logo

Turkiylar obraz qadimgi Gruzin, German, Rus va Slavyan xalqlari adabiyotlari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

120 KB
Turkiylar obraz qadimgi Gruzin, German, Rus va Slavyan xalqlari adabiyotlari Reja: 1. Gruzin adabiyoti 2. Amiranning tug&#39;ilishi 3. Rus va slavyan xalqlari adabiyoti 4. Qadimgi turkiy adabiyotda badiiy tar л ma GRUZIN ADABIYOTI Ossuriya tarixiy hujjatlarida Urartu (hozirgi Armaniston va Turkiyaning bir necha sharqiy viloyatlari o&#39;rniga to&#39;g&#39;ri keladi) va Gamirra mamlakatlari o&#39;rtasida miloddan oldingi VIII asrlarda Guriani (hozirgi Gurjiston) mamlakati joylashganligi haqida ma&#39;lumotlar keltirilgan. Gamirra - go&#39;mirkr, ya&#39;ni kimmerlar davlatidir. Gurjiston, Armaniston, Abxaziyadagi qadimgi shaharlar o&#39;rnida arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ashy olar Qofqaz va Qofqazorti mamlakatlarida skif-kimmerlar ham yashaganligidan guvohlik beradi. Gruzin olimi G.A. Melikishvilining ta&#39;kidlashicha, kimmerlar janubiy Gruziya va uning tog&#39;larini o&#39;zlarining trer urug&#39;lari nomi bilan Trialet (qadimgi arman manbalarida trel) deb ataganlar. Sharqiy Gruziyada Kvemo- Karth shahrini Gugark («Bibliya»dagi skiflar ajdodi «Gog» va «Magog» nomi bilan) atashgan. Strabonning ma&#39;lumotiga ko&#39;ra, Shimoliy Armanistonda skiflarning sak urug&#39;lari yashaydigan Sakashen shahri bo&#39;lgan. Qofqaz respublikalaridagi ko&#39;pchilik xalqlar o&#39;zlarining tarixini skiflar bilan bog&#39;laydilar. Dog&#39;istonning Arqaz (Erqaz) qishlog&#39;idan topilgan arxeologik yodgorliklar skif-hayvonot uslubida ekaniigi e&#39;tirof etilgan. Akademik N.Ya.Marr skif va sak tilini Shimoliy Qofqaz va Abxaziya tiUari bilan juda yaqin deb hisoblaydi. Demak, gruzin xalq og&#39;zaki va qadimgi yozma adabiyotida skif-kimmerlar badiiy ijodining yodgorliklari saqlanib qolishining tarixiy asoslari mavjud. «Amiran» qahramonlik eposi svan, megrel, abxaz. arman, osetin, cherkas, lak va kabardin tillarida ommalashgan. Lekin markazlashgan o&#39;rni gruzinlardadir. Xususan, «Amiran» mesxetilar o&#39;rtasida ommaviy tarzda tarqalgan va ashuglar (baxshilar) uni kuyga solib aytishgan. Mesxetilar skif-kimmerlarning miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda rivojlangan qabilalaridan biridir. Ular osmon jismlariga, xususan Oyga sig&#39;inishgan. Turkiy xalqlarning nodir yodgorligi «Qo&#39;rqut ota kitobi»da Amiran turkiy xalqlarning bahodir yigitlaridan biri sifatida ulug&#39;lanadi. Bu obraz gurjilar va o&#39;g&#39;uzlar o&#39;rtasidagi janglar tasviriga bag&#39;ishlangan «Bagilning o&#39;g&#39;li Amiran haqida qo&#39;shiq» faslida yaratilgan Amiran g&#39;ayri dinlar - gurjilar boshlig&#39;i Takuraga qarshi jangga tushib, uni yengadi. Shu sababli Qofqaz togiaridagi ko&#39;plab yerlar unga in&#39;om etiladi, bahodir Aruz (Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» kitobida yozishicha, Alburz (Elbrus) tog&#39;i uning nomiga qo&#39;yilgan) yonidan joy ko&#39;rsatiladi. Gruzin xalq og&#39;zaki ijodi Sharq xalqlari adabiyotining kuchli ta&#39;siri ostida rivojlangan. Gruzin folklorshunoshgi «Amiraniani», «Tarieiiani», «Rostommiani» dostonlarini qahramonlik eposlarining eng yaxshi namunalaridan deb hisoblaydi. Bu eposlarning qahramonlari Amiran, Tariel, Rustamdir. Tariel skif-kimmerlarning tarixiy yoki afsonaviy qahramonidir. Shu sababh ham Janubiy Gruziya va uning tog&#39;lari ushbu nom bilan atalgan. «Amiran»ning 150 dan ortiq variantlari yozib olingan. Uning bir variantida Rustam Amiranning otasi deb ko&#39;rsatilgan. «Tariehani» dostonida esa Tariel va Rustam Amiranning ukasidir. Fors-tojik va turkiy og&#39;zaki adabiyotdagi Bejan va Manija (Afrosiyobning qizi) haqidagi doston syujetlari ham gruzin xalqlari o&#39;rtasida keng tarqalgan, uning bir necha variantlari yozib olingan. G.N.Potanin Sharq adabiyotining Yevropa eposlariga ta&#39;siriga bag&#39;ishlangan asarida Shimoliy Qofqaz xalqlari o&#39;rtasida Amiran haqida saqlangan syujetlarning bir necha versiyalarini keltiradi. V.F.Millerning ham «Osetin etyudlari» tadqiqotida Amiran haqidagi og&#39;zaki hikoyalar tahlil etilgan. Gruzin adabiyotida ushbu qahramon haqida roman ham yaratilgan. G.N.Potanin bu roman hozirgacha (1899) nashr etilmagan deb ta&#39;kidlaydi. Amiran haqidagi afsonalarda tasvirlangan voqealar o&#39;zining qadimiy qatlamlariga ega. AMIRANNING TUG&#39;ILISHI Ishav versiyasiga ko&#39;ra, Amiran Sulkaymaxa va uning xotini Darijonning kenja o&#39;g&#39;lidir. Uning Badra va Usip ismli ikki akasi bo&#39;lgan. Kartamin versiyasiga ko&#39;ra, Amiran Usip yoki Usupning o&#39;g&#39;lidir. Uch aka-uka Sulkalmax, Badri va Usip yashadilar. Ularni Darijanashvili deyishar edi. Usup ovga chiqib, cho&#39;qqidagi qal&#39;ada o&#39;tirar ekan, go&#39;zal, quyosh nuridan ham ustun bir qizni uchratdi. U o&#39;sha go&#39;zal bilan uch kun bo&#39;ldi va unga qimmatbaho tosh olmosni qoldirar ekan, shart qo&#39;ydi: «Agar qiz tug&#39;sang, unga shu olmosni berasan, agar o&#39;g&#39;il tug&#39;sang, u o&#39;zi uchun o&#39;zi kurashsin». Usup vafot etdi. Go&#39;zal ayol o&#39;g&#39;il tug&#39;di. Unga xudoning nazari tushdi va Amiran ismini berdi. Svan versiyasida otasining ismi ko&#39;rsatilmaydi. U oddiy ovchi. U bir cho&#39;qqining yonidan o&#39;tayotganida ayol kishining ovozini eshitadi. Ovchi cho&#39;qqidan qaytib tushar ekan, o&#39;sha ayolni topadi va u bilan uch kun birga boiadi. Ovchi ayolning qistovi bilan uning qornini yoradi va o&#39;g&#39;il bolani olib, uni buloqqa tashlaydi. Pari kelib, chaqaloqni poklaydi va uni Amiran deb ataydi. Svanlarning boshqa versiyasiga ko&#39;ra, cho&#39;qqida kuchli tovush cshitiladi. U yerdan to&#39;lg&#39;oq tutayotgan ayol kishining ingragan nidosi kelardi. Odamlar dastlab qo&#39;rqishadi, so&#39;ngra xursand bo&#39;lishadi. Temirchi Darjexan (Darijan) doyalik qilish uchun uning huzuriga boradi. Ayolning qornini yorishga to&#39;g&#39;ri keladi. Ayol o&#39;limi oldidan o &#39; t i n i b so&#39;raydi: «Agar qiz tug&#39;sam, suvga tashlanglar, agar o&#39;g&#39;il tug&#39;sam, uch tomonga ketuvchi yo&#39;l boshigaqo&#39;yinglar». Bola o&#39;g&#39;il tug&#39;ildi. Yo&#39;lga tashlangan chaqaloqni ma&#39;budlar oldilar, pokladilar va yana o&#39;z joyiga qo&#39;ydilar. Uni bir ovchi topib oldi va xotiniga keltirib berdi. Ayolning Visibir va Badr ismli ikki o&#39;g&#39;li hambor edi. Osetin versiyasiga ko&#39;ra, Amiran Rustamning o&#39;g&#39;lidir. Rustam cho&#39;qqida ov qilib yurgan edi, qoziq tishli bir ayol unga o&#39;z rauhabbatini izhor etdi. Rustam uning taklifini qabul qildi va shu yerda jon berdi. U o&#39;limi oldidan tug&#39;iladigan farzand o&#39;g&#39;il bo&#39;lsa, unga Amiran ismini qo&#39;yishni vasiyat qildi. Amiran haqidagi syujet asosida gruzin yozuvchisi Mose Xoneli (XII) qissa yozgan. Ba&#39;zi gruzin adabiyotshunoslari «Amiran»ning og&#39;zaki ijodda saqlanib qolgan variantini juda qadimga olib borib taqaydilar. Masalan, gruzin olimi Sh.Nupubidze «Amiran»ni jahon eposi taraqqiyotiga hissa qo&#39;shgan «Bilgamish»dan so&#39;nggi asar deb hisoblaydi. Amiran Elburs tog&#39;ida zanjirband qilinganligi to&#39;g&#39;risida ham rivoyatlar bor. Shu sababli ham uni Prometeyning muqobili deb atashgan. Gurji xalq og&#39;zaki ijodida Alp Er To&#39;nga va Kayxisrav munosabatlari bilan bogiangan rivoyatlar ham mavjud. Biroq bu nomlar gruzin xalqi hayoti bilan bog&#39;lab ko&#39;rsatiladi. Gruzin shohi Erekle Aragvi hukmdori Kayxusru (Kayxisrav)ni tatar xoniga qarshi urushga chaqiradi. Erekli - Alp Erning qahramonligi timsolidir. «Tarielliani» dostoni Mesxetida yozib olingan. Tariel - Shota Rustayelining «Yo&#39;lbars terisini yopingan pahlavon» dostonining ham yetakchi qahramoni hisoblanadi. Doston XII asrda yaratilgan bo&#39;lib, gruzin malikasi Tamara va uning eri Davidga bag&#39;ishlangan. Asardagi voqea qadimgi sharq ertaklan syujeti asosida qurilgan. Doston qahramoni Tariel - pahlavon, bellashishda arslonni yiqitadigan bahodir yigit. Bu dostonda Tariel hindistonlik oshiq tarzida ko&#39;rsatilgan. Hind shohi o&#39;z qizi Neston Darijonni Xorazm shohining o&#39;g&#39;liga uzatishi voqeasi orqali Tarielning ishqiy sarguzashtlari rivojlanadi, arab pahlavoni Avtandil, turk shohi Faridunlar bilan uchrashadi. Tariel Nestonning visoliga yetishishida Faridin unga yordam beradi. Shota - mesxeti urug&#39;idan. Kitobni malika Tamaraga sovg&#39;a etish uchun yaratgan. Shota Sharq turmush tarzi va adabiyotini yaxshi bilgan. Shu sababli ham N.Ya.Marr Rustavelini musulmon shoiri deb atagan. Turkiy xalqlar o&#39;rtasida Alp Er To&#39;nga -yo&#39;lbarsdan ham kuchli bahodir xoqon to&#39;g&#39;risida rivoyat hamda afsonalar saqlangan. Tariel - shunday xususiyatli pahlavondir. Dostonda yo&#39;lbars terisiga majoziy ma&#39;no berilgan. Tarielning yo&#39;lbars terisini yopinishi undagi yo&#39;lbarsga xos dovyuraklik, bahodirhk, jasurlikni bo&#39;rttirib ko&#39;rsatadi. Shota dostonida uch asosiy qahramon - Tariel, Avtandil, Faridunni arslondek kuchli sifatlar bilan ulug&#39;laydi. Lekin Tarielning o&#39;ziga xosligi shundaki, uning egnida yo&#39;lbars terisidan libosi, po&#39;stini bor. Tarielning yo&#39;lbars terisini yopinib yurishi timsolida turkiy xoqonlarni ko&#39;rish uchun asoslar bor. Firdavsiy «Shohnoma» dostonida shunday yozadi: Kayumarsga jahon shohlik buyurdi, Ilk bora manzilni tog&#39; ichra qurdi. Taxtu baxlni topib tog&#39;danfarovon, Yo &#39;Ibars terisidan qilardi chopon. Alisher Navoiy «Tarixi muluku Ajam» kitobida Afrosiyob haqida shunday ta&#39;rif keltiradi: «Afrosiyob. Ani debturlarkim, Pushang binni Tur binni Faridin o&#39;g&#39;lidur. Va ba&#39;zi aning nisbatin Kayumarsga yetkurubdurlar». Afrosiyob - Alp Er To&#39;ngani Kayumarsga nisbatan berish uning yo&#39;lbars terisini yopinib yurishiga ishoradir. Mirzo Ulug&#39;bekning «To&#39;rt ulus tarixi» asarida chorva va vahshiy hayvonlar terisidan liboslar kiyish Tung ibn Turk ibn Yofas davridan boshlangan deb hisoblaniladi. «Tarixi muluku Ajam»da Faridun Afrosiyobning otasidir. «Yo&#39;lbars terisini yopgan pahlavon» dostonida Faridun Tarielga otaliq yordamini ko&#39;rsatgan turkiy mamlakatning hukmdori hisoblanadi. «Yo&#39;lbars terisini yopingan pahlavon» asarining asosiy voqealari Xorazm va uning yaqinidagi dengiz qirg&#39;oqlarida bo&#39;lib o&#39;tadi. Ma&#39;lumki, asar yaratilgan davrda Xorazm davlatining chegarasi Eron ko&#39;rfazidan tortib, Volga daryosigacha yetgan edi. Xorazm davlatini xuddi shu davrlarda turkiylar sulolasidan bo&#39;lgan qoraxoniylar idora etardilar. Shota dostonida qora ot ustida tasvirlangan va shu qora otni Tarielga in&#39;om etgan odil shoh Faridun obrazida turk xoqonlarining siymosi umumlashadi. Umuman, «Amiran» va «Yo&#39;lbars terisini yopingan pahlavon» dostonlarini qadimgi turkiy qahramonlik eposlari bilan qiyosiy o&#39;rganish adabiy aloqalar tarixida yangi sahifalar ochadi. German adabiyoti. Xunlar Oltoy tog&#39;laridan boshlab, Tibetgacha, Xitoy, Mo&#39;g&#39;uliston, Turkiston va Qirg&#39;iz sahrolari, Ural tog&#39;larigacha bo&#39;lgan kengliklarda yashadilar. Ular Xitoy manbalarida «Xyun-yu» yoki «Xyun-nu» deb yozilgan. «Xyun» yoki «Xun» O&#39;rxun daryosiga ot qo&#39;yilganidek, suv nomi bilan bog&#39;langan bo&#39;lishi mumkin. Katta hududda ulkan davlatni tiklagan xunlar sekin-asta uch toifaga bo&#39;lindilar. «Janub xunlari» yoki <<oq xunlar» Amudaryodan tortib Eron va Ozarbayjongacha tarqaldilar. Shimol xunlari Mo&#39;g&#39;uliston atrofida, G&#39;arb xunlari esa Buxorodan qirg&#39;iz sahrolari, Ural tog&#39;lari kengliklarida yashadilar. So&#39;ngra ularning bir qismi G&#39;arb tomonga yurish qildi va Yevropada xun turklari saltanatini o&#39;rnatishdi. Tarixiy hujjatlarga ko&#39;ra Attila 434-453-yillarda G&#39;arbiy Xun imperatorligiga xoqonlik qilgan hukmdordir. U 39-40 yoshlarida taxtga o&#39;tirgan. Attila 45 ta qavmni. ular orasida german, slavyan, fors, fm - uyg&#39;ur, turk qavmlarini xun xoqonligiga birlashtira olgan hukmdordir. Xoqonlikning Sharqdagi asosiy joylari Dnepr, g&#39;arbdagi asosiy joylari Tuna (Dunay) sohillari edi. U shu qadar qattiqqo&#39;l, dushmanlariga nisbatan berahm ediki. g&#39;arbliklar uni jazo uchun yuborilgan «Tangrining qamchisi» deb aytganlar. Attila 453-yilda, Italiya yurishidan so&#39;ng, Ildeka ismli malikaga uylangan. Lekin to&#39; у kechasi og&#39;zi-burnidan qon ketib, olamdan o&#39;tgan. Attilaning jasadini ko&#39;rgan kom (shomon)lar shunday degan: suiqasd yuz bergani yo&#39;q, katta akasi Buda ham shunday darddan o&#39;lgan edi. Xunlar Attilaga qayg&#39;urdilar. Marsiyalar bitildi: Ко &#39;zdan quyiladi yosh misoli bulut, Mungli nurga burkanib quyosh botadir. Oltin, kumush, po &#39;latdan yasalmish tobut, Unda xunlar quyoshi Atli yotadir. Rivoyatlarga ko&#39;ra, Attilaning dafn qilish marosimi shunday bo&#39;lgan: uning jasadini bir-birining ichiga kiygizilgan uchta tobutga joylashtirishgan. Birinchi tobut oltindan yasalgan va shu sababli u quyoshdek yaltirardi. Buning sababi Attila xunlarning quyoshi edi. Xun nomi ham kun, quyosh demakdir. Ikkinchi tobut dumli yulduzdek porlovchi kumushdan qilingandi. Attila nodirlikda dumli yulduzga o&#39;xshardi. Uchinchi tobut ikki bor toblangan temirdan yasalgandi. Chunki Attila temir irodali. po&#39;latday bukilmas hukmdor edi. Qimmatbaho uch qavatli tobut Attilaga tegishli qurol- aslaha va buyumlar bilan Tissa daryosining orolchalaridan biriga dafn etilgan. So&#39;ngra daryoning o&#39;zani o&#39;zgartirilib. qabrning ustidan o&#39;tkazilgan. Bundan maqsad qabrni g&#39;animlar ocholmasligi va Attila bilan ko&#39;milgan qimmatbaho buyumlarni talab. olib ketolmasligiga qaratilgandi. Reyn, Dunay, Visla bo&#39;ylari va Skandinaviyaning janubidagi yerlarda german qabilalari yashagan. XII-XIII asrlardan boshlab german qahramonlik eposlari yozib olishga kirishildi. Bu crtak va qissalarda german qabilalari bilan turkiylarning xun qabilasi o&#39;rtasida olib borgan janglari tasvirlanadi. Ularda Atli, Etsel, Attila nomli xun hukmdorining obrazi yaratilgan. Mazkur rivoyat afsonalarda, shuningdek, XII- XIII asrlarda nemis tilida yaratilgan «Nibelunglar haqida qo&#39;shiq» dostonida Attila zolim hukmdor sifatida ko&#39;rsatiladi. Attila Nibelunglar xazinasini egallash uchun burgundlar qiroli Gunter va uning sipohJarini mehmondorchilikka taklif etib, ularni halok etadi. Boshqa bir rivoyatda esa german asirasi Ildika akalari uchun qasos olib, Attilani o&#39;ldiradi. Mutaxassislar «Nibelunglar haqida qo&#39;shiq» bilan o&#39;zbek xalq dostoni «Alpomish». xususan, bu dostonlarning obrazlari Bryunxild bilan Barchin o&#39;rtasida yaqin o&#39;xshashlik mavjudligini ko&#39;rsatishadi. Nemislarning shu davrda yaratilgan «Ditrix Berskiy haqida qissa» asarida ham Ditrix xunlar qiroli Ettsel saroyida xizmat qilib, o&#39;z dushmanlariga qarshi kurashgani aks etgan. Islandlarning «Velsunglar haqida saga», norveglarning «Tidreklar haqida saga», islandlarning «Atli haqida qo&#39;shiq» (IX asr), «Atli afsonasi» (XII asr) asarlarida ham Attila obrazi yaratilgan. Gredlandlarning «Atli haqida. qo&#39;shiq» asarining yaratilish davri «Nibelunglar haqida qo&#39;shiq»dan ancha qadimiyroqdir. Qo&#39;shiqdagi tasvirgako&#39;ra, Gudrun (tarixiy haqiqatga ko&#39;ra, Ildika) akalari Gunnar va Xyognini o&#39;ldirgani uchun o&#39;z eri Atlidan o&#39;ch oladi. Avval, uning boshqa xotinlaridan bo&#39;lgan o&#39;g&#39;illari Eytil va Erpni, so&#39;ngra Atlini fojiali halok etadi. Qo&#39;shiqda shunday satrlar keltirilgan: Qadahlar jaranglardi, Maydan og &#39;ir ohangda, Shop mo &#39;ylovli xunlarning, Bazmi, sho &#39;x davrasida. Chodirda to plangandi Jasur jangchilar. Sekin kirdi may bilan, Oydin yuzli malika. Rangi sarxush Atliga Emaklik berdi. Va haqoratli so &#39;zlarni Aytdi о &#39;shqirib: «Sen asalga qo &#39;shib eding О &#39;g &#39;illaring yuragin -Qonli go &#39;shtlarini Qilichboz polvonlaring. Endi pishirsang bo &#39;lar, Tanidan turli ovqat. Pivo bilan totib ко &#39;r-da, Mayli so &#39;ng bo 7 beshafqat. Pivodan kayfing oshsa, Endi chaqirolmaysan, Tizzangda erkalolmaysan, Eytil bilan Erpni Endi hech ко &#39;rolmaysan. Nayzalar dastada turishini, Toychoqlarning yollarin Yuksakda о &#39;ynashini». Chodirdagi odamlar G &#39;azab bilan ichdilar. Hiylaning zo &#39;rligidan Xunlar ко &#39;zi yosh bo &#39;Idi. Faqat yolg &#39;iz Gudrun Va aka-ukalari, Atlidan tug&#39;ilgan О &#39;g &#39;illar, aqlsiz yoshlar, Yig &#39;lamadi - rahmsiz. Oltinlarni sochdilar -Oqqush paridek to &#39;zidi. Oqsoch - malaylarga Chervonlarni berdilar, Malika juda saxiy, Har kimning ко &#39;nglini Topishni istar. Atli sarxush, Pivodan mast edi. Qo &#39;Iga qilich tutmadi, Gudrunga qarshilik qilmadi. Bu go &#39;yo ular uchun oddiy Uchrashuvlarning biri edi. Atli hammaning huzurida Uni suydi, bag &#39;riga bosdi. To &#39;shak malikaning О &#39;tkir tig 7 birla Qonga to &#39;Idi. Atli qarorgohining Eshiklari yopildi. It lar quvildi, Xizmatkor chiqarildi. Akalar о &#39;chi uchun Uy о &#39;tli о &#39;qqa tutildi. Atrof alanga ichra yondi... Attila saroyidagi Vizantiya elchisi Priskning ma&#39;lumotlanga ko&#39;ra, xunlar xoqonining katta xotini Kreka yunon ayoli bo&#39;igan. Venger tarixchisi Simon Kez yozib qoldirishicha, Atilla vafotidan so&#39;ng uning merosi uchun Krekka va nemis qizi Ildeka o&#39;rtasida kurash ketadi. Xitoy olimi Yan Syanining kuzatishicha, xuniar mavzusida yaratilgan eposlardagi Agjuera va Ashin obrazlarida Atilla qahramonligi umumlashgan. Rus etnografi G.N.Potanin o&#39;z tadqiqotlarida (Vostochnbie motivbi v SrednevekovomEvropeyskom epose. - M.: 1899) Atilla obrazi yaratilishiga maxsus fasl bag&#39;ishlangan. Qadimgi Italiya tasviriy san&#39;atida Atilla it quloqli, ba&#39;zan shoxli hukmdor misolida ko&#39;rsatilgan. A.N.Veselovskiy (XIX asr)ning talqiniga ko&#39;ra, bu tasvirdagi ma&#39;no ltaliyada tug&#39;ilgan emas, balki xun afsonalari ta&#39;sirida yuzaga kelgandir. Chunki turkiylar o&#39;z kelib chiqisbJarini it, bo&#39;ri, tulki, ayiq va boshqa jonivorlar bilan bog&#39;laydilar. Italyancha tasvirda esa ularning bittasi aks etgan, xolos. RUS VA SLAVYAN XALQLARI ADABIYOTI Qadimgi rus va slavyan xalqlari eposlarida. rivoyat, afsonalarida turkiy xalqlar adabiy yodgorliklari singishib ketganligining tarixiy ildizlari mavjud. Qadimgi turkiy xalqlar o&#39;tmishda hozirgi Rossiyaning cheksiz hududlarida yashaganlar. Hatto ulkan turk xoqonligi - To&#39;xtamish saltanati ham XIV asrlargacha Rossiya zaminida edi. Asrlar davomida bu hududda yashagan turkiylarning ko&#39;pchilik qismi rus-slavyan millatiga qo&#39;shilib ketdi. Endilikda qadimgi turkiylar yashagan hududlardan rivoyat va afsonalarni yozib olgan folklorshunoslar ularni rus va slavyan xalqlari adabiyotiga nisbat bermoqdalar. Qadimgi rus xalqining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy turmushini o&#39;rganishda rus tarixchisi S.M.Solovevning( 1820-1879) 15 kitobdan tashkil topgan «Rossiya tarixi» asari alohida qimmatga ega. Kitobda Gumer eposlari hamda Gerodot asarlarida skif- kimmeriylar to&#39;g&#39;risida keltirilgan ma&#39;lumotlar rus xalqi tarixining dastlabki manbalari sifatida taqdim etilgan. Skif-kimmerlar hukmdorining og&#39;zaki adabiyotdagi badiiy obrazi Alp Er To&#39;ngadir. Bu obraz tasviriga oid badiiy asarlar rus xalqi ijodida ham alohida sahifani tashkil etadi. Ingliz olimi K.G.Menges, rus tilshunoslari V.V.Radlov va N.A.Baskakov qadimgi rus yilnomalarida uchraydigan «Olbir Sheroshevich» nomini Alp Erga nisbat berganlar. Olbir - Alp Er Sheroshevich - arslon, To&#39;nga nomiga nisbatan olingan hurmat belgisi hisoblanadi. O&#39;rta asr rus manbalarida Alp Er To&#39;nga nomi shunday atalgan. Rus folklorshunosi K.Danilov to&#39;plagan «Aliber xonligi» eposining qahramoni Alp Erdir epos qahramoni Saul Levanidovich bo&#39;lib, uning mamlakati Ahber - Alp Er deb nomlanadi. «Levanidovich» - «Sheroshevich»ning rus tilidagi tarjimasidir. Eposdagj voqealar va joy nomlari turkiylarniki boiib, faqat uning mazmuni rus tilida bayon etilgan, deb hisobiash mumkin. Dostonning qisqacha mazmuni shunday: «Alp er xonligi». Aliber mamlakatining xoni Saul Levanidovich uzoqdagi O&#39;rta dengiz ortidagi qipchoqlar yeriga soliq undirishga jo&#39;naydi. Ketish oldidan homiiador xotiniga shunday deydi: «Men o&#39;n ikki yilgaketmoqdaman. Agar o&#39;g&#39;il ko&#39;rsang voyaga yetgach uni orqamdan jo&#39;nat. Agar qiz tug&#39;sang ham uni erga berib, sevimli kuyovimni yuborasan». Malika o&#39;g&#39;il ko&#39;rdi. O&#39;g&#39;il soat sayin ulg&#39;ayib, bahodir yigit bo&#39;ldi. Qo&#39;liga gurzi, qalqon olib, otga minib, otasining orqasidan qipchoqlar yurtiga jo&#39;nadi. Uning qarshisidan uchta yo&#39;l chiqdi. Yo&#39;l boshiga shunday so&#39;zlar yozilgan edi: «O&#39;ng yo&#39;l bilan ketgan kishining oti to&#39;q bo&#39;Iadi, o&#39;zi o&#39;ladi. Chap yo&#39;l bilan ketganning o&#39;zi to&#39;q, oti och bo&#39;Iadi. O&#39;rta yo&#39;ldan ketgan kishini behuda o&#39;lim kutadi». Shahzoda o&#39;rta yo&#39;lni tanladi. U yo&#39;lda Qo&#39;ng&#39;irxon va uning tatarlariga duch keladi. Shahzoda tatarlarni mardlarcha yengib, yo&#39;lida davom etdi. Yo&#39;l yurib, Uglig shahriga yetib keladi. Bu joydagi kishilar ayyor edi. Ular shahzodani ushlab, yerto&#39;laga tashlaydilar. Shoh Saul soliqlarni yig&#39;ib, Aliber mamlakatiga qaytib keladi. Malika o&#39;g&#39;il ko&#39;rganidan xursand bo&#39;ladi. Shahzoda otasini izlab qipchoqlar yeriga ketganini, lekin xabari yo&#39;qligidan qayg&#39;uga tushadi. Saul o&#39;g&#39;lini axtarib yo&#39;lga chiqadi. So&#39;rab-surishtirib, uning xabarini Uglich shahridan topadi. Shahzodani ozod qiladi va bandi etganlarai esa topib, o&#39;lim jazosini beradi. Saul o&#39;gii bilan Aliber mamlakatiga qaytib kelgach, bir necha kun to&#39;y-tomosha qiladi. «Igor jangnomasi» dostonida qadimgi turkiy xalqlarning urf-odatlari, yashash joylari, ularning ismlari bilan bogiangan ko&#39;plab so&#39;zlar mavjud. Jumladan, olber, tatron, she&#39;Iber, revr kabi. N.A.Baskakov bu mavzuga oid maxsus tadqiqot yaratgan («Tyurskaya leksika v «slove о polku Igoreve»). «Igor jangnoma$i»da rus va turkiylarning qipchoq urug&#39;i o&#39;rtasidagi janglar aks etgan. Jahon adabiyotshunosligida bu asarning yaratuvchisi qaysi xalq ekanligi to&#39;g&#39;risida bahs- munozaralar mavjud. Jumladan, qozoq yozuvchisi O&#39;.Sulaymonov «Igor jangnomasi» turkiy xalqlar adabiy merosi ekanligini asoslovchi ko&#39;plab dalillar keltiradi. Наг bir xalq qahramonlik eposlarini yaratganida o&#39;z orzu-maqsadlaridan kelib chiqib, bahodirlarini ulug&#39;laydi. Uning muvaffaqiyatlarini madh etadi. «Igor jangnomasi»da knyaz Igor Svyatoslavovich jangda mag&#39;lubiyatga uchraydi. Dostonda turkiylarning burgut, bo &#39;ri, ho &#39;kiz, g &#39;oz, bulbul, qaldirg &#39;och, qarg &#39;a kabi sevimli obrazlari alohida o&#39;rin tutadi. Ma&#39;lumki, burgut turkiy adabiyotdagi ko&#39;pgina eposlarda, jumladan, «Alpomish» dostoni syujetida qahramonning ruhiyatini ochuvchi obrazdir. Alpomish yovvoyi o&#39;rdakni tutish uchun o&#39;zini burgut chog&#39;laydi. Bo&#39;ri barcha turkiy qavmlarning totemidir. Ho&#39;kiz o&#39;g&#39;uz, g&#39;oz esa qipchoq qavmlarining totemi sanalgan. Dostonning muallifi to&#39;g&#39;risida ham o&#39;ndan ortiq farazlar mavjud. S.Tarasov tadqiqotida (1954) bu asar Qo&#39;chqor ismli kishi tomonidan yaratilganligi ham taxmin qilinadi. Turkiylar o&#39;rtasida mavjud syujetlar rus tiliga tarjima qilinganligi bahsli masaladir. Lekin «Igor jangnomasi»ga qadimgi turkiylar o&#39;rtasidagi badiiy syujetlar ham singishib ketganligi haqiqatdir. Qadimgi rus va janubiy slavyan xalqlari mifologiyasida Arapin, To&#39;garin, Idolish obrazlari yaratilgan. Bu uch qahramon ham turkiy bahodirlardir. To&#39;garin qipchoqlarning Tugarxon, Idolish tatar bahodiri tarzida ko&#39;rsatiladi. Arapin obrazi qaysi millatga mansubligiga munosabat bildirilgan. Rus folklorshunosi B.N.Putilov yozishicha, ba&#39;zi tadqiqotchilar Arapin obrazini janubiy slavyanlarning Arabiston cho&#39;lida qadimda yashagan saratsin xalqiga qarshi kurashi bilan bog&#39;liq deb hisoblaydilar. Lekin Arapin obrazi orqali asosan janubiy slavyan xalqlarining turklar bilan urushi tasvirlanadi. Arapin obrazi ko&#39;p jihatdan fors-tojik adabiyotidagi Afrosiyob obrazini eslatadi. Arapin - Ar (Er), apin - bahodir, er so&#39;zining janubiy slavyan og&#39;zaki tiliga moslashtirilgan shakli bo&#39;lishi mumkin. Arapin nomiga ba&#39;zan «qora» laqabi ham qo&#39;shib aytilgan. Qora turkiylarda kuchlilik belgisidir. Arapin haqidagi rivoyatlar janubiy slavyanlar o&#39;rtasida paydo bo&#39;lishining tarixiy ildizlari mavjud. Qadimgi slavyan xalqi Elba daryosidan Oder daryosigacha bo&#39;lgan yerlarda, Visla havzasi, Dnestr va Dneprning Qora dengizga quyilishi joylarida yashagan. Milodimizning V asriga kelib, xunlarning kuchsizlanishi natijasida slavyanlar janubtomon yurish qilganlar. Shundan so&#39;ng xunlar egallab turgan Dunay daryosi, Qora dengizning g&#39;arbiy sohillari. Vizantiyaning Bolqon yarim orolidagi joylarni egallab oladilar. Shunday qilib, janubiy slavyanlar davlati yuzaga keladi. Demak, slavyanlar qadimgi skif-kimmerlar, ularning o&#39;zlaridan keyingi avlodi xunlar mamlakatiga o&#39;rnashganlar, ayni paytda ular birgalikda yashagan. Bu esa turkiy afsonalar slavyan xalqlari o&#39;rtasiga tarqalishi, turk shohlari va pahlavonlari salbiy kuch sifatida yaratilgan rivoyat hamda afsonalarning yuzaga kelishiga asos bo&#39;ldi. Rus eposlari o&#39;rtasida Ilya Muromets haqidagi adabiy syujetlar keng tarqalgan. Bu eposning turli talqinlari Samara, Smolensk, Mogilev guberniyalarida yashovchilar orasidan yozib olingan. G.N.Potanin Ilya Muromets haqidagi rivoyatlar Borman, Burman, Barman kabi qahramonlar bilan bog&#39;langan syujetlarga aloqadorligini ta&#39;kidlaydi. Hatto, mo&#39;g&#39;ul-shomon, tangut-shomon afsonalarida shunday qahramonlar borligini asoslaydi. Borma yoki Burma nomi afsonalarni yozib olish paytida Murom, Muram, Murin, Murov, Murav shakliga o*tgan. Rus eposlarida tasvirlangan bu qahramonni Mahmud Koshg&#39;ariyning «Devonu lug&#39;otit turk» kitobida keltirilgan Borman nomi bilan ham bog&#39;lash mumkin. U Afrosiyobning o&#39;g&#39;li edi. QADIMGI TURKIY ADABIYOTDA BADIIY TAR Л MA «Oltin yoruq» qadimgi Sanskrit tilida yaratilgan asar bo&#39;lib. X asrda Beshbaliqda yashagan Singqu Seli Tutung uni xitoycha variantidan turkiy tilga tarjima qilgan. Kitobning sanskritcha nomi «Suvarnanrabhasa» (oltin jilo)dir. Turkiycha tarjimada esa to&#39;liq nomi «Altun o&#39;nglug&#39; yaruq yaltriklbig&#39; qonda ko&#39;trulmush nom eligi» (oltin rangli nur toblanadigan hammadan buyuk bo&#39;lgan kitob tojdori)dir. «Oltin yoruq» budda diniga oid sutra - muqaddas kitoblardan biri hisoblanadi. «Oltin yoruq»ning bir necha qo&#39;lyozma nusxalari ma&#39;lum. Uning 1687-yilda ko&#39;chirilgan nusxasi boshqalariga nisbatan mukammal bo&#39;lib, u hozirda Peterburgdagi Sharqshunoslik instituti qo&#39;lyozmalar bo&#39;limida saqlanadi. Qo&#39;lyozmani rus olimi S.E.Malov 1909-1911-yillarda Sharqiy Turkiston va Xansu (Gan-Su)da safarda bo&#39;lganida uyg&#39;urlar yashaydigan Vungshigu qishlog&#39;idan qo&#39;lga kiritgan. «Oltin yoruq»ni S.E. Malov 1913-1917-yillarda V.V.Radlov bilan hamkorlikda nashr ettirdi. V.V.Radlov kitobning bir qismini nemis tiliga tarjima qildi. Tarjima 1930- yilda S.E.Malov so&#39;z boshisi bilan chop etilgan. S.E.Malov «Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti» (M.,- L.: 1951) kitobida «Oltin yoruq»dan ikki parcha - «Hukmdor Kyu-Tov haqida afsona» hamda «Tegin va Bars haqida afsona»ning transkriptsiya va ruscha tarjimasini beradi. «Tegin va Bars haqida afsona» «Oltin yoruq»ning 604-627-sahifalarida berilgan. O&#39;zbek olimlari G&#39;.Abdurahmonov va A.Rustamovlarning «Qadimgi turkiy til» (1982) qo&#39;llanmasida kitobning 607-617- sahifalaridagi afsona mazmuni bayon etilgan. «Oltin yoruq» uyg&#39;ur yozuvida bitilgan yirik tarjima asaridir. V-X asrlarda turkiy tilda uyg&#39;ur yozuvi bilan yana bir necha yirik adabiy yodgorliklar yaratilgan. G&#39;.Abdurahmonov va A.Rustamovlar «Qadimgi turkiy til» kitobida «Xuastuanift» («Monaviylaming tavbanomasi»), «Shahzodalar Qalyanamqara va Papamqara haqida qissa», «Sekiz yukmak», «Atavaka devi haqida afsona», «Budda afsonalaridan parchalar» yodgorliklari haqida ham ma&#39;lumotlar berishadi. Sinqu Seli Tutung tarjimasidagi «Tegin va bars haqida afsona» ning hozirgi o&#39;zbek tilidagi to&#39;liq mazmuni shunday: Undan so&#39;ng Tangri Tangrisi Burhon shunday deb yorlaqadi: - Ey, Ananta! Qadim o&#39;tgan zamonda Chambudi vin ulusida Mag&#39;aradi ismli davlatmand elig bor edi. U behad ulug&#39;, boy-badavlat, omborlari, xazinalari don- dun, mol-matoga to&#39;la edi. Qahramon, mergan lashkarlarining qudrati mukammal darajada bo&#39;lib, to&#39;rt tarafdagi mamlakatlarni bosib olgan, o&#39;ziga qaratgan edi. Shu sababli uni barcha hurmat qilar va e&#39;zozlardi. U mamlakatni va xalqlarini ota- bobolaridan qolgan to&#39;g&#39;ri aqida va siyosat bo&#39;yicha boshqarardi. Unga tobe bo&#39;lgan xalq va odamlar soni oshib borardi. Uning mamlakati dushman va yovuz kuchlardan xavf-xatarsiz edi. Tadbirkor, nuroniy, otashin, qudratli, shavkatli, davlatmand xonning katta sevikli xotinidan ko&#39;rkam yuzli uch o&#39;g&#39;li bor edi. Eng katta o&#39;g&#39;lining oti Mag&#39;abali edi, o&#39;rtancha o&#39;g&#39;lining oti Mag&#39;adivi edi, eng kichik o&#39;g&#39;lining oti Mag&#39;astvi edi. Bir kuni o&#39;sha Eligxon uch o&#39;g&#39;li bilan mamlakat chetidagi toqqa, daryo bo&#39;yiga sayr qilisbga bordi. Elig va uning o&#39;g&#39;illari sayr etishib, dam olganlaridan so&#39;ng uch shahzoda otalaridan gul, meva-cheva terishga ruxsat so&#39;radilar. Elig ruxsat berdi. Teginlar u yoq-bu yoqqa, nari- beri yurishib, bir katta qamishzor orasidagi berk ariqqa kirib, o&#39;sha yerda dam olishga o&#39;tirdilar. Kutilmaganda katta tegin ikki inisiga shunday dedi: - Ey inilarim! Negadir meni qo&#39;rqinch va vahima bosyapti. Bu ariq chakalak ichida ekan. Unda yirtqich hayvonlar bo&#39;lishi mumkin. Tag&#39;in, biz bir-birimizdan ayrilib qolmaylik. Ikkinchi tegin shunday debdi: - Ko &#39; nglimdagi gapni aytdingiz , ey , akam ! Men bu jismimni sira asragim kelmaydi - ya , lekin yorlardin ayrilishdek tashvish bo &#39; lmasa edi , deb qo &#39; rqaman . Bu gapni eshitib, uchinchisi. Mag&#39;astvi tegin ikki akasiga shunday clalda berdi: - Bu joy azizlar turadigan yerdir. Mening sira qo&#39;rqinchim, xavfim yo&#39;q. O&#39;zga ayrilmoqlik tashvishim ham yo&#39;q. Har holda jismimda shodlik to&#39;lib, sevinch tug&#39;ilayotir. Shekilli, yaxshi bir ne&#39;matni topgaymiz. Uch tegin o&#39;z dilu ko&#39;ngillarida o&#39;ylagan gaplarini aytishib, so&#39;ngra dadillik bilan ariq ichiga kirdilar. Ancha yurishgach, yaqinda bolalagan bir ona barsni ko&#39;rdilar. Bars bolalaganiga bir hafta o&#39;tgan bo&#39;lib, u och edi. Bars yettita bolasini bag&#39;riga bosib, o&#39;rab olgan, lekin ochlik, suvsizlik azobidan qiynalib, zaiflashgan, holdan toygan, jasadlari bo&#39;shashib, kuch-quvvati ketib, o&#39;lim arafasida yotar edi. Og&#39;a-inilarning kattasi Mag&#39;abali barsning ahvolini ko&#39;rib, shunday dedi: - Ey, bechora, ona bars bolalaganiga yetti kun bo&#39;libdi. Yumshoq luqmani istaydi. Lekin nasiba qayoqda?! Ochiqish, suvsash azobida qiynalib, hatto o&#39;z bolalarini yeyishga harakat qilyapti. Bundan ham ortiq bechora jonivor bo&#39;lgaymi? Bu gapni eshitib, Mag&#39;astvi tegin akasidan «Bu bars nima yeydi, ma&#39;qul ovqati nimadir», deb so&#39;radi. Akasi tegin shunday javob berdi: - Barsning, ilvirs (mushuksimonlar oilasiga mansub hayvon) ning, manul (yovvoyi mushuk) ning, arslonning, bo&#39;rining, tulkining ovqati doim issiq go&#39;sht, qon erur. Bundan boshqa ovqatu ichimlikyo&#39;qki, holdan toygan och barsni tiriltirsa! Bu gapni eshitib, inisi Mag&#39;adivi tegin beixtiyor shunday dedi: - Tug&#39;ib kuchsizlangan, holdan toygan och bars. g&#39;oyatda qiynalib, o&#39;lim changalida turibdi. Bizdan boshqa kim borki, bunga yaroqli ovqat va ichimlik topib beradi. bechora jonivor uchun jasadini qurbon qilib, issiq jon kirita oladi. Katta tegin bu gapni eshitib. yana o&#39;rtancha inisiga yuzlandi. - Ey, inim! Mardona ulashiladigan mol - mardona ish! Lekin issiq jondan kechib bo&#39;lmaydi. Bu so&#39;zni eshitgan Mag&#39;astvi tegin shunday dedi: - Ey, jigarlarim! Biz hammamiz issiq jonimizga, jasadimizga g&#39;oyatda bog&#39;langanmiz, yopishganmiz. Boshqacha foyda, manfaat yetkazgali dono, ilmli, yorug&#39; ko&#39;zimizdan ajralsak nima bo&#39;pti? Holbuki, ba&#39;zi-bir ulug\ mehribon, ko&#39;ngli toza odamlar qadim zamonlardan beri o&#39;z jasadlarini qurbon qilishib, jonivorlarga foyda, manfaat yetkazib keladilar. U akalariga shu gaplarni aytar ekan, so&#39;ngra ko&#39;nglidan quyidagi fikrlar kechdi: «Axir, bu mening jasadim yuz ming zamonlardan beri hayotga keraksiz holda necha martalab chiridi, buzildi. Sira etli bo&#39;lmay, foydaga, manfaatga yaramadi. Bu xildagi chirkin, keraksiz jasadim nega kerakli, ishlatadigan, foydalanadigan о &#39;mini topmas ekanman. Nega keraksiz jasadimni manqa tupukday tashlab, fido va qurbon qilib, bu bechora, nochor, och barsga xaloskor va panoh boiolmayman!» Mag&#39;astvi ko&#39;nglida bir jasorat, bir qo&#39;rqinch uyg&#39;onib, o&#39;zgacha mehribonlik paydo bo&#39;lib, o&#39;sha barsning tepasiga keldi, afsuslandi va acnindi. Mag&#39;astvi tegin barsga yaqinlashar ekan, ochligini, ozg&#39;inligini, mashaqqatini, azobini aniq ko&#39;rdi va kipriklarida yosh qalqidi, ko&#39;zlarini undan hech uzolmasdan anchagacha tikilib, qarab turdi. So&#39;ngra aka-ukalar boshqa tomonga qarab yurdilar. O&#39;sha paytda Mag&#39;astvi - budisatv (buddizm tariqatchisi - A.A) yana o&#39;yladi: Aynan hozir jasadimni, issiq jonimni qurbon qiladigan vaqt menga yuzlandi, duch keldi. Nega deganda, men almisoqdan beri bu chirik, sassiq qonli, yiringli, mehrsiz, mardud, jirkanch jasadga shunchalik mehr qo&#39;ydim. Osh-suv, kiyim-kechak, o&#39;rin-to&#39;shak, otu fil, aravayu ulov, javohiru dur, molu mulkka sajda qildim. Qadimdan aynimoq, buzilmoq qonuni bor ekan, mening jasadim ham aynidi, buzildi. Bu jasadni asrab, ayab, saqlab. aynitmaslik ilojini qila olmadim. Har qancha qattiq tarbiyalasam ham, u yovuz dushman odatini saqlab qoldi. Aksincha, u meni tark etib, g&#39;am va kulfatga sherik etdi. Mening umrimni u bilan shunday deb bilish kerak: jasad beqaroru foniy, titiladi. Jonga befoydaligi ustiga yana yovuz dushmanday vahimachidir. Jirkanch, iflosligi yetmaganday, nopoklik va axlat hosilasini ham ajratadi. Shuning uchun men bugungi kunda bu jasadimni fido qilib, ajoyib, ulug&#39; ish-amalni bajarib, hayot daryosi ichida sol, kema topayin. Tug&#39;ilish, o&#39;lmaklik taqdiridan tashqariga tortib chiqarayin. Mag&#39;astvi yana shunday o&#39;yladi: Agar birgina bu jasadimni qurbon qilsam, keyin beqiyos, sonsiz jurm va gunohlarni, shishiniyu bezni, yiringiyu qonni, dardiniyu og&#39;riqni, qo&#39;rqinchni, xavfni - barchasini qurbon qilgan, tark etgan bo&#39;laman. Yana bu jasad haqida gapiradigan bo&#39;lsak, u o&#39;ttiz olti xil nopokliklar bilan to&#39;la, suv yuzidagi ko&#39;pikday beqaroru omonat. U barcha qurtlarning, qo&#39;ng&#39;izlarning to&#39;planadigan joyi: qonning, yiringning o&#39;rnashadigan yeri; u pay bilan, tomir bilan chirmalgan suyaklar, bo&#39;g&#39;in orqali tutashgan, g&#39;oyatda palidu jirkanchdir. Endi menga tegishli bu jasadimni fido, qurbon qilib, nuqsonsiz, oliy ezgu Abamu (buddalardan binning nomi - A.A.)ga abadiy nirvoni (sanskritcha so&#39;z bo&#39;lib, sansar - dunyoga moddiy ravishda qayta-qayta kelishdan qutulgandan keyingi mutloq osoyishtalik)ni tilash, mehnatu tashvishni bir yo&#39;la tarqatishlik; tug&#39;ilish va o&#39;lish qismatini ta&#39;sirsizlantirishlik, nafsoniy aloqani uzishlik; ruhiyatning dono bilimdon kuchini kuchaytirishlik; to&#39;liq, tugal, puxta bo&#39;lmoqlik, ezgulikni nuqsonsiz ado etishlik; yuz yorug&#39;lik harakatini qilishlik, to&#39;liq, tugal, dono ilmning tubiga yetishlik; hamma burxonlar qoshida madh etilgan, muqaddas shar&#39;iy jasadni shohid qilishlik; butun besh olam maxluqlarining avlodini, shariat zakoti yemishini yedirishlik. So&#39;ngra Mag&#39;astvi tegin o&#39;tkir, kuchli hayajonlanib, buyuk orzuga cho&#39;mib, ulug&#39; mehribon ko&#39;ngilni uyg&#39;otib, ko&#39;ngli va ko&#39;ksi bilan ravshan tortib, ikki akasining ko&#39;ngliga ham shu luyg&#39;ularni solib, har holda ular ham anglasa, deb o&#39;yladi. So&#39;ngra o&#39;z o&#39;y-xayolidan qo&#39;rqib, xavfsirab, monelik, qarshilik qilib. tilagan orzuimni qondirmaydi, degan xayolga bordi. Mag&#39;astvi ikki akasiga charchaganini aytdi, ulardan biroz tin olishga ruxsat so&#39;radi. U akalarini jo&#39;natib, o&#39;zi o&#39;sha ariqqa kirdi. Och bars oldiga yetib, kiyimlarini shoshilganicha egilgan qamish butog&#39;iga osib, baland ovozda shunday so&#39;zladi: - Men endi sansardagi jonivorlar uchun, oliy ezgu burxon ruhi talabini ikkilanmasdan, parishon bo&#39;lmasdan, ulug&#39; mehribon ko&#39;ngilni uyg&#39;otib, bu mening sevar mahbub jasadimni fido qilaman, qurbon etaman. Buzilmas, bekamu ko&#39;st burxon saodatini tilaymanki, barcha donolarga mahbubu maqbul uch nav dunyodagi, emgak dengizidagi jonivorlarni yuqoriga tortib, qutqarib, osoyishtayu shodmon qilayin. Tegin shu gapni aytib, o&#39;sha fursatda och bars oldiga uzala tushib yotdi. Ulug 4 mehribon ko&#39;nglining nuri alangasi porlab turgan paytda u och bars teginni egali tashlanmadi. Budisatv buni ko&#39;rib, go&#39;yo baland toqqa ko&#39;tarilib, jasadini pastga otdi. Jasad yerga tushdiyu, budisatv yanashunday o&#39;yladi: demak, bars oriqligi uchun zaif, madorsizdir. Shu sababli meni yeya olmadi. So&#39;ngra budisatv tik turib, u yoq bu yoqqa qarab, kesadigan narsa qidirib, uni topolmadi. Shundan so&#39;ng qurigan qattiq qamish olib, uni o&#39;zining umgan tomiriga sanchib, qon chiqarib ohista barsning yoniga bordi. U bars oldiga yetganidiyoq, bu og&#39;ir, ulug&#39; kulrang yer olti marta turlicha tebrandi, silkindi. So&#39;ngra kuchli shamol kelib, ko&#39;l suvini urib, to&#39;lqinlantirgandek, ariq suvi yuqori-quyi chayqaldi. Ko&#39;k osmon yuzidagi quyosh Tangri Rag&#39;uga ot solgandek, nursiz, yog&#39;dusiz, rangsiz xira bo&#39;ldi. Yon atrof butunlay qoraydi, qora tuman bilan qoplandi. Ko&#39;k osmondan ilohiy hid, ifor, gul chechaklar tushdi, yog&#39;di. O&#39;sha ariq soy ichi gul chechaklar bilan to&#39;ldi. Shu payt och bars budisatvning bo&#39;ynidan qon oqayotganini ko&#39;rdi. Shunda u qonrii so&#39;rish uchun o&#39;rnidan turdi va uning jasadini yedi. Faqat teginning quruq suyaklari qoldi. Tegin-badisatvning katta akasi yer qimirlayotganini ko&#39;rib, ukasiga shunday dedi: - Qo&#39;ng&#39;ir yer, daryolar va tog&#39;lar bilan birgalikda silkinyapti. Quyosh Tangri ham qorayib, atrofni qorong&#39;ulik qopladi. Osmondan uwos solib gul chechaklar yog&#39;ilmoqda. Buning hammasi kichik ukamiz o&#39;z tanini qurbon qilganligining belgisidir. Bu so&#39;zni eshitib, kichik inisi shunday dedi: - Men Mag&#39;astvining sezgirlik bilan aytgan to&#39;g&#39;ri gaplarini eshitdim. Bu shu haqda ediki, u oriq, kuchsiz, ochlikdan o&#39;lim changaliga yaqinlashib, o&#39;z bolalarini ham yeyish darajasiga yetgan barsni ko&#39;rdi. Shu sababli, men shubha qilyapmanki, kichik ukamiz bars baxti uchun o&#39;z tanini qurbon qilgani rostga o&#39;xshaydi. Ikki tegin shunday suhbatlashar ekan, achchiqlanib, xafa bo&#39;ldilar va yig&#39;ladilar. Shundan so&#39;ng ular tezda orqasiga qaytishdi, ko&#39;zlarida yosh bilan och bars yotgan joy tomon yurdilar. Ular bu yerga kelishar ekan, ukalari Mag&#39;astvining qamish shoxchasiga osilgan kiyimlarini, tan suyaklari sochlariga o&#39;ralib turganini, qoni yerga yoyilib ketganligini ko&#39;rdilar. So&#39;ngra nima bo&#39;ldi deng? Ular bu fojiani ko&#39;rishib, jasadlarini ukalarining suyaklari ustiga tashladilar, qo&#39;rqinch va yo&#39;qotish tuyg&#39;ularidan karaxt holga tushdilar. Ular biroz o&#39;zlariga kelgach, qo&#39;llarini osmonga ko&#39;tarishib, iltijoli ovozda yig&#39;ladilar: - O. qanday go&#39;zal, ko&#39;rkam va kelishgan yigit eding sen - bizning kichik ukamiz! Sen onamiz va otamiz uchun sevikli eding, o, jigarimiz! Sen yana bu erga qanday qaytadan kelib qolding-a? Qanday ko&#39;rgulikki, sen o&#39;z hayotingdan kechding, biz bilan birga bormading! Onamiz va otamiz bizni ko&#39;rgali peshvoz chiqishsa, sen haqingda so&#39;rashsa, biz ikkimiz nima deb javob beramiz. Biz ikkimiz uchun ham sening yoningda o&#39;lish yaxshi emasmi? Biz uchun tiriklik nimaga kerak? Bizning jasadimiz sog&#39; qolishi-ya! Shunday qilib, ikki tegin kuchli alam bilan yig&#39;ladilar, hayajonli va oromsiz bir holatda orqasiga qaytdilar. Bu paytda tegin Mag&#39;astvining xizmatchilari kengashdilar, «bizning teginimiz yashirindi yoki yo&#39;qoldi. Qayerga, qachon ketdi? Noma&#39;lum. Qayerda u ? Izlaylikmi?!» - deb aytdilar. O&#39;sha paytda shahzodalarning onasi shaharda saroyning ko&#39;shkida uxlayotgan edi. U favqulodda qo&#39;rqinchi tush ko&#39;rdi. Uning ko&#39;ksi mutlaq kesib tashlangan edi. Malikaning oziq tishlari og&#39;zida qimirladi va tushdi. Uch kaptarga lochin changal soldi. Ulardan bin o&#39;ljaga aylandi, ikkitasi esa kuchli qo&#39;rqinch bilan qutulib qoldi. Malika yer qimirlashidan juda qo&#39;rqib uyg&#39;ondi. U qo&#39;rquv va bezovtalanish bilan shunday dedi: - Bu tushning asosida qanday hodisalar turibdi. Qo&#39;ng&#39;ir yer dahshat bilan silkindi, daryolar, ko&#39;llar qirg&#39;oqdan toshayapti. O&#39;simlikvadaraxtlar sollanayapti. Yaratganning yoritg&#39;uchisi - quyosh nurlari rangsiz tusga kirdi. Guyo bir narsa bilan qoplanganday. Ko&#39;zim tindi va yuragim aynidi. Ular avval tinch va osoyishta edi. Ajab, yuragimni o&#39;q teshganday, azobli g&#39;amga botdim. Butun tanim titraydi, halovatim yo&#39;qoldi. Ko&#39;rgan tushlarimning belgilari yomonlikdan xabar berayotganga o&#39;xshaydi. Agar tushlarim haqiqat bo&#39;lsa, u men uchun qimmatli odam haqida xabar bermoqda. Bularning hammasi fojiadan nishonadir. U o&#39;zini yo&#39;qotgan holatda siynalarini uqaladi, undan sut oqib, tomdi. Nima bo&#39;ldi deng. Bu holatni ko&#39;rib, malika yanada battar karaxtlandi, toshday qotdi. Bu vaqtda malikaning oqsochi saroydan tashqarida edi. U ko&#39;chadan ushbu shum xabarni eshitdi: teginni izlayaptilar, lekin topa olmayaptilar. Shundan so&#39;ng nima bo&#39;ldi deng? Bu voqyeni eshitib. oqsoch qo&#39;rqib va titrab ketibdi. So&#39;ngra u saroyga kirib, o&#39;zining bekasiga quyidagilarni aytibdi: - Bekam, eshitdingizmi, tashqarida qanday mish-mishlar yurganligini? Teginni qidirayotgan emishlar, ammo hali topa olmapti. Bu qanday gap? Bu so&#39;zlarni eshitib, malika achchiq alam, iztirob, ko&#39;zida yosh bilan ulug&#39; xoqon oldiga bordi. - Ey, ulug&#39; elig! Men har xil mish-mishlar eshitdim. Bu qanday gaplar-a? Balki bular qadrli bolajonimiz, eng kenjamiz Mag&#39;astvidan ayrilganligimiz belgisidir. Ulug&#39; elig bu so&#39;zlarni eshitib, qo&#39;rquv va vasvasa iskanjasida, ko&#39;zida yosh bilan shunday dedi: - Iztirobdaman! Juda qattiq iztirobdaman! Bugun sevikli va qadrdon o&#39;g&#39;limdan ajraldimmi? Yo&#39;q, ishonib bo&#39;lmaydi. U ko&#39;z yoshlarini artib, malikani tinchlantirishga urinar ekan, yana shunday dedi: - O, sadoqatli yorim! Sen o&#39;ksima va tashvishlanma. Men sevimli bolalarimni qanday bo&#39;lmasin topaman. Uning tirik yoki o&#39;limini aniqlayman. U shu so&#39;zlarni ayta turib, tezda vaziru ulamolari bilan shahar tashqarisiga chiqdi va teginlarni izlab, turli tomonga jo&#39;nab ketdilar. Tegin haqidagi mish-mishlar hah mamlakat bo&#39;ylab keng tarqalmagan paytda ayonlardan biri ulug&#39; elig huzuriga kelib, shunday dedi: - Ulug&#39; xoqon! Bir qoshiq qonimdan keching. Ikki tegin eson-omon qaytmoqda. Lekin kenja o&#39;g&#39;lingiz Mag&#39;astvi tegindan darak yo&#39;q. Uni izlashayapti, albatta topishadi. Bu so&#39;zlarni eshitib, ulug&#39; elig chuqur xo&#39;rsindi va shunday dedi: - Qanday ko&#39;rgulik! Qanday azob! Men sevimli va qimmatli bolamni yo&#39;qotdim. O&#39;g&#39;iim dunyoga kelganida xursandchiligim ko&#39;p edi, yo&#39;qotganda esa qayg&#39;umning cheki yo&#39;q. O&#39;g&#39;iim tirik bo&#39;lsa qani edi? U hozir bizning yonimiz-da bo&#39;lsa bormi? Men judolik kunlarini ko&#39;rmagan, yig&#39;lamagan bo&#39;lur edim. Malika bu so&#39;zlarni eshitib, achchiq qayg&#39;u va faryod chekib, qalbi va ko&#39;ksi yonib, shunday dedi: - Uch o&#39;g&#39;lim o&#39;z a&#39;yonlari bilan daryo bo&#39;yiga vaqtichog&#39;lik uchun borgan edi. Kenjasi, sevimli va aziz o&#39;g&#39;lim qaytmagan ekan, demak, ayriliqdan xabar bor. Malika shunday so&#39;zlarni aytib, ko&#39;zlarida yosh qalqib turganida, saroy a&#39;yonlaridan bin ulug&#39; elig huzuriga kelib. tiz cho&#39;kdi. - Hoy, a&#39;yon! Sevimli o&#39;g&#39;lim Mag&#39;astvi qayerda? - dedi elig. Eligning talabini eshitgan a&#39;yonning ko&#39;zlaridan halqa-halqa yosh keldi, tili so&#39;z aytishga aylanmay, tomog&#39;iga nafasi tiqildi. U elig qarshisida gungdek turar edi. A&#39;yonning holatini ko&#39;rgan elig malika bilan birgalikda uni jon holiga qo&#39;ymay tergadilar. - Tezroq gapir, ey ayon, mening kenja o&#39;g&#39;lim qayerda? Mening vujudim, o&#39;y- xayollarim olov ichra yonmoqda, aqlim va o&#39;zligimni yo&#39;qotib, hushsiz odamga aylanmoqdaman. Bag&#39;rimni ezib, buncha majaqlamasangchi? Shunda ikkinchi a&#39;yon bor gapni oqizmay-tomizmay gapirdi, tegin - badisatv o&#39;z tanasini qurbon qilganligini so&#39;zlab berdi. Bu mudhish xabarni eshitgan ulug&#39; elig va malika joylarida toshdek qotdilar, faqat ingradilar, yig&#39;ladilar. Zurriyotlarining qurbon bo&#39;lgan joyini ko&#39;rish istagida tez chopar otlar qo&#39;shilgan aravalarga minishib, daryo buyiga, qalin qamishzorlar orasiga jo&#39;nab ketdilar. Ular badisatv o&#39;ztanini qurbon qilgan yer vajoyni topdilar, badisatvning suyaklari har tomonda sochilib yotganini ko&#39;rishib, hushsiz yiqildilar, ularning aqlu hushi kirarli va chiqarli holatga tushgan edi. Ular go&#39;yo kuchli va bo&#39;ronli shamoldan qulagan daraxtga o&#39;xshardi. Shundan so&#39;ng, o&#39;sha ayon sovuq suv olib, ulug&#39; elig va malika yuziga sepdi. Ular sekin- asta o&#39;zlariga kela boshlashdi. Hushini yig&#39;ib olgach. qo&#39;llarini osmonga ko&#39;tarishib, yig&#39;lashdi va dod-faryod ko&#39;tarishdi, marsiya o&#39;qishdi. - Qanday baxtsizlik yuz berdi, bolajonimiz, go&#39;zal kenjamiz?! Qanday qilib, ajal seni o&#39;zdomiga tortdi. Faqat, u seni emas hammamizni o&#39;ldirdi. Ajal sendan oldin meni topishi kerak edi-ku! Men uchun bundan ortiq g&#39;am va yo&#39;qotish bo&#39;lmaydi, - dedi ulug&#39; elig. Shundan so&#39;ng ulug&#39; eligning xotini boshini changallab, sochlarini yulib, ikki qo&#39;li bilan ko&#39;kragiga urib, suvdan chiqqan baliqdek, yer uzra tipirchilab marsiya aytdi: - Suyaklari turli tomonlarga sochilib yotgan bolagmamning tanini nimtalashga kimning qudrati yeta oldi?! Men o&#39;z boyligimdan, sevimli va aziz o&#39;g&#39;limdan ajraldim. O&#39;g&#39;ilginam, seni o&#39;ldirishga kimning haddi sig&#39;di! Mening yuragim bilan nega o&#39;ynashdi? U yorildi, urushdan to&#39;xtadi. Bu ko&#39;rguliklardan so&#39;ng menga yashashning keragi bormi? Men tushimda bu ayanchli voqealarni ko&#39;rgan edim-a! Men bu beigilarni aniq ko&#39;rgan edim-a! Mening ikki ko&#39;ksim chuqur kesilganligini tushimda ko&#39;rgan edim-a! Oziq tishlarim qimirladi va tushdi. Men buni ham tushimda ko&#39;rdim-a! Yangidan o&#39;sha uyqu domiga tushdim. Bu yerda esa boshqacha tushdir. Uchta yoqimli kaptarning uchalasiga ham lochin hujum qildi. Ulardan biriga chang soldi, olib qochdi. Mana mening tushim o&#39;ngidan keldi. Men eng kenja, sevimli va qimmatli o&#39;g&#39;ilchamdan ajraldim. Qani edi, bularning hammasi yolg&#39;on bo&#39;lsa! Malika shu alamli so&#39;zlarni ayta turib, yig&#39;ladi. So&#39;ng ulug&#39; eliga o&#39;zining ikki o&#39;g&#39;li bilan ko&#39;zlarida yosh va yuzlarida motam iztirobi, badisatvning suyaklarini bir joyga to&#39;pladilar. Ular shu bilan tegin sharafiga ulug&#39; urf-odat va marosimlarni o&#39;tkazishdi. Maqbara qurishib, uning ichiga hurmat va izzat bilan dafn qilishdi. «Oltin yoruq» turkiy adabiyot tarixidagi nodir tarjima asaridir. U turkiy adabiyotda badiiy tarjima tarixi juda qadim davrlardan boshlanganligini ko&#39;rsatadi. «Oltin yoruq» asli Sanskrit tilida yaratilgan. Ma&#39;lumki, Sanskrit qadimgi hind adabiy till hisoblanadi. U miloddan avvalgi birinchi asrda Shimoliy Hindistonda tarqalgan. Sanskrit tilida ko&#39;plab diniy, falsafiy, badiiy va ilmiy asarlar yaratilgan. Sanskrit adabiyoti qadimgi hind adabiyotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jahon adabiyotning «Maxabxarata», «Ramayana». «Panchatandra» («Kalila va Dimna»), «To&#39;tining yetmish hikoyasi» kabi nodir asarlari Sanskrit tilida yaratilgan. Sanskrit adabiyotining namunalari X asrdayoq Markaziy Osiyoda sevib o&#39;qilgan va tarjima qilingan. Abu Rayhon Beruniy «Kalila va Dimna»ning tarjimalari haqida fikr yuritgan. «Oltin yoruq» turkiy tilga o&#39;girilishining ikki asosi mavjud. Birinchisi, adabiy hayot talab-taqozosi hisoblansa, ikkinchidan bu asarda budda dinining ta&#39;limoti o&#39;z mantiqiy ifodasini topganligidir. Chunki, «Oltin yoruq» turkiy tilga tarjima qilingunga qadar budda ta&#39;limoti turkiy xalqlar o&#39;rtasiga ham yetib kelgan va unga amal qiluvchilar mavjud edi. «Oltin yoruq» tarjima asar bo&#39;lsa-da. kuchli his-hayajon, ehtiros bilan o&#39;qiladi. Undagi lirizm ruhining balandligi asar asli she&#39;riy yo&#39;lda yaratilganidan dalolat beradi. «Oltin yoruq» diniy asar hisoblansada. unda real hayot manzaralari inson vujudini larzaga solarli darajada yaratilgan. O&#39;z farzandidan judo bo&#39;lgan ota - ulug&#39; elig va ona-malika kechinmalari asarning estetik kuchini oshirishga xizmat qilgan. «Oltin yoruq» yig&#39;i va judolik ruhining kuchligi bilan toshbitiklardagi ayriliq tasvirlarigajuda ham ohang turadi. Xullas, qadimgi turkiy xalqlarga xos adabiy syujetlarning jahondagi turli xalqlar adabiyotiga yaqiniigi, badiiy g&#39;oya va obrazlarni yaratishdagi mushtaraklikning o&#39;ziga xos asoslari mavjud. 1. Bunday adabiy hodisa qadimgi turkiylar uzoq asriar davomida yunon, fors, arab, gruzin, rus-slavyan va boshqa xalqlar bilan turli ijtimoiy-siyosiy aloqada bo&#39;lganligi natijasidir. Shuningdek, urush va nizolar tufayli turkiylar bu mamlakatlarda hukmronligini o&#39;rnatishi, tub aholi bilan chatishib, qo&#39;shilib ketishi ham ularning adabiy qahramonlari boshqa xalqlar adabiyotiga singishuviga sabab bo&#39;lgan. Boshqa xalqlar o&#39;z dunyoqarashi asosida turkiy adabiy syujetlarni rivojlantirishi va qayta ishlashi katta ilmiy-ma&#39;rifiy ahamiyatga ega. Ular bu bilan qadimgi turkiy xalqlar og&#39;zaki ijodini saqlash va uni yaratishga ma&#39;lum darajada hissa qo&#39;shdilar. 2. Islomgacha bo&#39;lgan turkiy adabiyotni jahon xalqlari adabiyoti bilan qiyosiy o&#39;rganishning juda muhim ilmiy-amaliy ahamiyati shundaki, avvalo, turkiy adabiyot o&#39;z salmoqdorligi bilan antik davriga ega bo&#39;lgan xalqlar adabiyotidan qolishmaydi. «Odisseya» va «Alpomish» dostonlarining g&#39;oyaviy mazmuni, kompozitsiyasidagi o&#39;xshashliklar, tepako&#39;zlar obrazining yunon va qadimgi turkiylar adabiyotida mavjudligi adabiy ta&#39;sir yoki ijodiy fikrlashning bir x i l l i g i , mushtarakligi natijasimi? Adabiyotshunoslikda bu muammolarning hozirgacha yechimi yo&#39;q. 3. Lekin antik davr tarixchilari, yozuvchilari, xususan. Gerodot skiflar tarixi, adabiyoti, xalq og&#39;zaki ijodi, ijtimoiy curmushiga katta qiziqish bilan qarashi Skifiyada yunonlar uchun o&#39;rganadigan jihatlari yo&#39;q emasligini asoslaydi. Gerodot skiflar mamlakatida bir ko&#39;zli odamlar borligiga ishonch bildiradi. Demak, skiflar o&#39;rtasida yaratilgan adabiy syujetlar yunon adabiyotiga ko&#39;chib o&#39;tganligiga hech shubha yo&#39;q. Prometey obrazi yaratilishi haqida ham shunday xulosalarni bayon etish mumkin. 4. Islomgacha bo&#39;lgan turkiy adabiyotga xos adabiy syujetlarni tiklash. ularni o&#39;rganishda qadimgi turkiylar 5. yashagan hududlardagi og&#39;zaki ijod namunalariga ham nazar tashlash ilmiy-amaliy aharaiyatga ega. Shu tamoyil nuqtai nazaridan yondashiladigan bo&#39;lsak, german, gruzin, rus-slavyan xalqlari og&#39;zaki ijodida ham qadimgi turkiylar yaratgan rivoyat va afsonalarni ko&#39;rish mumkin. Bu asarlarda turkiy qahramonlar ulug&#39;lanishi, madh etilishi yoki taqdiridagi fojialarga rahm-shafqat tuyg&#39;usi ifodalanishi, eng muhimi, etnografik belgilar saqlanishiga ko&#39;ra ularni turkiy adabiy yodgorliklarining ko&#39;chma yorqinlashgan namunasi, deb hisoblash mumkin. Adabiyotlar: 1. KarimovI. Istiqlol va ma’naviyat. -T.: «0&#39;zbekiston», 1994,160-bet. 2. Milliy istiqlol g&#39;oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - Т .: «O&#39;zbekiston», 2000, 50-bel. 3. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo&#39;q. - Т .: «Sharq» nashriyoti matbaa- konserni bosh tahririyati. 1998, 32-bet. 4. Karimov I. Biz kelajagimizni o&#39;z qo&#39;limiz bilan quramiz. Asarlar 7 torn. - Т .: «O&#39;zbekiston», 1999, 140-bet. 5. Авеста. Избранные гимны, (пер. с авест. коммент. проф. И.М. Стеблин - Каменского; предисл. Пров. В.А. Левщица). - Ду шанбе: Адиб, 1990, стр.176. 6. Avesto. A. Mahkam tarjimasi. «San&#39;at», 1991, № 3-12. 7. Alpomish. O&#39;zbek xalq dostonlari. (Aytuvchi Fozil Yo&#39;ldosh o&#39;g&#39;li. Yozib oluvchi M . Zarifov ). - Т.: « O &#39; zbekiston », 1992, 189- bet . 8. Alpomish . O &#39; zbek xalq dostonlari . ( Aytuvchi Fozil Yo &#39; ldosh o &#39; g &#39; li . Yozib oluvchi M . Zarifov )-Т.: « O &#39; zbekiston », 1993,224- bet . 9. Библиотека всемирной литературы. Серия первая. Том 9. Беовулф. Старшая эдда. Песнь о Нибелунгах. - Изд-во. «Ху-дож. литературы», 1975, стр.752. 10. Гомер. Илиада. - Пер. с древнгреч. Я. Гнедича; Послесловие В. Ярхо: Примеч. С. Ошерова. - М.: Моск. рабочий, 1982, стр.448. 11. Гомер. Одиссея. - (Пер. В.А. Жуковского). - М. Сов. Россия, 1983, стр.320. 12. Древние Российский стихотворения, собранные К. Данило вым. - Свердловский: Средне - Ураjское кн. изд -во, 1980, стр.320.