logo

Oybekning “navoiy” romani va abdulla qodiriyning “o’tkan kunlar”ida yaratish va ularning

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51 KB
Oybekning “navoiy” romani va abdulla qodiriyning “o’tkan kunlar”ida yaratish va ularning klassifikasiyasi Reja: 1. Oybekning “Navoiy” romanining yaratilish tarixi 2. Abdulla Qodiriyning “o’tkan kunlar” romani va uning yaratilishi 3. Asarlarning adiiy xususiyatlari 4. tarixiy asarlar va ularning klassifikasiyasi Tayanch iboralar: Adabiyotning ommaviyligi, xalqchilligi. Uni talantli shaxslar tomonidan yaratilishi. Badiiylik. Milliylik va umuminsoniylik. Yuqoridagi adabiyotga berilgan ta’rif to’liq va mukammal bo’lishi uchun badiiy adabiyotning yana bir nechta umumiy xususiyatlarini o’rganish lozim bo’ladi. Bu xususiyatlarning uchtasini V.G.Belinskiy “Adabiyot so’zining umumiy ma’nosi” maqolasida ta’riflaydi; ularni nazariyotchi olim Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” darsligida asosli tahlil qiladi. Darhaqiqat, “adabiyot doimo ommaviylikka suyanadi, o’z tasdig’ini jamiyat fikridan oladi… butun xalqdan, eng kamida-xalqning ma’rifatli sinflarining e’tiboridan madad oladi. Adabiyot butun jamiyatning mulkidir” (V.G.Belinskiy). Chunki, “adabiyot jamiyatning hamma tabaqalariga mo’ljallangan bo’ladi va odamlarning yoshi, jinsi, kasbi, ijtimoiy pog’onada tutgan o’rniga qaramasdan, hamma tomondan o’qiladi, har bir kishida qiziqish tug’diradi. Bugina emas, bir xalqda yaratilgan adabiyot asarlari boshqa xalqlarning ham barcha vakillari tomonidan qiziqib o’qiladi, jahondagi odamlarning hammasida (ularning irqiy, milliy, diniy, iqlimiy farqlaridan qat’i nazar) qiziqish tug’dira oladi, hamma kishilarga foyda yetkazadi, butun insoniyatning mulki bo’lib qoladi” 1 . Shunga ko’ra, hindlarning “Ramayana”si ham, o’zbeklarning “Alpomish”i ham, arablarning “Ming bir kecha”si ham, qirg’izlarning “Manas”i ham, ruslarning “Igor jangnomasi” ham – butun jahonning, barcha hazrati insonlarning mulki bo’lib, ularning kamoliga xizmat qilaveradi. Bu adabiyotning ommaviylik xususiyatidir. Adabiyotning ommaviyligi – uning xalqchilligi xislatini yuzaga chiqaradi. Chunki, “Xalqchillik adabiyotning fazilati emas, balki zarur shartidir” (V.G.Belinskiy), milliy va umuminsoniy shon-shuhratining, bashariyatga ta’sir qudratining o’lchovidir. Xalqchillik bor joyda badiiylik ham borligiga isbotdir, “agar xalqchillik deganda biror xalq, biror mamlakat odamlarining xulqi atvorini, 1 И.Султон. Адабиёт назарияси, Т., “Ўқитувчи”, 1980, 11-бет. urf-odatlarini va xarakterli xususiyatlarini haqqoniy tasvirlashni tushunadigan bo’lsak, xalqchillik chinakam badiiy asarlarning zarur shartidir. Har qanday xalqning hayoti faqat uning o’ziga xos shakllarda namoyon bo’lsa, u xalqchil hamdir,” 1 – deb yozadi V.Belinskiy o’zining “Rus povesti va janob Gogol povestlari haqida” asarida. Bu asoslardan ko’rinadiki, haqiqiy badiiy asar doimo xalqchil bo’ladi. Chunki, unda birinchidan , xalqning ruhiyati, umid-armonlari, orzu-istaklari badiiy ifodasini topadi. Ikkinchidan , xalqning ruhiyati haqiqiyligi, tiniqligi asarlardagi har bir “qahramon” xarakterida aksini topadi. Uchinchidan , badiiy asar keng xalq ommasi uchun tushunarli til va uslubda, dono soddalik, nozik ta’blik bilan yoziladi va ayni paytda, xalqning tuyg’ularini ma’nan birlashtirishga, bashariy e’tiqodi (hammamiz bitta Yer kurrasida yashaymiz, hammamiz Allohning bandasimiz, insonligimiz-bir-birimizgagina bog’liqligi)ni mustahkamlashga xizmat qiladi. “Xalqchillik singari, originallik ham chinakam talantning zarur shartidir. Ikki odam buyurtma ishda bir-biriga o’xshatishi mumkin, lekin aslo ijodda emas; zero, modomiki bir odamga bir ilhom ikki marta kelmas ekan, demak, bir xil ilhomning ikki odamga kelishi bundan ham mushkuldir. Mana, shuning uchun ham ijod olami tuganmas va cheksizdir”. Chinakam iste’dodli shoirda har bir shaxs-tip, har bir tip esa o’quvchi uchun notanish tanishdir . Mana bu odam bag’ri daryo, qaynoq ehtiroslarga, teran aqlga boy, ammo mulohazasi cheklangan, xotinini shu qadar ashaddiy sevadiki, vafodorligiga zarracha shubhalansa, uni bo’g’ib o’ldirishga tayyor, demaysiz, balki lo’nda qilib, mana bu Otello, deysiz! Mana bu odam inson burchini va hayotning ma’nosini teran tushunadi, yaxshilikka intiladi, ammo ruhida kuch-g’ayrat yo’qligidan birorta xayrli ish qila olmaydi va o’zining ojizligini anglab, iztirob chekadi, demaysiz, lekin bu Hamlet deysiz! (Shu asar, 250-251-betlar). Demak, adabiyotni, adabiy asarni talantlar, shaxslar voqye qiladilar . Ular o’zliklarining – originalliklarini yaratayotgan xarakterlarida jamlaydilar. Shu 1 В.Г.Белинский. Адабий орзулар, Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 250-бет. sabab Otello, Hamletni esga olishingizdanoq sizning ko’z o’ngingizga tragediya sohibqironi – Vilyam Shekspir keladi. Bu adabiyotning ikkinchi xususiyatidir. Bu ikkala xususiyatning mohiyati bilan chambarchas bog’langan va ulardan nur olib, bu nurni yanada (Alanga va nurning bir-biri bilan uyg’unlashgani kabi) yolqinli qiladigan uchinchi xususiyati - badiiylikdir. Badiiylik - (ar. “bada’” fe’lidan kelib chiqqan bo’lib, “yangilik kiritish, ijod qilish” ma’nolarini beradi) hayotni jonli va ta’sirli qilib tasvirlashning umumiy belgisi, qayta yaratilgan olamning – badiiy asarning tirikligini, mo’jizakorligini, ta’sirchanligini ta’minlovchi universal hodisadir, ya’ni qayta yaratilayotgan hayotga jon ato etish, insoniylashtirishdir. Badiiylik – badiiy ijodning hamma unsurlarini (obraz, xarakter, tip, syujet, detal, kompozitsiya, badiiy til, ifoda- tasvir vositalari, poetik sintaksis, janr, tur, uslub, ommaviylik, xalqchillik, talant, ilhom, tasavvur va h.)ni o’z ichiga qamrab oladi, ularning har biriga va ayni paytda, turli-tuman tarzda birlashib, yaxlitlashganlarida qon, jon va ruh ato etadi . Demak, badiiylik deganda hayotni jonli va ta’sirli qilib qaytadan yaratish san’ati, hayot hodisalari ustidan chiqarilgan “hukm”, shu adolatli va insonparvar hukm ruhida tarbiyalash tushuniladi. Shunga, binoan badiiyliksiz san’at(adabiyot ham)ning yuzaga kelishi mumkin emas, degan qat’iy xulosaga kelamiz. Badiiylikning hamma sirlariga oshno bo’lish – adabiyotning hamma unsurlarini bilishni kun tartibiga qo’yadiki, biz uni (kurs davomida) izchil o’rganib boraveramiz. Ommaviylik va xalqchillik talantning individualligi va badiiylik adabiyotning milliyligi va umuminsoniyligini taqozo qiladi. “Insonning ichki olami qanchalar boy va go’zal, hayot sharobiga limmo-lim to’la bo’lmasin, buloq singari qanchalar qaynab toshmasin, u o’ziga tashqi dunyo, jamiyat va insoniyatning manfaatlarini chuqur singdirib olmasa, nomukammaldir... Tirik inson o’z ruhida, qonida jamiyat hayotini tashiydi, beixtiyor uning illatlaridan dard chekadi, uning iztiroblaridan azob tortadi, uning salomatligidan yashnab ketadi, saodatidan baxtiyor bo’ladi”, 1 ekan, demak, san’atkor doimo 1 В.Г.Белинский. Адабий орзулар, Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 98-бет. milliydir. Uning milliyligi umuminsoniyligidan, insoniyatga muhabbatidan kelib chiqmog’i lozim. Chunki xalq hayoti bilan mustahkam bog’langan adabiyot har bir xalqning o’ziga xos urf-odatlarini, ruhiyatini, fikrlash, yashash tarzini akslantirishi tabiydir-ki, bu – adabiyotning milliyligini vujudga keltiradi. Va bu milliylik shu adabiyotni yaratgan daholarning ijodlarida, ularning eng yaxshi asarlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Jumladan, Navoiy, Bobur, Mashrab, Yassaviy, G’.G’ulom, H.Olimjon, A.Oripov, E.Vohidovlar butun dunyoda sevilib o’qiladi. Chunki ularning asarlarida o’zbek xalqining “o’zligi”, xarakteri chuqur ifodalanganidan tashqari, ularda insoniyat uchun, inson uchun zarur bo’lgan muammolar tasvir va tahlil qilinganidan umuminsoniy xislat kasb etadi. “Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi”, - deganida yozuvchi Њ tkir Hoshimov tamomila haqdir. Shu nuqtai nazardan she’riyatimiz malikasi Zulfiya hayoti va ijodiga bir nigoh tashlaylik. Zulfiya 29 yoshida bir qizu bir o’g’il bilan beva qoldi. Umrining oxirigacha Hamid Olimjon sevgisiga “sodiq bo’lmoq o’zi soadat” deb tushundi. Tunlar tushimdasan, kunduz yonimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham,- deya kuyladi. Vafosi, sadoqati bilan o’zbek Onasi, o’zbek ayolining Vafosi ramzi sifatida bizning qalbimizni isitdi, haqiqiy va buyuk muhabbat qudrati haqida jonli dars berdi, ibrat namunasini ko’rsatdi. Kamalak yetti rangda yetmish xil jilolanib, barchani maftun qilganidek, Zulfiya “tongning o’ziday rost va yorqin haqiqatga” yo’g’rilgan poeziyasi bilan (“Kechir, qoldim g’aflatda!” “Bahor keldi, seni so’roqlab”, “Ne baloga etding mubtalo” va sh.k.) sadoqat va vafodorlik tuyg’usini – insoniylikning bosh mezoni darajasiga ko’tardiki, usiz haqiqiy komil insonni tasavvur etish ham mumkin emas. Bugungi hayotimizda qo’ydi-chiqdilar, sarson-sargardon yetimlar, havoyi istaklar deb or-nomusdan voz kechgan, “ignaga o’tirgan” ayollar, hayosiz, ibosiz juvonlar jabrini tortayotgan jahonda Zulfiyaning hayajonli, o’tli chaqirig’i, jasoratga to’liq qo’shig’i-har bir qalbda (farang, olmon, ingliz, arab, fors qalbida ham) jaranglamoqda. Vafoga, sadoqatga, hurmat va e’zozga, nazokat va latofatga, or-nomus va insoniylikka chaqirayotibdi . Shu bilan odamdek yashashimizga, komil inson va sog’lom avlod uchun kurashishimizga faol yordam berayapti. Bu Zulfiya ijodining umumbashariyligidan, umrboqiyligidan, chuqur zamonaviyligidan, butun insoniyat uchun zarurat ekanligidan dalolat beradi. Demak, san’atkor ijodida, uning chinakam asarida milliylik va umuminsoniylik bir vujuddan oziqlanadi. Milliylik qanchalik chuqur va yorqin ifodalansa, unda umuminsoniy xislatlar shunchalik ulug’ va ta’sirchan qudrat kasb etadi; million-millionlarni insoniylik yo’lida hamkorlikka chorlaydi, qalblar va onglarni birlashtirib ezgulikka, komillika yetaklaydi. Buning uchun umuminsoniy qadriyatlar har bir millatning ma’naviy mulkiga aylanishi zarur. XXI asrda xalqlar o’rtasidagi nizo va zidlashuvlar bo’lmasligi uchun xalqlar o’rtasida ularni birlashtiruvchi ahillik va murosani yuzaga keltirish, “Ulug’ maqsadlar yo’lida yo’ldoshlik qilishga ko’ndirish” (I.Karimov)- adabiyotning umuminsoniy vazifasidir. Adabiyotlar 1. V.G.Belinskiy. Adabiy orzular, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1967. 2. I.Sulton. Adabiyot nazariyasi, T., “O’qituvchi” 1980, 9 –11-betlar. 3. Hotam Umr, Azmiddin Nosir. She’riyat malikasi, S., “Zarafshon”, 1996. 4. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 79-84-betlar. 5. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 33 – 39-betlar.