bog‘lanishni e’tirof etadi. Bekon falsafasida dialektika elementi bo‘lishiga qaramay, uning materializmi asosan mexanistik edi. Angliya materializmining ikkinchi vakili Tomas Gobbs ( 1588-1679 ) bo‘lib, uning falsafiy ijodi Bekonnikiga o‘xshardi. Bekonning dinga yondashgan tomonlarini tuzatib, uni rivojlantirdi. Gobbs ijodi mexanistik, metafizik tusda edi. Gobbs moddiy dunyoni bir-biridan real bilib, falsafaning predmeti shu olamni o‘rganishdir, deydi. Gobbs taraqqiyotni faqat miqdor o‘zgarishlaridir, harakat esa mexanistik tashqi turtki natijasidir, deydi. U moddalarning xossalari, sifati yorug‘lik, hid, rang, issiqlika xos bo‘lmasdan balki tasavvurlarimizdan iborat, deb tushuntiradi. Gobbsning ijodi uning tafakkur bilan materiya haqidagi fikr i da ko‘rinib turadi. Tafakkur materiyadan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, degan edi u. Gobbs bilish nazariyasida moddiy dunyoning kishiga ta’sir qilishi natijasida hosil bo‘lgan h issiyotlar to‘g‘risida to‘g‘ri fikr bergan. Lekin, uning xatosi, tafakkur mexanistik funksiyani bajaradi, deb izchil bo‘lmagan materializmga yo‘l qo‘yadi. XVII asrda Fransiya Angliyaga nisbatan rivojlanishi jihatidan ancha orqada qolgan mamlakat edi. Demak, Fransiya falsafa sohasida ham Angliyaga nisbatan orqada edi. Lekin, Fransiya o‘ziga xos yo‘llar bilan rivojlandi. Fransiyada rivojlangan ijod dualistik tasnifga ega edi. Fransiyadagi dualistik oqim vakili Rene Dekart ( 1596-1650 ) dir, o‘zining “Metod to‘g‘risida mulohazalar” asarida bilish uslubini yaratishga uringan. Dekart o‘zining falsafasida matematika aksiomalariga va hatto «xudoning qudratiga» ham gumonsirash kerak, deydi. Tafakkur Dekart ijodida birdan-bir voqelik hisoblanadi. U shuning uchun ham «Men tafakkur qilaman, demak men yashayman» degan qoidasini keltirib chiqardi. Tafakkurni materiyaga qarshi qo‘yadi. Bu narsa falsafaning bosh masalasini idealistlarcha hal qilishga olib keldi. Bilish nazariyasida asosiy uslub qilib deduksiyani oladi. Ya’ni, tafakkur umumiydan xususiyga qarab harakat qiladi va mantiqiy yo‘llar bilan haqiqatni ochishga imkon beradi. Dekart ijodidagi dualizm ong bilan materiyaning, tan bilan ruhning mustaqil yashashini isbotlashda o‘z ifodasini topadi. Dunyoning moddiyligini inkor etadi va dunyo ikki : ruhiy va moddiy substansiyalardan iborat, deydi Dekart. Dekart shunday kamchiligi bo‘lishiga qaramay falsafa tizimini yaratdi. U fan sohasida yangi kashfiyotlar ochdi. Masalan, Quyosh tizimi ni ng paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlar i , cheksiz olam , havo - olov - yerga o‘xshash uch element haqidagi fikrlari shunga misol bo‘la oladi . Dekartning dualizmini tanqid qilish asosida Benedikt Spinoza (1632- 1677) falsafa si ning tizimi vujudga keldi. Spinoza Gollandiya b oylarin ing manfaatini ifodalaydi. Spinoza falsafasi tizimini Dekart rad etib, dunyoning asosida moddiy substansiya (birinchi asos, materiya) yotadi, deya e’tirof etadi. Spinoza ning fikricha , tabiatda ikki substansiyaning bo‘lishi mumkin emas. Undan tashqari, substansiya o‘zidan tashqaridagi sababga, xudoga bog‘liq emas, balki u o‘zining sababidir. Substansiya zamonda abadiy, makonda cheksizdir. Spinozaning substansiya to‘g‘risidagi fikri, cheksiz materiya haqidagi materialistik ta’limotdir. Lekin shunga qaramay Spinoza substansiya niqobiga o‘rab diniy fikrni yurgizadi. Uning xudosi dindorlar xudosiga o‘xshamaydi. Spinoza ijodida , zaruriyat ta’sirida harakat qiluvchi xudo erkin irodaga ega emas va o‘z oldiga hech qanday maqsad qo‘ya olmaydi, bu narsa tabiatning o‘zginasidir. Shu davrda vujudga kelgan sub’yektiv idealistlar ( J. Berkli (1685-1753) , D. Yum (1711-1776)) dinga yangi yo‘l ochib, materializmga qarshi fikrlarni ilgari surishga harakat qilishgan edi. J. Berkli o‘zining “Inson bilishining asoslari to‘g‘risida traktat” ( 1710 ) degan asarida inson bilishining ob’yektlarini ko‘zdan kechiruvchi har bir kimsaga bu ob’yektlar yo haqiqatan sezgilar vositasi bilan idrok qilinadigan g‘oya lardan yoki emotsiyalardan his va aql faoliyatini kuzatish natijasida olgan ideyalarimizdan... nihoyat xotira yoki xayolot yordami bilan hosil qilingan ideyalardan iborat ekanligi ravshandir. Ko‘rish, eshitish, hidlash va boshqa sezgilar qo‘shilib bir narsaning ifodasini beradi, – deydi. Demak, Berkli ijodida , narsa “ideyalar yig‘indisi”dan iborat ekan. Uning fikricha, bularni idrok qiluvchi narsa aql, ruh, jon umuman “ men ” mavjud bo‘lib, undan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emasdir. Berkli tabiatdagi hamma hodisa va narsa sezgilar yig‘indisi ( ideyalar kolleksiyasi ) dan iboratdir , deydi. Berkli ijodida sub’yektiv idealizmining gnoseologik ildizi ob’yektiv, moddiy dunyoni absolyutlashtirish bilan uni sezgilar taassuroti orqali birlashishidadir. Lekin, Berkli g‘oya, sezgilar mavjud ob’yektlarning nusxasi, in’ikosi ekanligini inkor qildi. O‘zini sub’yektiv idealizm va solipsizmda ayblanishidan himoya ham qiladi. Berkli, Yumlar o‘z ijodlarida sezgilardan nariga o‘ta olmadilar. Berkli va Yum solipsizmi idealistik ta’limotning eng ratsional ko‘rinishidir. Bu davr fransuz materialistlari o‘z ijodlarida dialektikani materialistik nuqtai nazaridan asoslashda juda katta hissa qo‘shdilar, ayniqsa fransuz mutafakkirlari Lametri: Golbax, Gelvetsiylar shular jumlasidandir. Ijtimoiy davrning o‘zi fransuz materialistlari oldiga shunday vazifani qo‘ydi. Ular idealizmga, dinga qarshi chiqishda tabiatni materialistik asosda tushunish kerakligini birinchi masala qilib qo‘ydilar. Navbatdagi ijodkor Mari Fransua Aruye (1694-1778)dir. Fransuz yozuvchisi, psixologi, faylasufi, tanqidchisi, publitsisti, tarixchisi. Mari Fransua Aruyening taxallusi Volterdir. Parij teatrining sahnalarida “Edip” tragediyasi shon-shuhrat keltirgandan so‘ng, ya’ni 1718 yildan boshlab shu taxallusni olgan. Volter notarius oilasida tug‘ildi. Oilasi o‘sha davrdagi aristokratlar davrasida yaxshi mavqega ega edi. “Kryostniy”- o‘gay otasi uni yoshligidan boshlab erkin fikrlashga o‘rgatdi. Kollejda ta’lim oldirdi, lekin u otasi orzu qilgan yo‘ldan bormadi. Natijada moddiy tomondan o‘g‘ilni otasi qo‘llab-quvvatlamadi. Turmush tarzini yaxshilash maqsadida moliyaviy ishlarda qatnashdi. Bu bilan o‘zining ijtimoiy va ijodiy faoliyatini ham yo‘lga qo‘ydi. Shaxsiy faoliyat natijasida, kundalik hayotda boylar sinfining feodal tuzumi bilan kelisha olmasligini seza boshlaydi. Shu bilan birga, diniy faoliyat sir-asrorlari bilan yaqindan tanishadi. Kelajakda o‘z davridagi feodal tuzum va diniy fanatizmga qarshi kurash boshlab yuboradi. Siyosiy erkinlik g‘oyasini xalq ommasi o‘rtasida tinmay targ‘ib qiladi. Bu faoliyat hukmron doiralarida qoralanib, ikki marta (1717,1725) qamaladi. Angliyada surgunda (1726) bo‘ladi. Umrining talaygina qismini surgunlikda o‘tkazadi. Angliyada surgun bo‘lgan davrida, u mamlakatning madaniyati, ijtimoiy hayoti bilan yaqindan tanishadi. Fransiya hayoti bilan Angliya hayotini solishtirib ko‘radi. Bu esa Volter faoliyatini revolyutsionlashtiradi. Yirik asarlar yoza boshlaydi: “Faylasufning maktublari” (1733), “Metafizika to‘g‘risidagi traktat” (1734), “Nyuton falsafasining asoslari” (1738), “Falsafa lug‘ati” (1764-690), “Johil faylasuf” (1760), lirika, she’r, poema, drammalaridan: “Genriada”, “Brut”, “Orlean qizi”, “Sezarning o‘limi” va boshqalar. Bu asarlarning barchasida Volter o‘z davrining buyuk ma’rifatparvari-ijodkori sifatida gavdalandi. Uning bu faoliyati, ayniqsa, Rossiyada ijobiy baholandi. Uning ta’limoti Rossiyada volterchilik oqimining kelib chiqishiga asos bo‘ldi. Volter faoliyatining ta’sirida rus ma’rifatparvarlari: P. P. Popovskiy, S. E. Dosnitskiy, D. S. Anichkov, I. Ya. Tretyakov, A. Ya. Polenov, Ya. P. Kozelskiy, N. I. Novikov, D. I. Fonvizinlar ijtimoiy-siyosiy maydonga chiqqanlar. Bu mutafakkirlar Rossiyadagi feodal krepostnoy tuzumga qarshi faoliyat ko‘rsatganlar. 1778 yil 30 may kuni davolab bo‘lmaydigan kasal Volter hayotini to‘xtatdi. Politsiya uning o‘limini oshkor qilmaslik choralarini ko‘radi. Pe’salarini teatrlarda qo‘ydirmaydi. Baribir, Volterni xalq esdan chiqarmaydi. Cherkov va hokimiyat ruxsatisiz Parij yaqinidagi qabristonda dafn marosimi uyushtiriladi. Uning tirikligida 19 ta asarlar to‘plami nashr qilingan bo‘lsa, vafotidan so‘ng 70 tomlik to‘la asarlar to‘plami nashr etildi. 1791 yilda ta’sis majlisining qarori bilan uning jasadi solingan tobuti Parijning ulug‘ insonlar qabri Panteonda joylashtiriladi. U qo‘yilgan joyda insoniyatning aqlini rivojlantirishga qo‘shgan ijodiy xizmatlari e’tirof etilib, mavqei haqida fikrlar yozilib qoldirilgan. Volter materializmning deizm shaklini qabul qilgan faylasufdir. Ma’lumki, deizm so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, xudo degan ma’noni anglatadi. Ya’ni , bu so‘zning falsafiy ma’nosi borliqning qiyofasi va mavhum ilk sababchisi xudodir, lekin u tabiiy va ijtimoiy hayot taraqqiyotiga ta’sir etmaydi, deb hisoblaydigan diniy-falsafiy ta’limot sifatida shakllangan. Uning asoschisi ingliz faylasufi Cherberidir. Volter uning izdoshlaridan biri. Volter ko‘pgina diniy aqidalar, vahiy, xudoning irodasi tasavvurlarini, marosimlarni inkor etib, vijdon erkinligini targ‘ib qilgan ijodkor . U fan va falsafani cherkov zo‘ravonligidan, aqlni din tazyiqidan uzoqlashtirishga harakat qildi. Bu o‘rinda Volter, J. Lokk, I. Nyuton, G. V. Leybnitsning faylasuflik ijodlarini himoya qildi. Sub’yektiv idealizmga qarshi chiqib , uni ng barcha tomonlarini tanqid qildi. Agnostitsizmni qo‘llab-quvvatlamadi. Metafizik qarashlarning falsafadagi zararini anglab bu uslubni ham tanqid qildi. Metafizikani tanqid qilishda u Jon Lokk (1632-1704)ni ng sensualizmidan foydalandi. Uning “Tug‘ma g‘oyalar” nazariyasini yuqori baholadi. Chunki, Jon Lokk ham metafizik ta’limotni ng kamchiliklarini ko‘rsatib bergan edi. Lokkning ta’limotida harakat xudo faoliyati bilan bog‘lab tushuntirilsa ham, ijobiy fikrlar bayon qilingan edi. U tabiiy din tarafdori bo‘lib, cherkovni davlatdan ajratish zarurligini, din erkinligini qo‘llardi. Demak, Volter inson faoliyatidagi aql va farosat jarayonlariga diqqatni tortdi. Inson sezgilari orqali tasavvurga ega bo‘lishi va ruh esa har vaqt tabiatning asosini aks ettira olmaydi, deb tushuntirdi. Inson uni faqat psixik jihatdan qabul qiladi. Ruhning boshlanishi yoki oxiri bor deb bo‘lmaydi. Taraqqiyotning biror bosqichi, hatto embrional rivojlanishga, taraqqiyotga aloqasi yo‘q. Hamma mavjudot o‘z-o‘zicha paydo bo‘ladi, harakat qiladi. Bu o‘rinda Volter atomistik ta’limot tarafdori bo‘lib chiqdi. Uning fikricha, Nyuton va Boyl ijod lari qadimgi Demokritning atomistik ijodini tasdiqlaydi. Atom bo‘linmas substansiyadir. O‘z vaqtida bu g‘oyani Epikur, Lukretseylar ham targ‘ib qilgan edilar, ya’ni olamni ng elementlari moddiy bo‘lib, abadiy bo‘linmas, degan xulosani chiqargan edilar. Shu bilan birga Volter Berkli va G. V. Leybnits (1646-1716) ning borliq haqidagi ta’limotlarini rad qildi. Bunda u tabiatshunoslikning yutuqlariga suyandi. Ulardan foydalanib o‘zining materialistik qarashlarini o‘rtaga qo‘ydi. Materiyani bordan yo‘q, yo‘qdan bor bo‘lmasligini ifodaladi. Volter ijodi olamni bilishga qaratilgan bo‘lib, bilishni cheksiz, deb hisoblaydi. Bilish insonning sezgilariga bog‘liq. Materiya ong sezgilari orqali idrok qilinadi. Bu idrok esa tajribaga bog‘liq. Tajriba esa insonlar faoliyatidan kelib chiqadi. Tabiatni o‘rganish, bilish, tajribaga bog‘liq. Ayniqsa, tabiatni bilishda matematik tajriba faoliyati muhimdir. Bu o‘rinda u Rene Dekart ta’limotining ijobiy tomonlariga e’tiborni qaratadi va yuqori baholaydi. Nyutonning butun olamni tortilish qonuni bilan Dekart ta’limotini bog‘lashga harakat qiladi. Materiya to‘g‘risidagi fikrlarni boyib borayotganidan quvonadi. Lekin, Nyuton ta’limotidagi mexanistik jarayonni o‘ta ilmiy darajada baholay olmadi, balki unda tabiat “prujina”sini ko‘radi, x o los. Bu prujina orqali deydi, Volter materiyaning bitmas-tuganmas xususiyatlarini ochish mumkin. Bu - natijada olam taraqqiyotini to‘g‘ri baholash va undan to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi. Materiya xususiyatlarini ochishda tabiiy-ilmiy kashfiyotlarning rolini ijobiy baholagan Volter fanni ardoqladi, fan imkoniyatlarini beqiyos ekanligini ko‘ra bildi va doimiy ravishda barcha asarlarida uni targ‘ib qildi. Shu ma’noda Volter aytadiki : “ko‘rish va yangilik yaratish tengsiz xudochilikdir”. Uningcha, fanni rivojlantirish inson tafakkuriga bog‘liq. Tafakkur esa maorif, ma’rifat orqali takomillashadi. Tafakkur qilish bilishning manbaidir. Bilim esa olamni o‘zgartirishga olib keladi. Bilish aqliy jihatlarga bog‘liq. Aql, ayniqsa, ilmiy falsafiy bilimlarning kelib chiqishi va rivojlanishida benihoya muhim rol o‘ynaydi. Faqat aqlning yordamida inson o‘ziga zarur bo‘lgan haqiqatga erishishi mumkin. Haqiqat esa bu aql nuqtai nazaridan aniq, ravshan va shubhasiz bo‘lgan nazariy xulosalardir. Volter materiyaning ongga munosabatini ham materialist sifatida hal etdi. Ilohiyot ning ba’zi bir tomonlaridan foydalanib, materializmni targ‘ib qildi. Olamda materiyadan boshqa manba borligiga shubha bilan qaradi. Materiya tuzilishi jihatdan har xil bo‘lib, mohiyatan moddiydir. Materiya xususiyatlari ham cheksiz holda universaldir. O‘tmishdagi ko‘pgina materialistlar singari, Volter ham ongni materiyaga nisbatan ijodiy xususiyat ini e’tirof etsada , bu materiyaning barcha turlariga mosdir, degan xulosadan uzoqlasha olmaydi. Uning ta’limotida ham jonli tabiat bilan jonsiz tabiat, hayvonlar ruhiyat i bilan inson tafakkuri o‘rtasidagi chegara aralashib ketdi. Lekin, ong tashqi, moddiy olamning miyada aks etishining natijasi ekanligini inkor etmadi. Jonsiz tabiatdagi aks etish, jismning boshqa jismlar ta’siri ostida o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Materiya tuzilishi ning murakkablashuvi in’ikos ko‘rinishlarini ham murakkablashtiradi. Eng oddiy jon i vorlardagi ta’sirlanuvchanlik oddiy shakldagi in’ikosdir. Ta’sirlanuvchanlik, o‘z-o‘zini saqlash va nasl qoldirishda muhim rol o‘ynaydi. Nerv tizimi ga va miyaga ega bo‘lgan jonli, ko‘p h ujayrali organizmlar tadrijoti jarayonida in’ikosning ruhiy shakli vujudga keladi. U organizmning tevarak-atrofdagi muhit bilan signal (xabar) tariqasidagi o‘zaro ta’sir etishini ta’minlaydi. Mazkur sohalar Volterning materiya haqidagi ta’limotidan xulosalar sifatida keltirildiki , bu okeandan bir tomchidir, xolos. Volter ijodiyo tining markaziy o‘rinlaridan birida insonning turmush tarzi turadi. Bunda ham insonni diniy soxtaliklardan uzoqlashtirish lozim, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. Diniy johillikdan qutulishning birdan-biri yo‘li, uning fikricha, tabiat qonunlarini bilishdir. Insonning erkin yashashi uchun uni barcha tazyiqlardan qutultirish lozim. Buning uchun har bir inson o‘zini-o‘zi “sevishi” kerak. O‘zi uchun harakat qilishi lozim. Boshqa fransuz materialistlari singari Volter ham inson ijtimoiy muhitning mahsulidir, degan fikrda edi. Agar ijtimoiy muhit inson talabiga javob bermasa, bunday ijtimoiy muhitdan voz kechish lozim. Chunki, insonning o‘zi shu muhitga moslashib qoladi, o‘zgarish ham bo‘lmaydi. Bu jaholatdir. Sababi, jamiyat olg‘a qarab rivojlanmaydi. Inson va jamiyat o‘zaro dialektik munosabatdadir. Bu munosabat mavjud bo‘lmasa rivojlanish ham bo‘lmaydi. Jamiyat inson talabiga javob bermasa, u jamiyatda axloqsiz kishilar, buzuq niyatlilar, johillar ko‘payadi. Shu sababli bunday yaramas jamiyatni , albatta, yangi, takomillashgan jamiyat bilan almashtirish zarur. Bu vazifa faqat ma’rifatning rivoji orqali amalga oshadi. Volter ijodi , ijtimoiy muhit bu – davlat, siyosiy idoralar va ularni ng chiqargan qonunlaridir. Tafakkur jamiyatni boshqaradi. Tafakkur rivoji qanday bo‘lsa, jamiyat ham shunday rivojlanadi. Binobarin, inson irodasi barcha narsaga qodir. Inson erkin, chunki, o‘z ongiga ega. Hayotda o‘zi to‘g‘risida o‘ylaydigan inson irodalidir. Borliqning xudosi ham zaruriyatdan kelib chiqqan. Shu bilan birga u xudolar borasida “ijobiy” xudolarning tasdiqlanmaganligini ta’kidlaydi. Volter jamiyatning doimiy harakatda ekanligini e’tirof etadi. U j amiyat taraqqiyotini diniy qarashlardan izlamadi. Insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni murosaga keltirishning asosiy yo‘li axloqiy va huquqiy jarayonlarni tartibga solishdadir, deb ko‘rsatdi. Axloqsiz sohalar turli jamiyatlarda turlicha xarakterda bo‘lgan, lekin uni davr talabidan kelib chiqib tartibga tushurish kerak. Diniy axloq o‘zining kechirib bo‘lmaydigan kamchiliklariga ega. Undan qutulish lozim. Diniy axloqqa ega bo‘lgan insonlar xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. Uning fikricha, hamma vaqt, hamma joyda ateistlar va erkin fikrlovchi faylasuflar ardoqlanib kelingan va shunday bo‘lib qoladi. Aytish lozimki, Volter ijodida din qattiq tanqid ostiga olingan bo‘lsa ham, xalq ommasini itoatda saqlash uchun uni ng zarurligi ta’kidla na di. Volter yashagan davr o‘ta ziddiyatli bo‘lgan bo‘lsa kerak, shu bois uning ijodi ham ziddiyatlardan xoli emas. Uning ijodidagi falsafa muammolarining qo‘yilishi va ularning yechilishi ham shu fikrni tasdiqlaydi. Materiya, jamiyat, insonni bilish sohalaridagi munozaralar shular jumlasidandir. Ba’zi asarlarida xudo mutlaqo inkor etilgan bo‘lsa, ba’zilarida esa, u mubolag‘alashtiriladi. Masalan, planetalarning harakatga kelishi xudo faoliyatining natijasidir. Xudoning karomati bilan planeta G‘arbdan Sharqqa qarab harakat qiladi, quyosh esa o‘z o‘qi atrofida aylanadi, barcha planetalar tortilishi ham xudoning ta’siridadir va boshqalar. Demak, uning deizmi ham ziddiyatlidir. Agar , - deydi u, “ xudo bo‘lmaganda edi, uni o‘ylab chiqish mumkin bo‘lar edi ”. Volter falsafasi qanchalik ziddiyatli bo‘lishidan qat’i nazar, insonlarni ma’rifatga chorlaydi. Ma’rifatning keng qirrali tomonlarini ochib beradi. Shu o‘rinda aytish lozimki, Volter o‘zi yashagan jamiyatdagi xususiy mulkchilikni tanqid ostiga oladi. Bu sohada ham tengsizlik borligini ta’kidlaydi. U boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni qonunlarning mukammal ishlab chiqilmaganligida, deb topdi. Jamiyatdagi barcha kelishmovchiliklar jamiyatni ilmiy boshqarmaslikdan kelib chiqadi. Jamiyatni yaxshi boshqarmaganlar esa butun umr vijdon azobida qiynalib o‘tishlari kerak. Aslida hukmdorlar o‘zlari odat qilib olgan boshqaruvning kamchiliklarini sezmas ekanlar, xalq bunday boshqaruvdan norozi bo‘lib qolaveradi. Bu norozilikni inqiloblar hal etadi. Inqiloblarning bo‘lishi to‘ntarishlar bilan bog‘liq, deydi. U o‘z mamlakati va vatanini yo inqirozga yo ko‘klarga ko‘taradi. Ta’kidlash lozimki, Volter o‘z vatanini ko‘proq e’zozlagan. Vatanga bo‘lgan muhabbatim, deydi u, meni xorijliklar yutug‘idan ko‘z yumushga majbur qilmaydi. Aksincha, vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo‘lsa, vatanimni jahondagi g‘aznalar bilan yanada boyitgim keladi. Ko‘rinib turibdiki, Volter o‘z umrining ko‘pchilik qismini xorijda o‘tkazgan bo‘lsa ham, vatan ishqi bilan yashagan. Volter o‘z qarashlarini bir tizimga solar ekan, u hamisha tarixni jiddiy tahlil qilar edi. O‘tmishni o‘rgangan holda xulosalar chiqarardi. Ayniqsa, jamiyat taraqqiyotini baholashda turli davrlarni o‘z davri bilan solishtirgan holda yondashar edi. Xalqlar axloqi va ruhi bilan tanishardi. Shu ma’noda u XVIII asrning yirik tarixchisi sifatida ham e’tirof etildi. Istoriografiya (tarix haqida yozuv) ma’rifatparvarlari maktabini ham yaratadiki, bu maktab, nafaqat Fransiyada, balki chet ellarda ham hurmat qozondi. «Ensiklopediya» va «Buyuk Pyotr davridagi Rossiya tarixi» kabi asarlarida ilmiy manbalarga asoslanib, tarixiy xulosalar chiqaradiki, bu xulosalar hozirgi davrimizda ham o‘z mavqeini yo‘qotgan emas. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Volterning ijtimoiy-siyosiy qarashlari feodal krepostnoylik tuzumiga qarshi qaratilgan bo‘lib, ko‘proq Fransiya hayotini aks ettirgan edi. U o‘z g‘oyalarida Fransiya ijtimoiy-siyosiy hamda davlat tuzumini islohotlar bilan o‘zgartirish masalasini qo‘ydi. Qonunlar ishlab chiqarishni talab qildi. Barcha fuqarolar tengligini ta’minlash yo‘lida tinmay xizmat qildi. So‘z erkinligi, soliqlarning barchaga barobar bo‘lishini istadi. Lekin, bu sohalarda yutuqlarga erishishning amri maholligini ham bilardi. Shunday bo‘lsa-da, u mamlakatni boshqarish konstitutsiyaviy monarxiya tomonidan amalga oshirilishini orzu qildi. Uning fikricha, konstitutsion boshqarish eng adolatli oqilona boshqarish bo‘lishi mumkin edi. Volter o‘z ijodini faqat, Yevropa tarixini o‘rganish bilan bog‘lab qo‘ymadi. Keyinchalik dunyo mamlakatlari tarixini ham o‘rganishga kirishdi. Jumladan, Hindiston tarixi to‘g‘risida ham asar yozdi. «Tarix falsafasi»da tarixni o‘rganish metodologiyasini ishlab chiqdi. A. S. Pushkin iborasi bilan aytganda , Volter tarixni o‘rganishning « ya ngi yo‘lini topib, uning yoritgichini aniqlab berdi». Tarix fanini ilmiy manba darajasiga ko‘tardi. Tarixni afsonaviy siymo lardan tozalashga, badiiy tasvirlashlariga chek qo‘yishga intildi. O‘tmishdagi voqealarni tanqidiy o‘rganishni tavsiya etdi va kelajak uchun turtki berdi. Shu sababli ham, rus mutafakkiri Plexanov fikricha, Volterning «Tarix falsafasi» tarixni ilmiy talqin qilish namunasidir. Shu narsa muhimki, tarixini yoritishda ko‘proq xalq faoliyatini o‘rganish lozim. U tarixchilardan xalqlarning ma’naviy, axloqiy, falsafiy, huquqiy, siyosiy, ilmiy bilish, san’at va adabiyot sohalarini kengroq yoritishni talab qildi. Moddiy hayot ravnaqi haqida yozishlarini zarur, deb topdi. Volter fikricha, tarixni yozishda milliy boyliklar, savdo-sotiq, moliya ishlari hisobga olinmog‘i darkor. U butun dunyo tarixini yozishda qadimiy mamlakatlar faoliyatiga e’tiborni qaratdi. Jumladan, Yevropa faylasuflari o‘rtasida birinchi bo‘lib, Hindiston, Xitoy, a rab xalqlari, aborigenlar faoliyatini to‘la yoritishga harakat qildi. U tarixni xalq yaratadi , deb xulosa qiladi . Jamiyatni harakatga keltirishda inson fikrlari muhimdir. Tarix falsafasini yaratish bilan birga Volter, ijtimoiy falsafani asoslashda birinchilardan bo‘lib maydonga chiqdi. Deni Didro (1713 - 1784) Fransiyaning Langr shaharida o‘ziga to‘q hunarmand oilasida tug‘ildi. Denining otasi ikki o‘g‘l i ni ham yyetuk ma’lumotli qilib tarbiyalash maqsadida o‘sha vaqtdagi yagona o‘quv markazlaridan hisoblangan iyezuitlar kollejida o‘qitadi. Bu kollejda asosan qadimgi tillar, tarix, notiqlik mahorati, adabiyot o‘qitilar edi. D eni 15 yoshga yetganda Parijga yo‘l oladi. Sababi, u yerda o‘zini to‘la ma’lumotga, bilimga ega qilish edi. Uning maqsadi ham zamonaviy bilim olib, hayot bilan yaqindan tanishish edi. Parijdagi D. Arkur kollejida joylashib grek, lotin tilini o‘rganishda davom etadi. Avvalida, matematika fani bilan qiziqmasa ham, so‘ng matematika va boshqa fanlar bilan jiddiy shug‘ullanadi. O‘qishni tugatgandan so‘ng otasining maslahati bilan ikki yil davomida Langrlik prokurorga yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. Lekin uni huquqiy sohalar unchalik qiziqtirmaydi. Bo‘sh vaqtlarida ingliz tilini o‘rganishga kirishadi. Keyinroq, umuman, xizmat qilishdan bosh tortib, o‘z faoliyatini ijodga bag‘ishlashga qaror qiladi. Bu qaror Denining otasiga yoqmasa ham , unga ushbu masalani o‘ylab ko‘rishga muhlat beradi. Aslida otasining asosiy maqsadi o‘g‘lini ruhoniy qilib tarbiyalash edi. Denining fikricha, inson kam ta’minlangan bo‘lsa ham, u erkin turmush tarziga ega bo‘lishi kerak, shu bilan birga tashqi ta’sirga bo‘ysunish emas, balki, har bir kishi ichki qiziqishi, holatiga qarab yashashi lozim. 1733 yildan 1744 yillargacha, Deni o‘z yo‘lini topish maqsadida jiddiy shug‘ullanadi. Shu yillar davomida turmush tarzini ta’minlash maqsadida turli o‘quv yurtlarida onda-sonda berilgan soatlardan foydalanib dars berib yuradi. Chunki bu paytlarda uning otasi moddiy mablag‘ berishdan bosh tortgan edi. Deni mustaqil ish tutardi. Natijada shu yillarda unda ensiklopedik aql-fan tashkilotchiligi xususiyatlari shakllandi. Uning falsafiy qarashlarining dastlabki davrlari 1740-45 yillarga to‘g‘ri keladi. 1745 yilda ingliz axloqshunosi A. E. Shefsberining asari («Issledovaniye o dostoinstve i dobrodeteli»)ni tarjima qiladi. Bu asar unga jiddiy ta’sir etgan edi. Asar izohlarida aytilgan fikrlar bo‘lajak mutafakkirning fikrlari edi. Unda Deni katolitsizmdan uzoqlashib, diniy mutaassiblikni jiddiy tanqid ostiga oladi. Shundan so‘ng, 1746 yilda anonim holda nashr etilgan «Falsafa fikrlari» (Filosofskiye misli)da xristianlik bilan to‘la aloqani uzib materialistik g‘oya bilan sug‘orilgan deizm (xudochilik) falsafasiga o‘tadi. Shu yillarda Deni J. J. Russo, Kondilyak kabi yozuvchi va faylasuflar bilan tanishadi, munozara hamda suhbatlarda qatnashadi, o‘zini, qiyinchilik, quvg‘in va tanqidlarga tayyorlaydi. «Falsafiy fikrlar» hayot yuzini ko‘rishi bilan parlament tomonidan yoqib yuborishga qaror qilinadi. Uni oldindan sezgan Deni shu asarning o‘zidayoq «muqaddas qutlug‘lar»ning fikriga qarata aytilgan fikr va mulohazalardan yuz o‘girsalar, ularga nisbatan yana yangi g‘oyalar paydo bo‘lishini ta’kidlaydi. Ular, deydi u, Dekart, Monten, Lokk va Beylyasarlarni doimiy tanqid ostiga olgan ekanlar, meni ham shunday qiladilar. Meni ayblasalar, osongina qutuldik deyishlari mumkin, ammo unday bo‘lmaydi, bilaman, kelajakda menga o‘xshaganlarni muhokama qilish davom etaveradi. Didroning bu fikrlarni aytishdan maqsadi iyezuitlarni diniy sohada noto‘g‘ri yo‘l tutganlarini isbotlab hamma dinlarning tengligini, shu bilan birga insonning borliq xudosining borligiga shubha qilishiga huquqi borligini talab etish edi. Hamma joyda aql, fahm, idrok (razum), faoliyatga suyanish, jumladan dinda ham shunday qilish zarurdir. Ta’kidlash lozimki, Deni xristianlikni tanqid qilish davomida xudochilikning kamchiliklarini, salbiy tomonlarini ham ocha boradi. Natijada dahriylik tomoniga o‘tadi. Dahriy materialist sifatida shakllana boshlaydi. Bu uning «Ojizlar to‘g‘risida xat» (Pismo o slepix)ida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu paytlarda Fransiyada siyosiy vaziyat ancha keskinlashgan bo‘lib, Didroning faoliyati politsiyachilarga yoq mayotgan di. Dinga qarshi yozilgan asarlari ro‘kach qilinib, Didro 1749 yilda qamoqqa tashlanadi. Lekin u nufuzli tanish- bilishlari orqali uch oydan so‘ng qamoqdan ozod qilinadi. Shundan so‘ng Deni Didro yigirma yildan ko‘proq umrini «Ensiklopediya yoki fan, san’at va kasb-hunar izohli lug‘ati»ga bag‘ishladi. U lug‘atning asoschisi va muharriri bo‘ldi. Didroda ensiklopediya haqidagi g‘oya XVIII asrning 40 yillarida paydo bo‘lgan edi. Chunki, ensiklopediya ma’rifatparvarlikni targ‘ib qilishda xizmat qilishini birinchi bo‘lib sezgan edi. O‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun tashkiliy ishlarda tinmay mehnat qilar ekan, yirik-yirik falsafiy asarlar yozishdan ham to‘xtamadi. Didroning mustaqil falsafiy fikrlarining shakllanishi daxriylik sohasiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Chunki, bu yillarda u Arastu, Platon, F. Bekon, R. J.Lokk, R. Dekart, B. Spinoza asarlarini chuqur o‘rganadi. «Ojizlar to‘g‘risidagi xat»dan boshlab «Fiziologiya elementlari» (1773 yildan 1780 yillargacha davom etgan) gacha ko‘plab falsafiy muammolarni ishlab chiqdi. Bu o‘rinda «Tabiatni tushuntirishga oid fikrlar» (1754), «Jiyan ramo» (1762), «Dalamber bilan Didro suhbati» (1769, «Jak- Fatalist» (1773), «Materiya va harakatning falsafiy prinsiplari» (1770), «Ensiklopediya»da yozilgan ma qo lalar va asarlarini misol qilib olish mumkin. Bu asarlarda va maqolalarda tahlil qilingan muammolar Didroning buyuk mutafakkir bo‘lib yetishganligidan dalolat beradi. Umrining oxirigacha o‘z ijodi orqali Didro insonparvarlik va ma’rifatparvarlikni targ‘ib qilar ekan, barcha joylardagi hokimiyat , tiranlar haq-huquqlar i ni va beadablikni (nevejestvo) tanqid qildi, ularga qarshi kurash e’lon qildi. Didro falsafada materialist va dahriy dir. Shu o‘rinda Didroning turli asarlar i dan tarjima qilingan fikrlariga o‘quvchi diqqatini tortamiz. «Odamlar boshqa hech narsadan qo‘rqmasliklariga ishonganlarida, - deydi u, - bu dunyoda ancha tinch yashagan bo‘lardilar: xudo yo‘q, degan fikr hali hech kimni dahshatga solmagan, lekin menga tasvirlab berishganlari xudoning mavjudligi haqidagi fikr qancha-qanchalarni vahimaga solmagan , axir!» ( Voronsov V.L. «Tafakkur gulshani», Toshkent, 1981 ) - «Qayerdaki xudo tan olinsa, u yerda shaxsga sig‘inish mavjud, qayerda shaxsga sig‘inish mavjud ekan, u yerda axloqiy burch tartibotlari buziladi va axloq yuz tuban ketadi» (O‘sha kitob, 265 - bet). «Dunyoning hech bir yeri yo‘qki, u joyda diniy qarashlar o‘rtasidagi tafovut tuproqni qonga bulg‘amayotgan bo‘lsa» (O‘sha kitob, 267 - bet). «Agar aqlni samoviy tuhfa deb qarab, shu gapni din xususida aytsak, u holda samo bizga o‘zaro kelisha olmaydigan va bir-biriga zid ikkita tuhfa yuborgan bo‘lib chiqadi. Bu anglashilmovchilikni to‘g‘rilash uchun din tabiatda mavjud bo‘lmagan xom- x ayol bir prinsip ekanligini tan olish darkor» (O‘sha kitob, 272-bet). Biz ushbu fikrlarni Didroning materialist va dahriy bo‘lganligini isbotlash uchun keltirdik, xolos. Didro XVIII asr mutafakkiridir. Uning fikrlarining barchasi ham abadiy emas, albatta. Davr o‘tishi, zamonning o‘zgarishi u yoki bu fikrni tasdiqlashi yoki tasdiqlamasligi mumkin. Ammo bu bilan Didroning eng murakkab siyosiy bo‘htonlar bo‘layotgan o‘sha davrlarda o‘zining mustaqil ijod i bilan insonlarni lol qoldirishi haqiqiy tafakkur sohibining ishidir, degan xulosaga kelinadi. Didroning asarlarida tabiat va jamiyat, inson faoliyatida uchraydigan dialektik jarayonlar o‘z aksini topgan. Ayniqsa, jamiyatni boshqarishda «ma’rifatli» boshqarishni joriy etib, unda faylasuflarni ng burchi va vazifalari mustabid boshqarishlarni ng mohiyatini boshqaruvchiga eslatib turishga , murabbiylik qilishga chorlaydi. Bu kamchiliklar D. Didroni demokratik tamoyillarni tahlil qilish va shaxsiy fikrlarni aytishga majbur qildi va uni chiniqtirdi. Ta’kidlash lozimki, fransuz ma’rifatparvarlari jumladan, Didroning harakatlari Rossiya madani y hayotiga ham ta’sir qildi. Ma’lumki , 1762 yilda Yekaterina II imperator kursisiga o‘tirgandan so‘ng, o‘zini ma’rifatparvar podshoh sifatida ko‘rsatish uchun ma’rifatparvarlar bilan xatlar orqali aloqa bog‘lagan. U D. Didroni hurmat qilar edi. O‘sha davrda yashab ijod etayotgan Volterni aloqasi esa Didronikidan yaxshiroq bo‘lgan. Fransiyada ma’rifatparvarlar quvg‘inlikka uchraganlaridan so‘ng Yekaterina II Didroni Rossiyaga taklif etadi. Ensiklopediyani chop etishga va’da beradi. Ammo, Didro Rossiyada o‘tkir ma’lumotli harf teruvchilarning yo‘qligini pesh qilgan holda taklifni inkor qiladi. Aslida uning asosiy sababi, Fransiyada yaqin yor-birodar va o‘rtoqlarini, ma’naviy va ilmiy muhitni tashlab keta olmaslik edi. Volter Didrodan Rossiyaga borishini ko‘p marotaba o‘tinib so‘raydi. Natijada Didro taklifni qabul qilib , 1773 yilda Rossiyaga tashrif buyuradi. Rossiyada Yekaterina tomonidan Didro yaxshi kutib olinadi. Deyarli har kuni Didro imperator xonim bilan ikki-uch soatlab ba h slar va suhbatlar qiladi. Suhbatlarda Rossiya va dunyodagi mamlakatlarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, falsafiy muammolari ko‘tariladi. Didro suhbatlarda monarxiya boshqaruvining ko‘pgina sohalari bo‘yicha takliflar beradi. Jumladan, konstitutsiyaviy – monarxiya boshqaruv i ni, uni esa xalq tomonidan saylanishini, krepostnoylik huquqi, yerga feodal xo‘jayinlikdan voz kechish, ijtimoiy qatlamlar huquqini tenglashtirish, burjuaziya asosida iqtisodiyotni boshqarish kabilardir. Yekaterina ushbu takliflarni so‘zda tasdiqlab, xayrixohlik bildirsa ham, hayotga tatbiq etish tarafdori emas edi. Xalqni ma’rifatli qilishdek dolzarb taklif ham, oxiriga yetkazilib bajarilmagan edi. Hatto, Didro Rossiyada xalqni ma’rifatli qilishning rejalarini tuzib , uni bepul amalga oshirish kerakligini uqtirgan. Uning takliflari negizini ma’rifatparvarlik tashkil etgan bo‘lib, bu Rossiyada o‘sha paytda xayoliy gap edi. Hokimiyat boshqaruvini chegaralash uchun uni xalqqa berish lozim. Xalq ichidan saylangan deputatlar yoki fuqarolar yig‘ini davlat rahbari irodasini qabul qilish kerakmi yoki yo‘qmi, uni shu organ yechishi kerak. Lekin Didro fikrlari qabul qilinmadi. Bunga Didro ning Yekaterinani 1767 yilda yozilgan rus davlatini ng kodeksi haqidagi “nakazi” (buyrug‘i)ga qilgan salbiy mulohazalari ta’sir etgan bo‘lishi lozim. Yekaterina II Didroni so‘ngra aqliy yondashmaslikda, sharoitni bilmaslikda, ehtiyotsizlikda ayblab u ning do‘sti M.Grimmga xat ham yozdi. Didro Rossiyadan xafa bo‘lib qaytdi. Chunki, Ensiklopediyani Rossiyada qanchalik harakat qilinmasin chop etish muvaffaqiyatsiz tugadi. Rossiyadan qaytgan Didro umrining so‘nggi yillarini Fransiyada o‘tkazdi. Umrining oxirgi yillarida deyarli hech qanday asarni ham nashr ettirmadi. 1784 yil ning 31 iyulida buyuk mutafakkir hayotdan ko‘z yumdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Didroning ijodiy- falsafiy qarashlari tarixiy sharoitdan kelib chiqdi. Shu bilan birga uning falsafiy qarashlari o‘ta ziddiyatli tavsifga ham egadir. Bunday bo‘lishi o‘sha davr uchun tabiiy edi. XVI asrning oxirida Gollandiyada, XVII asrda Angliyada, XVIII asrda Fransiyada inqilob lar bo‘ldi. Natijada davlat boshqaruvida iqtisodiy, siyosiy jarayonlargina o‘zgarmadi, balki inson fikrlari ham shiddat bilan o‘zgardi. Didroni falsafaning azaliy muammolaridan bo‘lgan materiya va uning harakati to‘g‘risidagi ijodiga to‘xtaladigan bo‘lsak, materiya – mavhum hajm va geometrik jism emas, balki alohida, bizni o‘rab turgan aniq jismlardir. Materiya kichik molekula va atom zarrachalaridan iboratdir. Atomlar esa bo‘linmasdir. Bu qarashlar Didro yashagan davrdagi materialist faylasuflar ta’limotiga ham taalluqlidir. Didroning fikricha, tabiat mangu va cheksizdir. U yaratilgan emas. G‘ayri-tabiiy kuchlar to‘g‘risidagi uydirmalarga ishonish kerak emas. Bizni o‘rab turgan tabiatdan boshqa olamda hech narsa yo‘q. Shu tabiatdan tashqarida biror kuchning o‘zi yo‘q. Faylasufning ta’kidlashicha, materiya kabi harakat ham abadiydir. Sukunat esa nisbiydir, vaqtinchadir. Olamda paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lishdan boshqa narsa yo‘q. Olam ham, dunyo ham sekinlik bilan davom etadigan evolyutsion jarayondan iborat. Hayvonot olamining qator bosqichlarini boshidan o‘tkazib, hozirgi holatiga ega bo‘lgan odamlarda tabiiy rivojlanishning oliy stixiyali ko‘rinishi seziladi. Olamdagi barcha narsa lar va hodisalar sababiy (deterministik) bog‘lanish hamda aloqadadir. Sababiy bog‘lanish va aloqadorsizliklarsiz biror narsa va hodisa paydo bo‘lmaydi. Didroning ijodiy fikricha, sababiy bog‘lanishlarsiz taraqqiyot ham yo‘q. Taraqqiyot ushbu bog‘lanish va aloqadorliklarga bog‘liq. Tabiat va jamiyat, inson tafakkuridagi sababiy bog‘lanishlar umumiy rivojlanishning asosini tashkil etadi. Materiya va uning xususiyatlari haqida to‘xtalganda Didro notirik materiyadan, ya’ni sezmaydigan materiyadan sezadigan, tirik materiyaga o‘tishni asoslashga harakat qilib o‘z fikrlarini baralla bayon qilgan. His- tuyg‘u, sezish jonli organizmlarga xos xususiyat ekanligini e’tirof etgan. Shu bilan birga materiyada umumiy sezishga o‘xshagan holat borligini ham eslatib o‘tadi. Mutafakkir olamda zaruriyat hukmronligini targ‘ib qiladi. Sababiy bog‘lanishlarning barchasi ham zaruriyatdan iboratdir. Binobarin, sovet davridagi adabiyotlarning ba’zilarida Didro va boshqa materialistlar to‘g‘risida fikr yuritilganda, ularni ng ta’limotida kishilar ongi va faoliyati, harakati inkor qilingan, deb ta’kidlaydilar. Fikrimizcha , bunday holatlar Didro va boshqa o‘sha davr mutafakkirlariga bildirilgan sub’yektiv yondashishlarning oqibatidir. Didro ijodida olamni bilish muammosi ham markaziy o‘rinlarni olgan. Didro olamdagi narsa va hodisalarni insonlar bila olishiga shubha qilmadi. U idealistik ta’limotlardagi agnostitsizm va skeptitsizmlarning qonun- qoidalarini qabul qilmadi. Faylasufning ta’kidlashicha, dunyoviy ilmlardan barcha insonlar bahramand bo‘lishi lozim. Bu sohadagi barcha harakat birlashtirilsa, u holda , tabiatdagi barcha jarayonlarni bilish tezlashgan bo‘lur edi. Insoniyat tabiatni bilmasligi tufayli ko‘pgina qiyinchiliklarga duchor bo‘lib kelayapti. Tabiatning oliy mavjudoti inson bo‘lib , undagi sezgilar bilish uchun quroldir. Bu o‘rinda idealistlardan J. Berkli ta’limotiga qarshi chiqib, sezgilar faoliyatini noto‘g‘ri baholanganligini isbotlaydi. Mazkur sohada fikr yurituvchi idealistlar tizimi ni e’tirof etmaydi. Jumladan, u shunday fikr aytadi: “Faqat o‘zlarining mavjudligini va ichimizda almashinib turuvchi sezgilarning mavjudligini ma’lum deb bilib, bulardan boshqa hech bir narsaning mavjudligini e’tirof qilmaydigan faylasuflarni idealist deb, ataydilar. Mening fikrimcha, bunday ajoyib va g‘aroyib sistemani, garchi eng bema’ni sistema bo‘lsa ham, uni rad qilish hammadan ko‘ra qiyinroqdirki, bu hol inson aqli uchun, faylasuf uchun isno d dir 1 ”. Bunday qarashlar fransuz materialistlari ijodiga tegishlidir. Ular qat’i fikrda turib bilish muammosini himoya qilib chiqdilar. Sensualistik materializm nuqtai – nazaridan turib idealizmni tanqid qildilar. Bilishning manbai sezgilardir. Sezilishning manbai esa ob’yektiv reallik bilan bog‘liqdir. G‘oyalarning barchasi sezgilarning natijasidir. Sezgilar orqali moddiy olamning ta’sirini sinab turamiz, ana shu jarayon tufayli narsa va hodisalar miyamizda o‘z aksini topadi. Natijada bilish paydo bo‘ladi. Bilish bu narsa ning siymo s ini aniqlashdir. Didro ning fikricha, jon bu – sezgilar yig‘indisidir. Sezgi tana faoliyatini boshqaradi. Ob’yektiv olamda bilish insonni aql-farosatiga ham bog‘liqdir. Aql-farosat ham sezgiga bog‘liq bo‘lib, u tashqi olam ta’sirida miyada tafakkur, xotiralash, mulohaza yuritishlarni keltirib chiqaradi. Sezgilar - tafakkur manbai. U bilishning pastki bosqichi bo‘lsa , tafakkur oliy bosqichidir. Ma’lumki, inson faoliyatida haqiqat muammosi ham dolzarbdir. Didro o‘z ijodida haqiqatga erishishning birdan-bir yo‘li bilish nazariyasidir, deydi. Uning fikricha, haqiqat fikr va g‘oyalarning bilish ob’yektlariga mos kelishiga bog‘liqligidadir. Haqiqatga erishish turli tabiat fanlari orqali amalga oshadi. Haqiqatni bilish bu tabiatni bilish demakdir. Didro haqiqatga erishishda kuzatish jarayonini e’tiborga oladi. «Bilish uchun deydi u, bizning ixtiyorimizda uchta asosiy usul bor: tabiatni kuzatish, fikr yuritish va tajriba qilish. Kuzatishda fikrlar to‘planadi. Fikr yuritishda ular tartibga solinadi. Tajribada tartibga solingan fikrlar natijasi tekshirib ko‘riladi 1 ». Demak, haqiqatga erishishning asosiy yo‘li tajriba hamdir. Haqiqat o‘lchovi tajribadir. Didro ijodi ning falsafasi jamiyat taraqqiyotiga ham qaratilgan. Ammo, Sobiq sovet ittifoqi davridagi darslik va monografiyalarda bu jarayon hisobga olinmaydi. Didroni ham boshqa fransuz materialistlari singari jamiyatni 1 Didro asarlarining mukammal to‘plami. Parij : J.Aseyez nashri , 1875, 1– tom , 304- bet . tushunishda metafizik, idealist, deb bo‘rttirib ko‘rsatadilar. Aslida esa Deni Didro jamiyat taraqqiyotini o‘z davridan kelib chiqib baholagan. Didro tomonidan jamiyatda yashagan kishilarni ma’rifatli kishi bo‘lishini talab qilinishi jamiyatdagi barcha hodisalarning to‘g‘ri tahlil qilinganligidan dalolatdir. U jamiyatdagi yaxshilik va go‘zallikni targ‘ib qilish uchun estetika to‘g‘risida fikr yuritadi. Bu sohalar uning «Ensiklopediya»dagi «Go‘zallik» (1751), «Tasviriy oyna san’at tajribalari» (1765), «Aktyor to‘g‘risida paradoks» (1773) va boshqa asarlarida o‘z aksini topgan. Boshqa fransuz materialistlari singari Didro ham shaxs ijtimoiy shart- sharo i tning mahsulidir , deydi. Uningcha , shu ijtimoiy hayot qanday bo‘lsa, insonlar ham shunday bo‘ladilar. U o‘z mamlakatidagi tartibsizliklarni o‘sha paytdagi din ta’siridan, deb bildi. Din faoliyatini ayovsiz tanqid qilib , cherkovni hukumatdan ajratishni talab qiladi. M aorif tizimi dan ruhoniy nazoratini uzoqlashtirish tarafdori bo‘lib chiqdi. Jamiyatni olg‘a qarab borishi diniy e’tiqodlarni uzoqlashtirishga bog‘liq. Jamiyatni boshqarish ma’rifatli hukumatga bog‘liqdir. U shu davrdagi sharoitdan kelib chiqib, ikki-uch asrdan so‘ng dinga bo‘lgan munosabat, qiziqish yo‘qoladi va natijada din ham inqirozga yuz tutadi, deydi. Jamiyat esa dahriylar jamiyatiga aylanadi. Jamiyat taraqqiyotida axloq muhim rol o‘ynaydi. Feodalizm esa axloqsizlikni keltirib chiqaradi, shu sababli feodalizm insonlar talabini qondirmaydi. Feodalizmda tarbiyalangan kishilar tabiat talabiga javob bermaydi. Buning muhim sababi ommaning savodsizligi, boylar va din peshvolarining xiyonatkorligi, aldamchiligidir. Feodalizm jamiyati tasodifiy jamiyatdir, o‘tmishning xatosidir. Shu sababli feodalizmni yangi jamiyat bilan almashtirish lozim. Yangi jamiyat feodalizmga nisbatan takomillashgan yuqori axloqiy jamiyat bo‘lishi kerak. Bunday jamiyatga insonlar ma’rifat orqali erishadi. Didro o‘zining bunday qarashlari bilan Fransiyada yetishib kelayotgan inqilobiy harakatlarga o‘z hissasini qo‘shayotgan edi. Didroning ijodi XVIII - XIX asrdagi jamiyatshunoslar fikrini yanada mukammalashtirdi, aniq lashtirdi. Jamiyatning taraqqiyotini tushunishda uning inson haqidagi qarashlari muhimdir. Inson aql-farosati, shaxslarning fikri jamiyat tuzilishiga ta’sir etadi. Xalq va jamiyat axloqi inson axloqiga bog‘liq. Shu sababli, jamiyat tarixi xalq tarixi emas, balki buyuk shaxslar tarixidir, degan fikrlarni o‘rtaga tashladiki, bu fikrlar jamiyat taraqqiyotini tushunishda haqiqiy manbadir. Didro ta’limotida, marksistlar ta’ k i d lagan mavhum inson yo‘q. Balki aniq inson bor. Marksizm bu sohada ham Didro ta’limotiga bir yoqlama yondashadi. To‘g‘ri, uning ta’limotida jamiyat tabiat qonunlariga bo‘ysunadi, degan fikrlar mavjud. Bu aslida xolisona tahlilda haqiqatdir. Ba’zi tabiat qonunlari oldida insonlar kuchsizligi maxfiy emas. Albatta, bu bilan u, inson imkoniyatiga bepisand bo‘lgan, deyishdan yiroqmiz. Ma’rifatli jamiyatni ng boshqaruvchisi insondir, deb targ‘ib qilish insonlarga bo‘lgan hurmatning amaliy ifodasidir. Didro ijodida ham boshqa fransuz materialistlari kabi «ijtimoiy shartnoma nazariyasi» o‘rtaga qo‘yilgan desak, xato bo‘lmaydi. Ushbu nazariya monarxistik boshqarishga qarshi ishlab chiqilgan, nisbatan yangi progressiv nazariya edi. Bu nazariyada ko‘rsatilishicha, avvallari jamiyatda yashovchi kishilar o‘zaro teng bo‘lib, o‘zlari hamda boyliklari hamma vaqt xavf-xatarda yashar edilar. Keyinchalik, o‘zaro kelishgan holda shartnoma tuzib, shu asosda o‘z mol-mulkini, erkinliklarini qo‘riqlovchi jamiyat, davlat tashkil qiladilar. Bunda barcha xalq manfaati uchun ana shu davlat xizmat qiladi. «Ijtimoiy shartnoma nazariyasi»ning mohiyati davlat va kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi sababini xudo yoki dindan emas, balki, borliqdan, tabiatdan, deb ko‘rsatish edi. Ta’kidlash lozimki, Didro o‘zining barcha asarlarida jamiyat muammosining turli tomonlarini tahlil qilib, o‘zining ilg‘or fikrlarini o‘rtaga tashladi. Insonlarni yaxshilikka chorladi. Ularning aqliy qobiliyati erkinligi, tengligini, tajribaga ega ekanligini, tarbiyadagi e’tiborini yuqori baholadi. Jamiyatning iqtisodiy manfatlarini to‘g‘ri tushungan holda sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirishni targ‘ib qildi. Kishilarning ma’naviy erkinliklarini qo‘llab-quvvatladi. XVIII asr fransuz materialistlarining markaziy, eng yirik ma’rifatparvari sifatida shakllangan Didro ta’limotining ko‘pgina tomonlari hozir ham eskirgan emas. U o‘z falsafiy fikrlari bilan insoniyatni lol qoldirgan buyuk alloma sifatida tarixda qolgan. Uning ijodi va merosini o‘rganish foydadan xoli emas. Fransuz materialistlarining fikrlaridan xulosa qiladigan bo‘lsak, materiya cheksiz, benihoya ko‘p narsalar yig‘indisidir, moddiy dunyo asosidir. Ular o‘z ta’limotlarida harakat materiyaning mavjudlik formasi ekanligini yana bir bor tasdiqladilar. Materiya harakati fazo va vaqtda mavjudligini ko‘rsatdilar. Ilmiy bilishga asos soldilar. Lekin bu materializm mexani sti k va metafizik qarashlardan x oli emas. Umuman , xulosa qilib aytganda, fransuz falsafasi , ijodi moddiy dunyoni materialistik tushunishdagi asosiy manba hisoblanadi. Materialistik falsafaning namoyondalari qatoriga rus olimlaridan M. V. Lomonosov (1711-1765) , A. N. Radishchev (1749-1802)lar ni ham kiritish mumkin. M. V. Lomonosov tabiat hodisalarining asosida zarra harakati yotadi, deb o‘zining atom-molekulyar ( korpuskulyar ) nazariyasini yaratdi. Materiya atomlardan tashkil topgan, doim harakatda, fan buni o‘rganishi va bu sohadagi nazariyani kengaytirishi kerakligini ko‘rsatadi. Fazo va vaqt V. M. Lomonosov ning fikricha, materiyaning ajralmagan holda haqiqiy mavjudligini ko‘rsatuvchi dalildir. V. M. Lomonosov moddalarning saqlanish qonunini kashf qilish bilan moddiy dunyoning, ya’ni tabiat taraqqiyotidagi rivojlanish dialektikasiga asos soldi. Olimning fizika, ximiya, biologiya, geologiya va boshqa fan sohasidagi erishgan yutuqlari uning materialistik dunyoqarashiga dalil hamda asos bo‘ldi. Shunday qilib , XVIII asr materialistlari, o‘sha davrdagi tibbiyot fani erishgan yutuqlar asosida din va idealizmga qarshi chiqqanlar. Bu tarixiy haqiqat. Yangi davr falsafasi va nemis klassik falsafasida ijod muammolari Fransuz falsafasi bilan nemis klassik falsafasi ijodi XVIII asr oxiri XIX asr boshida vujudga keldi. Bu davrda Germaniyada kapitalizm endi vujudga kelayotgan, feodal munosabatlar yemirilayotgan edi. Nemis klassik falsafasi shu davrdagi burjua demokratik jarayonlar va inqilobiy qo‘zg‘olonlar ta’siri ostida vujudga keldi va rivojlandi. Nemis klassik falsafasining ijodkor namoyondalari nemis boylarining mafkurachilari sifatida maydonga chiqdilar. Germaniya boshqa G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga qaraganda bir muncha siyosiy va iqtisodiy jihatdan qoloq edi. Nemis boylar sinfi qo‘rqoq va kuchsiz edi. Ana shunday davrda oddiy til bilan aytganda, ko‘proq “Mayda ishlar va katta xayollar bilan shug‘ullanar edi”. Shu davrda Germaniyada Gyote, Shiller, Lessing kabi adiblar, Kant, Fixte, Gegel singari faylasuflar yetishib chiqqan edi. Bular ijodida nemis boylarining o‘zaro kelishuvchanligi, qarama-qarshi tabiati o‘z ifodasini topdi. Nemis idealizmining vakillari marksizmgacha bo‘lgan metafizik materializm kamchiliklaridan foydalanib, uni idealistik dialektika asosida tanqid qildilar va bir qancha dohiyona ijodiy fikrlarni berdilar, chunki bu falsafiy – ijodiy tizimni vujudga keltirgan olimlar tarixiy, tabiiy va ilmiy ma’lumotlarga suyanar edilar. Nemis klassik falsafasi boylar tafakkurining eng yuqori bosqichi bo‘lsa-da, lekin uning ijodkorlari o‘zlarining dialektik qarashlaridan kelib chiqadigan inqilobiy xulosalari oldida ojiz edilar. Nemis klassik falsafasining asoschisi I. Kant ( 1724-1804 ) publitsist ika , falsafa va huquq singari fanlar bilan shug‘ullan gan . U nemis boylarining mafkurach i si bo‘lgani uchun uning ijodi da nemis boylariga xos ikkilanish o‘z ifodasini topgan. Olim o‘z ijodida idealizm bilan materializmni, din bilan fanni kelishtirishga urinadi, ikkinchi tomondan, u narsa va hodisani bilishni inkor etadi ( agnostitsizm ) . Kant ijodi asarlarining yaratilishiga qarab ikki davrga bo‘linadi : “Tanqidgacha” va “tanqidiy davr”. Har ikki davrda ham materializm va idealizmni kelishtirishga urinadi. Birinchi davrda unda t abia t fanlar i ni o‘rganishi ta’sirida materialistik tomonlar kuchli edi. Ikkinchi davrda esa, idealistik g‘oyalar ustun keldi. Kant o‘z faoliyatini Nyuton ning kosmogoniyasini tanqid qilishdan boshlaydi. Nyuton olam tortishish qonunini o‘z davri holatidan kelib chiqib ifodalagan bo‘lsa, Kant uning paydo bo‘lish va rivojlanishidan boshlaydi. Nyuton ijodidagi xudoga bog‘lanishni fojea deb, bu masalani Demokrit, Epikurlar davomchisi sifatida tekshiradi. Quyosh tizim ining paydo bo‘lishini tumanlik kelib chiqishi bilan tushuntiradi va hech qanday turtki yo‘q deya, materiyani doimiy paydo bo‘lishi va yo‘qolib turish muammosini isbotla shga harakat qila di. Kant o‘z oldiga ilmiy bilish ning imkoniyati haqidagi muammoni vazifa qilib qo‘yadi. Uning fikricha, avval insonning bilish imkoniyatini tekshirishi kerak. Bu esa bilish jarayoni ni bilish lozim bo‘lgan narsalar bilan bir qator d a qo‘yishga olib keladi. Ammo , I. Kant tafakkurni chegaralab qo‘yadi. Uning ijodida , narsalarning voqeligi o‘z mohiyatidan farq qiladi. Ob’yektiv dunyo bor, lekin ular (narsa) o‘zida bo‘lib, uni bilish mumkin emas, deydi. Kantning bu fikri agnostitsizmga olib keladi. Kantning fikricha, voqelik tartibsiz bo‘lib, bizning ongimizgina tajriba bilan bog‘lanmagan holda u voqelikka umumiy zaruriy qonuniyatlar kirgizadi. Demak, Kantning fikricha narsa ong bilan muvofiqlashuvi kerak. Kant ning xizmati metafizik uslubni tanqid qilish va dialektik uslubga yaqinlashuvida, kishi tafakkuridagi qarama-qarshiliklarni e’tirof qilishidadir. Kant falsafasidagi idealizm va materializm soha lari nemis falsafasini ng rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning falsafasi G. Gegel idealizmi va Feyerbax materializmida namoyon bo‘ldi . Gegel ( 1770-1831 ) falsafasida nemis idealizmi eng yuqori cho‘qqiga chiqqan bo‘lib, falsafadagi yetakchi masala ob’yektiv idealizm asosida hal qilindi. U tabiat, jamiyat hodisalarining asosida dunyoviy ruh yotadi, deb tasdiqladi. Dunyoviy ruh birinchi, tabiat esa hosila, deydi. Gegel ijodining asosini mutlaq g‘oya tashkil qiladi. Gegel falsafiy tizim i bilan uning uslubi orasida ziddiyat bor edi. Bu ziddiyat nemis boylarining tabiatini, ya’ni bir tomondan, eskicha feodal munosabatlarga qarshi kurashi bo‘lsa, ikkinchi tomondan , o‘sib kelayotgan ishchilar sinfining harakatidan cho‘chishni ifodalar edi. Gegel falsafiy ijodida rivojlanish g‘oyasini ilgari suri li shi bilan dialektik uslubga olib keldi . Dialektik uslub Gegel ijodining ratsional mag‘zini tashkil qiladi. Gegel dialektik harakatning umumiy shakllarini birinchi bo‘lib to‘la-to‘kis va ongli ravishda tasvirlab bergan. Gegelning boy mazmunga ega bo‘lgan keng va chuqur rivojlanish haqidagi ta’limotiga ko‘pgina faylasuflar ijobiy baho bergan. Gegelning pastdan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab boruvchi dialektik rivojlanish haqidagi ta’limoti metafizik ta’limotga ber il gan zarbadir. Gegel dialektikaning qonunlarini, garchand idealistik asosda bo‘lsa ham, birinchi bo‘lib ta’riflagan. Ziddiyatlarning realligini e’tirof etib, metafizikaga qarama-qarshi bo‘lgan fikrni bergan Gegel , ziddiyat harakat va rivojlanishning ichki manbaini tashkil etishini, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi dialektikaning asosiy qonuni ekanligini isbotlaydi. Gegel rivojlanishning asta-sekin mi q dor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishiga sakrashlar orqali o‘tishini tasniflab, dialektikaning miqdor o‘zgarishidan sifat o‘zgarishiga o‘tish qonunini asosladi. Rivojlanishda eski bilan yangi o‘rtasidagi bog‘lanish mavjudligini va rivojlanishning yuqori bosqichida inkor etilayotgan quyi bosqich ijobiy mazmunining saqlanishini isbotlab, inkorni inkor qonunini ochdi. Gegel dialektikaning asosiy qonunlaridan tashqari, sabab va oqibat, ziddiyat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik, mazmun va shakl, mohiyat va hodisa kabi dialektika kategoriyalarini ham tavsiflab berdi. Bular Gegel ijodi ning ilg‘or tomonlari va uning asosiy xizmatlaridir. Gegelning xizmati yana shundaki, u birinchi bo‘lib, butun tabiiy, tarixiy va ma’naviy dunyoni bir jarayon shaklida, ya’ni uzluksiz harakat qilib, o‘zgarib, qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan holda ko‘rsatadi va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bog‘lanishini nazariy jihatdan ochib berishga urinadi. Gegelning vazifani amaliy jihatdan hal qilmaganligining bu yerda ahamiyati yo‘q. Uning tarixiy xizmati bu vazifani o‘rtaga qo‘yganligida edi. Gegel ijodining asosiy yutug‘i falsafiy tizimidir. U ob’yektiv idealist bo‘lganligi uchun materializmga qarshi edi. U moddiy dunyoni mavhum g‘o yaning mujassami, uzluksiz rivojlanish jarayoni real dunyoga emas, mutlaq ruhga xos deb, dunyoning asosi ham shu ruh , deb bildi. Gegelnin g fikricha, voqelikni yaratuvchi ham mutlaq g‘o yadir. Gegel tizimida mutlaq g‘oya o‘z rivojlanishida uch davrni boshidan kechiradi: 1) g‘ oya: tabiatdan oldin paydo bo‘lgan tafakkur holatida yashaydi. U insondan oldin paydo bo‘lgan. Uning fikricha, kishi ongidan tashqarida yashovchi mavhum tafakkur- mutlaq g‘oya yotadi. U buni «Logika» kitobida ifodalagan. Mutlaq g‘oya o‘z rivojlanishining muayyan ikkinchi bosqichida o‘zining qarama-qarshisiga - tabiatga aylanadi. Ya’ni o‘zini begonalashtiradi. Uchinchi davrda kishi tafakkuri ijtimoiy ongning turli shakllarida o‘z ifodasini topadi va mutlaq haqiqatga erishadi . Sh u bilan mutlaq g‘oya ning rivojlanish davri tugaydi, natijada rivojlanish bekik doiraga aylanadi. Gegel o‘z ijodida davlat va huquq, estetika, din falsafasi masalalariga to‘xtalib, bu sohada ham o‘zining idealistik fikrlarini beradi. Nemis falsafasining yirik vakillaridan biri Lyudvig Feyerbax ( 1804-1872 ) edi. U Gegel va Kant idealizmini tanqid qilib, XVII asr materializmining ilg‘or urf- odatlarini tikladi va rivojlantirdi. Bu davrda - XIX asrning ikkinchi choragida Germaniyada sanoat kapitalizmi kuchaygan, jamiyat tarixida ikki sinf – b oylar va ishchilar sinfining o‘sish davri edi. Boylar bilan boylar va b oylar bilan ishchilar o‘rtasida sinfiy ziddiyatlar kuchaygan edi. Bularning hammasi Germaniyadagi g‘oyaviy kurashning kuchayishiga olib kelgan edi. Bu kurash Gegel ijodini tushkunlikka tushishida o‘z ifodasini topdi. Bu davrdagi yosh gegelchilar orasida Feyerbax ham bor edi. U birinchi bo‘lib Gegel idealizmiga qarshi chiqib, materializm bayrog‘ini ko‘tardi. U idealizm va diniy sohlarni tanqid qildi. Ijobiy g‘oyalarni esa targ‘ib qildi. 1839 yili «Gegel falsafasining tanqidi», 1841 y ilda «Xristianlikning mohiyati» degan asarlarini yozdi. Feyerbaxning bu asarlari dahriylik g‘oyalarni o‘rtaga qo‘yilishida katta rol o‘ynaydi. Feyerbax materiyaning doimiy uzluksiz harakatdaligini, tabiat, materiya birlamchi, ong, ruh ikkilamchi ekanligini ta’kidlaydi. U falsafaning asosiy masalasini materialistlarcha hal qiladi. Materializmni yangi pog‘onaga ko‘taradi, unga tabiiy ilmiy asos beradi. U mexanistik materializm tabiatan qotib qolgan, harakatsiz, degan qarash o‘rniga tabiat rang-barang, deb qaradi. U o‘zining ilmiy ijodi orqali bilish nazariyasini materializm asosida rivojlantirdi. Feyerbax Kant agnostitsizmini tanqid qilib, dunyoni bilish mumkinligini isbotladi. Uning fikricha, bilish jarayoni sezgilarga, keyin esa tafakkurga o‘tish yo‘li bilan ob’yektiv haqiqatni bilishdan iboratdir. Feyerbax Gegel dialektikasining ratsional mag‘ziga to‘g‘ri baho bermadi, uning idealizmi bilan dialektikasini qo‘shib uloqtirdi. Feyerbaxning kamchiligi shuki: u tabiatga va bilish jarayoniga tarixan yondashmadi, bilish jarayonida jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga o‘tish dialektikasini va amaliyotning rolini metafiziklarcha tushuntirdi. Ya’ni bilishning sub’yekti qilib tarixiy-ijtimoiy munosabatdan tashqaridagi mavhum insonni oladi, kishilarni biologik tarzda tushunadi, lekin ular orasidagi sinfiy munosabatni ko‘rmaydi. Inson harakati faoliyatini ko‘rolmadi. Feyerbax materialistik tizimni kishi fiziologiyasi va ruhiyati asosida ko‘rishga intildi. U dinni jaholat va qorong‘ulik, deb tushundi, lekin uning ijtimoiy mohiyatini tushuntira olmadi. U ijtimoiy hodisalarga materializmni tatbiq eta olmadi. Shunday qilib, Feyerbax Gegel falsafasining asl mag‘zini uloqtirdi. Dinga qarshi chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi faylasuflar uning ijobiy tomonlarini ko‘rsatdilar. Falsafani yanada yuqori pog‘onaga XIX asr oxiridagi rus faylasuf- demokratlari V. G. Belinskiy (1811-1848), A. I. Gertsen (1828-1889), N. A. Dobrolyubov (1836-1861), N. G. Chernishevskiy (1828-1880), D. I. Pisarev (1840-1868) lar ko‘tardilar. Bu faylasuflar o‘z ijodlari bilan o‘tmish faylasuflaridan shu bilan farqlanadilarki, ular ezilgan omma mafkurachilari sifatida maydonga chiqqanlar. Rus revolyutsion demokratlarining xizmati shundaki, ular materialistik mazmunga ega bo‘lgan inqilobiy nazariyalarni olg‘a surdilar. Ular Gegel dialektikasidan foydalanishda uni tanqid qilish bilan birga «falsafaning algebrasi» Gertsen , deb bildilar. Ular dinga qarshi kurashdilar. Ular ommaning ozodlikka erishishining yagona yo‘li inqilob, degan g‘oyani ilgari surdilar . Ularning falsafiy asarlari chuqur ilmiy asosdagi dohiyona asarlardir. Falsafaning asosiy masalasi - tashqi dunyoning moddiyligi va ongning ikkilamchiligini hal qilishda Gegelni tanqid qilib, ruh va tafakkur materiya mahsulidir, materiya birlamchi, ong esa uning mahsulidir, deya tushuntirdilar. Ularning fikricha, materiya bu mavjud haqiqatdir, uni hech vaqt yo‘q qilib bo‘lmaydi. Masalan, A. I. Gertsen shunday deydi: «Xohlaganingcha moddani abstraktlashtirishing mumkin, lekin uni hech vaqt yo‘qota olmaysan 1 » . 1. Filosof . izbr. proizv. T. 1. str. 151, 280. Gertsen ijodi va falsafasi dialektikani materialistik asosladi, falsafani tabiat qonunlarigagina bog‘lab qo‘ymay, jamiyat qonuniga ham mosladi. Gertsen dialektik uslub va amaliy faoliyatlarning birligini ham ko‘rsatdi. Insonning amaliy faoliyati tarixiy ijodiy kuchlardan iboratdir, deydi u. Shuningdek, a maliyot bilan nazariya birga borishi kerakligini ta’kidladi, dunyoni qayta qurishda falsafa ilmiy qurol ekanligini ko‘rsatdi, lekin bu fikrni oxiriga yetkaza olmadi. Bunga sabab Rossiyaning ijtimoiy qoloqligi edi. Falsafa tarixida Gertsen dialektikani ilmiy ravishda asosladi, u metafizik qarashga qarshi chiqdi, tabiat va jamiyat hodisalarini bir-biriga bog‘liq ravishda, o‘zaro ta’sirda ekanligini ko‘rsatdi. Gertsen, umumiy jamiyatda ham har bir hodisa boshqa hodisalar bilan bog‘langan bo‘lib, falsafani ng vazifasi ana shu bog‘liqlikni ochishdir, tabiat va jamiyat taraqqiyoti jarayoni eskining o‘lishi bilan yangining paydo bo‘lishidagi kurashdadir, degan edi. Ko‘rinib turibdiki, uning uslubi inqilobiy tavsifda edi. Shunday bo‘lishiga qaramay , u jamiyatning taraqqiyotida hal qiluvchi kuch, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabati ekanligini ko‘rsata olmadi . Xuddi shuningdek, Gertsen kabi Belinskiy, Dobrolyubov, Chernishevskiylar ham materiya birlamchi , ong ikkilamchi, tabiat va jamiyat hodisalari, o‘sib, o‘zgarib turadi, ular o‘zaro bog‘liq, deb idealistik qarashga qarshi chiqdilar. Jamiyat bir-biriga qarama-qarshi ikki sinfdan tashkil topgan, kishilik jamiyati tarixi mana shu sinflarning o‘rtasidagi kurashni o‘z ichiga oladi, deb ko‘rsatdilar. Ular jamiyat taraqqiyotini dialektik asosladilar, lekin shu bilan birga, progressiv hal qiluvchi kuch dehqon sinfidir, deyishdilar. O‘rta asr va yangi davr Yevropa ijodi va falsafasini o‘rganish hozirgi davr uchun muhim ahamiyatga egadir. Chunki, falsafa o‘tmishda o‘zining shakllanishi uchun tarixiy davrlarni boshidan o‘tkazgan. Uning ba’zi muammolari hayot chig‘iriqlaridan o‘ta olmagan. Natijada, yangi muammolarni keltirib chiqargan va o‘rtaga qo‘ygan. Har bir davr o‘zining yutuqlariga ega bo‘lishi bilan birga kamchiliklariga ham egadir. Falsafa tarixini va o‘sha davr ijodini o‘rganish hozirgi zamon kishilarining falsafiy tafakkurining rivojlanishiga asos bo‘ladi. Ma’lumki, falsafa tarixida tizim va oqimlarni yaratgan allomalar oz emas. Ularning ko‘pchiligi falsafa tarixida o‘chmas iz qoldirganlar. Ular qoldirgan falsafiy merosning, ijodning jiddiy ahamiyati shundaki, bu falsafiy merosni, ijodni hozirgi kun falsafasi va ijodi bilan solishtirgan holda yangi falsafiy nazariyalarni, yangi ijod namunalarini yaratish mumkin. Shuningdek, mazkur manbalar ma’lum ma’noda qadriyatlar hisoblanadi. Bu qadriyatlarning aksariyat qismi inson faoliyati bilan bog‘liq. Uning tarbiyasi, dunyoqarashiga aloqador. Shu sababli ham Yevropa falsafasi durdonalaridan foydalanish insonlarning, ayniqsa, yoshlarning falsafiy va ijodiy saviyasini oshirishga yordam beradi. Nazariy va amaliy faoliyatini mustahkamlaydi. Tayanch tushuncha va iboralar: Ijtimoiy ong, “Oy xudoning otasi”, “Arfist qo‘shig‘i”, Fales ta’limoti, Anaksimen, Milet maktabi, Pifagor, Sofist, Levkipp, Geraklit, Protogor, Platon, Arastu, ideal davlat, Demokrit, Lukretsiy Kar, Kopernik, Bekon, Gobbs, Dekart, Spinoza, Berkli, Volter, Didro, Lomonosov, Kant, Gegel, Feyerbax, Gertsen, dialektik uslub. Foydalanilgan adabiyotlar r о `yxati: 1. О `zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. -T. “ О `zbekiston”, 2009 2. Karimov I.A. О `zbekiston: milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. 1-jild, - T. “ О `zbekiston”, 1996. 3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild, -T. “ О `zbekiston”, 1996. 4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild, -T. “ О `zbekiston, 1996. 5. Karimov I.A. Bunyodkorlik y о `lidan. 4-jild, -T. “ О `zbekiston”, 1996. 6. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot. 6-jild, -T. “ О `zbekiston”, 1998. 7. S. Xantington “Stopknoveniye sivilizatsiy ? // Polis, M, 1994. 8. SemenovY.N. Sotsialnaya filosofiya A.Toynbi. M., 1980. 9. Sorokin P. Chelovek, sivilizatsiya, obhestvo. M., 1992. 10. T.S. Pilye “ Falsafa tarixi” T., “Sharq” – 2002 y. 11. Tatsit Korneliy Sochineniya v 2-x tomax. L., 1969. 12. Toynbi A. Postijeniye istorii. M., 1991.