logo

Ғузор тумани мисолида Шўртан газ корхонасининг чиқиндиларини тупроқ микроорганизмларига

Yuklangan vaqt:

30.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4677.5 KB
Ғузор тумани мисолида шўртан газ корхонасининг чиқиндиларини тупроқ микроорганизмларига МУНДАРИЖА КИРИШ..................................................................................................... I.BOB. АДАБИЁТЛАР ШАРҲИ......................................................... II. BOB. ТАЖРИБА ОБЕЪКТИ ВА УСЛУБИ...................................... 2.1. Релъефи........................................................................................... 2.2. Иқлими.......................................................................................... 2.3. Тупроғи........................................................................................... 2.4. Ўсимликлари.................................................................................. 2.5. Тажриба олиб борилган туманнинг тафсифи............................ 2.5.1. Тадқиқот обеъкти......................................................................... 2.5.2. Тадқиқот усуллари...................................................................... III.BOB. АСОСИЙ ҚИСМ..................................................................... 3.1 3.2 3.3 3.3.1. 3.3.2. 3.3.3. 3.3.3.1. 3.4. 3.4.1. 3.4.2. 3.4.3. 3.4.4. ХУЛОСА.................................................................................................... ТАКЛИФ ВА МУЛОҲАЗАЛАР........................................................... ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ............................ KIRISH О‘zbekiston Respublikasi aholisini turmush farovonligini ta’minlash unumdor, serhosil yer resurslarining о‘rni beqiyosdir. Kelajakning egalari bо‘lgan bugungi yoshlar ona zaminni kо‘z qorachig‘idek asrashlari, eng ilg‘or ilmiy qarashlar va zamonaviy tajribalar asosida muammolarni yechishga tayyor turishlari lozim. Bugungi kunga kelib, jahon hamjamiyati yer va suv resurslarini asrash, ulardan oqilona foydalanish, dolzarb muammolarni dunyo miqyosida hal etishni kun tartibiga qо‘ymoqda. Davlatimiz mustaqilligidan sо‘ng ekologik munosabatlarning isloh qilinishi, tegishli qonun va me’yoriy hujjatlar qabul qilinishi, amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida fikr yuritadi. Tuproq qoplami radiaktiv moddalar bilan ifloslanishi,biosferadagi harakatlanishi, uning tuproq va inson salomatligiga ta’siri hamda, ularning oldini olishdagi zamonaviy tozalash usullari kо‘rsatiladi. Respublikamizda atrof-muhitni muhofaza kilish va tabiat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘iicha 2005 yilgacha mo‘ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Mamlakatimiz raxbari I.A.Karimovning "O‘zbekiston buyuk kelajak sari" asarida ekologik havfsizlikni kuchaytirishning hozirgi asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga kо‘ra bitiruv malakaviy ishimning dolzarbligi quyidagicha. Mavzuning dolzarbligi: Tabiiy boyliklar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda asosiy о‘rinni egallar ekan, zavod chiqindilari tuproqning kimyoviy kompleksiga ya’ni uning umumiy unumdorligiga ta’sirini o’rganish eng dolzarb masala hisoblanadi. Mavzuning о‘rganilganlik darajasi: Qashqadaryo viloyati, Sho`rtan gazni qayta ishlash zavodi chiqindilarining manzarali daraxtlarga ta’siri ma’lum darajada о‘rganilgan bо‘lsada respublikamizda korxona chiqindilarini hudud tuproqlarining ekologiyasiga, unumdorlik darajasiga ta’siri ilk bor о‘rganilmoqda. Ishning maqsadi: Sho`rtan gazni qayta ishlash unitar shuba korxonasi dan chiqadigan chiqindilarning atrof muhit tuproqlariga ta’sirini о‘rganish asosida unga qarshi bioekologik ta’sir etib uni bartaraf qilish yo’llarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: - Vodorod sulfid va sulfat angidrid birikmalarini tuproqning mikroorganizimiga ta’sirini о‘rganish. Tadqiqotning obyekti va predmeti: - Tadqiqot obyektlari bо‘lib, Sho`rtan gazni qayta ishlash zavodi chiqindilari tarqaladigan hududlar: zavod atrofidagi qumli sahro taqirli tuproqlari, Qarliq qishlog‘ining taqirli, Maymanoq qishlog‘ining och tusli bо‘z tuprog‘i, hamda nisbatan toza hudud deb hisoblangan Qarshi shahrining och tusli bо‘z tuprog‘i olingan. - Tadqiqotning predmetlari bо‘lib, Sho`rtan gazni qayta ishlash zavodining asosiy kimyoviy chiqindisi hisoblangan oltingugurt birikmalari, atrofidagi tuproqlarga ta’sirini o’rganishga xizmat qiladi. Tadqiqotga qо‘llanilgan metodlar va uning metodologik asosi: Agrofizik tadqiqotlar. Tuproqning granulometrik (mexanik) tarkibi N.A. Kachinskiy usulida aniqlandi. Tuproq qattiq qismining solishtirma massasi piknometr usulida aniqlandi. Tuproqning hajmiy massasi pо‘lat silindr yordamida aniqlandi. Tuproqning umumiy g‘ovakligi solishtirma va hajmiy massa kо‘rsatkichlari natijalariga kо‘ra foiz hisobida aniqlandi. Tuproq namligi absolyut quruq tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida termostatda quritish usulida aniqlandi. Agrokimyoviy tadqiqotlar: Tuproqdagi sulfat. Sо‘rimdagi sulfat kislotani benzidin xlorid eritmasi bilan chо‘ktirish usulida aniqlandi. Me todologik asosi: О‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish” qonunlari.“Atrof-muhitni muhofaza qilish”, “Ekologik ekspertiza tо‘g‘risida”gi qonuni, prezident I.A.Karimovning Yer resurslaridan foydalanish va uning meliorativ holati, Yerlarning tanazzuli va shо‘rlanishiga yо‘naltirilgan nutqlari, unda bayon etilgan fikrlari, tadqiqot muammosiga oid ilmiy-metodik adabiyotlarga tayanilgan. Ilmiy yangiligi va Amaliy ahamiyati : Texnogen modda sifatida ajralib chiqadigan zavod chiqindilari –vodorod sulfid hamda sulfat angidrid birikmalarining turli fizik holatda turli konsentratsiyada tuproqda harakatlanishi, ta’sir qilish mexanizmlarini о‘rganish ilmiy ahamiyatga egadir. Asoslar bilan tо‘yingan och tusli bо‘z va taqirli tuproqlar eritmasining reaksiyasi oltingugurt birikmalari ta’sirida neytrallanishi natijasida agromeliorativ xususiyatlari yaxshilana boradi. Bitiruv malakaviy ishning hajmi: Ish kirish, uch bob, о‘n to’rt bо‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat bо‘lib, 53 sahifadan tashkil topgan. I.Bob. ADABIYOTLAR SHARHI. Ер юзасининг устки, юмшоқ унумдор қатлами бўлган тупроқ жамият ҳаётида ҳеч нарсага алмаштириб бўлмайдиган қишлоқ хўжалик ишлаб чиқаришининг асосий воситаси ҳисобланади. Экологик нуқтаи назардан тупроқ тугайдиган ва тикланадиган табиий ресурсларга киради. Тупроқ тарихий таркиб топган мураккаб, мустақил табиий жисм бўлиб, ўзгарувчан динамик ҳосиладир ва табиий ландшафтларнинг асоси ҳисобланади. Биосферада бажарадиган фаолиятига қараб тупроқни органик ҳаёт занжирининг энг муҳим ҳалқаси деб қараш лозим. Биосферада тупроқнинг энг муҳим роли шундаки, барча организмларнинг қолдиқлари тупроқда парчаланади ва яна минерал бирикмаларга айланади. Тупроқ қатламисиз ер юзида ҳаётни тасаввур ҳам қилиш қийин. Унумдорлик - тупроқнинг жуда мураккаб, сифатий хоссаси бўлиб, асосан унда кечадиган кўплаб кимёвий, физикавий ва биологик жараёнларга бевосита боғлиқ. Унумдорлик ер юзасининг (тупроқнинг) асосий сифат кўрсаткичидир. Ота-боболаримиз “Ер – хазина, сув олтин”, “Ер тўқ сен тўқ”, “Ери бойнинг -эли бой” , - деб бежиз айтмаганлар. Бутун бойликлар манбаи бўлган она ердан илм - фан тавсиялари асосида самарали фойдаланиш, унинг ҳуқуқий экологик муҳофазасини тўғри йўлга қўйиш, бозор иқтисодиёти шароитида қийинчиликлардан осонроқ чиқиб кетишимизнинг асосий омилларидан ҳисобланади. Шунинг учун ҳам деҳқончилик фанининг асосчиларидан бири В.Р.Вильямс бу ҳақда шундай деган эди: “Тупроқнинг энг муҳим сифат кўрсаткичи-унинг унумдорлигидир, бошқа хусусиятлари эса ана шу муҳим хоссасига тааллуқли бўлганлиги учун муҳимдир. Агрономия фанининг бош масаласи тупроқ унумдорлигини ошириш ва бошқаришдан иборатдир”... O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan so‘ng (1991) barcha sohalarda, xususan ekologik sohaning tubdan isloh qilinishi va bugungi kunda uning yanada takomillashtirish ishlari olib borilmokda. Davlatning atrof- muhitga, jumladan yer resurslariga bo‘lgan e’tibori va munosabati tubdan o‘zgarib, har bir jamiyat a’zosi atrof-muhitga xususan yer resurslariga o‘zining mulki, boyligi va g‘ururi sifatida qaramoqda. Yer resurslari bo‘yicha munosabatlarning o‘zgarishi misolida qaraydigan bo‘lsak, Mustaqillikka erishgandan kundan boshlab, O‘zbekistonda bir kancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bir qator Qonun va Qarorlar qabul qilindi hamda Dasturlar ishlab chiqildi. Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi turli omillar ta’sirida paydo bo‘lib, yillar davomida tuproq qoplami zararlanishi kuzatiladi. Tuproqlar ifloslanishi turlicha bo‘lib, asosan sanoat korxonalari, maishiy va boshqa chiqindilar hamda turli jarayonlar mobaynida ifloslanadi. Har bir davlatda tabiiy resurslar hisoblanuvchi yer resurslarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar bo‘lib, mazkur tashkilotlar tomonidan doimiy tarzda tuproqlarni kimyoviy ifloslanish holati nazorat kilinadi va shu asosda tegishli tadbirlar belgilanadi. Кўпчилик нефть ўз таркибида тўйинган углеводородлар (алканлар, метан углеводородлар ёки парафин углеводородлар деб ҳам аталади), циклоалканлар (нафтен углеводородлар) ва ароматик углеводородлар (аренлар) ни сақлайди. Нефть қайси кондан қазиб чиқарилганлигига қараб таркиби турлича бўлади. Масалан, Волгоград областидаги ва Фарғона водийсидаги нефтлар. Айрим ҳолларда 1 региондан қазиб олинган 2 нефть ўзаро кескин фарқ қилиши мумкин. C n H 2n+ 2 қаторидаги углеводородлар ҳамма нефть таркибида мавжуд бўлиб, унинг фракцияларининг асосий таркибига киради. Метан углеводородлар фракцияларга бир текис тақсимланмайди. Улар, асосан, нефть газлари ва бензин, керосин фракцияларида концентрланган бўлади. Мой фракцияларда эса уларнинг миқдори кескин камаяди. Айрим нефтларнинг юқори фракцияларида амалда парафинлар бўлмайди. С 1 – С 4 углеводородлар: метан, этан, пропан, бутан, изобутан, ҳамда 2,2 – диметилпропан (С 5 Н 12 ) – неопентан нормал шароитда газ ҳолида бўлади. Буларнинг ҳаммаси табиий ва нефть газлари таркибига киради. Газ конлари уч хил типда бўлиши мумкин. Тоза газ конлари Газ конденсати конлари Нефть конлари Биринчи типдаги газ конлари табиий газ конлари деб аталиб, асосан метандан ташкил топган бўлади. Метанга қўшимча сифатида оз миқдорда этан, пропан, бутан, пентаннинг буғлари ҳамда ноуглеводород бирикмалар: СО 2 , N 2 ва айрим ҳолларда H 2 S бўлиши мумкин. Газнинг таркибида метан жуда кўпчиликни ташкил қилса, бундай газ “қуруқ газ” дейилади. Газ конденсати конларидан чиқадиган газ, одатдаги газдан фарқ қилиб, метандан ташқари кўп миқдорда (2-5% ва ундан ортиқ) С 5 ва ундан юқори гомологлари мавжуд бўлади. Газ қазиб олинаётганда босимнинг тушиши оқибатида улар конденсатга (суюқликка) айланадилар. Газ конденсати конларидан ажралиб чиққан газнинг таркиби, конденсатлар ажратиб олингандан кейин, “қуруқ газ” таркибига яқин бўлади. Нефть конларидан ажратиб олинадиган газлар йўлдош нефть газлари дейилади. Ушбу газлар нефтда эриган бўлади ва улар кондан чиқариб олингандан сўнг ажралиб қолади. Йўлдош нефть газлари таркиби “қуруқ газлар” дан кескин фарқ қилиб этан, пропан, бутанлар ва юқори углеводородлар ҳам бўлади. Oltingugurt tuproqda asosan ikki shaklda: organik va mineral holatda uchraydi. Oltingugurt saqlovchi mineral gips CaSO 4 .2H 2 O va angidrit CaSO 4 lar asosiy sulfatlar FeS 2 (pirit) va FeS – asosiy sulfidlar hisoblanadi. SHо‘rlangan yerlarda bulardan tashqari ishqoriy metallarning sulfatlari kо‘p miqdorda uchraydi. Tuproqdagi oltingugurtning asosiy qismi organik moddalar tarkibidadir. Masalan, qora tuproqlardagi oltingugurt umumiy miqdorining ¾ qismi organik modda tarkibida saqlanadi. Tuproqdagi oltingugurtning organik va anorganik tarkibi kо‘p hollarda tuproqning tipi va madaniylashganlik darajasiga bog‘liq. [2] Tuproqdagi organik oltingugurt minerallashgandan sо‘nggina о‘zlashtiriladi. Minerallashuv jarayonining tezligi tuproqning biologik aktivligiga, namlik, aeratsiya, harorat, kislotalilik darajalariga bog‘liq. Gumin kislotalari tarkibida 0,58 dan 0,72 foizgacha oltingugurt bо‘lsa fulvokislotalarda esa 0,92dan 1.29 foizgacha oltingugurt bо‘ladi. Tuproq gumusi tarkibidagi oltingugurtning azotga nisbati asosan N : S = 8-12:1 atrofida bо‘lib genetik xususiyatlari, mexanik tarkibi, gumus miqdoriga kо‘ra bu nisbat о‘zgarib turadi.[3] Lekin, qum va qumloq tuproqlarda bu nisbat tо‘g‘ri kelmaydi, ammo mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarda oltingugurtning asosiy manbai bо‘lgan gumusning ahamiyati juda kattadir [4] Yer yuzida tarqalgan kо‘pgina tuproqlarda S:N:S ning nisbati 130: 10: 1.3 atrofida bо‘ladi. [5] Tuproqda organik modda miqdorining kamayishi, tuproq va grunt suvlari mineralizatsiya darajasining ortishi, karbonatlar va gipsning tо‘planishi natijasida oltingugurtning mineral birikmalari ulushi orta boradi.[6] T uproqning mexanik tarkibi og‘irlashgan sari uning singdirish qobiliyati ortib boradi. Mexanik tarkibiga qarab quruq tuproq SO 2 ni 1.1 dan 5.3 mg/kg gacha singdirsa nam tuproqlarda u 9.3 dan 66.8 mg/kg gacha singishi mumkin. Normal sharoitda yog‘in-sochin suvlari hisobiga har gektar yer 3-6 kg oltingugurt olsa, sanoati rivojlangan yerlar gektariga о‘rtacha 30-40 kg gacha oltingugurt oladi. [7] Oltingugurtning tabiatdagi aylanish sikli azotga о‘xshaydi va u quyidagi etaplarni о‘z ichiga oladi: Mineralizatsiya ---- oltingugurtli organik birikmalarning parchalanishi ----- immobilizatsiya ----- oltingugurt birikmalarining mikroorganizmlarga assimilyatsiyalanishi ---- oksidlanish, oltingugurt birikmalarining sulfatlar va sulfat kislotasiga aylanishi. [8] Agar uglerodning oltingugurtga nisbati (S : S ) 50:1dan yuqori bо‘lsa mikroblarning immobilizatsiyasi ortadi . [9] Oltingugurtning qaytarilgan formasi aerob rangsiz oltingugurt bakteriyalari yordamida oltingugurt va sulfatlargacha oksidlanadi. Anaerob (sernam) sharoitda organik oltingugurt H 2 S gacha qaytarilishiga yashil va purpur oltingugurt bakteriyalar ishtirok etadi. [10] Atmosfera havosida oltingugurt asosan SO 2 shaklida bо‘ladi, qaysiki bu gaz havodan deyarli ikki barobar og‘ir bо‘lib, uzoq masofalarga shamol ta’sirida kо‘cha olmaydi. Ular tuproqqa yog‘in ta’sirida va bevosita tushishi mumkin, hamda о‘simlik va tuproqqa turli darajada yutiladi. Oltingugurtning bevosita yutilishi atmosfera havosi tarkibidagi SO 2 ning konsentratsiyasiga bog‘liq. Atmosferadan bevosita о‘simlik va tuproq ustiga tushadigan oltingugurt birikmalari, yog‘in bilan tushadigan miqdordan 5-6 marotaba kо‘ p. [11] K aolinit va montmorillonit tipidagi kolloidlar sulfat ionini yaxshi ushlashi bilan birgalikda agar alyuminiy, temir, marganets ionlari bо‘lsa sorbsiyalanish yanada aktivlanishi, bunga qarama-qarshi holatda haroratning kо‘tarilishi rN ning pasayishi tuproqning ohaklanishi ta’sirida sulfatlarning tuproqqa singishi sekinlashadi. [12] Oltingugurtning SO 4 formasi tuproqning haydov qatlamida ba’zi tuproqlarda 50 mg/100g.gacha bо‘lsada о‘rtacha 10mg dan oshmaydi. [13] O ltingugurtning yо‘qolishi yog‘in-sochinning miqdori va tabiatiga, joyning relefiga, tuproqning holatiga bog‘liq. Tuproq tarkibidagi oltingugurtning bir qismi hosil bilan chiqib ketsa, bir qismi tuproqning ishqorsizlanishi orqali yо‘qoladi. Ba’zan bu kо‘rsatkich gektariga о‘rtacha 14.6kg. gacha yetishi isbotlangan. S uvda erimaydigan sulfatlarning miqdoriga kо‘ra bu raqam о‘zgarish mumkin. [13] Tuproqda oltingugurtning qayta transformatsiyalanishining va yо‘qolishining sabablaridan biri uning kuchli zichlanishi natijasida sulfatlarning qaytarilishi hamda vodorod sulfid (H 2 S) ning hosil bо‘lishi va temir Fe +3 ioni bilan birikib temir sulfatning hosil bо‘lishi juda xavflidir. Chunki Fe 3 SO 4 suvda erimaydi ya’ni о‘simlik tomonidan о‘zlashtirilmaydi. [14] Shuning bilan bir qatorda agar tuproqda sulfatlar miqdori kо‘payib ketsa uni qо‘shimcha kislotalashga tо‘g‘ri keladi. Bu esa tuproqda yashaydigan mox, lishaynik, suv о‘tlari, foydali mikroorganizmlarning о‘lishiga olib keladi. [15] Xlordan farqli о‘laroq sulfatlar nisbatan tuproqning 40 - 80 sm.li qatlamida tо‘planadi. Odatda bu qatlamda oltingugurtning suvda kam eriydigan kalsiyli birikmalari hosil bо‘ladi. Chuqurlashgan sari oltingugurtning yalpi va zahira miqdori kamayib, mineral va harakatchan formalari ortadi. Kuz, qish oylarida odatda SO 4 ionlarining tuproqda yuvilishi yaqqol kuzatilmaydi. [16] Kalsiy sulfat va boshqa ishqoriy hamda ishqoriy yer metallari yog‘in-sochin va sug‘orish suvlari ta’sirida ishqorsizlanib chiqib ketishi mumkin. Bu holat ayniqsa yengil mexanik tarkibli organik moddalari kam bо‘lgan tuproqda ayniqsa seryog‘in kelgan yillari yaqqol seziladi. Tuproqdan oltingugurtning kamayishi nafaqat suv eroziyasida balki shamol eroziyasi ta’sirida ham yaqqol kо‘rinadi. [17] Hozirgi kunda tuproqlarni kimyoviy ifloslanish va uning muhofazasi yer kurrasida eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi va bu masalaga jiddiy yondashish talab etiladi. Shuning uchun ham tuproqlarning kimyoviy ifloslanish darajalari va koeffitsiyentlari qabul qilingan . Tuproqning kimyoviy ifloslanish darajalarini tasniflashda barcha kimyoviy ifloslanish turlarida bir xil belgilanmaydi, balki muayyan ifloslovchi moddaning kimyoviy tarkibi, tuproqdagi miqdori, qabul qilingan meyori (QQM), zaharli xususiyati va boshqa xususiyatlariga kо‘ra alohida-alohida tarzda belgilanadi[18] Bunda ifloslanish darajasi (5 balli sistemada) tuproqning ifloslanganlik darajasi kuchsiz, о‘rtacha, kuchli, juda kuchli, ifloslanish koeffitsiyenti 0 dan 2.0 gacha qilib belgilangan. T urli kimyoviy moddalarning xavflilik nuqtai nazaridan stress – indeks kо‘rsatkichlari belgilangan. Ya’ni pestitsidlar – 140, og‘ir metallar – 135 AES chiqindilari – 120, qattiq shakldagi zaharli chiqindilar – 120, metallurgiya materiallari -90, tozalanmagan oqava suvlar – 85, oltingugurt II oksid – 72, neft oksidlari – 42, saqlanayotgan radiaktiv chiqindilar – 40, shahar chiqindilari – 40, uchuvchan uglevodorodlar -18, uglerod oksidi -12 indeks kо‘rsatkichlari bilan belgilangan.[19] Sanoat va maishiy chiqindilar bо‘yicha olib borilayotgan amaliy islohatlar natijasida ma’lum qismi zararsizlantirilib, qayta ishlanmoqda bu bilan tuproq qoplami kimyoviy ifloslanishining kamayishiga erishilmoqda. [ 20] Tuproqning meliorativ ahvoli ya’ni uning tarkibidagi anion va ular hosil qiladigan tuzlarning miqdor hamda sifat kо‘rsatkichlari tuproq tiplariga bevosita bog‘liqdir. G`uzor gazni qayta ishlash zavodi chiqindilari tarkibidagi oltingugurt birikmalari tuproqqa qanday agregat holatda tushishidan qat’iy nazar sulfat kislotaga aylanib, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib turli neytral tuzlar hosil qiladi. Ularning esa ba’zilari о‘simliklar tomonidan bevosita о‘zlashtirilib bir qismi esa tuproqning ostki qatlamlariga yuvilib tо‘planadi. Bu birikmalarning tuproq meliorativ holati va chirindi miqdoriga bevosita salbiy ta’siri kuzatilmaydi. [ 21 ] II. B OB . TADQIQOT OB Y EKTI VA USULLARI 2.1.Kuzatuv rayonining tavsifnomasi 2.1.1. Geografik holati Qashqadaryo viloyati О‘zbekistonning Janubida, shu nomli daryo xavzasida joylashgan bо‘lib, О‘rta Osiyo deb yuritiluvchi yirik tabiiy geografik о‘lkaning markazidan sal Janubroqda 37 0 ∙ 58' bilan 39 0 ∙ 32' SH.K. va 64 0 ∙ 23' bilan 67 0 ∙ 42' shular orasidagi xududni ishg’ol etadi. Geografik о‘rni jihatidan Qashqadaryo viloyati xududi Turkmaniston Respublikasining Atrek-Sumbar vodiysi, Ozarbayjonning Lenkoran pasttekisligi, Armaniston Respublikasi hamda Turkiya, Gretsiya, Italiya va Ispaniyaning о‘rta mintakasi, Amerika Kushma Shtatlari va Yaponiyaning о‘rta qismlari bilan bir xil geografik kenglikda yotadi. Viloyat xududi butun О‘zbekiston kabi to’rtinchi soat mintakasida joylashgan bо‘lib, Tokiodan 5, Pekindan 4, Olma-otadan 1 soat keyin, Moskva va Anqaradan 2, Berlin, Parij va Madriddan 3, Londondan 4, Nyu-York, Vashington va Ottavandan 8 hamda San-Fransisko va Sietl shaxarlaridan 12 soat oldin sutka boshlanadi. Qashqadaryo viloyatining maydoni 28,4 ming kv.km bо‘lib, xududning kattaligi bo’yicha О‘zbekistonda Qoraqalpog’iston Respublikasi (164,9 ming kv.km), Navoiy (110,8) va Buxoro (39,4 ming kv.km) viloyatlardan keyin to’rtinchi о‘rinda turadi. О‘zbekiston Respublikasi maydonining atigi 7% ini egallagan holda Qashqadaryo viloyati maydoniga ko’ra Albaniya (28,7 ming km. kv.), Armaniston (29,8 ming km. kv.), Qrim (26,0 ming km. kv.) Respublikalari kv.km), Belgiya (30,5 ming km. kv.), Niderlandiya (32,4 ming km. kv.) kabi Yevropa davlat maydoni bilan tenglasha oladi. Qashqadaryo viloyati 795 km uzunlikdagi chegaraga ega, shundan 405 km tog‘lar, 390 km tekisliklar orkali utadi. G’arbdan Sharqqa 293 km, Shimoldan Janubga 195 km masofaga ch о ‘zilgan. Shimolda Qashqadaryo viloyatining Samarqand viloyati bilan chegarasi Zarafshon tizmasining Chakilkalon, Qora tepa, Ziyovuddin-Zirabuloq tog‘lari va ular orasidagi Jom, Karnob ch о ‘lining to’lkinsimon tekisliklari orqali o’tadi. Sharkda Tojikiston Respublikasining Leninobod viloyati bilan Xisor tizmasi orqali chegaradosh. Sharqda shuningdek Surxondaryo viloyati bilan ham chegaradosh b о ‘lib, sarxad chizig’i respublikaning eng baland tog‘i Xisor tizmasining qirrasi, uning tarmoqlari Chakar va Boysuntog‘ suvayrig’ichi, so’ngra Janubi-G’arbda Shurob botig’i, Suvsiztog‘ va Kuxi tangning qirrasi bo’ylab o’tadi. Qashqadaryo viloyati Turkmaniston Respublikasi bilan eng uzun chegaraga ega. Kuxitangning G’arbdagi davomi bo’lgan Dexqonobod past tog‘lari, Janubda Nishon adirlari – Saksondara, Oloviddintog‘ va Qarshi qiya tekisligi, Sandikqli qum ch о ‘li, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlari sarhadlarini bir-biri bilan tutashtiradi. Qarshi dashtining Dengizko’l, Jarqoq, Setalantepa qirlari va Karnob ch о ‘li kabi G’arbdagi yerlari Buxoro va so’ng Navoiy viloyatlariga kirib boradi. 2.1.2. Tuman relefi Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi mintaqasi adirlar, siniq-chaqiq jins katlamlaridan tashkil topgan b о ‘lib, ular neogen davri dengiz va quruqlik o’zaro ta’sir jarayonining natijasidir. О ‘rta Osiyo tog‘ oldi relefining о ‘ziga xos shakllari bo’lgan adirlar yuzasi to’rtlamchi davr lyoss va lyossimon yotqiziqlari bilan qoplangan. Kontinental konglomeratlarning qalinligi 100 metrgacha yetadi. Qashqadaryo viloyatining tekislik qismi to’rtlamchi davrning turli geologik asrlarida vujudga kelgan daryo yotqiziqlari shamol faoliyati natijasida to’zg’igan qum va giltoshlar bilan qoplangan. 10-15 metr qalinlikdagi bu qoplam toshda paleogen, bo’r va yura davrlariga mansub dengiz giltoshlari va qumtoshlarning katlamlari joylashgan. Qizil, ko’k va jigarrangdagi giltoshlar tagida о ‘rtacha 800- 1000 metr chuqurlikda yura davri marjonli ohaktoshlari, shuningdek ayrim joylarda gips, angidrit, toshtuz qatlamlaridan iborat yotqiziqlar joylashgan. Xususan gorizontal qatlamlarni tashkil etuvchi bu jinslarning majmualari Qo’ng’irtog‘, Kosontog‘, Maymanoqtog‘ kabi tektonik t о ‘zilmalarning yer yuzasiga yorib chiqqan buramalaridan k о ‘rinadi. Qarshi ch о ‘lining ayrim maydonlarida to’lqinsimon relef bo’lishining sababi ham shundadir. Bu tog‘burmali t о ‘zilmalar zamini asosan yura, bo’r va paleogen dengiz cho’kindilaridan iborat. Qashqadaryo viloyatining relefi G’arbdan Sharqqa asta-sekin balandlashib boradi. Qarshi qiya tekisligining Dengizko’l botig’i bilan tutash joyi dengiz satxidan 280 metr baland bo’lsa, Sharqda Xisor tog‘larida balandlik 4000 metrdan oshiq. Ma’lumki, yer yuzasining xozirgi qiyofasi geologik taraqqiyot boskichlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ana shu bog‘liqlikni hamda xozirgi relef hosil qiluvchi jarayonlarning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda Qashqadaryo viloyati xududida 3 ta relef mintakasini ajratish mumkin: 1. Tekislik relef mintaqasi. 2. Tog‘ oldi (adir) relef minta q asi. 3. Tog‘ burmali relef mintakqasi. Tekislik relefi 280-650 metr oralig’ida gipsometrik pog’onadagi Qarshi qiya tekisligi va Kitob-Shahrisabz botig’ini o’z ichiga oladi, maydoni bo’yicha viloyatning asosiy qismini ishg’ol etadi. Qarshi qiya tekisligi Qizilqumning Janubiy-Sharqiy chekkasi hisoblanadigan Sandiqli qumli ch о ‘l bilan Zarafshon va Xisor tog‘larining etaklariga tutatishib ketgan qariyb 1,3 mln. gektar maydondagi ancha farklanuvchi uch xil relef tarqalgan. Tekislikni katta qismini lyossli jinslar qoplagan maydonlar tashkil etadi. Ayni paytda deyarli batamom o’zlashtirilgan sug’orma dexqonchilik massivlari viloyat markazidan Janubi-G’arb va Koson shahridan Shimoliy-G’arbda yastanib yotibdi. Qashqadaryo o’zaniga tutash joylarda ariqlar va zovurlar yaqinidagi maydonlarda erroziya tufayli jarlar paydo bo’lgan. Darvoqe tekis relefli maydonlarning deyarli barcha qismi o’zlashtirilishi tufayli shaxobchali (irrigatsiya) erroziya, sho’rlanish, botqoqlanish, shamol erroziyasi kabi nomaqbul jarayonlar paydo bulishi kuzatilmoqda. Tekislik relefida inson tomonidan qadimda barpo etilgan tepaliklarning tez-tez uchrashi ham relefning muxim belgilaridandir. Tekislik k о ‘pgina xollarda katta-katta maydonlar kuchli shurlangan botiklar bilan kushilib ketadi. Beshkent shahridan Janubdagi Chorog’il, Muborak shahridan Shimoldagi Shursoy, Sandiqlining Shimolidagi Dengiz ko’l botiqlari shular jumlasidandir. Absolyut balandligi 300-400 metr bulgan tekisliklar ichida vujudga kelgan bu botiqlarning nisbiy chuqurligi 20-40 metr va shu boisdan ular botqoqlangan sho’rxoklar sifatida atrofdan ajralib turadi. 45-90 metr nisbiy balandlikdagi supasimon (platasimon) qirlar ham taroshlangan shakllarga ega. Lyossli jinslar bilan qoplangan yassi yuzali maydonlar qumtepa marjonlari, katta- kichiq ko’chma qumli massivlari bilan almashinib turishi ham Qarshi ch о ‘li relefi uchun asosiy xususiyatlardandir. Aksari h ollarda bu relef xillari bir-biriga tutashib ketgan. X о ‘ja Muborak, Oqqum, Devqum, oxircha, Gulbodom, Q ir q uloch, Suxta, Pomu q , Chodirliqum, Darvozaqum va boshqa qumliklar bularning eng yiriklaridir. Yassi tekislik relefi viloyatning tog‘ va tog‘ oldi mintaqasidan tashqari hamma joyda keng tarqalgan b о ‘lib, Shimolda Zarafshon tog‘ tizmasi hamda Sharqda Xisor tog‘lari tomon ko’tarilib, to’lqinsimon qiya tekislik relefi bilan almashinadi. Tog‘ oldi adirlaridan quyi oqimidagi yoyilma konuslar to’lqinsimon o’rkachli tekisliklarni hosil qiladi. Qashqadaryo zaminida deyarli barcha turdagi foydali qazilmalarning mavjudligi aniqlangan. Zero xilma-xil geologik davr va jarayonlarning natijasi bo’lgan mineral boyliklar muayyan joyning geologik rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, neogen davriga qadar viloyatning tekisliklari ilik dengizning Sharkiy qismi bo’lgan. Shu bois viloyat xududi xozirgi Turon pasttekisligidagi yirik neft-gazli xavzasining biri bo’lgan deyish mumkin. Qashqadaryo viloyati zaminida qazib olinayotgan va aniqlangan yer osti boyliklarining eng asosiysi tabiiy gaz va neftdir. Bugungi kunda viloyat konlarida qazib olinayotgan tabiiy gaz nafaqat Respublikamiz shahar va qishloqlarini, balki boshqa qo’shni Respublikalarning extiyojlarini ham ma’lum miqdorda qondirmoqda. Gaz, gaz kondensati va neft asosan yura davrining ilik dengiz yotqiziqlari orasidagi marjon poliplarining toshga aylangan koralit oxaktoshlari yoriqlaridan, kollektorlaridan 1,5-3,5 ming metr chuqurlikda olinmoqda. Asosan konlar G’uzor tumanining Qarshi ch о ‘liga tutash adirlarida joylashgan SH о ‘rtan koni, SH о ‘rtan gaz konlari majmualariga tutashib ketgan. Xisorning G’arbiy past tog‘larining tarmoqlari va qirlarida Pachkamar, Gumbuloq, Odamtosh, Qizilbayroq, Tandirchi va boshqayirik zaxirali konlar bor. Beshkent shahridan Janubda Beshkent, undan G’arbda Qamashi gaz konlari joylashgan. Qarshi ch о ‘lining Janubi-G’arbidagi Kultog‘, Olang, Pomuq, Zevarda kabi gaz, gaz kondensati va neft-gazli konlar mavjud. Shuningdek, mazkur maydonlarning Turkmaniston va Buxoro xududlari bilan tutash joylarida Dengiz Ko’l, Ko’kdumaloq singari bir kancha neft-gazli konlari mashhur. Qashqadaryo viloyatining Shimoliy-G’arbida Buxoro viloyati bilan tutashib ketgan maydonlardan k о ‘pdan buyon yoqilg’i qazib olinayotgan Setalintepa, Jarqoq, Shimoliy Muborak, Janubiy Muborak kabi gaz konlari katoriga yaqin davrlarda ishga tushirilgan va ishlashga tayyorlangan Karim, X о ‘jaxayron, Sho’rtepa, Q ora q um, Q izilrabot, Q orabair va boshqa konlar qо‘ shildi. TUMAN TUPROG ` I Э К С П Л И К А Ц И Я Ғузордарё конус ёйилмаси 1. Баъзан кучсиз ва ўртача шўрланган, 1,3-2,0 м дан шағаллар тўшалган, ўрта ва оғир қумоқли янгидан суғориладиган оч тусли бўз тупроқлар. 2. Кучсиз ва ўртача шўрланган, 1,3-2,0 м дан шағаллар тўшалган, ўрта ва оғир қумоқли янгидан суғориладиган (жойларда ўтлоқи) бўз-ўтлоқи тупроқлар. 3. Ўртача шўрхоклашган ва шўрхоксимон, оғир қумоқли, жойларда ўтлоқи тупроқли, бўз ўтлоқи тупроқлар. Тоғ ости текисликларини чекка қисмларига туташган Қашқадарё делтасининг юқори қисми 4. Кучсиз шўрланган, жойларда гипслашган, ўрта ва оғир қумоқли эскидан суғориладиган бўз-ўтлоқи тупроқлар. 5. Кучсиз ва ўртача шўрланган, жойларда гипслашган, ўрта ва оғир қумоқли эскидан суғориладиган бўз-ўтлоқи тупроқлар. 6. Кучсиз шўрланган, оғир, ўрта ва енгил қумоқли эскидан суғориладиган ўтлоқи аллювиал тупроқлар. 7. Кучсиз шўрланган, оғир, ўрта ва енгил қумоқли янгидан суғориладиган ўтлоқи аллювиал т упроқлар. Шўртаннефтгаз унитор шуба корхонасининг тавсифи Корхона кўп тармоқли завод бўлиб, унинг асосий вазифаси турли технологик цекллар орқали газ ва нефтни тозалаш ва қайта ишлашга йўналтирилган. Корхонага қудуқлардан келган газлар дастлаб механик чиқиндилар ҳамда сувдан тозаланади. Кейин газ заводнинг бош қурулмасига ўтказилади ҳамда тўла ва чуқур тозалашнинг комплекс системасидан ўтади. Газ ва нефтни қайта ишлаш жараёнида завод маълум даражада атмосферага ифлослантирувчи чиқиндилар чиқариб туради. Булар жумласига углеводород компонетларидан ташқари корбонат ангедрид, азот, ҳамда ёниш маҳсулотлари киради. Углеводородларнинг ёниш жараёнида карбонат ангидрид кислород етарли даражада бўлмаганда ис гази (СО) гази ажралиб чиқади. Газни қайта ишлаш натижасида углеводородларнинг ёнишидан атмосферага тўхтовсиз равишда SO 2 , NO 2 ҳамда оғир металлар бирикмалари чиқиб туради. Шундай қилиб, Шўртан нефт газ корхонаси атмосферага қуйидаги заҳарли моддаларни чиқариб туради: Метан (СН 4 ), водород сульфид (H 2 S) Tuproqni ifloslanish sabablari Huquqiy yondashuv : halqaro, mintaqaviy va respublika doirasidagi muammolar, xususan tuproqdarning kimyoviy ifloslanishi va boshqa muammolarni hal etilishida huquqiy, meyoriy xujjatlar ishlab chiqiladi (halqaro konvensiya va kelushuvlar). Ekologik-iqtisodiy yondashuv : vujudga kelgan har qanday muammoni hal etish uchun moliyaviy sarf harajatlar hal etiladi. Ushbu moliyaviy harajatlar asosan ma’lum halqaro va davlat tashkilotlari tomonidan ajratiladi. Ijtimoiy-gigenik yondashuv : tuproqdarning kimyoviy ifloslanishi bilan bog‘liq muammolarni hal etishda birinchi o‘rinda inson sog‘lig‘i etiborga olinadi, ya’ni har qanday amalga oshiriluvchi tadbirni ishlab chikilishida inson hayoti bosh mezon qilib olinadi. Ayniqsa katta shaharlar barpo qilinayotgan va sanoat korxonalari yil sayin ortib borayotgan bir pallada bu juda muhim hisoblanadi. Texnik-texnologik yondashuv : maksimal darajada ishlab chiqarish faoliyatlarini chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologiyalar bilan ta’minlash va yer resurslaridan maqsadli foydalanish. Tarbiyaviy yondashuv : tabiatga eng katta ta’sir etuvchi insoniyatning ekologik tarbiyaviy ongini oshirish muhim hisoblanadi- Tug‘ilgan har bir insonni yoshligidan to yetuk inson bo‘lgunga qadar tabiat qonunlari va undagi bilimlarni o‘rgatgap lozim. Estetik yondashuv : tabiatga har qanday yondashuvlar estetik qarashlar bilan boyitilishi va inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir etishi lozim. Ilmiy yondashuv : Muammolarni hal etish jarayonida ilmiy asosning yaratilishi muhim hisoblanadi. Misol uchun radioaktiv moddalar bilan yoki neft mahsulotlari bilan ifloslangan tuproq qoplamini atroflicha o‘rganilishi natijasida uning ilmiy yechimi topilg an. Respublikamizda atrof-muhitni muhofaza kilish va tabiat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘iicha 2005 yilgacha mo‘ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Mamlakatimiz raxbari I.A.Karimovning "O‘zbekiston buyuk kelajak sari" asarida ekologik havfsizlikni kuchaytirishning hozirgi asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Unda, xususan quyidagilar ta’kidlanadi: 1. Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. Qishlok, o‘rmon va boshqa xo‘jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash ustidan qattiq nazorat o‘rnatish. Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslanishini to‘xtatish. 2. Qayta tiklanmaydigan zahiralarni qat’iy mezon asosida iste’mol qilgan holda ularning hamma turlaridan oqilona foydalanish. 3. Katta - katta hududlarda tabiiy zahiralardan foydalanishning aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslarini o‘zlashtirish. 4. Jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi turlarini ko‘paytirish hisobiga boshlang‘ich baza sifatida saqlab qolish. 5. Shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etish tizimini joriy etish yo‘li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida yashash uchun qulay sharoitlar yaratish. 6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan hodda jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish. Bundan ko‘rinadiki, atrof - muhit, xususan tuproq qoplamini ifloslanishiga olib keluvchi bir qator omillar davlat darajasida hal etilishi belgilangan. Tuproq qoplamining ifloslanishi salbiy ta’sir qiluvchi va bo‘lgan fizik, kimyoviy va biologik moddalarning qo‘shilishi oulio, tuproqda kechayotgan tabiiy modda va energiya almashinuvining buzilishi oqibatida ekotizimlarda salbiy o‘zgarishlar yuz beradi. Yerlarning ifloslanishi ikki turda: tabiiy - vulqonlarning otilishi, yer qimirlashi, sel kelishi, sunamilar va shunga o‘xshash tabiiy jarayon va hodisalar orqali, shuningdek insoylarning xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga keladi. O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan islohatlar natijasida tuproq qoplamini turli moddalar bilan ifloslanishining kamayishi kuzatilmoqda (2-jadval). 2-jadval O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ifloslantiruvchi modda tashlanmalarining dinamikasi, ming tonna xisobida (Tabiatni Muhofaza qilish qo‘mitasi ma’lumotlari, 2006 yil) Manbalar Yillar 1999 2000 2001 2002 2003 2004 Turg‘un manbalar 776,9 755,5 711,8 729,4 672,6 646,5 Harakatlanuvchi manbalar 1520,0 1593,0 1583,5 1453,0 1348,6 1310,9 Jami 2296,9 2348,5 2250,3 2182,4 2021,1 1957,4 Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishida bir necha omillar asosiy o‘rin tutadi, bu o‘rinda insoniyat faoliyati bilan bog‘liq holda vujudga keladigan kimyoviy ifloslanishlarni aytish o‘rinlidir. Yer yuzi aholisi o‘zining ehtiyojlarini ta’minlash maksadida tabiatga, xususan tuproq qoplamiga bevosita va bilvosita ta’sir etish qirralarini kengaytiradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ma’lumotiga ko‘ra yer kurrasi aholisi 1969 yildan yiliga 2 % ga ortmoqsa, aholining soni 2025 yilga kelib 9,4 mlrd. kishiga yetadi, Respublikami aholisi esa yiliga 450 - 470 ming (qariyb 0,5 mln.) kishiga ortadi, I bu holat albatta kuvonarli hol va bu ijobiy baholanadi. Biroq insoniyat ko‘paygani sari atrof-muhitga, jumladan tuproq qoplamiga ta’siri yanada ortadi. Yangi - yangi sanoat korxonalarini barpo etadi, yerlarni o‘zlashtiradi va umuman tabiiy yaralgan muhitga katta "bosim" bilan ta’sir qiladi, natijada tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishining masshtabi kengayadi va ifloslanish turlari ortadi. Tarixga nazar tashlasak, inson turli davrlarda yerga turlicha yondashgan va kimyoviy ifloslanishiga o‘zining ta’sirini o‘tkazgan: bundan 1 mln. yil avval kundalik ehtiyojini qondirish maksadida tuproq qoplamiga ta’sir etish shakli bo‘lmagan. 100 ming yil avval esa dastlab mehnat qurollari vositasida tuproq qoplamiga juda kuchsiz ta’sir etgan va tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishi deyarli sezilmagan, XV asrga kelib inson faoliyati bir muncha ortgan. XX asr boshida esa dastlabki sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalar qo‘llanilishi natijasida tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishi kuzatilgan va tuproq qoplamiga ta’siri sezilgan. XXI asr boshiga kelib vaziyat jiddiylashgan. Kimyoviy ifloslanishni tez va keng masshtabda tarqalishida faol ishtirok etuvchisi transport turlari va ular bilan bog‘liq jarayonlar natijasida tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishi bir qator salbiy holatlarga olib keldi. Yillar davomida turli omillar ta’sirida kimyoviy ifloslangan tuproqlarni chuqur o‘rganish, ularni tuproq xossalariga va unumdorligiga ta’sir etish tendensiya va mexanizmlarini ochib berish va qayta tiklash bugungi kunda har bir davlatning ustuvor vazifalari qatoriga qo‘yilgan. Bu muammolar hal etilsagina tuproqlardan yuqori samarada foydalanish mumkin. Kimyoviy ifloslangan tuproqlarning havfli - zaharli xususiyati, kimyoviy tarkibi va umumiy miqsori bo‘yicha turlarga ajratiladi. Havfli-zaharli xususiyati bo‘yicha tuproqlar quyidagi kimyoviy ifloslanishlarga ajratiladi: 1.Radioaktiv ifloslanish, 2. Og‘ir megallar va kimyoviy moddalar bilan ifloslanish, 3. Turli chiqindilar bilan ifloslanish. Tahlillarga ko‘ra radioaktiv ifloslanish eng havfli o‘rinda turadi, chunki radioaktiv ifloslanishda dastlab biologik dunyo jiddiy zarar ko‘radi va juda katta radiusda ham ta’sir etish xususiyatiga ega, eng achinarlisi inson sog‘ligiga juda havfli ta’sir etib, uning kelajak avlodlariga genlar orqali ta’sir etishi bilan boshqa ifloslanish turlaridan farq qiladi. Og‘ir megallar bilan ifloslanishning havfli tomoni shundaki, birinchidan, og‘ir megallar bilan ifloslanishni vujudga keltiruvchi omillar va manbalar ko‘p (transportlar va sanoat - korxonalari) bo‘lib, ikkinchidan, tuproq qoplamida saqlanish (yemirilish) muddati bir necha ming yillarga teng. Tuproqlarni turli chiqindilar bilan ifloslanishi yuqoridagi ifloslanishlar katori juda ko‘p hisoblanadi. Uning havfli tomoni shundaki, turli chiqindilar inson ta’siri va sanoat korxonalari tomonidan juda katta miqdorda tuproq qoplamiga to‘planadi. Maxsus chiqindilar ko‘miladigan "qabriston" lar yillar davomida atrof - muhit tuproq qoplamiga salbiy ta’sir qiladi. Chiqindilar zaharli xususiyati bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi (-jadval). Chikindi turlari va ularning sinflarga bo‘lnnishi № Chiksndi turlari O‘lchov birliklari 1. Zaharsiz chvqindilar: Turlicha 2. Ishlab chikarish sanoat chiqindilari Tonna 3. Qayta ishlash sanoati chiqindilari kub/metr 4. Maishiy chiqindilar to1sha 5 Zaxarli chikivdnlar: 1 -sinf-o‘ta qavfli zaharli chiqiidilar 2- sinf - yuqori zaxarli chiqindilar 3- sinf -o‘rtacha havfli chiqindilar ' 4- sinf -kuchsiz zaharli chiqindilar tonna tonna tonna tonna turli xil Chiqindilar asosan kimyoviy tarkibiga va ta’sir etish xususiyatig ko‘ra bir - biridan farq qiladi. Tuproq qoplamiga ko‘proq to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlab chiqarish sanoati va maishiy chiqindilar tushadi. Qayta ishlash sanoati va boshqa turdagi chiqindilar nisbatan kamroq. Tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishida turli omillar yetakchi o‘rin egallaydi. Ifloslangan tuproqlar quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi (-jadval). -jadval Qishloq xo‘jalik sohasida foydalaniladigan tuproqlarning kimyoviy ifloslanish kategoriyalari Tuproqparni ifloslanish kategoriyalari Ifloslanish tavsifi Foydalanish holati Tavsiya etilgan tadbirlar I kategoriya ifloslanmagan Tuproq tarkibida kimyoviy moddalar QQMko‘rsat-kichidan oshmaydi. Barcha ekinlarni ekish mumkin Tuproq ifloslanishiga bo‘lgan ta’sirini kamaytirish. II kategoriya o‘rtacha havfli Kimyoviy moddalar miqdori QQM ko‘rsatkichigacha, umumiy sanitar meyor holatida bo‘lib,tuproqqa yetib kelishi suv va havo orqali kechadi. Sifat tarkibini nazorat kilgan holda ayrim o‘simliklarni ekish mumkin. Suv va havo orqali tarqaluvchi yo‘llarni nazorat qilish va chegaralarshsh, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlardagi suv manbalarini nazoratga olish III kategoriya yuqori havfli Tuproq tarkibida kimyoviy moddalar miqdori KQM dan ortik va translakatsion ko‘rsatkichlarga zararli xisoblanadi. Faqat texnika ekinlari ekishda foydalanish mumkin. Qishloq xo‘jalik ekinlari ekish taqiqlanadi. 1. Qatiy ravishda I kategoriya tadbirlarini qo‘llash va zaxarli moddalar miqdorini o‘simliklar, mahsulotlar tarkibini nazorat qilish. 2. Hosil beruvchi o‘simliklarni toza tuproq sharoitiga ko‘chirish va nazorat qilish.Z. O‘simliklar yashil massalaridan foydalanishni cheklash. IV kategoriya o‘ta havfli Tuproq tarkibida kimyoviy moddalar KQMdanortadi va tuproqning barcha ko‘rsatkichlari uchun zararli hisoblanadi. Barcha turdagi ekinlar ekish taqiqlanadi. Ifloslangan tuproq qoplamini ifloslanish darajasini kamaytiruvchi tadbirlar qo‘llash. Qishloq xo‘jaligida foydalanuvchi suv tarkibini nazoratga olish va tabiiy himoya omillarini shakllantirish Tuproqni kimyoviy ifloslanish darajalarini tasniflashda barcha kimyoviy ifloslanish turlarida bir xil belgilanmaydi, balki muayyan ifloslovchi moddaning kimyoviy tarkibi, tuproqdagi miqdori, QQM, zaharli xususiyati va boshqa xususiyatlariga ko‘ra aloxida-alohida tarzda belgilanadi. Biroq umumiy formula sifatida kimyoviy ifloslangan tuproqlar uchun quyidagi ifloslanish darajalari va koeffitsiyentlar qabul qilingan (5-jadval). Kimyoviy ifloslangan tuproqlarning ifloslanish darajalari va koeffitsiyentlari Ifloslanish darajasi Yerning ifloslanganlik darajasi Ifloslanish koeffitsiyenta 1 Ifloslanmagan 0 2 Kuchsiz 0,3 3 O‘rta 0,6 4 Kuchli 1,5 5 Judakuchli 2,0 Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishini muhofaza qilish bugungi kunda yer kurrasida eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, shu bois bu masalaga jiddiy yondashishni talab etiladi. Chunki bu insoniyatning barcha turmush faoliyati bilan uzviy bog‘liqsir. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar asosida ayrim element va moddalar uchun tegishli ifloslanish darajalari keltiriladi TUPROQLARNING ZAHARLI MODDALAR VA TEXNOGEN CHIQINDILAR BILAN IFLOSLANISHI Atrof - muhitni xususan tuproq qoplamini kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi turli omillar ta’sirida vujudga kelib, bu moddalar xususiyatiga ko‘ra yillar davomida o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Ayniqsa o‘ta zaharli moddalar deya e’tirof etiluvchi radioaktiv elementlarog‘ir, ayrim gazlar hamda pestitsidlar tuproq 1s;oplamiga tushib, "tuproq—o‘simlik—>hayvon—>inson" tiriklik biozanjiri orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Zaharli moddalarning ifloslanish manbalari, kimyoviy tarkibi, ifloslanish maydoni va ularning ilmiy - amaliy yechimi dunyo bo‘yicha bir biridan farq qiladi. Masalan, Yevropa davlatlarida asosan sanoat tizimidagi faoliyatlar orqali ifloslansa, Markaziy Osiyo davlatlarida chiqarilgan chiqindilar va qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalardan noilmiy tarzda foydalanish natijasida ifloslanadi. Shu nuqtai nazardan, zaharli moddalar bilan ifloslanishning asosiy manbalariga: radioaktiv elementlar bilan bog‘liq sanoat tizimi, tabiiy konlar, yadroviy qurollardan meyordan tashqari foydalanish, kimyoviy moddalar saqlash omborlari, chikindi qabristonlari, halq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalarning meyoridan ortiq qo‘llanilish holatlarini kiritish mumkin. O’zbekistonda energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish obektlarida hosil bo‘ladigan chiqindilar, atrof- muhitni va tuproq qoplamini ifloslovchi asosiy manbalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish va iste’moldan chiqqan chiqindilar hosil bo‘lishining yillik xajmi 100 mln. tonnani tashkil etadi. Respublikamizda chiqayotgan chiqindilarni 4 toifaga bo‘lish mumkin. Ularning yillik hajmi turlicha bo‘lib, ma’lum qismi tuproq qoplamiga tushib uni ifloslantiradi, 2004 yilda chiqindilar miqdori 1-toifa bo‘yicha 1,6 ming tonna, 2- toifa chiqindilari 2,8 ming tonna, 3-toifa chiqindilari 1416,3 ming tonna, 4-toifa chiqindilari 34306,8 ming tonna miqdorida paydo bo‘lgan. Viloyatlar bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich turlicha taqsimlanadi (7-jadval). Ushbu chiqindilarning 14% dan ko‘prog‘i zaharli hisoblanadi, hozirgi kunda chiqindilarning barcha turlari hisobga olinmoqda. Respublikamizda eng katta sanoat obektlari Toshkent, Navoiy shaharlarida joylashgan. Toshkent shahri yirik sanoat markazi hisoblanib (O‘zbekiston YAIMning 30%), keng turdagi ishlab chiqarish tuzilmalariga ega, xususan, aviasozlik, mashinasozlik, to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika, oziq - ovqat, elektro-texnik, kurilish kabi ko‘plab sanoat korxanalari mavjud . 7- jadval O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha havfli sanoat chikindilarining paydo bo‘lishi, t. hisobida (O‘zRDSQ ma’lumoti,2004) Respublika va viloyatlar kesimida Jami Xavfli toifalari bo‘yicha 1 toifa 2 toifa 3 toifa 4 toifa O‘zbekiston 35727474,9 1545,0 2827,6 1416320,6 34306781,7 Qoraqolpog‘iston Respublikasi 8,5 - 0,6 7,9 - Andijon viloyati 431,0 - - 130,1 300,9 Buxoro viloyati 772,0 - 212,2 1287,1 272.7 Jizzax viloyati 636870,7 0,1 96,5 636770,0 4,0 Qashqadaryo viloyati 1249,9 0,4 18,8 342,5 888,2 Navoi y viloyati 33629785,7 0,4 850,8 767736,3 32861195,3 Namangan viloyati 237,5 - 214,8 22,6 - Samar q and viloyati 839,8 40.1 23,3 125,4 651,0 Surxondaryo viloyati 8321,7 1,0 129,3 29,4 8162,0 Sirdaryo viloyati 1650,9 0,2 5,7 3,0 1642,0 Toshkent viloyati 1411668,3 15,7 103.3 4065,8 1407483,6 Farg‘ona viloyati 14602,1 - 275,8 4448,9 9877,4 Xorazm viloyati 4,0 - 4,0 - - Toshkent shaxri 20032,8 1487,1 892,5 1351,6 16301,6 Zaxarli moddalarning atrof-muhitga tarqalish yo‘llari va omillariga yer osti va yer usta suvlari, atmosfera omillari va insoniyat faoliyatini kiritish.mumkin. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘ta zaharli moddalar bilan bog‘liq faoliyatlar tartibga solindi va tuproq qoplamining ifloslanish darajasini kamayishiga erishildi. Biroq yillar davomida tuproq qoplamiga tushgan o‘ta zaharli moddalar o‘zining salbiy ta’sirini hali xanuz o‘tkazib kelmoqda. Zaharli moddalarning boshqa kimyoviy ifloslovchi moddalardan havfli tomoni va farqi shundaki, ularda zahar ta’sirining juda yuqoriligi va ta’sir etish vaqgining katgaligidir. Misol uchun quyidagi elementlarning (izotoplari) yemirilish davrini keltiramiz: 186 Oz-2-10 15 , 205 R-1,5-10 7 , 238 i-4,468-10 9 , ^T-^Z-YU 4 , shte -1,25-10 13 yilga teng. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ifloslovchi zaharli moddalar har bir muayyan hudud va mamlakatda turlicha bo‘ladi. Respublikamizda o‘ta zaharli moddalar bilan ifloslanish asosan qishloq xo‘jaligida o‘g‘it va pestitsidlardan foydalanish, ayrim lokal nuqtalarda esa chiqindilar orqali vujudga keladi. Tuproq qoplamining o‘ta havfli moddalar pestitsidlar bilan ifloslanishi respublikamizda ko‘nroq uchraydi. Chunki davlatimizda qishloq xo‘jalik tarmog‘i keng yo‘lga qo‘yilgan. Mustaqillikka erishgunga qadar dehqonchilik faoliyatida pestitsidlar yoppasiga keng masshtabda qo‘llanilgan va yillar davomida ularning qoldiqlari to‘planishi natijasida tuproqning ifloslanishi vujudga kelgan (8-jadval). 8-jadval Respublika tuproqlarini xlororganik pestitsidlar (DDT) bilan ifloslanish dinamikasi (O‘zgidromet ma’lumoti) Respublika hududlari Yillar bo‘yicha 1999 2000 2001 2002 2003 O`zbekiston respublikasi 1,800 1,930 1,500 1,333 1,095 Qoraqolpog‘iston Respublikasi 3,620 4,350 3,500 2,009 1,993 And i jon viloyati 1,560 0,930 0,460 0,754 0,397 Bu xoro viloyati 0,940 0,450 0,140 0,307 0,134 J i zzax viloyati 0,560 0,460 0,410 0,237 _ Qashqadaryo viloyati 1,130 1.190 0,220 0,432 3,494 Navoiy viloyati 1,180 1,500 0,520 0,496 0,191 Namangan viloyati 1,220 1,440 1,220 0,646 0,555 S amarqand viloyati 0,830 1,260 0,750 0,696 0,409 Surxondaryo viloyati 1,660 1,840 - - 1,777 Sir daryo viloyati 1,760 1,510 1,020 0,556 0,334 Toshkent viloyati 1,570 1,880 1,290 1,650 0,456 Farg`ona viloyati 5,910 6,080 4,510 3,643 2,380 Xorazm viloyati 2,420 2,390 1,910 1,829 0,460 Yuqoridagi ma’lumotlarga tayanib aytish mumkinki, hukumat va respublika olimdari tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasida tuproq qoplamining havfli moddalar bilan ifloslanishining kamayishiga erishilmokda. Pestitsidlar kimyoviy tarkibi va qo‘llanilish xususiyatiga kura shartli ravishda 3 ga bo‘linadi: 1. Gerbitsidlar (begona o‘tlarga karshi qo‘llaniladi); 2. Zootsidlar va inseshidlar (zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladi); 3. Fungitsidlar (kasalliklarga qarshi qo‘llaniladi). Tuproqdarni kimyoviy ifloslanishida turli tarmoqlar faoliyatining ulushi turlicha bo‘lib, tuproq qoplamiga chikarayotgan birikm.alari ham turli kimyoviy tarkib va ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tuproqdarni kimyoviy ifloslanishida ko‘prok uchraydigan holatlardan biri bir necha ixtisosdagi sanoat korxonalari bir xududga joylashishi natijasida atrof muhitnnng ifloslanishi keng uchramokda. Jumladan, Respublikamizning Toshkent va Navoiy viloyati tumanlarida bir necha ixtisosdagi sanoat korxonalari joylashib, tutash hududdagi tuproqlar turli darajada ifloslanmokda. Respublika bo‘yicha o‘zining faoliyati mobaynida atrof muhitga turli ko‘rinishda kimyoviy moddalar chiqaradi (4-rasm). Respublika miqyosida atrof muhitga chiqarilgan asosiy ifloslantiruvchi moddalarning soxalar ulushi bo‘yicha dinamikasi (yilda/mivg tonna) Har bir tuproqka tushgan kimyoviy modda tuproq qatlamlarida saqlanib, miqdori ortib boraveradi, ya’ni tuproq qoplami uzok yillar davomida zaharli moddalar ta’sirida qoladi. Yuqoridagi ifloslovchi manbalardan turli ko‘rinishda (suyuq, qattik, gaz va boshqa) tuproq qoplamiga tushadi, ayniqsa sanoatlashgan Toshkent va Navoiy viloyalarida turli ko‘rinishdagi chiqindilar miqdori yuqori bo‘lib, chiqindilarning asosiy qismi maxsus maydonlarga ko‘miladi. Sanoat va maishiy chiqindilar bo‘yicha olib borilayotgan amaliy islohatlar natijasida ma’lum qismi zararsizlantirilib, qayta ishlanmoqda, bu bilan tuproq qoplami kimyoviy ifloslanishining kamayishiga erishilmoqda. Buni quyidagicha ifodalash mumkin: (5-rasm). Sanoat va maishiy chikindilarning zararsizlantirilishi va qayta ishlash mexanizmi Bu yo‘l bilan sanoat va maishiy chiqindilar 2002 yilda 13,5 % qayta ishlandi va Oxangaron tumanida "Qayta tayyorlash" korxonasi tashkil etildi, bu korxonaning faoliyati yana 4 % chiqindilarni qayta ishlash imkonini berdi. Biroq bu yillik chiqayotgan chiqindilarni to‘liq qayta ishlash uchun yetarli emas. Sanoat va maishiy chiqindilar bilan birga sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga xam turli gazlar chiqariladi va atmosfera ifloslanishi bilan bir qatorda ma’lum qismi tuproq qoplamiga tushadi (6-rasm). -rasm O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilish dinamikasi (turg‘un manbalar bo‘yicha, ming tonna xisobida) (O‘zRTMQQ ma’lumoti) Atmosfera havosiga chiqarilayotgan minglab tonna tashlanmalar yil davomida yomg‘ir, qor, shamol va boshqa omillar ta’sirida tuproq qoplamiga tushib, tuproqning kimyoviy ifloslanishini oshishiga olib keladi. Bundan tashqari tuproqni havfli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi qishloq xo‘jaligida turli o‘g‘itlar qo‘llanilishi bilan vujudga kelmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra (K.Mirzajonov, M.Nazarov, S.Zokirova, G‘.Yuldashev 2004) zavodlardan chiqarilayotgan fosforli o‘g‘itlarning har tonnasida tabiiy radionuklidlardan uran-0,036, toriy-0,027, ftor-25,0 (g/t) miqdorida uchrash hisobidan yiliga 445,9 ming tonna fosforli o‘g‘it solinadigan bo‘lsa, respublika tuproq qoplamiga 16,05 t uran, 12,03 t toriy va 11148 t ftor tushishi e’tirof etiladi. Bu esa eng oddiy yo‘l bilan tuproq qoplamini o‘ta zaharli moddalar bilan ifloslanishga yaqqol misoldir, shu nuqtai nazardan yerga solinayotgan va turli maqsadlarda qo‘llanilayotgan turli kimyoviy moddalarning foydalanish tavsifini to‘liq bilish talab etiladi, chunki tuproq tanasi "Tirik tana" hisoblanib, unga tushayotgan har bir yot modda albatta o‘zining ijobiy yoki salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Ayni kunda tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi har kachongidan ko‘ra avj oldi va bu bir muayyan hudud uchun emas, balki mintaqaviy va global darajadagi muammolarga olib kelmoqda Bu o‘rinda respublikamizning janubiy Surxondaryo viloyatining bir necha tumanlariga o‘zining chiqindi tutunlari bilan bir qator muammolarni keltirib chiqarayotgan Tojikiston alyuminiy zavodi (TojAZ) faoliyatini keltirishimiz mumkin. TojAZ birgina 2002 yilda 21,613 ming tonna atmosfera orqali tuproq, o‘simlik, hayvonot va suv qoplamiga vodorod ftorid - NG‘, azot ikki oksidi -N0, uglerod ikki oksidi - SO, oltingugurt to‘rt oksidi - 80 2 kabi zaharli moddalarni chiqargan, natijada esa tuproq qoplamida ayrim kimyoviy elementlarning miqdori ruhsat etilgan miqdori (REM) ko‘rsatkichidan bir necha marta ortgan va tuproqning bir qator xossalariga salbiy ta’sir etgan. Eng achinarlisi bu holat shu hududda yashovchi xomilador ayollar, yosh bolalarga sezilarli ta’siri achinarli holatlarga olib kelgan. Bir qator olimlarimiz (I.Orestor, G.Raxmatkariyev, YE.Kamilov 1995) va O‘zR Yergeodezkadastri Davlat Qo‘mitasining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot davlat instituti xodimlari TojAZ ning chiqindilaridan zarar ko‘rayotgan Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlarida ilmiy tadqiqotlar olib borishdi. TojAZ ning faoliyati mobaynida nafaqat Tojikiston Respublikasi hududi, balki O‘zbekistonning Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlari atrof- muhity, xususan tuproq, suv, havo qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi kimyoviy ifloslanishdan zararlanmokda. Tuproq qoplamining ifloslanishi bu hudud bo‘yicha 4 hududga ajratiladi: 1 hudud - Sariosiyo tumani (TojAZdan 40 km. uzoqlikda). Bu hududda tuproqda ftor miqdori - 1,5 STCHK ni tashkil etib, ifloslangan qatlam 60 sm ga yetadi. 2 - hudud TojAZ dan 40 - 60 km. uzoqlik atrofi bo‘lib, mazkur HUDUD tuproqlarida ftoridlar to‘gshanishi STCHK dan kam. 3 - hudud TojAZ dan 60 - 90 km. uzoqlik atrofi bo‘lib, mazkur Hudud tuproqlarida ftoridlar to‘gshanishi STCHK dan kam bo‘lib, suvda eruvchi ftorning to‘gshanishi ham past darajada. 4 - hudud TojAZ dan 100 km. uzokdik atrofi bo‘lib, mazkur Hudud tuproqlarining ifloslanishi kuzatilmaydi. Bir ko‘rinishda kichik hududga o‘zining kimyoviy ta’siri bilan zarar ko‘rsatayotgan TojAZ va boshqa sanoat korxonalari hammasi bir bo‘lib, tuproq qoplami uchun ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa mummolarni keltirib chiqaradi. Shu nuqgai nazardan har bir sanoat korxonalarini tashkil etishdan avval ekologik nuqtai nazardan ham yondashilishi muhimdir. III. BOB. ASOSIY QISM 3.1.Шўртан нефтни қайта ишлаш корхонасидан чиқадиган чиқиндиларнингbirikmalarining tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarga ta'siri Кимё саноатининг узлуксиз ривожланиб бориши тупроқларнинг кимёвий ифлосланишига (айниқса нефт ва нефт маҳсулотлари билан) шароит яратиб бермоқда, шу боисдан ҳам тупроқларни тозалаш, уларни унумдорлигини қайта тиклаш, мукаммал услуб ва технологиялар ишлаб чиқишни талаб этмоқда. Жаҳон тажрибасига асосланиб ҳозирги кунда тупроқ қопламини тозалашнинг уч хил: физик-механик, кимёвий ва биологик услублари яхши самара бермоқда. Тупроқшунослик нуқтаи назаридан агар биз тупроқнинг “тирик” табиий тарихий жисм сифатида қарайдиган бўлсак, биологик усул [59] муҳим аҳамиятга эгадир. Бу усул тупроқдаги нефт ва нефт маҳсулотларини парчаловчи бактерияларнинг фаолиятидан фойдаланишга асослангандир. Кейинги йилларда тупроқнинг саноат чиқиндилари, нефт маҳсулотлари, оғир металлар билан ифлосланиши натижасида ундаги микробиологик жараёнларнинг сусайиши кузатилмоқда, унинг зарарли оқибатларини бартараф этиш борасида кўпгина илмий – тадқиқот ишлари олиб борилмоқда. Лекин бизнинг илмий тадқиқотларимизгача Шўртан газни қайта ишлаш заводи чиқиндиларининг тупроқ микрофлорасига таъсири етарли даражада ўрганилмаган. Тупроқдаги микроорганизмларнинг сон ва сифат жиҳатидан ривожланиш динамикаси кўпгина физик, кимёвий ва биологик омилларга боғлиқдир. Микроорганизмларнинг активлигини, уларнинг ҳаёт фаолиятига бевосита таъсир кўрсатадиган мавсумий характерга эга бўлган бир қанча экологик омилларнинг белгиланиши кўпгина микробиологик тадқиқотлар натижасида мукаммал ўрганилган. Булардан энг муҳимлари тупроқнинг органик моддалар билан нечоғли таъминланганлиги ва тупроқ эритмасининг реакцияси ҳисобланади. Тупроқлар қандай типга мансуб бўлмасин микроорганизмларнинг кўп тарқалиши ва ривожланиши унинг чириндили қатламнинг қалинлигига боғлиқ. Яъни чиринди қатлами бир мунча қалин бўладиган суғориладиган ҳамда маданийлаштирилган тупроқларда чириндили қатлам унча қалин бўлмайдиган тупроқларга қараганда микроорганизмлар нисбатан остки қатламда тарқалган бўлади. Чиритувчи, мой кислота ҳосил қилувчи, нитрификацияловчи бактериялар, шунингдек актиномицетлар билан моғор замбуруғларнинг ҳар хил турлари тупроқда айниқса кенг тарқалган. Тупроқдаги кислотали муҳитга чидамсиз бўлган алоҳида экологик гуруҳ – актиномицетларнинг тупроқдаги фаолияти жуда аҳамиятлидир. Баъзан тупроқлардаги уларнинг сони умумий микроорганизмлар сонининг 30 фоиздан кўпроғини ташкил этади. Маълумотларга қараганда тупроқдаги шарт-шароит нечоғли ноқулай бўлса, актиномицетларнинг споралари шу қадар кўп бўлади ва уларнинг сони ошиб бораверади. Актиномицетлар споралари бактерияларникига қараганда иссиқликка чидамсиз ҳисобланади . Бу организмлар кўпгина белгиларига кўра, бактериялар билан замбуруғлар орасидаги биологик гуруҳ ҳисобланади. Улар ҳам асосан автотроф организмлардир. Шўртан унитар шуба корхонаси чиқиндилари таркибидаги олтингугурт бирикмаларини тупроқнинг микробиологик хусусиятларига таъсирини ўрганиш мақсадида биз ЎзР ФА Микробиология институти олимлари билан ҳамкорликда завод ҳудуди атрофида тарқалган суғориладиган тақирли қумли, тақирли ҳамда оч тусли бўз тупроқларда кечаётган микробиологик жараёнларни баҳорда ҳамда кузда уларнинг турли қатламларидан олинган намуналарда ўргандик. Тупроқ унумдорлигини бошқаришда агрoномик жиҳатдан муҳим бўлган микроорганизмларнинг ўзига хос гуруҳи аммонификатор, нитрификатор, азотофикатор, сульфофикатор кабиларнинг фаолияти жуда муҳимдир. Яъни улар тупроқдаги клетчаткани парчаланишида, мой кислотали бижғишларда фаол иштирок этади, биологик жараёнларни бошқаради.Сульфофикация жараёнида ҳосил бўладиган сульфат кислота ўсимликлар ўзлаштира оладиган шаклдаги олтингугурт бирикмалари ҳосил бўлишини таъминлаш билан бир қаторда, тупроқда қийин эрийдиган бир қанча фосфатларнинг эришига сабаб бўлади ва шу йўл билан ўсимликлар ўзлаштира оладиган фосфор бирикмалари миқдорини ҳам кўпайтиради. Тупроқдаги микробиологик жараёнлар мавсумий характерга эга бўлиб, асосан озиқа моддалар миқдори ва табиатига, ҳароратга, намлик ҳамда кислород миқдорига, эритма реакциясига бевосита боғлиқ эканлиги тадқиқотчилар томонидан етарли даражада ўрганилган. Тадқиқотларга қараганда, суғориладиган ўтлоқи бўз тупроқларининг ҳайдов қатламидаги актиномицетлар сони бошқа микроорганизмларга нисбатан кўп бўлиши аниқланган. Чунки бу организмлар тупроқдаги кескин экологик шароитларга ҳамда тупроқ эритмасининг кучли осмотик босимига чидамлидир [185]. Стационар дала тажрибалари асосида ўтказилган илмий кузатишларимиз шуни кўрсатдики, Қарши чўли шароитида тарқалган тупроқларнинг микробиологик хоссалари аввало уларнинг типига ҳамда маданийлашганлик даражасига бевосита боғлиқдир. Завод ичи ва унинг атрофи, суғориладиган тақирли қумли тупроқлари типига мансуб бўлганлиги туфайли, бу тупроқларда нам сиғимининг пастлиги, микроорганизмлар истъемол қиладиган чиринди ҳамда минерал унсурларининг камлиги ўрганилган микроорганизмлардан бактериялар ва актиномицетларнинг бошқа тупроқ типларига нисбатан озчиликни ташкил этади. Тупроқдаги микроорганизмларнинг минерал азотдаги тараққиёт фаолияти (КАА) 3.5.1- жадвалда кўрсатилган. Tuproqdagi oltingugurtning ichki aylanishida asosan to'rt toifadagi mikrobiologik jarayonlar ishtirok etadi: [3] Immobilizatsiya, mineralizatsiya, oksidlanish va qaytarilish. Immobilizatsiya jarayonida mikroorganizmlar noorganik sulfatni o'zlashtirib, mikrob hujayrasi o'zlashtiraoladigan organik shaklga aylantiradi. Mineralizatsiya jarayoni esa immobilizatsiya jarayoniga teskari bo'lib, ular odatda bir vaqtning o'zida kechadigan jarayonlardir [1] Tuproq unumdorligini boshqarishda agranomik jihatdan muhim bo'lgan mikroorganizmlarning o'ziga xos guruhi ammonifikator, neytrifikator, azotofikator, sulfofikator kabilarning faoliyati juda muhimdir. Ya'ni ular tuproqdagi kletchatkani parchalanishida, moy kislotali bijg`ishlarda faol ishtirok etadi, biologik jarayonlarni boshqaradi. Tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar mavsumiy xarakterga ega bo'lib, asosan oziq moddalar miqdori va tabiatiga, haroratga, nam hamda kislorod miqdoriga, eritma reaktsiyasiga bevosita bog`liq ekanligi tadqiqotchilar tomonidan etarli darajada o'rganilgan. [4] ning tadqiqotlariga qaraganda sug`oriladigan o'tloqi bo'z tuproqlarning haydov qatlamida aktinomitsetlar soni boshqa mikroorganizmlarga nisbatan ko'p bo'lishi aniqlangan. Chunki bu organizmlar tuproqdagi keskin ekologik sharoitlarga hamda tuproq eritmasining kuchli osmotik bosimiga chidamlidir. Keingi yillarda tuproqning sanoat chiqindilari, neft mahsulotlari, og`ir metallar bilan ifloslanishi natijasida undagi mikrobiologik jarayonlarning susayishi va uning zararli oqibatlarini bartaraf etish borasida ko'pgina ilmiy –tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Lekin bizning ilmiy tadqiqotlarimizgacha Sho`rtan gazni qayta ishlash zavodi chiqindilarining tuproq mikroflorasiga ta'siri etarli darajada o'rganilmagan. Statsionar dala tajribalari asosida o'tkazilgan ilmiy kuzatishlarimiz shuni ko'rsatdiki, Qarshi cho'li sharoitida tarqalgan tuproqlarning mikrobiologik xossalari avvalo uning tipiga hamda madaniylashtirilganlik darajasiga bevosita bog`liqdir.      Tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatdiki, zavod ichi va uning atrofi sahro qum tuproqlar tipiga mansub bo'lganligi tufayli nam sig`imining pastligi, mineral unsurlarining hamda gumusning kamligi aniqlangan mikroorganizmlar turining barchasini boshqa tuproq tiplariga nisbatan ozchilikni tashkil etadi. 1-jadval. 1- jadval. SHNQIK chiqindilarining organik azot (MPA) da mikroorganizmlarning rivojlanishiga ta'siri (ming/g) 2012 y. Tajriba maydoni Tuproq qatlami, sm. Aprel Oktyabr Jami Jumladan Jami Jumladan Bakteriyalar Aktinomitsetla r Bakteriyalar Aktinomitsetlar Zavod Och tusli bo`z tuproq 0-15 3900 2300 1600 4900 3100 1800 16-30 6000 2000 4000 3900 2600 1300 31-50 2200 1500 700 2800 1900 900 0-50 4 033 1933 2100 3866 2533 1333 Qarshi Och tusli bo`z tuproq 0-15 7 3 00 4200 3100 8 5 00 4900 3600 16-30 6100 3600 2500 5800 3300 2500 31-50 4800 2800 2000 5000 2700 2300 0-50 60 66 3533 2533 64 33 3633 2800 (MPA) o'stirilgan mikroorganizmlar taraqqiyotiga qaraganda ba h or (aprel)da tuproqning 0-15 sm qatlamida bakteriyalar h amda aktinomitsetlarning umumiy soni 3900, 16-30 sm da 3000, 31-50 sm da 2200ta bo'lgan h olda bu ko'rsatkichlar Q arshining och tusli bo'z tuproqlarida e sa 7100, 6100, 4800 ni tashkil e tdi. O'suv davrining oxirlari (oktyabr) da ham tuproqlar tipiga ko'ra mikroorganizmlar sonining turlicha bo'lishi aniqlandi. Mikroorganizmlarning umumiy miqdori tuproqning ustki qatlamlarida – 0-15 sm da 3900, 5500, 6000 tani tashkil etgan bo'lsa, 31-50 sm da esa ancha kam-2200, 3500, 4800 ta ni tashkil etdi. Demak barcha tuproq tiplarida ham mikroorganizmlarning umumiy miqdori ustki qatlamlarda ko'p, ostki qatlamlarga tushgan sari esa ularning soni kamayib boradi. Tuproqdagi mikroorganizmlarning mineral azotdagi taraqqiyoti (KAA) 2 - jadvalda ko'rsatilgan. Kraxmal ammiakli agarda o'stirilganda mikroorganizmlar faoliyatida keskin o'zgarishlar sodir bo'ladi. Ya'ni arid zonaning barcha tuproq tiplarida va uning barcha qatlamlarida aktinomitsetlar soni bakteriyalarga nisbatan 3-4 barobar ko'p bo'lishini ko'ramiz. Zavod och tusli bo` z tuprog`ining 0-50 sm li qatlamida bakteriyalar soni o'rtacha 766 ta ni aktinomitsetlar 3133 ta ni tashkil etgan bo'lsa, Qarshining och tusli bo'z tuprog`ida 1166 va 4333 ta atrofida bo'ladi. Bu ko'rsatkich o'suv davri oxirida olingan natijalarda qam o'z ifodasini topdi. 2- jadval SHNQIK chiqndilarining mineral azot (KAA) da mikroorganizmlrning rivojlanishiga ta'siri (ming/g) 2012yil. Tajriba maydoni Tuproq qatlami, sm. Aprel Oktyabr Jami Jumladan Jami Jumladan Bakteriyalar Aktinomitsetla r Bakteriyalar Aktinomitsetlar Zavod Och tusli bo`z tuproq 0-15 4000 1000 3000 6200 1300 4900 16-30 4400 800 3600 5600 1100 4500 31-50 3300 500 2800 3800 800 3000 0-50 3900 766 3133 5200 1066 4133 Qarshi Och tusli bo`z tuproq 0-15 6400 1300 5100 7200 1700 5500 16-30 6500 1600 4900 7100 2300 4800 31-50 3600 600 3000 5100 1500 3600 0-50 5500 1166 4333 6466 1833 4633 Eshbida oligonitrofil mikroorganizmlar tariqasida o'rganilgan bakteriyalar hamda aktinomitsetlar mikroflorasining taraqqiyoti va Chapekada o'stirilgan zamburug`larni rivojlanishi 3-jadvalda ko'rsatilgan. 3 -jadval SHNQIK chiqindilarining tuproq mikroflorasining rivojlanishiga ta'siri (ming/g) 2012 y Tajriba maydoniTuproq qatlami, sm Aprel Oktyabr Jami Oligontrofillar Eshbi Chapeka Jami Oligontrofillar Eshbi Chape ka Bakteri yalar Aktino- mitsetlar Zambur- ug`lar Bakteri yalar Aktinomi tsetlar Zambu rug`lar Zavod Och tusli bo`z tuproq 0-15 4800 1800 3000 3 6200 1500 4700 12 16-30 3800 1000 2800 5 5800 1400 4400 10 31-50 2100 300 1800 2 3000 1000 2000 8 0-50 3566 1033 2533 3,3 5000 1300 3700 10 Qarshi Och tusli bo`z tuproq 0-15 6500 2000 4500 12 8100 2500 5600 15 16-30 6400 1700 4700 10 7000 2000 5000 10 31-50 3200 1400 1800 8 5200 1100 4100 8 0-50 5366 1 700 3666 10 6766 1866 4900 11 Analiz natijalari shuni ko'rsatdiki, Eshbida undirilganda ham yuqorida qayd etilganidek mikroorganizmlarning asosiy qismi tuproqning ustki 0-30 sm li qatlamida rivojlanadi. Nisbatan kam sonli mikroorganizmlar zavod ichi va uning atrofidagi och tusli bo`z tuproqlarida (0-50 sm li qatlamda 3500 atrofida), eng ko'pi esa Qarshining nisbatan ekologik toza och tusli bo'z tuproqlarida (5460) bo'lishi aniqlandi. Bu qonuniyat Chapekada o'stirilgan zamburug`lar (son jiqatdan nisbatan juda kam bo'lsada) taraqqiyotida ham saqlanib qoldi. Mikrobiologik tadqiqotlar bo'yicha olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatdiki, tuproqqa tushgan zavodning oltingugurtli chiqindilari asoslar bilan reaktsiyaga kirishib, turli neytral tuzlar qosil qilishi natijasida tuproq eritmasi kontsentratsiyasini mikrobiologik jarayonlarga salbiy ta'sir etadigan holatgacha o'zgartiraolmaydi. Ya'ni oltingugurt birikmalari qanday kimyoviy tarkibga hamda qanday fizik holatda tushmasin tuproqning umumiy unumdorlik darajasiga salbiy ta'sir qilmaydi. ХУЛОСАЛАР 1. Шўртан газ корхонаси чиқиндиларининг атроф-муҳит тупроқ қопламига тушиш доираси чиқиндининг кимёвий таркиби, физик хоссалари шамолнинг кучи ва йўналиши ҳамда агрегат ҳолатига бевосита боғлиқдир. Завод чиқиндилари таъсирида бўлган оч тусли бўз, нисбатан экологик тоза Қарши шаҳар оч тусли бўз тупроқлари эритмаси реакциясининг кучсиз ишқорийлиги уларнинг агромелиоратив хусусиятлари ҳисобланади. 2. Тупроққа тушган корхона чиқиндилари унинг кимёвий ва биологик хоссаларига кўрсатадиган максимал таъсири асосан завод ичи ва унинг атрофида тарқалган суғориладиган оч тусли бўз тупроқларида кузатилади. Заводдан 10-15 км масофада жойлашган бошқа тупроқ типларида ҳам уларнинг таъсири маълум даражада сақланиб қолади. 3. Завод чиқиндилари тупроқда асослар билан кимёвий реакцияга киришиб турли заҳарли ва заҳарсиз (фойдали) тузлар ҳосил қилади, тупроқ эритмасини нейтралланишига, микробиологик жараёнларнинг суссайишига таъсир кўрсатади. ТАКЛИФ ВА МУЛОҲАЗАЛАР 1. Завод чиқиндиларидан ташқари ҳудуда ёзги авғон шамолини эътиборга олиб, иҳота дарахтзорлари барпо қилиш ёрдамида массивни кучли чанг тўзонлардан ҳимоя қилиш мақсадга мувофиқдир. Бунинг учун қурғоқчиликка, заҳарли чиқиндиларга, шўрланишга чидамли дарахтлардан фойдаланиш яхши натижа беради. 2. Микробиологик жараёнларни жадаллаштириш мақсадида завод ичи ва унга яқин тупроқларни органик моддаларга бойитиш, маданийлаштириш натижасида тупроқ кимёвий чиқиндилардан табиий равишда стерилланишига шароит яратади. ADABIYOTLAR RО‘YXATI. 1. Karimov I.A. О‘zbekiston buyuk kelajak sari. Toshent.: О‘zbekiston. 1998. 508-520 bet. 2. (Айдинян, 1964-йил,Бабаева, Зенова 1983 Орлов 1985) Soderjaniye i formi soyedineniya seri v razlichnix pochvax SSSR i yeye znacheniye v obmene veshestv mejdu pochvoy i rasteniyami. J. «Agroximiya» , № 10, 1964. S.3-16. 3. Babeva I.P., Zenova G.M. Biologiya pochv . Izd-vo Moskovskogo universiteta. 1983. s .148-180. 4. Peyve Y.V. Bioximicheskiye osobennosti seri. V. KN.: Bioximiya pochv. M., selxozgiz. 1976. S. 307-311. 5. Tixova YE.P. Znacheniye obmennqx kationov v pogloshenii SO 4 pochvami. J. «Pochvovedeniye», № 2, 1958. S. 57. 6. Vozbuskaya A.YE. Ximiya pochvi. M. , «Visshaya shkola», 1968. s. 45, 46, 365. 7. Krupskiy N.K., mamontova YE.G., Batsula A.A. O soderjanii serq v guminov ix kislotax i fulvokislotax nekotorix pochv USSR. J. «Pochvooyedeniye», № 10, 1971. S. 37-40. 8. Abdullayev X.A. Biogeoximiya va tuproq muhofazasi asoslari. T. “О‘qituvchi” 1989, 88-89 bet. 9. Gulimov S. Soderjaniye seri v nekotorix orashayemix pochvax i yeye znacheniye kak elementov pitaniya dlya xlopchatnika. Avtoref. Diss. Na soisk. Uchen. Step. Kand.s.-x.nauk, Tashkent, 1980. S.3,10,13. 10. Ioselev L.G. Simpozium po ispolzovaniyu seri v selskom xozyaystve. Vestnik selskoxozyaystvennoy nauki, № 5, 1971. S. 143-146. 11. Abdraxmanov T.A., Jabborov Z.A. Tuproqlarni ifloslanish muammolari va muhofaza qilish tadbirlari. T. “Universitet” 2007, 12. 4 – 46 bet. 13. Tolkacheva G.A., Kovalevskaya Y.I. “Vliyaniye atmosfernix vipadeniy (osadki, suxiye) v promishlennix zonax na zagryazneniye nazemnoy rastitelnosti” Trudi mejgosudarstvennoy konferensii. Otse nka vozdeystviya promishlennix vibrosov na nazemnuyu rastitelnost. T. 1994, 36-37 bet, 14. Sluskaya L.D. Sera kak udobreniye. J. «Agroximiya», № 1, 1972. S. 130 - 143 . 15. Tixova YE.P. Znacheniye obmennqx kationov v pogloshenii SO 4 pochvami. J. «Pochvovedeniye», № 2, 1958. S. 57. 16. Aydinyan R.X., Ivanova M.S., Solovyeva T.G. Metodi izvlecheniya i opredeleniya razlichnix form seri a pochve i rasteniyax. M.,1968. 17. Nikitishen V.I., Dmitrakova L.K. Krugovorot i balans seri v zemledelii . J. «Agroximiya», № 9, 1983, s. 113. 18. 41.Xamroyev A.SH., Ochilov R.O. va b. Oltingugurt va hosil T. “Talqin” 2009, 5-9 bet 19. Abdraxmanov T.A., Jabborov Z.A. Tuproqlarni ifloslanish muammo-lari va muhofaza qilish tadbirlari. T. “Universitet” 2007, 4 – 46 bet. 20. Diyorova M.X., Aslonov CH.A. Toshkent Agror universiteti Xabarnomasi №4. 23-25 bet. 2 1. Diyorova M.X., Aslonov CH.A. Qarshi davlat universiteti Xabarnomasi №1. 27-29 bet. 22.Diyorova M.X. “О‘zbekiston janubida suv resurslari va inshoatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Qarshi-2008y. 143-146 bet. 23. О‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati va tabiiy yesurslardan foydalanish tо‘g‘risida MILLIY MA’RUZA Tokent – 2008y.71,83-85 bet. 24. http://www.muctr.ru/newht 25. http://www.softline.ua.pr 26. http://www.chem.msu.su.ru 27. http://chem.kstu.ru/butlerov 28. http://goodgoods.ru/shop/book.html 29. http://knorus.ru/cgi-bin/book 30. http://www.u-g.ru 31. http://www.gubkin.ru 32. http://www.samgtu.ru 33. http://www.muctr.ru 34. http://grid.ecoinfo.ru 35.. http://old.gubkin.ru/chem