logo

Patogen mikroorganizmlarlar.infeksiya haqida tushuncha. Mikroorganizmlarning o'simliklarni,hayvonlarni va odamlarni kasalantirish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42 KB
www.arxiv.uz Reja: 1. Patogen mikroorganizmlar haqida tushuncha. 2. Infeksiya. 3. Mikroorganizmlarning patogenligi, virulentligi va zaharliligi 4. Ekzotoksin. 5. Endotoksin. 6. Antitoksin. www.arxiv.uz O'simlik, hayvon va odam kasalliklari har xil mikroorganizmlar, ayniqsa, zamburug'lar, bakteriyalar va viruslar orqali vujudga keladi. Mikroorganizmlar tashqi muhit bilan munosabatiga ko'ra 2 guruhga bo'linadi: 1. Saprofitlar; 2. Parazitlar. Bundan bir necha ming yillar ilgari mikroorganizmlar saprofit, ya'ni, o'lik organizmlar hisobiga yashagan. Keyinchalik er yuzida o'simliklar, hayvonlar va odamlar organizmiga kirib, ular tanasidagi oziq-ovqat moddalaridan foydalanib yashay boshlaganlar. Natijada parazit mikroorganizmlar paydo bo'lgan, keyinchalik ana shu parazit mikroorganizmlarning ayrim turlari kasallik qo'zg'atuvchi patogen mikrob bo'lib etishgan. Ko'pchilik patogen mikroblar o'simlik, hayvonlar va odamlar hisobiga oziqlanib qolmasdan, balki ular uchun zaharli moddalar ajratib, yuqumli (infeksion) kasalliklarni ham qo'zg'atadi. Infeksiya – organizmning patogen mikrobning ta'siriga ko'rsatgan javob reaksiyasidir. Infeksiya lotincha «Unficio» so'zidan olinib, yuqtiraman degan ma'noni bildiradi. Ko'pincha infeksiya so'zi kasallik ma'nosida qo'llaniladi. Ba'zi vaqtlarda infeksiya deb kasalllikni qo'zg'atuvchi mikrobning sof organizmiga o'tishiga ya'ni kasallikning yuqushiga aytiladi. Infeksiyaning sababchisi patogen mikrobdir, patogen mikrobsiz infeksiya ham bo'lmaydi. Patogen mikroorganizmlarning odam va hayvon organizmiga biron yo'l bilan kirishi kasallikning yuqushi deyiladi. Lekin patogen mikrob organizmga kirgani bilan ya'ni, kasalllik yuqushi bilan organizm albatta kasallanadi deyish noto'g'ridir. Chunki organizmga kirgan mikrobning kasallik qo'zg'ash darajasi past bo'lsa yoki odam va hayvon organizmi ana shu organizmga kirgan mikrobga nisbatan chidamli bo'lsa, mikrob kasallikni qo'zg'ay olmasdan nobud bo'ladi. Umuman patogen mikrob organizmga kirgandan keyin infeksion kasallik paydo bo'lishi yoki bo'lmasligi quyidagi 3 omilga bog'liq. 1. Organizmga kirgan mikrobning hususiyatlariga. Masalan, mikrobning patogenlik darajasiga, agressivligiga, zaharligiga bog'liq. www.arxiv.uz 2. Inson va hayvon organizmining mikrobga nisbatan chidamli bo'lishiga, uning yashash sharoitiga va immunobiologik xususiyatlariga bog'liq. 3. Organizmga patogen mikroblar tushganda yoki infeksiya yuqqan davrida tashqi muhitning mikroorganizm uchun qulay yoki noqulay bo'lishiga bog'liq. Patogen mikroblar tubandagi xususiyatlarga ega bo'lsa kasalllik qo'zg'ashi mumkin. 1. Mikroorganizmlarning patogenlik xususiyati: Mikrobning ma'lum sharoitda kasalllik qo'zg'ay olish xususiyati patogenlik deyiladi. Patogenlik mikrob turiga xos bo'lgan belgidir. Har qanday kasalllik qo'zg'atuvchi mikrob patogen hisoblanadi. Patogen mikroblarning har bir turi malum kasallikni hosil qiladi.Mikroblarning patogenligi xususiyati turli sharoitda turlicha bo'ladi. Masalan , patogen mikrobni kasal organizmdan ajratib olganda uning patogenligi juda kuchli bo'ladi, endi shu mikrobni laboratoriya sharoitida turli oziq-ovqatda o'stirilganda,uning patogenligi pasayib boradi. 2. Mikroblarning virulentligi: mikrobning patogenlik darajasini virulent so'zi bilan ifodalanadi. Patogenligi juda kuchli bo'lgan mikrobni virulent mikrob deb ataladi.Mikrobning virulentligi o'zgaruvchan bo'lib, mikrob qulay sharoitda yashasa uning virulentligi oshadi,noqulay sharoitda mikrobning virulentligi pasayadi. Hozirgi vaqtda ayrim mikroblarning virulentligini pasaytirib,ular-dan vaksinalar tayyorlash usuli topilgan.Mikrobning virulentligini pasaytirish uchun quyidagi usullar qullaniladi. а) mikrob kulturasini uzoq vaqt noqulay ovqatda o'stirish. b) mikrob kulturasini yuqori temperaturada o'stirib kuchsizlantirish(42,5) v) kulturaga biror kimyoviy narsa aralashtirish (masalan,fenol, lyugol,formalin,sulema eritmalari) g) mikrob kulturasini yoki virulent mikrobni asta-sekin quritib,virulentligi pasaytirish. www.arxiv.uz d) virulentli mikrobni unga nisbatan chidamli hayvon organizmiga yuqtirib,keyin undan yana ajratib olish (nassaj qilish).Masalan odamda chechak kasaligini qo'zg'ovchi mikrobni buzoqqa yuqtirib virulentligi pasaytiriladi. e) virulent mikrobga bakteriofag va turli antibiotiklar tasir ettirish. j) mikrob kul'turasiga kuyosh nuri ta'sir ettirib, uning virulentlini pasaytiriladi. 3) mikrobning zaharliligi. Patogen mikroblar kasallik qo'zg'aganda zaharli moddalar hosil qiladi, bu zaharli moddalar organizmni zaharlaydi. Patogen mikroblarning hosil qilgan ana shu moddasiga toksin yoki zahar deyiladi. Mikrobning toksini 2 xil bo'ladi. 1. ekzotoksin 2. endotoksin. Bular bir-biridan o'zining xususiyatlari bilan farq qiladi. Mikroblar organizmda yoki sun'iy oziq-ovqatda yashaganida atrof muhitga ekzotoksin ajratadi va uni mikrob hujayrasidan ajratib olish mumkin. buning uchun patogen mikrob oziq – ovqatda 37o issiqda 5-12 kun o'stiriladi, keyin mikrob o'sgan ovqat mikrob o'ta olmaydigan fil'trdan o'tkaziladi. Natijada mikrob fil'trdan o'ta olmaydi, fil'trdan mikrobning ekzotoksini erigan holda o'tadi. Ana shu yo'l bilan har qanday patogen mikrobdan ekzotoksin olish mumkin. Bu ekzotoksinlar juda zaharli va kuchli bo'ladi. Masalan botulizm kasalligini vujudga keltiruvchi mikrobdan ajratib olingan ekzotoksinning 0,005 ml dengiz cho'chqasini o'ldiradi, odamda qoqshol kasalligini hosil qiluvchi mikrobning 0,00025 gr ekzotoksini odamni o'ldiradi. Ba'zi mikroorganizmlarning hosil qiladigan toksini yoki zahari mikrobning protoplazmasiga bog'liq bo'ladi, mikrob tirik vaqtda uning tanasidan sirtga yoki tashqariga ajrab chiqmaydi. Bunday toksinga endotoksin deyiladi. Endotoksinlar har xil yo'llar bilan masalan, mikrob kul'turasini qizdirib bir necha marta muzlatib eritish yo'li bilan yoki unga ferment va bakteriofaglarni ta'sir etkazib ajratib olinadi. Sovet olimi Arestovskiy entotoksin bilan ekzotoksinlarni bir-biriga taqqoslab xususiyatlarini aniqlaydi. Antitoksin www.arxiv.uz Hayvon organizmida toksinga qarshi nitralovchi moddalar bo'ladi, ana shu moddaga antitoksin deyiladi. Agar zaharli modda toksin yoki ekzotoksin hayvonga yuborilsa, shu moddaga qarshi antitoksin hosil bo'ladi. Antitoksinlar qon zardobida ko'p to'planadi, shuning uchun kasallikdan tuzalgan odamga immunizasiya (emlangan) qilingan hayvonning qon zardobi ishlatiladi. Antitoksinlik zardobning tasirini quyonda sinab ko'rsa bo'ladi.2ta quyon olinib,biriga hayvonni o'ldiradigan toksin-zahar yuboriladi,bu kontrol hisoblanadi. 2-quyonga ham o'ldiradigan miqdorda toksin yuboriladi,lekin shu toksinga etarli miqdorda antitoksin zardobi qo'shiladi.1-quyon o'ladi,chunki unga faqat toksin yuboriladi,2-quyonga yuborilgan toksin antitoksin tasirida neytrallanib quyonga tasir o'ta olmaydi va bu quyon sog'qoladi. Bu tajribada toksin antitoksin tasirida neytrallanishini ochiq ko'rish mumkin. Ayrim olimlar antitoksin toksinni parchalab, uning zaharli xususiyatining deb tushunganlar. Tekshirishlar bu fikr noto'g'riligini isbotladi. Masallan toksinga antitoksinli zardob yuborilsa toksin uning zaharlik xususiyatini yo'qotib neytrallanadi. Ana shu neytrallangan toksinni yana ajratib olish mumkin. Bu ajratib olingan toksin yana avvalgiday zaharlilik xususiyatiga ega bo'ladi. Demak, toksin antitoksin ta'sirida parchalanmasdan faqat neytrallanar ekan. Antitoksinlik zardoblar juda ko'p kasalliklarni dovolash uchun ishlatiladi. Masalan, difteriya, tetanus, gangrena, ilon va chayon chaqqanda ularning zahriga qarshi antitoksinli zardob yuboriladi.Antitoksinli zardoblarni otlarda tayyorlab olinadi. Buning uchun maxsus vaksina va zardoblar instituti bor. Buning uchun sog' va yosh otlarda shu toksinga qarshi antitoksinlar hosil bo'ladi. Bu 3-4 oy davom etadi. Keyin otdan 6-7 litr qon steril holda olinadi. Qon tindiriladi, antitoksinli zardob yuqoriga chiqadi. www.arxiv.uz Adabiyotlar: 1. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. Tashkent, Meditsina, 1979. 2. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent «O’qituvchi», 1975. 3. Genkel P.A. Mikrobiologiya s osnovami virusologii. M. Prosveshenie, 1974. 4. Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy s osnovami mikrobiologii. M. Posveshanie, 1965. 5. Germanov N.I. Mikrobiologiya. M. Posveshanie, 1969. Iz-vo AN SSSR. 6. Irusalimskiy N.D. Osnov fiziologii mikrobov. M., 1965. 7. Mishustin Ye.N., Shilnikova V.K. Biologicheskaya fiksatsiya atmosfernogo azota. M., Nauka, 1968. 8. Mustakimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi asoslari. 9. Rabotnova I.L. Obshaya mikrobiologiya. M. Visshaya shkola, 1966. 10. Fedorov M.V. Mikrobiologiya. Toshkent, O’qituvchi, 1966. 11. Shlegel. Obshaya mikrobiologiya. M., Mir, 1987. 12. Mishustin Ye.N., Yemtsen V.T. Mikrobiologiya, 1985. 13. Gusev M.V., Minaeva L.A. Mikrobiologiya, 1985. 14. Inogomova M. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari, 1983. 15. www.ziyonet.uz