logo

Gidro elektr stansiyalari (GES). Suv yig’ish elektr stansiyalari (SyES, GAES). MGD-generator

Yuklangan vaqt:

30.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

458 KB
Gidro elektr stansiyalari (GES). Suv yig’ish elektr stansiyalari (SyES, GAES). MGD-generator Reja: 1.Gidro elektr stansiyasining ishlash prinsipi. 2.Gidro elektr stansiyalarda to’g’on qurish va tayziq hosil qilish jarayoni. 3.Turbinalarning gidro elektr stansiyasidagi o’rni. 4.O’zbekistonda mavjud gidro elektr stansiyalar. Suv yig’ish elektr stansiyalari (SyES, GAES). 5.Suv to’lqini elektr stansiyalari (STES). MiniGESlar va ularning ishlash jarayonlari. MGD-generator va uning ishlash prinsipi. GES suv energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi. Uning ish asoslarini o’rganuvchi fan gidravlika deb nomlanadi, u o’z ichiga gidrostatika (suyuqliklarni muvozanat holatlari) va gidrodinamikani (suyuqliklarni harakatlarini) oladi, kesilish suv oqimining quvvati - ma’lum tabaqa orqali oqayotgan, suv sarifi Q qurilgan to’g’on suv havzasining yuqori oqim balandligi va past oqim balandliklari orqali ifodalanadi. YUqori va past havzalar darajalarning farqi tayziq deb ataladi. Oqimning tabaqadagi quvvvatini (kVt) sarf (m 3 /s) va tayziq (m) orqali hisoblashimiz mumkin. P = 9 . 81 / QH GES dvigatellar, gidrotexnik qurilmalar, turbinalar va generatorlarda sodir bo’layotgan quvvat yo’qotishlari tufayli, suv oqimi FIK ɳ ni hisobga olgan holda quvvatini faqat bir qismidagina foydalanish mumkin. GES ning taxminiy quvvati P = 9 . 81 / QH ɳ Tayziq N tekislidagi daryolarda to’g’on orqali amalga oshiriladigan, tog’li joylarda anlanma o’zanlardan foydalaniladi, ular og’dirgich deb nomlanadi. Gidravlik turbinalarda suv energiyasi turbina valini aylantirib mexanik energiya hosil qiladi va o’z navbatida elektr energiyasi hosil qilinadi. Agarda turbinada suvni dinamik bosimidan foydalanilsa u aktiv turbina deb ataladi, statik bosimdan foydalanilsa reaktiv turbina deyiladi. Aktiv turbina cho’michida torayuvchi kiydirmada - soploda, gidrostatik bosimning potensial energiyasi suv harakatining kinetik energiyasiga to’liq o’tadi. Turbinaning ishchi g’ildiragi disk, atroflariga cho’michsimon kurakchalar joylashtirilgan ko’rinishida yasaladi. Suv, kuraklar yuzasidan o’tib, harakat yo’nalishini o’zgartiradi. Bu erda kuraklar yuzasiga ta’sir etuvchi markazdan qochma kuchlar hosil bo’lib suvning harkat energiyasi turbina g’ildiragini aylantiruvchi energiyaga aylanadi. Rasm 19. Tayziq hosil qilish sxemasi: a) to’g’on yordamida; b) aylanma o’zan yordamida; 1-kanal; 2-tayziq havzasi; 3-turbina suv og’dirgichi; 4-GES binosi; 5-daryo o’zani; 6-to’g’on. Reaktiv gidravlik turbina ishchi kuraklarida suvning ham kinetik, ham potensial energiyalari turbinani mexanik energiyasiga aylantiriladi. Turbina ishchi kuraklariga kelayotgan suv ortiqcha bosimga ega bo’lib, ishchi g’ildirak yo’lidan o’ta borib kamayadi. Bu erda suv turbina kuraklariga reaktiv bosim bilan ta’sir etadi va suvning potensial energiyasi turbina ishchi g’ildiragining mexanik energiyasiga aylanadi. Reaktiv turbinaning ishchi g’ildiragi, aktivdan farqli o’laroq, to’liq suvda joylashgan bo’ladi. Elektr stansiyalarda turbina va generator umumiy val bilan biriktirilgan. Ularning aylanish chastotalarini ixtiyoriy tanlash mumkin emas. Ular generator rotorining qutublar juftligi soniga va o’zgaruvchan tokning standart chastotalariga mos kelishi kerak. Past chastotalarda aylanuvchi turbinalar tannarxi qimmat bo’lib, ular katta joyni egallashni ham hisobga olish kerak. Maqbul qiymatlarga yaqin agregat tezliklarni olish uchun, katta bosimlarda tez aylanish koeffitsenti kichik bo’lgan turbinadan va katta bosimlarda esa bu koefitsentini katta qiymatlardan foydalaniladi. Turli xil tabiiy sharoitlarda bunyod etiladigan GES larning turbinalari konstruktiv ishlash jihatidan turlicha bo’ladi. Turbina quvvati bir necha kilovattdan 500 MVt gacha, aylanish chastotasi 16 2/3 dan 1500 min -1 gacha bo’ladi. Oxirgi vaqtlarda gorizontal agregatlar (kapsulalar) qo’llana boshladi, ularda generator suv o’tmaydigan germitik kapsulaga joylashtirilgan. Bu agregatlar gidravlik xususiyatlarining yaxshiligi hisobiga ularning FIK yuqori (95-96%). Gidroelektr stansiya (GES) - suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlar i toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon yonidagi GESlarda toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetrokda; 3) toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo oʻzanida quriladigan GES larda suv bosimini toʻgʻon hosil qiladi. Bunday GES lar suvi koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga quriladi. Bularga Qayroqqum, Tuyamoʻyin va Chordara GESlarini koʻrsatish mumkin. Derivatsion (GES ning stansiya uzeliga suv kuvurlari, kanal yoki tunnel vositasida olib kelinadigan) GESlar oʻrta va yuqori bosimli boʻlib, bosim derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Bunday GES larga Chorvoq, Farhod va Boʻzsuv kanalidagi GESlar kiradi. Aralash GES larda bosim, asosan, daryodagi gidrotexnika inshootlari va qisman derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. GES inshootlari majmuiga daryo oʻzanini toʻsib bosim hosil qiladigan bosh inshoot (toʻgʻon), GES binosiga suv yetkazib beradigan kanal, stansiya bosim uzeli (SBU) yoki bosim suv quvuri, suv sathini va sarfini tartibga solib turadigan, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va b. avtomatik qurilmalardan iborat inshootlar; suv energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirib beradigan gidroagregat (turbina bilan generator) oʻrnatilgan mashina zali va foydalanib boʻlingan suvni chiqarib tashlaydigan inshootlar kiradi. Maxsus gidrotexnika inshootlari bilan GES turbinalariga keltirilgan suv turbinaning ish gʻildiragini, unga oʻrnatilgan oʻqni va oʻq bilan biriktirilgan generatorni aylantirishi natijasida elektr energiya hosil boʻladi. Elektr energiya maxsus qurilmalar vositasida isteʼmolchilarga yetkazib beriladi. Hozir barcha GESlarning ishi avtomatlashtirilgan. Bir necha avtomatlashtirilgan GES lar uzoqdan turib (qoʻshni GES dan yoki energosistemaning boshqarish pultidan) boshqariladi. GESning belgilangan quvvatiga koʻra kam (5 MVt gacha), oʻrta (5—25 MVt) va katta (25 MVt dan yuqori) quvvatli xillarga boʻlinadi. Daryoning energetika resurslaridan toʻlaroq foydalanish uchun GES lar kaskad tarzida, yaʼni daryo oqimi boʻyicha maʼlum masofada joylashtiriladi. Bunday GES kaskadlariga Oʻzbekistondagi Toshkent (Boʻzsuv, Boʻrijar, Oqtepa, Shayxontohur GES lari); Qodriya (Qodriya, Qibray, Salar, Oqqovoq-2); Chirchiq (Tovoqsoy, Oqqovoq); Quyi Boʻzsuv (GES-14, GES- 18, GES-19, GES-22, GES-23); Oʻrta Chirchiq (Chorvoq, Hojikent, Gʻazalkent); Shahrixon (GES5A, GES-6A, GESYUFK-1, GES-4A YUFK-3); Samarkand (GES-1B, GES2B, GES-ZB, GES-5B) GES kaskadlari kiradi. GES lar ichida gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiya (GAES) va koʻtarilish suv elektr stansiya (PES) alohida oʻrin tutadi. GAES lar yirik energetik tizimlarda koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlardagi energiyani toʻldirib turish uchun quriladi. GAESning energiyani akkumulyatsiyalash xususiyati energetik tizimdagi baʼzi vaqt oraligʻida boʻsh boʻlgan elektr energiyadan foydalanishga asoslangan. Bu vaqtda GAES nasos rejimida ishlab, suvni pastki hovuzdan yuqorigi hovuzga haydaydi; tigʻiz vaqtda esa yigʻilgan suvdan elektr energiya hosil qiladi. Oy va Quyosh gravitatsiya kuchlari suv massasini tortishi natijasida dengiz yoki okean suvlari sathi sutkada bir vaqtda ikki marta dam koʻgariladi, dam pasayadi. Ana shu koʻtarilgan suv energiyasini PES elektr energiyasiga aylantiradi. Bularda elektr energiya ishlab chiqarishda jiddiy farq yoʻq. Alohida GES yoki GES kaskadi, odatda kondensatsiyey elektr stansiya (KES), issiqlik elektr markazi (TETS), atom elektr stansiya (AES) bilan bir tizimda ishlaydi. Bunda energosistemadagi nagruzka grafigini qoplashda qatnashishiga qarab GES bazisli, koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlarida ishlaydigan boʻlishi mumkin. GESlar elektr energiya berish bilan birga daryo oʻzanini loyqalanishdan asraydi, koʻplab ekin maydonlarini sugʻorishga imkon beradi. MGD – generator MGD-generator. Energetikaning fizika-texnika masalalaridan biri, issiqlik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirib beruvchi magnitogidrodinamik generator (MGD-generator) yaratishdir. Issiqlik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirish yoqilg’i manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. Zamonaviy elektr energetikasi uchun Faradeyning elektromagnit induksiya qonuni kashf etilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu qonunga muvofiq magnit maydonda harakatlanayotgan o’tkazgichda induksiyalangan elektr yurituvchi kuch hosil bo’ladi. Bu erda o’tkazgich qattiq, suyuq va gazsimon bo’lishi mumkin. Ko’rilayotgan sxemada kuchli magnit maydonda joylashtirilgan, metal plastinkalar orasidan, zarrachalari yo’naltirilgan harakatdagi kinetik energiyasiga ega bo’lgan ionlangan gaz oqimi o’tkaziladi. Elektromagnit induksii qonuniga muvofiq, generator kanali ichida va tashqi zanjir elektrodlari orasida elektr toki hosil qiluvchi EYUK hosil bo’ladi. Ionlashgan gazlar-plazmalar elektrodinamik kuchlar ostida tormozlanadi. Hosil bo’layotgan energiya, mana shu tormozlovchi kuchlarni engib o’tishda bajarilayotgan ish hisobiga sodir etiladi. Rasm 22. MGD-generatorning ishlash sxemasi. Agarda biror bir gaz yuqori haroratlargacha (  3000°S) qizdirilsa, ya’ni uning ichki energiyasi oshiriladi va elektr o’tkazuvchi moddaga aylantiriladi. MGDgenerator ichki kanallarida gaz kengaytirilsa, u holda issiqlik energiyasini to’g’ridanto’g’ri elektr energiyasiga aylanish hodisasi kuzatiladi. YOnish kamerasida yoqilg’i yoqiladi, bu erda hosil bo’lgan yonish mahsulotlari plazma holatida qo’shilmalar qo’shilib, MGD-generatorni kengayuvchi kanaliga yuboriladi. Kuchli magnit maydon quvvatli elektromagnitlar yordamida hosil qilinadi. Generator kanalidagi gazlarning harorati 2000°S dan kam bo’lishi mumkin emasligi sababli, gazlarning bu haroratidan kam bo’lgan holda ularning elektro’tkazuvchanlik xususiyati yo’qoladi va magnit maydon bilan magnitogidrodinamik bog’liqlik yo’qoladi. Rasm 23. Bug’ qozonli MGD-generatorning prinsipial sxemasi; 1-yonish kamerasi; 2-issiqlik almashgich; 3-MGD-generator; 4-elektromagnit o’rami; 5-bug’ qozoni; 6-turbina; 7-generator; 8-kondensator; 9- nasos. MGD-generatorda ishlatilgan gazlar yonish kamerasiga uzatilayotgan havoni qizdirish uchun va so’ngra issiqlik almashgichda bug’ olish uchun ishlatiladi. MGD-generatoridan chiqayotgan gazlar harorati 2000°S, zamonaviy issiqlik almashgichlar esa 800°S haroratgacha ishlash imkoniyatini beradi. MGD-generatorning bug’ qozoni bilan ishlatiladigan prinsipial sxemasi 23rasmda keltirilgan. MGD-generatorlarni yaratishda issiqlikka bardosh beradigan materiallarni olish asosiy muammolardan biri. Qo’lga kiritilgan yutuqlarga qaramasdan MGD-generatorlar uchun ishlatiladigan material olish hozirgacha hal etilgani yo’q. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Fedorov A.A. Kameneva V.V. Osnovi elektrosnabjeniya promishlennix predpriyatiy. M.: Energoatlmizdat 1984 2. Yermilov A.A. Osnovi elektrosnabjeniya promishlennix predpriyatiy. M.: Energoatomizdat,1983 3. Gladilin L.V. Osnovi elektrosnabjeniya gornix predpriyatiy. M.: Nedra, 1980 4. Konavalova L.L., Rojkova L.D. Elektrosnabjeniya promishlannix predpriyatiy i ustanovok. M.: Energoatomizdat, 1989 5. Pravila ustroystva elektroustanovok. M.: Energoatomizdat, 1985 6. Spravochnik po elektrosnabjeniyu i elektroobrudovaniyu. T.1 i 2. M.: Energoatomizdat, 1986, 1987 7. Nasritdinov Sh.G. Kon elektrotexnikasi, III kism, Toshkent-1995.