logo

Yopiq urug’li o’simliklarning generative organlarining tuzilishi. Gul. Gullash va o’simliklarning changlanishi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

637 KB
Yopiq urug’li o’simliklarning generative organlarining tuzilishi. Gul. Gullash va o’simliklarning changlanishi. To’pgullar Reja: 1. Gulli o’simliklar va gulning tuzilishi va vazifalari 2 . Changchilarning tuzilishi va vazifalari 3 . Urug’chi va uning tuzilishi, xillari . Urug’kurtak. Murtak qopchasi 4. Changlanishning turlari. Chetdan changlanish Asosiy tushunchalar: gul o’rni, bandi, gulqo’rg’oni, gulkosa, gultoj, aktinomorf (to’g’ri), zigomorf (qiyshiq), nosimmetrik gullar. Androtsey (erkak, uy) mikrosporogenez, mikrospora (kichik, spora), vegetativ, generativ hujayralar, ginetsey (urg’ochi, uy), apokarp (aks meva), senokarp (umumiy - meva), sinkarp (birgdalikdagi meva), lizikarp ginetseyla, urug’bandi, nusellus (yadro), integument (qoplama), sinergidlar (birgalikda), antipodlar (qarama – qarshi oyoq), xalaza (urug’kurtak tagi), avtogamiya, geytogamiya, klustogamiya, etnomofiliya, orintofiliya, xiropterofitliya, anemofiliya, gidrofiliya, ochiq va yopiq to’pgullar, brakteoz, frondoz, monoxaziy, dixaziy, pleyexaziy,tirs. Gulli o’simliklar uchun xos bo’lgan generativ organ (a’zo) hisoblanib, u o’sishi cheklangan, shakli o’zgaran novdadir hamda maxsus vazifalarni bajarishga moslashgan. Gul rivojlanishining turli bosqichlarida mikro- va megasporonez, changlanish, urug’lanish va murtakning shakllanishi, nihoyat mevaning hosil bo’lishi kabi murakkab jarayonlar o’tadi. Gulda – gul bandi yoki gul o’rni, gulqo’rg’on barglari, changchilar va bir yoki bir necha sondagi mevabarglardan hosil bo’lgan urug’chilar bo’ladi.Gul o’rni ko’pincha yassi, ba’zisi qabariq (ayiqtovon, malina, magnoliya) yoki biroz botiq shakllarda bo’ladi. Gulyonbarg bilan gul orasidagi masofa gulband deyiladi. Gulning o’rama barglari kosachabarglari gulkosani, tojbarglari esa gultojni tashkil etadi. Ba’zan g’uza o’simligigulidagidek qo’sh qavat gulkosa uchraydi. Bunday hollarda tashqi gulkosa ost kosacha deb ataladi. Kosachabarglar ko’pincha yashil rangda, kamdan – kam hollardagina rangdor bo’lishi mumkin. Tojbarglar esa odatda qizil, pushti, havo rang va boshqa ranglarda bo’yalgan bo’ladi. Gulkosa ham, gultoj ham erkin yoki qo’shilgan bo’ladi. Olma, anor gullarida gulkosa qo’shilgan, tojbarglar erkin. Erkin gulkosa va gultoji gullar juda kam uchraydi. Qo’ng’iroqgulda gulkosa va gultojlar qo’shilgan. Odatda qo’shilmagan tojbarglarning uchki tomoni kengayib tashqariga bukilgan, asosi esa toraygan (chinniguldoshlarda) bo’ladi. Bunday tojbargda toraygan qismi oyokcha, kengaygantomoni esa qaytaqa deb ataladi. Qo’shilgan tojbarglarda gultoj uch qismdan, ya’ni naycha, tojbo’g’iz (naychadan qaytaqaga o’tish chegarasi) va qaytaqadan tashkil topadi. Ba’zi o’simliklarda chinniguldagi kabi oyokcha bilan qaytaqa chegarasida har xil o’simtalar hosil bo’lib, ularni yontoj deyoiladi. O’rama barglar gulda birgalikda gulqo’rg’on hosil qiladi. Gulqo’rg’onni bo’lish yoki bo’lmasligi hamda uning tuzilishiga ko’ra gullar quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Gomoxlamid gullar. Gulqo’rg’oni oddiy, ya’ni gulbargchalar ko’p sonda bo’lib, spiral joylashadi. Ular kosachasimon yoki tojsimon. Bunday gullar yopiq urug’lilarning qadimgi oilalari (liliya, lola, magnoliya) uchun xosdir. 2. Geteroxlamid gullar. Qo’sh gulqo’rg’onli, ya’ni kosacha va gultojlarga ajralgan gullar. Gulli o’simliklarning ko’pchiligi qo’sh gulqo’rg’onli, masalan g’o’za, olma, o’rik, beda va boshoqlar. 3. Gaploxlamid yoki monoxlamid gullar. Bitta doiradagi gulqo’rg’on barglariga ega bo’lib, odatda kosachasimon (lavlagi, oq sho’ra, qayrag’och, qichitki). 4. Apoxlamid gullar. Gulqo’rg’onlarga ega emas (tollar, shumtol va boshqalar). rasm. Gul qismlari. 1- gul o’rni; 2- gulkosabarglar; 3- gultojibarglar; 4- changchi; 5- urug’chi. To’g’ri (aktinomorf), qiyshiq (zigomorf) va nosimmetrik gullar. Ko’pchilik gulli o’simliklarning gullari to’g’ri, ya’ni gulning o’qiga risbatan tik tekislik o’tkazganda kamida ikki yo’nalishda bir necha teng bo’laklarga ajratishi mumkin. Gulli o’simliklarning evolyusiyasi to’g’ri gullardan qiyo’iq gularni keltirib chiqargan. Qiyshiqq gullar to’g’ri gullardan farq qilib, gul o’qiga nisbatan tik teksilik o’tkazilganda, faqat yo’nalishda teng ikki bo’lakka bo’linadi. (Masalan, beda, rayhon va itog’izlarning gullari.) To’g’ri va qiyshiq gullardan tashqari nosimmetrik gullar ham uchrab turadi. Bunday gullarni teng ikki bo’lakka bo’lish mumkin emas. Shoyigul, valeriana, soxta kashtan va salablarning gullari nosimmetrik gullardir. Gultoji changchidan kelib chiqqan. Buni nilufar o’simligidagi gultoji va changchilar o’rtasida gultojisifat oraliq organning mavjudligi isbotlaydi. Gultoji tomondagi changchilar ham ichkaridagilardan kichik. Gultojining changchilardan kelib chiqqanligini anatomik tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Gul a’zolaridan tashqari gulda nektardonlar ham mavjud. Nektardonlar k o ’pincha disk shaklida b o ’ladi va tugunchaning asosida joylashadi. Shu shakldagi nektarnik-lar normushkdoshlar, zarangdoshlar, toshbaqatoldoshlar, uzumdoshlar va yalpizdoshlarga xos. Ziradoshlarda nektar beruvchi disk tugunchaning ustida, ochiq holda joylashgan. Shu sababli bu o ’simlik-larni changlatishga moslashmagan oddiy changlatuvchilar, asosan pashsha va q o ’ng’izlar changlatadi. Nektarda turli xil qand (25-75%) va kam miqdorda boshqa organik va noorganik birikmalar b o ’ladi. Guldagi nektarning miqdorini quyidagi raqam-lardan ko’rish mumkin. 1 g asal yig’ish uchun ari oq akatsiya-ning 1500 ta guliga yoki 1 kg asal yig’ish uchun taxminan o’barganing 6 mln ta guliga qo’nishi kerak.  rasm. Gulning turli - tumanligi. Qo’shgulqo’rg’onli gullar:1- to’g’ri (yulduzo’t), 2- noto’g’ri: a- monosimmetrik (yasnotka), b- asimmetrik (valeriana); o ddiy gulqo’rg’onli: 3- tojsimon (proleska), 4- kosachasimon (ilm); gulqo’rg’onsiz (tol): 5- erkak, 6- urg’ochi. Bo’lingan tojbargli gullar: 7- ko’ptojbargli (magnoliya), 8- to’rttojbargli (chistotel); qo’shilib o’sgan tojbargli: 9- karnaysimon (navro’zgul), 10- tilsimon (sachratqi), 11- qo’ng’iroqsimon (qo’ng’iroqgul), 12- kapalaksimon (burchoq). Gulning muhim a’zolari changchilar va urug’chilardir. Guldagi changchilar soni o’simlik turlariga qarab bitgadan bir necha o’ntagacha bo’lishi mumkin. Masalan, tol gulida 2 ta, gulasapsarda 3 ta, dukkakdoshlarda 10 ta, ra’noguldoshlarda va gulxayridoshlarda ko’p sonda bo’ladi. Changchilar ipining uzunligi bilan ham farq qilishi mumkin. Karamdoshlarda 2 ta qisqa va 4 ta uzun changchilar bo’ladi. Changchilar gulda erkin yoki o’zaro ko’shilib, hatto boylamlar ham hosil qiladi. Ularda chang iplarining asoslari yoki changdonlari bilan qo’shilib ketishi mumkin. Dukkakdoshlar oilasida chang iplarining odatda 9 tasi qo’shilib bittasi erkin qoladi. Astradoshlarda ular changdonlari bilan qo’shilib ketgan. Choyo’tdoshlarda uch tutam yoki boylamlar hosil qiladi. Changchining asosiy vazifasi mikrosporalar va chang donachalari hosil qilib, keyinchalik erkak gametofitni shakllantirishdir. U odatda chang ipi va changdondan iborat bo’ladi. Changdon odatda 2 bo’lakdan iborat bo’lib, bir – biri bilan o’tkazuvchi boylamlarning bog’lovchisi yordamida birikadi. Har bir bo’lak o’z navbatida to’siq bilan ajralgan 2 ta chang uyasidan, ya’ni mikrosporangiyalardan iborat. Mikrosporogenez. U changdonda mikrosporalar hosil bo’lishdan e’tiboran, ularning yetilgungacha bo’lgan davrdagi shakllanishidan iborat murakkab jarayondar. Ona hujayralar meyoz usulda bo’linib, 4 tadan mikrospora hujayralarini hosil qiladi. Mikrosporalar hosil bo’lishi bilan gulli o’simliklarning jinssiz ko’payishi tugallanadi. Hosil bo’lgan mikrospora bir oz vaqt bir yadroli bo’lib uning hajmi ortadi va vakuollar paydo bo’ladi. Keyinchalik uning mag’zi katta o’zgarishlarga uchrab changdonda mikrospora o’sadi va erkak gametofitga aylanadi. Bunda har bir mikrosporaning mag’zi mitoz usulda bo’linib, 2 ga ajraladi va umumiy hujayra qobig’i ostidagi har bir yadro sitoplazma bilan o’ralib qoladi. Shunday qilib 2 ta umumiy po’stga o’ralgan hamda o’lchami bir – biridan farq qiladigan biri katta, ikkinchisi kichik hujayralar hosil bo’ladi. Ularning yirigi vegetativ, kichikrogi esa generativ hujayra deb ataladi. Bu hujayralar o’z navbatida erkak gematofit hisoblanib, yopiq urug’li o’simliklarda chang donachasi deb yuritiladi. rasm. A- changchining umumiy ko’rinishi; B- changchining ko’ndalang kesimi; 1- chang ipi; 2-changdonlar; 3- bog’lagich; 4- changchi asosi; 5- o’tkazuvchi bog’lam; 6- chang uyalari; 7- chang hujayralari; 8- changdon devori. Urug’chi (Ginetsey). Urug’chi yopiq urug’li o’simliklar gulining muhim organi hisoblanib, u gulning o’rtasida joylashgan. O’simlik turlariga qarab gulda bir yoki bir necha shakli o’zgargan barglardan hosil bo’lib, ularni mevabarglar deyiladi. Demak urug’chi bargning shakl o’zgarishdan kelib chiqqan. Guldagi mevabarglarning yig’indisi ginetsey deb ataladi.Urug’chi faqat yopiq urug’li o’simliklar uchun xosdir. Uning kengayganostki qismi tuguncha, o’rta qismi toraygan ustuncha va uchki qismi tumshuqchalardan iborat. Urug’chilarning morfologiyasi ham nihoyatda xilma – xil bo’lib, sistematik belgi va changlanishga moslashish xususiyatlariga ega. Ba’zi o’simlik gullarida bir necha ayrim urug’chilar bo’ladi. Ana shunday o’zaro bir – birlari bilan qo’shilmagan urug’chilar apokorp (ayiqtovondoshlar, ra’noguldoshlarda), bir – birlari bilan qo’shilib ketgan mevabarglardan hosil bo’lgan ginetsey senokarp ginetsey deyiladi. Mevabarglar bir – birlari bilan turlicha birikishi mumkin. Shuning uchun ham senokarp ginetseyning bir necha turlari ajratiladi. Agarda har bir mevabarg qo’shilishidan yopiq uya hosil bo’lsa, sinkarp urug’chi deb aytiladi. Tugunchadagi uyalar soni urug’chini hosil qilgan mevabarglar soniga tengdir. Mevabarglar faqat chekka tomonlari qo’shilib, bitta umumiy tuguncha bo’shligi hosil qilsa, parakarp ginetsey deyiladi. Sinkarp urug’chidan lizikarp urug’chi kelib chiqqan. Urug’kurtakning tuzilishi va turlari. Urug’kurtakning ichki tuzilishida quydagi tarkibiy qismlar ajratiladi. Urug’bandi, nusellus, integument,mikropil va xalaza. Urug’bandi urug’kurtakning qisqa oyoqchasi bo’lib, u yordamida platsentaga birikadi. Urug’kurtakning urug’bandig birikkan joyi chok deb ataladi. Nusellus – urug’kurtakning o’rta qismini egallab turuvchi parenxima to’qimasidan iborat. Nusellusning atrofida ko’p hujayrali qoplamlar – integument bilan o’ralgan. Gulli o’simliklarning evolyusiyasi jarayonida nusellusning qobig’i yupqalashib borgan. Integument ko’pchilik ikki pallalilarda bir qavat, bir pallali o’simliklarda esa odatda ikki qavatdan iborat. Integumentlar nusellusni yaxlit o’rab olmay, balki ularning uchlari birikmay qolib, chang yo’lini (mikropil) hosil qiladi. Chang yo’lining qarama – qarshi tomoni xalaza deb ataladi.  rasm. Urug’chining tuzilishi. 1- tumshuqcha; 2- ustuncha; 3- tuguncha; 4- urug’kurtak: a- nusellus; b- integumentlar; d- xalaza; s-mikropile Megasporogenez. Megasporalar deb ataladigan maxsus yirik hujayralarning hosil bo’lishidan iborat murakkab jarayon. Urug’kurtak taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, nusellus va integumentlar hosil bo’lishidan avval, bitta hujayra o’zining yirikligi va quyuq sitoplazma hamda yirik yadroga ega bo’lishi bilan ajralib turadi. U arxesporial yoki megasporalar hosil qiluvchi ona hujayra hisobalnadi. Uruhkurtakda meyoz bo’linish kuzatilib, bunda ona hujayra tez o’sadi va keyin ikki marta bo’linishidan so’ng to’rtta gaploid hujayra – megasporalar tetradasi hosil bo’ladi. Bu hujayralar dastlab bir tik qatorda joylashib, deyarli bir xil o’lchamga ega bo’ladi. Keyinchalik ularda notekis o’sish kuzatiladi. Eng pastda joylashgan hujayra tez o’sishni davom ettirib, qolgan uchta hujayrani siqib qo’yadi. Natijada qolgan hujayralar o’sishdan to’xtab erib ketadiY. Yaxshi o’sayotgan hujayra, ya’ni megaspora o’sishni davom ettirib katta o’zgarishlarga uchraydi. Natijada murtak qopchasi shakllanadi. Murtak qopchasi hosil bo’lishida megasporaning mag’zi ketma-ket uch marta bo’linadi. Rosmana shakllangan murtak qopchasining bir qutbida 4 ta, ikkinchi qutbida ham 4 ta yadrodan iborat 8 ta qutbiy hujayralarga ega bo’ladi. Urug’lanish jarayotidan avval qutblardan bittadan yadrolar murtak qopchasining o’rtasiga kelib o’zaro qo’shiladi va bitta yadro, ya’ni murtak qopchasining ikkilamchi yoki markaziy mag’zini hosil qiladi. Keyinchalik murtak qopchisidagi 7 ta yadroni sitoplazma hrab oladi. Shunday qilib, murtak qopchasida 7 ta qobiqsiz hujayralar kelib chiqadi. Miropilga yaqin joylashgan hujayralardan biri yirik bo’lib, uni tuxum hujayra, qolgan ikkitasi esa (uning ikki yonida joylashgan) sinergidlar deb ataladi. Murtak qopchasining xalaza tomonidagi hujayralar antipodlar deyiladi. Markazda esa markaziy yoki ikkilamchi yadro joylashadi. Ana shu holatdagi murtak qopchasi gulli o’simliklarning urg’ochi jinsiy nasli gametofitdir. Gullashning mohiyati changdonning yorilib changni qabul qilishga tayyor turgan og’izchaga tushishi bilan belgilanadi. O’simlik gullashdan oldin g’uncha hosil qiladi. G’unchaning gulkosabarglari bilan tojbarglari-ning pastki qismlari yuqoriga tez o’sadi va ochiladi. Ayni paytda changchilar va urug’chilar ham ochiladi. Shu hodisa gullash deb ataladi. Gullashning tugashi gultoji-ning, ba’zan gulqo’rg’onning so’lishi bilan belgilanadi. Lekin ayrim o’simliklar, masalan soxta kashtanda gultoji gullashdan keyin ham ancha kun saqlanib turadi. Alohida gullarning gullash muddati turlicha: bir necha soatdan – bir necha haftagacha (masalan, arxideyalarda). Gulning ochilishi ma’lum harorat va namlikni talab etadi. Shu sababli ayrim gullar ertalab ochilsa, boshqalari peshinda yoki kechqurun ochiladi. Changlanish va urug’lanish bir – birlari bilan chambars bog’langan murakkab biologik jarayondir. Changlanish changdonda yetilgan chang donachasini urug’chi tumshuqchasiga (yopiq urug’larda) yoki urug’kurtakka (ochiq urug’lilarda) kelib tushishidan iborat. Changlanish asosan ikki xili ajratiladi: o’zidan changlanish va chetdan changlanish. O’zidan changlanish ikki jinsli gulning changchilarida yetilgan changni ayni shu guldagi urug’chi tumshuqchasiga tushushidir. Agarda bir o’simlik gulidagi changlar ikkinchi o’simlik gulidagi urug’chi tumshuqchasiga tushsa, bunda chetdan changlanish sodir bo’ladi. Chetdan changlanish gulli o’simliklarning asosiy changlanish usuli hisoblanib, u ko’pchilik turlar uchun hosdir. Ochilmaydigan mayda gulli o’simliklarning o’zidan changlanib urug’lanishi kleystogamiya deb ataladi. Kleystogamiya avtogamiyaning bir ko’rinishi bo’lib tashqi muhitning noqulay sharoitlari natijasida kelib chiqqan. Chetdan changlanish. Chetdan changlanish ko’pchilik o’simliklar uchun qulaydir. Chunki bunday changlanish usulida har xil irsiy belgilarda ega bo’lgan gametalar qo’shiladi. Shuning uchun ham chetdan changlanish avtogamiyaga nisbatan ancha ustun turadi. Shunday qilib, chetdan changlanish o’simliklar uchun foydali hisoblanib, uning birdan – bir kamchiligi har doim amalga oshavermasligi va ko’pgina omillarga bog’liqligidadir. Ksenogamiyada changlarni bir guldan ikkinchi gulning urug’chisi tumshukchasiga kelib tushishi turli vositalar (usullar) bilan amalga oshadi: Etnomofiliya – hashorotlar yordamida: Orintofiliya – qushlar yordamida; Xiropterofitliya – ko’rshapalaklar yordamida ular o’lik tabiatning omillari bo’lgan anemofiliya – shamol yordamida; gidrofiliya – suv yordamidadir. Hasharotlar yordamida changlanuvchi o’simliklarda ularni jalb qiluvchi xilma – xil moslanishlar mavjud: 1. Gulqo’rg’on, changchilar, gulyobarglar va uchki barglarning rangdor bo’lishi. 2. Ko’pchilik etnomofi o’simliklar gullarida hasharotlarni jalb qiluvchi maxsus bezlar, ya’ni nektardonlardan ajralib chiquvchi nektar katta rol o’ynaydi. 3. Gul changlarni o’zi ham hasharotlar uchun muhim ozuqa manbai bo’lib xizmat qiladi. 4. Etnomofil o’simliklarning gullarini ko’pchiligi efir moylariga boy. Shubhasiz gullarning xilma – xil ranglari changlatuvchi hasharotlarni jalb qilishga moslanishishda katta ahamiyatga ega. Shamol yordamida changlanish. Urug’li o’simliklarning 10-15%i anemofil o’simliklardir (oq qayin, terak, hamma ninabarglilar, qandag’och, qayrag’och, eman, o’rmon yong’og’i, nasha tut deyarlibarcha qo’ng’irboshdoshlar, hilollar, gazanda, zubturum va boshqalar). Bu o’simliklarning gulari odatda mayda, kzrimsiz, gulqo’rg’onsiz yoki yaxshi rivojlanmagan gulqo’rg’onli, nektar yoki hidlarga ega emas. Changdonlar uzun, oson tebranuvchi chang iplariga ega. Changlar juda yengil, shuning uchun ham uzoq masofalarga tarqala oladi. (30-70 km). Ular juda ko’p sonda hosil bo’ladi. Gulning tuzilishini formula shaklida ifodalash mumkin. Buning uchun uning qismlari quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: gulkosa-Sa (Calyx); gultoji-So (Corolla); gulqo’rg’on-R (Perigonium); androtsey-A (Androe-ceum); ginetsey-S (Gynoeceum). Gullarning tipi ham shartli belgilar bilan ifodalanadi: - bir jinsli urg’ochi gul; - bir jinsli erkak gul; - zigomorf gul; - aktinomorf gul; ( )- birikib o’sganligini bildiradi. Gul qismlarining soni esa raqamlar bilan ifodalangan: Ca 5 , Co 6 . Mabodo ularning soni 10 tadan oshsa- belgisi quyiladi. Misol uchun, sabzining gul formulasi quyida-gicha ifodalanadi: Sa 5 Co 5 A 5 G (2) To’pgullar va ularning turlari . Aksariyat o’simlik-larda gullar to’p-to’p bo’lib joylashadi va ular to’pgullar deyiladi. To’pgullarning shakli, o’lchami va undagi gullar soni turlicha bo’ladi. To’pgullarda gullar uning birinchi tartib o’qida joylashgan bo’lsa oddiy to’pgul , ikkinchi yoki uchinchi tartibdagi o’qiga o’rnashgan bo’lsa murakkab to’pgul deyiladi. rasm. Oddiy to’pgullar. A- boshoq, B- so’ta, V- shingil, G- kuchala, D- soyabon, YE- boshcha, J- savatcha (uzum shingili). Oddiy to’pgullar. Bu to’pgullarning quyidagi tiplari mavjud. Boshoq. Bunday to’pgulning asosiy o’qida bandsiz yoki bandli gullar zich joylashadi (zubturum, tizimgul va boshqalar). Shingil yoki shoda. Bunda asosiy gul o’qida gulbandiga ega bo’lgan gullar yakka-yakka joylashadi Oddiy qalqon. Asosiy gul o’qining pastida joylashgan gul bandlari uzunroq bo’lib, gulning hammasi bir tekis joylashadi (olma, nok va do’lana). So’ta. Bitta etdor yo’g’on o’qda boshoqdagi singari bir necha gullar joylashadi (makkajo’xori). Soyabon. To’pgulning asosiy o’qi qisqa, barcha gullarning gulbandlari shu o’q ichidan chiqqan kabi joylashadi (gilos, nok, piyoz, primula). Boshcha. Asosiy o’q biroz kengaygan, gullar bandsiz yoki qisqa bandli bo’ladi (o’barga). Savatcha. Asosiy o’q «savatchaga» o’xshash kengaygan bo’lib, mayda o’troq gullar zich joylashadi. Bular kungaboqar, bo’tako’z, qoqida uchraydi (19- rasm). Murakkab to’pgullar. Gul o’qining o’sishiga qarab murakkab to’pgullar simpodial yoki aniq va monopodial yoki noaniq to’pgullarga bo’linadi. Simpodial to’pgulning o’qi gul bilan tugaydi, gullarning ochilishi uchidan yon novdalarga tomon, gullar bir tekislikda joylashganda gullash markazdan chetga tomon boradi. Monopodial tupgulning o’qi uzoq o’sib, gullarning ochilishi asosidan uchiga tomon, gullar bir tekislikda joylashganda esa markazga tomon boradi. Simpodial gullar o’z navbatida quyidagi tiplarga bo’linadi (20- rasm): Monoxaziy . Bu to’pgul ikki xil bo’ladi: gajak va ilonizi to’pgul. Gajak to’pgulning o’qi bir tomonlama o’rnashib buralgan bo’ladi (kampirchopon). Ilonizida o’qi ikki tomonlama birin-ketin o’rnashgan bo’lib, iloniziga o’xshaydi (mingdevona). Dixaziy (ayri to’pgul) . Uning asosiy o’qi gul bilan tugaydi. Yonidagi o’zaro qarama-qarshi o’qlar o’sib, ular ham gul bilan tugaydi (chinnigullilar va meliyada). Pleyoxaziy (soxta soyabon to’pgul). To’pgulning asosiy o’qi qisqargan, atrofda doira holida o’rnashgan bir qancha o’qlardan tashkil topgan to’pgullar joylashadi (sutlamadoshlarda). Tirs. To’pgulning markaziy o’qida bir necha oddiy to’pgullar joylashadi (labguldoshlar, kapalakguldoshlar, sigirquyruqdoshlar). Monopodial tupgullarning esa quyidagi tiplari mavjud (21- rasm): Murakkab shingil yoki shoda. Gulning asosiy monopodial o’qi uzoq muddat o’sadi va undan bir nechta shoxchalar, bu shoxchalardan ikkinchi tartibli shoxchalar rivojlanadi va ularda gullar hosil bo’ladi (qashqarbeda). Murakkab soyabon to’pgullar. Asosiy gul o’qi qisqarib,  rasm. Simpodial to’pgullar A-monoxaziy, B-dixaziy, V-pleyoxaziy, G-tirs. rasm. Monopodial to’pgullar. A-murakkab boshoq, B-murakkab soyabon, V-shingil. unda katta o ’rama barg joylashadi. Bu bargning qo’ltig’ida oddiy soyabon gullar o’sib, ular birgalikda murakkab soyabon to’pgullarni tashkil qiladi (soyabon- guldoshlar). Murakkab boshoq . Tashqi ko’rinishidan murakkab shodaga o’xshaydi. Markaziy o’qda bir necha boshchalar zich o’rnashgan (arpa, bug’doy). Murakkab ro’vak. Oddiy boshoqlar uzun shoxlangan bandlari bilan markaziy o’qda ikkinchi va uchinchi tartib shoxchalar hosil qiladi (sholi, so’li, tariq, qo’ng’irbosh). Gulli o ’simliklarning urug’lanishi. Changlanishdan keyin urug’lanish sodir bo’ladi. Urug’lanish sodir bo’lgunga qadar esa ma’lum vaqt o’tadi. U turli o’simliklarda turlicha bo’lib, masalan, emanda – 12-14 oy, olxada – 3-4 oy, orxideyada – odatda bir necha hafta davom etadi. Ko’pchilik o’simliklarda changla-nishdan urug’lanishgacha bo’lgan davr 1-2 sutka, tegmanozik-da – 2 soat, ko’k saqqizda – 15-45 minutga teng. Harorat esa bu jarayonni tezlatadi. Bu murakkab jarayon quyidagicha kechadi. Chang hali changdonda turgan davridayoq jiddiy o’zgarishlarga uchraydi. Chang donasining yadrosi mikrospora ichida turgan paytda bo’linib 2 ta, hujayra ham bo’linib 2 ta gameta, ya’ni spermiya hosil qiladi. Bu ikki hujayra chang trubkasidan mikropile orqali murtak xaltasiga tomon harakatlanadilar. Bu yerda chang trubkasi yorilib, ular-ning biri tuxum hujayrasi, ikkinchisi esa murtak xaltasining ikkilamchi yadrosi bilan qo’shiladi. Birinchi hujayraning qo’shilishidan urug’ murtak, ikkinchisidan esa endosperm hosil bo’ladi. Bu jarayon shu sababli qo’sh urug’lanish deyiladi va uni 1898 yilda rus olimi S.G.Navashin ixtiro qilgan. Ushbu jarayon faqat yopiq urug’lilarda kuzatiladi. Urug’langan tuxumhujayra parda bilan o’ralib tinim davriga ketadi. Bu davr turli o’simliklarda turlicha bo’ladi. Masalan, g’alladoshlar va qoqidoshlarda bir necha soat davom etadi. So’ngra tuxumhujayra ikkiga, chang yo’liga qaragan terminal, unga teskari tomonda bazal hujayralariga bo’linadi. Bu jarayon uzunasiga va ko’nda-langiga qarab bir necha marta takrorlanishidan hamma tomoni to’rt burchak hujayralar yuzaga keladi. Bu hujayralarning har biri ham bo’linib, oktang (lot. okto-sakkiz ) deb ataluvchi hujayralar hosil bo’ladi. Shu vaqt mobaynida bazal hujayra ko’ndalang to’siqlar bilan ajratilib, tortma hosil qiladi. Tortma embrion paydo qiluvchi terminal hujayraning oziq moddalarini endosperm joylashadigan embrion xaltasi bo’shlig’iga surib tushiradi. Endosperm maxsus to’qimaga aylanib urug’dagi oziq moddalarni to’play boshlaydi. Tortmaning uchidagi hujayra o’sib pufaksimon nayga o’xshab, gaustoriya so’rg’ichga aylanadi. Oktang hujayralarining ostki qismidan novda apeksi, urug’palla, uning ustida gipokotil taraqqiy etadi. Urug’pallalar va tortma o’rtasidagi pastki hujay- ralardan birlamchi ildiz hosil bo’ladi. Urug’murtak asta-o’kin uruqqa aylanadi. Inti-gumentlardan po’st, nusellusdan perisperm hosil bo’ladi. Tugunchaning hamma qismi mevaga aylanadi. Apomiksis . Jinsiy hujayralar qo’shilishida urug’lanmagan tuxumhujayradan yangi organizm rivoj-lanishi apomiksis deyiladi (yunon. ano-inkor, miksis- qorishish ). Bu hodisa ko’pincha qoqidoshlar, ra’nogul-doshlar va g’alladoshlar singari evolyusion jihatdan taraqqiy etgan oilalarda kuzatilganligi sababli, apomiksis kelgusida jinsiy ko’payish o’rnini egallaydi, natijada yangi o’simliklar guruhi paydo bo’ladi, degan fikrlar bildirilmoqda. Ayrim o’simliklarda urug’murtagi tuxumhujayra urug’lanmasdan rivojlanadi. Bu hodisa partenogenez deyiladi. Urug’lanmasdan meva ham hosil bo’lishi mumkin, lekin uning urug’i puch bo’ladi. Bu hodisa esa partenokarpiya deyiladi. Adabiyotlar: 1. S . M . Mustafayev , O . A . Ahmedov Botanika ,Toshkent, 2006. 2. Ikramov M.I., Normurodov X.N., Yuldashev A.S. Botanika. Toshkent. «O’zbekiston». 2002. 3. Xrjanovskiy V. T. Kurs obshey botaniki, M.: Visshaya shkola, 1982. 4. To’xtayev A. O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi. Toshkent, 1994. Yoziyev L.X. Botanika. Qarshi: Nasaf, 2006.