logo

Ma`naviyat Dunyoqarash G`oyaviylik (fikrlar majmui) Tendensiozlik Xalqchillik va uning xislatlari Adabiyotdagi milliylik va umuminsoniylik

Yuklangan vaqt:

08.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

121 KB
Ma’naviyat Dunyoqarash G’oyaviylik (fikrlar majmui) Tendensiozlik Xalqchillik va uning xislatlari Adabiyotdagi milliylik va umuminsoniylik Reja: 1. kirish. 2. Tayanch so’z va iboralar: 3. Ma’naviyat Dunyoqarash G’oyaviylik (fikrlar majmui) Tendensiozlik Xalqchillik va uning xislatlari Adabiyotdagi milliylik va umuminsoniylik Badiiy ijod jarayonida talant asosiy tamoyil bo’lishidan qat’i nazar, san’atkor hayoti davomida orttirgan turli-tuman boylik lar (ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, estetik, diniy qarashlar, bilimlar, tajribalar) ning ahamiyati ham kam emas. Yozuvchining parvozini baland va go’zal qushga o’xshatsak, uning parvozini ta’minlovchi bir qanoti talant bo’lsa, uning ikkinchi qanoti dunyoqarashdir. “Dunyoqarash - bu, avvalo,inson o’zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari,bilimlari asosida shakllangan umumlashmalar tizimidir. Bu jihatdan dunyoqarash dunyoning inson ongidagi o’ziga xos in’ikosi bo’lib, inson o’z-o’zini va dunyoni anglashning alohida shaklidir. Dunyoqarash, shu bilan birga, insonning o’ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo’lgan munosabatlarini ifodalaydigan ko’nikmalari, malakalari, bilimlari, hamda dunyoni amaliy va nazariy o’zlashtirishi hamdir. Xullas, u insonning dunyoni sezishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishidan tortib, uning dunyodagi o’z o’rni va rolini belgilashi, o’zini va dunyoni o’zgartirishining umumiy ma’naviy zaminlari hamdir” (“Falsafa”, T., 1999, 9-bet; ta’kidlar bizniki-H.U.) Demak, dunyoqarash ma’naviyat orqali amalga ko’chadi, o’zlikda aks etadi. Ma’naviyat- Alloh oldidagi ma’sullik, Alloh haqiqatini anglab yetish yo’lidagi harakatlar va uning bilan uyg’unlikka erishishdir... “Shaxs va millat ruhiyati (adabiyotning predmeti-H.U.) ham ma’naviyat bilan tutash bo’lib, asosiy farqlaridan biri-ruhiyat murakkab voqyelik sifatida o’zida ham rahmoniy, ham shaytoniy xislatlarni, ham fazilat, ham qusurlarni, ham tabiiy-irsiy, ham atrof-muhit ta’siridagi holatlarni aks ettirsa, ma’naviyat shaxsning, millatning insoniy fazilatlarini, uning qalbidagi ilohiy nur in’ikosini namoyon qiladi” 1 Adabiyotning asli yaratilishidan bosh maqsadi ham odamlarni kufr zulmatlaridan iymon nuriga-Alloh yo’liga olib chiqishdir. Shu yo’lda qalbni badiiylik qudrati ila poklash, tozartirish, o’yg’otish, harakatga solishdir. Ko’rinadiki, talant va ma’naviyat o’zaro uzviy bog’liqlikda o’zlikni va dunyoni kashf etish quroliga aylanadi; adabiyotdagi inson tasviri tarixi-ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo’lgan, odamzotga xos barkamollikni mujassam etgan, uni uzluksiz harakatini o’ziga ohanrabodek tortuvchi komil inson g’oyasi tarixidir, degan xulosaga asos beradi. Bundan adabiyot-g’oyaviydir degan fikr kelib chiqadi; har bir asar, albatta, aniq g’oyani yoki g’oyalar tizimini o’zida ifodalaydi: inson va jamiyatni taraqqiyot va ezgu maqsad- umuminsoniy haqiqat sari yetaklaydimi yoki teskarimi (zarar keltiradimi)-har ikki holda ham o’sha asar muayyan fikrlar majmui (g’oyalar)ni jonlantiradi. Eng xarakterli tomoni shundaki, har qanday g’oya talantli shaxs qalbidagi intilishlar natijasi sifatida dunyoga keladi va u ijtimoiylik kasb etib hayot zaruratiga, davr tarixiga, insoniy munosabatlar qoidasiga aylanadi. Shu sababdan, Lev Tolstoy, “maqsadsiz va foyda yetkazishga umidsiz yozish sira ham qo’limdan kelmaydi... San’at shu bilan qimmatliki, u odamlarga qandaydir bir yangilikni ochib beradi va kishilarni ko’rishga, his etishga o’rgatadi”, - deb yozgandi.         Fikr-“san’atning jonu qudrati... uni yuqori ko’tarish” (V.Belinskiy) usuli ekan, asarning qimmati unda akslangan mazmunning inson va jamiyat taraqqiyotiga yetkazgan umum foydasiga qarab tayin etiladi. G’oyaviylik-badiiy asarning hamma unsurlarini-mazmunning haqqoniylik, samimiylik, salmoqdorlik, universallik, originallik, ta’sirdorlik kabi xususiyatlarini ham, shaklning xarakter, syujet, kompozisiya, til kabi vositalarini ham o’ziga “ishlatadi”. Bundan adabiyotning tendensiozlik, xalqchillik, milliylik, umuminsoniylik belgilari ham mustasno emas. Tendensiozlik (lat. Tendensia - intilish) – san’at asari g’oyasiga singdirilgan yozuvchining tarafkashligi, xulosasi, hukmi. 1 Muhammadjon Imomnazarov. Milliy ma'naviyatimiz nazariyasiga chizgilar, Toshkent, 1988, 168 - bet “Keng ma’noda – ochiq yoki yashirin, ixtiyoriy yoki beixtiyor ravishda badiiy asarda ifodalangan avtorning tasvir obyektiga bo’lgan g’oyaviy-estetik munosabati (simpatiyasi yoki antipatiyasi, muhabbati yoki nafrati), asardagi masalaga va xarakterga bergan bahosi. Shu ma’noda tendensiozlik badiiy g’oyaning uzviy qismi, asosiy elementi, uning eng muhim jihati: avtorning “xohishi”, ma’qullashi yoki qoralashi-“hukmi”. Tendensiozlik har qanday badiiy asarda (formalistik asarni mustasno qilganda) mavjud bo’lib, u badiiy asar g’oyasida, shuningdek avtor obrazi (epos)da yoki lirik qahramon siymosida o’z ifodasini topadi. Tor ma’noda- san’atkorning asarda ochiqdan-ochiq ifodalanadigan g’oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-sinfiy tarafkashligi, oldindan mo’ljallab qo’yilgan rejasi-xulosasi. Demak, badiiy asarda olg’a suriladigan g’oya tendensioz xarakterda bo’lar ekan”. 1 Bo’lishi mumkin bo’lgan hayot va qahramonlar yozuvchi tafakkuri va qalbida tug’ilgan va uning rejasiga bo’ysindirilgan bo’lsa ham, lekin obyektiv tasvir avtorga “o’zboshimchalik” qilishga, ya’ni avtor istagiga, xohishiga monand qahramonning gapirishiga, harakat qilishiga imkoniyat bermaydi. Bu imkoniyatni san’at rad etadi. Chunki, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qahramon yozuvchi qo’lidagi qo’g’irchoq emaski, uni xohlagancha o’ynatsa, xohlagan vaziyatda yig’latsa; balki u o’ziga mustaqil odam, o’zigagina xos fikrlovchi, so’zlovchi, quvonch va iztirob chekuvchi shaxs, “o’ziga biqiq bir olam”dir. U muayyan tipik tarixiy-ijtimoiy muhitda yashar va kurasharkan, xuddi ana shu hayotning talab, ehtiyojlariga mos tarzda turmushi tabiiy bo’lsin; aytmoqchimizki, tasvirlanayotgan hayot oqimi qanchalik tabiiy va samimiy bo’lsa, unda harakatlanuvchi qahramonning “o’zi qanday bo’lsa, shunday yashashi” shart. L.N.Tolstoy aytganidek, “san’atkor shuning uchun san’atkorki, u predmetlarni o’zi ko’rishi kerak bo’lganday ko’ra olmaydi, balki o’zi qanday bo’lsa shunday ko’radi” 1 (Ta’kid bizniki – H.U). Demak, yozuvchi qahramonga bo’lgan simpatiyasi yoki antipatiyasini deklarativ tarzda ochiqdan-ochiq bayon qilishiga, uning tabiiy (o’ziga xos) harakat va kechinmalariga bevosita aralashuviga hojat yo’q. Chunki hayot o’z oqimiga, xarakter o’z mantiqiga binoan harakatlanar ekan, “ menimcha, bu dunyoda biror sabab bilan yuz berayotgan narsaga aralashishga, o’zining fikrini aytishga romanistning haqqi yo’q. U o’z ijodida xudoga o’xshashi shart, ya’ni, yaratsinu jim tursin” 2 . Darhaqiqat, yozuvchi o’z g’oyasini asar to’qimasiga, undagi qahramonlarning o’y- xayollari, orzu-intilishlari, quvonch va dardlari, baxt va fojialariga singdirib yuboradi. Ana shu qahramonlarning hayoti, taqdiri va ularni tug’dirgan, o’stirgan xalq hayotining haqqoniy tasviri orqaligina o’z g’oyaviy pozisiyasini, asar g’oyasini kitobxonga “yuqtiradi”, uning hislarini uyg’otadi, fikrlarini qo’zg’otadi. Realistik san’atning talablaridan muhimi ham shu: yozuvchi hayotning haqqoniy manzarasini yaratar ekan, qahramonga bo’lgan munosabatini oshkora aytmasligi, unga nisbatan xolis va beparvo bo’lishi, uni o’zidan ajratishi va unga uzoqroqdan razm solishi lozim.       Yozuvchi A.I.Kuprin o’z xotiralarida ustozi o’gitlarini eslar ekan, A.P.Chexovning quyidagi ko’rsatmasini alohida qayd qiladi: “U yozuvchi o’z qahramonlarini quvonch va iztiroblariga beparvo qarashi kerakligini o’rgatardi. “Bitta yaxshi povestda, - hikoya qilgandi u,- katta shaharning suv bo’yidagi restorani tasvirini o’qidim. Birdaniga shu aniqki, avtor uchun bu muzika ham, bu elektr yorug’ligi ham, tugma teshigidagi atirgul ham ajib narsa; bu ajib narsaga qarab o’zi ham ishtiyoqqa, zavqu-shavqqa berilgan. Bu yaxshi emas. Bu narsalardan tashqari turish kerak, garchi u narsalarning mayda-chuydasigacha bilish yaxshi bo’lsa ham, lekin, ularga 1 T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, Toshkent, 1979, 77-bet. 1 Tolstoy L.N. Poln. sobr.soch. v 90-ti tomax, Moskva,1928-1958, t. 57, s. 151. 2 Flober. Sobr.soch. v 5-ti tomax, Moskva,1956, T. 5, str.247. xuddi nazarga ilmaganday, yuqoridan pastga qaraganday qarash kerak. Ana shunda to’g’ri chiqadi” 1 [1] . A.P.Chexovning ushbu fikrlari ham shundan dalolat beradiki, realist san’atkor hayotning u yoki bu ko’rinishini, ijobiy yoki salbiy qahramonni yaratadimi, undan qat’iy nazar, yaratayotgan narsalaridan baland turishi, “unga tugal bir narsa” deb qarashi lozim. Avtor o’zini, o’z qarashlari va taassurotlarini emas, balki, o’z-o’zidan (albatta, biror sabab bilan) rivojlanuvchi tabiiy hayotnigina tasvirlasin, “yaxshi”ga ham, “yomon”ga ham xolis bo’lsin. O’z nuqtai- nazarini, bahosini, munosabatini, xulosasini o’quvchiga oshkora bayon etmasin. Ushbu fikrlar hikoya, povest, roman janrlariga birday tegishlidir. Shuning uchun ham masalaning mohiyatini to’liqroq ochilishini istab, realist-san’atkor A.Qahhorning “Bemor” novellasini to’liq keltiramiz. “Sotiboldining xotini og’rib qoldi. Sotiboldi kasalni o’qitdi – bo’lmadi, tabibga ko’rsatdi. Tabib qon oldi. Betobning ko’zi tinib, boshi aylanadigan bo’lib qoldi. Baxshi o’qidi. Allaqanday bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi, tovuq so’yib qonladi... Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo’ladi. Bunday vaqtlarda yo’g’on cho’ziladi, ingichka uziladi. Shaharda bitta doktorxona bor. Bu doktorxona to’g’risida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch parkda, daraxtlar ichiga ko’milgan baland va chiroyli oq imorat; shisha qabzali kul rang eshigida qo’ng’iroq tugmasi bor. Chigit po’choq va kunjara bilan savdo qiladigan xo’jayini Abdug’aniboy omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib o’ladigan bo’lganida bu doktorxonaga bormay Simga 2 ketgan edi. Doktorxona deganda Sotiboldining ko’z oldiga izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so’mlik pul kelar edi. Bemor og’irlashdi. Sotiboldi xo’jayinining oldiga arzga bordi. Bu borishdan muddaosi nima ekanini aniq bilmas edi. Abdug’aniboy uning so’zini eshitib ko’p afsuslandi, qo’lidan kelsa hozir uni oyoqqa bostirib berishga tayyor ekanini bildirdi, keyin so’radi: Devonai Bahovaddinga hyech narsa ko’tardingmi? G’avsul A’zamga-chi? Sotiboldi ketdi. Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo’ldi-har xil savatchalar to’qishni o’rgandi. U ertadan kechgacha oftobshuvoqda gavronlar ichiga ko’milib savat to’qiydi. To’rt yashar qizchasi qo’liga ro’molcha olib, onasining yuzini karaxt, nimjon, xira pashshalardan qo’riydi. Hamma yoq jim. Faqat pashsha g’ing’illaydi, bemor inqillaydi; har zamon yiroq yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi: “Hyey do’st, shaydullo banomi ollo, sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo...” Bir kechasi bemor juda azob tortdi. U har ingraganda Sotiboldi chakkasiga burov solingan kishiday talvasaga tushardi . Qo’shnisi-bir kampirni chaqirdi. Kampir bemorning to’zigan sochlarini tuzatdi, u yoq-bu yog’ini siladi, so’ngra... o’tirib yig’ladi. Begunoh go’dakning saharda qilgan duosi ijobat bo’ladi, uyg’oting qizingizni! – dedi. Bola anchagina uyg’u g’ashligi bilan yig’ladi, keyin otasining g’azabidan, onasining ahvolidan qo’rqib, kampir o’rgatgancha duo qildi: Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin...           Bemor kundan-kun battar, oxiri o’sal bo’ldi. “Ko’ngilda armon bo’lmasin” deb “chilyosin” ham qildirishga to’g’ri keldi. Sotiboldi to’qigan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz ko’tardi. “Chilyosin”dan bemor tetik chiqqanday bo’ldi; shu kechasi hatto ko’zini ochib, qizchasini yoniga tortdi va pichirladi: - Xudo qizimning saharlari qilgan duosini dargohiga qabul qildi. Dadasi, endi tuzukman, qizimni saharlari uyg’otmang. 1 [1] A.I.Kuprin. Sobr.soch. v 9-ti tomax, Moskva,1973. T. 9, str. 32. 2 Sim-hozirgi Farg’ona shahri. Yana ko’zini yumdi, shu yumganicha qaytib ochmadi-saharga borib uzildi. Sotiboldi qizchasini o’lik yonidan olib, boshqa yoqqa yotqizayotganda qizcha uyg’ondi va ko’zini ochmasdan odatdagicha duo qildi: Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin...” 1 Hikoyada Sotiboldi oilasining fojiasi – ayovsiz suratda real gavdalangan. Bu tasvirga avtor o’zidan biron gap, biron so’z qo’shmaydi. Sotiboldi, xotini, qizchasi, qo’shni kampir, Abdug’aniboy obrazlarini tasvirlarkan, ularning hatti-harakatlarini, o’y-xayollarini, orzu- intilishlarini ko’rsatadi, qo’yadi. Ammo hyech aralashmaydi. Ularni qoralamaydi ham, oqlamaydi ham. Tasvirlangan hayot haqidagi xulosasini chiqarmaydi ham. Go’yo uzoqdan turib, sovuqqonlik, beparvolik, loqaydlik bilan hikoyadagi voqyea va qahramonlarni kuzatadi. Go’yo bu g’am, bu iztirob, bu kulfat, bu azob, bu fojia unga tegishli emasday. Xuddi yurak degan narsasi bo’lmagan, mehritosh, boqibeg’am, rahm-shafqati yo’q kishidek tura beradi... Avtor obraz va voqyealardan tamoman o’zligini ajratadi, chetda turadi. Ana shu muhim fazilat-san’at hayot va obrazlarning tabiiy rivojini ta’minlaydi. Tasvirlanayotgan hayotning real manzarasining mohiyatini ochadi. Sotiboldi oilasi fojiasining dahshatliligini butun borlig’icha ko’rsatishga olib keladi. Biroq hikoyani o’qib bo’lgach, asarning har satrida, har zarrasida yozuvchining fikri, qalbi, g’oyasining muhri borligini sezamiz. “Avtor ko’rinmasdan o’z asarining hamma yerida xuddi olam xudosidek hoziru-nozir ekanini” (G.Flober) ko’ramiz. Sotiboldi xotinini doktorga olib bormay, kinnachiga o’qitar, ko’rsatar, “Chilyosin” qildirarkan, uning “qo’li kalta”ligidan, omiligidan avtor “ko’rinmasdan” iztirob chekadi. Og’ir azoblar tortayotgan xotinning sal o’ziga kelgach, “xudo qizimning saharlari qilgan duosini dargohiga qabul qildi. Dadasi, endi tuzukman, qizimni saharlari uyg’otmang” deyarkan, onaning bolaga bo’lgan sof mehrining kuchini biz ham sezamiz; shu mehrni yoqlaymiz. Ertadan kechgacha mehnat,. qorin to’yg’azish va rohatlanish o’rniga tinka-madorni quritadigan, qarzga botiradigan mehnat va gadoyning “Hyey do’st, shaydullo banomi xudo...” nidosidan iborat hayotga, azobu uqubatdan, jaholatdan iborat turmushga nafratini sochadi. Jaholat botqog’ida o’sayotgan, kelajagi qorong’u bo’lgan g’unchaning “Ayamdi daydiga davo beygin...” duosini, nolasini eshitarkanmiz, avtor kabi biz ham qayg’uga cho’mamiz. Hayotning achchiq va dahshatli zarbasi – Sotiboldi xotinining o’limi va o’lik yonida yotgan qizchaning odatdagi duosini eshitib, yozuvchi singari bizning qalbimiz ham larzaga keladi... Avtor va uning qalb iztiroblari bevosita ko’zga tashlanmasa ham, uning asarning hamma yerida hoziru nozirligi, mehrini bosganligi bizni avtor aytmoqchi bo’lgan xulosaga, avtor obrazning (o’zganing) qalbida yashab, boshidan kechirgan kechinmalarni bizda ham uyg’onishiga olib keladi. Hikoyada tasvirlangan Sotiboldi oilasining og’ir va dahshatli fojiasining “yuqumliligidan” kitobxonning dodlagisi keladi. U bu oilaga hamdard kishiga aylanadi. “Oh, bechoralar, ne kunlarni boshingizdan kechirgansizlar-a! Odam ham shunchalik xo’rlanadimi-a! Sizlarni azobga solgan, o’limga mahkum etgan zamonga la’nat! Odam uchun “Osmon yiroq, yer qattiq” bo’lgan hayotga la’nat!... O’tmishimiz qanchalik dahshat-a! Ozod Vatanning farzandi bo’lish-katta baxtim-ku, mening!” degan mushohada va xulosaga keladi.             Kitobxonning bunday xulosaga kelishi yozuvchi aytmoqchi bo’lgan fikr, g’oya bilan hamohangdir. “Asli yozuvchilik, aytmoqchi bo’lgan fikrni hammada barobar anglata bilishda, oraga anglashilmovchilik solmaslikdadir”. 1 Shunday bo’lgach, yuqoridagi hamohanglik 1 Abdulla Qahhor.Asarlar, Toshkent,   1967, 1-tom, 56-58 betlar. 1 A. Qodiriy. Kichik asarlar, Toshkent,   187-bet. hayotning obyektiv tasviri yaratilganda, ya’ni yozuvchi o’zligini undan tamom ajratgandagina sodir bo’ladi. Realist-san’atkor o’z asarlarida hayotning muayyan bir ko’rinishini tasvirlash orqali kitobxonda umuman hayot haqida, odamlar haqida mushohada uyg’otadi. Shakl g’oyani o’ziga singdirgani kabi, aytmoqchi bo’lgan fikrini, g’oyasini , falsafasini asardagi qahramonlarga, asar ruhiga singdirib yuboradi. Uning vazifasi-faqat hayotiy masalani to’g’ri tasvirlash va uning yechimi qanday bo’lishi mumkinligini kitobxonga havola etishdadir. A.P.Chexov Suvoringa yozgan xatida buni alohida ta’kidlaydi. “San’atkordan o’z ishiga ongli munosabatni talab qilarkansiz, siz haqsiz, lekin, siz ikki tushunchani aralashtirib yuborayapsiz: masalaning yechilishi va masalaning to’g’ri qo’yilishi. Faqat ikkinchisi san’atkor uchun shart. “Anna Karenina”da ham, “Yevgeniy Onegin”da ham biron bir masala yechilgani yo’q, lekin ular sizni butunlay qoniqtiradi, chunki ularda hamma masalalar to’g’ri qo’yilgan”. 2 Ko’rinadiki, avtor hyech vaqt tasvirlangan hayotiy masalalar haqida o’z fikrini ochiq aytmaydi, balki aytmoqchi bo’lgan fikrini kitobxonning o’zi chiqarishiga imkon yaratadi. Shu asnoda kitobxonning faoliyatini, mushohada qobiliyatini faollashtiradi. Realizmning bu xususiyatini hatto buyuk tanqidchi V.G. Belinskiy ham dastlab tushunib yetmagan. I.Goncharov “Belinskiy shaxsi haqida xotiralar” asarida yozishicha, “tinib-tinchimas” tanqidchi unga boqibeg’amligi, loqaydligi uchun tashlanar va “Sizga baribir, u ablahmi, ahmoqmi, badbasharami yoki olijanob va nomusli nusxami-hammasini bir xil tasvirlaysiz: ularning hyech biriga na sevgingiz bor, na nafratingiz!” - deb juda ko’p aytar ekan. Lekin kunlarning birida qo’lini yozuvchining yelkasiga qo’yib, o’zining bu masalaga qarashi noto’g’riligini boshqalar eshitishidan qo’rqqanday, shivirlab deydi: “Bu-yaxshi, bu – kerak, bu – san’atkorlik belgisi”. Demak, avtorning tasvirlanayotgan voqyea va qahramonlarga loqaydligi, betarafligi- haqiqiy loqaydlik, betaraflik emas, balki o’quvchining fikrini faollashtiruvchi, qalb zarbini harakatga keltiruvchi vositadir. Obrazlar vositasida hayotning xolis (obyektiv) manzarasini tasvirlash-o’z navbatida keragi bo’lmagan (o’quvchi biladigan, ammo sevmaydigan) patetikani, didaktikani quvib chiqaradi. Hayot borlig’icha, o’z-o’zidan kitobxon ko’z o’ngida namoyon bo’laveradi. Bu tabiiylik kitobxonda avtor fikrlariga, g’oyasiga to’liq ishonchni yuzaga chiqaradi. Hayot va turmushni borlig’icha obyektiv tasvirlaganda A.P.Chexov aytganidek, san’atkor o’z personajlarining sudyasi emas, balki xolis (beg’araz) guvohi bo’lishi kerak. U shaxsiy tushunchasi, kechinmasini, o’ylarini (o’zini) emas, balki odamlarga odamni berishi lozim. Ana shundagina, ya’ni faqat avtordan obraz ajratilgandagina yozuvchining o’zi yaratganidan ustunligi ko’zga tashlanadi. Shu nuqtai-nazardan “O’tgan kunlar” romaniga bir nazar tashlaylik. A.Qodiriy romanda “mavzuni moziydan, yaqin o’tgan kunlardan, tariximizning eng qora kunlari bo’lgan keyingi “xon zamonlari”dan belgilarkan, bu asarda uning qarashlari, kechinmalari emas, balki o’tgan asr odamlari, ularning aqli, ma’naviyati gapiradi. Ularning yaxshi yoki yomon ekanligini ta’kidlash, oqlash yoki qoralash yozuvchining ishi emas. Uning vazifasi-o’tgan asrni butun haqiqati bilan jonlantirishdir.               Darvoqye, yozuvchi yaratgan qahramonlar o’zligini topib, mustaqil, obyektiv yashar ekan, ular hayoti davomida qanday ishlar qilmasin, qanday azobu, zavqu-shavqlarga berilmasin, 2 I.A.Goncharov. Sobr. soch. v 8-mi tomax, Moskva, 1980, t. 8, s. 85. bu o’sha hayotning, o’sha qahramonlar xarakteri mantiqining ishidir. Bunga yozuvchining hyech qanday dahli yo’q, u bu harakatlarni oqlovchi yoki qoralovchi prokuror ham emas, balki, bo’layotgan voqyea-hodisalarning xolis yaratuvchisi (tasvirlovchisi)dir. Shuning uchun ham “O’tgan kunlar”da deyarli (agar kitobxonlar bilan yozuvchining ochiq munosabatga kirishganini hisobga olmasak) A.Qodiriyning o’zini ko’rmaymiz. U tasvirlayotgan obrazlari, voqyealari ortiga yashirinadi va o’tgan asrni xuddi ko’z o’ngimizda yuz berayotgan hayotdek jonlantiradi. Mana, Otabek Kumushning zaharlanganligini tabibdan eshitdi... “- Zaharni kim berdi? Nima deyishga ham hayron tabib: - Men... Men... O’zingiz o’ylab ko’ring-chi... Men darrov dori yuboray, darrov ichiring, tuzukmi? – dedi. - Bildim, bildim! – dedi bechora Otabek. – Zaynab, Zaynab. Zaynab... Iflos! Yuboring, yuboring, darrov yuboring! Tabib ketdi, Otabek telbalarcha yugurib, Kumushning boshiga keldi, yuzini ochib manglayini bosdi va o’pdi... Kumush ko’zini ochib kuch bilan so’l qo’lini erining yelkasiga tashladi... Qo’lida chaqaloq bilan O’zbek oyim kirdi. - Zaynabni chaqir, Zaynabni!! O’zbek oyim tabib so’zidan xabardor edi: - Zaynab yugurib uyga kirdi. Tusi murdadek oqargan edi. Otabek Kumushni qo’yib yerdagi atalani oldi: Ich muni, ich, jalab! Zaynab orqasiga tislandi... Otabek kosani unga otdi... Zaynabning kiyimi atala bilan belandi. Shuning ustiga dahlizdan Yusufbek hoji ko’rindi. Ket, iflos, ket! Taloqsan, taloq! “Taloq” so’zini eshitgan Kumushning ko’zi yarq etib ochilib, yana yumildi... Hoji voqyeani tabibdan eshitgan, shuning uchun hozirgi fojea sahnasida ajablanib turmadi. Chiq, Zaynab, chiq, - dedi u ham. – La’nat sendek xotinga! Zaynab chetlanib uydan chiqdi...”. 1 Ushbu lavhadan ham ko’rinayaptiki, A.Qodiriy bu fojiaga o’zining hyech qanday munosabatini ochiqdan-ochiq bildirmaydi. Faqat bir yerda o’zini tuta bilmaydi va Otabekning holatiga achinganidan “Bechora Otabek” deydi. Holbuki, uning “bechora” ekanligini aytmasligi, uning boshiga tushgan alam va kulfatlarning tasviri orqali kitobxonning unga bo’lgan achinishi hissini uyg’otishi kerak. Kitobxonning o’zi “Bechora Otabek” desin. Bu hissiyot kitobni o’qish jarayonida tug’iladi, shunday ekan, yozuvchining buni ta’kidlashi-kitobning emosional ta’siriga hyech narsa qo’shmaydi, balki kitobxonning ijodiy faoliyatini ma’lum darajada susaytiradi. Shu sababli, A.P.Chexov yozganidek, avtor qahramonni sevsin, lekin buni ovoz chiqarib aytmasin. Ana shundagina, ya’ni kechinma qanchalik obyektiv bo’lsa, u shunchalik ta’sirli chiqadi. Kumushni oqlab, Zaynabni qoralamaydi ham. Yozuvchi uchun azob ham, uqubat ham yo’q. U juda loqaydlik bilan o’tmish hayotda yuz berayotgan real hodisaning manzarasini yaratadi, xolos. O’zi ko’zga tashlanmaydi, qahramonlar ortiga bekinadi.           Lekin, bundan tasvirlangan fojeaga Qodiriyning hyech qanday aloqasi yo’q, u azob hissini ham, fojeaga munosabatni ham bilmaydi degan qat’iy tushunchaga kelmaslik kerak. Chunki, “Badiiy asarning butunligi g’oyaning birligi, qatnashuvchi shaxslarning ishlanganligi 1 Abdulla Qodiriy. O’tgan kunlar, Toshkent,   1980, 359-380-betlar. kabilardan iborat emas, balki, butun asarga singdirilgan avtorning voqyelikka bo’lgan o’z munosabatining ravshanligi va aniqligidan iboratdir” 2 . U bu fojeaning ijodkori ekan, albatta, bu fojeaning butun dahshatini, og’ir azobini tasavvuri orqali o’z boshidan kechirganligini, his qilganligini bilamiz. Biroq bu yashiringan, fojeaning ortidadir. A.Qodiriy har qanday tushuntirishlardan qochib, bu vazifani qahramonlarning o’ziga yuklaydi. Ularning bir-biriga munosabatlarini va kechinmalarini jonlantirish orqali bu fojeaga o’zining munosabatini yashirin ifodalaydi. Otabek Kumushning Zaynab tomonidan zaharlanganligini bilgandan so’ng, telba holatiga tushadi, ko’ziga hyech narsa ko’rinmaydi. G’azab va nafrat otiga minadi. Ardoqlab o’stirgan onasiga juda hurmati, izzati baland bo’lishiga qaramay, uni sensirashga boradi. Zaynabni eng qo’pol so’zlar bilan haqoratlaydi. Undan nafratlanadi va unga “Taloq” e’lon qiladi. Yusufbek hoji voqyeani tabibdan eshitgach, u ajablanmay Zaynabni la’natlaydi. Kumush holatini ko’rib, o’zini to’xtata olmasdan yig’laydi. Kumush qanchalik azob tortayotgan bo’lmasin, Zaynabga e’lon qilingan “Taloq”ni eshitarkan, ko’zi yarq etib ochiladi. Tusi murdadek oqargan Zaynab haqoratlanar, zaharli atalaga belanar, “Taloq”ni eshitar, haydalar ekan, biror kishiga so’z qotishga qurbi yetmaydi, o’z harakatlarini baholay bilmaydi... Ana shu qahramonlarning bir-biriga munosabatlarini ifodalash orqali Zaynabga nisbatan o’zidagi nafrat hissini, Kumush, Otabekka... nisbatan muhabbat hissini uyg’otadi. Bu aynan shunday tarzda kitobxonga ham “yuqadi”. Demak, A.Qahhor yozganidek, “Adabiyot biron ijtimoiy hodisaning yaxshi yoki yomon ekanligini faktlar, raqamlar bilan isbot qilib xulosa chiqarmaydi, uning yaxshi yoki yomon ekanligini ko’rsatib, kishilarda shu hodisaga nisbatan muhabbat yoki nafrat hissi tug’diradi”. “Yozuvchi o’zi his qilmagan narsa to’g’risida yozsa, buni o’qigan o’quvchi ham hyech narsani his qilolmaydi. Demak, kuydirish uchun kuyish, ardoqlash uchun ardoqlanish shart...”. Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelamiz: Birinchidan, yozuvchi insonlarni “predmetlarni qanday bo’lsa, shunday, o’z shaxsidan ajratib” (V.G.Belinskiy) ko’radi. Tasvirlanayotgan voqyeadan, yaratayotgan qahramondan ustun turib faqat hayotni butun haqiqati bilan xolis ko’rsatadi. Ikkinchidan, yozuvchi tasvirlanayotgan obrazlarning, predmetlarning mohiyatiga, “ichiga kirib ketadi va ularning hayoti bilan yashaydi” (V.G.Belinskiy). Yozuvchi qahramonlarining quvonch va iztiroblariga sherik bo’ladi, ular hayotida yuz beradigan kechinma va hodisalarni o’z qalbida, o’z tanasida sodir bo’layotgan kechinma va hodisadek qabul qiladi. Ana shu qarama-qarshilik dialektik bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etadi. Lekin, buning zururiy va hamma realistlar uchun umumiy bo’lgan qonuniyati bor: Real hayotga va o’zi qayta yaratgan olamga bo’lgan ehtirosli, ichki aloqasi, estetik o’lchovi, simpatiya va antipatiyasi yashiringan bo’lishi va u asarning umumiy ruhiga singigan bo’lishi shart. Kitobxon faqat hayotning obyektiv tasvirini ko’rsinu, asarning umumiy ruhiga yozuvchi tomonidan zarblangan, muhrlangan hissiyotni o’zi boshidan kechirsin, fikr-xulosani o’zi chiqarsin.             Shuning uchun ham yozuvchini quyoshga qiyos qilishda hikmat bor. Quyosh yer yuzidagi o’simlik va mavjudotlarga bir xilda nurini, issig’ini sochadi. U o’simliklarni har xil gullari va hosiliga, shaklu shamoyili va mazmuniga, zaharliyu foydaliliga qarab ajratmaganidek, 2 Lev Tolstoy. Ob iskusstve i literature, T1, Moskva, s. 233. yozuvchi odamlarni ham millati va mansabiga, yaxshiligi va yomonligiga, sho’x va buzuqligiga, chiroyli va xunukligiga qarab ajratmaydi. Ularning o’z ichki qonuniyatlariga mos rivojini ta’minlaydi. Yozuvchi ham o’z qahramonlarini ularning ichki qonuniyatlariga mos rivojlantirish va bunga qalb haroratini ayamasdan sarflashi kerak. Qahramonlar yaratuvchisi (yozuvchi)ning ko’rsatmasi asosida yashashi mumkin emas, yaratuvchi (yozuvchi) ham, o’z navbatida, ulardagi ichki kuchni uyg’otishi va uyg’ongan, harakatga kirgan ana shu kuchning o’ziga xos rivojiga “to’siq” bo’lmasligi, aralashmasligi lozim. Asarda yozuvchi ko’rinmasin, faqat o’zining bevosita harakati bilan, tabiiy rivoji bilan, o’zining turli-tuman ranglari bilan hayot ko’rinsin. Hayot obyektiv tasvirini topgandagina kitobxon yozuvchini unutadi, u asarni o’qish jarayonida, to’g’rirog’i o’qib bo’lgach, obrazlar sistemasidan, tanlangan voqyealardan, voqyea- hodisalarning mantiqidan, personajlar iroda yo’nalishining yoritilishidan yozuvchining o’zligini topadi. Kitobxon ko’z o’ngida sodir bo’layotgan hayotni ko’rar (o’qish jarayonida shu hayotni tasavvurida jonlantirar) ekan, bu hayot haqida o’zi xulosaga keladi, unda ko’tarilgan masalalarni o’zi yechadi, personajlarga bo’lgan munosabatini o’zi tayin etadi, asardagi yaxshi yoki yomonni o’zi ajratadi. Agar asardagi o’z-o’zidan rivojlanuvchi hayotga yozuvchi aralashsa, o’z nomidan tushuntirishlar bera boshlasa, ichki sabab natijasida “mustaqil” harakat qiluvchi bu hayotning kitobxonga ta’siri juda pasayib ketadi. Chunki,biz obraz hatti-harakati, psixologiyasini ko’rmasdan, avtorning o’zini, uning munosabatini ko’ramizki, bu salbiy reaksiya uyg’otadi, badiiy asar ma’lum darajada tarixiy-adabiy xarakterdagi hujjatga yoki qahramon haqidagi quruq axborotga o’xshab qoladi. Bunday paytda hayot haqida hayotning o’zi, personaj haqida personajning o’zi gapirmaydi. U muayyan darajada bilimimizni boyitadi, qahramon hatti- harakatlari va holatlarini, taqdirini tushunishimizga yordam beradi, lekin hyech qanday estetik tuyg’u uyg’otmaydi. “O’tgan kunlar” romanida Kumush vafotidan so’nggi voqyealarni tasvirlash borasida yozuvchi Zaynab taqdiri haqida yozadi: “Kumushning yaqinlarigina emas, balki fojeadan xabardor bo’lgan shaharning katta- kichigi Zaynabga beriladigan jazoni erta-kech kutmoqda edilar. Biroq, fojeaning o’ninchi kunlarida Zaynabning jinni bo’lib, ochiq ko’yi ko’chada yurgan xabari va og’asi tomonidan ushlanib kishanga solingan mojarosi eshitildi. Zaynabning jununi qozilar va tabiblar tarafidan ham tasdiq etilgach, uning ustidagi jazo ko’tarildi. Darhaqiqat, aqldan ozib ko’chalarda ochiq kezish va kishanga tushishning o’zi ham Zaynab uchun kichkina jazo hisoblanmas edi” 1 . Ushbu axborot – o’z kundoshini zaharlagan Zaynabning taqdiri, fojiasi haqida kitobxonga ma’lumot bersa-da, lekin, uning asarga bo’lgan maftunkorligi hissini yo’qqa chiqaradi. Avtorning o’z qahramoni taqdiriga bevosita singishib ketmasdan, aralashuvi (“Darhaqiqat, aqldan ozib ko’chalarda ochiq kezish va kishanga tushishning o’zi ham Zaynab uchun kichkina jazo hisoblanmas edi, - deb Zaynabga o’z munosabatini ochiq bildirishi) Zaynabning o’z taqdiri haqida o’zi gapirishiga imkon bermagan. Natijada, kitobxonning bu xabardan ko’ngli to’lmaydi, Zaynabga bo’lgan qiziqish hissi qoniqmaydi. Buni A.Qodiriy ham sezadi. Asarning “Xotima”sida Zaynab ichki dunyosining, xarakter mantiqining rivojini to’g’ri belgilaydi. Zaynab o’z hayoti bilan yashaydi, o’zining qanday holga tushganligini o’zi fosh etadi. A.Qodiriy o’zini Zaynab obrazidan tamoman ajratadi, chetdan, uzoqroqdan turib razm soladi. Obraz va avtor obyektivlashadi:         “...Kecha oydin, qabriston tip-tinch, uzoqroqdan qur’on tovushi eshitilar edi. Ikki tup chinor butoqlarida qo’nib o’tirgan uch-to’rtta boyqushlar, qabr yoniga tizlangan Otabek va 1 Abdulla   Qodiriy. O’tgan kunlar. Toshkent,   1980, 361-bet. yuqori, quyi do’mbaygan qabrlar bu tilovotga somi’ kabi edilar. Qur’on oyatlari qabriston ichida og’ir ohangda oqar edi. Qabr yoniga tiz cho’kkan yigitning ko’z yoshlari ham qur’on oyatlariga qo’shilib oqar edi. Biror soatdan keyin tilovot to’xtaldi. Otabek holsizlanib oyoq uzra turdi va orqasidagi yarim yalang’och ko’lagani ko’rib, bir necha qadam qabr tomonga tislandi... Ko’laga yalingansimon unga yaqin yurib keldi... Kim bu? Men Kumush!.. Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi. Ket mundan! - Men Kumush!.. – dedi yana Zaynab, ammo ketmay iloji qolmadi. Zeroki, dunyodagi eng yaqin kishisi “ket!” amrini bergan edi. Zaynab orqasiga qaray-qaray Otabekdan uzoqlashdi. Otabek qaytib unga qaramadi, qabr yoniga tiz cho’kdi..” 1 Ushbu misoldan va yuqoridagi fikrlarimizdan yaqqol aniq bo’layaptiki, avtorning tasvirlangan hayotga, obrazga “zo’rlik” qilishi – aralashuvi realistik san’atga ziyon yetkazadi. Shunday ekan, ko’pgina asarlarda (“Yevgeniy Onegin”, “Zaynab va Omon”, “Bo’rondan kuchli”, “Qudratli to’lqin” va sh.k.) avtorlarning bevosita aralashuviga duch kelamiz. Lekin, biz bu asardagi “avtor chekinishlarini”-lirik chekinishlarni ko’plab uchratsak ham, ularning badiiy qudrati, emosional ta’siri oldida lol qolamiz. Sababi nimada? Sababi shundaki, bu asarlarda personajlar faqat biz uchun emas, balki avtor uchun ham obyektivlashtirilganidadir. Bu asarlarning avtorlari personajlarning o’z hayoti bilan yashashiga, o’z ichki kuchlari ila rivojlanishiga aralashmaganlaridadir. Ularning konkret obrazga emas, balki obrazlar sistemasiga, asarning umumiy ruhiga aralashuvi-hayotning ko’pqirrali haqqoniy manzarasining mohiyatini falsafiy, publisistik, lirik jo’shqinlik bilan to’liqroq gavdalantirishga imkon beradi. O’zbek romanchiligida, ayniqsa, Sh.Rashidov ijodida, uning “Qudratli to’lqin” romanida bu hodisa o’zining yaqqol ifodasini topgan. “Qudratli to’lqin”dagi avtor chekinishlarida biz xalq va rahbariyatning birligi haqida, do’stlik va sevgining olijanob qudrati to’g’risida, ona Vatan, mehnatning poeziyasi borasida hayotiy-falsafiy mushohadalarni, hissiyot va fikrga to’liq izhornomalarni o’qiymiz, undan ta’sirlanamiz. Bu romandagi obrazlar sistemasiga tabiiy singdirib yuborilganki, avtor o’z qahramoniga muhabbatini izhor qiladimi, uning bilan hayotiy masalalar ustida tortishadimi, qoloqlikni qoralab, eskilikni fosh etadimi, mehnat romantikasini ulug’laydimi-hamma o’rinda ham ongli ravishda alohida, o’z nomidan beradi. Avtorning subyektivizmi- u yoki bu masalaga uning ilg’or shaxsiy qarashlari qahramon qarashlari bilan hamohanglik kasb etib, asarning g’oyasini teranlashtiradi. “Po’lat! Mana hozir Bahor to’g’risida o’ylab turibsan. Uni sen bahor avjida bo’lgan paytda maysazorda, qalin-qalin ochilib, yer yuzini qoplagan lolalar ichida ko’rayapsan. Uning oq shoyi ko’ylagi ko’klam shabadasida hilpiraydi. Qop-qora sochlari nur bilan tovlanadi. Nima uchun bu voqyealarni esingga olganda, yuraging tez-tez uradi? Axir, sen Bahor bilan birga ana shu maysazorda lola terganingda, yuraging bu qadar urmagan edi-ku! Ehtimol, bunga ayriliq sababdir? Ehtimol, ko’z oldingda Bahor gavdalangach, nima bo’lsa ham u bilan ko’rishging kelgandir. Uning yelkalaridan quchoqlab bag’ringga bosib, indamay ko’zlariga termilgan holda turging kelgandirki, shuning o’zi dilingda bitmas-tuganmas sevinch-quvonch uyg’otdi.           Shunday ekan, nima uchun endi Bahorni chin dildan sevganingga iqror bo’lishdan qo’rqasan? Yoki bu bilan chin do’stligimiz tamom bo’ladi deb o’ylaysanmi? Axir, sevgining o’zi ham do’stlik emasmi? Jahon qadar keng, quyosh qadar yorqin, har qanday qiyinchilikka bardosh 1 Abdulla Qodiriy. O’tgan kunlar, Toshkent,   1980, 363-364-betlar. beradigan va har biringizga mehribonlik, g’amxo’rlik bag’ishlaydigan asl do’stlik-qaynoq dil sevgisi emasmi? Bu do’stlikning o’ziga xos xususiyati bor, - sevishgan qiz yoki yigitning ko’ziga bir nazar tashlab, baxtiyor bo’lasan! Sen Po’lat, qizning qo’lini qo’lingda ushlab tursang, yashash shirinroq tuyuladi. Agar u ro’molchasini hilpiratib, seni ishga kuzatsa, ishing unumli bo’ladi, tog’larni ag’darib, daryolarni bo’g’asan, jahonda sendan kuchli kishi bo’lmaydi, sevimli qizingdan chiroyli qiz bo’lmaydi!.. Biroq, bu yo’ldan adashma, agar turtinib yiqiladigan bo’lsang, sharmandayi sharmisor bo’lasan. Kishi uchun dunyoda sevgiga va sevimlining do’stligiga nomunosib bo’lishdan boshqa zo’r musibat yo’q. Bunday do’stlik uchun so’z ham noo’rindir. Chunki, bu ikki hayotning bir-biriga ajoyib quyilishidir. Hozir cho’ntagingda o’z harorati bilan yuragingni isitgan Bahorning xati turibdi. Garchi bu xatni o’qib ko’rmagan bo’lsang ham, yuraging yorqin va quvonchlidir. Bahorning shu salomi bilan sen qaytadan tug’ildingu, hayoting yana to’la, yana yorug’ bo’lganday seziladi. Endi sen bundan ham og’ir, bundan ham katta mehnat va jasorat istaysan! Mana, Po’lat, endi sizlarning oddiy do’stligingiz, o’zaro munosabatlaringiz ko’p vaqtlar do’stlikdan nariga o’tmagan bo’lsa ham, endi chin sevgining nozikligini va nuroniyligini kasb etdiki, ehtimol o’zing ham ishonging kelmas. Sevgi odamlarga turli-tuman bo’lib keladi. Xuddi sizlarnikiday ham bo’ladi-yu, bolalikda paydo bo’lgan do’stlikdan ham kelib chiqadi. Sizlar yoshlikdanoq ajralmas do’st edingizlar. Mana endi bu ajoyib kamtarin do’stlik guli boshqa his-tuyg’ularning qip-qizil g’unchasini chiqardi. Po’lat, hozirgacha sen Bahorni sevishingni bilmay turib, rashk qila boshlading. Qiz bilan uchrashuving tabiiy bir hol edi va sizlar ham shunga ko’nikib qolgan edinglar. Endi-chi? Endi bunday uchrashuv-uzoq kutilgan bayramdir. Chunki, necha oylar o’tdiki, bir-biringiz bilan ko’rishganingiz yo’q. Shuning uchun ham Po’lat, Bahorsiz yashashning naqadar qiyinligini har kuni his qilib turibsan. Agar sen ayni paytda, oddiy sinfdosh do’stingdan xat olganingda, ohistagina qo’l yuborib cho’ntagingda turgan muqaddas uch burchak xatni ushlab-ushlab orom olarmiding? Ehtimol, bu xatda Bahor barmoqlarining issiq harorati saqlangandir. Endi sen mehmonlarning tezroq tarqalib ketishlarini toqatsizlik bilan kutmoqdasan. Ularni kuzatib qo’ygach, shoshilinch ravishda Qosimovga, Saodatga va oyingga ham xayrli kech tilaysanu, hovlining pastidagi uzumzorga kirib, g’oyib bo’lasan. Ko’m-ko’k o’tlar ustida o’tirib, shoshilinch ravishda uch burchak xatni ochasan. Bu xatning har bir satri senga sirli bo’lib ko’rinadi-yu, garchi, Bahor bu xatda oddiy gaplarnigina yozgan bo’lsa ham, bularning hammasi senga uzumzorlar ichida u bilan birga ikkovingiz uchun ham bir xilda muhim va maxfiy bo’lgan his-tuyg’ular to’g’risida shivirlashgandek bo’ladi. Ko’zlaring shunday deb turibdi...” 1 Ushbu lirik chekinish orqali yozuvchi Sh.Rashidov, birinchidan, tengsiz quvonch va baxt keltiruvchi do’stlikni ulug’lasa, sevgini madh etsa, ikkinchidan, bevosita asarning bosh qahramoni Po’latga murojaat qiladi: unga bu do’stlikning, sevgining mohiyatini tushuntiradi, bu tuyg’ularni asrashi lozimligini ta’kidlaydi, birinchi bor judolik azobini tortayotgan Po’latning Bahordan kelgan xat bahonasida qalb tebranishlarini, yurak urishlarini nozik tahlil etadi. Bunday ta’sirli lirik chekinishlarni romanda ko’plab uchratish mumkin (o’n ikki o’rinda), Avtor Bahor, Zebi, Anvar (asosan Po’latga) kabi faqat ijobiy orazlarga bevosita murojaat etadi. Ularning faoliyati va ruhiyatida yuz berayotgan o’zgarishlarning mohiyatini ochadi, tushuntiradi.         Biroq, yozuvchi yuqoridagi misolimizda ko’ringanidek hyech vaqt Po’lat, Bahor, Zebi, Anvar obrazlarining ichki rivojiga, har birining “alohida, o’zida yashiringan dunyo” (V.Belinskiy) siga dahl qilmaydi. Bu qahramonlarning har biri o’zi haqida o’zi gapiradi, har birining harakatida xarakter iroda yo’nalishidan kelib chiquvchi hayotiylik, tabiiylik barq uradi. 1 Sh.Rashidov. Qudratli to’lqin. Toshkent,   1964, 138-140-betlar. Tanqidchi S. Mamajonov yozganidek, “...bunday lirik chekinishlarning o’rin olish sabablaridan biri bizda kitobxon bilan yozuvchi o’rtasida shakllanib yetgan g’oyaviy, ma’naviy, ruhiy yaqinlik, maqsad-ideal birligidir...”. Shunday ekan, asarning umumiy mazmuniga, obrazlar sistemasiga singib ketgan bunday qudratli lirik chekinishlarni – zarur fikr-mulohazalarni ifodalashning bunday shaklini realizm qo’llab-quvvatlaydi. Shu o’rinda yana bir alohida xususiyatni ta’kidlash lozimga o’xshaydi. Avtorning personajiga subyektiv munosabatini hamma vaqt rad qilish kerakmi? Avtor obrazda “o’zini” bersa, obrazda avtor qarashlari, fikrlari, sipmatiyasi va antipatiyasi ma’lum darajada ko’zga tashlansa, demak, asarning g’oyaviy-badiiy ta’sir kuchi pasayadimi? Bu narsa yuqorida ta’kidlaganimiz realizm qonuniyatiga zid emasmi? Tanqidchi S.Mamajonov “Lirik olam, epik ko’lam” kitobida yozuvchi Sh.Rashidovning voqyelikni badiiy tadqiq etish usuli-uslubini tekshirar ekan, haqli ravishda yozadi: “...G’oliblar”, “Bo’rondan kuchli” asarlarida avtor pozisiyasi bilan ijobiy qahramonlar pozisiyasi, ular ovozi jips qo’shilib ketgan. Avtor ovozida xalqning fikri, nuqtai-nazari, personajlar nutqida avtor ovozi doim ishtirok etadi... Ijobiy qahramonlar bilan avtor nutqining yaqinligining ildizi ularning hayotga qarashidagi yagonalik-bir xil pozisiyada turishlariga borib tutashadi. Ijobiy qahramonlar nutqining avtor nutqi kabi ko’tarinki, hatto shoirona ohangda bo’lishning asosi ham xuddi shu yerda bo’lsa kerak...” 1 Ushbu misoldan ham ko’rinayaptiki, avtor – Sh.Rashidov o’z so’zlarini qahramonga yuklaydi, o’zi qahramon qiyofasiga to’liq singimaydi. Xuddi shunday holatni D.I.Fonvizin, V.Gyugo, N.G.Chernishevskiy, M.Yu.Lermontovning ba’zi asarlarida ham ko’rishimiz mumkin. Jumladan, Lermontovning “Zamonamiz qahramoni” asarini tahlil qilib, V.G.Belinskiy “u (avtor) tomonidan tasvirlangan xarakter... shunchalik unga yaqinki, undan o’zini ajratishga va obyektivlashtirishga kuch topa” olmaganligini ta’kidlaydi. Buning sabablari nimada? Sababi- avtor va personajning “hayotga qarashdagi yaqinligi” (S.Mamajonov)dir. Avtor fikri, so’zi, hatti- harakatining personaj ichki dunyosi mazmuniga to’liq mosligidir. Bu xil tasvir asar yaratilgan davr kitobxonlari uchun qanchalik ahamiyatli va ta’siri beqiyos bo’lmasin, yozuvchi qahramon “kindigi”ni kesgach, ya’ni o’zini personajdan ajratgach, yana “kindik”ni ulash – o’zini personajda berish, albatta, asarning g’oyaviy-badiiy kuchiga, kitobxonning ijodiga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Yozuvchining qalami o’rniga (yuqoridagi misolga diqqat qiling!) jurnalistning qalami ishga tushadi. Tasvir o’rnini publisistik ohang egallaydi... Shu sababdan yozuvchiga kitobxon A.M.Gorkiyning quyidagi so’zlari bilan murojaat qilmoqqa da’vat his etadi: “Siz, har holda uning (personajning – H.U.) ko’zi bilan qarashingiz kerak. Unga nima lozim bo’lsa, shuni orzu etish va tasavvur qilish uchun to’la erkinlik bering. Agar siz o’z qarashlaringizni uning qulog’iga quyib tursangiz, unda personaj emas, balki siz gavdalanasiz”. Xullas, avtor hayotni, personajni to’liq obyektivlashtirish, ulardan ustun bo’lishi shart. U yoki bu masala bo’yicha zarur fikrlarni aytmaslikning iloji bo’lmasa va bu fikrlarni obrazga “yuklatishga” imkon bo’lmasa (obrazni obyektivlashtirishga monelik qilsa) lirik chekinishlar orqali ochiqchasiga, avtor (o’z) nomidan ifodalash shakli ma’quldir.           Garchi bunday shaklni realistik metod qo’llab-quvvatlasa-da, u umumiy qoida bo’la olmaydi. Uning uchun hayotni aniq va xolis tasvirlash va tasvirlangan voqyelikka bo’lgan o’z munosabatini yashirin ifodalash – umumiy qoida bo’lib qolaveradi. 1 S.Mamajonov. Lirik olam, epik ko’lam. Toshkent,   1970, 317-318-betlar. XALQChILLIK. Ruslarning “tinib-tinchimas” tanqidchisi V.Belinskiy aytganidek, “agar xalqchillik deganda biror xalq, biror mamlakat odamlarining xulq-atvorini, urf-odatlarini va xarakteri xususiyatlarini haqqoniy tasvirlashni tushunadigan bo’lsak, xalqchillik chinakam badiiy asarning zurur shartidir”. 1 Ayni paytda, uningcha, adabiyot xalq fikrini bir markazga yig’adi va uni yana xalqqa qaytarib beradi. Demak, xalq hayoti va turmushini, orzu-umidlari va manfaatlarini tasvirlash va xalqni komillik ruhida tarbiyalashga qodirlik adabiyot va san’atning xalqchilligi deb ataladi. Adabiyot va san’atning xalqchiligi (demakki, uning badiyligini belgilovchi muhim xislati) bir necha omillarga bog’liq; ular: Birinchidan , xalq uchun ahamiyatli bo’lgan hayotiy masalalarni o’rtaga qo’yish, xalq hayotining eng muhim tomonlarini aks ettirish, xalqning porloq orzu-umidlarini akslantirish; Ikkinchidan , tasvirlangan har bir voqyea-hodisaga, masalaga xalq manfaatlari va orzu- umidlari nuqtai nazaridan yondoshib, umuminsoniy dunyoqarash va g’oyaviylikni namoyish etish; Uchinchidan , keng xalq ommasi uchun tushunarli milliy til va uslubdan, rang-barang janr va shakllardan foydalanish; To’rtinchidan , “begona” xalqlar hayotini obyektiv va e’zozlab tasvirlash, o’z ijodini xalq og’zaki ijodi bilan chambarchas bog’lash; Beshinchidan , xalqning tuyg’ularini birlashtirishi, e’tiqodini mustahkamlashi, uni yanada yuqoriroq (olijanob, pok, halol qilib) ko’tarish va xalq tomonidan sevilish kabi muhim fazilatlar bilan, bu fazilatlarning yaxlitlashgan holdagi qudrati ila belgilanadi. Milliylik va umuminsoniylik. Adabiyotning xalqchilligi uning milliyligini taqozo qiladi. Chunki xalq hayoti bilan mustahkam bog’langan adabiyot har bir xalqning o’ziga xos urf- odatlarini, ruhiyatini, fikrlash, yashash tarzini akslantirishi tabiydir-ki, bu – adabiyotning milliyligini vujudga keltiradi. Va bu milliylik shu adabiyotni yaratgan daholarning ijodlarida, ularning eng yaxshi asarlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Jumladan, Navoiy, Bobur, Mashrab, Yassaviy, G’.G’ulom, H.Olimjon, E.Vohidovlar butun dunyoda sevilib o’qiladi. Chunki ularning asarlarida o’zbek xalqining “o’zligi”, xarakteri chuqur ifodalanganidan tashqari, ularda insoniyat uchun, inson uchun zarur bo’lgan muammolar tasvir va tahlil qilinganidan umuminsoniy xislat kasb etadi. “Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi”, - deganida yozuvchi O’tkir Hoshimov tamomila haqdir. Shu nuqtai nazardan she’riyatimiz malikasi Zulfiya hayoti va ijodiga bir nigoh tashlaylik. Zulfiya 29 yoshida bir qizu bir o’g’il bilan beva qoldi. Umrining oxirigacha Hamid Olimjon sevgisiga “sodiq bo’lmoq o’zi soadat” deb tushundi. Tunlar tushimdasan, kunduz yonimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham,- deya kuyladi. Vafosi, sadoqati bilan o’zbek Onasi, o’zbek ayolining Vafosi ramzi sifatida bizning qalbimizni isitdi, haqiqiy va buyuk muhabbat qudrati haqida jonli dars berdi, ibrat namunasini ko’rsatdi.                 1 V.Belinskiy. Adabiy orzular, Toshkent, 1977, 250-bet.   Kamalak yetti rangda yetmish xil jilolanib, barchani maftun qilganidek, Zulfiya “tongning o’ziday rost va yorqin haqiqatga” yo’g’rilgan poeziyasi bilan (“Kechir, qoldim g’aflatda!” “Bahor keldi, seni so’roqlab”, “Ne baloga etding mubtalo” va sh.k.) Sadoqat va vafodorlik tuyg’usini – insoniylikning bosh mezoni darajasiga ko’tardiki, usiz haqiqiy komil insonni tasavvur etish ham mumkin emas. Bugungi hayotimizda qo’ydi-chiqdilar, sarson- sargardon yetimlar, havoyi istaklar deb or-nomusdan voz kechgan, “ignaga o’tirgan” ayollar, hayosiz, ibosiz juvonlar jabrini tortayotgan jahonda Zulfiyaning hayajonli, o’tli chaqirig’i, jasoratga to’liq qo’shig’i-har bir qalbda (farang, olmon, ingliz, arab, fors qalbida ham) jaranglamoqda. Bu љo’shiљ vafoga, sadoqatga, hurmat va e’zozga, nazokat va latofatga, or-nomus va insoniylikka chaqirayotibdi . Shu bilan odamdek yashashimizga, komil inson va sog’lom avlod uchun kurashishimizga faol yordam berayapti. Bu Zulfiya ijodining umumbashariyligidan, umrboqiyligidan, chuqur zamonaviyligidan, butun insoniyat uchun zarurat ekanligidan dalolat beradi. Demak, san’atkor ijodida, uning chinakam asarida milliylik va umuminsoniylik bir vujuddan oziqlanadi. Milliylik qanchalik chuqur va yorqin ifodalansa, unda umuminsoniy xislatlar shunchalik ulug’ va ta’sirchan qudrat kasb etadi; million-millionlarni insoniylik yo’lida hamkorlikka chorlaydi, qalblar va onglarni birlashtirib ezgulikka, komillika yetaklaydi. Buning uchun umuminsoniy qadriyatlar har bir millatning ma’naviy mulkiga aylanishi zarur. XXI asrda xalqlar o’rtasidagi nizo va zidlashuvlar bo’lmasligi uchun xalqlar o’rtasida ularni birlashtiruvchi ahillik va murosani yuzaga keltirish, “Ulug’ maqsadlar yo’lida yo’ldoshlik qilishga ko’ndirish” (I.Karimov)- adabiyotning umuminsoniy vazifasidir. Yozuvchining dunyoqarashi, ma’naviyati hayot oqimi bilan birga o’sib, o’zgarib, rivojlanib borar ekan, ayni chog’da, u yozuvchining ijodiy evolyusiyasini ham belgilab beradi. Yozuvchi ma’naviyati va salohiyati qanchalik boy bo’lsa, uning badiiy olami ham g’oyaviy jihatdan shu qadar tiniq va ravshan, ta’sirchan va yuquvchan bo’ladi. Agar yozuvchining g’oyaviy (fikr) doirasi, ma’naviyati tor yoxud zaif, biqiq yoxud o’rtamiyona, bo’lsa, u qanchalik talantli bo’lmasin (talant tinimsiz mehnat bilan oziqlantirilmagan bo’lsa), bu hol uning ijodiga salbiy ta’sir ko’rsatadi: xom – xatala va zaif, chalajon va ramaqijon asarlar tug’ilaveradi... Xullas, g’oyaviylik- adabiyotning mohiyati, muhim sifat belgisidir. Ushbu bo’limni yakunlab, shunday xulosalar qilsa bo’ladi: 1. “Birlamchi tabiat” - Allohdir, Alloh yaratgan hayotdir. “Ikkalamchi tabiat” - “birlamchi tabiat” asosida yaratilgan narsa, hodisa, jarayonlar va san’at dunyosidir. Ma’naviyat – ko’ngil ko’zgusi, Alloh bergan nurdir; ko’ngilni sayqallashtirish yo’l-yo’rig’idir. 2. San’at – obrazlar orqali fikrlashdir. San’atning ham joni, ham qoni – badiiylikdir. 3. Adabiyot – so’z san’atidir. Uning bilish obyekti-hayot, predmeti-inson, vazifasi – inson tuyg’ulari tarbiyasidir. 4. Obrazlilik – qayta yaratilayotgan hayotni tasavvur qiladigan darajadagi jonli va zavqli tasviridir. Obraz – to’qima yordamida yaratilgan va estetik ta’sirdorlikka ega bo’lgan inson hayotining umumlashma va aniq manzarasidir. 5. Yozuvchining talanti – badiiy asarda hayotni qayta tiklash, jonli yaratish qobiliyatidir. Ilhom-qiyin muammolarni osonlik bilan huzurli yechishdir. Qayta yaratilgan badiiy olamning betakrorligini ta’minlash, hissiy ta’sirdorligiga erishish-mahoratdir.             6. G’oyaviylik – badiiy asar qimmatini o’lchovchi bosh mezonlardandir. Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, uning atomdan qudratliroq kuchini o’tin yorishga sarf qilishga hojat yo’q. Adabiyot:     1 .     Qur’oni karim, “Cho’lpon”, Toshkent,1992 . 2.       Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al Buxoriy. Hadis, 4 jild, Qomuslar bosh tahririyati, Toshkent,1991-1995.   3.     Falsafa, “Sharq”, Toshkent, 1999.   4. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, “O’zbekiston”, 5. Toshkent,2000.   6. I.A. Karimov. Istiqlol va ma’naviyat, “O’zbekiston”, Toshkent,1994. 7.     I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi, “O’zbekiston”, Toshkent,1999.   8.       I.A.Karimov. Olloh qalbimizda, yuragimizda, “O’zbekiston”, Toshkent,1999 . 9. www.ziyonet.uz 10. www.nur.uz