logo

Galaktikamizning tuzilishi. Galaktika obyektlari. Galaktikada yulduzlarning taqsimlanishi. Yulduz to'dalari va tumanliklar

Yuklangan vaqt:

12.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

45.5 KB
Galaktikamizning tuzilishi. Galaktika obyektlari. Galaktikada yulduzlarning taqsimlanishi. Yulduz to`dalari va tumanliklar REJA: 1. Galaktikamizning tuzilishi va o`lchamlari. 2. Galaktikamiz obyektlari ( tashkil etuvchilari). 3. Galaktikada yulduzlarning taqsimlanishi. 4. Yulduz to`dalari ( sharsimon va sochma). 5. Gaz- chang tumanliklar. Endi Koinot tuzilishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar bilan tanishamiz. Bu bizga Quyosh sistemamiz, jumladan Yerning Koinotdagi o`rni haqida tushuncha beradi. BIZNING GALAKTIKAMIZ. Tunda qorong`u osmonga qarab butun osmon bo`ylab cho`zilgan yorug` kamarga ko`zimiz tushadi. Bu ( Somon yo`lidir. Somon yo`li bo`ylab kuzatilsa, uning hamma qismining kengligi bir xil emasligiga ko`zimiz tushadi. Oddiy dala durbin yoxud kichiqroq teleskopdan Somon yo`ligi karalgandayok u g`ij-g`ij yulduzlardan tashkil topgani ko`rinadi. Uning ayrim qismlarida yulduzlar aslo ko`rinmaydi. Buning sababi, Somon yo`lining shu qismida joylashgan gaz-chang bulutlar bo`lib, ularda yulduzlarning nurlanishlari yutilib bizga ko`rinmaydi. Osmonda ko`rinadigan barcha yulduzlar, Galaktikamizning tarkibini tashkil qiladi. Bizni Quyosh ham (bir oddiy yulduz sifatida), shu ulkan yulduzlarning to`dasining a`zosi bo`lgani uchun biz uni Bizning Galaktikamiz deb nomlaymiz. Galaktikamizga kiruvchi yulduzlarning asosiy qismi fazoda egallagan formasi qavariq linza ko`rinishiga uxshaydi. Linza ko`rinishidagi Galaktikamizning diametri salkam 100 ming yorug`lik yiliga teng, qalinligi esa 7 ming yorug`lik yiliga tengdir. Quyosh sistemasi, Galaktikamizning markazidan uning radiusining 2G`3 qismiga teng masofada (33 ming yorug`lik yili) joylashadi. Agar Galaktikamiz diskiga (ya`ni Somon yo`li tekisligiga) tepadan turib, boshqacha aytganda, uning tekisligiga tik yo`nalish tomonda turib qaralsa, Galaktikamiz - markazdan spiral ko`rinishda tarqaluvchi, soat mayatnigi prujinasini eslatuvchi yenglar ko`rinishini oladi. Quyosh sistemasi tomondan qaralganda, Galaktikamizning markaziy yadrosi Qavs yulduz turkumiga proyeksiyalanadi. Hisob-kitoblar, Galaktikamizda, 150 mlrd ga yaqin yulduz borligini ma`lum qiladi. Maxsus kuzatishlar esa, yulduzlarning ulkan bu to`dasi uning markazi atrofida aylanishini ma`lum qiladi. Barcha yulduzlar, jumladan Quyosh (o`z “oila a`zolari”- planetalarni ergashtirib), Galaktikamiz yadrosi atrofida Somon yo`li tekisligiga (Galaktikamizning ekvator tekisligi ham deyiladi) parallel ravishda aylanadi. Bunda yulduzlarning tezliklari, ularning Galaktikamiz yadrosiga yaqin yoki uzoq joylashganiga ko`ra har xil bo`ladi. Quyosh va uning yaqinida joylashgan yulduzlarning aylanish tezliklari sekundiga 250 km ni tashkil qilib, davri taxminan 200 mln yilga teng. Yulduzlar Galaktikamizning asosiy qismini tashkil qiladi. Biroq bu degan so`z, u faqat yulduzlardan tuzilgan degani emas, unda yulduzlardan tashqari yulduzlarning turli sistemalari (qo`shaloq yulduzlar, karrali yulduzlar, yulduz to`dalari va gujlari), yulduzlararo gaz va chang muhit (bulutlar va tumanliklar), kosmik nurlar (vodorod va geliy atomlari va boshqalar) uchraydi. Galaktikada materiya: har ikkala ko`rinishda modda va maydon (elektromagnit va gravitatsion maydon ko`rinishida) ham uchraydi. Asrimizning 20-yillarida Galaktikamizdan tashqarida, millionlab yorug`lik yili masofasida, bizning Galaktikamizga o`xshash va milliardlab yulduzlardan tashkil topgan ko`plab Galaktikalar mavjudligi aniqlangan. Tashqi Galaktikalar o`z o`lchamlariga ko`ra, turlicha kattaliklarda uchrab eng yiriklari milliardlab mittilari esa bir necha millionlab yulduzni o`z ichiga oladi. Gigant galaktikalarning o`lchamlari 50 ming parsekkacha (ya`ni diametri 150 ming yorug`lik yiligacha ) borgani holda, eng kichiqlari bir necha 100 parsekdan ortmaydi. Galaktikalar tashqi ko`rinishlari bilan ham bir- birlaridan keskin farq qilib, ular asosan uchta guruhga bo`lingan: elliptik, spiral va noto`g`ri formadagi galaktikalar. Ulkan galaktikalardan biri Andromeda yulduz turkumida proyeksiyalanib ko`rinadi. Va shu yulduz turkumining nomi bilan Andromeda galaktikasi (ba`zan Andromeda tumanligi) deb yuritiladi. Andromeda tumanligi bizdan 2 million yorug`lik yiliga teng masofada yotadi. Havo tiniq bo`lgan tog`lik rayonlarda tunda uni oddiy ko`z bilan ko`rsa ham bo`ladi. U Andromeda yulduz turkumida yorug` tuman dog` shaklida ko`rinadi. Spiral galaktikalar koinotda keng tarqalgan bo`lib, bizga qo`shni boshqa shunday galaktika M-51 nomi bilan mashhur. Ungacha masofa 1, 8 million yorug`lik yilini tashkil qiladi. Noto`g`ri formadagi bizga qo`shni galaktikalar Katta va Kichiq Magellan bulutlari deb nom olgan. Bir- biriga yaqin joylashgan galaktikalar o`zaro dinamik bog`lanib, bu galaktikalarning massa markazi atrofida aylanadigan, bir sistemani tashkil etadi. Galaktikalarning bunday sistemasi -Mahalliy galaktik to`da deyiladi. Koinotda mahalliy galaktik to`dalar topilgan. quvvatli teleskoplarning ishga tushishi bilan Koiontning ko`rinadigan chegarasi bizdan yanada katta masofaga uzoqlashdi. Bunday quvvatli teleskoplarda kuzatishlar, bizdan juda uzoq masofalarda galaktikalar to`dalarining to`dalari ham borligini ma`lum kildi. Ular fanda o`tagalaktikalar deb nom oldi. O`tagalaktikalar, bugungi kunda, Koinotda kuzatiladigan eng yirik sistema hisoblanadi. Umuman hozirgi zamonda ko`zga ko`rinadigan koinotning qismi (uning radiusi 10- 12 milliard yorug`lik yilini tashkil etadi) esa Metagalaktika deb yuritiladi. Metagalaktikada yuzlab o`tagalaktikalar kuzatilib, uning chegarasi ichidagi barcha galaktikalarning soni 10 milliardga yaqin deb taxmin qiladi bugun astronom - olimlar. Koinotda yulduzlar faqat yakka holda uchramay, o`zaro dinamik bog`langan holda qo`shaloq, uchtadan, to`rttadan va nixoyat juda ko`p sonli -yuzlab, minglab, to`da shaklida ham uchraydi. O`nlab yulduzlardan bir necha minggacha yulduzlarni o`z ichiga olib, o`zaro dinamik bog`langan yulduzlarning sistemalari- yulduz to`dalari yoki g`ujlari deb yuritiladi. Tashqi ko`rinishiga ko`ra yulduz to`dalari ikki gruppaga - sochma va sharsimon to`dalarga bo`linadi. Sochma yulduz to`dalari bir necha o`n yulduzdan bir necha minggacha yulduzlarni o`z ichiga olgani holda, sharsimon to`dalar o`n mingdan -yuz minggacha yulduzlarni o`z ichiga oladi. Galaktikamizda 800 ga yaqin sochma to`dalar bo`lib. ularning diametri 1, 5 parsekdan 15 parsekkacha boradi. Sochma yulduz to`dalarining yaxshi o`rganilgan tipik vakillari -Savr yulduz turkumidagi Xulkar deb nomlangan to`da bo`lib, Quyosh sistemasidan parsekli masofada joylashgan. Sharsimon yulduz to`dalari sochma yulduz to`dalaridan ximik sostavi bilan farqlanadi. Xususan sochma yulduz to`dalarining spektrida og`ir elementlarning miqdori 1-4 protsentni tashkil qilgani holda, sharsimon to`dalarda atigi 0, 1-0, 01 protsentni tashkil qiladi. Bunday hol ma`lum galaktikada sharsimon va sochma yulduz to`dalarining paydo bo`lishida turlicha sharoit mavjud bo`lganidan dalolat beradi. Shuningdek, bu sharsimon to`dalar hali og`ir elementlarga boyib ulgurmagan sferik formadagi protog`alaktik gaz tumanligidan paydo bo`lgan degan ilmiy gepotezaning tugilishiga olib keldi. Foydalanilgan adabiyotlar: Martinov D.Y. Kurs obshey astrofiziki.- M., Nauka- 1990. Martinov D.Y. Kurs prakticheskaya astrofiziki.- M., Nauka 1997. Minnart M. Prakticheskaya astronomiya.- M., Mir-1991. Sobelev V.V. Kurs teoricheskoy astrofiziki.- M., Nauka-1985. Shklovskiy I.S. Zvezdi. Ix rojdeniya, jizn i smert.- M.,Nauka-1995. www.ziynet.uz