logo

Tabiatda uglerod va azot aylanishida mikroorganizmlarning roli aerob va anaerob sharoitda kletchatkani parchalovchi mikroblar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

85.5 KB
Tabiatda uglerod va azot aylanishida mikroorganizmlarning roli aerob va anaerob sharoitda kletchatkani parchalovchi mikroblar Reja: 1. Tabiatda azotning almashtirilishi 2. Nitrifikatsiya, Denitrifikatsiya. 3. Erkin azot to’playdigan bakteriyalar 4. Oltingugurt, fosfor va temirning tabiatda aylanishi 5. Tabiatda karbonatning almashinishi Er yuzida hayotni saqlash uchun azot almashinishi muhim ahamiyatga. ega. Azot hayvon va o’simlik oqsillarining, ya’ni tirik materiyaning zarur va doimiy qismidir. Azotning tabiatda almashinishi asosan mikroorganizmlarning faoliyati natijasida sodir bo’ladi. Azot almashinuvining bir necha davri ma’lum. CHirish, mochevinaning parchalanishi (ammonifikatsiya, nitrifikatsiya, denitrifikatsiya va boshqalar). Tabiatda birmuncha azot zapasi bo’lib, uning asosiy miqdori havoda erkin azot (N 2 ) shaklidadir. Quruq havoda og’irligi jihatdan 75,5% yoki hajmi jihatidan 78,1 % azot bor, ya’ni azot miqdori havo tarkibining taxminan 4 / 5 qismiga to’g’ri keladi. SHunga qaramay o’simliklar va hayvonlar havodan azotni o’zlashtira olmaydilar. Ular faqat kimyoviy bog’langan azotni o’zlashtiradi. O’simlik va hayvonlar organizmida azot birikma holida bo’lib, ular oqsilning 16-18 % tashkil etadi. Dengiz suvida va tuproqda azot organik va mineral birikmalarda erigan holda bo’ladi. Bir gektar haydalgan tuproq tarkibida 6 tonnadan 18 tonnagacha bog’langan azot bo’lishi mumkin. Ammo o’simliklar tuproqdagi umumiy azot zapasining faqat 1 % azot birikmasi sifatida o’zlashtiradilar. O’simliklar azotning anorganik birikmalarini ammoniy tuzlari holida o’zlashtira’oladi va azot kislotasining tuzlarini ancha oson o‘zlashtiradilar. Azot kislotasining tuzlari o’simlik tanasida organik azot birikmasiga aylanib, o‘simlik oqsilining tarkibiga kiradi. Hayvon organizmi o‘simlik oqsilini iste’mol qilib, uni parchalaydi va chiqindilari siydik, tezak bilan tashqariga chiqariladi. Tashqi muhitda azot moddalari mikroblar ta’sirida asta-sekin o‘simliklar o‘zlashtira oladigan oddiy birikmalarga parchalanadi. Azot to‘plovchi mikroorganizmlarning juda keng tarqalganligi tufayli atmosferadagi erkin azot ham moddalar almashinishiga jalb etiladi. Ularning faoliyati tabiatda azotning almashinishida hal qiluvchi qism hisoblanadi. Oqsilning mutlaqo parchalanishi, buning natijasida sassiq hidli moddalarning hosil bo‘lishi yoki azotli moddalarning mikroblar tomonidan parchalanishi chirish deyiladi. Bu oqsilning murakkab o‘zgarishidagi birinchi mikrobiologik davridir. Turli organizmlar (odam jasadi, hayvonlar o‘ligi) va ularning chiqindilari (tezak, siydik, go‘ng) hamda o‘simlik chirindilari tuproqqa tushadi va unda muayyan temperatura (10 0 dan yuqori issiqda), namlik va kislorod yordamida chirituvchi mikroblar ta’sir qilib parchalanadilar. Odam va hayvonlarning yo‘g‘on ichagida chirituvchi mikroblar ayniqsa ko‘pdir. SHu sababli chirish qorin bo‘shlig‘idan boshlanadi. CHirish avval anaerob sharoitda boshlanib, bunda oqsil molekulasi oxirigacha parchalanmaydi, keyinchalik aerob sharoit yaratilganda mahsulot oxirigacha chiriganda oqsilning parchalanishi chuqurlashib boradi. Tutash deb havo bemalol kirib turishi natijasida sodir bo‘ladigan chirishga aytiladi. Oqsil parchalanishining shunday fazalariga qarab anaerob, ba’zan esa aerob mikroblar ishtirok etadi. Anaerob mikroblardan Bac.putrificus, Bac. sporogenes va boshqalar, aerob mikroblardan esa Bac. proteus, Bac. mycoides mog‘or, aktinomitset va boshqalar chirishga sababchi bo‘ladilar. Oqsil molekulasi asta-sekin polipeptid, pepton, albumoza va aminokislotalargacha parchalanadi. Bunday holda sassiq hidli moddalar: indol, skatol, vodorod sulfidi, fenol, ammiak, metan, vodorod, karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Bu moddalarning bir qismi havoga qaytariladi, boshqalari esa masalan, ammiak tuproqdagi anorganik tuzlar bilan qo‘shilishib, ammoniy tuzlarini hosil qiladi. Ammiak va ammoniy tuzlarini hosil qiladigan protsess ammonifikatsiya deyiladi, ammiakli tuzlarni to‘plashda qatnashgan bakteriyalar esa ammonifikatorlar deyiladi.Ammonifikatsiya oqsillar va boshqa azotli organik birikmalarning ammiakkacha parchalanishi demakdir. Oqsillar va chiriyotgan mahsulotlar chirituvchi mikroblarning hayot faoliyati davrida hosil bo‘lgan proteolitik fermentlar ta’sirida parchalanadi. Bunday mikroblar tuproqda, havoda, suvda, odam va hayvonlar ichagida bo‘ladilar. CHirituvchi mikroblarga aerob, fakultativ anaerob va anaerob bakteriyalar kiradi. Anaerob bakteriyalardan Bac. mucoides harakatchan tayoqcha shaklli bo‘lib, kattaligi 1-5 mikrongacha bo‘ladi, spora hosil qiladi, zich oziq muhitda R-tipidagi koloniyalar hosil qilib, tashqi ko‘rinishdan zamburug‘ tanasiga o‘xshashdir. Bu mikrob tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, oqsilni parchalaganda vo-dorod sulfidi hosil qilmaydi. Bac. mesentericus (kartoshka tayoqchasi) zich oziq muhitlarida (agarda) koloniyalar hosil qilib yuzasi burishgan bo‘ladi. Bu mikrobning shakli tayoqchasimon, chetlari qayrilgan, uzunligi 1,5-5 mikrongacha bo‘lib harakatchan, grammusbat, spora hosil qiladi. Bu mikrob nonni chiritadi. Bac. megaterium - zich oziq muhitida shilimshiq koloniyalar hosil qiladi. Bu mikrob tayoqchasimon, harakatchan bo‘lib, uzunligi 1,5-8 mikrongacha ko‘pgina zanjirsimon joylashadi. Oqsillarni parchalaganda ko‘p vodorod sulfidi ajralib chiqadi. Bac. subtilis (xashak tayoqchasi) qisqa, harakatchan, chetlari qayrilgan tayoqcha. Spora hosil qiluvchi, zich oziq muhitida burishgan koloniyalar hosil qiladi. Tabiatda keng tarqalgan va ammonifikatsiya protsessida aktiv ishtirok etadi. Pseudomonas fluorescens uzunligi 1-2 mikrongacha bo‘lib, harakatchan bakteriya. Oziq muhitlarida sariq-yashil fluoresentsiyalovchi pigment hosil qiladi. Bac. prodigisum bu ajoyib tayoqcha bulib, spora hosil qilmaydi, qonga o‘xshash hizil pigment ajratadi. Fakultativ anaerob bakteriyalar. Proteus vulgaris harakatchan, sporasiz, uzunligi 1,5-4 mikrongacha bo‘lgan tayoqcha. SHakli o‘zgaruvchan, shu sababli unga proteus deb nom berilgan. Oqsilni parchalaganda vodorod sulfidi va indol, karbon suvlarni parchalaganda esa vodorod va karbonat angkdrid hosil diladi. Anaerob bakteriyalar. C1. putrificum sporali, uzun, harakatchan tayoqcha bo‘lib, anaerob sharoitda oqsillarni parchalaganda ko‘p miqdorda gaz hosil qiladi. CHiriyotgan o‘likda, oziq mahsulotlarida, go‘ngda, tuproqda ko‘p uchraydi. C1. sporogenes - harakatchan, sporali tayoqcha. Oqsilni parchalaganda ko‘p miqdorda vodorod sulfidn ajratadi. O‘likning chirishi organizm o‘lib bir necha soat o‘tishi bilan o‘likni chirita boshlaydi. Ichakdagi chirituvchi bakteriyalar organizm hayot vaqtda ichakdan organlarga o‘ta olmaydilar, o‘lgandan so‘ng to‘sqinlik barerlari yo‘qolishi natijasida ular bemalol o‘ta oladi va to‘qimalarda aktiv ko‘paya boshlab, ularni chiritadi. Agar organizm yuqumli kasallikdan o‘lsa, patogenli mikroblar chirituvchi mikroblar ta’sirida tezlik bilan parchalanadi. SHu sababli chirigan o‘likdan olingan patologik material bakteriologik diagnoz qo‘yish uchun yaroqsizdir. Lekin ayrim yuqumli kasalliklarning qo‘zqatuvchilari (sil tayoqchasi, saramas bakteriyasi va patogen mikroblarining sporalari) o‘likda uzoq muddat saqlana oladilar. Mochevinaning parchalanishi yoki uning ammonifikatsiyasi. Odam va hayvonlar iste’mol qilgan oziq-ovqat va em-xashak hamda azotning bir qismini tashqariga siydik bilan birga mochevina siydik va gipur kislotasi holida ajratadilar. Har kuni tuproqqa yuz ming tonnalab siydik azoti tushadi. Mochevina o‘simliklar uchun azotli oziq sifatida yaroqsiz bo‘lib, faqat bakteriyalar parchalagandan keyingina, ularni o‘simliklar o‘zlashtira oladilar. Mochevinani urobakteriyalar (grekcha «urea»- siydik ma’nosida) va chirituvchi bakteriyalar parchalaydi, urobakteriyalar ajratadigan ureaza fermenti ta’sir etish manbai hisoblanadi. Siydik va mochevinaning mikroblar ta’sirida parchalanishini birinchi bo‘lib L. Paster aniqlagan. Hozirgi vaqtda siydikni parchalaydigan katta gruppa urokokk va urobakteriyalar ma’lum. Urokokklardan Sarcina urea harakatchan, spora hosil qiluvchi sartsina, Micrococcus ureae. Sarc. ureae 1 litr eritmada 30 grammgacha mochevinani parchalaydi. Urobakteriyalardan Urobac. Pasteuri. harakatchan, spora hosil qiluvchi tayoqcha; Urobac . Miqueli harakatsiz sporali tayoqchadir; Bac. probatus yo‘g‘on, sporali tayoqcha. Bu mikrob 140 grammgacha mochevinani parchalaydi. Urobakteriyaning ko‘pchiligi aeroblar bo‘lib, kam qismi anaerobdir. Ular yumaloq va tayoqchasimon bo‘lib, mochevinani asosan tayoqchasimonlarni kuchli parchalaydilar. Tuproqda oqsillarning chirishi va mochevinaning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan ammoniy tuzlari va ammiak nitratlarga aylangandan so‘ng o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi mumkin. Ammoniyli tuzlar nitrifikatsiya protsessi natijasida o‘simliklar yaxshi o‘zlashtiradigan nitrat kislota tuzlariga aylanadi. Maxsus mikroblar gruppasi ta’sirida ammiakning parchalanib, nitrit va nitrat kislotalarni hosil qilishi nitrifikatsiya deyiladi. Nitrifikatsiyaga sabab bo‘ladigan bakteriyalar nitrifikatorlar deyiladi. Rus olimlaridan S. N. Vinogradskiy birinchi bo‘lib 1889 yilda nitrifikatsiya hodisasining alohida bir gruppa mikroblar ishtirokida hosil bo‘lishini isbotlab, bu mikroorganizmlarning sof kulturasini ajratgan. S. N. Vinogradskiy nitrifikatsiya protsessi ikki fazadan iboratligini va bularning mikroblar ishtirokida yuzaga chiqishini isbotladi. Nitrozobakteriyalar deb ataluvchi bir gruppa tuproqda yashovchi mikroblar - avtotroflardir. Ular Nitrosomonos, Nitrosocystis, Nitrosospira deyiladigan uch avloddan iborat. Bu bakteriyalarning ta’sirida tuproqdagi ammiak oksidlanib nitrat kislota, ya’ni nitrat kislota tuzini hosil qiladi. Nitrosomonos - oval shaklidagi kokk bo‘lib, harakatchandir, muhit reaktsiyasi pH ga qarab uning a, b, s, d, e deyiladigan besh turi ma’lum. Bu mikrob tuproq go‘ngida ko‘p uchraydi. Nitrosocystis to‘p-to‘p bo‘lib yashaydigan kokklardir (har qaysi to‘dasi umumiy kapsulada joylashgan). Bu mikrob o‘rmon tuprog‘ida ko‘p uchraydi; Nitrosospira turli uzunliklardagi spiralsimon shakldagi bakteriyadir. Ikkinchi fazada nitrobakteriya ( Nitrobacter ) lar ishtirok etadi. Nitrobacter kalta, sporasiz, grammanfiy, bo‘yaladigan, harakatchan, tayoqchasimon bakteriyadir. Ammonifikatsiyalovchi va nitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning faoliyati tufayli tuproqda oqsil molekulasidagi azotdan juda ko‘p selitra paydo bo‘ladi, natijada erning hosildorligi oshadi, o‘simliklar selitrani yaxshi o‘zlashtirib, o‘simlik oqsilini vujudga keltiradilar. hayvonlar esa o‘simliklar bilan oziqlanib, o‘simlik oqsillarini parchalaydi va ulardan o‘zining spetsifik hayvon oqsilini sintezlaydi. Erni haydab aeratsiya qilinsa nitrifikatsiya protsessi tezlashadi va erning hosildorligi ortadi. Tuproqda nitrifikatsiya qiluvchi mikroblarga qarshi bo‘lgan yana bir gruppa mikroorganizmlar bor ( Bact. denitrisicans va boshqalar), ular erda to‘plangan nitratlarni qaytadan parchalab, nytritga va hatto erkin azot darajasiga etkazib azotning tuproqdan yana havoga chiqib ketishiga sababchi bo‘ladi. Nitrit va nitratlarning mikroorganizmlar ta’sirida qaytadan parchalanishi denitrifikatsiya deyiladi. Bu protsess tuproqda nitratlarning yo‘tsolishiga olib boradi va nitrifikatsiyaning teskarisi hisoblanadi, chunki tuproqda bog‘langan azotning miqdori kamayadi va erkin azotning havoga uchib ketishiga sababchi bo‘ladi. Denitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning ishtirokida, anaerob sharoitda denitrifikatsiya juda yaxshi o‘tadi. Denitrifikatsiya uch fazada boradi. erkin azot suv, kislorod Denitrifnkatsiyalovchi mikroblar tuproqda, go‘ngda, suvda ko‘p uchraydi va ularga quyidagilar kiradi: Bast. fluorescens - harakatchan tayoqcha, past temperaturada sariq-yashil tovlanadigan pigment hosil qiladi. Bast. ruosuaneum - aerob sharoitda yaxshi o‘sadigan tayoqcha, muhitni ko‘k-yashil rangga bo‘yaydigan pigment hosil qiladi. Bu mikrob ko‘pincha suvda, sutda va yiringda uchraydi. Bast. denitrificans sporasiz, mayda, harakatchan, fakultativ anaerob mikrobdir. Bulardan tashqari, denitrifikatsiya qiluvchi mikroblarga ichak tayoqchasi, Bas. mycoides , zamburug‘lar va aktinomitsetlarning bir qancha turlari kiradi. Haydalmagan va juda zax joylarda denitrifikatsiya avj oladi. Bu bizning qishloq xo‘jaligimizga katta zarar etkazadi. SHuning uchun tuproqda havo kirib turishi denitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. Buning uchun er haydalib turilishi kerak. Azot to‘plovchi bakteriyalar . Tabiatda atmosfera azoti fizikaviy-kimiyoviy va biologik yo‘l bilan to‘planishi mumkin. havoda elektr zaryadlari hosil bo‘lganda erkin azot kislorod yoki vodorod bilan birikib ammiak yoki azot oksidi sifatida erga tushadi. Lekin tuproqda bunday holda azot birika olmaydi. Bunday protsessda eng kuchlisi biologik faktordir, chunki tuproqda havo azotini o‘zlashtirib, undan azotli birpkmalar hosil qiladigan mikroorganizmlar bor. Ular azot to‘plovchi bakteriyalar deyiladi. Ularning faoliyati tufayli tabiatda azot to‘xtovsiz almashinib turadi. M. V. Fedorovning hisobiga ko‘ra azot to‘plovchi bakteriyalar har yili ekin ekilib turadigai har gektar erda 25 kg dan 50 kg gacha, madaniy ekinlar esa 60 kg gacha azot to‘plashi mumkin. Azot to‘plovchibakteriyalar ikki gruppaga bo‘linadi. 1. Tugunakli bakteriyalar. 2. Tuproqda erkin yashovchi bakteriyalar.  Tugunakli bakteriyalar. Qadim zamonlardan ma’lumki, dukkakli ekinlar ekilganda tuproq azotli o‘g‘itlarga muhtoj bo‘lmaydi. Bundan tashqari, dukkakli o‘simliklarniig o‘zlari tuproqni % o‘g‘itga boyitadi. Bu hodisa qishloq xo‘jaligida dukkakli o‘simliklar bilan boshoqli va boshqa ekinlarni almashlab ekishda katta ahamiyatga ega. M. S. Voronin 1866 yilda dukkakli o‘simliklarni ildizidagi tugunchalarni tekshirib, ularda mikroorganizmlar borligini aniqlagan. SHundan sal keyin Beerink o‘simlik ildiziniig tugunchasidan havo azotini o‘zlashtiruvchi tugunak bakteriyani - Bact. radicicolum - ajratadi. O‘simliklarning (no‘xat, loviya, beda) tugunchalari turli shaklda va katta kichiklikda bo‘lib, ular ildizining shoxchalarida yoki uning o‘q ildizida hosil bo‘ladilar. Tugunak bakteriyalar beda va, turli dukkakli o‘simliklarning ildizidagi maxsus tugunchalarda yashaydi. YOsh tugun-chalarni kesib: ichi mikroskopda tekshirilsa mayda (0,9X0,8), harakatchan, sporasiz, tayoqchasimon bakteriyalar ko‘rinadi. Etilgan tugunchalarda esa donador, egri-bugri tarmoqlangan mikroblar bo‘ladi va bakteroidlar deyiladi. Bakteriodlar kokklarga aylanishi mumkin, ular esa yana harakatchan tayoqchasimon shaklga o‘tishi mumkin. Bedaning tugunak bakteriyalari filtrlanuvchi shakllar hosil qiladilar, ular esa o‘z shakliga qaytishi va tugunchalar hosil qilish xususiyatiga egadirlar. Tugunak bakteriyalarning ettita asosiy turi ma’lum: beda, no‘xat, loviya, soya, xashaki no‘xat va yo‘ng‘ichqaning tugunak bakteriyalari. Bu bakteriyalar birbiridan morfologik va kultural xususiyatlari bilan farq qilmasdan, balki faqat ayrim tur dukkakli o‘simliklarda juda ko‘p tugunchalar hosil qilishi bilan farq qiladi. Tugunchalardagi bakteriyalar o‘simlik ildizidan azotsiz organik moddalarni (shakarlar) olib, havodagi azotni o‘zlashtirib, ularni azotli birikmalarga aylantiradilar. Hosil bo‘lgan azotli birikmalarning bir qismi mikrobning yashashi uchun sarf bo‘lsa, qolgan qismi dukkakli o‘simliklarga o‘g‘it bo‘lib xizmat qiladi. Dukkakli o‘simliklar ildizining tugunchalaridagi bakteriyalar ildizning atrofidagi tuproqda ham ko‘payadi, bu bakteriyalar havodagi azotni tuproqda to‘plab, erni o‘g‘itlab turadi. Bu bakteriyalar quritishga va quyosh nurining ta’siriga chidamli bo‘lgani uchun tuproqda uzoq vaqt yashay oladi. Tuguiak bakteriya-lar aerob bo‘lgani uchun er qaydalib, unga qanchalik havo ko‘p kirib tursa, o‘simlik ildizida tugunchalar shunchalik tez hosil bo‘ladi. Tugunak bakteriyalardan tuproqning hosildorligini oshirish uchun bakterial o‘g‘itlar sifatida foydalanish mumkin. Bu mikroblardan Azotobacter va Clostridium Pasteurianum ko‘proq ahamiyatlidir. Bir-biridan morfologik belgilari bilan farq qiladigan bir necha azotobakterlar ma’lum. Masalan, Azotob.chroococcum yumaloq yoki oval shaklli bo‘lib grammusbat bo‘ladi, shilimshiq kapsula hosil qiladigan, yoshligida harakatchan, diametri 4-6 µ, ko‘pincha diplokokk yoki sartsina shaklida joylashadi. Oziq muhitida (qari kulturasida) o‘sganda sariq-qo‘ng‘ir rangli pigment hosil qilgani uchun CHroococcum deb nom berilgan. Uning o‘sishi uchun 25-30° issiq optimal temperatura hisoblanadi va muhit reaktsiyasi - pN=6 ga tengdir.Azot bakteriyasining havodagi azotni to‘playdigan maxsus fermenti - nitrogenazasi bo‘ladi, uning yordami bilan havodagi azot bakteriya tanasida oqsil birikmasi holida to‘planadi. Bu mikroblar o‘lgandan so‘ng tuproqda chirib, nitrifikatsiyaga uchraydi va ularni o‘simliklar o‘zlashtiradi. Agar tuproqda ohak tuzlari, fosfor va azotli kislotalar bo‘lsa, azot bakteriya yaxshi rivojlanadi va havo azotini ko‘plab to‘playdi. Clostridium pasteurianum batsillasini 1893 yilda S. N. Vinogradskiy topgan. Bu 3-12 mikron keladigan yirik harakatchan anaerob batsilla bo‘lib, urchiqsimon spora hosil qiladi va karbon suvli muhitlarda moy, sirka, propion va boshqa kislotalar hosil qilib, karbonat angidrid gazi va vodorod ajratadi. Bu mikrob tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, moy kislotasi hosil qiluvchi achishni qo‘zg‘atadi. Bu mikroblardan tashqari, tabiatda havo azotini to‘playdigan boshqa mikroorganizmlar ham uchraydi. Bularga ayrim suv o‘tlari, fotosintezlovchi purpur bakteriyalar kiradi, lekin bu mikroorganizmlarning havo azotini to‘plash mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan. SHunday qilib, azot to‘plovchi bakteriyalar to‘plagan azotni o‘simliklar o‘zlashtiradi. Mikroblarda to‘plangan azotli moddalar o‘simlik orqali odam va hayvonga o‘tadi, hayvon va odam o‘lgandan keyin uning tanasidagi oqsil modda tuproqdagi turli mikroorganizmlar ta’sirida avval ammonifikatsiya, so‘ngra nitrifikatsiyaga uchraydi. SHu bilan birga tuproqdagi boshqa gruppa mikroblar ta’sirida tuproqda denitrifikatsiya protsessi sodir bo‘ladi. SHu protsesslar natijasida tuproqda to‘plangan azotli moddalar parchalanib, birmuncha azot tuproqdan atmosferaga o‘tadi. Lekin bu protsess to‘xtovsiz davom eta olmaydi, chunki ayni pGu va?tda tuproqda yashovchi azot to‘plovchi ikkinchi gruppa bakteriyalarning faoliyati natijasida havoga o‘tgan azot yana tuproqda to‘planadi. SHu tariqa turli mikroorganizmlar ta’sirida moddalar tabiatda aylanib turadi. Mikroblar azotning tabiatda aylanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va azot to‘plash protsesslari natijasida erning hosildor bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Mikroblar erning unumli bo‘lishiga ta’sir etishi aniqlangandan so‘ng bunday mikroblar kulturasini ekin ekiladigan erga sun’iy ravishda aralashtirish va hosilni oshirish imkoniyati vujudga keldi. Nitragin - beda va dukkakli o‘simliklarning ildizida yashaydi va azot to‘plovchi Bact. radicicola ning kulturasidir. Uning kulturasi quritilib sterillangan tuproqqa aralashtiriladi. Tuproqning bir grammida bu bak-toriya 100 mln gacha ko‘paygandan so‘ng uni qo‘llanish mumkin bo‘ladi. Bu preparat beda va dukkakli o‘simliklar urug‘i bilan birga erga solinadi va ularning hosilini 20-30 protsentgacha oshirishi mumkin. Azotobakterin - (azotogen) azotobakterning sof kulturasi bo‘lib, u torf poroshogi va bo‘r aralashtirib go‘ng qo‘shilgan tuproq yoki agarda o‘stiriladi va donli ekinlar, kartoshka, pomidor, lavlagi, karam ekilgan erlarga o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Urug‘lar ekishdan oldin suv bilan sal ho‘llanadi va yaxshilab azotobakterin bilan aralashtiriladi. Bu preparat hosildorlikni 10-20 protsent oshiradi. V. SHeloumova azotobakterinni ho‘llanilgandan so‘ng, arpa hosilining 28%, bug‘doyning 23%, pomidorning 30%, kartoshkaning 22%, lavlagining hosili 8% oshganligini aniqlagan. Karbon barcha tirik organizmlar uchun zarur moddalardan biri ekanligi hammaga ma’lum. havoda 0,03 protsent miqdorda karbonat angidrid gazi bor. Bu gazdap hamda suvdan xlorofillik o‘simliklar quyosh nuri ta’sirida karbon suv (kraxmal, kletchatka, shakar) lar, oqsillar, moylar kabi murakkab organik birikmalarni sintez qiladi. Agar havoga erdan karbonat angidrid gazi chiqib qo‘shilib turmaganda, havodagi CO 2 gazini o‘simliklar o‘zlashtirib, havoda karbon gazi butunlay yo‘q bo‘lar edi. Haqiqatda esa havodagi CO 2 gazini o‘simliklar o‘zlashtirib, havoda CO 2 gazi kamayadi, ayni vaqtda CO 2 gazi havoga erdan chiqib doimo qo‘shilib turadi. Karbonning tabiatda almashib turishi bir qator mikroorganizmlarning ishtiroki bilan bo‘ladi.Havoga qaytib kelib qo‘shiladigan CO 2 gazining ko‘pchilik qismi turli organik moddalarning mikroblar ta’sirida parchalanishi tufayli hosil bo‘ladi (hayvon va o‘simliklarga nisbatan mikroblarning parchalash qobiliyati bir necha marta ortiq bo‘ladi), bir qismi esa vulkanlardan chiqadi, yana bir qismi esa odam va hayvonlar nafas chiqarganda CO 2 gazi shaklida havoga qo‘shiladi. Turli xil yonilg‘i yoqilganda va vulkan otilganda chiqqan CO 2 gazi havoga chiqib qo‘shiladi. Karbonning mikroorganizmlar ishtirokida almashinishi asosan achish reaktsiyasi bilan boradi. Nafas olish va achish protsesslarida mikroorganizmlar turli murakkab organik moddalarni (kraxmal, shakar va boshqalarni parchalab oddiy anorganik moddalarga aylantiradi) natijada hosil bo‘lgan CO 2 gazi atmosferaga chiqib turadi. Mikroblarnnng fermentlari ta’sirida karbon suvlarining, moylarning, oqsillarning va boshqa organik moddalarning parchalanib bioximiyaviy o‘zgarish protsessi achish deb aytiladi. Achish protsessi natijasida spirt, sirka, sut kislotasi, moy kislotasi va boshqa moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalarning turiga qarab achish protsessiga nom beriladi, masalan achish natijasida spirt hosil bo‘lsa spirtli achish, sirka hosil bo‘lsa sirkali achish deyiladi va hokazo. har xil achhsh turlari qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib kelgan, masalan vino, qatiq tayyorlanib kelingan. Lekin achish sabablari faqat XIX asrnnng ikkinchi yarmida o‘rganilgan va L. Paster birinchi bo‘lib 1857 yilda qatiq, vino kabilar mikroorganizmlar ishtirokida achiydiganligini isbotlab bergan. Achishning quyidagi turlari ma’lum: spirtli, sirka, moy, sut kislotalari hosil bo‘ladigan achish, kletchatkaning achishi va boshqalar. Bu protsesslar karbon almashinishida muhim rol o‘ynaydi. Spirtli achish. Bu achitqi zamburug‘lari Sacchoromyces (saxaromitsess) tufayli yuzaga keladi. Achitqi zamburug‘lari achitishini L. Paster 1858 yilda aniqlagan. Buxner 1897 yilda achitqi zamburug‘i zimaza deb atalgan ferment hosil qilishini va zimaza ta’sirida shakar achib, etil spirti va karbonat angidrid gaziga parchalanishini isbotladi. Spirtli achish protsessi anaerob va aerob sharoitlarda bo‘lishi sababli yuqori va past temperaturada achituvchi achitqilar ma’lum. 14-24° issiq temperaturada moddalar achiydi, barcha suyuqliklarning harakatlanishi natijasida ko‘p miqdorda gaz ajralib chiqadi. Bu achishni Saccharomyces cerevis iae hosil qilib, achish natijasida ular yuqoriga ko‘tarilib suyuqlik yuzasida parda hosil qiladi. Bular xamirturushdagi va pivo hosil qiluvchi achitqilardir. SHakar achib, undagi spirt miqdori 15 protsentga etganda bu achitqilar ko‘payishdan to‘xtaydi. Organik moddalar past temperaturada (4°-10°) kam achiydi va bu protsess juda sekin boradi. Moddalarni past temperaturada achitadigan achitqilar ko‘payib, so‘ngra cho‘kadilar. Bunday achitqilarga musallas (vino) hosil qiluvchi achitqi Saccharomyces ellipsoides (uzunligi 4-6 mikron, yaxshi pishgan uzum dastasida uchraydi) va Saccharomyces Vino - pivo tayyorlashda qo‘llaniladiganlar kiradi. Achitqilar ikki oilaga bo‘linadi: chin va soxta achitqilar. Sirka kislotali achishni 1862 yilda L. Paster aniqlagan va sirka kislota hosil qiluvchi mikroblarni ajratgan. Bu mikrobga Micoderma deb nom bergan. Bu tayoqchasimon bakteriyadir. Keyingi tekshirishlarda Mycoderma aseti sirka kislota hosil qiluvchi uch turdan iborat bakteriyalardan tashkil topganligi aniqlangan. Ular quyidagilardir: Acetobacter aceti, Acetobacter Pasteurianum, Acetobacter Küzingianum. Keyinchalik bu bakteriyalarning yana ko‘p turlari borligi aniqlangan. Sirka kislotasi tayyorlash uchun etil spirtining 10-12 protsentli eritmasi qo‘llaniladi. Sirka kislotasi hosil qiluvchi bakteriyalarning boshqa mikroblardan farqi shuki, ular oziq moddalarini organik kislota hosil bo‘lganga qadar to‘liq oksidlamaydi. Bunda etil spirtini sirka kislota hosil qiluvchi bakteriyalar avval sirka al’degidigacha, so‘ngra sirka kislotasigacha oksidlaydi. Sanoatda sirka 2 usul bilan tayyorlanadi. 1.Frantsuz usuli. Bu usulda sirka kuchsiz vinolardan tayyorlanadi. Bu usul bilan sirka tayyorlash uchun bakteriyalarning Acetob: orleanensa turidan foydalaniladi. Bu bakteriya uzum vinosining kuchsiz eritmalarida rivojlanadi va juda pishiq parda hosil qiladi. Uzum vinosidan sirka tayyorlanganda bu bakteriyadan keng foydalaniladi. Spirtning bu bakteriya rivojlana oladigan maksimal kontsentratsiyasi 10 protsentdan 12 protsentgachadir, sirka kislotasining maksimal kontsentratsiyasi 9,5 protsent. 2.Nemis usuli. Bunda spirtdan tezlik bilan sirka tayyorlanadi. Bu usulda sirka tayyorlashda ko‘pincha bakteriyaning Acetob. schutzenbachis turidan foydalaniladi. Muhitda 11,5 protsentga yaqin sirka kislota to‘planadi. Bu usul bilan sirka tayyorlashda suyultirilgan spirt ishlatiladi va buk daraxtining qirindilari to‘ldirilgan silindrsimon yoki konussimon bochkalarda achitiladi, chunki bu bakteriya buk daraxtining qirindisida yaxshi rivojlanadi. Ikkala usulda ham achiyotgan suyuqlikka havo kirib turishi kerak. Lactobact. bulgaricum bolgar tayoqchasi. Mechnikov bu mikrobni bolgar qatig‘idan ajratgan. Sporasiz, uzunligi 4-5µ gacha bo‘lgan tayoqcha, grammusbat bo‘yaladi, optimal temperatura 40-48°; 3-3,5 protsent sut kislotasi hosil qiladi. Lactobact. Delbrucki cho‘ziq sporasiz tayoqcha bo‘lib, uzunligi 2-7 µ, optimal temperatura 45°-50°, 2,2% gacha sut kislotasi hosil qiladi, agar oziq muhitga bo‘r qo‘shilsa - 10 protsentgacha sut kislota hosil qiladi. Bu mikrob zavodlarda sut kislota tayyorlashda qo‘llaniladi. Lactobact. acidophilum mikrobi emizikli bolalar yoki hayvon bolalarining tezagidan olinadi, shakli va ta’sir etishi bolgar tayoqchasiga o‘xshashdir. Lactobact.brassicum bu asosan karamni achitadigan mikrobdir, qand shakarni yaxshi achitadi va sut shakarni kuchsiz achitadi. Lactobact. cucumeris fermentatum ikkitadan yoki zanjirsimon joylashgan kalta tayoqcha (1,5-2 µ) bo‘lib, bodring achitganda qo‘llaniladi. Optimal temperaturasi 35% 1 protsent kislota hosil qiladi. Bact caucasicum qimiz tayyorlashda qo‘llaniladi. Bact . Casei o‘sishi uchun optimal temperatura 40, Sovet va SHveytsar pishlog‘i va qimiz tayyorlashda ishlatiladi. YUqorida aytib o‘tilgaya bakteriyalar sut kislotasi hosil qilish uchun tipikdir va ular gomofermentativ deyiladi. Bulardan tashqari, tipik bo‘lmagan geterofermentativ mikroblar (Coli, aërogenes gruppasidagi va boshqa bakteriyalar) o‘z faoliyatida sut kislotasidan boshqa qahrabo, sirka kislotalari, etil spirti, karbonat angidrid gazi va vodorod hosil qiladilar. Sut kislotasi hosil qilish protsessida turli geksozalar (glyukoza) disaxaridlar (sut va qand shakari), pentozalar (arabinoza), ko‘p atomli spirtlar, ko‘p asosli kislotalar va oqsilli muhitlarda hosil bo‘lishi mumkin, shu sababli sut kislotasi ko‘p bo‘ladi, sut va qaymoqni achitishda, pishloq tayyorlashda, silos tayyorlaganda, xamir achitishda va boshqalarda keng qo‘llapiladi. Oltingugurt hayvon va o’simlik oqsilining hamda ko’pchilik organik va anorganik birikmalarning asosiy qismidir. Oltingugurtning asosiy qismi tuproqqa o’simlik va hayvon qoldiqlari bilan birga tushadi. Usha aoldialar parchalanganda, oltingugurt vodorod sulfid shaklida ajralib chiqadi. Vodorod sulfid hayvon organizmi uchun zaharlidir. Vodorod sulfidi hayvondagi oksigen ta’sirida va oltingugurtli bakteriyalar (serobakteriyalar) ishtirokida oksidlanib, natijada oltingugurt sulfat kislotasi va suv hosil bo’ladi. Oltingugurt to’plovchi bakteriyalar autotroflar deyiladi, ular uchun oltingugurt ozuqa moddasi bo’lib xizmat qiladi. Oltingugurt to’plovchi bakteriyalar ikki gruppaga bo’linadi: pigmentli va pigmentsizlar. Pigment hosil qiluvchilar «bakteriopurpurin» nomli qizil pigmentlidir. Ushbu pigment bakteriya uchun xuddi xlorofilldek xizmat qiladi. Bu bakteriyalar orasida kokklar, tayoqcha shakllar va spirallar bor. Pigmentsiz oltingugurt bakteriyalar uchun ipsimon shaklda bo’lib, Beggiata, Thiothrix va Thioploca lardan iboratdir. Oltingugurt to’plovchi bakteriyalar tuproqda, botqoqli joylarda, ko’l suvlarida, ayniqsa, oltingugurtli buloq suvlarida ko’p uchraydi. Tabiatda yana boshqa «tionbakteriyalar» nomli bakteriyalar ham oltingugurt to’playdi, lekin ular o’z tanasida oltingugurt saqlamaydi. Bu mikroblar tuproqda, sho’r suvlarda ko’p uchraydi va ular katta ahamiyatga ega, chunki suvda to’plangan zaharli vodorod sulfidni oksidlab, zaharsiz holga keltiradi va atrof muhitini tozalab turadi. Ular tuproqda oltingugurtni oksidlab, o’simliklar o’zlashtira oladigan holatga keltirib, o’simliklar uchun qo’shimcha ozuqa hosil qiladi va shu bilan hosilni oshirishda ishtirok etadi. Tabiatda oltingugurt to’plovchi bakteriyalar bilan bir qatorda ularga nisbatan teskari ish qiluvchi bakteriyalar ham bor. Bu bakteriyalar sulfatlarni parchalab, vodorod sulfid holatiga keltiruvchilardir. Spirillum dasuefiricans , Microspira aestuarű va boshqalar ana shunday xususiyatga ega. Patogen mikroblardan manqa kasalini qo’zg’ovchi mikrob ham sulfatlarni bir qadar parchalay oladi. Turli kasalliklarni davolash uchun qo’llaniladigan balchiqlarda vodorod sulfidining bo’lishi sulfatlarni parchalovchi bakteriyalarning faoliyatiga bog’liqdir. Bunday bakteriyalar dengiz ostida ham uchraydi.Fosforning almashinishida mikroorganizmlarning ishtiroki. Oqsil moddalar va lipoidlarning tarkibida fosfor ham bo’ladi. Organik moddalar chirib parchalanganda fosfor kislota hosil bo’lib, u tuproqdagi kaliy, magniy, temir tuzlari bilan birikadi va o’simliklar o’zlashtira olmaydigan tuz hosil qiladi. Keyin bu tuzlar mikroblar ta’sirida eriydigan holatga keltiriladi. Fosfatlarni eriydigan holatga keltirishda nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar, oltingugurt va tion bakteriyalar ishtirok etadi. Temirbirikmalarining almashinishida mikroblarning ishtiroki. Tabiatda bir gruppa mikroorganizmlar bor, bular temir bakteriyalar deyiladi. Ular o’z hujayrasida FeCO 3 ni oksidlab, tanasining sirtida to’playdi. Temir bakteriyalar konlarda, katta hovuzlarda, temir birikmalari bor buloqlarda uchraydi. Bu bakteriyalar ko’p to’plangan joylarda to’q qizil rangli shilimshiq parda hosil bo’ladi. Temirli bakteriyalarga Leptothrix ochraceae, Cranothrix poedispora va boshqalar kiradi. Azot, karbon va boshqa elementlarning tabiatda aylanib turishi chirish-achish protsessiga bog’liqligini va bu protsesslarda bir qator mikroblar ishtirok etishi aniqlaigan. Adabiyotlar : 1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979. 2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980. 4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981. 5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984. 7.Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987