logo

Tojikiston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari

Yuklangan vaqt:

13.05.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

375.0888671875 KB
MAVZU: TOJIKISTON RESPUBLIKASINING GEOGRAFIK O`RNI, TABIIY SHAROITI VA TABIIY RESURSLARI Kirish I BOB. TOJIKISTON RESPUBLIKASI HAQIDA UMUMIY GEOGRAFIK MA’LUMOT. I.1. Tojikiston Respublikasining geografik o`rni, chegaralari. I.2. Tabiiy sharoiti. I.3. Tabiiy resurslari va ulardan xo`jalikda foydalanish masalalari. II. BOB. TOJIKISTON RESPUBLIKASINING GEOGRAFIK KO’RSATKICHLARI. II.1.Tojikistonning aholisi va mehnat resurslari II.2.Xalq xo`jalik tarmoqlari geografiyasi III.3.Transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Rasmiy nomi — Tojikiston Respublikasi. Poytaxti — Dushanbe. Hududi — 143100 km3. Aholisi – 7,9 mln kishidan ortiq (2012yil). Davlat tili tojik. Dini — islom. Pul birligi — somoniy. Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Osiyoda joylashgan davlat. Janubda Afg’oniston (chegaraning uzunligi — 1206 km), shimol va g’arbda 0’zbekiston (1161 km), shimolda Qirg’iziston (870 km), sharqda Xitoy (414 km) bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi — 3651 km. Toji¬kiston hududining 90% dan oshig’ini tog’lar tashkil qilib, mamlakat hududining yarmidan oshig’i dengiz sathidan 3000 m balandlikda joylashgan. Tojikistonning shimoli g’arbiy va markaziy qismlarida Zarafshon, Turkiston, Hisor, Oltoy tog1 tizmalari, janubi sharqida Pomir tog` tizmasi joylashgan. Eng baland cho’qqisi 7498 m. Tog’ tizmalari bir-biridan vodiylar bilan ajralgan. Yirik vodiylari — Hisor va Vaxsh. Asosiy daryolari — Sirdaryo, Amudaryo. Yirik ko’li — Qorako’l. Asosiy tabiiy boyliklari: neft, gaz, ko’mir, uran, gidroresurslarga boy. Iqlimi — kontinental . O’simlik dunyosi boy. Yaylov va tog’oldi o’simliklari, archa, yong’oq, olcha, jiyda ko’plab o’sadi. Shoqol, jayra, quyon, xongul, to’ng’iz, yovvoyi mushuk, qor barsi, arxar, yovvoyi parrandalar, kaltakesak, ilonlar (kapcha, gyurza, efa) faunasining asosini tashkil etadi. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat tarkibiga Sug’d va Xatlon viloyatlari hamda Tog’li Badaxshon viloyati kiradi. 1991-yil 9-sentyabrda Tojikiston mustaqilligi e’lon qilinib, ushbu kun milliy bayram — Mustaqillik kuni deb qabul qilingan. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (Oliy Kengashning raisi) va Bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasiga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Oliy Kengash. Eng yirik siyosiy partiyalari: Erkin mehnat partiyasi, Tojikiston xalq partiyasi, Kommunistik partiya. I Bob. Tojikiston Respublikasi haqida umumiy geografik ma’lumot. I.1. Tojikiston Respublikasining geografik o`rni, chegaralari. Hududi 143 ming kv.km Aholisi 7 million kishi Poytaxti Dushanbe shahri. Hududi, chegaralari, iqtisodiy geografik o`rni. U hududining kattaligi jihatidan Markaziy Osiyo davlatlari ichida oxirgi o`rinda turadi Uning hududi g`arbdan sharqqa 715 va shimoldan janubga 509 km masofaga cho`zilgan. Biroq Tojikistonning shimoliy qismi uning janubidan uzilib qolgan. Oradagi osmono`par tog`lar tabiiy to`siq tarzida qad ko`targan. Shuning uchun “Shimoliy Tojikiston” va “Janubiy Tojikiston” degan ob`yektiv asosga tayangan geografik tushunchalar mavjud. “Shimoliy Tojikiston” Farg`ona vodiysining bir qismini, “Janubiy Tojikiston” esa Hisor, Vaxsh, Yovon va boshqa o`nlab vodiyo`larni o`z ichiga oladi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Tojikiston — agrar-industrial davlat. Fuqarolar urushi natijasida Tojikiston iqtisodi chuqur inqirozni boshidan kechirmoqda. Hukumat bozor munosabatlariga o’tishni qoilayapti. Lekin mamlakat iqtisodida davlat ulushi hanuzgacha asosiydir. Kimyo, yengil sanoat, rangli metallurgiya, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoatlari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i paxtachilikdir (paxta tolasi asosiy eksport mahsulotidir). Paxtachilikdan tashqari ipakchilik, bog’dorchilik, sabzavotlar va uzum yetishtirish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Asosiy savdo sheriklari: Rossiya, O’zbekiston, Qirg’iziston, Turkmaniston. Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 480 km, avtomobil yo’llari — 29900 km. Hozirgi Tojikiston hududi m. a. VI asrda Ahamoniylar davlati tarkibiga, m. a. IV asrda esa makedoniyalik Iskandar imperiyasi tarkibiga kirgan. M. a. III asrdan Grek-Baqtriya, keyinroq Kushon davlatiga qaram bo’lgan. VIII asrda hozirgi Tojikiston hududiga arablar bostirib kiradi. IX-X asrlarda bu hududlar Samoni ylar davlati, XII asrda Xorazmshohlar davlati, XIII asrda Mo’g’ullar davl ti, XIV asrning ikkinchi yarmida Temur va temuriylar davlatiga qaram bo’lg n. XVI asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha Buxoro xonligi (amirligi) tarkibig kirgan. 1868-yili Rossiya imperiyasi hozirgi Tojikiston hududlarini bosib ladi. 1917-yilgi davlat to’ntarishidan so’ng Tojikiston hududida sovet hokimiya ti o’matiladi. 1924-yildan Tojikiston ASSR O’zbekiston SSR tarkibiga kiradi. 192 -yildan Tojikiston SSR maqomini oladi. 1991-yili mustaq Tojikiston g`arbdan O`zbekiston, shimoldan Qirg`iziston, janub va sharqiy tomonlardan Afg`oniston va Xitoy davlatlari bilan chegaralanadi. Respublikaning hududi baland, past, yassi tog`lar, qir-adirlar, daryo vodiyo`lari, soy bo`yo`lari, tekislik va past tekisliklardan iborat. “Dunyo osmoni” deb nomlangan, serqirra baland cho`qqilarga boy bo`lgan Pomir tog`i va uning O`rta Osiyoning boshqa davlatlari bilan tutashib ketgan Hisor, Zarafshon, Oloy tog` tizmalari ham shu zamindadir. Mamlakatning iqtisodiy geografik o`rni xalq xo`jaligini rivojlantirishga ta`sir ko`rsatib turadi. Birinchidan uning birmuncha rivojlangan O`zbekiston va Tojikiston davlatlari bilan katta masofada chegaralanganligi tashqi iqtisodiy aloqasida muhim o`rin tutadi. Bu narsa ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorlikda olib borayotgan hozirgi igtisodiy siyosatiga mos tushadi. Ikkinchidan, Tojikistonnnng nisbatan janubda joylashganligi, iqlimiy resurslarning agrosanoat majmuini rivojlantirishga ijobiy ta`sir ko`rsatib turishi, kon-qazib olish sanoatini rivojlantirih uchun tabiy-resurs omili sifatida ko`pgina rangli metall ruda konlariga ega ekanligi. Shimoliy va Janubiy Tojikistonning baland tog`lar bilan bir-biridan uzilib qolganligi mamlakatning temir yo`l va avtomobil yo`lidagi ichki aloqalarini o`zga davlatlar orqali amalga oshirishni taqozo qilgan. Masalan, mamlakatning poytaxti Dushanbedan Shimoliy eng yirik shahar Xo`jandgacha bo`lgan masofa 320 km ga teng bo`lgani holda, bu masofadan uch marta ko`p bosib o`zga davlat (O`zbekiston orqali Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng ko`pligi va boshqa ichki Tojikiston Respublikasi Davlat Gerbi omillar uning iqtisodiyotiga ijobiy ta`sir ko`rsatib turadi. O`z navbatida Tojikiston IGO`ning salbiy tomonlari ham mavjud. Hududining materikning ancha ichkarisida-baland tog`lik zonada joylashganligi uchun u sayyoramizdagi rivojlangan mamlakatlardan uzilib qolgan. Shuningdek, mamlakat hududining ko`p qismini tog`lar egallaganligi uchun u sharqiy, janubi-sharqiy qismida joylashgan davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishda tabiiy ravishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Hattoki Respublika hududining o`zi ham baland tog`lar bilan o`nlarcha marta bo`linib qolganligi davlatnint umumiy taraqqiyotida tabiiy to`siqdir. Tojikiston Pomir tog`i va uning baland tizmalari orqali Xitoy va Afg`oniston davlatlari bilan chegaralanadi.Hattoki Pokiston va Hindiston davlatlari ham Tojikistonga yaqin qo`shnidir. Biroq baland tog`lar esa ushbu davlatlar bilan bevosita iqtisodiy aloqa qilishga afsuski tabiiy to`siqdir. Tojikiston davlati qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun qulay geografik xususiyat va imkoniyatlarga ega. Uning geografik o`rni, MODning nisbatan janubiy qismida joylashganligi, serquyoshligi, yogin-sochinning esa birmuncha ko`p tushishi, unumdor tuprog`i, mamlakat qishloq xo`jaligini kompleks rivojlantirishiga xizmat qiladi. Mamlakat yer usti tuzilishining murakkab ko`rinishi ayrim tur dehqonchilik tarmoqlarini tabaqalab joylashtirish va cheklab rivojlantirishni taqozo qilgan. Jumladan uning tekislik qismlari va daryo vodiyo`larida bir dalada dehqonchilikning ayrim turlaridan yiliga 2 marta hosil olishni ta`minlesa, uning tog`li zonalarida esa vegetatsiya muddati qisqa bo`lgan ekinlarnigina bir marta ekib olish mumkin. Mamlakatning qulay iqlimiy sharoiti dehqonchilikni rivojlantirishda kuchli tabiiy-resurs omildir. Bu yerda bulutsiz kunlarning ko`pligi, havo harorati ijobiy ko`rsatkichiniig yuqoriligi 5 darajadan yuqori havo haroratning umumiy yig`indisi Shaartuzda 5885, Dushanbeda 5238, Ko`lobda 5812 darajadan yuqori havo harorati yig`indisi mazkur shaharlarda 5489:4835 :5418 darajega teng, vegetatsiya muddatining uzoqligi (mazkur shaharlarda 249 : 236 : 248 kunga teng Tojikistonda issiqsevar dehqonchilik tarmoqlarini keng rivojlaitirishni ta`minlangan. Paxta (va shu jumladan qimmatbaho ingichka tolali paxta, sholi, bug`doy, subtropik va sitrus mevalari yetishtirish iqlimiy sharoitning qulayligidir. Respublikaning keng tarqalgan bo`z va allyuvial tuprolari serunum va donador bo`lib ancha madaniylashgandir. Tuproq tarkibi, undagi chirindi miqdori balandlik mintaqasi bo`ylab o`zgaradi va bu narsa ham dehqonchilikning tarmoq tuzilishi hamda hosildorligiga ta`sir ko`rsatib turadi. Masalan, dengiz sathidan 1000 metr va undan baland zonalarda to`q tusli bo`z tuproq keng tarqalgan. Ularning unumdorligi mamlakatning vodiylari hamda tekislik qismida uchraydigan tipik bo`z tuproqdan 1,5-2 marta past. Tojikistonda gishloq xo`jaligining taraqqiyotida kuchli ta`sir ko`rsatuvchi yana bir tabiiy resurs omil—suvdir. Janubda joylashgan Tojikiston mamlakati qishloq xo`jaligidan faqat sug`orish ishlarini yaxshi yo`lga qoygani uchun mo`l- ko`l hosil olib kelmoqda. Tog`li mamlakat bo`lgan Tojikistonda sug`orib amalga oshiriladigan dehqonchilk uning bir-biridan tabiiy to`siq-tog` bilan ajralib qolgan 5 ta Farg`ona, Zarafshon, Hisor, Vaxsh, Qizilsuv-Yaxsuv vodiysida olib boriladi. Har bir vodiyda ham daryo suvlaridan foydalanishning o`ziga xos zamonaviy usullari qo`llaniladi. Masalan, Farg`ona vodiysida Sirdaryodagi MOD giganti—Qayroqqum suv omboridan o`nlarcha gidrotexnika inshootlari: magistral kanallar, nasos stansiyalari, suv taqsimlovchi tugunlar, xo`jaliklararo va tarmoqlararo kanallar qazilgan. Sug`orishning bir-butun gidrotexnika kompleksi mamlakatning boshqa vodiylarida ham vujudga keltirilgan. 1990-1999 yillardagi mamlakat ichkarisidagi yuz bergan galtis vaziyat taxt uchun kurash qishloq xo`jalik ishlab chiqarishiga katta zarar yetkazdi. Ayniqsa, 1990-1995 yillarda asosiy qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish keskin kamaydi. M., paxta yetishtirish 842 ming tonnadan 529 ming tonnaga, bug`doy yetishtirish 303 ming tonnadan 212 ming tonnaga tushib qoldi. Respublika chorvachiligi ham yayo`lovzorlar xarakteri va hosildorligi, chorva mollarini boqish imkoniyatlariga ko`ra o`z tarmoq tuzilishiga ega. Uning yetakchi sohalari: qoramolchilik, va echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, ipak qurti boqish. Hisori qo`ychilik va echkichilikniig rivojlanishi uchun tog yaylovzorlari muhim tabiiy omildir. Yaylovzorlarni sug`orish, hosildorligini oshirlsh, undan tabaqalab foydalanishni yo`lga qo`yish mamlakat chorvachiligida maxsuldorlikni oshirishga xizmat qiladi. 1990-1999 yillardagi mamlakat ichkarisida yuz bergan nosog`lom siyosiy vaziyat asosiy tur chorva mollari tuyoq sonining kamayishiga va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajminning pasayib ketishiga olib keldi. Chorvachilikda asosiy tur mahsulot ishlab chiqarishning kamayishi ayniqsa 1990-1995 yillarda yuz berdi. M., qayd qilingan yillari go`sht ishlab chiqarish 185 ming t.dan 112 mtshg t.ga, sut ishlab chiqarish 575 ming t-dan 467 ming tonnaga, tuxum yetishtirish 592 mln donadon 79 mln donaga tushib qoldi. Natijada aholining chorvachilik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini qondirish masalasi mamlakat oziq-ovqat dasturida keskin muammoga aylanib qoldi. Soni, zichligi, uni takror ishlab chiqarish, milliy tarkibi, joyo`lashishi. Aholining soni jihatidan mamlakat Markaziy Osiyoda O`zbekiston va Tojikistondan keyin uchinchi o`rinda, aholining tabiiy o`sishi jihatidan ham Turkmaniston va O`zbekistondan keyin uchinchi o`rinda turadi. Respublika aholisiga xos xususiyatlar: ko`p bolalik, kindik qoni to`kilgan joyni muqaddas bilish, joydan-joyga ko`chib yurishga odatlanmaslik, mehmondo`stlik, mehnatsevarlik, qishloqsevarlik. Aholidagi bu xususiyatlar bo`yicha tojik xalqi boshqa turkiy xalqlardan ajralmasdir. Aslida esa tojiklar turkiy xalqlar emas, balki forsiy tilda gaplashuvchi xalqlardandir. O` z asnosida tojik xalqining etnik kelib chiqshi ham turkiy xalqlar bilan ancha yaqindir, bir xilqdir. Yaqin o`tmishda Markaziy Osiyoda aholining tabiy o`sishi bo`yicha Tojikiston birinchi o`rinda turar edi. Biroq, so`nggi 1990-1999 yillarda mamlakat ichkarisida yuz bergan nosog`lom vaziyat aholi tabiiy o`sishiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Aholining yillik o`rtacha o`sishi 1990-1995 yillarda Turkmanistonda 4,1 ga O`zbekistonda 2,1 foizni tashkil qilgani holatda, bu ko`rsatkich Tojikistonda 1,9 foizga teng bo`ldi. Aniq ma`lumotlarga qaraganda 1990-1995 yillarda Tojikiston aholisiga atigi 525 ming kishiga ko`paygan. Holbuki, shu davrda Turkmaniston aholisi 821 ming va O`zbekistonniki 2240 ming kishiga ko`paygan. Mamlakat aholisi uning regionlari aro juda notekis joylashgan. Aholining aksariyat qismi daryo vodiylari va soy bo`ylarida istiqomat qilishadi. Aholi zichligi ham regionlar bo`yicha keskin farq qiladi va so`nggi yillarda 4 marta ko`paydi. M., 1939 yilda har bir kv. km.ga 10,3 kishi to`g`ri kelgan bo`lsa, u 1959 yilda 13,8, 1970 yilda-20,3, 1979 yilda- 27, 1989 yilda-33, va 1995 yilda 40,2 kishini tashkil qildi. Aholi zichligi uning geografik o`rni orografik xususiyatlariga ko`ra shimoliy va janubiy Tojikistonda, Ko`xiston va Hisor, Vaxsh vodiylarida, sug`orib ziroatchilik qilinadigan zonalarda bir-biriga qarama-qarshi qutblar darajasida farq qiladi. Masalan, vodiylarda aholi zichligi 400-450 kishiga to`gri kelgani holda buning aksi o`laroq tog`li Badaxshon Pomirda aholi zichligi 1-2 kishiga teng. Tojik xalqi qishloqsevar xalq. Bu yerda aholining aksariyat qismi qadimdan qishloqlarda ishab kelgan. Tojikistonda 1979-89 yillarda shahar aholisi 2 foizga kamaygan bo`lsa, u 1990-1995 yillarda birmuncha ko`paydi, ya`ni 1995 yilga kelib umumiy aholining 38,8 foizini tashkil etdi. Biroq MDHga a`zo bo`lgan davlatlarda esa umumiy aholining 60 foizidan ortigi shaharlarda yashamoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa barcha davlatlarida ham shahar aholisining mihdori Tojikistonnikidan ancha baland. Masalan, Qirg`izistonda aholining 38, O`zbekistonda-40, Turkmanistonda-45, Qozog`istonda-57 foizi shaharlarda yashaydi. Aholining tabiiy o`sishi yuqoriligi uchun mamlakat mehnat resurslariga boy. Respublika aholisining ko`pchiligini mehnatga qobiliyatli yoshar tashkil qiladi. Biroq mamlakatda mehnat resursidan foydalanish yaxshi yo`lga qo`yilgan emas. Ayniqsa, uning tog`li zonasidagi yuzlab aholi manzilgohlarida foydali mehnatga tortilmagan bir necha yuz ming ishsiz bor. Ularning ko`pchiligi ayollar va mehnatga layoqatli yoshlardir. Tojikistonda shahar va qishloq aholisining nisbati kam, urbanizatsiya darajasining pastligi ko`rsatib turibdi. Mamlakatda shaharlar soni nisbatan kam va borlari ham uncha katta emas. Mamlakatning yirik shaharlari Dushanbe, Xo`jand, Tursunzoda, Qo`rg`ontepa shaharlaridir. Tojikiston ko`p millatli davlat. Uning bosim xalqi tojik va o`zbeklar. Tojiklar umumiy aholining 60 foizdan ortig`ini, o`zbeklar esa 27,3 foizini tashkil qiladi. Bu yerda yana son jihatdan eng ko`p ishaydigan millat vakillari rus, tatar, mordva, ukrain, osetin va boshgalardir. Aholi nihoyat darajada notekis joylashgan. Aholining aksariyat qismi past tekisliklar, daryo vodiylari va soy bo`ylarida joylashgan. Chunki dehqonchilik asosan uning dengiz sathidan uncha baland bo`lmagan hududlarida amalga oshiriladi. Aholining notekis joyo`lashishiga ta`sir ko`rsatuvchi omil uning orografik xususiyatlaridir. Birinchidan, tog`li zonada dehqonchilik qilish doirasi chegaralangan. Bu zonada madaniylashgan tuproq yerlarning kamligi, salqin iqlimiy sharoit dehqonchilik qilishga qiyinchiliklar tug`diradi. Ikkinchidan bu zonada shunday aholi manzilgohlari borki, ular bir-birlari bilan tabiiy to`siq tarzida baland tog`lar bilan ajralib turadi. Tog` va baland tog` tabiati zonasida xo`jalik yuritish murakkab ko`chadi va o`z navbatida aholi manzilgohlarining ham mamlakatning madaniy markazlari bilan aloqa qilishi tabiiy ravishda chegaralangan. Uning tarmoq va hududiy tuzilishi, Tojikiston agrar mamlakat. Uning igtisodiyoti yaqin o`tmish 1917-1991 yillarda bir tomonlama rivojlandi. Tojikiston sobiq SSSR uchun janubdagi yirik xomashyo rayoni edi. U qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtiradi va uni sanoatda qayta ishlash uchun markazga jo`natardi; u tog`-kon qazib olish sanoatini rivojlantirgan edi va qazib olingan rudani qayta lshlash uchun markaziy rayonlarga jo`natardi. Oqibatda Tojikiston mahalliy sanoatni rivojlantirishni ichki ehtiyojiga yarasha olib borolmasdi. I.2. Tabiiy sharoiti. Mamlakat 1991 yilda o`z mustaqilligini qo`lga kiritishi bilan iqtisodiyotining asosini tashkil qilgan sanoat va qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini ichki ehtiyojlari asosida rivojlantirishga kirishdi. Agrosanoat majmui. Tojikiston xalq xo`jaligida qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi yetakchilik qiladi. Bu borada sug`orqiladigan dehqonchilik, tog-yaylov chorvachiligi, meva va uzumchilik qadim-qadimdan rivojlantirilgan. Hozirgi vaqtda mamlakat qishloq xo`jaligi turli-tuman qishloq xo`jalik texnikasi bilan yaxshi ta`minlangan jamoa va davlat xo`jaliklari, chorvachilik komplekslari, fermer xo`jaliklariga ega. Mamlakatda yetishtirqiladigan paxta, don, ho`l meva, uzum, sut, go`sht, yog`, pilla va boshqa mahsulotlarning aksariyat qismi zikr qilingan qishloq xo`jalik korxonalarida yetishtirqiladi. Qishloq xo`jaligining yetakchi sohasi paxtachilikdir. Mamlakat paxtachiligi har jihatdan rivojlangan. Bu yerda oq paxta va ipak paxta navlari ekiladi. Oq paxta Shimolly Tojikistonning Farg`ona vodiysida, ipak paxta Janubiy ToJikistonning Hisor va Vaxsh vodiylarida yetishtiriladi. Paxta hosildorligi Markaziy Osiyo davlatlari ichida yuqoridir. Mamlakatda yiliga 900-1000 ming tonna paxta hosili yetishtiriladi. Tojikiston agrosanoat majmuida chorvachilik ham muhim o`rin tutadi. Bu yerda yaylov chorvachiligining o`ziga xos tomonlari bor. Masalan, baland tog`li tabiatga har qanday qo`y zotlari yoki qoramollar moslashavermaydi. Bunday tog`li zona hisori qo`yo`lar, angor zotli echkilar boqish uchun qulaydir. Shuning uchun murakkab relef formalaridan kelib chiqib, Tojikistonning tog`li zonasida hisori qo`ychilik yaxshi rivojlantirilgan. Bu qo`ylarning gavdasi yirik, dumbasi katta bo`ladi. Hisori qo`yo`larni qo`lda dumbasini ko`tarolmay qolguncha boqish mumkin. Bunday holatlarda qo`yning dumbasini suyab turish uchun tirgagich o`rnatqiladi. Qo`lda boqilgan hisori qo`ylarning 20-30 kg chiqadigan dumbasi va 60-70 kilo atrorida go`shti bo`ladi, angor zotli echkilar tog`da toshdan-toshga, daradan-daraga sakrab o`tishga moslashgan. Uning mayin tolali tibeti junidan sifatli junli mato to`qiladi. Mustaqillik yo`lidan katta qiyinchiliklarni yengib dadil borayotgan Tojikiston davlati qishloq xo`jaligining yetakchi tarmoqlari bazasida mamlakat agrosanoat majmuini rivojlantirmoqda. Mamlakatning xomashyo rayonlarida paxtachilik majmuiga xizmat qiladigan yangi-yangi zamonaviy sanoat korxonalari zavod, fabrika, kombinatlar qurilmoqda va o`zida yetishtiladigan qishloq xo`jalik mahsulotlarini takror -takror qayta ishlashga o`tmoqda. Bunday ish tutish birinchidan, mamlakatni yaqin o`tmishda bo`lganidek xomashyo rayonidan bevosita iste`mol uchun tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan rayonga aylantiradi, ikkinchidan esa mamlakat aholisining sanoat usulida qayta ishlangan qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Tojikiston xalq xo`jaligida sanoatning salmoqli ulushi bor. U asosan tog`- kon sanoati bazasida hamda gishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlashga tayanib rivojlantirilgan. Uning yetakchi tarmoqlari: energetika sanoati, rengli metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatidir. I.3. Tabiiy resurslari va ulardan xo`jalikda foydalanish masalalari. Sanoat geografiyasi. Rivojlanishning tabiiy resurs omili, muhim tarmoqlararo komplekslari. Tojikiston sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun tabiiy resurslarga boy region. Ayniqsa u energetika va mineral resurslarga boy. Suv resursini olaylik. U suv resursining ko`pligi jihatidan Markaziy Osiyoda birinchi o`rinda turadi. Mamlakat daryolarining energetika quvvati 32,6 mln.kvt bo`lib, u Markaziy Osiyodagi bosha barcha davlatlar daryolari energetika quvvatining yarmiga teng. Tojikiston daryolari sho`x, tezoqar va qisqa masorada katta tezlikda oqib o`tishi natijasida ko`p energiya berish imkoniyatiga ega. Yirik daryolarning tor va muzliklardan to`yingani uchun suv rejimi birmuncha mo`tadil bo`lib, bu narsa gidravlik elektrostansiyalarning bir me`yorda ishlashini ta`minlaydi. Tojikiston iqtisodiyotida elektro energetika sanoati muhim o`rin tutadi. Unda GESlarning hissasi katta. Birgina Vaxsh daryosida ikki millioner, Norak quvvati 2,7 mln. kvt va Rogun quvvati 3,6 mln kvt GESlari qurilgan. Natijada mamlakatning janubiy qismida Janubiy Tojikiston hududiy ishlab-chiqarish kompleksi ishga tushgan. U bir tomondan mamlakatda elektroenergiyani ko`p talab qiladigan sanoat tarmoqlarini va jumladan rangli metallurgiya va kimyo sanoatini rivojlantirishni ta`minlangan, ikkinchidan esa MODda yagona energosistemani barpo qilishga zamin hozirlanmoqda. Mamlakatda yiliga 14-15 mlrd kvt soat elektro energiya ishlab chiqarilmoqda. Bu Qirg`izistonnikidan 2,5, Turkmanistonnikidan 4-5 mlrd kvt soat ko`pdir. Mamlakat sanoatini rivojlantirishga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi yana bir muhim tabiiy resurs omili - foydali gazilma birinchi navbatda mineral resurslardir. Uning hududi ayniqsa rengli metall xomashyolariga juda boy. Bu yerda rux, qo`rgoshin, mis, surma, qalayi, volfram, kobalt, oltin, kumushning katta konlari topilgan. Mazkur konlar bazasida Tojikiston rangli metallurgiya sanoati tarkib topgan. Baland tog`li Ko`histonda topilgan surma konlari bazasida yirik tog` metallurgiya surma kombinati ishga tushgan. Xomashyo rayonlarida bir necha ruda saralash fabrikalari, zavodlar va kombinatlar ishlab turibdi. Tojikiston o`z rangli metallurgiya sanoatining mahsulotlarini Markaziy Osiyoning barcha davlatlariga va xorijga eksport qiladi. Jumladan u xorijiy mamlakatlarga ko`p miqdorda alyumin, rux, surma, qo`rg`oshin, volfram va bosqa nodir metallar eksport qiladi. Mamlakat sanoat tarmoqlari orasida mashinasozlikning alohida ahamiyati bor. U avvalo mamlakat agrosanoat majmuiga xizmat qiladi. Mashinasozlikning gigantlari: “Traktorodetal”, “Tojikto`qmash”, “Torgbitmash”, “Tojik- kabel” va boshqalar qishloq xo`jalik korxonalari, hamda aholining turmush ehtiyojlari uchun mashina, asbob-uskunalar, to`quv dastgohlari, uy-ro`zg`or buyumlari ishlab chiqaradi. Shu narsani alohida ta`kidlash joizki, so`nggi 1990-1999 yillarda bu yerda yuz bergan nosog`lom vaziyat (taxt uchuv kurash maqsadida uzoq davom etgan qon to`kishlar mamlakat itisodiyotiga, uning o`sish darajasiga kuchli salbiy ta`sir yetkazdi. Oqibatda sanoatning muhim ko`rsatkichlari bo`yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamayib ketdi. Tojikistonda yengil va oziq-ovqat sanoati keng rivojlangan. Uning sanoat korxonalari mamlakat viloyatlari bo`ylab tarqalgan. Ip-gazlama, ipak-gazlama ishlab chiqarish, gilam to`qish, poyafzal tikish, vino, vino mahsulotlari, meva konservalar, mayiz, paxta va o`simlik zig`ir, kunjut yog`i tayyorlash, un, konditer, sut va go`sht mahsulotlari yetishtirish mazkur sanoat tarmoqlarining ixtisoslashgan sohalaridir. Biroq sanoatning bir tarmoqlarida ham ilpi maxsulot hajmi keskin kamaydi. Jumladan, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990-1995 yillarda 22,7 mln milliy valyutadan 14,6 mln milliy valyutaga,oziq-ovqat sanoatniki esa 8,6 dan 5,8 mln milliy valyutaga tushib qoldi. Ayniqsa to`qimachilik va tikuvchilik sanoati, go`sht va sut mahsulotlari ishlab chiqiarish orqaga ketdi. Tojikiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritishi bilan dunyoning ko`pgina davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o`rnatdi va ular bilan keng doirada savdo- soti aloqalarini amalga oshirmoda. Ayniqsa, u Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, AQSh davlatlari bilan har tomonlama aloqalar olib bormoqda. Tojikiston yuqorida zikr qilingan davlatlarga agrosanoat majmui mahsulotlari; paxta tolasi, paxta yog`i, to`qimachilik sanoati maxsulotlari, ipak, quritilgan va ho`l meva, meva konservalari, uzum va uzum mahsulotlari, vino va vino mahsulotlari, mayiz, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati mahsulotlari; to`qish stanoklari, transrormatorlar, sovutgichlar, yengil sanoat mahsulotlari; ko`zni qamashtiradigan noyob gilamlar, poloslar, beqesam atlaslar chiqaradi. II. BOB. TOJIKISTON RESPUBLIKASINING GEOGRAFIK KO’RSATKICHLARI. II.1.Tojikistonning aholisi va mehnat resurslari Tojikiston tashqaridan mashinasozlik sanoati mahsulotlari, yoqilg`i o`rmon sanoati mahsulotlari, don va boshqa tovarlarni xarid qiladi. Ichki rayonlari. Tojikiston davlatining hududi g`oyat murakkab orografik xususiyatiga ega. Uning baland tog`lar o`lkasi bo`lganligi iqtisodiy taraqqiyotiga o`z ta`sirini ko`rsatgan. Shu boisdan ham Tojikiston iqtisodiyoti bir-biridan farq qiladigan to`rtta regionda qaror topgan: 1 Shimoliy Tojikiston 2 Ko`histon Markaziy Tojikiston 3 Janubiy Tojikiston 4 Pomir. Shimoliy Tojikiston. Uning hududi kichik—13 ming kv km, aholisi 1mln. 750 ming kishidan ortiq. Tojikiston davlatining bu qismi Turkiston tog`laridan shimolda, Farg`ona, vodiysining janubiy-g`arbiy qismida joylashgan. U g`arbda Mirzacho`l bilan tutashgan. Ma`muriy jihatdan Xo`jand viloyati, xo`jaliklarini o`z ichiga oladi. Hududining katta qismi tekislikdan iborat. U faqat janubiy va shimoliy tomondan tog` yon bag`irlari va tog`larga borib taqaladi. Shimoliy Tojikistonning tabiati o`zgacha xususiyatiga ega. Rayonning yozi issiq iyul oyinikn o`rtacha havo harorati +28 darajaga teng qishi bir muncha salqin yanvarniki -2 darajaga teng. Tuprog`i bo`z, mineral moddalarga boy, serunum. Rayonda yana bir muhim tabiat manbasi uning sersuvligidir. Markaziy Osiyoning yirik daryosi—Sirdaryo va eng yirik suv ombori—Qayroqqum shu yerda. Regionning tabiatidagi bu imkoniyatlar qishloq xo`jaligini intensiv rivojlantirishga ta`sir ko`rsatgan. Shimoliy Tojikiston bugun Farg`ona vodiysiga xos seraholi. Aholi nihoyat darajada zich joylashgan. Aholining o`rtacha zichligi har kv. km ga 120 kishiga to`g`ri keladi. Bu ko`rsatkich Ko`histon yoki Pomirnikidan 100 baravar ko`p. Shimoliy Tojikiston neft, ko`mir, hamda polimetall rudalari qazib olish bo`yicha mamlakatning ichki rayonlari orasida birinchi o`rinda turadi. U mamlakatda yengil sanoat korxonalari mahsulotlari ayniqsa shoyi, atlas ishlab chiqarish bo`yicha yetakchilik qiladi. Tojikistonda yetishtiriladigan uzum va mevaning teng yarmi, ipakning 2/3 qismi mazkur rayonda lshlab chiqiladi. U Tojikistondagi ikkinchi paxtakor rayondir. Ko`histon. Hududi 30,4 ming kv. km. U geografik o`rni jihatidan Markaziy Tojikiston tog`larini ishg`ol qiladi. Ko`histon o`zi tojik tilida, tog`lar mamlakati demakdir. U shimoliy va janubiy Tojikistonning o`rtalig`idagi Oloy tog` sistemasiga mansub bo`lgan Turkiston, Zarafshon, Hisor tog`larining baland- baland tizma qator tog`larini o`z ichiga oladi. Ko`histon Markaziy Osiyodagi eng balandlikda joylashgan rayon. Uning eng past joylari dengiz yuzasidan 900 metr baland. Bu tog`li rayonda ko`pgina tog` tizmalarining balandligi 5000 metrdan ham baland. Rayonning relyefi alp tektonik davrining ihi. Uning hozirgi ko`rinishida muzlik, oqar suv va seysmik hodisallar natijasidir. Ko`histonning relefi tog`li, qoya toshli, dara va soylar, baland tog` tizmalari va ko`z ilg`amas chuqurliklardan iborat. Iqlimi yumshoq, 400 mm dan 1200 mm gacha yog`in-sochin tushadi. Havo harorati bir faslning o`zida turli ko`rsatkichli bo`ladi. Masalan, iyul oyida uning daryo vodiylarida havo harorati 30 darajaga borsa, baland tog`larda darajaga teng bo`ladi. Ko`histonda dehqonchilikka yaroqli yerlar nihoyat darajada chegaralalgan. Jami aholisi 100 ming kishidan ortiq, zichligi 3,2 kishi. Asosan tojiklar yashaydi. Uning yirik aholi manzilgo`lari Zarafshon vodiysida joylashgan. Ko`histonning aholisi tog`-kon sanoati, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanadi. Bu yerda surma, volfram, qo`rg`oshin konlari topilgan va ishga tushirilgan. Ko`mirning katta zahirasi topilgan. U Tojikistonning tog` kon sanoati rivojlanadigan isti qb olli rayoni hisoblanadi. Janubiy Tojikiston. U shimoldan Hisor, sharqdan Xazratishoh, g`arbdan Bobotog` tizmalari, janubdan esa Panj va Amudaryolar bilan tutashgan. Maydoni 36 ming kv km. aholisi 2,2 mln. kishi.  Janubiy Tojikistonning tabiati uning geografik o`rn i bilan bog`langan holatda rang- barangdir. U Hisor-Oloy va Hindi ku sh tog`lari o`rtasidagi qator tog`g`tizmalari va daryo vodiylaridan iborat. Iqlimi nisbatan iliq, shimoldan keladigan sovuq havo massalarini eng baland tog`lar to`sadi. Yog`in-sochin turlicha miqdorda: Turkiston tog`larida 400- 450 mm, Hisor va Darvoz tog`larida 400-700 mm atrofida tushadi. Rayon daryolarga va suv resursiga juda boy. Yirik daryolari: Panj, Kofirnihon va Baxshning energetik quvvati 17,2 mln kvt. Rayonning tog`-kon sanoatini rivojlantirish imkoniyatlari ham katta. Metallik ruda konlari, tabiiy gaz, dolomit, har xil qurilish materiallari, o sh tuzi ko`p. Janubiy Tojikistonda shifobaxsh issiq suvlar ko`p topilgan va aholi salomatlgi yo`lida keng foydalanilmo q da. Rayon shifobaxsh o`simliklarga ham boy. Pista va bodomzorlar, yong`oq, shipovnik va boyarishnik archazorlar doim yashil o`rmon o`tloqzorlar ko`zni qamashtiradi. II.2.Xalq xo`jalik tarmoqlari geografiyasi Uning agrosanoat majmuida paxtachilik (va ayniqsa ingichka tolali paxta yetishtirish, ipakchilik, mevachilik va uzumchillk, qo`ychilik va echklchlik yaxshi rivojlangan. Regionning tog`li tabiati ziroatchilik qilishni va chorva mollarni asrashni tabaqalashtirib tashkil qilishni taqozo etgan. Bu narsa ayniqsa chorva mollarini boqishga daxldor. M., regionning tekislik qismida qorako`l qo`ylari, tog`li zonada hisori qo`ylar, tog`li va baland tog`li zonada mayin tola tibit beradigan angor zotli echkilar boqiladi. Janubiy Tojikiston tog`-kon sanoati va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat tarmoqlari keng rivojlantirilgan. Shuningdek poytaxt Dushanbe va boshqa yirik shaharlarda mashinasozlik, to`qimachilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari bor. Pomir. U Tojikistonning janubiy-sharqiy qismida joylashgan. Hududi 63,7 ming kv km. Bu maydon Tojiklstonnikg teng yarmiga teng. Tojikistondagi osmon o`par tog`lar, tog` cho`qqilari, eng ko`p tog` muzliklari, eng yirik tog` sistemalari Pomir geografik rayonidadir. U Markaziy Osiyo davlatlari uchun sharq va janubiy- sharqdagi buyuk tabiiy chegara. Uning bir tomonda nam va quruq iqlimiy sharoitiga ega bo`lgan Old Osiyo, ikkinchi tomonidan esa Markaziy Osiyo sahrosi joylash gan. Region o`z tabiatining rang-barangligi va xo`jalik yuritishiga ko`ra G`arbiy, va Sharqiy Pomirga ajraladi. Garbiy Pomir qudratli tog`li o`lka bo`lib, u chuqur daralar, baland tog` tizmalaridan iborat. Bu o`lkada yashovchi yerli xalq dehqonchilik va qoramolchilik bilan mashg`ul. O`lkaning iqlimi keskin kontinental, havo harorati nisbatan juda past. Uning dengiz sathidan 1600-2200 m balandlikda bo`lgan vodiy qismi bilan 6000-7000 m balandlikdagi tog`li qismida havo haroratida keskin farq kechiriladi. Balandlik oshgan sari abadiy q or va muz qatlami ko`p uchraydi. G`arbiy Pomir tabiat resurslariga boy. Tog`li Badaxshon muxtor Respublikasi hududidagi abadiy qor va muzliklardan MODning 170 ta daryosi hosil bo`ladi. Ularning umumiy uzunligi 5 ming km. dan ortiq, energetik q uvvati esa 13 mln, kvt. Bittagina Sarez ko`lining o`zi yiliga 250 ming kvt. elektroenergiya berishi mumkin. Foydali qazilmalaridan oltin, ko`mir, slyuda, tog` xrustali ko`p uchraydi. Pomirning tabiati geograf va sayyox olimlar tomonidan chuqur o`rganilgan. Proressor X. Hesanovnihg yozishiga qaraganda, Pomirdagi Fedchenko nomi bilan yuritiladigan eng katta muzlik dastlab vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy tomonidan ilmiy tadq i q qilingan. O`tgan asrda Rossiyaning markaziy qismidan kelgan zoolog N. A. Seversov, geolog I. V. Mushketov, geograf V. F. Oshanin bu o`lkada kompleks tadqiqotlar qilishdi. V. F. Oshanin eng katta tog`-vodiy muzligiga Fedchenko nomini berdi. XX asrning boshi va 1930 yillarga kelib, Pomir O`rta Osiyo universitetining olimlari N. L. Korjenevskiy, P. L. Baranov va I. L. Raykovalar tomonidan chuqur tadqiq qilindi. N. L. Korjenevskiy Pomirda Petr I tizmasini ochdi, I. A. Raykova bosh q argan ekspeditsiya ishtirokchilari Pomir biologik stansiyasini va Xorog shahrida botanika bog`ini barpo qildilar. G`arbiy Pomirning qishloq xo`jaligi o`zgacha rivojlanish va yo`nalishda. Uning baland vodiylarida tezpishar vegetatsiya muddati qisqa bo`lgan bug`doy, arpa, mosh, kartoshka navlari ekiladi. Pomirda dehqonchilik qilinadigan zonaning balandlikdagi chegarasi 3500 metrgacha boradi. G`arbiy Pomirda bog`dorchilik: o`rik, olma, shaftoli, nok, gilos mevalari yetishtirish yo`lga qo`yilgan. Pomirliklar yaylov chorvachiligi bilan mashg`ul. Garbiy Pomirda hisori va darvoz zotli, sharqiy Pomirda qirg`iz zotli dumbali qo`ylar ko`p boqiladi. Sog`in sigirlar faqat tog` vodiylarida boqiladi. Sharqiy Pomir ham baland tog`lar o`lkasi. Uning baland tog`li vodiylarida yashovchi qirg`izlar asosan chorva mollari boqish bilan shug`ullanadi va chorvachilik bilan kun kechiradi. Uning tog` va yassi tog`lari o`rtacha 3500-4500 metr balandlikka ega. Iqlimi sovuq, quruq va keskin kontinental. Yoz qisqa va salqin, qish uzoq davom etadi va o`ta sovuq. Uning vodiylarida ham havo haroratiling yillik o`rtacha ko`rsatkichi 1,5-5,5 darajaga teng, yozda +11 daraja. Sharqiy Pomirning Tojikiston iqtisodiyotidagi hozirgi mavqei ko`zga chalinmas darajadadir. Unda asosan qirg`izlar yashaydi Region xalq xo`jaligida chorvachilik tuzuk rivojlangan xolos. Chorva mollaridan yak (qo`tos, arxar, dumbali qizg`iz qo`yi va echki ko`p boqiladi. Bu regionda ayniqsa Markaziy Osiyoning eng go`zal hayvoni arxar ko`p boqiladi. U yilqidan kichikroq shoxli hayvon. Yak ham region uchun tipik hayvon. U yirik bo`ladi. Baland tog` havosiga moslashgan bu hayvonning o`zi uzoq-uzoqlarda o`tlaydi, kechga yaqin esa bolasini emizish uchun o`zi keladi. Sharqiy Pomirda maxsus yakchilik davlat xo`jaligi bor. Yak go`sht, sut, jun, teri ishlab chiqarish uchun boqiladi. III.3.Transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari Mamlakatda barcha tur transport tarmoqlari: temir yo`l va avtomobil yo`li, quvur, suv va havo transporti mavjud.Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotida temir yo`l va avtomobil transportining ahamiyati belgilovchi rol o`ynaydl. Temir yo`l transporti Tojikistonning ichki rayonlararo Shimoliy va Janubiy Tojikiston o`rtasida hamda uning tashqi aloqasida muhim rol o`ynaydi. Mamlakat hududidan keng g`ildirakli temir yo`llarning uzunligi 255 km, uning rayonlararo o`tgan tor g`ildirak izli temir. yo`l uzunligi esa 470 km.ga teng. 1970 yillarda mamlakatnint janubiy-sharqiy qismida 265 km. masofadagi tor g`ildirakli Termiz-Qo`rg`ontepa Yovon hamda Vaxsh bilan Ko`lob vodiylarini birlashtiruvchi yangi temir yo`l o`tkazilgan. Tojikiston tog`li region bo`lgani hamda viloitlarining bir-birlaridan baland tog`lararo ajralib turgani uchun avtomobil transportining mamlakatda ahamiyati birlamchidir. Asosiy avtomobil yo`llari Dushanbe shahridan boshlanadi. Dastlabki 1925-1927 yillarda qurilgan: Dushanbe—Termiz, Dushanbe—Qo`rg`ontepa avtomagistrallari mamlakat poytaxtini O`zbekistonning janubiy port shaxarlari Termiz hamda Qo`rg`ontepa viloyatining markazi bilan bog`laydi. Bu yo`llar endilikda qayta qurilgan, kengaytirilgan, 1931-1932 yillarda Qirg`izistonning O`sh shahriga «Dunyo osmoni” deb nom olgan Pomir tog`ida joylashgan – Tog`li Badaxshon muxtor respublikasining markazi Xorogdan 732 km masorada avtomagistral qurilgan. 1940 yilda Dushaibe—Xorog (556 km yo`li ochilgan. Bu yo`llar, shuningdek Dushanbe O`ratepa-Xo`jand kabi avtomagistrallar mamlakat poytaxtini uning ichki iqtisodiy rayonlari va qo`shni davlatlar bilan bog`laydi. Havo transporti orqali mamlakat poytaxti uning barcha yirik shaharlari bilan bog`langan. Tojikiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgan dunyoning ko`pgina davlatlari bilan havo transporti orqali bevosita aloqa o`rnatgan. Mamlakatda suv transporti ham mavjud. U Panj va Amudaryo orqali Markaziy Osiyogning ayrim davlatlari, hamda Afg`oniston bilan iqtisodiy aloqa qiladi. Tojikiston qadimdan Turkiston o`lkasidagi eng jahongashta davlatlardan biri bo`lgan. U ayniqsa o`z mustaqilligini qo`lga kiritgandan keyin ko`pgina xorijiy mamlakatlar bilan qadimiy aloqalarini boshlab yubordi. Ayniqsa uning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar ko`p qirrali bo`lib, endilikda bu aloqalar yangicha yo`nalish, yangicha mazmun olmoqda. Bu aloqalar mazmunida MOD bir butunligi, mazkur davlatlarning hamda xalqlarning tarixan birligi, ravnaqi, hamdo`stligi, yaxlitligi gavdalanadi. Xulosa Tojikiston-O`zbekiston iqtisodiy, texnikaviy va madaniy aloqasi har jixatdan rivojlanib bormoqda. Markaziy Osiyo hududidagi bu ikki xalq bamisoli qo`lni- qo` lga berib yashamoqda, birga nafas olmoqda, xalq xo`jaligini, fani va madaniyatini hamkorlikda rivojlantirmoqda. Zamini bir-bir bilan tutash bo`lgan tojik va ozbek xalqi tabiat manbalari daryo suvi, qir-adir yaylovlari, yer osti boyliklaridan foydalanishda birga ish yuritishadi. Ular dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanishda bir-biriga ustozlik qilishadi, ish o`rgatishadi, tajriba almashishadi. Ikki qo`shni qishloq xo`jalik mashinalari ishlab chiqarishda, ularning mahsulotlaridan foydalanishda, elektroenergiya ishlab chiqarishda va uni iste`mol qilishda hamkorllk qilishadi. Markaziy Osiyoning bu ikki mustaqil davlati xalq xo`jaligining turll sohalari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab berishda bir-biriga beg`araz yordam beradi. Tojikistonda o`zbek, O`zbekistonda tojik tilida qator o`quv yurtlari ishlab turibdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov. “O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. T., “O`qituvchi” 1994. 2. Z.M.Akramov., A.A.Rafiqov. “Прошлое, настоящее и будущее Аральского моря”. T., “Mehnat” 1990. 3. T.J.Jumaboyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Ma`ruzalar matni). Samarqand – 2001. 4. G`.R. Pardayev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Amaliy mashg`ulotlar). Angren – 2003. 5. A.N.Ro`ziyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. Termiz – 2000. 6. A.Soliyev., L.Qarshiboyeva. “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari”. T., 1999. 7. A.S.Soliyev., E.A.Ahmedov., R.Y. Mahamadaliyev. “Mintaqaviy iqtisodiyot”. T., “Universitet”. 2003. 8. “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” T., 1998. 9. I.A. Hasanov., P.N.G`ulomov. “O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi”. T., 2002. 10. Kalonov b . h . o ` rta osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi » fanidan ma ` ruzalar matn