logo

Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari. Alisher Navoiy asarlarida jamiyat bilan inson munosabati va komil inson gʻoyasi

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

93.5 KB
Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari. Alisher Navoiy asarlarida jamiyat bilan inson munosabati va komil inson gʻoyasi Reja: Kirish 1. Temuriylar davr falsafasi 2. Xarakat turlari va ularning o'zaro aloqadorligi. 3. Ahloqiy tamoyillar va ularning mazmuni. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1 Kirish O’rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o’rni va roliga baho berish bugungi kun falsafasining dolzarb masalalaridan biridir. Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug’ allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhimdir. Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan, millatimiz faxri, iftixori hisoblangan ulug’ alloma – Ibn Sinoning xizmatlari xolisona baholanayotir. Tarixiy haqiqatga asoslangan tarixiy xotira tiklanmoqda. Olimning ilmiy, falsafiy, ijtimoiy- siyosiy va tabiiy qarashlari juda serqirradir. Qaysi fan sohasiga qalam urmasin, unda o’z zikrini qoldira olgan. Mutafakkir o’z asarlarida ilm va odob-axloq uyg’unligi, barkamol avlod kamoloti va baxt-saodati, adolat va diyonat, insonlarning o’zaro do’stligi hamkorligi, rahbarning burchi va mas’uliyati to’g’risida qiziqarli g’oyalarni ilgari surgan. Mustaqilligimiz tufayli yurtimizda va xorijda Ibn Sino ilm-merosini o’rganishga e’tibor kuchaytirilgan. Jahonning turli kutubxonalarida Ibn Sino asarlarining qo’lyozmalari saqlanadi, jumladan, O’zbekiston FASHI da alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qo’lyozmasi mavjud. Yevropa olimlaridan E. Bishmann, Yu. Russka Karra devo, arab, eron, turk olimlaridan M. U. Najotiy, A. N. Nodir, Yahyo Mahdaviy, Umar Farruh ma’lum hissa qo’shganlar. Yurtimizda Ibn Sino asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar Hamidullin Sh.H, S. Mirzaev, SagadeyevA.V, A. Semyonov, H. Hikmatullaevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, xususiylik usullarida Ibn Sinoning “Axloq” to’g’risidagi falsafiy qarashlari obyektiv ochib berildi. Mantiqiylik tamoyilida esa, bugungi kundagi yosh avlodga ta’sir etuvchi baxt-saodat 2 masalasining ahamiyati aqlning yuqori o’rinda ekanligi bilan belgilanib, tadqiq qilindi. Inson hayoti davomida baxt-saodat uchun intilib yashashi va unga erishishda duch keladigan muammolarni yechishi tizimlilik metodi sifatida talqin etildi. Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishish lozimligini, jamiyatda insonlar o’zaro yordam asosida yashashlari kerak deb ta’kidlaydi. Jamiyat kishilarning o’zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini ta’kidlaydi. Jamiyat a’zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi, basharti podshoning o’zi adolatsizlikka yo’l qo’ysa, xalqning unga qarshi qo’zg’oloni to’g’ri va jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanmog’i lozim. Ibn Sino o’zining “Axloq haqidagi risola” sida axloqiy xislatlardan or-nomus, sha’n, qadr- qimmat, qanoat, saxiylik, g’ayratlilik, sabr-toqat, halimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm- ma’rifatli bo’lish, ochiqlik, vijdonlilik, do’stlik, sadoqatlilik, kamtarlik, saxiylik, adolatlilik kabi shaxs ma’naviyati kategoriyalariga ta’rif beradi. Ibn Sino o’zining bu asarida insonning umumiy fazilati haqida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo’lish sabablari haqida to’xtaladi. Ibn Sino fikricha, yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo’ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo’lishiga hukumat ahllarning ham ta’siri kattadir. Olimning axloqiy qarashlarini uning “ash-Shifo” asarlarining ko’pgina bo’limlarida ham uchratamiz. Bunda Ibn Sino insonda bo’ladigan g’azablanish, xavfning paydo bo’lishi, qo’rqoqlikning ma’nisi, uyalish va surbetlik xislatlarning qanday kelib chiqishi haqida bosh qotiradi, kishidagi g’amxo’rlik va shafqat deganda nimani tushunish kerakligi, shu bilan birga, kishidagi xasad, o’ch olish, g’ayrlik va nafrat, mensimaslik kabi axloqiy illatlarga batafsil ta’rif beradi. Ibn Sino arzimagan kasallikka bardosh bera olmaslik, yengiltaklik, birovning mehnati evaziga topilganlarni o’zlashtirib olish, kekkayish kabi xislatlarni qoralaydi, ularni yomon odatlar qatoriga kiritadi. U kishidagi qiziqqonlik ham kishining or- nomusini yerga uradigan xatti-harakatlardandir deb hisoblaydi. Ibn Sino yozadi: 3 “Insonlarning doimiy tobe bo’lib yashashlari, boshqalar tomonidan o’z nafsini masxara qilishiga chidash, jabr-zulmga toqat qilish, yetishmovchilik kabilar kishini keyinchalik qiziqqon bo’lishiga sabab bo’ladi”. Abu Ali Sino asarlarida kamolotga erishishning birinchi mezoni-ma’rifatni egallashga da’vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi u: Bilimsiz kishilar johil bo’ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk bo’lmagan kishilar qatoriga qo’shadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta’kidlaydi. Ibn Sino, insonning yaxshi axloqiy fazilatlariga kishilarning yomon xulq va xatti- harakatlarini qarama-qarshi qo’yadi. U, inson qochishi kerak bo’lgan nuqsonlarga aldash, nafrat, zaiflik, rashk, adovat, o’ch olish, sergaplik, so’kinish, bo’xton, bema’nilik, irodasizlik va boshqa yomon xislatlarni kiritadi. Eng katta nuqson deb, kishining yuksak fazilati hisoblangan, ilmga qarama-qarshi turgan johillikni tushunadi. Uningcha, yanglishish – fikr ravshanligiga, ahmoqlik– ziyraklikka, nafrat–sevgiga, takabburlik va shafqatsizlik – adolatga qarshi turadi. Axloq normalarini kasb etishda odat kata rol o’ynaydi, “Yomon xulq kabi, yaxshi xulq ham odat tufayli erishiladi. Ibn Sino o’zini nazoratga olish maqsadida shunday deydi: - “Men tafakkur qilib, o’zimga zarur bo’lgan nasalarni o’qishga kirishdim; bu yo’lda aqlni ishga solib, o’zimni ko’p yomon kirdikorlardan saqlashga ulgura oldim; yomonliklardan chetlashishga olib boradigan har xil xususiyatlarimni bilib oldim. Qaysi fe’l-atvorim menga do’stu, qaysinisi dushman ekanini, qaysilarini meni to’gri yo’lga-yu, qaysilari egri yo’lga boshlashini angladim. Xullas, men o’zimni o’zim yaxshilab sinchiklab o’rgandim, kimligimni tushundim va shundan keyin bilib ishimni qilgan edim, kata-katta yutuqlarga erishdim”. O’z qissalarida Ibn Sino mardlikni targ’ib qilib, munofiqlik, sergaplik, yolg’onchilik, ishyoqmaslikni, riyokorlarning ikkiyuzlamachiliklarini fosh etadi. Ibn Sino kishilarni ilm-fanni 4 o’rganishga, kasb-hunar egallashga da’vat etadi. Demak, Ibn Sino asarlari O’rta Osiyo xalqlari pedagogik qarashlari, o’rta asrlardagi ilm-fan tarixini o’rganishda ham eng muhim sarchashmalardan bo’lib hisoblanadi. Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaga oid fikr mulohazalari uning bizgacha yetib kelgan juda ko’p asarlari orasida tarqoq holda saqlanib qolgan. Agar qadimgi yunon faylasuflari Platon va Arastular o’sib kelayotgan avlod ta’lim-tarbiyasini davlat zimmasiga yuklagan, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat majburiyatiga ag’darib qo’ygan va bola tarbiyasi bilan shug’ullanish jamiyat va davlat manfaatlari uchun zarur va foydaliroq, deb ta’kidlab, bu tarzdagi qarashlari bilan tarbiyani ota- ona gardanidan soqit qilgan bo’lsalar, Ibn Sino bu vazifa birinchi galda oilaga taalluqli ekanini asoslab berishga urinadi. U jahon pedagogikasi tarixida birinchilardan bo’lib farzand tarbiyasida oqila ayol kishining salohiyatini ko’tarish zarur ekaniga alohida e’tibor qaratgan edi. Navoiy falsafasining, uning inson haqidagi fikrlarini, estetik gʻoyalarini, borliq haqidagi fikrlarini anglash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Navoiyning mutlaq borliq mavjudligini tan olib, uni zamon va makon nuqtai nazaridan cheksiz deb izohlaydi. Borliqni avvali va oxiri yoʻq, deb hisoblaydi. “Hayrat ul-abror” asarida Navoiy mutlaq borliqqa shunday taʼrif beradi: Ey senga mabdada abaddek azal, Zot-i qadimning abadiy, lam yazal. Ne boʻlub avvalda bidoyat senga, Ne kelib ohirda nihoyat senga   Ushbu asarda Navoiy azal va abadning nisbiyligini haqida mantiqiy xulosa chiqaradi. Makonning toʻliqlik va boʻshliqdan iborat, deb hisoblaydi. Mutlaq borliq esa ikki qismni ichiga oladi: “Ne anga zamonu makon ihtimoli, ne zamonu makon andin xoli. Ne xalo aning yeridur, ne malo, ammo ham xalo-vu ham malo andin toʻla” Mutlaq borliqning asosiy xususiyatlaridan birini Navoiy nuqtai nazaridan zotning vojibligini, yaʼni obyektivlik gʻoyasini ilgari suradi. Bu borliq insonga taʼsiri 5 boʻlmaydi, u bor boʻlgan va bor boʻladi. Nisbiy borliqni esa olim borliqqa qaram deb koʻradi. Mutlaq borliq taʼsirida nisbiy borliq bor boʻladi, yoki, aksincha yoʻq boʻlishi mumkin. Lekin nisbiy borliq mutlaq borliqqa hech qanday taʼsir oʻtkazolmaydi: Arzu falak yoʻqidinu boridin, Barchaning ixfosiyu izhoridin. Ne azamat ichra anga sud oʻlub, Ne jabarutiga ziyon bud oʻlub   Mutlaq borliq yagonadir, va ushbu mutlaq borliq haqida Navoiy shunday deydi: Hamd angakim, vojibgʻi bi-z-zot erur, Homid aning zotiga zarrot erur. Vahdat-i zotiga quyoshdek tanuq, Zarradin afzun-u quyoshdin yoruq Navoiyning qarashlarida borliqning paydo boʻlishi mutlaq borliq harakati bilan bogʻliq deb koʻrsatilgan: Chu bir junbish etti ayon bahr-i zot, Padid oʻldi amvojidin koinot   Dunyoda hech qaysi narsa oʻzidan oʻzi paydo boʻlmaydi va yoʻq boʻlmaydi. Koinotda qancha cheksiz boʻlsa ham, unda boʻshliq boʻlmaydi. Koinotda barcha narsa bir biriga bogʻliqdir, har biri biriga vosita: Qatragacha qulzum-i zaxxordin, Zarragacha shamsa-yi zarkordin. Oni munga, muni anga band etib, Bir-biriga barchani payvand etib. Vositalar boʻldi ayon toʻ-batoʻ, Bir-biriga bogʻlanibon moʻ-bamoʻ   Koinotdagi bor narsalar turli-tuman narsalardan iboratdir. Mavjudotlar esa zamon va makon bilan cheklanib qoʻyilgan. Koinotdagi bor narsalar avvali va oxiri mavjud. Hamma narsa bor boʻladi va belgilangan vaqtdan keyin yoʻq boʻladi. Lekin borning 6 yoʻq boʻlishi nisbiydir. Navoiy “Hayrot ul-abror” asarida koinotning vujudga kelishini shunday koʻrsatib beradi: Andaki bor erdi nihon bu jahon, Balki nihondagi jahondek nihon, Ne sochibon kun yuzi barg-i suman, Ne kechaning turrasi mushk-i Xoʻtan, Ne ochibon koʻkda shafaq lolalar, Ne yogib anjumdin anga jolalar   Koinotning eng oliy mavjudoti sifatida Alisher Navoiy insonni ifoda etadi. Inson mutlaq borliqning ijodi natijasida paydo boʻlib, unda mutlaq borliq oʻz ifodasini topadi. Faqatgina inson soʻzlash, fikrlash, mutlaq borliqni anglash qobiliyatiga ega boʻlib, koʻnglida haqiqat xazinasi mujassam etgan: Ganjing aro naqd farovon edi, Lek baridin gʻaraz inson edi. Turfa qalomingga dagi komil ul, Sirr-i nihoningga dagʻi homil ul. Koʻngliga qilding chu aqin ganji qism, Jismini ul ganjga qilding tilism   Navoiy insonning oʻz maʼnaviy va ruhiy tabiati bilan boshqa mavjudotlardan ajralishi, har bir insonning insoniylik darajasi uning maʼnaviy yuksalish darajasi bilan belgilaydi. Kishining qiymati uning odamiyligi bilan belgilanadi. Uning odamiyligi esa mol-dunyosi koʻpligi yoki martabasi balandligi bilan emas, balki ushbu molu dunyosini xalq xizmatiga sarflashi bilan belgilanishi afzalroqdir. Boylik orttirish, ushbu yoʻlda insonlarga jabr qilish, mansabga intilish, va ushbu yoʻlda kishilarga zulm oʻtkazish bilan ovora boʻlgan insonlardan koʻra, shoir oddiy va kambagʻal bir komilni yoki dehqonni ming karra afzal koʻradi. Chunki birinchisi borliq qonunlardan bexabar va qimmatbaho insoniylikni oʻtkinchi molu dunyoga almashtirib, hayotini maqsadsiz oʻtkazadi. Ikkinchi inson esa oʻz mehnati bilan oʻziga va jamiyatga bebaho 7 naf qiladi. Hodisalarga toʻgʻri koʻz bilan qaragan insonlarni Navoiy “maʼno ahli” deb biladi, yuzaki qarashlarga ega odamlarni esa “suvrat ahli” deb ataydi. Shoir inson mohiyatini uning ijtimoiy faoliyatida – jamiyatga foydali kasb bilan shugʻullanishi, xalqqa manfaati tegishi, odamlarning ogʻirini yengil qilishida, deb biladi. Uning xalq gʻamini oʻz gʻami deb bilmaydigan odamni odam qatoriga qoʻshmasligi bejiz emas: Odamiy ersang, demagil odami Onikim, yoʻq halq gʻamidin gʻami   Alisher Navoiy nafsoniyatiga berilib ketgan insonlarni tanqid ostiga oladi. Bunday dardga chalingan insonlarni birovning tushgan kulfatga parvo qilmaydi, birovga yaxshilikni ravo koʻrmaydi, har doim yolgʻiz oʻzi haqida qaygʻuradi. Bunday odamlar “barchaga oʻzgadan oʻzi azizroq va oʻzgalar soʻzidan oʻz soʻzi azizroq” deb taqiqlaydi. Navoiy odamlarni yomon xislatlardan holi koʻrishni xohlaydi. “Mahbub ul-qulub” asarida Alisher Navoiy odam va odamiylik haqida, chin insoniy fazilatlar toʻgʻrisida asrlar mobaynida xalq tajribasi va bilimi haqida yigʻilgan fikrlarni bayon etadi. Ushbu asarda shoir oʻzining ijtimoiy gʻoyalarini ilgari suradi, chuqurlashtiradi, yangi dalillar bilan isbotlaydi. Navoiy inson maʼnaviy dunyosini boyitish uchun, eng avvalo, oʻzini anglashi zarur deb hisoblaydi. Ushbu yoʻlda quyidagi amallarga boʻysinishi lozim: birinchidan, nafsiy quvvatlarni maʼnaviy quvvatlarga boʻysindirishi; ikkinchidan, ilm olishi va hunar egallashi; uchinchidan, ilm, hunar, mol-dunyosini ezgulikka yoʻnaltirishi; toʻrtinchidan, koʻnglini insondagi goʻzallik bilan boy ettirishi. Navoiy oʻz davrining mashhur davlat arbobi boʻlishi bilan bir vaqtda u buyuk mutafakkir ham edi. Shoir siyosat, davlat qonunlariga oid maxsus asarlar yozib, Turonda siyosiy-huquqiy taʼlimotlarning rivojlanishini yangi pogʻonaga koʻtargan shaxsdir. Alisher Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” (“Arab boʻlmagan shohlar tarixi”) asari oʻz davri nuqtai nazaridan ilmiy dalillarga asoslangan risola hisoblanadi. Asarda Eron va 8 Turon mulkida hukmronlik qilgan toʻrt sulola: peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar, sosoniylar tarixi batafsil hikoya qilinadi. Anʼanaga muvofiq tarix Odam Ato (a.s.) davriga bogʻliq ravishda talqin qilinadi. Alisher Navoiy mazkur asarda “Nizomu-t-tavorix”, “Jomeu-t-tavorixi Jaloliy”, “Nasihatu-l-muluk”, “Jovidon xirad”, “Odobu-l-arab va a-l-furus”, “Guzida”, “Muntahab”, “Devonu-n-nasab” kabi manbalardan foydalanadi va Banokatiy, imom Muhammad Gʻazzoliy, Tabariy, Ali Miskavayh, Qozi Barzoviy kabi tarixchi olimlarning nomlarini keltirib, maʼlumotlarni ularning asarlaridan olganini aytib oʻtadi. Shoirlardan Abulqosim Firdavsiy va uning “Shohnoma” siga koʻproq murojaat qiladi. Iskandar haqidagi qissada esa xamsanavislar Xusrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviylarning qarashlarini keltirib oʻtadi. Alisher Navoiy masalaga nuktadon muarrix – tarixchi olim sifatida yondashar ekan, har bir maʼlumotning aniq va asosli boʻlishiga alohida eʼtibor qaratadi. Alisher Navoiy peshdodiylar sulolasiga mansub 11, kayoniylar sulolasidan 9, ashkoniy sulolasidan 15, sosoniylar sulolasidan 28, jami toʻrt suloladan 63 hukmdorning nomlari, ularning tarjimai holi, hayoti va yuritgan siyosatiga doir maʼlumotlarni taqdim etadi. Kayumars birinchi shoh ekanligi, Hushang, Bahrom, Afrosiyob, Jamshid kabi shohlarning, Rustamdek harbiy sarkardalarning faoliyatlariga yuksak baho beradi. Alisher Navoiy mazkur asarida tarixga oid juda qiziqarli va ahamiyatli koʻplab maʼlumotlarni beradi. Balx, Bobil, Nishopur, Marv, Samarqand va yana oʻnlab shaharlarni bunyod qilgan shohlar, Navroʻz bayramining kelib chiqishi, roʻzaning paydo boʻlishi, butparastlikning sabablari bilan bogʻliq voqealar shular jumlasidandir. Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam” asari orqali tarix bilimdoni qiyofasida namoyon boʻladi. Asardagi yuzlab geografik nomlar, yuzlab shaxslarning ismi-sharifi hamda yuzlab voqealar muallifning kuchli xotirasidan ham darak beradi. Navoiyining dunyoqarashida kelajakda ideal davlat orzusi katta oʻrin olgan edi. Gap uning butun bir xayoliy davlati — “Saddi Iskandariy” dostonidagi Iskandar davlati 9 haqida bormoqda. Mutafakkir siyosiy qarashlarida mavjud feodal davlatlarni tanqid qilib taraqqiyparvar ahamiyatga ega ishlarni amalga oshirish bilan cheklanmasdan yanada ilgarilab, Iskandar davlatidek ideal davlatni oʻz dostonida yaratdi. Unda shoir boʻlajak ideal davlatni siyosat, davlat, davlatni idora qilish shakli, davlatni boshqarishda fan va texnikaning ahamiyati, xalqaro huquqqa oid masalalar, urush va tinchlik kabi murakkab siyosiy vaziyatlarni taʼriflaydi. Ana shu qoʻyilgan masalalar boʻyicha oʻzining aniq pozitsiyasini belgilaydi. Eng muhimi, Alisher Navoiy jamiyatni davlatsiz, qonunsiz, shohsiz tasavvur qilolmaydi. U jamiyatda intizom qonun-qoida boʻlishini eʼtirof etadi. Navoiy katta siyosiy kurash yoʻlini bosib oʻtib, boy tajribaga ega boʻlganidan keyin uning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida yanada ilgarilash yuz beradi. Mutafakkir feodal davlati va huquqining tor doiralarida cheklanib qolmasdan, oʻzining vatanida markazlashgan adolatli davlatni barpo etish gʻoyasida qolib ketmasdan, yanada ilgarilab, butun dunyoda yagona markazlashgan adolatli davlat boʻlishi, uning tepasida esa adolatli shoh turishi kerak, degan gʻoyagaga yetib boradi. Alisher Navoiyning merosi koʻp olimlar tadqiqotlarining katta va muhim obyekti boʻlib qoldi. Alisher Navoiyning olijanob gʻoyalari va ilhombaxsh asarlari tinchlik va insoniyat taraqqiyotida hamkorlikni mustahkamlashga yordam bermoqda. Navoiyning ijtimoiy-falsafiy gʻoyalari bugungi kun bilan hamohangligi hozirgi globallashuv zamonida maʼnaviy merosi madaniy transformatsiya jarayonini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni saqlab qolish uchun kuchli gumanistik ahamiyatga ega.   Oʻzbek xalqining ulugʻ mutafakkiri, maʼrifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida eʼtibor berdi 10 Xulosa Alisher Navoiy ilm, maʼrifat haqida ajoyib fikrlarni olgʻa surdi. U aql, ilm insonning eng goʻzal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir, deb hisobladi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil oʻqish-oʻrganish kerak: “Yoshligingda yigʻgil bilimni, qarigach sarf qilgʻil ani”, degan shoirning oʻzi ham juda yoshligidan taʼlim oladi, oʻqishga beriladi. U yoshligidanoq koʻp sheʼrlarni yod bilgan. Jumladan, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” (“Qush nutqi”) asarini bolalik chogʻlaridayoq qayta-qayta oʻqib, yod olgan. Alisher Navoiy keyinchalik maktab va maorif masalalariga katta ahamiyat berdi. U mehnatkash xalq bolalarini oʻqitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qildi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida podsho Husayn Boyqaroga yozgan xatida oʻgʻil va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qilgani, shaxsan oʻzi madrasalar qurishda tashabbus koʻrsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U oʻzining “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratib, buning uchun lozim boʻlgan mablagʻ ajratadi. Navoiy dars beruvchini quyoshga oʻxshatadi va bu quyosh oʻz atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, yaʼni hali ilmdan bexabar boʻlgan toliblarga ilm nurini sochadi, maʼrifat beradi, deydi. Alisher Navoiy taʼlim-tarbiya toʻgʻrisidagi fikrlarini koʻproq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-maʼrifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda katta, deb hisoblaydi. Buyuk soʻz sanʼatkori va mutafakkiri oʻzining bir qancha asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarini aytish bilangina kifoyalanib qolmasdan, balki “Hayrat ul- abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bagʻishlaydi. “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) 11 falsafiy-taʼlimiy dostondir. Navoiy bu asarida oʻzining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy hamda kishilarga taʼlim va oʻgit berish masalalariga katta eʼtibor beradi. Dostonda zolim hukmdorlarni qoralab, ikkiyuzlamachi, riyokor ruhoniylarning sir-asrorlarini keskin fosh etadi. Xususan, shoir saxiylik, odob va kamtarinlik, ota-onaga hurmat, rostgoʻylik va toʻgʻrilik, ilmning foydasi va kambagʻal oʻquvchilarning bu yoʻlda chekkan azoblari haqida batafsil toʻxtalib oʻtadi. 12 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz ” . – T.: O’zbekiston, 2016. 2. Abu Ali Sino. “Al-ishorat va at-tanbihot” (Nasriddin at-Tusiy sharhi) Qohira 1365. – B 333 3. Parviz Morewedge. “The metaphysica of Avicenna (Ibn Sina)” New York 2004, – P 141 4. Sagadiyev A.V. Ibn Sina (Avitsenna). – M.: 1980. P 61 5. Po ‘latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta’limning rivojlanish bosqichlari. SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21- 27 P. 6. Jurayev, S. S. O. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT MASALASI. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1). Saidov, S. (2021). IBN AL-MUQAFFANING ISLOM TARJIMA SAN’ATIGA 13