logo

Yer tipidagi planetalarning fizik tabiatlari. (Merkuriy, vinera, yer, oy).

Yuklangan vaqt:

12.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

192 KB
Yer tipidagi planetalarning fizik tabiatlari. (Merkuriy, vinera, yer, oy). Merkuriy (Utorud) Reja: 1. Venera (Zuhra) 2. Yer — planeta 3. Mars (mirrix). 4. Yupiter (mushtariy). 5. Saturn. 6. Uran. 7. Neptun. Quyosh sistemasidagi to'qqizta planeta ichida Quyoshga eng yaqini merkuriy bo'lib, qadimda uni arablar Utorud deb atashgan. Utorudning orbitasi boshqa planetalarnikidan farq qilib, cho'zinchoq ellips shaklidadir. Shuning uchun ham bu planetaning Quyoshdan uzoqligi 0,31 dan to 0,47 astronomik birlikkacha o'zgarib turadi. Planetaning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 58 million kilometrni tashkil qiladi. merkuriyning diametri 4880 kilometr bo'lib, uning sirtida tortish kuchi Yemikidan 2,6 marta kam. Boshqacha aytganda, og'irligi Yerda 80 kilogramm bo'lgan odam merkuriyda atigi 30 kilogramm chiqadi. merkuriy o(z orbitasi bo'ylab sekundiga o'rtacha 48 kilometr tezlik bilan harakatlanib, Quyosh atrofini 88 kunda to'la aylanib chiqadi. Merkuriy sirtining kunduzgi o'rtacha temperaturasi +345 gra-dusgacha (Selsiy shkalasida) ko'tarilgani holda, kechasi -180 gradusgacha pasayadi. Biroq shuni aytish kerakki, planeta sirtining mayda tuprog'i issiqlikni yomon o'tkazganligi tufayli bir necha о ’n santimetr chuqurlikdagi temperatura sirt temperaturasi dan keskin farq qilib, +70...+90 °C ni tashkil qiladi va juda kam o'zgaradi. Bu nazariy ma'lumot keyinchalik radioastronomik kuzatishlar asosida to'la tasdiqlandi. merkuriy sirtini yaqindan ko'rish planetalararo avtomatik stansiya «mariner-10» ga (AQSh) nasib qilgan ekan, 1973-yilning oxirlarida planeta tomon yo'lga chiqqan bu stansiya 1974-yilning 21-sentabnda merkuriydan 47 ming 981 kilometrlik masofadan о tayotib planeta sirtining 500 ga yaqin sifatli rasmini oldi. Merkuriy sirt jinslarining zichligi Oynikidek, ya'ni 3,0-3,3 g/sm3 bo’lib, o'rtacha zichligi 5,44 g/sm3 ekanligi uning markaziy qismida temir yadrosi yoki eng kamida silikat jinslar katta bosim ostida metallik holatga o'tayotganidan darak beradi. Kichik massali merkuriy (Yer massasining 5,5 protsentiga teng) sirtining bu qadar yuqori temperaturagacha (ekvatorda +420 °C gacha) qizishi planeta atmosferasinins asosiy qismini uni tashlab ketishiga sabab bo'lgan deb qaraladi. Planeta atmosferasi asosan geliydan tashkil topgan bo'lib, bosimi Yer sirtida bu gaz beradigan bosimdan 200 milliard marta kichiklik qiladi. Planeta sirtidagi barcha gazlarning bosimi esa Yernikidan yarim million martacha kam. Merkuriyga yaqin «qarindosh» Oy tuprog'ida mikroorganizmlarmng yo'qligi, iqlim sharoitiga ko'ra, Oynikidan ham keskinligi bilan farq qiluvchi merkuriyda hayot bo'lishi uchun sharoit yo'q deb dadil aytishga to'la imkon beradi. merkuriyning yo'ldoshi yo'q. Venera (Zuhra) Qadim rim mifologiyasida sevgi xudosining nomi bilan yuriti-ladigan bu planetaning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 108 million kilometrdir. Venera (o'zbekcha nomi Zuhra) orbitasi bo'ylab sekundiga 35 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 225 kunda Quyosh atrofida bir marta to'la aylanib ulguradi. ravshanligi jihatidan Quyosh va Oydan keyin turadigan bu planeta juda qadimdan kishilar diqqatini o'ziga tortib, qo'zg'almas yulduzlar fonida harakatlanishi birinchi bo'lib sezilgan «adashgan» yoritgichdir. Shuning evaziga u «Tong yulduzi» deb nom olgan. 1610- yildayoq G. Galiley o'zi yasagan teleskopda uni kuzatib, Veneraning ham Oykabi turli fazalarda bo'lishining guvohi bo'ldi. Bu hodisa Venera ham Oy kabi sferik shakldagi osmon jismi ekanligining dastlabki isboti edi. Veneraning kattaligi salkam Yernikicha bo'lib, diametri 12 ming 100 kilometrni tashkil qiladi. 1761-yil 6- iyunda astronomlar «Tong yulduzi» bilan bog'liq qiziq bir hodisaning guvohi bo'ldilar: planetaning harakati Quyosh diskida proyeksiyalandi. Bunday g'aroyib hodisani kuzatgan rus olimi m.V.lomonosov Veneraning qalin atmosfera bilan qoplan-ganligini aniqladi. Tong yulduzi»ning bir kuni, ya'ni Quyoshga nisbatan o'z o'qi atrofida aylanishi davri 117 Yer kuniga teng bo'lib, bir yili uning ikki kunidan sal kam chiqadi. Planeta atmosferasining kimoviy tarkibi, bosimi va tempera-turasiga tegishli aniq ma'lumotlar bu planetaga « sayohat» qilgan sobiq ittifoq va AQSh planetalararo avtomatik stansiyalari yorda mida olindi. Birinchi bo'lib, 1961- yili 12- fevralda, Veneraga sobiq ittifoqning «Venera-1» avtomatik stansiyasi yo'l olib, 97-kuni u planetadan 100 ming kilometr naridan o'tdi. Veneraning Yerga yaqin kelgan holatlarida ungacha masofa 40 million kilometrdan kam bo'lmasligini e'tiborga olsak, «Venera-1» planetamiz «qo'sh-nisi»ga qanchalik yaqin borganini tasavvur etish qiyin bo'lmaydi. 1967-yilda uchirilgan «Venera-4» stansiyasida esa birinchi marta qo'ndiriluvchi apparat ishga tushirildi. Bu apparat planeta atmosferasining 25 kilometrli qalin qatlamini o'tish paytida planeta atmosferasiga tegishli ma'lumotlarni Yerga uzatib turdi. Shuning dek, bu apparatga o'rnatilgan magnitometr yordamidagi o'tkazilgan o'lchashlar Venerada magnit maydon deyarli yo'qligini ma'lum qildi. 1970- yilda uchirilgan «Venera-7» ning qo'ndiruvchi apparati muvaffaqiyat bilan Venera sirtiga ohista qo'ndirildi va 23 minut davomida undagi atmosferaning bosimi, temperaturasi va tarkibiga tegishli ma'lumotlarni o'lchab turdi. 74- rasm. Veneraning «Venera-9» va «Venera-10» KA lari tomonidan olingan rasmi. Ayniqsa, 1975-yil oktabrida Veneraga sayohatga yo'l olgan «Venera-9» va «Venera-10» lar planetani o'rganish tarixida muhim o'rin tutadi. Bu ikkala stansiya planetaning birinchi sun'iy yo'l-doshlari orbitalariga chiqarilib, ularning qo'ndiriluvchi apparatlari planeta sirtining bevosita olingan birinchi tasvirlarini Yerga uzatdi (74- rasm). Shuningdek, bu apparatlar planetaning sirt tuprog'ida tabIIy radioaktiv elementlarning miqdorini, shamolning tezligini, atmosferadagi suv bug'larining miqdorini, planeta sirtiga tegishli temperatura, bosim va yoritilganlikni o'lchadilar. 1978- yili esa «Tong yulduzi» tomon «mehmonga» to'rtta avto-matik stansiya yo'lga chiqdi. Bulardan ikkitasi sobiq ittifoqning «Venera-11» va «Venera-12» stansiyalari bo'lsa, qolgan ikkitasi AQSh ning «Pioner-Venera-1» va «Pioner- Venera-2» stansiyalaridi. Uzoq yillar davomida olimlar «boshini qotirgan» planetaning asosiy «tilsimi» - uning sirtiga tegishli yuqori temperaturasi bo'ldi. Darhaqiqat, Yerga nisbatan Quyoshga juda ham yaqin bo'lmagan va qalin atmosfera bilan qoplangan Venera sirtida temperaturaning bu qadar yuqori (+480 °C) bo'lishining sababi nimada, degan tabIIy savol tug'iladi. Gap shundaki, planetaning qalin atmosferasi orqali qisqa to'lqinli Quyosh nurlanishining juda kam miqdori uning sirtiga yetib, uni qizdiradi. Natijada planeta sirti infraqizil diapazonda nurlana boshlaydi. Bunday issiqlik nurlanishi,planeta sirtini tark etib, atmosfera orqali kosmik bo'shliqqa intiladi. Biroq CO2 ga boy bunday atmosfera Venera sirtining kosmik bo'shliqni «ko'z-lagan» issiqlik nurlanishlarining chiqib ketishiga deyarli yo'l ber-maydi. Natijada «parnik effekt» deyiluvchi bu effekt planeta sirtining qattiq qizishiga olib keladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, garchi oxirgi yillarda «Tong yulduzbga tegishli talay kashfiyotlar qilingan bo'lsa-da, biroq u bilan bog'IIq ko'p jumboqlar hali o'z yechimini topishi uchun navbat kutmoqda. Yer — planeta Yer Quyoshdan uzoqligi bo'yicha uchinchi o'rinda turuvchi planeta bo'lib, Yer rusumidagi planetalar ichida eng yirigi hisoblanadi. Yer osmonda juda chiroyli ko'rinish olishini, uning Oy sirtidan olingan rasmi to'la tasdiqlaydi (76- rasm). Planetamiz ning ekvatorial radiusi 6378 kilometr. Yer, Quyosh atrofida se-kundiga taxminan 30 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 365,24 kunda uning atrofida bir marta to'la aylanib chiqadi. Planetamizda bir yilda to'rt faslning kuzatilishi sababi Yer o'qining orbita tekisli-giga 66,5° og'maligi bilan tushuntiriladi. Yer o'z o'qi atrofida 23 soat 56 minut 4 sekundda to'la aylanib chiqadi. Bu uning haqiqiy aylanish davridir. Biroq uning Quyoshga nisbatan o'rtacha aylanish davri biroz uzunroq bo'lib, rosa 24 soatni tashkil qiladi. Yerning o'rtacha zichligi har kub santimetrida 5,5 grammga teng bo'lib, massasi taxminan 6 * 1024 kilogramm. Planetamizning atmosferasi rninglab kilometr balandlikkacha cho'zilib, og'irligi qariyb 5 ming 160 trillion tonna keladi! Bunday qalin atmosfera Yerda hayotning paydo bo'lishi va rivojlanishida muhim rol o'ynagan. Xususan, 20-30 kilometr chamasi balandlikda joylashgan ozon qat-lami Quyoshning qisqa to'lqinli ultrabinafsha nurlarini kuchli yutib, barcha tirik jonivorlarni, jumla-dan odamzodni bunday nurlarning xavfli ta'siridan asraydi. Atmosferaning 21 protsentiga yaqinini kislorod, taxminan 78 protsentini azot, qolgan qismini esa boshqa gazlar: argon, karbonat angidrid va suv bug'lari tashkil qiladi. Ver gidrosferasiga (Yer yuzidagi qattiq, suyuq va gaz holatidagi suvlarning majmuasi) ko'ra, boshqa planetalardan keskin farq qiladi. Unda faqat suyuq holatdagi suvning hajmi 1 million 370 ming trillion (1,37- 1018) kub metr bo'lib, umumiy maydoni 3 ming 610 milliard kvadrat metrga teng. Boshqacha aytganda, u Yer sirtining qariyb 71% ini tashkil qiladi. Quruqlikning o'rtacha balandligi dengiz sathidan 875 metr bo'lgani holda Dunyo okeani-ning o'rtacha chuqurligi 3800 metrgacha boradi. Suv o'zining ajoyib xususiyatlariga ko'ra Yerda optimal issiqlik rejimining vujudga kelishida muhim rol o'ynaydi. Suvsiz organik hayot Yerda vujudga kela olmasdi. Suvning qattiq bo'lagi - muz ham planetamizning ancha qismini egallab, asosiy qismi Antarktida va Grenlandiya quruqliklarini qoplaydi. Uning umumiy muz qatlami erisa edi, dunyo okeanining sathi 60 metrga ko'tarilib, quruqlikning yana 10% i suv ostida qolgan bo'lardi. Yerning qattiq qatlami Utosfera deyilib, bu qismida planeta mizning asosiy massasi mujassamlashgan. Garchi bir qarashda litosfera sirtida turib, uning ichki tuzilishi haqida ma'lumotga ega bo'lish mumkin emasdek tuyulsa-da, aslida planetamizda yer qimirlashlarini tadqiq qilish asosida uning ichki tuzilishi haqida yetarlicha aniq ma'lumotlar olingan. Yer qimirlashlari paytida yer sirtining turli nuqtalarida ularni qayd qilish yo'h bilan taxminan 3000 km chuqurlikdan ichkari tomonga ko'ndalang seysmik to'lqin-lar tarqala olmasligi ma'lum bo'ldi. Ko'ndalang to'lqinlar suyuqlik- da tarqalmasligini bilgan holda olimlar, Yerning bu chuqurligidan ichki qismida suyuq holatdagi yadrosi bor degan xulosaga keldilar. Keyingi tadqiqotlar bu yadro asosan ikki — radiusi 1200 kilo-metrgacha boradigan ichki — qattiq va uning ustida 2250 kilometrli qalinlikdagi suyuq qismlardan iboratligini ma'lum qildi (77- rasm). Temperatura Yer markaziga tomon ortib borib, mantiyaning quyi chegarasida, Kelvin shkalasida 5000 gradusgacha, markazda esa taxminan 10000 gradusgacha boradi. 77- rasm. Yerning ichki tuzilishi. Yer gigant magnit bo'lib, uni kompas strelkasining planetamiz magnit maydoni kuch chiziqlariga parallel turish uchun intilishidan bilish mumkin. Qizig'i shundaki, geomagnit qutblar geografik Yer qutblari bilan ustma-ust tushmaydi. Shimoliy geomagnit qutbning geografik kengligi 78°5', uzunligi esa 290°sharqiy uzunlikni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, geomagnit o'q Yer o'qiga 11,5° li burchak ostida yotadi. Biroq Yer «o'z qo'limizda» bo'lib, boshqa osmon jismlarini o'rganishga nisbatan uni tadqiq qilishga katta imkoniyatlarimiz borligini hisobga olsak, planetamiz sirlarini qo'shni planetalardan ancha ilgari «fosh» qilishga katta umid bilan qarash mumkin. Yerning atrofida uning birgina tabIIy yo'ldoshi - Oy aylanadi. 3.Mars (mirrix). Urush xudosi mars nomi bilan yuritiladigan Yer tipidagi to'rtinchi bu planetaning orbitasi Yer orbitasidan tashqarida yotadi. Uning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 228 million kilometr. mars Quyosh atrofida aylanayotib, har 780 kunda Yerga yaqinlashib turadi Bunday yaqinlashish qarama-qarshi turish deyiladi. М ars orbitasi ellips shaklida bo'lganidan, qarama-qarshi turish paytida u Yerga eng yaqin kelganda (buyuk qarama-qarshi turish paytida), undan bizgacha masofa 56 mln km ni tashki etadi. Planetaning buyuk qarama-qarshi turishi har 15-17 yilda kuzatilib, oxirgisi 1988- yilda bo'lgan edi. mars nisbatan kichik planeta, uning diametri 6775 kilometr, massasi esa 6,44- 10" kg (Yer massasining 0,107 qismini tashkil qiladi). O'rtacha zichligi ham Yernikidan ancha kam - 3,94 g/sm3. Erkin tushish tezlanishi - 3,72 m/s2. «Urush xudosi» o'zining fizik tabiati jihatidan Quyosh siste-masining planetalari ichida Yerga «qarindosh»ligi bilan ajralib turadi. mars sutkasi Yernikidan kam farq qilib, 24 soat 39,5 minutga teng. Shuningdek, planetada yil fasllari bo'lishini ta'min-lovchi omil, ya'ni uning aylanish o'qining orbita tekisligiga og'maligi ham Yernikidan oz farq qilib, 65° 12' ga teng. Biroq mars yilining uzunligi biznikidan ancha ortiq bo'lib, 687 yer sutkasiga (yoki 669 mars sutkasiga) teng. Planetaning 35° kengligida kuz faslida, tush paytiga yaqin temperatura -20 °C, kechqurun -40 °C, kechasi esa -70 °C ga boradi. Qish paytida 40° li kenglikda temperatura -50 °C dan, 60° li kenglikda esa -80 °C - -90 °C dan ortmaydi. mars sirtining minimal temperaturasi uning qutblarida kuzatilib, u qishda -125 °C dan pastga tushmaydi. Marsning atmosferasi juda siyrak bo'lib, sirtida o'rtacha bosim 6,1 millibar (1 bar taxminan 1 atmosfera), ya'ni dengiz sathidagi Yerning atmosfera bosimidan qariyb 160 marta siyrak. Planetaga tegishli aniq ma'lumotlar «mars», «mariner» va «Viking» (AQSh) rusumidagi planetalararo avtomatik stansiyalar yordamida qo'lga kiritildi. ma'lum bo'lishicha, mars atmosferasining 95 protsenti karbonat angidrid, 2,5 protsenti azot, 1,5-2,0 protsenti argondan va juda kam miqdordagi kislorod (0,2%) va suv bug'idan (0,1%) tashkil topgan. Mars relyefining asosiy ajoyibotlaridan biri planeta tog'laridir. Planetaning Tarsis rayonida to'rtta konus shaklidagi tog' ko'kka bo'y cho'zadi. Bu tog'lar vulqonli jarayon ta'sirida vujudga kelgan tog'lar bo'lib, ulardan eng janubda joylashgan Arziya tog'i asosining diametri 130 kilometrni tashkil qiladi. Bu tog'lar ichida eng yirigi Olimp tog'i bo'lib, u Yerdagi vulqonli tog'lardan bir necha marta ustunlik qiladi. Olimp tog'i konusi asosining diametri 600 kilo metrga, balandligi esa 27 kilometrga boradi (Yerdagi eng yirik tog'ning balandligi 9 kilometr, eng yirik vulqon tog'i asosining diametri esa 250 kilometrdan ortmaydi. Mars relefining eng qiziq obyektlaridan bin uzunligi bir necha yuz kilometrgacha cho'zilgan jarliklardir. Arziya tog'idan 20 gradus sharqda bunday jarliklardan bin joylashib, uning uzunligi 400 kilometrgacha, kengligi ayrim joylarida 30 kilometrgacha, chuqur-ligi esa 2 kilometrgacha boradi. «Qizil planeta» sirtida kuzatiladigan boshqa bir «tilsim» - daryo o'zanlaridir. Bular ichida 30 graduslar chamasi janubiy kenglikda joylashgan Nirgal deb nomlangan daryo o'zani 400 kilometrga cho' zilgan bo'lib, marsning qadimiy daryolaridan hisoblanadi (83- rasm). Nirgal qadimda juda katta imvzaga quyilganligi «mariner- 9» olgan rasmlardayaqqol kgnnadi. Yerning «yon qo'shnisi»da hayotning bor yoki yo'qligi masalasi uzoq yillardan buyon olimlami qiziqtirib keladi. 1975- yili, asosiy maqsadi marsda hayotning bor yoki yo'qligini aniqlashga qaratilgan va har birining massasi uch yarim tonnadan keladigan AQSh ning «Viking-1» va «Viking-2» kosmik apparatlari «Urush xudosi» tomon yo'lga chiqishdi. «Viking-1» 350 million kilometr chamasi masofani ortda qoldirib, 1976- yilning 20- iyulida Xris tekisligiga, «Viking-2» esa 4 sentabrda bu joydan 6400 kilometr shimoli-sharq tomonda joylashgan Utopiya tekisligiga qo'ndirildi. «Viking-1» qo'ngan kuniyoq «qizil planeta» sirti yumshoqligidan Yerdagilarni ogoh qilib, atrof tasvirini Yerga uzatdi. Tasvirlarda har xil kattalikdagi harsang toshlar va tuproq barxanlari yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunday barxanlarning paydo bo'lishida bo'ronning qo'li borligi 84- rasm. mars sathining «Viking-1» (AQSh) tomonidan olingan rasmi . shundoq ko'rinib turibdi (84- rasm). «Viking-1» qo'ngandan so'ng ko'p o'tmay, Yerga quyidagi meteorologik ma'lumotni yubordi: kechqurun sharq tomondan esgan kuchsiz shamol yarim kechadan so'ng janubi-g'arb tomondan esa boshlagan shamol bilan almashdi, uning maksimal tezligi sekundiga 6-7 metrga yetdi, bosim 7,7 millibarga teng bo'lib, erta tongda temperatura -85,5 °C ni, kunduzi esa -30 °C ni tashkil qildi. Yerga uzatilgan tasvirlar ayrim kraterlar tubidan va yoriqlaridan tuman buluti ko'tarilayotganini ma'lum qildi. Bunday tuman, asosan, suv bug'idan tashkil topga-nining aniqlanishi «qizil planeta» bag'rida yetarlicha suv zaxiralari (muz holatda) borligi haqidagi gipotezaning isboti uchun yana bir dalil bo'ldi. marsning sirt tuprog'i namunasining tahlili uning tarkibida temir (12-15% gacha), kremniy (20% gacha), aluminiy (2-4% gacha), kalsiy (3-5% gacha), magniy (5% gacha), oltingugurt (3% gacha) hamda kam miqdorda fosfor, rubidiy va stronsiylar borligini ma'lum qildi. Marsning ikkita tabIIy yo'l-doshi bor. Ulardan biri Fobos (Qo'rqinch), ikkinchisi esa Dey mos (Dahshat) deb ataladi. har ikkala yo'ldosh ham 1877-yili avgust oyida amerikalik astronom A.Xoll tomonidan topilgan. Qizig'i shundaki, har ikkala yo'ldosh ham shar shaklida bo'lmay, balki kartoshka formasini eslatadi. Fobosning ikki o'zaro per-pendikulyar o'lchamlari, mos ravishda, 18 va 22 kilometr bo'lib (85- rasm), Deymosning shunday o'lchamlari 10 va 16 kilometrni tashkil etadi. Fobos marsdan o'rtacha 6 ming kilometr narida -uning atrofida 7 soat 30 minutda aylanib chiqqani holda, Deymos 30 soat 18 minutda aylanib chiqadi. Yer atrofida aylanadigan Oydan farq qilib, marsning unga yaqin «oyi» - Fobos g'arbdan chiqib sharqqa botadi. Qizig'i yana shundaki, bir sutkada Fobos kun botish tomondan 3 marta chiqib, kun chiqish tomonda 3 marta botadi. Fobosning o'rtacha zichligi 1,8 g/sm 3 bo'lib, massasi 8 * 10 12 (8 trillion) tonna keladi. Yerda 60 kg li odam u yerda atigi 30 gramm chiqadi. Biroq shunga qaramay, Fobosda yurish oson ish bo'lmasdi: Yerda 2,5 m balandlikka sakray oladigan sportchi bir sakrab, Fobosni butunlay tashlab keta oladi. Fobos va Deymos «qizil planeta» bilan birga «tug'ilgan» deyish-ga hech asos yo'q. Planetaning bu ikki «oyi» marsdan ko'p uzoq bo'lmagan mayda planetalar orbitasidan adashib chiqib, bir necha o'nlab million yillar ilgari «urush xudosi»ning domiga duch kelgan va u bilan «ipsiz bog'langan» osmon jismlaridir. Eng kamida, bu ikki tabIIy yo'ldoshning «qizil planeta» atrofida paydo bo'lib qolishini gipoteza shunday tushuntiradi. Yupiter (mushtariy). Quyosh sistemasining planetalari ichida eng yirigi hisoblangan Yupiter tabiati va tuzilishiga ko'ra jumboqlarga boyligi bilan astronomlar diqqatini o'ziga jalb etadi. Yupiterning o'rtacha radiusi, Yer radiusidan qariyb 11 marta katta bo'lib, 69 ming 150 kilometrni tashkil etadi. Bu ulkan planeta Quyosh atrofida o'rtacha 778 million kilometrli masofada aylanadi. Planetaning Quyosh atrofida aylanish tezligi sekundiga 13 kilometr bo'lib, 12 yilda bir marta aylanib chiqadi. Boshqacha aytganda, Yerdagi 60 yoshli odam Yupiter yili bilan endi 5 yoshga to'lgan bo'lur edi. Qizig'i shundaki, Yupi terning o'z o'qi atrofida aylanishi, Yertipidagi planetalarning ayla-nishlaridan farq qjlib, ekvator qismi tezroq — 9 soat 56 minutli davr bilan aylanadi. Yupiterning hajmi Yernikidan 1314 marta ortiq. Garchi bu planetaning zichligi Yernikidan 3,5 marta kam bo'lsa-da, kattaligi tufayli uning massasi Yer massasidan 318 marta ortiqdir. Shuning uchun ham Yupiterning tortish kuchi Yerdagidan ikki yarim marta ortiq, ya'ni Yerda 60 kilogramm keladigan odamning og'irligi Yupiterda 150 kilogrammdan ortadi. Bu ulkan planetaga teleskop orqali qaralganda, uning sirtida turli xil obyektlar kuzatiladi. Bular ichida tabiati haligacha jumboqligini saqlayotgan obyektlar - eni bir necha ming kilometrgacha boradigan uning ekvatorga parallel qora-qizg'ish tasmalaridir (86- rasm). 86- rasm. Yupiterning umumiy ko'rinishi. Yupiterning qadimiy « tilsim » laridan boshqa biri 1878- yili topilgan uzunligi 80 ming , eni 13 ming kilometrga cho ' zilgan Katta Qizil Dog ' idir (87- rasm ). Qizig'i shundaki, bu Dog' planeta ning sirt detallari qatori uning sutkalik aylanishida ishtirok qilishi bilan birga goh u yonga, goh bu yonga bir necha gradusgacha siljiydi. Bunday hoi Katta Qizil Dog' planeta sirti bilan bog'lan-magan, degan xulosaga olib keldi. rus olimi G.Golitsin gipotezasiga ko'ra, Katta Qizil Dog' planeta atmosferasining uzoq davom etadigan gigant uyurmasidir. Olimning bu nazariyasi kelajakda bir necha omillar bilan tasdiqlanganligi bilan e'tiborga sazovor gipoteza hisoblanadi. AQSh ning «Pioner-10» va «Pioner-11» kosmik apparatlari yordamida Katta Qizil Dog'ning olingan rasmlariga ko'ra uning detallari, strukturasi anchayin o'rganilgan bo'lsa-da, hali unga tegishli muammolar yetarlicha ko'p. Jumladan, uning qizil rangi ham hozirgacha sir hisoblanadi. Yupiter atmosferasi Yernikidan keskin farq qilib, vodorod, geliy, metan va ammiak gazlaridan tashkil topgan. Planeta atmo sferasining asosiy qismini vodorod va geliy tashkil qiladi. Yupiterning spektrida geliy o'z «avtograf»ini qoldirmasligi olimlarni uzoq vaqt ajablantirdi, chunki nazariy hisoblashlar, geliy uning atmosferasida keng tarqalganligini inkor etmasdi. Bu masala 1973- yili hal bo'ldi: Yupiter yaqinidan o'tayotgan «Pioner-10» planetalararo avtomatik stansiyasi (PAS) Yerga yuborgan «radiogrammasi» da planeta atmo sferasida geliy borligini ma'lum qilganda, astronomlar «yengil nafas» olishdi. Bu olingan ma'lumotlar unda geliyning miqdori planeta atmosferasining 25% ini yoki 70 Yer massasiga teng ekanligini ko'rsatdi. Planeta atmosferasining asosiy qismini tashkil etgan vodo rod esa uning atmosferasining 70% ini yoki 225 Yer massasiga teng qismini tashkil qiladi. Shuningdek, planetaga tegishli spektogrammalarning tahlili uning atmosferasida sezilarli miqdorda asetilen (C2h2) va etan (C2h6) borligini ma'lum qildi. Gigant planeta atmosferasida suv bug'larining topilishi ham katta voqea bo'ldi, chunki olimlar uning bulutli qatlamlarining aniqlangan temperaturasi -120 °C - -130 °C dan past bo'lib, bunday temperaturada suv bug'lari doimo muz holatidagina bo'lishi mumkin deb taxmin qilardilar. Planetaga xos sirlarni «fosh» qilishda 1973- yilning 4- dekabrida Yupiterdan 130 ming kilometrli masofadan o'tgan «Pioner-10» (AQSh) avtomatik stansiyasining xizmati katta bo'ldi. Bu kosmik apparat Yerdan uchirilgach, qariyb ikki yillik sayohatdan so'ng, Yupiterda «mehmon» bo'ldi. Avtomatik stansiya Yupiterga 6,5 million kilometr yaqinlashgandayoq, planeta magnitosferasi unga «peshvoz» chiqdi. Yupiter Quyoshdan Yerga nisbatan 5 marta ortiq masofada bo'lganidan, bu planeta yuza birligining Quyoshdan oladigan energiyasi Yernikidan 27 marta kam. Biroq shunga qaramay, planetaning to'la yuzasi, asosan, radio va infraqizil diapazonlarda, uning Quyoshdan oladigan energiyasidan qariyb 2,5 marta ko'p energiya bilan nurlanadi. Bu - Yupiter qa'rida hozirgacha noma'-lum mexanizmli bunday nurlanish energiyasining birdan-bir man bayi - gravitatsion siqilish bo'lishi mumkin, degan gipotezaning 88- rasm. Yupiterning ichki tuzilishi tug'ilishiga sabab bo'ldi. infra qizil spektrometr yordamida, planetaning aynan shu diapa zonda nurlanishi asosida aniq-langan sirt temperaturasi, uning kunduzgi va tungi qismlarida temperatura bir xil bo'lib, -=, 133 °C ekanligini qayd qildi. Yupiter o'z yo'ldoshlari bilan katta bir «oilani» tashkil qiladi, uning topilgan yo'ldoshlarining soni maydalari bilan hisoblaganda 50 dan oshib ketdi. Planetaning bu «oy»laridan to'rtta eng yirigi 1610- yilda G.Galiley tomonidan topilgan. Yupiterning yirik yo'ldoshlarini ularning ayrim parametlariga ko'ra 3 ta guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga to'rtta Galiley yo'ldoshlari (io, Yevropa, Ganimed va Kallisto) va i sirtidan atigi 110 ming kilometr masofada aylanuvchi Amalteya kiradi. Bu guruhning Yupiterdan eng uzoqda joylash-gan yo'ldoshi - Kallisto planetadan 1,8 mln kilometr narida, uning atrofida 16,7 yer sutka-siga teng davr bilan aylanadi. Bu guruhdagi eng kichik yo'ldosh -Amalteyaning diametri 150 km; eng yirigi - Kallistoniki esa 5300 kilometrdir. Galiley yo'ldoshlari ning o'rtacha zichligi planetadan uzoqlashgan sayin kamayadi: 3,2-3,6 g/sm3 dan (io uchun) 1,6 g/sm3 gacha, (Kallisto uchun). «Pioner-10»ning ma'lum qili-shicha, Gammed va ioning at rofida atmosfera mavjud. Gani med sirtida temperatura -115 °C ga boradi. Ikkinchi guruh yo'ldoshlari planetadan o'rtacha 23 mln kilo metr masofada taxminan 2 yillik davr bilan aylanadi. 1979- yili mart oyida Yupiterdan 278 ming kilometr naridan o'tgan AQSh ning «Voyajer-1» va keyinroq, «Voyajer-2» avtomatik stansiya-larining Yupiter va uning yo'ldoshlarini o'rganishda xizmatlari juda katta bo'ldi (90- rasm). «Voyajer» olgan rasmlarda planetaning 30 ming kilometrga cho'zilgan qutb yog'dusi va atmosferasida yashinni eslatuvchi chaqnash kuzatildi. Shuningdek, planeta sirtidan 57 ming kilometr balandlikda, kengligi 8 ming 700 kilometr va qalinligi 30 kilometrdan katta bo'lmagan, Saturnnikiga o'xshash halqasi borligi ham ma'lum bo'ldi. Ohmlarning aniqlashicha, bu halqa kattaligi bir necha o'n metrdan bir necha yuz metrgacha boruvchi qoya toshlardan va muzdan tashkil topgan. 3.Saturn. Planeta qadimgi rimning, noto vaqt va taqdir xudosi Saturn nomi n ataladi. Bu planeta sharqda Zuhal, yunonlarda Kronos nomi bilan yuritilib, Quyosh sistemasining qurollanmagan ko’z bilan ko'rish mumkin bo'lgan е ng oxirgi planetasidir. Shuning uchun nam, qadimda uzoq yillar Saturinning orbitasi Quyosh ststemasi-ning cnegarasi deb qaralgan. Saturn kattaligi jihatidan faqat Yupiterdan keyin turadi, uning diametri 120 ming 800 kilometr. Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 9,5 astronomik birlik, ya'ni Quyoshdan 1 milliard 427 million kilometr narida yotadi. Halqali bu planeta orbita bo’ylab sekundiga 9,6 kilometr tezlik bilan uchib 29 yil 5 oy 16 kun deganda Quyosh atrofini bir martaaylanib chiqadi. Saturnning o’z o’qi atrofida aylanishi, Yupiterniki kabi turli kengliklarda turlichadir. Ekvator zonasining aylanish davri 10 soat 14 minut bo’lgani holda, qutubga yaqin sohasi 10 soat 28 minutli davr bilan aylanadi. 1857- yili mashhur ingliz fizigi Jeyms Maksvell Satumning halqasi monolit bo'lmay, balki qattiq zarrachalarning tangasimon uyushmasi ekanligini nazariy yo'l bilan isbotladi. Ko'p o'tmay, Maksvellning aytganlari, mashhur rus astrofizigi A.A.Belopolskiy va amerikalik J.E.Klerk tomonidan o'tkazilgan eksperimentlar asosida quwatlandi. Biroq, 1934- yilda, o'zimng Semeiz obser- vatoriyasidagi (Qrim) qator nozik kuzatishlari asosida, astronom G.A.Shayn planeta halqasi changdan tashkil topgan degan fikrga qarshi chiqdi. Keyingi yillarga tegishli tadqiqotlar planeta halqasi haqidagi ma'lumotlarni keskin boyitdi. Saturnni o'rganishda yirik qadam 1979-yilning 1-sentabrida 6 yillik planetalararo «sayr»dan so'ng Saturndan 21 ming 400 kilometr naridan o'tgan Amerikaning «Pioner-11» avtomatik stansiyasi tomonidan qo'yildi. U o'z kuza - tishlari asosida halqa zarralarining kattaliklari bir necha santi- metrgacha borib, o'rtacha bir santimetr ekanligini aniqladi. 1980-yilning kuzida Saturn yaqinidan AQSH ning boshqa bir stansiyasi — «Voyajer-1» o'tdi. Og'irligi 825 kilogrammli bu stansiya 1977-yilning 5-sentabrida «Titan-Kentavr» uchiruvchi raketa yordamida Yerdan Saturn tomon yo'l olgan edi. Stansiyaning planeta yaqinidan turib olgan rasmlari, halqa o'nlab, hatto yuzlab mustaqil halqachalardan tuzilgani- ni va uning tekisligida kattaligi 80 kilometrgacha bo'lgan mayda — mitti yo'ldoshlar aylanishini ma'-lum qildi (92- rasm). Kuzatishlar planeta sirtida temperatura -180 °C atrofida ekanligini ma'lum qildbjP Saturn sirtida ekvatorga parallel holda kuzatiladigan yo'1-yo'l tas- malar va undagi detallar, Yupiter sirtidagi shunday tasmalar va de- tallardan kam kontrastliligi bilan ajralib turadi. Umuman olganda, Saturn turli kattalikdagi detallarga Yupiterga nisbatan ancha «kam- bag'alligi» bilan farq qiladi. Planeta atmosferasida ham Yupiternikidagi kabi metan gazi (CH 4 ) bilan birgalikda ammiak (NH 3 ) uchraydi. Saturnning bulutlari tabiatiga tegishli muam moni hal qilishda ammiakning roli kattaligi tufayli bunday gaz- ni planeta spektrida topish juda muhim edi. Garchi planeta at mosferasida ammiakning miq- dori yuz mingdan bir qismini tashkil qilsa-da, uncha murakkab bo'lmagan hisoblashlar bunday miqdor Saturn atmosferasida am miak bulutlarini hosil qilish uchun yetarli ekanligini tasdiqladi. 1974-yili planeta atmosferasida etan (C 2 H 6 ) topildi. Saturn ning elementli tarkibi Quyoshnikidan farq qilmay, vodorod va geliy 99% ni tashkil etadi. Saturn atmosferasining qalinligi 1000 km atrofida bo'lib, unda pastda vodorodning geliyli aralashmasi qatlami joylashgan. Planeta radiusining yarmi yaqinida temperatura 1000 °C, bosim esa 3 mln. atm. ga yaqin. Undan pastroqda 0,7-0,8 planeta radiusi balandligida vodorod metallik fazada uchraydi. Bu qatlam ostida erigan holda Yer massasidan 9 martagacha katta bo'lgan silikat-metallik yadro joylashgan (93- rasm). Saturnning atrofida sezilarli magnit maydonning mavjudligi dastlab «Pioner-11» tomonidan aniqlandi. Yer va Yupiteming magnit maydonlaridan farqli o'laroq, bu planetaning magnit o'qi uning aylanish o'qi bilan ustma-ust tushadi? 1655-yili halqali planetaning birincm yo'ldoshini ham Gyuygens topdi. Planeta yo'ldoshlarini topishda ayniqsa Kassini- ning izlanishlari sermahsul bo'ldi. Gyuygensdan so'ng ko'p o'tmay, u orqama- orqa Saturnning to'rtta yo'ldoshini topdi. Halqali gigant» atrofida topilgan jami yo'ldoshlarining soni o'ttiztaga yetdi (94- rasm). Saturn yo'ldoshlaridan eng yirigi - Titan bo'lib, Quyosh sistemasidagi planetalarning «oy»laridan kattaligi jihatidan ikkinchi o'rinda, ya'ni Ganimeddan (Yupiteraing yo'ldoshi) keyin turadi. Diametri 4850 kilometr. 1949-yildayoq J.Koyper unda metanning «iz»larini ko'rib, planetaning bu 94- rasm. Saturnning yo'ldoshlari (o'rtadagi eng yirigi Titan). yo'l doshi qalin atmosferaga ega ekanligini birinchi bo'lib aniqladi. Keyinchalik, Titan atmosferasida yetarlicha ko'p miqdorda vodorod kuzatildi. 1980- yili «Voyajer-1» Saturn yaqinidan o'tayotib, uning 6 ta yangi yo'ldoshini topdi. Hisob-kitobi joyida bo'lgan bu nazariyaga ko'ra, Saturnning halqasi qadimda planeta yo'ldoshlaridan birining «ehtiyotsizligi» tufayli unga yaqin kelib, halokatga uchraganligining oqibatidiy 3.Uran. Uran planetasi aslida musiqachi, keyinchalik mashhur astronom darajasiga ko'tarilgan V.Gershel tomonidan 1781- yili tasodi-fan topildi. ma'lum bo'lishicha, planeta kashf etilgunga qadar qariyi yuz yilcha ilgaridan kuzatilib kelingan ekan. Biroq astro-i»r vv doim unga xira bir yulduz deb qarab, ortiqcha e'tibor bo’lagan ekanlar. Planeta orbitasini birinchi bo'lib peterburglik akademik A.i.leksel hisobladi. Uranning diametri 49 ming 600 kilometr, massasi Yernikidan 146 marta katta, o'rtacha zichligi esa 1,60 g/sm3. Bu planeta Quyoshdan o'rtacha 19,2 astronomik birlik masofada uning atrofida aylanadi. Uranning orbital tezligi sekundiga 6,8 kilometrni tashkil qtladi va Quyosh atrofida 84 yilda bir marta aylanib chiqadi. Biroq planeta o'z o'qi atrofida nisbatan tez aylanadi - sutkasining uzunligi 10 soat 49 minut Garchi planeta sirti detallarini ko'rib bo'lmasa-da, biroq unda davriy ravishda sirt ravshanligining o'zgarib turishi yaqqol seziladi. Planetaning ekvatori orbitasi tekisligiga 98 gradusli burchak ostida yotib, uning aylanish yo'nalishi, Veneraniki kabi, barcha boshqa planetalarning aylanish yo'nalishiga qarama-qarshi bo'ladi. Bu hoi, o'z navbatida, planetada yil fasllarining va kecha- kunduz-ning almashinuvlariga qiziq bir tus beradi. Jumladan, sakson to'rt yillik Uran «yili»ning 21 yili davomida Quyosh doimo gorizontdan ko'tarilib boradi. Planetaning ma'lum bir yarim sharida yoz ham bir necha yil davom etadi, biroq Quyoshning tafti ungacha yaxshi yetib bormaydi, chunki Uran osmonida Quyosh gardishi atigi 2 yoy minutiga yaqin burchak ostida ko'rinadi, xolos. Uran sirtini radionurlar asosida o'lchashlar, uning o'rtacha temperaturasi -200 °C ekanligini ma'lum qiladi. Uran, asosan, vodorod va geliy-dan tashkil topgan bo'lib, unda qisman metan ham borligi aniqlan gan. Uranning ichki tuzilishini olim-lar, erishilgan ma'lumotlar asosida 95- rasmdagicha tasavvur qiladilar. 95- rasm. Uran — «yonbosh» planeta (uning ichki tuzilishi). Bu planetaning topilgan yo'l-doshlarining soni yigirma bitta bo'l-di. Shulardan ikkita eng yirigi Gershel tomonidan ochilib, Titaniya va Oberon deb nomlangan. Birinchi Oberon Titaniya Umbriel Ariel Miranda 96- rasm. Uranning yo'ldoshlari - Shekspir qahramonlari. marta bu nomlar fransuz eposida XII asrdan so'ng uchraydi. Keyinroq, V.Shekspirning «Yozgi tundagi tush» komediyasining qahramonlari shu nomlar bilan atalganidan so'ng, ular ayniqsa ommabop bo'ldi. Uranning bu yo'ldoshlari topilganidan so'ng 64 yil o'tgach, astronom leksel planetaning yana ikki yo'ldoshini topdi. Bu ikki yo'ldosh ham Shekspir asari qahramonlarining nomlari bilan Umbriel va Ariel deb ataldi. Va, nihoyat, 1948-yili J.Koyper Uranning beshinchi yo'ldoshini topdi va an'anaga ko'ra, Shekspir-ning «Bo'ron» ertak-peyesasining qahramoni — miranda nomi bilan atadi. Uranning 80- yillarda «Voyajer» kosmik apparati yorda-mida topilgan birnechta yo'ldoshlari ham, an'anaga ko'ra, Shekspir asarlarining qahramonlari nomi bilan ataldi (96- rasm). Planetaning topilgan yo'ldoshlari ham uning atroflda planeta ning aylanish yo'nalishi bilan bir xil yo'nalishda aylanadi. Neptun. Neptun (qalam uchida topilgan planeta) 1820-yilga qadar Quyosh sistemasi asosan quyidagi yettita planeta — merkuriy, Venera, Yer, mars, Yupiter, Saturn va Uran hamda ularning yo'ldoshlaridan tashkil topgan deb qaralardi. 1820- yili parijlik astronom A.Buvar Yupiter, Saturn va Uran ning koordinatalari jadvalini juda katta aniqlik bilan hisobladi. Biroq o'n yil o'tgach, Uran oldindan hisoblangan o'z o'rnidan 200" li yoyga ilgarilab ketdi. Yana o'n yil o'tgach, ilgarilash 90" ga, 1846- yilga kelib esa 128" ga yetdi. Astronomlar Uranning harakatidagi bu chetlashish, uning orbitasidan tashqaridagi boshqa bir planetaning ta'siri tufayli degan qarorga keldilar. Bunday murakkab matematik masalani hal qilish uchun bir vaqtda, bir-birlaridan bexabar holda ikki astronom «bel bogiadi». Bulardan biri fransuz matematigi U.leverye, ikkinchisi esa yosh ingliz astronomi J.Adams edi. 1846-yili matematik hisoblashlar asosida planetaning o'rni aniqlangach, U.leverye teleskopik yulduzlarning to'la xaritasi mavjud bo'lgan Berlin observatoriyasi xodimlariga planetani kuzatishlarini so'rab murojaat qiladi. 1846- yil 23- sentabrida bu observatoriyaning astronomi professor Galle planetani leverye aytgan joydan atigi bir gradus naridan topdi. Planeta dengiz va okeanlar xudosi — Neptun nomi bilan ataldi. Bu planeta osmonda «qurollanmagan» ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lgan eng xira yulduzdan olti martacha xira ko'rinadi, biroq, shunga qaramay, uni anchayin kuchsiz teleskop bilan ham ko'rsa bo'ladi. Qizig'i shundaki, Neptunning ochilishidan ancha ilgari 1795-yili 8- va 10- mayda olingan fotoplastinkalarda uni ikki marta astronom laland kuzatdi. Biroq u o'shanda planetani xira bir yulduz deb, bu ikki kunda olingan fotoplastinkalardan joy olgan planeta siljishini esa o'lehashning xatoligidan deb tushundi. Agar o'shanda laland, xulosa qilishga shoshilmay, bir-ikki kun bu «xira yulduzcha»ni e'tibor bilan kuzatganda edi, u Neptunni leverye va Galledan yarim asr oldin topgan bo'lardi! Neptun Urandan birozgina katta bo'lib, uning diametri 50 ming 100 kilometrdir. Zichligi har kub santimetrida 1,6 gramm. Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 30,1 astronomik birlik. massasi Yernikidan 17,2 marta katta. Planetaning orbital tezligi sekundiga 5,5 kilometr bo'lib, Quyosh atroflda aylanish davri 164 yil-u 280 kun. Neptun o'z o'qi atroflda 15,8 soatda bir marta aylanib