logo

Ukraina, Belorusiya va Moldava davlatlariga qiyosiy iqtisodiy-geografik tavsifi

Yuklangan vaqt:

27.05.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

369.6279296875 KB
Ukraina, Belorusiya va Moldava davlatlariga qiyosiy iqtisodiy-geografik tavsifi Kirish . I. BOB. Ukraina, Belorusiya va Moldava davlatlariga umumiy ta’rif. I.1 Ukraina, Belorusiya, Moldava davlatlarining iqtisodiy – geografik o’rni, maydoni, chegaralari. I.2 Ukraina, Belorusiya, Moldava davlatlari tabiiy sharoiti va resurlari. I.3 Ukraina, Belorusiya, Moldava davlatlari aholisi va mehnat resurlari. II. BOB Ukraina, Belorusiya, Moldava davlatlari xo’jaligiga qiyosiy tavsif. II.1 Ukraina davlatining rivojlangan sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jaligining rivojlangan tarmoqlari. Transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari. II.2 Belorusiya davlatining rivojlangan sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari. II.3 Moldava davlatining rivojlangan sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari. 1 Kirish . Ukraina mamlakatshunoslikda tabiiy sharoitlar asosida o’rganiladigan davlat. Uning asosiy qismi Sharqiy Yevropada yotadi, Ukraina mo’tadil iqlim zonasida joylashgan va yiliga 16 dan 24 dyumgacha (400 600 mmgacha) yog'in oladi. Qishi yumshoq, qattiq ayozsiz keladi, ammo janubdan tashqari hamma yoqda muntazam, qor yog’adi. Daryo va ko’llarda qishda muz qotadi. Yozi kam yomg’irli, etarli darajada issiq va qurg’oq. Hosildor qora tuproqlar bahor va kuzda yaxshilab suvg’oriladi va ko’p quyosh yorug’likini oladi. Qulay iqlim sharoitiga bog’liq, Ukraina an'anaviy qishloqxo’jalik hududi. Ukrainada bug'doy, marjumaq, jo'xori, qizil va yashil sabzovotlar, har turli meva, qovun va qulupnay etishtiriladi. Ukraina asosiy jahon shakar ishlab chiqarish markazlarining biri. U shakarni o’z ehtiyojlariga va eksportga ishlab chiqaradi. Belorussiya Sharqiy Evropa mintaqasining g'arbiy qismida, Sharqiy Yevropaning markaziy qismida joylashgan. Shimoliy-shimoli-sharqda Litva, shimolda - Latviya bilan, shimoliy-sharqda va sharqda - Rossiya, janubda - Ukraina bilan, g'arbda - Polsha bilan chegaradosh (umumiy uzunligi 2969 km). Mamlakat dengizga ega emas. Moldaviya Sharqiy Yevropaning o'ta janubiy-g'arbiy qismida, ikkinchi meridian chizig'i mintaqasida joylashgan va Dnestr va Prutning daryolari ko'p qismini, shuningdek, Dnestrning chap qirg'og'idagi o'rta va quyi oqimdagi tor sohilini egallaydi. Dengizga chiqish imkoni yo'q, mamlakat geografik jihatdan Qoradengiz hududiga ulanadi, shuning uchun Moldovada Dunayga chiqish yo'li mavjud (qirg'oq bo'yi uzunligi taxminan 950 mni tashkil etadi). Ma'muriy jihatdan Moldova 32 ta tuman, 5 shahar (Beltsy, Bendery, Kisinau, Komrat, Tiraspol) va 1 avtonom hududiy tuzilishga (Gagauzia) bo'lingan. Moldova, 60 shahar va 917 qishloq.Ayni paytda, Dnestrda chap qirg'og'i bo'lgan va Bendery shaharchasi hududining aksariyati Dnestrbo'yi respublikasining tan olinmagan davlat nazorati ostida. Quyidagi kurs ishida ushbu davlatlar haqida batafsil tanishib olamiz. 2 I. BOB. Ukraina, Belorusiya va Moldava davlatlariga umumiy ta’rif. I.1 Ukraina, Belorusiya, Moldava davlatlarining iqtisodiy – geografik o’rni, maydoni, chegaralari. Ukraina   — Yevropaning janubi sharqida joylashgan davlat. Maydoni 596,06 ming km². Aholisi 45 553 ming. kishi (2013.01.15). Poytaxti —   Kiyev   shahri. Maʼmuriy jihatdan 23 viloyati Vinnitsa , Volin , Dnepropetrovsk , Donetsk , Jitomir , Zakarpatye ,   Zaporojye,   Ivano Frankovsk ,   Kiyev ,   Kirovograd ,   Lugansk , Lvov ,   Nikolayev ,   Odessa ,   Poltava ,   Rovno ,   Sevastopol ,   Simferopol ,   Sumi ,   Ternopol , Xarkov ,   Xerson ,   Xmelnitskiy ,   Cherkassi ,   Chernovsi ,   Chernigov   viloyatlari, Kiyev   shaharlariga boʻlinadi. Ukraina — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1996 yil 28 iyunda qabul qilingan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Oliy Rada (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligida Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Hududi — 603700 kMoldovakv. Aholisi — 46 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — ukrain. Dini — pravoslav. Pul birligi — grivna. Iqlimi — kontinental. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat tarkibiga 24 ta viloyat va Qrim avtonom respublikasi kiradi. Ukraina 1991-yil 24-avgustda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi (avval sobiq SSSR tarkibida). 24-avgust — milliy bayram (Mustaqillik kuni). Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig’i) va Vazirlar Mahkamasini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Rada. Yirik siyosiy partiyalari: Ukraina Xalq Ruhi, Ukraina respublika partiyasi, Ukraina demokratik partiyasi, Demokratik tiklanish partiyasi, Ukraina dehqon demokratik partiyasi, Ukraina Xalq partiyasi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Ukraina rivojlangan sanoat tarmoqlariga ega. Sanoatning asosiy tarmoqlarini qora metallurgiya, rangli metallurgiya, mashinasozlik, energetik mashinasozlik va elekrotexnika sanoati, radioelektron sanoat, aviatsiya, traktorsozlik, kemasozlik, kimyo sanoatlari tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi asosan donli ekinlar, texnik ekinlar va chorvachilikka ixtisoslashgan. Bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, tariq, qandlavlagi, kungaboqar, kanop, kartoshka yetishtiriladi. Uzumchilik va bog’dorchilik rivojlangan. 2012-yil YIM miqdori 315,8 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 6,8 ming AQSH 3 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo sheriklari: MDH va Boltiqbo‘yi respublikalari, Germaniya, Polsha, Chexiya, Xitoy, Italiya, Shveysariya. Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 22800 km, avtomobil yo’llari — 273700 km, ichki suv yo`llari — 4500 kMoldova Asosiy portlari: Nikolayev, Odessa, Xerson, Sevastopol. Hozirgi Ukraina hududi Moldova a. VII asrda skiflar imperiyasi tarkibiga kirgan. Ill asrda gotlar Dondan Dunaygacha bo‘lgan hududlarda o‘z davlatlarini tashkil etishadi. Xunnlardan so‘ng bu hududlarga sharqiy slavyanlar va xazarlar kirib kelishadi va ikki o‘rtada kurash boshlanadi. 0‘z hududlarini xazarlardan himoya qilish maqsadida slavyanlar varyaglarni yordamga chaqirishadi. Varyag knyazi Oleg 882-yilda Kiyev Rusiga asos soladi. 988-yilda Vladimir Buyuk xiristianlikni qabul qiladi. Kiyev Rusi Yaroslav Mudriy (1019-1054) va Vladimir II Monomax (1113-1125) davrida gullab yashnaydi. XIII asrda Botuxon boshchiligidagi mo‘g‘ul tatar qo‘shinlari Kiyev davlatini tugatadi. Kiyev davlati yerlari Polsha va Buyuk Litva Knyazligi o’rtasida bo‘lib olinadi. 1647-yilda Andrusov shartnornasiga ko’ra sharqiy Ukraina yerlari Rossiya tarkibiga kiradi. 1793-yilda Yekaterina butun Ukraina yerlari (Galitsiyadan tashqari, Galitsiya 1919-yilgacha Avstro-Vengriya imperiyasi tarkibiga kirgan) bosib oladi. 1917- yilning noyabrida Vinnichenko va Petlyura Kiyevda Ukraina Avtonom Respublikasini tuzishadi. Ular bilan bir vaqtda Xarkovda bolsheviklar Ukraina Sovet Respublikasini tuzishadi. Brest — Litva shartnomasidan so’ng, 1918-yilning martida nemis qo’shinlari Ukrainani okkupatsiya qiladi va 1918-yilning dekabrigacha Petlyura hokimiyatni o‘z qo’liga olguncha qolishadi. 1920-yilda Petlyura va bolsheviklar o’rtasidagi kurashga Polsha qo‘shiladi va Riga shartnomasiga ko‘ra g’arbiy Ukraina yerlari 1921 -yilda Polshaga o‘tadi. Sovet Ukrainasi esa 1922-yilda Sovet lttifoqi tarkibiga kiradi. Ikkinchi Jahon urushi davrida Ukraina nemis qo’shinlari tomonidan okkupatsiya qilinadi. 1944-yilda Sovet qo’shinlari Ukrainadan nemislarni quvib chiqaradi. 1945-yilda Ukrainaga Sharqiy Galitsiya, Rutenya, Shimoliy Bukovina va Bessarabiyaning bir qismi qo‘shiladi. 1945-yilda Qrim viloyati Ukraina tarkibiga kiradi. 1986-yilning 26- 4 aprelida Ukraina hududida insoniyat tarixidagi eng fojiali halokatlardan biri — Chernobil atom elektrostansiyasida portlash ro’y beradi. 1991-yilda Ukraina o’z mustaqilligiga erishadi. 2004-yilning oxirida navbatdagi prezident saylovlarida prezidentlikka nomzodlardan birining tarafdorlari saylov rtatijalaridan norozi ekanliklarini bildirib tartibsizliklar uyushtirishadi. Mamlakatda «to‘q sariq inqilob» deb nom olgan siyosiy inqiroz vujudga keladi. Belorussiya   (Belarus), Belorussiya Respublikasi ( bel.   Respubl і ka Belarus) — Yevropa markazidagi davlat. Sharqiy Yevropa tekisligining gʻarbida joylashgan. Maydoni 207,6 ming km 2 . Aholisi 9 463 300 kishi (2013). 6 viloyat, 118 tuman, 102 shahar, 109 shaharcha bor (1996). Poytaxti —   Minsk   shahri. Belarus Respublikasi — unitar demokratik ijtimoiy huquqiy davlat. 1996-yilgi referendumda qabul qilingan Konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — aholi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident. Qonun chiqaruvchi vakolatli organi — Millat majlisi boʻlib, u Vakillar palatasi va Respublika Kengashidan iborat. Vakillar palatasining hamma 110 deputatini aholi saylaydi. Respublika Kengashining 64 deputatidan 56 nafari mahalliy kengashlar tomonidan saylanadi, 8 nafari prezident tomonidan tayinlanadi. Millat majlisining vakolat muddati 4 yil Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat — Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Bosh vazirni Vakillar palatasining roziligi bilann prezident tayinlaydi. Iqlimi kontinental iqlim bilan dengiz nihimi oʻrtasida, Atlantika havo massalari uni ancha yumshatib turadi. Yanvar ning oʻrtacha harorati janubi-gʻarbda — 4,4   °C, shimoli-sharqda — 8   °C, iyulniki shimolda 17   °C, janubda 18,8   °C. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 550 – 700   mMoldova Yogʻinning ko’p qismi yoz oylariga toʻgʻri keladi. Botqoqliklar, daryo va koʻllar koʻpligidan yerlari zax. Vegetatsiya davri shimoli-sharqda 178 kun, janubi-gʻarbda 208 kun. Eng yirik daryolari Dnepr (irmoqlari Berezina, Pripyat, Soj va boshqalar), Gʻarbiy Dvina, Neman (irmogʻi Viliya), Bugʻ. Bu daryolarning koʻp qismida ogʻoch oqiziladi, eng yiriklarida kema qatnaydi. Baʼzi daryolarda GESlar qurilgan. Belarus koʻllarining eng yiriklari: Naroch, Osvey, Drisvyati, Chervonoye, Vigonovskoye. Tuprogʻi asosan 5 unumdorligi yuqori boʻlmagan chimli podzol va torfbotqoq tuproq, daryo qayirlarida esa allyuvial tuproqlardir. Moldaviya MDH ning janubi-g’arbida, Prut va Dnestr daryolari oralig’ida joylashgan. Maydoni 33,7 ming km 2 . Tarixda Moldaviya xududi Bessarabiya nomi bilan atalgan. 1924-yili Moldaviya Avstriya respublikasi, 1940-yildan Moldaviya SSSR, 1991- yildan Moldaviya Respublikasi deb yuritilgan. G’arbdan Moldaviya Ruminiya respublikasi bilan qolgan barcha tomonlardan Ukraina respublikasi bilan chegaradosh. Moldaviyani Ruminiya bilan, ayniqsa Ukraina bilan chegaradoshligi muhim o’rin tutadi. Ukrainadan temir yo’llar orqali ko’mir, neft, metall, mashina va jihozlar, g’alla, gaz quvurlari orqali gaz keladi. Garchi Moldaviya Qora dengiz bilan tutashmagan bo’lsada, Qora dengizning yaqinligi va ukrainaning port shaharlari (Odessa, Ilichevsk, Belgorod Dnestrovskiy) bilan temir yo’llar bilan tutashganligi muhim ahamiyatga ega. Moldaviya siyosiy-ma’muriy jihatdan 40 ta rayon va respublikaga bo’ysunuvchi 4 ta shahardan iborat: Kishnyov (662000), Tiraspol, Belsi, Benderi. Moldaviya Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-g’arbida joylashgan davlat. Janub, sharq va shimolda Ukraina, g’arbda Ruminiya bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi-1389 kMoldova Mamlakat hududini sertepa tekisliklar, daryo vodiylari va jarliklar egallaydi. Eng baland qismi mamlakat markazida joylashgan Kodri qirlaridir. Asosiy daryolari Dnestr, Purt. Asosiy foydali qazilmalari- fosforit, soztuproq, ohaktosh. Mamlakat hududining yarmi haydaladigan yerlar hisoblanadi. Davlat tuzilishi- respublika. 1990-yili Moldova Respublikasi tarkibidagi ikki rayon- Gagauz Respublikasi va Pridnestrovie o’zlarini mustaqil deb e’lon qilishdi, biroq ular jahon jamoatchiligi tomonidan tan olinmadi. Moldova mustaqilligi 1991-yil 27-avgustda e’lon qilingan. Mustaqillik kuni milliy bayram sifatida nishonlanadi. Ijroiya hokimiyat prezidentga va bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar kengashiga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ- bir palatali parlament. Sanoatning peshqadam tarmog’I oziq-ovqat ishlab chiqarish, shuningdek, og’ir va yengil saonat ham rivojlangan. Ko’p tarmoqli qishloq 6 xo’jaligi YAIMning 40%ni tashkil qiladi. 2012 yilda YAIM miqdori 7252 mln dollarni tashkil qiladi. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Ukraina, O’zbekiston, Ruminiya, Germaniya. XII asrdan XIV asrgacha Moldova skif, gott, gunn va slavyan davlatlarining tarkibida bo’lib keldi. VIX asrga kelib voloxlar va sharqiy slavyanlar bilan aloqalar natijasida moldavan xalqi shakllandi. 1359-yili esa Bogdan birinchi mustaqil Moldaviya knyazligini tuzdi. Bu knyazlik shu davrda ham madaniy, ham iqtisodiy jihatdan yuksaldi. XV asrda Stefan Buyukning qahramonlarcha ko’rsatgan qarshiligiga qaramasdan, Moldova knyazligi turklar tomonidan bo’ysundirildi va Usmoniylar imperiyasining bir qismiga aylandi. 1774-yili Moldova Avstriya hukmronligiga, 1806-yili esa Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shildi. 1859-yili Moldova Valaxiya bilan birlashdi va Rumin knyazligi tashkil etdi. Bu knyazlikni moldavan knyazi Aleksandru Kuza idora qilgan. 1924- yilda tuzilgan Moldova muxtor respublikasi va Ruminiyaning anneksiya qilingan Bessarabiya hududlarida 1940-yilning 2-avgustida Moldaviya Sovet sotsialistik Respublikasi tuzildi. Moldaviya 1941-yili rumin va nemis qo’shinlari tomonidan bosib olindi, ozod qilinganidan so’ng 1944-yili Sovet Ittifoqi tarkibiga qaytdi. 1947-yilgi Parij shartnomasiga ko’ra, Ruminiya Moldaviya hududlariga bo’lgan da’vosidantamonila voz kechdi. Moldaviya 1991-yil 27-avgustda mustaqillikka erishdi, biroq mamlakatning sharqiy qismida jahon jamoatchiligi tomonidan tan olinmagan Pridnestrovie Respublikasi mavjud. Ukraina, Belorusiya, Moldava davlatlarining iqtisodiy – geografik o’rni, maydoni, chegaralari Ukraina hududining aksar qismi Sharqiy Yevropa tekisligining janubgʻarbiy qismiga mansub boʻlib, tekislik va oʻrqirlardan iborat. Janubda Qrim togʻlari (bal. 1545 m gacha) va gʻarbda Ukraina Karpat togʻlari (bal. 206 m gacha) bor. Ukraina hududi gʻarbdan sharqqa 1300 km, shimoldan janubga 900 km ga choʻzilgan. Qora dengiz sohillari, asosan, pasttekislik; qoʻltiq va limanlar bor. Azov dengizi sohillari esa yassi, kum tillari mavjud. Relyefi — Shimolgʻarbdan janubsharqqa tomon Volin qirlari va Podoliya qirlari (eng baland joyi 471 m — Kamula togʻi), sharqroqda Janub Bug bilan Dnepr oraligʻida Dnepr buyi qirlari joylashgan. 7 Dneprning soʻl sorili, mamlakatning janubsharqiy qismida Azov boʻyi qirlari bor. Ukraina Karpat togʻlarining janubgʻarbida Zakarpatye pasttekisligi yotadi. Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Yevropadagi davlat. Shimolda va sharqda Rossiya (chegara uzunligi — 1576 km), shimolda Belarus (891 km), janubi g’arbda Moldova (939 km), g‘arbda Polsha (428 km), Vengriya (103 km) va Slovakiya (90 km) bilan chegaradosh. Janubda Ukraina Azov va Qora dengizlari bilan tutashgan. Mamlakat hududining asosiy qismini Sharqiy Yevropa tekisligi tashkil etadi. Shimolda Pomssk, markaziy qismida Dneprbo‘yi, janubda Qora dengizbo‘yi pasttekisliklari mavjud. Janubi g‘arbda balandligi 2061 m gacha bo‘lgan Ukraina Karpati, janubda balandligi 1545 m gacha bo‘lgan Qrim tog‘lari joylashgan. Asosiy daryolari — Dnepr, Shimoliy Dones, Prut, Janubiy Bug, Dunay. Bir nechta yirik suv omborlari bor. Asosiy qazilma boyliklari: qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir, neft, tabiiy gaz, temir, marganes, simob, rux, qo‘rg‘oshin, titan, magniy, aluminiy, sirkoniy rudalari. Mamlakat hududining 56%ini h’aydaladigan yerlar, 12% ini o‘tloq va yaylovlar tashkil etadi. Geologik tuzilishi jihatidan Ukraina hududi Sharqiy Yevropa platformasining janubgʻarbiy qismidan hamda uni oʻrab turgan Karpat va Krim burmali togʻlaridan iborat. Platformada Ukraina kristalli massivi (qalqoni), volinpodoliya platosi, Lvov botigi, Donetsk avlakogeni, dneprdonetsk, Qora dengiz boʻyi botiqlari ajralib turadi.Sharqiy Karpat togʻlarining bir qismi Alp geosinklinal (burmali) oblastiga kiradi. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, neft, tabiiy gaz, temir, marganets, titan rudalari, simob, boksit, toshtuz va kaliy tuzlari, grafit, oltingugurt, qurilish materiallari va boshqa bor. Mineral suvli buloq, koʻp. Iqlimi, asosan moʻʼtadil kontinental. Gʻarbdan sharqqa tomon iqlimning kontinentalligi kuchayadi. Shimoldan janubga tomon yoz bilan qishning temperaturadagi farqi ortib, qor qoplamining qalinligi va saklanish muddati, yogʻin miqdori, nisbiy namlik kamayib boradi.ning urtacha temperaturasi Shimolsharqda —7°, —8° , iyulda Shimolgʻarbda 18—19°, janub sharqda 23—24°. Yillik yogʻin Shimolgʻarbda 600–700 mm, janub sharqda 300 mm gacha, Ukraina Karpat togʻlarida 1200–1600 m Moldova. 8 Ukraina daryo shoxobchalarining jami uzunligi 170 ming km ga yaqin. Koʻp daryolari Kora va Azov dengizlariga quyiladi. Eng katta daryosi — Dnepr. Yirik daryolari — Dnestr, Janub Bug , Severskiy Donets, Prut, qisman Dunay. Ularning ko’pi qishda muzlaydi. Yirik daryolarida geslar kurilgan. 7 mingdan ortiq koʻl bor. Yiriklari: Yalpug , Katlabux, Sassiq, Shagani, Alibey, Sinevir va boshqa Suv omborlari: Kremenchug (2250 km²), Kaxovka (2155 km²), Kiyev (922 km²), Dneprodzerjinsk (567 km²) va boshqa Tuproqlari xilma xil. Mamlakat Shimol Qismida chimlipodzol tuproklarning turli tiplari uchraydi, oʻtloqibotqoq va torfli botqoq tuproqlar ham tarqalgan. Oʻrmonli dasht zonasida sur tusli oʻrmon tuproklari, podzollashgan va haqiqiy qora tuproklar, dasht zonasida oddiy va janub Qora tuproq, dengiz sohilida toʻq kashtan tuproklar koʻproq. Ukraina Karpat togʻlarida ajriqli podzol tuproqlardan tortib qora qayin oʻrmon mintaqasi, togʻ oʻtloqlari va togʻ torfzorlarida podzollashgan qoʻngʻir tuproqlargacha uchraydi. Shimoldagi aralash oʻrmon zonasida qaragʻay, emanqaragay, oʻrmonli dasht zonasida grabeman, eman, zarangjoʻka oʻrmonlar oʻrmonsiz yaydoq maydonlar bilan almashinib turadi. Umuman Ukraina oʻrmon fondining umumiy maydoni 9990 ming ga. Kora dengiz boʻyi subtropik oʻsimliklar bilan qoplangan. Oʻrmonlarda ayiq, los, bugʻu, toʻngʻiz, oʻrmonli dasht zonasida bugʻu, boʻri, suvsar, olmaxon va boshqa, qushlardan chil, xakka, zargʻaldoq, dasht zonasida yumronqoziq, qoʻshoyoq, sichqon, toʻrgʻay, bedana va h.k. Yashaydi. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Tabiiy oʻsimliklar va hayvonot dunyosi 20 ta qoʻriqxonada saqlab qolingan. Yiriklari: Ukraina dasht, Kora dengiz biosfera, Polesye, Yalta togʻoʻrmon, Karpat biosfera, askaniyanova, Lugansk qoʻriqxonalari. Belarusning yer yuzasi tekislik boʻlib, shimoli-gʻarbida botqoq bosgan pastliklar va koʻllar juda koʻp. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharq tomon Belarus Qirlari choʻzilgan, eng baland qismi (Minsk qirlari) dengiz sathidan 345 m baland (Dzerjinskiy togʻi). Belarus qirlaridan janubi-sharqda qator tekisliklar, shimoli- gʻarbda morena tepaliklari chuzilgan. Belarusning janubiy qismini botqoqlashgan keng pasttekislik — mutlaq balandligi 100 – 150 m boʻlgan Belarus Polesyesi 9 egallaydi; botqoqlik, oʻtloqlar orasida balandligi 5 – 8 m li qum tepalari koʻp. Qumlik joylar qaragʻayzor bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan kaliyli tuz konlari bor (Starobin va Petrikov konlari), janub va janubi-sharqda tosh tuz, Pripyat botigʻida neft, koʻmir bor. Torf, qum, gil konlari mavjud Aholisining 65% moldavanlar; ukrainlar, ruslar, ruminlar, gagauz va bolgarlar ham bor. Davlat tili — moldavan tili. Koʻpchilik aholi (95%) xristian dinining pravoslaviye oqimiga mansub. Shahar aholisi 47%. Yirik shaharlari: Kishinyov, Tiraspol, Bels, Tiginya. 10 I.2 Ukraina, Belorusiya, Moldava davlatlari tabiiy sharoiti va resurlari. Ukrainada 4000 turga yaqin gul va paporotniksimon o’simliklar o‘sadi. Mamlakat hududining 15% ga yaqinini o‘rmonlar tashkil etadi. 0‘rmonlarda qarag‘ay, eman, qora qayin, archa, terak, jo‘ka, olxa, oq qayin, grab (qayinsimonlar), oq qarag‘ay, qayrag‘och o‘sadi. Ukrainada sutemizuvchilarning 100 ga yaqin, qushlaming 360, baliqlaming 200 ga yaqin turi uchraydi. 0‘rmonlarda los, kosulya, to‘ng‘iz, olmaxon, qunduz, silovsin, o‘rmon suvsari, Yevropa ohusi, ayiq, yowoyi mushuk, Qrim ohusi, tulki, bo‘rsiq, qizilishton, qorayaloq, qur, qarqur, ko‘k turna uchraydi. Katta qo‘shoyoq, ko‘rsichqon, yumron- qoziq, dasht burguti, bezgaldoq, to‘rg‘ay, dasht qora iloni, sariq ilon, kaltakesaklar dasht faunasini tashkil etadi. Daryo bo‘ylarida ondatra, daryo toshbaqasi, suv- ilon, qurbaqa, yovvoyi o‘rdak, qarqara uchraydi. Belarus aralash oʻrmonlar mintaqasida joylashgan boʻlib, maydonining 30   % dan koʻprogʻi oʻrmon bilan qoplangan. Igna bargli va keng bargli oʻrmonlar, oʻtloqlari va botqoq oʻsimliklari koʻp. Qaragʻayzorlar, qayinzorlar va qayragʻochzorlar, dub, grab, zarang kabi keng bargli daraxtzorlar katta maydonni egallaydi. Tulki, olmaxon, quyon, suvsar, oqsichqon koʻp; bugʻu, qoʻngʻir ayiq, silovsin, los, elik,   toʻngʻiz , yumronqoziq, boʻri uchrab turadi. Daryo va koʻllarida leshch, tovonbaliq, choʻrtan, laqqa, ilonbaliqlar, ondatra bor. Suvda suzuvchi qushlar tarqalgan. Belarus hududida Pripyat va Berezina qoʻriqxonalari, Belaya Veja pushchasi bor. Moldova Sharqiy Yevropa tekisligining janub-gʻarbiy qismida joylashgan. Yer yuzasi oʻrqirli tekislik, dare vodiylari va jarliklar bor. Markaziy qismida Kodru qirlari joylashgan. Eng baland joyi 429,5 Moldova Dnestrning oʻng sohilini Dnestr boʻyi qirlari (balandligi 250–300 m, eng baland joyi 347 m) egallagan. Shimol Moldaviya tekisligi (250–300 m), Janub Moldaviya tekisligi bor. Ohaktosh, gips, shisha qumi, shagʻal, shuningdek, neft va gaz konlari topilgan. Iqlimi — moʻtadil kontinental. Qishi qisqa, iliq, qor kam yogʻadi, yozi uzoq va iliq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi — Shimolda 19,5° va janubda 22°; eng yuqori temperatura 41°; yanvarning oʻrtacha temperaturasi Shimolda — 5° va janubda — 11 3°; eng past temperatura —36°. Yiliga Shimolda 560 mm, janubgʻarbda 370 mm, qirlarda 500–560 mm, tekisliklarda 400–450 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Qora dengizga quyiladi. Eng katta daryolari — Dnestr (irmoklari — Reut, Bik, Botna), Prut (irmoklari — Chugur, Kamenka, Larga, Lapushna, Sarata). Tuproqlari — asosan, qoratuproq (75%), qoʻngʻir va kulrang oʻrmon tuprogʻi (10%); dare qayirlarida — allyuvialoʻtloqi tuproqlar. Hududining aksariyati dasht va oʻrmon dasht mintaqasida joylashgan boʻlib, koʻp qismi haydalib, ekin ekiladi. Mamlakat maydonining 9% ni egallagan oʻrmonlarda dub, shumtol, grab, qora qayin, joʻka oʻsadi. Chalov, betaga kabi dasht oʻsimliklari kamayib ketgan. Hayvonlardan oʻrmonda yelik, toʻngʻiz, boʻri, tulki, boʻrsiq, olmaxon, oqsichqon yashaydi. Qushlarning 260 ga yaqin turi (soʻfitoʻrgʻay, mayna, qorashaqshaq, qarchigʻay, boyqush, bedana va boshqalar) uchraydi. "Kodru", "Gredina Turchaske", "Yagorlik", "Playul Faguluy", "Prudil de Jos" kabi qoʻriqxonalar tashkil etilgan. 12 I.3 Ukraina, Belorusiya, Moldava davlatlari aholisi va mehnat resurlari. Ukraina. Aholisi 51,2 mln (1990-yil ), 50,5 mln (1998-yil), 47,8 mln (2003- yil)kishi bo’lib, aholisining soni boyicha MDH da 2-o’rinda turadi. Aholi zichligiga ko’ra 3- o’rinda (Moldaviya va Armanistondan keyin). Aholi o’rtasidagi tug’ilish koeffisienti 8 ‰, o’lim 15‰. 1 ayolga 1,1 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 18%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 14 %. O’rtacha umr 62-74 yosh. YAMD 4270$ (2001-yil). Aholisining 68 %i shaharlarda yashaydi. Millioner shaharlari 5 ta: Kiev (2,5 mln.), Xarkov, Dnepropetrovsk, Odessa, Donesk.Aholisining 75 %ini ukrainlar tashkil etadi, qolganini ruslar (20 %), moldavanlar, beloruslar, polyaklar tashkil etadi.Ukraina aholisining milliy tarkibiga Ukrainaning Rossiya bilan 3,5 asr birga bo’lganligi (1654 yildan) ta’sir etgan. Belorusiya. Aholisi 10100000 (1986 - yil), 10236000 kishi (1997 - yil), 9,9 mln (2003 - yil), 9,7 mln. (2006 yil) bo’lib, asosiy Sharqiy slovyan xalqlaridir. Tug’ilish koeffisenti 9% 0, o’lim 14% 0 . 1 ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi.15 yoshgacha bo’lganlar 18 %, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 14 %.O’rtacha umr 63-75 yosh. YAMD 7630 dollor. Aholisining 81 %ini beloruslar tashkil etadi. Beloruslardan tashqari ruslar, yahudiylar, ukrainlar va polyaklar yashaydi. Aholisining zichligi ancha katta 1km 2 ga 47 kishi (2006yil).Yirik shaharlari: Minsk (1680000), Gomel (504000), Mogilev, Vitebsk, Gradno (1996yil).Urbanizasiya darajasi 62%.Mehnat resurslari bilan yaxshi ta’minlashgan, lekin mustaqillik yillari mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklar sababli “oqillar migrasiyasi” kuzatilinmoqda. Moldova. Aholisi 4200 000 (1986 y), 4,3 mln (2003 y) kishi. Tug’ilish koeffisienti 9 ‰, o’lim 9‰. 1 ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 22%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 10 % . O’rtacha umr 65-72 yosh. YAMD 2300$ (2001 y). Aholisining asoisy qismini moldavianlar tashkil etadi, ulardan tashqari ruslar, ukrainlar va yaxudiylar yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga – 124,6 kishi bo’lib, MDH bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Urbanizasiya darajasi 45 % ga etadi, aholisining asosiy qismi qishloqlarda yashashiga asosiy 13 sabab qadimdan dehqonchilikni rivojlanganligidir. Millioner shaharlari yo’q, eng yirik shahari – Kishnyov (663 ming). Ukrainada qadimdan qand-shakar, ko’mir va metallurgiya sanoati rivojlangan.XGMTda Ukraina hududida 3 ta iqtisodiy rayon tarkib topgan: 1.Donesk-Dnepr boyi-bu rayonda ko’mir, metallurgiya, kimyo va mashinasozlik eng ko’p rivojlangan.Bu rayon asosan Donbass hisobiga rivojlangan. Yirik metallurgiya markazlari: Makaevka, Donbass, Azov boyida joylashgan.Asosiy mahsulotlar: prokat, ekskavatorlar, ko’mir qaziydigan kombaynlar va shaxta uskunalari, teplovozlar, avtomobillar (Kremenchug-“Kraz”, Zaparoje “Zaparojes”), vagonlar, domna va po’lat eritadigan pechlar va uskunalar.Kimyo sanoatida-soda, H 2 SO 4 va o’g’it ishlab chiqariladi. Ayollar mehnatidan to’g’ri foydalanish maqsadida og’ir sanoat markazlarida to’qimachilik rivojlangan.Qishloq xo’jaligida don, kungaboqar, qand lavlagi va kanop etishtiriladi. 2.Janubi-G’arbiy rayon-agrar-industrial, mashinasozlik, tog’-kon, neft-kimyo va asosiy qishloq xo’jaligi rayonidadir.Bu rayon asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan.Asosiy ekinlar:qand-lavlagi, bahori bug’doy.Shakar-qand ishlab chiqarish MDH ahamiyatiga ega.Mashinasozlik sanoati asosan shakar-qand sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shuningdek, Lvovda LAZ ishlab chiqariladi. 3.Janubiy rayonda mashinasozlik, agror-industrial va baliqni qayta ishlash sanoatlari, kemasozlik, qishloq xo’jaligi mashinasozligi va kurort xo’jaligi rivojlangan.Janubiy rayonda kinoapparaturalar (Xersones), traktor pluglari, uzum etishtirish, konservalar ishlab chiqariladi. Belarus milliy daromadining 20 % ga yaqini qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri keladi. Keyingi yillarda isloh qilingan kz va szlar oʻrnida yangi ishlab chiqarish tuzilmalari: uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari, shirkatlar, agroktlar va boshqalar paydo boʻldi. Ular donli ekiplardan javdar va arpa, shuningdek bugʻdoy, suli, grechixa, makkajoʻxori, tariq, lavlagi yetishtiradi. Mamlakat kartoshka bilan oʻzini taʼminlaydi va bir qismini chetga sotadi. Don va dukkakli don ekinlari yalpi 14 hosilining qariyb 70 %, kartoshkaning 40 % chorva mollarga beriladi. Katta shaharlar atrofida bogdorchilik va dehqonchilik yoʻlga qoʻyilgan. Asosiy ekinlari: karam, bodring, pomidor, turp, piyoz, sarimsoq, piyoz, salat, sabzi va h.k. Meva va rezavorlardan olma, nok, olxoʻri, olcha, gilos, qoragʻat, malina, qulupnay koʻproq yetishtiriladi. Chorvachilikning asosiy tarmogʻi — qoramolchilik va choʻchqachilik. Parrandachilik yuqori darajada markazlashtirilgan. Ayrim yirik xoʻjaliklar qoʻychilikka ixtisoslashgan. Yilqi koʻpaytiradigan ot zavodlari bor. Hayvonotchilik ham birmuncha rivoj topgan. 10 ixtisoslashgan hayvonot xoʻjaligi va firmasi norka (qorakuzan), yaltiroq qora tulki, shimol tulkisi, nutriya boqadi. Asalarichilik — respublika qishloq xoʻjaligi uchun anʼanaviy tarmoqdir II. BOB Ukraina, Belorusiya, Moldava davlatlari xo’jaligiga qiyosiy tavsif. 2.1 Ukraina davlatining rivojlangan sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jaligining rivojlangan tarmoqlari. Transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari. Ukraina — industrialagrar mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoat 30%, qishloq xoʻjaligi 14%, xizmat koʻrsatish sohasi 56% ni tashkil etadi. Ogir industriyada ishlab chiqarish sanoatining ulushi juda katta. Jumladan, konchilik sanoati, qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, ogʻir mashinasozlik, neft kimyosi va koks kimyosi sanoati, shuningdek, harbiy sanoat majmuasi rivojlangan. Oʻrmon, yogʻochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik salmoqli oʻrni tutadi. Ilmfan yutuqlariga asoslangan sanoat tarmoqlari, ayniqsa, raketasozlikning ulushi ortib bormoqda. Jumladan, U.ning "Zenit" eltuvchi raketasi yordamida xalqaro "Dengiz starti" loyihasining amalga oshirilishi taʼminlanmoqda. Yirik issiqlik va atom elektr st-yalari, shuningdek, Dnepr daryosidagi GES kaskadi (yiriklari Dnepr, Kremenchug , Kaxovka GESlari) energetikaning asosini tashkil etadi. 1986 yil Chernobil AESda falokat yuz berishi oqibatida 3000 MVt quvvatli 3 ta energetika bloki 2000 yildagi xalqaro kelishuvga binoan yopib qoʻyilishi natijasida U.da elektr energiya hosil qilish birmuncha kamayib, 2003 yilda 179,5 mlrd. kVtsoatga tushib qoldi. Ukraina iqtisodiyotida konchilik sanoati muhim oʻringa ega: toshkoʻmir (Donetsk va LvovVolin havzalari), qoʻngʻir koʻmir (Dnepr havzasi), gaz va neft 15 (Karpatoldi, Qora dengiz shelfi), temir rudasi (Krivoy Rog va Kerch havzalari), marganets rudasi (Nikopol yaqini), kaliy (Karpatoldi), toshtuz (Donetsk havzasi) va boshqa foydali qazilmalar qazib olinadi. Mahalliy temir va marganets ruda konlari asosida ishlovchi qora metallurgiya korxonalari choʻyan, poʻlat, prokat, polimetall konlariga asoslangan rangli metallurgiya korxonalari simob, alyuminiy, titan, sirkoniy, nikel, mashinasozlik va metallsozlikning yirik korxonasi boʻlmish Novokramatorsk mashinasozlik zavodi domna va marten pechlari uchun uskunalar, shaxtalar uchun mashinalar, yuk koʻtarish mexanizmlari, temirchilik press uskunalari, ekskavatorlar ishlab chiqaradi. Radioelektronika sanoati, shu jumladan, televizor va EHMlar ishlab chiqarish rivojlangan. U.da teplovoz (Lugansk), vagon (Dneprodzerjinsk, Kremenchug , Kadiyevka), avtobus va avtoyuklagich (Lvov), yengil avtomobil (Zaporojye), yuk avtomobillari (Kremenchug) zavodlari, kemasozlik (Nikolayev), Xerson, Kiyev samolyotsozlik, stanoksozlik, asbobsozlik, energetika va elektr texnika sanoati korxonalari bor. Kime va neft kimyosi sanoati korxonalari lok, boʻyoq, sintetik smola, plastmassa, sunʼiy va sintetik tola, kimyoviy reaktorlar, fotoreaktivlar, qishloq xoʻjaligi va roʻzgʻorda ishlatiladigan turli mahsulotlar ishlab chiqaradi. Oziq-ovqat sanoatida qandshakar, spirt, yogʻ, goʻsht, un, meva sabzavot konservalari ishlab chikaruvchi koʻpgina korxonalar mavjud. Qrim, Odessa, Xerson kabi janub viloyatlarda va Zakarpatyeda vinochilik, dengiz boʻyi shaharlarida baliq sanoati rivoj topgan. Yengil sanoat toʻqimachilik (ip gazlama, movut, shoyi va zigʻir tolali gazlama ishlab chiqarish), tikuvchilik, koʻnpoyabzal, chinni zavod va fabrikalarini oʻz ichiga oladi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, don, texnika ekinlari va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan. U.ning qishloq xoʻjaligiga yaroqli yer fondi 40,2 mln. gektarni tashkil qiladi. Dehqonchilikda donli ekinlardan kuzgi bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi, arpa, tariq, grechixa va boshqa yetishtiriladi. Bogʻdorchilik, polizchilik va tokchilik rivojlangan. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungabokar, uzun tolali zigʻir, qoʻnoq, tamaki ekiladi. Kartoshka yetishtiriladi. Oʻrmondasht va dasht zonalarida dorivor va efirmoyli oʻsimliklar ekiladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Bu tarmoq, asosan dasht zonasida, 16 Karpat togʻlari va Polesyeda rivojlangan. Asalarichilik, pillachilik, darrandachilik bilan ham shugʻullaniladi. Qora va Azov dengizida balik, ovlanadi. Transportning hamma turlari rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi 22,6 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 172,3 ming kMoldova Asosiy dengiz portlari: Odessa, Ilichyovsk, Xerson, Izmail, Mariupol, Kerch. Dnepr, Desna, Pripyat, Dnestr, Dunay daryolarida kema qatnaydi. Ilichyovsk — Varna (Bolgariya) yoʻnalishida dengiz paromi mavjud. Neft va gaz kuvurlari qurilgan. Kiyev yaqinidagi Borispol shahrida xalqaro aeroport bor. Turizm rivojlangan. U chetga mashinauskuna, kora va rangli metallar, temir va marganets rudalari, oziq-ovqat (shu jumladan, qandshakar), yengil sanoat mahsulotlari chiqaradi. Chetdan energiya manbalari, asbobuskuna, isteʼmol mollari oladi. Rossiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Turkmaniston, Avstriya, Polsha, Belorussiya, Vengriya, Turkiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston bilan savdo qiladi. Pul birligi — grivna. Iqlimiy sharoitlari bu rayonda kuzgi bug’doy, arpa, kungaboqar, hatto sholi etishtirish imkonini beradi. Qoradengiz sohillarida ayniqsa Qrimda turizm rivojlangan: Yalta, Alushta, Gurzuf, Misxar, Sudak, Evkatariya, Odessa. Ukrainada gidroenergiya resurslari faqat Dnepr daryosida mavjud, ya’ni GES lar asosan shu daryoda qurilgan. Elektr energiyasining asosiy qismini IES lar beradi. IES lar asosan ko’mirga, qisman torfga (shimolda) ishlaydi. Ukrainada 5 ta AES lar qurilgan (170 mlrd kVt/s-2006y). Tashqi savdosi: Ukraina yiliga 135 mln tonna ko’mir qazib oladi va uning asosiy qismini horijiy Yevropa davlatlariga eksport qiladi. Yiliga 100 mln t. temir rudasi qazib oladi (dunyoda 5- o’rinda) va uning taxminan 5 % ini eksport qiladi. Po’lat eksporti boyicha dunyoda 5-o’rinda (yiliga 53 mln t.-1990yil, 37 mln t. -2006 yil). Po’latni Horijiy Yevropaga eksport qiladi. Ukraina tashqi savdosining asosiy qismini MDH va Horijiy Yevropa davlatlariga to’g’ri keladi. Asosiy eksporti: ko’mir, qora metall, shakar qand, g’alla, mashina va jihozlar (Kraz, Zaparojes, LAZ, Xerson), kimyo mahsulotlari, kino va fotoapparaturalar 17 (Kiev, Xarkov).Asosiy importi: o’rmon mahsulotlari, mashinalar, qog’ozlar, baliq, gazmollar (lama), neft, gaz, paxta. Ukraina hududidan “Soyuz” gaz quvuri “Do’stlik” neft quvuri, “Mir” energetika sistemasi, “Bratstva” gaz quvurlari Horijiy Evropaga o’tgan. Temir yo’l va dengiz transporti yaxshi rivojlangan. Pul birligi – grivna. O’zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasida eksportning 7,2 % i, importning 11,6 % i Ukraina hissasiga to’g’ri keladi. 18 19 2.2 Belorusiya davlatining rivojlangan sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari. Belorusiya asosan pastekislikdan tashkil topgan bo’lib, janubida katta maydonni Polese tekisligi egallagan.Tog’lar umuman yo’q.Faqat Minsk qirlari bo’lib, ularning mutloq balandligi 345 MoldovaMamlakat xududining 1/3 qismini o’rmonlar tashkil etadi.2-jahon urushi Belorusiya o’rmonlariga katta zarar etkazgan.O’rmonlar mamlakatning markaziy va janubiy qismlarida ko’proq.Belorusiyada yirik o’rmon massivlari pushcha deyiladi. Belorusiya asosan binokorlik materiallari (ohaktosh, mergel, kaolin, kvars qumlari) va o’rmonga boy, torfga ham boy. Boshqa yonuvchi foydali qazilmalar va metallarga juda kambag’al. Shuning uchun Belorussiya sanoati butunlay chet el xom-ashyosi va yoqilg’isiga muxtoj. Belarus koʻp tarmoqdi qishloq xoʻjaligi rivojlangan industrial davlat. Mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati ravnaq topgan. Qishloq xoʻjhaligida kartoshka va zigir tolasi yetishtirish, sutgoʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan. Belorusiya XGMT da mashinasozlik, kimyo, yog’ochsozlik, engil va oziq ovqat sanoatlari, zig’ir tola, kartoshka yetishtirish, sut chorvachiligi va cho’chqachilik bilan ajralib turadi. Mamlakat tekislikda joylashganligi sababli GES lar yo’q, AES lar ham qurilmagan. Elektr-energiyasini asosan torfga ishlaydigan IESlar va chetdan keltiriladigan ko’mirga asoslangan IES lar beradi. Shuningdek, tabiiy gazga asoslangan. Lekin elektr-energiyasi bilan o’zini o’zi ta’minlay olmaydi.Rossiyadan oladi. Ko’mirning tannarxi qimmatligi, torf arzonligi tufayli torfga e’tibor oshmoqda. Sanoatida elektr energetika, yoqilgʻi, metallurgiya, mashinasozlik va metallga ishlov berish, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz, binokorlik materiallari, shisha va chinnifayans, yengil, oziq-ovqat, unyorma va omixta yem, tibbiyot sanoati, mikrobiologiya va matbaachilik eng yirik tarmoqlardir. Sanoat mahsulotining 2Gʻ3 qismi yirik shaharlarda, shu jumladan 25 % Minskda ishlab chiqariladi. Foydali qazilma konlari kam boʻlgani holda sanoat 20 majmuida ishlab chiqarish sanoati ustun. Bu tarmoq, yuk avtomobillari, avtobuslar, mototsikl, velosipedlar, traktorlar, qishloq xoʻjaligi, qurilish, melioratsiya va yoʻl mashinxchari, motorlar, stanoklar, avtomat liniyalar, robotlar, temirchilikpress, burgʻulash, geolrazvedka, savdo uskunalari, quyuvchilik, yengil, oziq-ovqat tarmoqlari uchun texnologiya uskunalari, podshipniklar, EHMlar, televizorlar, radioprismniklar, magnitofonlar, sovitish va muzlatish uskunalari, foto va kinoapparatlar, dozimetrlar, soatlar ishlab chiqaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoati maʼdanli oʻgʻitlar, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va smolalar, shinalar, rezinatexnika buyumlark, polimer va lok boʻyoq, roʻzgʻor buyumlari va shahrik.larni ishlab chiqaradi. Belarusda qishloq xoʻjaligiga yaroqli salkam 9,3 mln.ga, shu jumladan 6,2 mln.ga haydaladigan yerdan foydalaniladi. Yerlarning tekisligi, tuproqning oʻrtacha unumliligi, issiq va namning yetarliligi, mshnat resurelarining mavjudligi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun qulay sharoitdir. Yengil sanoatda toʻqimachilik (zigʻir tolasi, jun, shoyi, ip gazlamalar), trikotaj, kiyim-kechak, poyabzal, charm va moʻyna buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan[10]. Oziq- ovqat sanoati goʻsht, yogʻmoy va sut mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yogmoy, baliq, qandshakar, unyorma, novvoylik, makaron, mevasabzavot konservalari, pivo ishlab chiqarish sohasida katta quvvatga ega korxonalar mavjud. Yoqilgʻi sanoati neft, yoʻlakay gaz, torf qazib chiqarish va qayta ishlashni oʻz ichiga oladi. Yoqilgʻienergetika resurslari Belarusga neft va gaz quvurlari orqali Rossiyadan, elektr energiya qisman Litva va Rossiyadan yuboriladi. Novolukoml va Bsryozada yirik elektr stansiyalar, 20 dan koʻproq kuchli issiqlik elektr stansiyalar ishlab turibdi[11]. Oʻrmon, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz tarmogʻi yalpi sanoat mahsulotining 5 % ga yaqinini beradi. Bular taxta, mebel, qipiqtolali plita, faner, parket, gugurt, sport anjomlari, qogʻoz, karton, oʻrmon kimyosi mahsulotlaridir. Binokorlik materiallari sanoati (sanoat mahsuloti yalpi hajmining 4 %) sement, qurilishbop ohak, devorbop, qoplama va bezash materiallari, yigʻma temirbeton konstruksiyalari va detallari, tomga yopish va gidroizolyatsiya uchun rulon materiallar, gʻovakli toʻldirgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Qora 21 metallurgiya (sanoat mahsuloti umumiy hajmining 1 %) metall parchalaridan poʻlat, qora metallar prokati, choʻyandan vodoprovod quvurlari, shinalar uchun metall kord, metall kukunidan turli buyumlar va blarni tayyorlashga moslangan. 1991 yildan sanoat taraqqiyotida pasayish boshlaidi, 1994 — 97 yillarda chuqur iqtisodiy tanazzul holatnga tushib qoddi. Barcha tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaydi. Sanoat uchun zarur yoqilgʻi. Xom ashyo va materiallarning salkam 70 % MDH mamlakatlaridan olinadi, mahsulotning 40 % dan koʻprogʻi ularning bozorlarida sotiladi. Belorusiyada metall yo’q. U metalni Rossiyadan , ko’mirni Ukrainadan oladi. Mashinasozlik sanoati traktorlar (Belorus, kranlar), ko’p tonnali og’darma mashinalar (Samosval), MM 133 metal qirquvchi stanoklar, qishloq xo’jalik mashinalari, asbobsozlik, radioapparaturalar, elektrotexnika va chorva fermalari uchun turli jixozlar ishlab chiqarish rivojlangan Kimyo sanoatida kaliy tuzlari (Soligorsk shahri mamlakatda ishlab chiqariladigan kaliy o’g’itining 40% ini beradi), kimyoviy tolalar, plastmassa, avtomashinalar ishlab chiqariladi. Neft- kimyo sanoati tarmoqlari “Do’stlik” atrofida joylashgan. Yog’ochsozlik sanoati gugurt va faner ishlab chiqaradi. Mebel ishlab chiqarish juda tez o’smoqda. Yog’ochsozlikning asosiy markazlari: Bobruysk va Mogilyov. Go’sht-sut sanoati hamma joyda bor. Qishloq xo’jaligida chorvachilik etakchi. Qishloq xo’jaligi erlarining 75 % i chorvachilik uchun xizmat qiladi. Sersut sigir va zotdor cho’chqalar boqiladi. Dehqonchiligida asosan tolasi uchun zig’ir va kartoshka yetishtiriladi. Dolgunes zig’iri asosan mamlakat shimolida, kartoshka esa hamma joyda ekiladi. Lekin kartoshka hosildorligi kamroq. Polese botqoqliklarini quritish hisobiga pichanzor, ekinzor va yaylovlar salmog’i oshib bormoqda. Transporti. Yuk va yo’lovchi tashishda temir yo’l transporti etakchi. Rossiyani (Moskvani) Polsha, Germaniya, Fransiya bilan bog’lovchi yo’llar Belorusiya orqali o’tadi. Avtoyo’llar Belorusiyani har tomondan kesib o’tadi. 22 Kema qatnovi Dnepr va uning irmog’i Pripyatda, G’arbiy Dvina, Neman va Bug daryolarida rivojlangan. Bu daryolarning yuqori oqimi bir-biriga yaqinligi sababli ular bir-birlari bilan kanallar orqali tutashtirilgan. Yevropa transport tizimining tarkibiy qismi. Temir yoʻllar (uzunligi 5,58 ming km), avtomobil yoʻllar (uzunligi 51,5 ming km), havo, suv transporti (uzunligi 2 ming km), quvur ishlab chiqarish turlari rivoj topgan. Yuk tashishning 72 %, yoʻlovchi tashishning 55 % temir yoʻlga toʻgʻri keladi. Magistral neft quvurlari — 2861 km, gaz quvurlari — 5534 km (1996). Minsk shahrida 1984- yilda metropoliten ishga tushirilgan. Belorusiya tashqi savdo oborotida rossiya etakchi bo’lib,undan tashqari Ukraina va Polsha turadi. Belorusiya chetga asosan traktorlar, avtomobillar, stanoklar, polimer materiallar, o’g’itlar, zig’ir gazlamalari, gugurt, faner, motosikllar, velosipedlar, oyna, gilam, zig’ir,o’rmon mahsulotlari, yog’och-taxta, go’sht, sut, yog’ eksport qiladi. Asosiy importi: ko’mir, g’alla, tuz, metallar, neft, gaz, paxta tolasi. 23 24 2.3 Moldava davlatining rivojlangan sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari. Ixtisoslashgan tarmoqlari uzumchilik va bog’dorchilik bo’lib, uzum, meva, tamaki etishtirganligi va atirgul moyi tayyorlash ajralib turadi. Bog’dorchilikdagi asosiy rayon Moldaviyaning markaziy qismi, ya’ni Kodra pasttekisligidir. Kodra bog’larida: olma, nok, behi, gilos, o’rik, yong’oq kabi mevalar yetishtiriladi. Donli ekinlardan kuzgi bug’doy, makkajo’xori, arpa; texnik ekinlardan: kungaboqa, qand lavlagi, tamaki, efir moyli ekinlar ko’p yetishtiriladi. Efir moyi parfimeriya va ponditer sanoatida ishlatiladi. Vinochilik, meva, konserva, sabzavot-konserva, tamaki va qand shakar sanoat korxonalari Moldaviyaning barcha sanoat mahsulotining yarmidan ko’prog’ini beradi. Qishloq xo’jaligi vqa oziq-ovqat sanoatiga yordamchi ishlab chiqarish korxonalari: bog’-poliz mini traktorlari va moslamalari, vino va konserva sanoati uchun asbob-uskunalar, shisha idishlar va binokorlik materiallari ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda. Sanoatida asosan elektrotexnika, asbobsozlik, kun poyabzal, sement sanoatlari rivojlanmoqda. Xo’jalikka Dnestr daryosidagi Dubossari GES i va Moldaviya GRESi energiya beradi. Bu GRES Ukraina tabiiy gaziga asoslangan. Elektr energiyasini chetdan keltiradi. Asosiy transporti temir yo’llar bo’lib, asosiy yuklar tashiladi. Avtotransport esa qishloq xo’jaligi bilan sanoat orasidagi yuklarni tashiydi. Asosiy eksporti: bog’ traktorlari, konservalar (meva-sabzavot), vino, shakar-qand, uzum, efir moyi. Importi: avtomobillar, traktorlar, kombaynlar (g’alla, makkajo’xori, silos va lavlagi yig’uvchi), neft mahsulotlari, o’g’itlar, yog’och-taxta, yonuvchi gaz, yomg’irlatib sug’oruvchi apparatlar, elektr energiyasi. Tashqi savdo aloqasidaPolsha, Estoniya, Ukraina,Rossiya muhim o’rin tutadi. Pul birligi – ley. 25 O’zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasida eksportining 0,1 % i, importining 0,3 % i Moldaviya hissasiga to’g’ri keladi. Oziq-ovqat sanoatida mevasabzavot konservalari tayyorlash, vinochilik, qand- shakar, yogʻmoy ishlab chiqarish asosiy tarmoqlardir. Ogʻir sanoat maj-muasida mashinasozlik, elektron, kimyo, metallurgiya sanoati yetakchi oʻrinda. Yengil sanoat (tikuvchilik, toʻqimachilik va boshqalar) tarmoqlari x.am mavjud. Konserva sanoatida 20 dan ortiq korxona bor, ular meva va sabzavotdan 100 xildan koʻproq konserva tayyorlaydi. Qand-shakar sanoati mamlakatning Shimolda joylashgan. Tamaki-fermentatsiya, parfyumeriya, farmatsevtika va qandolatchilik, shuningdek, goʻsht, moy-pishloq, un-yorma sanoati tarmoqlari ham rivojlangan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari avtomatlashtirish vositalari, temirchilik-press mashinalari, oziq-ovqat sanoati uchun texnologiya uskunalari, elektr yuk ortkichlar, traktor, qishloq xoʻjaligi mashina-mexanizmlari, nasoslar, oʻzgaruvchan tok elektr dvigatellari, sovitkichlar, kir yuvish mashinalari, past voltli elektr apparatlari, kabel ishlab chiqaradi. Sunʼiy teri, rezinatexnika buyumlari, lok- boʻyoq, kimyo, biokimyo, binokorlik ashyolari, oʻrmon va yogochsozlik, poligrafiya korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 15,7mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Qishloq xoʻjal igida tokchilik va bogʻdorchilik yetakchi oʻrinda. Uzumning xoʻraki va vinobop turlari yetishtiriladi. Moldova janub va Shimolda .kungaboqar ekiladi. Tamaki esa Shimol va markaziy tumanlarda oʻstiriladi. Gʻallachilikning makkajoʻxori hamda bugʻdoy yetishtirish tarmoqlari rivojlangan. Sabzavot va rezavor meva yetishtirish ham muhim ahamiyatga ega. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, xoʻjalikda bozor iqtisodiyoti shakllarini joriy etishga kirishildi, jumladan, davlat korxonalari xususiylashtirila boshladi, xususiy, qoʻshma korxonalar barpo etildi. Qishloq xoʻjaligida dehqon (fermer) xoʻjaliklari tuzish uchun yerlarni xususiy mulk qilib berishga kirishildi. Trans porti. Transport yoʻli uzunligi —1,1 ming km, avtomobil yoʻllari — 10,2 ming kMoldova Dnestrda kema qatnaydi. Kishinyovda xalqaro aeroport bor. 26 Sogʻliqni saqlash. 2001 yil Moldovada 12,8 ming vrach, 545 tibbiyot muassasasi, 25 mingoʻrinli kasalxonalar ishladi. Chemal togʻ iqlimiy kurorti, bolalar sanatoriylari bor. 27 Xulosa Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki ushbu uch davlat bir – biriga geografik jihatdan, nafaqat geogafik balki iqtisodiy, siyosiy, demografik jihatdan qardosh davlatlar bo’lib, sharqiy Yevropaning asosiy qismini tashkil etadi. Kurs ishi orqali bu davlatlarning naqadar ahamiyatga kasb etgan geohududda joylashganligiga amin bo’ldik. Bu davlatlar nafaqa MDH davlatlari orasida balki Yevropa va Osiyo davlatlari o’rasidagi iqtisodiy aloqlarlarni ham rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlar asosida ham shuni yana bir bor qayta ta’kidlab o’tamizki bu Ukraina, Belorusiya va Moldova davlatlari MDH davlatlari ichida ham yetakchi o’rinlarda turadi. Yer xaritasiga nazar tashlar ekanmiz bu davlatlar kelajakda ham geografik jihatdan turli iqtisodiy – geografik yo’llarni bog’lab turadi. 28 Ukraina, Belorusiya va Moldova davlarlari yerosti va tabiiy boyliklarga boy davlat hisoblanadi. Masalan, Moldovada qurilishi xomashyolariga boy bo’lsa, Ukraina metallurgiya, neft va gaz, nodir metallar, metalmass moddalar, daraxt va yog’och mahsulotlariga juda boy davlat hisoblanadi. Ukraina MDH davlati orasida ham tabiiy boyliklari jihatdan Rossiyadan keying 2 – o’rinda turadi. Belorusiya davlati metallurgiya va metallarni qayta ishlash neft va neft kimyosi, mashinasozlik, yengil sanoat va oziq ovqat sanoati jihatdan bir qator Yevropa davlatlari orasida yetakchi o’rinni egallaydi. Asosiy iqtisodiy aloqalar Rossiya va Boltiq bo’yi davlatlari (Litva, Latviya va Estoniya) bilan amalga oshiriladi. Davlatlar qishloq xo’jaligi Yevropa davlatlariga nisbatan ancha barqarordir. Bunga sababa unumdor yer va mo’tadil iqlim mintaqasi hisoblanadi. Bu mamlakatlar Yevropaga sabzavotlarni yetkazib berishda salmoqli o’rinlarni egallaydilar. 29 Foydalanilgan adabiyotlar : 1. Атлас “Экономическая и сосиалная география мира” М. 2006 “Драфа” 2. Атлас “Экономическая и сосиалная география мира” М. 2005 “Аст- Пресс школа” 3. “Атлас мира” Страны мира в картах и сифрах. М. “Аст-Пресс” 2000 г. 4. В.В.Волский ва б. Эконимическая география капиталистических и развиваюшихся стран. 2-чиқар. М. МГУ. 1986-й. 5. “География: страны и народы” Россия. г. Смоленск: “Русич” 2000 г. 6. www.geografiya.uz 7. www.arxiv.uz 8. www.vikipediya.uz 9. https://ru.wikipedia.org/wiki/ География _ Белоруссии 10. http://www.belarus.by/ru/about-belarus/key-facts 30