logo

Qamashi tumani tog‘ va tog‘ oldi o‘simliklar qoplamida tarqalgan chandir lipskiya (lipskya insignis (koso-pol.) nevski) senopopulyatsiyalari

Yuklangan vaqt:

29.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

9648.5595703125 KB
Qamashi tumani tog‘ va tog‘ oldi o‘simliklar qoplamida tarqalgan chandir lipskiya (lipskya insignis (koso-pol.) nevski) senopopulyatsiyalari mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA KIRISH ................................................................................................................. 3 1. QAMASHI TUMANINING FIZIK-GEOGRAFIK TAVSIFI .................... 6 2. SOYABONGULDOSHLAR (APIACEAE) OILASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT ...................................................................................................... 10 3. CHANDIR LIPSKIYANING BIOEKOLOGIYASI VA FITOTSENOTIK TAVSIFI ............................................................................................................. 30 3.1. Chandir lipskiya haqida umumiy ma’lumot ........................................ 30 3.2. Chandir lipskiya fenologiyasi .............................................................. 32 3.3. Chandir lipskiya senopopulyatsiyalarining zichligi va individlar soni ............................................................................................................ 39 3.4. Chandir lipskiya senopopulyatsiyalaridagi o‘simliklar jamoasining floristik tarkibi ........................................................................................... 42 4 . O‘SIMLIKNI MUHOFAZA QILISH VA KO‘PAYTIRISH CHORA- TADBIRLARI .................................................................................................... 50 XULOSALAR .................................................................................................... 54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ..................................... 56 ILOVALAR ........................................................................................................ 58 2 KIRISH Qadim zamonlardan beri insoniyat o‘z tevarak atrofidagi tabiat bilan uyg‘unlikda yashab kelgan. U tabiatni “Ona tabiat” deb atagan va unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan sanoatning rivojlanishi, insoniyatning ehtiyojlari ortishi natijasida tabiat ne’matlariga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarib borgan. Natijada so‘nggi asrlarda inson va tabiat orasidagi muvozanat buzilib, tabiatdagi ayrim hayvonot va o‘simliklarning yo‘qolib ketishi jadallashdi. Buning oldini olish maqsadida 1979 yilda O‘zbekiston “Qizil kitob”i ta’sis etildi. O‘zbekistonda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar soni qariyb 4   150 ga yetdi. Shulardan 577 tasi shifobaxsh xususiyatga ega. Bular orasida jumhuriyatimiz hududida ma’lum sharoitlardagina uchraydigan yer sharining boshqa floristik viloyatlarida o‘smaydigan, fan olamida endem tur deb yuritiladigan 390 turi bo‘lib, ular Respublikamizning bebaho milliy boyligi hisoblanadi. Kimyo fanining nihoyatda taraqqiy qilishi, ayniqsa yangi kimyoviy birikmalar, jumladan sintez qilish yo‘li bilan olinayotgan tez va yaxshi ta’sir etuvchi dorilar ko‘paygani bilan dorivor o‘simliklar o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q, aksincha ularga bo‘lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor preparatlarning qariyb 50 foizi o‘simliklardan ajratib olinadi yoki ulardan tayyorlanadi. Tabobatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan alkaloidlar, saponinlar, efir moylari va boshqa moddalar ham o‘simliklardan olinadi, yana turli dorilar, preparatlar va vitaminlarga boy konsentratlar tayyorlanadi. Bundan tashqari o‘simliklardan turli oshlovchi, bo‘yoqbop va boshqa sanoat mahsulotlari olinadi. Respublika hukumati ba’zi bir yovvoyi o‘simlik turlarini yig‘ishni tartibga solish maqsadida o‘simliklardan bir qancha turini O‘zbekiston “Qizil Kitobi”ga kiritishga qaror qildi. 3 Qashqadaryo viloyati hududida ham keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi va sanoat qurilishi ishlarining jadal sur’atda olib borilishi tabiatga, shu jumladan o‘simliklar olamiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa juda kam uchraydigan endem va relikt (qadimgi davr florasiga oid turning ma’lum joylarda qoldiq holda saqlanayotganligi) turlar o‘sadigan sharoitlar o‘zlashtirilishi natijasida ular tez orada butunlay yo‘qolib ketish xavfi tug‘ilmoqda. Ishning dolzarbligi. Bugungi kunda bioxilma-xillikni saqlash butun dunyo hamjamiyati oldida turgan muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu borada Respublikamizda ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017 yil 4 sentabrdagi PQ-3256- sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshida Botanika va Zoologiya institutlarining tashkil etilishini bu borada hukumat darajasida ahamiyat berilayotganligining isbotidir. Shundan kelib chiqqan holda Qizil Kitobga kiritilgan hamda Qamashi tumani tog‘ va tog‘ oldi o‘simliklar qoplamida tarqalgan chandir lipskiyaning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, uning senopopulyatsiyalarining hozirgi holatini aniqlash dolzarb vazifа hisoblanadi. Ishning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi Qamashi tumanining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida tarqalgan chandir lipskiyaning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, uning ayrim senopopulyatsiyalarining hozirgi holatini o‘rganish hamda ularning muhofaza qilish va ko‘paytirish chora-tadbirlarini islab chiqishdan iborat. Yuqorida qayd etilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar rejalashtirildi va bajarildi:  Qamashi tumanining fizik-geografik holatini (relefi, iqlimi, dengiz sathidan balandligi, tuprog‘i, foydali qazilmalari) adabiyotlardan foydalanib o‘rganish;  Chandir lipskiyaning bioekologik xususiyatlarini (fenologiyasi, senopopulyatsiyasining zichligi va individlar soni) o‘rganish; 4  Chandir lipskiyaning ayrim o‘simliklar senopopulyatsiyalarining floristik tarkibini va tuzilishini aniqlash;  Chandir lipskiyani muhofaza qilish va ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Ishning ilmiy yangiligi. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, Qizil Kitobga kiritilgan hamda Qamashi tumani tog‘ va tog‘ oldi o‘simliklar qoplamida tarqalgan chandir lipskiyaning bioekologik xususiyatlari (fenologiyasi, senopopulyatsiyasining yosh tarkibi) tabiiy sharoitda o‘rganildi, uning senopopulyatsiyalarining bugungi kundagi floristik tarkibi va holati aniqlandi, uni muhofaza qilish va ko‘paytirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Ishning ilmiy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishining ahamiyati shundan iboratki, Soyabonguldoshlar (Apiaceae) oilasiga mansub bo‘lgan chandir lipskiyaning bioekologik xususiyatlari (fenologiyasi, senopopulyatsiyasining yosh tarkibi) tabiiy sharoitda o‘rganilgan, uning senopopulyatsiyalarining bugungi kundagi floristik tarkibi va holati aniqlangan hamda muhofaza qilish va ko‘paytirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Bitiruv malakaviy ish Qashqadaryo viloyatida tarqalgan o‘simliklar senopopulyatsiyalarini floristik tahlil etishda yordamchi qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishini yozishda 6 jildli «Флора Узбекистана» (1941- 1962) asaridan, 4 jildli «Ўзбекистон ўсимликлар қоплами» monografiyasidan, M.Nabievning «Ботаника атлас-луғати»dan hamda S.Cherepanovning “Сосудистые растения России и сопредельных государств (в пределах бывшего СССР)” nomli asarlaridan keng foydalanildi. Botanikaga oid nomenklaturalarni, zamonaviy sistematik birikmalari va o‘zgarishlarini O‘.Pratov, T.Odilovlarning asarlaridan (1991-1995) foydalangan holda bajarildi. Dorivor o‘simliklarni aniqlashda K.Xojimatov, I.Malsov, V.Karimov, A.Shomaxmudov, X.Xolmatov, Z.Xabibov va N.Olimxo‘jaevlarning asarlaridan va usullaridan foydalanildi. 5 6 I bob. Qamashi tumanining fizik-geografik tavsifi Qamashi tumani — Qashqadaryo viloyatidagi tuman, 1937 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Qarshi tumaniga qo‘shilgan. 1964 yil 31 dekabrda yana qaytadan tashkil etilgan ( 1-rasm ) . Shimoldan Chiroqchi, Yakkabog‘, Shahrisabz tumanlari, g‘arbdan Koson tumani, janubdan G‘uzor, Dehqonobod tumanlari, sharqdan Surxondaryo viloyatining Boysun tumani bilan chegaradosh. Maydoni 2,66 ming km 2 . Aholisi 191,4 ming kishi (2005). Tumanda 11 qishloq fuqarolari yig‘ini (Yortepa, Jonbuzsoy, Ko‘kbuloq, Laylaksoy, Oqravot, To‘qboy, Chim, Qamay, Qiziltepa, Korabog‘, Qoratepa) bor. Markazi — Qamashi shahri . 1-rasm . Qamashi tumanining xaritasi. Tuman hududi g‘arbdan sharqqa 150 km, shimoldan janubga 40 - 45 km ga cho‘zilgan. Hududining sharqiy qismi tog‘lardan, g‘arbiy qismi esa tekisliklardan iborat. Umumiy maydonining ¼ qismini Qarshi dashti egallagan. Tuman relyefi sharqqa tomon ko‘tarila boradi, tekisliklar, qir-adirlar, so‘ngra past va balandroq tog‘lar almashinib keladi. Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlaridan bo‘lgan Chaqchar tog‘i viloyatdagi eng baland tog‘ lardan biri bo‘lib (Katta Xuroson, asli 7 Katta Xarsang cho‘qqisi, 3749 m), Qashqadaryo havzasini Surxondaryo havzasidan ajratib turadi. Tumanda qazilma boyliklardan turli xil qurilish materiallari mavjud. Qashqadaryo (tumanning eng g‘arbiy tekislik qismida 30 km masofada oqib o‘tadi) va uning irmog‘i — Langar asosiy suv manbalaridir. Qashqadaryo havzasiga kiruvchi Yakkabog‘daryo va G‘uzordaryoning yuqori qismlari (Qizildaryo, Tirnasoy, Katta O‘radaryo) ham tuman hududidan suv oladi. Qashqadaryo viloyatidagi eng yirik Chimqo‘rg‘on suv ombori tuman hududida joylashgan. Xo‘jaliklarni suv bilan ta’minlovchi ariq va kanallar (Chim, Janbuz, Tayoqli, Sag‘anak kabilar) shu suv omboridan boshlanadi. Qamashi suv ombori 1957 yilda Qamashi shahridan 4 km uzoqlikdagi Sho‘rchasoy tabiiy botiqligini tuproq to‘g‘on bilan to‘sib hosil qilingan. To‘g‘onning dastlabki balandligi 10 m, ustki qismining uzunligi 900 m, ombor atrofida ko‘tarilgan marzalar bilan birgalikda 1500 m, hajmi 11 mln. m 3 . 1962 yilda to‘g‘on rekonstruksiya qilinib, 3 m ga ko‘tarildi, umumiy hajmi 17,3 mln. m 3 ga va foydali hajmi 16 mln. m 3 ga yetkazildi. Maksimal chuqurligi 12,0 m, o‘rtacha chuqurligi 6,0 m, suv sathining yuzasi 1,5 km 2 . Suv ombor Yakkabog‘ daryosidan suv oluvchi Qorabog‘ kanali va suv sarfi 4 m 3 /sek. bo‘lgan 6 km uzunlikdagi suv keltirish kanali orqali aprel- iyulda to‘ldiriladi. Omborning suv chiqargichidan suv sarfi 4 m 3 /sek. bo‘lgan 2,9 km uzunlikdagi kanal suv oladi. Qamashi suv ombori Qamashi tumanida 5 ming ga ekinzorni sug‘orish imkonini beradi. Iqlimi kontinental. O‘rtacha yillik harorat 7,2 °C. Yanvar oyining o‘rtacha harorati -4,6 °C, iyulniki +20,1 °C. Vegetatsiya davri tekislik qismida 240 kun, tog‘li qismlarida 200 kun. Yillik yog‘in 327 mm dan (tekislikda) 612 mm gacha (tog‘lik qismida). Tuproqlari ham tekislikdan tog‘larga tomon o‘zgarib boradi: tipik bo‘z tuproq, qo‘ng‘ir bo‘z tuproq, qumoq bo‘z tuproq; daryo vodiylarida o‘tloqi tuproqlar tarqalgan. 8 Turli xil efemeroidlar — qo‘ng‘irbosh, yaltirbosh, no‘xatak, lolaqizg‘aldoq, shuningdek, kovrak, bug‘doyiq, oqquray, qoramurch, yantoq, qizilmiya, yulg‘un, tol, archa, zarang, pista, bodom, do‘lana, itburun, qatrang‘i, yovvoyi olcha, yong‘oq va boshqalar o‘sadi. Tulki, quyon, qobon, tog‘ ayig‘i, kiyik, bo‘rsiq, jayra, kalamush, sichqon, turli xil zaharli ilonlar, echkemar, kaltakesak; parrandalardan kaklik, kaptar, chil, so‘fito‘rg‘ay, zarg‘aldoq, chumchuq, chug‘urchiq, bedana, lochin, burgut, qirg‘ovul va boshqalar bor. Aholisi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km 2 ga 72 kishi. Shahar aholisi 33,6 ming kishi, qishloq aholisi 157,8 ming kishi (2005). Tumanda 3,5 mingga yaqin korxona, jumladan sanoat, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish va h.k. faoliyat ko‘rsatmoqda. Paxta tozalash, g‘isht zavodlari, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxonalar, kichik, o‘rta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar bor. 3 ta qo‘shma korxona ishlab turibdi. Qishloq xo‘jaligi, asosan, paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan. Tog‘li hududlarda bahorikor g‘allachilik (bug‘doy, arpa) rivojlangan. Pillachilik bilan ham shug‘ullaniladi. Chorvachilikning muhim sohasi qoramolchilik (asosan, sug‘oriladigan zonada), qo‘ychilik (tog‘ zonasida) hisoblanadi. Tumanda shirkat, dehqon, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari bor. Ekin maydonlarining 9,8 ming ga yeriga paxta, 25,6 ming ga yeriga g‘alla, shuningdek, sabzavot va kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo‘jaliklarida 61,4 mingga yaqin qoramol, 110,3 mingdan ziyod qo‘y va echki, 130,2 mingdan ziyod parranda, 3,4 mingga yaqin yilqi boqiladi. 85 umumiy ta’lim maktabi (52,5 ming o‘quvchi), 2 litsey va ixtisoslashgan maktab, bolalar musiqa maktablari, mehribonlik uyi, markaziy kutubxona, 12 klub muassasalari, madaniyat uylari bor. «Egachim» folklor etnografik, «Qizg‘aldoq» bolalar etnografik, «Mingbarg», «Bo‘yrachi», «Bo‘ston», «Mahallada duv - duv gap» ashula va raqs ansambllari faoliyat ko‘rsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, 9 tug‘ruqxona, poliklinika, ambulatoriya, 12 qishloq vrachlik punkti, 35 feldsher akusherlik punktida 257 vrach, 1637 o‘rta tibbiy xodim aholiga xizmat ko‘rsatadi. 1941 yil 16 iyundan «Qamashi haqiqati» gazetasi chop etiladi. Tuman hududidan Qarshi — Kitob temir yo‘l, Katta O‘zbekiston trakti o‘tadi. Qamashi tumani markazi — Qamashi shahri (1974 yil 23 dekabrgacha Qamashi qishlog‘i, 1978 yildan Qamashi shahri). Temir yo‘l stansiyasi mavjud. Qamashi shahridan Qarshi shahrigacha 63 km. Mahalliy ma’lumotlar bo‘yicha Qamashi nomi o‘zbek qo‘ng‘irot urug‘ining qamaychi tarmog‘i nomidan olingan. Aholisi 34 ming kishi (2005). Qamashi shahrida paxta tozalash zavodi, ko‘rpa paxta fabrikasi, qurilish materiallari kombinati va boshqa qurilish tashkilotlari, MTP, 2 avtokorxona, «Mikron» firmasi (makaron ishlab chiqaradi), terini qayta ishlash korxonasi, momiq fabrikasi ishlab turibdi. Kichik, o‘rta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat ko‘rsatadi. Qo‘shma korxonalar mavjud. 2 litsey, 5 umumiy ta’lim maktabi, bolalar musiqa va sport maktablari, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uyi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tug‘ruqxona, dorixonalar va tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko‘rsatadi. Qamashi shahridan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi. 10 2. Soyabonguldoshlar oilasi haqida ma’lumot. 2.1. Soyabonguldoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va ko‘payish xususiyatlari Apiaceae yoki Umbelliferae — Soyabonguldoshlar (Ziradoshlar, Selderdoshlar) oilasi Yopiq urug‘lilar — Magnoliophyta (Angiospermae) bo‘limining Ikki pallalilar — Magnoliopsida (Dicotyledones) sinfi Soyabongullilar — Apiales tartibiga kiradi. Soyabonguldoshlar oilasi gulli o‘simliklar orasida eng yirik va xo‘jalik ahamiyati eng muhim bo‘lgan oilalardan biri hisoblanadi. Turli manbalarda ularning butun dunyo bo‘yicha uchraydigan, ayniqsa shimoliy yarimsharning mo‘tadil va subtropik qismlarida keng tarqalgan vakillari soni 400 tagacha turkum va 3000 dan 4000 gacha turni tashkil qilishi keltiriladi. Soyabonguldoshlar orasida turli ko‘rinishdagi bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Chala butalar ancha kam, buta va daraxt ko‘rinishidagi hayotiy shaklga ega bo‘lgan turlar esa bir necha turkumlardagina uchraydi (Myrrhidendron, Heteromorpha, Eryngium, Bupleurum). Markiziy va Janubiy Amerikaning tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadigan Mirridendron turkumiga mansub daraxtlar 5 m gacha yetadi. Soyabonguldoshlar orasidagi kam sonli butalardan Sharqiy va Janubiy Afrikada o‘suvchi Heteromorpha arborescensning bo‘yi 5-6 m ga yetadi. Eryngium turkumiga mansub bo‘lgan butalardan Xuan-Fernandes oroli endemlari E. bupleuroides va E. sacrophyllum hamda O‘rtayer dengizi bo‘yida o‘sadigan Bupleurum turkumiga mansub butalar: B. canescens va B. fruticosumlarning bo‘yi 2-2,5 m dan oshmaydi. Ko‘p yillik o‘tlar orasida bir necha yillar davomida gullab meva beradigan polikarplar bilan bir qatorda meva bergandan keyin batamom qurib ketadigan monokarp turlar ham uchraydi. Ko‘p yillik monokarp turlar odatda 3-15 yil davomida faqatgina ildiz oldi barglarini hosil qiladi va oziq moddalarni ildizida to‘plab boradi. Keyin baquvvat guldor poya chiqaradi va meva beradi. Ularga 11 O‘rta va G‘arbiy Osiyo chala cho‘llari va past tog‘larida uchraydigan Ferula turkumining ko‘pgina vakillarini misol qilish mumkin. Soyabonguldoshlar orasida zich yostiqsimon chim hosil qiladigan turlar ham uchraydi, masalan Azorella. Ular Janubiy Amerikaning And va Antarktikaning baland tog‘larida o‘sib, ko‘ndalangiga 4 m gacha yetadigan chim hosil qila oladi. Chilida ularning 30 ga yaqin turi uchraydi. Azorella selago Antarktikadagi Kergelen orolida kam sonli gulli o‘simliklar orasida quruqlikning katta qismini qoplab turadi. Shu bilan birga Soyabonguldoshlar orasida pakana poyasiz yoki kalta poyali bir yillik o‘tlar, masalan Hohenackeria exscapa ham Kavkazorti hududlaridagi chala cho‘llarda tarqalgan. Soyabonguldoshlarning poyasi, odatda, tik turuvchi, kam hollarda yotiq bo‘ladi. Ko‘p hollarda o‘zakning erta buzilishi tufayli ichi bo‘sh bo‘g‘in oraliqlariga ega, bo‘g‘in oraliqlari ko‘pincha egatsimon yoki qovurg‘ali. Hatto o‘tsimon o‘simliklarda ham ularning bo‘yi 3 m gacha yetishi mumkin. Ayrim turlarda poyasi yakka, tik turuvchi, uchki qismidan qiya tepaga shoxlanib, ingichka shoxchalari asosiy soyabondan uzunroq bo‘ladi (Aulacospermum multifidum); boshqalarida poyasi asosidan shoxlangan, shoxlari deyarli gorizontal tarvaqaylagan yoki tik tepaga qaragan ko‘plab shoxchalarga ega (Seseli tortuosum, Bupleurum falcatum). Ko‘pchilik Soyabonguldoshlarning poyasi yumaloq, egatchali, bo‘g‘inlarida biroz bukilgan (Silaus besseri, Conioselinum vaginatum). Poyasi ko‘pincha tuksiz, silliq (Seseli tortuosum, Laser trilobum) yoki biroz g‘adir-budir (Ostericum palustre), ayrim turlarda pastki qismi quyuq tukli, o‘rta qismi siyrak tukli, yuqorigi qismi tuksiz (Laserpitium pruthenicum). Rangi yashil yoki binafsharang (Seseli tortuosum), asosi to‘q binafsharang (Conioselinum palustris) bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik botqoqlikdagi va dengiz bo‘yidagi soyabonguldoshlar bo‘g‘inlaridan ildiz chiqaruvchi yotiq poyaga ega. Ularga misol qilib Yevropadagi turlar hisoblanadigan Hydrocotyle vulgaris va Helosciadum repensni misol qilish mumkin. 12 Soyabonguldoshlar orasida o‘q ildizli o‘simliklar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ildiz, odatda yo‘g‘on, 1-2,5 sm gacha qalinlikda (Peucedanum alsaticum), vertikal yoki tik, yuqorisi yo‘g‘onlashgan (Trinia multicaulis) yoki urchuqsimon (Peucedanum oreoselinum, Aulacospermum multifidum). Ayrim turlarning ildizi yo‘g‘on uzun vertikal (Laserpitium pruthenicum) yoki qalinligi 2 mm dan oshmaydigan popuk ildiz (Sium sisaroideum). Ko‘pchilik soyabonguldoshlar uchun shakli o‘zgargan poyalar xos. Ildizpoyali turlar keng tarqalgan. Ularga misol tariqasida Cicuta bulbiferani keltirish mumkin. Uning ildizpoyasi vertikal, yo‘g‘on, ichi bo‘sh, to‘siqlar bilan kameralarga bo‘lingan. O‘rmalovchi yerosti poyalarga ega bo‘lgan turlarni ham uchratish mumkin (Sium sisaroideum, Aegopodium podagraria). Soyabonguldoshlarning ko‘pchilik vakillari tuganaksimon, yo‘g‘onlashgan ildizga ega. Ularda oziq moddalar to‘planadi. Ko‘p hollarda yer yuzasiga yaqin (Chaerophyllum prescottii) yoki chuqur (Bunium turkumi vakillarida) joylashgan yakka tuganaklarni uchratish mumkin. Tuganaksimon yo‘g‘onlashgan ildizlar tutamini Oenanthening ayrim turlarida kuzatish mumkin. Soyabonguldoshlarning barglari, odatda navbatma-navbat joylashadi, oddiy, biroq ko‘pincha murakkab qirqilgan. Barg plastinkasi kam hollarda butun. Odatda kengaygan yoki cho‘ziq qin yaxshi taraqqiy etadi. Soyabonguldoshlarning barglari, odatda yonbargchalarsiz. Biroq istinolar ham uchrab turadi. Hydrocotyle turlarida barg bandlari asosida yonbargchalar mavjud. Boshqa noyob istisno, ya’ni qarama- qarshi joylashgan barglar Amerikadagi 2 kichik turkumlarda (Bowlesia, Spananthe) va Kanar orollari endemi Drusa oppositifoliada kuzatiladi. Qinsiz butun yoki tekis qirrali barglarni Bupleurum turkumining ko‘plab vakillarida uchratish mumkin. Ularning barg plastinkalari, odatda parallel yoki yoysimon tomirlangan, ingichka tasmasimondan yuraksimon va deyarli yumaloq shaklgacha o‘zgarishi, ba’zi turlarda yuqorigi barglar hatto poya bilan sanchilgan ko‘rinishda ham bo‘lishi mumkin. Barg plastinkasining ninasimon markaziy tomirgacha reduksiyalanishi faqatgina Lilaeopsis turkumi vakillarida — Amerika, 13 Avstraliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan botqoq o‘rmalovchi o‘simliklaridagina uchraydi. Soyabonguldoshlarning ayrim turlarida barg plastinkalari butun, lekin cheti tishsimon o‘yilgan. Hydrocotyle turlarida ular deyarli yumaloq shaklda bo‘lib, uzun bandli, bu turkumning Yevropadagi yagona vakili — H. vulgarisda esa barglari hatto qalqonsimon shaklda. Juda mayda, zich joylashgan, ko‘pincha butun yoki tekis qirrali barglar Azorella va Janubiy Amerikadagi boshqa yuqori tog‘da o‘suvchi soyabonguldoshlarda mavjud. Eryngium hamda Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi Aciphylla turkumlarining ayrim turlari ikki qator joylashgan, cheti tishchali, lansetsimon yoki qalamsimon bargga ega. Janubiy Amerikaning kamposi, ya’ni savannasimon o‘simliklari hisoblangan Eryngium junceum va E. eriophorumlar ham o‘ziga xosdir. Barglari ingichka qalamsimon, uzunligi 80 sm gacha va eni 5 sm gacha. Chilida o‘suvchi E. pseudojunceumning ingichka qalamsimon barglarining ichi bo‘sh, ko‘ndalang to‘siqchalarga ega. Etdor barglarni Eryngiumning ayrim turlari va boshqa bir qator galofit turkumlar, masalan MDH doirasida Qrim va Kavkazda o‘suvchi Crithmum turkumida uchratish mumkin. Soyabonguldoshlarning aksariyatida gullar ushbu oila uchun xos bo‘lgan to‘pgul — murakkab soyabonga yig‘ilgan. Ko‘pchilik turkumlarda gullar oddiy soyabonga yig‘ilgan, Sanicula turkumi esa kallaksimon to‘pgulga ega. Eryngiumning ko‘plab turlarida o‘ziga xos to‘pgul — zich kallak bo‘lib, unda har bir gul asosida gul oldi bargcha mavjud. Janubiy Amerikada o‘suvchi Centella calliodus va G‘arbiy Avstraliyada o‘suvchi Xanthosia singuliflorada oddiy soyabondagi barcha gullar reduksiyaga uchraganligi tufayli gullari yakka-yakka. Sisiliyaning endem o‘simligi Petagnia saniculifoliada uchki to‘pgullar o‘ziga xos dixaziylar ko‘rinishiga ega. Oddiy soyabonlar va ikkilamchi soyabonlar (soyabonchalar) asosida ko‘pincha kichik bargchalar bo‘lib, ular o‘rama (yoki o‘ramacha) hosil qiladi va tashqi gullarning gul oldi bargchasi bo‘ladi. Ichki gullar, odatda gul oldi bargchalarga ega emas. Agar murakkab soyabonning birlamchi nurlari asosida 14 uchki shakli o‘zgargan barglari bo‘lsa, unda ular murakkab soyabonning umumiy o‘rama bargini hosil qiladi. O‘rama barglarning bargchalari, odatda butun yoki yoki tekis qirrali bo‘ladi. Biroq ayrim turkumlar, masalan Daucusda ular patsimon qirqilgan bo‘lishi mumkin. Gullarning va oddiy soyabonlarning o‘rama barglari turli ko‘rinishlarda o‘zaro qo‘shilib ketishi va yorqin rangda bo‘lishi hamda bu hollarda changlatuvchilarni jalb qilishda ma’lum o‘rin tutishi mumkin. Masalan, Astrantia turlarida juda yiriklashgan o‘rama barglar pushti rangda, Bupleurum aureumda esa yorqin sariq rangda. Odatda esa o‘rama barglar g‘unchalarni turli tashqi ta’sirlardan himoyalovchi moslama bo‘lib, ayrim turlarda o‘simlik gullagandan keyin tushib ketadi. Oddiy yoki murakkab soyabonlar bittadan joylashishi va poyaning uchi bo‘lishi yoki uchi vegetativ yotiq poyalardagi barg qo‘ltiqlaridan chiqishi mumkin (Hydrocotyle). Biroq ko‘pchilik hollarda soyabonlar ma’lum darajada shoxlangan umumiy to‘pgulni hosil qilib, undagi markaziy soyabon eng taraqqiy etgan bo‘ladi. Ayrim soyabonguldoshlarda markaziy soyabon ikki jinsli yoki urg‘ochi gullarga, chetki soyabonlar esa reduksiyalashgan erkak gullarga ega. Bir jinsli gullar soyabonguldoshlar orasida ancha keng tarqalgan bo‘lib, bunda o‘simliklar bir uyli yoki ikki uyli bo‘lishi mumkin. Ikki uyli soyabonguldoshlarga Janubiy Afrikada tarqalgan Arctopus turkumi va Yevroosiyo adirlarida o‘suvchi Trinia turkumi vakillarini misol qilib keltirish mumkin. Aksariyat soyabonguldoshlarning gullari nisbatan bir xil tuzilishga ega. Ular, odatda aktinomorf va 5 qismli. Har bir gul tarkibiga 5 bargli kosacha, 5 tojbargli toj, 5 changchi va 2 ustunchali urug‘chi kiradi. Soyabonguldoshlarning tojbarglari oq, och pushti, kam hollarda to‘q pushti rangli yoki sariq, yashil-sariq rangli. Tojbarg asosida ingichka, ko‘pincha tirnoqcha shaklida bo‘lib, plastinkaga kengayadi, ko‘pchiligida uchi torayib, odatda gul ichiga egilgan bo‘ladi va buning natijasida bargning uchi ikki yoki uch parrakli ko‘rinishga ega bo‘ladi. 15 Androsey 5 changchidan iborat. Ginesey sinkarp, 2 urug‘chibargdan iborat. Tugunchaning ustki tomoni 2 asalchi bezga — stilopodiyga aylangan bo‘lib, ularning har biri boshchali yoki to‘qmoqsimon tumshuqchali erkin stilodiy bilan tugaydi. Tugunchaning ikkala uychasida ham bittadan urug‘kurtak bo‘lib, odatda bittasi rivojlanmay qolishi natijasida bitta urug‘ yetiladi. Biroq ikkala urug‘kurtak yetilgan mevalar ham ko‘plab uchraydi. Soyabonguldoshlarning mevasi visloplodnik deb ataladi va yetilganida bir qancha vaqt mevabarglarning ventral qismidan hosil bo‘lgan ustuncha yoki karpoforda yopishib turadigan 2 bo‘lakka — merikarpiylarga ajraladi. Karpofor Hydrocotyleae va Saniculoideae kenja oilalarida bo‘lmaydi. Biroq Apioideae kenja oilasida ham har doim ko‘rinavermaydi. Soyabonguldoshlar sistematikasida mevaning tuzilishiga alohida ahamiyat beriladi hamda bu borada maxsus atamalar ham ishlab chiqilgan. Merikarpiylarning ichki tomonini komissura deb ataladi. Ularning tashqi tomonida 5 asosiy yoki birlamchi bo‘ylama qovurg‘alar mavjud. Ular oralig‘ida ikkilamchi qovurg‘alar joylashishi mumkin. Meva po‘stining o‘rta qavati — mezokarpiyda bo‘ylama yog‘ kanallari bo‘lib, odatda ular birlamchi qovurg‘alar oralig‘ida va komissura tomonida joylashadi. Mevalar tuzilishining detallari turli moslashish sharoitlariga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Xususan, qovurg‘alar qanotsimon ko‘rinishda bo‘lishi yoki o‘zida tikonchalar, tangachalar, bo‘rtmachalar va hokazolar kabi qo‘shimchalarga ega bo‘lishi mumkin. Urug‘ po‘sti juda ingichka bo‘lib, meva po‘stiga zich taqalib turadi yoki u bilan qo‘shilib ketadi. Urug‘da kichik murtakdan tashqari kuchli endosperm ham mavjud. Soyabonguldoshlarning gullaridagi bezli disk tomonidan ishlab chiqariladigan nektarga turli changlatuvchi hasharotlar bemalol yetisha oladi. Changlatuvchilarni jalb qilishda kichik gullarning to‘pgullarga yig‘ilishidan tashqari ko‘pchilik soyabonguldoshlar uchun xos bo‘lgan hid hamda yiriklashgan 16 yorqin rangdagi o‘rama barglar va gullarning yiriklashgan chetki tojbarglari ham ishtirok etadi. Diasporalar, ya’ni soyabonguldoshlardagi merikarpiylarning tarqalishi, odatda shamol, suv oqimlari, hayvonlar va odam yordamida amalga oshadi. Anemoxoriya, ya’ni shamol yordamida tarqalish eng ko‘p uchraydi. Bunda merikarpiylarning yelkan hosil qilishi qanotsimon bo‘ylama qovurg‘alar hamda po‘kaksimon to‘qima (Prangos) yordamida ham ro‘y beradi va bu holat suv oqimlari yordamida tarqaladigan ko‘plab soyabonguldoshlar uchun ham xosdir (masalan, Oenanthe). O‘rta Osiyoning qumli cho‘llarida tarqalgan Cryptodiscus ammophilusning merikarpiylari zich tuklar bilan qoplangan. Soyabonguldoshlarning bir qator adir va chala cho‘l vakillari, shu jumladan Eryngium arvensis va Seseli tortuosum poyasining asosidan kuchli va tarvaqaylagan shoxlanishga ega bo‘lib, mevalarini shamol yordamida yumalab tarqatadi. Soyabonguldoshlarning ko‘plab turlari ekzozooxoriya, ya’ni hayvonlar terisi va inson kiyimlarida tarqaladi. Ularning merikarpiylari, odatda ilgaksimon tikanchalar va hurpaygan tikanchalarga (masalan, Trollis va Caucalis) ega. Inson va hayvonlarning oyoqlariga yopishgan tuproqda maxsus moslamalarga ega bo‘lmagan ko‘plab turlarning (masalan, Carum carvi) merikarpiylari tarqaladi. Noyob ballistik tarqalish usuli soyabonguldoshlar orasida O‘rtayer dengizi bo‘yidagi turkum — Scandixda ma’lum. Uning yirik (7-8 sm gacha uzunlikda) mevalari uzun va ingichka tumshuqchaga ega. Yetilgan mevalari bo‘linganda merikarpiylarning tumshuqcha hosil qilgan qismi buraladi va merikarpiyni chetga otib yuboradi. Nisbatan kam soyabonguldoshlar ildizpoya, ildiz bachkisi, ildizlashgan yer usti poyalari va boshqalar yordamida vegetativ ko‘payadi. Shimoliy Amerikada o‘suvchi Cicuta bulbifera poyasining yuqorigi barglari qo‘ltig‘ida to‘kiluvchi piyozchalar dastasini tutib turadi. 17 Asosan mevalarining tuzilishiga asoslangan holda Soyabonguldoshlar oilasi tarkibida, odatda 3 kenja oila va bir qator tribalar ajratiladi. Bular: • Hydrocotyloideae • Saniculoideae • Apioideae Hydrocotyloideae kenja oilasi Araliaceae oilasiga eng yaqin bo‘lib, ba’zan alohida oilaga ham ajratiladi. Ular danakkasimon mevaga ega bo‘lib, meva bargining ichki qavati — endokarpiy yog‘ochsimon, karpofor va yog‘ kanallari yo‘q (yoki yog‘ kanallari asosiy qovurg‘alarda joylashgan). Bu kenja oilaning 2 tribasidan Hydrocotyleaening merikarpiylari yon tomonlaridan siqilgan, Mulineaening merikarpiylari esa yalpoq yoki orqasi keng yumaloqlashgan. Bu kenja oilaning 30 turkumga mansub 400 ga yaqin turlarining aksariyati janubiy yarimsharda tarqalgan bo‘lib, ko‘pchiligi tropiklarning tog‘larida o‘simlik qoplamining asosiy qismlaridan biriga aylanadi (masalan, Azorella turlari). Saniculoideae kenja oilasining vakillari orasida ko‘rinishi o‘ziga xos bo‘lgan soyabonguldoshlar turkumlarini (Eryngium, Astrantia, Lagoecia, Petagnia va b.) birlashtiradi. Ularning mevasi yumshoq, parenximatik endokarpiyga ega, biroq Apioideaelardan farq qilgan holda ularning bezli diski kallakli tumshuqchaga ega bo‘lgan ustunchalarni halqa ko‘rinishida o‘rab turadi, shuningdek erkin karpofor mavjud emas. Bundan tashqari, bu kenja oilaning gullari murakkab soyabonga emas, balki oddiy soyabonga yoki kallaklarga yig‘ilgan. Saniculoideae ham 2 tribaga bo‘linadi: 2 uyli tugunchaga va rivojlangan yog‘ kallariga ega bo‘lgan Saniculeae hamda 1 uyli tugunchaga va rivojlanmagan yog‘ kanallariga ega bo‘lgan Lagoecieae. Saniculoideaening 9 turkum va 300 ga yaqin turlaridan ko‘pchiligi tropiklarning tog‘larida va Janubiy Afrikada uchraydi. Apioideae kenja oilasiga ko‘plab turkum va turlar mansub bo‘lib, ularning deyarli barchasi shimoliy yarimshardagi tropiklardan tashqarida tarqalgan. Mevalarining endokarpiysi yumshoq bo‘lgan holda halqasimon emas, balki odatda qavariq disk ko‘rinishidagi bezga ega. Ustunchalarining tumshuqchasi odatda 18 to‘mtoq, deyarli har doim karpofor va yog‘ kanallari yaxshi taraqqiy etgan. Mevasining tuzilishiga asoslangan holda bu kenja oila 8 tribaga bo‘linadi: Echinophoreae, Scandiceae, Coriandreae, Smyrnieae, Ammieaea, Peucedaneae, Laserpitieae va Dauceae. Soyabonguldoshlar juda ko‘zga tashlanadigan o‘simliklar, ular ko‘p hollarda o‘simliklar qoplamining shakllanishida muhim o‘rin egallaydi va landshaftga o‘ziga xoslikni baxsh etadi. Ko‘pchilik soyabonguldoshlar xalq xo‘jaligida ozuqa (aksariyat hollarda sabzavot va ziravorlar), dorivor, em-xashak va texnik o‘simliklar sifatida katta ahamiyatga ega. Ular orasida sabzi (Daucus sativus) asosiy sabzavot o‘simliklaridan biri hisoblanadi. Sabzining ildizmevalari vitaminlarga (ayniqsa A provitamini — karotinga) va ularga o‘ziga xos sabzi hidini beruvchi efir moyiga boy. Sabzi, shuningdek, parhez taom hamda avitaminozlar va kamqonlikni davolashda katta ahamiyatga ega. O‘rtayer dengizi bo‘yi mamlakatlarida uni bundan 4000 yillar avval, dastlab dorivor, keyinchalik ozuqa va em-xashak o‘simlik sifatida madaniylashtirilgan. Sabzavot va ziravor o‘simliklar orasida petrushka (Petroselium crispum) va selderey (Apium graveolens) ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, ularning nafaqat ildizmevalari, balki C vitaminga juda boy bo‘lgan barglari ham ovqatga ishlatiladi. Ularning har ikkalasi o‘ziga xos efir moyiga ega bo‘lib, bu moy urug‘larida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Shvid (Anethum graveolens) ham ozuqa va dorivor o‘simlik sifatida keng tarqalgan. Ozuqaga uning C va boshqa vitaminlarga boy bo‘lgan barglari ishlatiladi. Uni shuningdek sabzavotlarni konservalashda xushbo‘y ziravor sifatida qo‘shiladi. Mevalarining damlamalarini tibbiyotda ishtaha ochuvchi va tinchlantiruvchi vosita tariqasida qo‘llaniladi. Asosiy efir moyli o‘simliklar qatoriga kashnichni (Coriandrum sativum) ham kiritish mumkin. Uning mevalarida 0,2-1,4% efir moyi va 28% gacha yog‘ mavjud. Kashnichning ildizoldi barglari va mevalari kuchli hid va o‘tkir ta’mga 19 ega bo‘lib, O‘rta Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlarida qadimdan yetishtirib kelinadi. Uning mevalari kinza nomi bilan ziravor sifatida keng qo‘llaniladi. Qadimgi Misrda kashnich miloddan avvalgi 1000 yildan avval madaniylashtirilgan. Qimmatli efir moyli o‘simliklar sifatida qora zira (Carum carvi) va anis (Anisum vulgare) ham o‘z o‘rniga ega. Ularning mevalari, ildizi va barglari ziravor sifatida, efir moylari esa tibbiyot va attorlikda qo‘llaniladi. Ko‘pchilik yovvoyi soyabonguldoshlarni (masalan, Aegopodium podagraria) salatlar tayyorlashda qo‘llash mumkin. Ziravor va efir moyli o‘simliklar qatorida soyabonguldoshlarning ayovan (Trachyspermum ammi), ammi (Ammi visnaga), mirris (Myrrhis odorata) va kmin (Cuminum cyminum) kabi turlarini ham keltirish mumkin. Dorivor soyabonguldoshlardan Janubiy Osiyoda qadimdan moxov va teri kasalliklarini davolashda qo‘llanilgan osiyo sentellasini (Centella asiatica) hamda qotgan shirasidan qimmatli dori vositalari tayyorlanadigan ferula turlarini (ayniqsa, kovrak — Ferula assa-foetida) alohida ajratib keltirish mumkin. Heracleumning ayrim bahaybat turlari em-xashak va manzarali o‘simlik sifatida madaniylashtirilgan. Shuningdek istirohat bog‘lari va alpinariylarda o‘stirish qulay bo‘lgan manzarali o‘simliklarga Astrantia va Bupleurumning ayrim turlarini hamda quruq guldastalar tayyorlash uchun quriganda ham o‘zining rangini saqlab turadigan o‘simliklarga Eryngiumning ayrim turlarini misol qilib keltirish mumkin. Soyabonguldoshlar orasida ba’zi o‘simliklar juda zaharli bo‘lib, inson va hayvonlar uchun xavflidir. Ular orasidan Cicuta virosa, Conium maculatum va Aethusa cynapiumlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Xalqimizning shifobaxsh o‘simliklar haqidagi boy tajribasi yo‘q bo‘lib ketmasligi hamda ulardan oqilona foydalanish uchun Chiroqchi tumanida yovvoyi holda o‘sadigan va ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor o‘simliklar haqida qisqacha ma’lumot berishni ma’qul ko‘rdim. 20 So‘nggi yillardagi tadqiqotlar natijasiga (Pimenov, Leonov, 1993) ko‘ra bu oilaning vakillari 450-480 avlodga mansub 3990 ga yaqin tur va kenja turlarga bo‘linishi ma’lum bo‘ldi. Bunda taksonlarning asosiy qismi Yevroosiyo qit’asida tarqalgan. Osiyoda 277 avlodga mansub bo‘lgan 2043 tur uchraydi (Pimenov, Leonov, 1995, 1996). Boshqa qit’alarda avlodlar soni ancha kam. Jumladan, Yevropada 139, Afrikada 126, Shimoliy Amerikada 92, Janubiy Amerikada 45, Avstraliyada 36 avlod qayd qilingan (Pimenov, Leonov, 1993). Osiyo boshqa qit’alardan endem avlodlarning soni ko‘pligi bilan ham (158 avlod) ajralib turadi ajralib turadi. MDH da bu oilaning 750-780 tur va 145 avlodini uchratish mumkin (Chubarov, 2005). Mazkur oilaning vakillarining tarkibidagi “yog‘i” o‘zining dorivor xususiyatlari bilan odamlarni qadim zamonlardanoq qiziqtirib kelgan. Ayrim avlod va turlarning nomlari antik davr mualliflari asarlaridan olingan (Shishkin, 1950). Ko‘pchilik turlarning ta’rifi ximiyaviy tarkibi va dorivor moddalarning xususiyatlarini o‘rganish bilan birga olib borilgan. Dorivor moddalarni o‘simliklarning deyarli barcha qismlarida uchratish mumkin. Apiaceae oilasini o‘rganish uzoq o‘tmishga borib taqalsada, uning sistematikasi hanuzgacha eng chigal, murakkab va oxiriga yetmagan hisoblanadi. Ko‘pchilik soyabonguldoshlarning ta’rifi K. Linney tomonidan yozilgan, biroq ungacha ham mualliflar Apiaceae oilasining ta’rifini yozishga harakat qilganlar. Jumladan Teofrast va Dioskorid singari yunon donishmandlarining ishlarida Sium, Selinum, Anisum va boshqa avlodlarning vakillari haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin. Qadimgi dunyo, jumladan Xitoy tabiblarining ishlarida Apiaceae oilasining vakillari juda ko‘p tilga olinadi (Shishkin, 1950, Pimenov, Klyuykov, 1996). Biroq bu ma’lumotlar faqatgina tarixiy jihatdangina ahamiyatga egadir. Apiaceae oilasi haqidagi zamonaviy bilimlar K. Linney (Linne, 1753, 1762) va uning shogirdi K. Vildenov ishlaridan boshlanadi. Ulardan keyin M. Adanson (1763), Krans 1767, Lamark 1814, K. Shprengel (1820), Kox (1824), Dekandol 21 (1836), Ventam va Guker (1867), Buassye (1872) va boshqalar ham soyabonguldoshlarni o‘rganish bilan shug‘ullangan. Ularning ishlarida, eng avvalo, o‘simliklarning birlamchi ta’rifi qimmatli hisoblanadi. Bu mualliflarning avlodlar yoki undan katta sistematik guruhlari bo‘yicha tuzgan sistemalari ko‘p jihatlardan noto‘g‘ri bo‘lgan. Jumladan, Angelica L. avlodi vakillarini Krans Selinum L. avlodi vakillaridan hisoblagan va buning uchun ushbu avlodga mansub o‘simliklarda qizil qanotchalar borligi yetarli asos qilib olingan. Dekandol ham xuddi shu fikrda bo‘lgan, Lamark esa bu o‘simliklarni Imperatoria Lam. degan alohida avlodga o‘tkazgan. Soyabonguldoshlarning avlodlarini ilk marta guruhlarga ajratish M. Adansonning ishlarida kuzatiladi (Adanson, 1763). U Umbelliferae oilasiga soyabonguldoshlar va araliaceae ni birlashtirgan hamda 8 seksiyaga ajratgan. Buassye (Boissier, 1872) mevalarining siqilish darajasi, qovurg‘alar soni va soyabonlarining tuzilishiga ko‘ra soyabonguldoshlar oilasini 11 tribaga ajratgan. Soyabonguldoshlarning sistematikasida karpologik usuldan foydalanish dastlab G.F. Gofman (Hoffmann, 1814) tomonidan olg‘a surilgan va keyinchalik Drude (Drude, 1897), Martel (Martel, 1905), Kalestani (Calestani, 1905), Brike (Briquet, 1924) ishlarida rivojlantirilgan. B.M. Kozo-Polyanskiy so‘ziga qaraganda “Gofman Soyabonguldoshlarning sistematikasidagi Linneyidir” deb atalgan. O‘zining “Genera plantarum Umbelliferarum” (Hoffman 1814, 1816) nomli ishida u ko‘pchilik karpologik belgilar, xususan yog‘ kanalchalarining tuzilishiga asoslangan klassifikatsiyani ishlab chiqadi, ko‘pchilik yirik avlodlarni kichik avlodlarga ajratadi hamda Soyabonguldoshlar oilasining vegetativ va generativ organlarining atamalarini ishlab chiqadi. Aynan Gofmanning ishlaridan keyin karpologik belgilar sistematik ahamiyatga ega bo‘ldi. XIX asrning oxirida bu oilaning to‘liq sistematik tahlilini O. Drude (Drude, 1897) keltirib o‘tadi. Drude tomonidan taklif qilingan klassifikatsiya ko‘p jihatdan sistematikada qo‘lga kiritilgan eng so‘nggi ma’lumotlarga zid bo‘lsa ham hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 22 B.M. Kozo-Polyanskiy (1915b, 1925a, 1950) anatomik metoddan keng foydalangan va soyabonguldoshlarning filogenetik sistemasi yaratilishiga asos solgan. Bu sistema Drude sistemasi bilan birgalikda keyingi mualliflarning ishlarida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Mazkur sistema keyinchalik P.N. Krilov (1935) va YE.P. Korovin (1961) tomonidan qo‘llanilgan. Bu sistemaning ayrim jihatlarini B.M. Kozo-Polyanskiy soyabonguldoshlarning kavkaz vakillari bo‘yicha tayyorlagan ishida chop etgan (Kozo-Polyanskiy, 1914a). Kozo-Polyanskiy tarqoq bo‘lgan Apioideae guruhi avlodlarining ko‘p qismini ilk marta Ligusticaseae Koso-Pol. tribasiga birlashtirgan (Lavrova, Pimenov, Tixomirov, 1983). B.M. Kozo-Polyanskiyning g‘oyalari “Sciadophytorum Systematis Lineamenta” (Koso- Polansky, 1916) nomli asarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, u yerda Ligusticoideaega taaluqli turlar guruhini kengaytirgan. Mazkur sistema o‘z yutuq (Bupleurum avlodining Ligusticeae — Buplerinaega kiritilishi) va kamchiliklariga ega. B.M. Kozo-Polyanskiy hayoti davomida o‘zining sistemasi ko‘proq oilaning filogeniyasini ochib berishini va sistematik maqsadga kam yordam berishini ta’kidlab o‘tgan. Biroq bu sistemani tuzishda karpologik belgilardan ko‘plab foydalanilganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, demak uni soyabonguldoshlarning karpologiyasini o‘rganishdagi poydevor deyish mumkin. B.M. Kozo- Polyanskiyning fikriga ko‘ra, karpologik belgilar orasida taksonomik jihatdan eng qimmatlilari perikarpiyning, o‘tkazuvchi va sekretor sistemalarning tuzilishi, endosperm tipidir. U avval generativ va vegetativ organlarning tuzilishi kam ma’lumot berishini ta’kidlagan bo‘lsada, umrining oxiriga kelib o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirgan hamda vegetativ belgilar ham karpologik belgilar singari muhimligini tan olgan. Bundan tashqari, B.M. Kozo-Polyanskiy soyabonguldoshlarning filogeniyasiga doir qator fikrlarni bildirib o‘tgan bo‘lib, ular keyingi tadqiqotchilarning ishlarida o‘z tasdig‘ini topgan (Safina, Pimenov, 1983). B.M. Kozo-Polyanskiy soyabonguldoshlarning sistematikasi, filogeniyasi va anatomiyasi bo‘yicha o‘nlab ishlarni amalga oshirgan. Jumladan, u Bupleurum (Kozo-Polyanskiy, 1915a), rod Ferula L. (Kozo-Polyanskiy, 1925b) va boshqa 23 ko‘plab mayda avlodlarni chuqur o‘rgangan. “Исчисление русских видов p. Bupleurum L.” (1915а) nomli asarida B.M. Kozo-Polyanskiy o‘sha davrda avlodning mavjud bo‘lgan barcha sistemalari haqida ma’lumot keltirgan hamda o‘zining sistemasini taklif qilgan. Avlodni tiplash so‘nggi vaqtgacha amalda bo‘lgan. “A preliminary census of giant-fennels (Ferulae) of Russian Central Asia” asarida O‘rta Osiyodagi ferula turlari haqida dastlabki ma’lumotlarni keltirgan. B.M. Kozo-Polyanskiy bilan bir vaqtda berlinlik veterinar va botanik G. Volf asarlari ham chop etilgan. Uning ishlari ayrim noaniqliklarga qaramasdan, o‘sha davrda soyabonguldoshlar haqidagi muhim manba sanalgan. G. Volf (Wollf, 1913; 1927) oilaning yangi sistemasini taklif qilmagan bo‘lsada, ko‘plab yangi turlar, variatsiyalar va formalarning ta’rifini keltirib, taksonlarning tarqalishini ko‘rsatib o‘tgan. Shuni ta’kidlash kerakki, G. Volfning ishlaridagi ma’lumotlar ko‘pincha noaniq yoki protologlardan ancha farq qiladi. Qator maqolalarda G. Volf tomonidan mazkur oilaning osiyodagi vakillaridan ko‘plab yangi turlarining ta’rifi keltirilgan (Wolff, 1920, 1924). 1923 yildan boshlab YE.P. Korovin o‘z ishlarini chop ettira boshladi. Ular asosan O‘rta Osiyo hududiga taalluqli bo‘lib, ayrim hollarda butun dunyoda tarqalgan taksonlarni ham o‘z ichiga olgan. Bularga misol qilib “Иллюстрированная монография рода Ferula (Tourn) L.” (1947) va “Род Scaligeria DC. и его филогения” (1928) asarlarini keltirish mumkin. Bu asarlarda YE.P. Korovin dunyo miqyosida avlodlar chegarasini aniq belgilab, ularning o‘sha davr uchun muvaffaqqiyatli sistemasini taklif qildi. Bu asarlar haligacha murakkab sistematik guruhlarni monografik tahlil qilish bo‘yicha namuna bo‘la oladi. Bundan tashqari, ushbu avlodlarning vakillari O‘rta Osiyo florasining genezisini aniqlash uchun qo‘lanngan (Korovin, 1934b, 1939, 1940). O‘zining sistematikasida Ye.P. Korovin ekologik metoddan faol foydalangan. U B.A. Kellerning ekologik-morfologik metodini “ekologik-genetik juftliklar” metodiga o‘zgartirib, uning yordamida bir qator kichik turlar va ularning formalarini aniqlashda morfologik belgilar emas, balki yashash muhitiga asoslanish 24 qulayroqligini ko‘rsatib bergan (Korovin, 1928). Ye.P. Korovinning biror hududning soyabonguldoshlari haqidagi asarlari ham e’tiborga molik. U Qozog‘istonning soyabonguldoshlarini (Korovin, 1963), undan avvalroq esa qator avlodlarni (Albertia Regel et Schmalh., Bunium L., Korshinskya Lipsky, Ferula, Scaligeria DC.) tahlil qilgan (Korovin, 1951). Ye.P. Korovin jami 180 dan ortiq soyabonguldoshlar turlarining ta’rifini keltirgan. “Флора СССР”ning yozilishi Yevroosiyo qit’asining soyabonguldoshlari sistematikasida muhim bosqich bo‘ldi. Bu nashrning soyabonguldoshlarni o‘z ichiga olgan ikkita jildi nisbatan qisqa muddatda nashr qilindi, ya’ni 16-jild 1950 yilda, 17-jild 1951 yilda. Bu asarni yozishda Ye.G. Bobrov, I.A. Linchevskiy, B.K. Shishkin, Ye.P. Korovin, I.P. Mandenova, B.A. Fedchenko va K.M. Korolevalar ishtirok etgan. Avlodlarning asosiy qismi B.K. Shishkin tomonidan tahlil qilingan. “Флора СССР”da soyabonguldoshlar sistemasiga O. Drude (1897) sistemasi asos qilib olingan. Bu asarda sobiq SSSR hududi bo‘yicha 142 avlodga mansub 740 tur keltirilgan. Unda yangi avlod — Krasnovia M. Pop. ning ta’rifi keltirilgan. “Флора СССР” chop etilgandan bir necha yil o‘tib, M. Hiroening (1958) "Umbelliferae of Asia” monografiyasi nashrdan chiqadi. Unda MDHning soyabonguldoshlari to‘g‘risida ko‘plab mahlumotlar keltirilgan. Bu asarning yana bir muhim jihati shundaki, unda osiyodagi soyabonguldoshlarning ko‘pchilik avlodlari tipifikatsiyasi keltirilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, qator avlodlarni (Eryngium L., Conioselinum Hoffm. va b.) tipifikatsiyalashda ularning avvalgi lektotiplarini almashtirish uchun hech qanday asos bo‘lmagan (Pimenov, Tixomirov, 1979). Ayrim avlodlarning (Caucalis L., Pimpinella L., Aegopodium L., Ledebouriella H. Wolff va b.) taklif qilingan hajmi ham bahsli bo‘lib qolmoqda. M.T. Cerceau-Larrivalning “Plantules et pollens D Ombellifes...” (1962) nomli asari ham diqqatga sazovor. Unda soyabonguldoshlarning o‘ziga xos va qiziqarli sistemasi keltirilgan. Xususan, Bupleurum avlodining alohida kenja sinf — Bupleureaega ajratilganligini kuzatish mumkin. 25 Xorijlik mutaxassilarining ko‘pchiligi alohida avlodlar va turlar ustida ish olib borgan Chaerophyllum, Anthriscus (Dihour, 1976), Conium (Leute, 1971). B.K. Shishkin, Ye.G. Bobrov, I.P. Mandenova, P.G. Gorovoy, V.N. Tixomirov, M.G. Pimenov va b. (Kaden, Tixomirov, 1954; Pimenov, 1975; Lavrova i dr. 1983) soyabonguldoshlarning sistematikasiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan. V.N. Tixomirov soyabonguldoshlarga taalluqli 54 dan ortiq ish chop ettirgan. U Angelica L. avlodining hajmini aniqlab bergan (Tixomirov, 1962, 1967a, b, 1968a, b, 1973; Tixomirov, Galaxova, 1965; Tixomirov, Aksenov, 1970). M.G. Pimenov, YE.V. Klyuykov, T.V Lavrova va b. bilan birgalikda qator avlodlarning (Aulacospermum Ledeb., Prangos Lindl., Bunium, Cnidium Cusson ex Juss., Kadenia Lavrova et V.N. Tikhom. va b.) sistemasi keltirilgan (Klyuykov, Pimenov, Tixomirov, 1976 a, b; Pimenov, Tixomirov, Lavrova, 1986; Pimenov, Tichomirov, 1983; Pimenov, Tixomirov, Lavrova, 1986 va b.). V.N. Tixomirov hammualliflar bilan birgalikda turli sistematik darajadagi taksonlar uchun jami bo‘lib 69 yangi nomlanishlarni taklif qilgan (Tixomirov, 1994). Bugungi kunda soyabonguldoshlarning eng to‘liq sistematikasi M.G. Pimenov tomonidan ishlab chiqilgan. Biroq u ham o‘zining mantiqiy yakuniga yetmagan. M.G. Pimenov ko‘plab amaliy materiallardan foydalanib, sistematika maqsadlarida avvallari e’tiborga olinmagan belgi va metodlarni qo‘llagan. Buning natijasida o‘zining “The genera of the Umbelliferae a nomenclatur” (Pimenov, Leonov, 1993) asarini nashrdan chiqargan. Unda ayrim avlodlarning hajmi qayta ko‘rib chiqilgan, asosiy sinonimlari va tipifikatsiyasi keltirilgan. Bu asarning elektron varianti bilan “GNOM” —(Generis NOMenclator, 1999) ma’lumotlar bazasida tanishish mumkin. M.G. Pimenov taklif qilgan sistema ayrim joylarida qayta ko‘rib chiqishni talab qilsada, hozirgi vaqtda eng ma’qul hisoblanadi. V.M. Vinogradova ham O‘rta Osiyo soyabonguldoshlarini o‘rganishga ulkan hissa qo‘shgan. U Aegopodium (Vinogradova, 1988b), Bupleurum (Vinogradova, 1985a, v, 1991a), Cnidium (Vinogradova, 1988a), Ferula (Vinogradova, Kamelin, 1986; Vinogradova, 1990), Ferulopsis (Vinogradova, 1989), Phlojodiocarpus 26 Turcz. (Vinogradova, 1981), Seseli L. (Vinogradova, Sanchir, 1985; Vinogradova, 1989a), Stenocoelium Ledeb. (Vinogradova, Fedorchuk, 1979) va b. avlodlar bo‘yicha qator ishlar olib borgan. Bundan tashqari, V.M. Vinogradova BIN-RFA gerbariysidagi soyabonguldoshlarning keng lektotipifikatsiyasini amalga oshirgan. Soyabonguldoshlar oilasi sistematikasining hozirgi bosqichida, eng avvalo, turlarning qaysi avlodga mansubligi, avlodlarning hajmi, tur ichida va turlararo guruhlarning strukturasini qayta ko‘rib chiqish bilan tavsiflanadi. Ayrim turlarning Apiaceae — Araliaceae oilalari juftligidan qaysi biriga taalluqliligini qayta ko‘rib chiqish hoolari ham mavjud. Mazkur bosqichda sistematikaning avvallari foydalanilmagan bir qator belgi va metodlarini qo‘llash xos. Karpologik metodlardan tashqari, anatomik metodlar ham keng qo‘llanilmoqda. Masalan, G.S. Kiknadze (1962) soyabonguldoshlarni bargi va barg bandlari bo‘yicha aniqlash metodikasini ishlab chiqqan. Bugungi kunda soyabonguldoshlarni gulqo‘rg‘on (venchik) yaproqlaridagi yog‘ kanalchalarining tuzilishi bo‘yicha aniqlash metodikasi taklif qilingan (Vinogradova, 1996). Bu metodni bir avlodning bir-biriga yaqin turlariga nisbatan qo‘llash mumkin. Ushbu holat mazkur belgining turli avlodlar uchun tipik strukturasi yo‘qligi bilan izohlanadi. Hozirda olingan ma’lumotlar har bir turda yog‘ kanalchalarining tuzilishi o‘ziga xosligi ko‘rsatmoqda. Bu metodning xatolik ehtimolligi yuqoriligi va to‘liq ishlab chiqilmaganligi uning keng qo‘llanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Keying vaqtlarda olib borilgan izlanishlarda (Dashkevich va b., 1994; Lavrova va b., 1982; Pimenov, Ostroumova, Tomkovich, 1982; Pimenov, Leonov, 1992, 1993) petiolyar ma’lumotlar va ularning klaster analizidan keng qo‘llanilmoqda. Buning uchun informatsion texnologiyalar yordamida tajribani avvaldan rejalashtirish metodikalaridan foydalanilmoqda. Bundan tashqari, soyabonguldoshlarning ma’lum guruhlarida ularning evolyutsion munosabatlarini aniqlashda serologik munosabatlar va genomning molekulyar analizi (yadrodagi ribosoma DNKsining ichki transkripsiyalanuvchi speysorlaridan foydalanish) 27 metodikalari qo‘llanilmoqda (Lavrova, Pimenov, Devyatkova, 1987; Shneyer va b., 1991; Valiejo-Roman et all, 1998). XX asrning 70-80-yillarida M.G. Vasilyeva va b. (1981), N.M. Solovyova va b. (1982), T.S. Rostovsevalar (1976) tomonidan soyabonguldoshlar oilasining ko‘pchilik turlaridagi xromomsomalar soni aniqlangan. XX asrning 60-80-yillarida soyabonguldoshlarning sistematikasi uchun changlar haqidagi ma’lumotlar qo‘llanilgan. Aynan shunga ko‘ra Trinia Hoffm., Ledebouriella, Saposhnikovia Schischk. kabi avlodlarning mustaqilligi isbotlangan (Kordyum, Velednitskaya, 1964; Arxangelskiy, Fedorchuk,1979). Bundan tashqari, XX asrning ikkinchi yarmida Angelica (Shishkin, 1950; Tixomirov, Galaxova, 1965), Heracleum L. (Mandenova, 1951), Carum L. (Pimenov, 1977), Ferula (Muratov, 1949; Korovin, 1947, 1951; Shamsutdinov, Paraiyev, 1963; Xalmatov, 1964; Turnov va b., 1978; Melibayev va b., 1980; Pimenov, Klyuykov, 1981; Solovyova va b., 1982; Safina, Pimenov 1984), Peucedanum L. — Kitagawia Pimenov (Pimenov, 1986; Grevsova, Tixomirov, Troitskaya, 1986), Osmorhiza Rafin. (Constance, Shan, 1948), Schrenkia (Politova, 1976), Seseli L. — Libanotis L. (Pimenov, 1979; Pimenov, Sdobnina 1975a, 1975v; Tamamschan, 1960; Shen, 1985), Sanicula L. (Shan, Constance, 1951) va b. ayrim avlodlarga taalluqli tadqiqotlar olib borilgan. Soyabonguldoshlarning sistematikasini o‘rganishda anatomik tadqiqotlarning ham o‘rni muhim. Chunki aynan ular o‘sha davrda amalda bo‘lgan sistemalarga o‘zgartirish kiritish uchun keyingi tadqiqotchilarga manba bo‘lib xizmat qilgan. G.F. Gofmanning tadqiqotlari haqida yuqorida aytib o‘tildi. Undan biroz keyinroq I.G. Borodin (1888) soyabonguldoshlarning sistematikasida morfoanatomik mezonlarning muhimligini ko‘rastib o‘tgan. Soyabonguldoshlarning morfologiyasi va anatomiyasiga B.M. Kozo- Polyanskiy katta ahamiyat qaratgan. Biroq uning tadqiqotlarida soyabonguldoshlarning morforlogiyasi va anatomiyasi mevaning anatomiyasi bilan cheklanib qolgan. U o‘zining tadqiqotlarida generativ va, ayniqsa, vegetativ 28 organlarning morfoanatomik belgilariga deyarli ahamiyat bermagan hamda karpoanatomik belgilarni absolyut ko‘rsatkich sifatida qabul qilgan. Faqatgina umrining oxiridagina B.M. Kozo-Polyanskiy (1950) ayrim hollarda o‘zining qarashlari rasmiyligini va sistematika uchun vegetativ organlarning morfologik belgilari muhimligini tan olgan. Uning gul morfologiyasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari (Kozo-Polyanskiy, 1925a) alohida e’tiboga molik. Bu tadqiqotlarda B.M. Kozo-Polyanskiy avval kosachani inkor etib, soyabonguldoshlarni bir qoplamli o‘simliklar sifatida qaragan (Kozo-Polyanskiy, 1923). Keyinchalik u kosacha mavjudligini tan olgan. S.G. Tamamshan (1951, 1967) singari anatom-sistematiklarning tadqiqotlari ham soyabonguldoshlarning sistematikasi uchun katta ahamiyatga ega. Bu tadqiqotchi soyabonguldoshlar kabi konvergen guruhlarda karpoanatomik belgilar absolyut ko‘rsatkich bo‘la olmasligini isbotlab bergan (Tamamshan, 1945). Xuddi shu vaqtda V.N. Tixomirovning ishlari chop etilib (1958, 1961a, v), ularda mevaning kelib chiqish masalalari muhokama qilingan hamda soyabonguldoshlardagi turli mevalarning klassifikatsiyasi keltiriladi. V.N. Tixomirov ko‘pchilik taksonlarning mevalari ustida keng ko‘lamdagi tadqiqotlarni olib borgan. Shu bilan birga, soyabonguldoshlarning gul, ontogenezi va teratologiyasi bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirgan hamda mevani alohida organ emas, balki urug‘chi rivojlanishining so‘nggi bosqichi sifatida qabul qilish kerakligi haqidagi o‘ziga xos g‘oyani olg‘a surgan (Tixomirov, 1954, 1958, 1959a,b, 1961a). Bu tadqiqotchilarning ishlaridagi ko‘pchilik jihatlar soyabonguldoshlar filogeniyasini aniqlashda o‘z ahamiyatiga ega. Shu o‘rinda N.V. Pervuxinaning soyabonguldoshlar tugunchasi morfologiyasi va filogeniyasi bo‘yicha olib borgan keng qamrovli tadqiqotlarini (Pervuxina, 1950, 1953; Aleksandrov, Pervuxina, 1952) ko‘rsatib o‘tish mumkin. Uning tadqiqotlari soyabonguldoshlarning tugunchasi aynan bir tipga xos bo‘lmasligini isbotladi. 29 Anatom va morfologlarning barcha ishlari soyabonguldoshlar oilasining sistematikasida qo‘llaniladigan belgilar sonining ko‘payishiga va ularning rivojlanish yo‘llarini yoritishda o‘z o‘rniga ega. Bundan tashqari, bir qator tadqiqotchilar tomonidan soyabonguldoshlar oilasiga mansub ayrim turlar ustida tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, G.A. Stepanenko, A.U. Umarov va A.L. Markman soyabonguldoshlar oilasining vakillari Athamantha macrophylla, Archandelica tschimganica, Libanotis marginata, Buniun hissaricum, Coriandrum sativum, Petroselinum sativum, Eremodaucus Lehmannii, Ligusticum discolor, Daucus carota, Heracleum sibiricum, Angelica ternataning (Stepanenko, Umarov, Markman, 1970, 1972, 1974, 1975), V.Y. Bagirov va M.B. Beliylar Seseli peucedanoides, Lazer trilobum, Peucedanum cervariifolium, Peucedanum pauciradiatumning (Bagirov, Beliy, 1982) ximiyaviy tarkibini o‘rgangan. 30 3. CHANDIR LIPSKIYANING BIOEKOLOGIYASI VA FITOTSENOTIK TAVSIFI. 3.1. Chandir lipskiya haqida umumiy ma’lumot Chandir lipskiya Janubiy Pomiroloy uchun tor endem. U och yashil rangli kuchli xidli, polikarp o‘simlik. Poyasi tik, jo‘yakli, yassi shoxli, uzunligi 30 sm ( 2- расм ). Barglari 2 karra patsimon qirqilgan, novli. Soyaboni 10-20 shu’lali, ichki shu’lalari tashqarilaridan qisqaroq, yopirmasi 6-8 ta, o‘tsimon bargchalardan iborat. Soyabonchasi 10-15 shu’lali. Gulbandi qobirg‘ali, g‘adir-budir. Kosachasi bigizsimon, 1,5 mm uzunlikdagi tishchalarga ega. Gultoji oqish-pushtirang, uzunligi 3,5 mm. Mevasining eni 8 mm ga yetadi, g‘adir-budir, yarim mevasi qabariqli, qobirg‘ali, tishchali. Iyunda gullab, iyulda mevasi yetiladi. 2-rasm . Guldor poyasi o‘sib chiqqan chandir lipskiya 31 Tarqalishi. Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlari: Qamashi, Dehqonobod, G‘uzor, Boysun tumanlari, Surxon-SHerobod vodiysi, Ko‘xitang, Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy qismi. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston va Turkmaniston. O‘sish sharoiti. Gipsli, olajinsli yonbag‘irliklarda o‘sadi. Soni aniqlanmagan. Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari aniklanmagan. Madaniylashtirilishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Muhofaza choralari: Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza etiladi. 32 3.2. Chandir lipskiyaning fenologiyasi Qamashi tumanidagi chandir lipskiyaning biz o‘rgangan senopopulyatsiya lar i Langar qishlog‘idan 2 km janubda joylashgan . 1- senopopulyatsiyaning absolyut balandligi dengiz sathidan 1   2 9 0 metrni tashkil qiladi. U tepalikning janubi-sharqiy yonbag‘rini egallagan. Maydoni 8   759 m 2 . 2- senopopulyatsiyaning absolyut balandligi dengiz sathidan 1   280 metrni tashkil qiladi. U tepalikning janubi-sharqiy yonbag‘rini egallagan. Maydoni 7   768 m 2 . Chandir lipskiyaning fenologiyasi I.N.Beydeman usuli bo‘yicha o‘rganildi. Biz fenologiyani 2017 yilning bahor-yoz oylarida o‘rgandik. Bunda beshta asosiy fenologik fazalardagi morfologik o‘zgarishlar kuzatib borildi. Bular tinim davri, g‘unchalashgacha bo‘lgan vegetatsiya, g‘unchalash, gullash va meva berish davrlari. Tinim davriga avvalgi yildagi yer ustki qismlarning qurishidan boshlab keyingi yilda yangi ildiz oldi barglarning o‘sa boshlashigacha bo‘lgan davr kiradi. G‘unchalashgacha bo‘lgan vegetatsiya davriga ilk ildiz oldi barg o‘sa boshlashidan birinchi guldor poyaning paydo bo‘lishigacha bo‘lgan davr kiradi. G‘unchalash davriga birinchi guldor poyaning paydo bo‘lishidan ilk gul ochilishigacha bo‘lgan davr kiradi. Gullash davrini uchta kichik davrchalarga ajratdik. Bular: gullashning boshlanishi (g‘unchalarning ochilishi, dastlabki gullarning ochilishi, g‘unchalar 333-rasm . Chandir lipskiyaning urug‘i ko‘pchilikni tashkil qilishi), yoppasiga gullash (g‘unchalarning yarmidan ko‘pi ochilgan) va gullashning yakunlanishi (mevalar, ayrim hollarda qisman yetilganlari ham mavjud, gullardan ko‘pchilikni tashkil qilishi). -15.0 0.015.030.045.060.075.090.0 4- rasm . Mingchuqur meteostansiyasi bo‘yicha 2017 yil uchun meteorologik ma’lumotlar. Meva berish davri to‘rtta kichik davrchalarga ajratildi. Bular: meva tugishning boshlanishi (meva po‘sti, ya’ni perikarpiyning to‘kilishi, gullash davrining ikkinchi davrchasi), faqat yetilmagan mevalarning bo‘lishi (gullashning uchinchi davrchasi), yetilgan va yetilmagan mevalarning bir vaqtda mavjud bo‘lishi hamda faqat yetilgan mevalarning bo‘lishi. Fevralning birinchi yarmida o‘rtacha sutkalik harorat yoki manfiy, yoki +1…+3 °C atrofida bo‘ldi. Tuproq yuzasi haroratining esa -14 °C gacha pasayishi 34 kuzatildi. 17-20 fevral kunlari o‘rtacha sutkalik harorat +4 °C dan ko‘tarildi, tuproq yuzasi esa +11,8 °C gacha qizidi. Natijada ko‘pchilik erta bahor o‘simliklari o‘z vegetatsiyasini boshladi. Fevralning ikkinchi yarmida havo harorati biroz sovuqroq bo‘lganligini kuzatdik ( 4-rasm ). 2017 yilda chandir lipskiyaning vegetatsiyasi 5 martda boshlandi ( 5-rasm ). 1-senopopulyatsiyadagi ilk guldor poya 11 aprelda, 2-senopopulyatsiyada esa 10 aprelda o‘sib chiqa boshladi. Bundan o‘simlik g‘unchalash davriga o‘tganligini ko‘rishimiz mumkin. G‘unchalashgacha vegetatsiya davrining davomiyligi 1-senopopulyatsiyada 37 kunni, 2-senopopulyatsiyada esa 36 kunni tashkil qildi. Aprel-may oylarida yog‘ingarchiliklar miqdori ancha mo‘l bo‘lganligi qayd etildi. 1-senopopulyatsiyadagi dastlabki gul 27 aprelda, 2-senopopulyatsiyada esa 26 aprelda ochildi hamda gullash davrining birinchi, ya’ni gullashning boshlanish davrchasiga o‘tildi ( 6-rasm ). G‘unchalash davrining davomiyligi har ikkala senopopulyatsiyadagi 16 kunni tashkil qildi. 355-rasm . Vegetatsiyasi boshlangan chandir lipskiya Gullashning keyingi davrchasi — yoppasiga gullash senopopulyatsiyalarda bir xil vaqtda — 9 mayda, gullashning yakunlanishi ham bir xil vaqtda — 22 mayda boshlandi. Jami gullash davri 1-senopopulyatsiyada 43 kun, 2- senopopulyatsiyada 44 kun davom etdi. Yuqorida aytilganidek, meva berish davri to‘rtta kichik davrchaga ajratilib, ularning dastlabki ikkitasi gullash davrining ikkinchi va uchinchi davrchalariga mos keladi. Shundan kelib chiqqan holda meva tugishning boshlanishi 9 mayda va faqat yetilmagan mevalarning bo‘lishi 22 mayda boshlanganligini ta’kidlashimiz mumkin. Yetilgan va yetilmagan mevalarning bir vaqtda mavjud bo‘lishi ham har ikkala senopopulyatsiyada bir vaqtda boshlandi va 9 iyun kunidan boshlab kuzatildi ( 7-rasm ). Faqat yetilgan mevalarning bo‘lishi esa 1-senopopulyatsiyada 25 iyunga, 2- senopopulyatsiyada 22 iyunga to‘g‘ri keldi ( 8-rasm ). 366-rasm . G‘uncha va ochilgan gullari bo‘lgan chandir lipskiya Chandir lipskiyaning shu yildagi vegetatsiyasi 1-senopopulyatsiyada 6 iyulda, 2-senopopulyatsiya 7 iyulda mevalarning to‘liq yetilishi bilan yakunlandi. Natijada mevalar yetilish davrining davomiyligi 1-senopopulyatsiyada 58 kunga, 2-senopopulyatsi-yada 59 kunga teng bo‘ldi. Yuqorida keltirilganlardan ma’lum bo‘ladiki, 2017 yilda chandir lipskiyaning vegetatsiyasi har ikkala senopopulyatsiyada bir vaqtda boshlanishiga 377-rasm . Yetilgan va yetilmagan mevalari bo‘lgan chandir lipskiya qaramasdan, 1-senopopulyatsiyasidagi vegetatsiyasi 123 kunni, 2- senopopulyatsiyasidagi vegetatsiyasi esa 124 kunni tashkil qildi ( 1-jadval ). 1-jadval Chandir lipskiyaning 2017 yildagi fenologiyasi Fenofazalar 1-senopopulyatsiya 2-senopopulyatsiya Vegetatsiyaning boshlanishi 5 mart 2017 yil 5 mart 2017 yil G‘unchalash 11 aprel 2017 yil 10 aprel 2017 yil 388-rasm . Faqat yetilgan mevalari bo‘lgan chandir lipskiya G ullashBoshlanishi 27 aprel 2017 yil 26 aprel 2017 yil Yoppasiga 9 may 2017 yil 9 may 2017 yil Yakunlanishi 22 may 2017 yil 22 may 2017 yil M evalar yetilishi Meva tugishning boshlanishi 9 may 2017 yil 9 may 2017 yil Faqat yetilmagan mevalarning bo‘lishi 22 may 2017 yil 22 may 2017 yil Yetilgan va yetilmagan mevalarning bir vaqtda mavjud bo‘lishi 9 iyun 2017 yil 8 iyun 2017 yil Faqat yetilgan mevalarning bo‘lishi 25 iyun 2017 yil 25 iyun 2017 yil Vegetatsiyaning yakunlanishi 6 iyul 2017 yil 7 iyul 2017 yil Vegetatsiyaning davomiyligi 123 kun 124 kun 39 3.3. Chandir lipskiya senopopulyatsiyalarining zichligi va individlar soni Senopopulyatsiyalarning holatiga to‘g‘ri baho berish uchun uning d e mografik xarakteristikalarini (turlar tarkibi, o‘simliklarning soni va zichligi kabi) o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda avval chandir lipskiya senopopulyatsiyalarida bir-biridan teng masofada joylashgan parallel gradiyentalar belgilab olindi. So‘ng gradiyentalar bo‘ylab o‘lchami 1×1 m bo‘lgan sanoq maydonchalari, ya’ni transektalar tanlab olindi. Transektalar ham bir-biridan teng masofalarda joylashishiga alohida e’tibor qaratildi. 2-jadval 1-senopopulyatsiyadagi chandir lipskiyaning soni Transekta № O‘simliklar soni, dona Transekta № O‘simliklar soni, dona 1 6 25 8 2 8 26 7 3 5 27 3 4 2 28 17 5 4 29 11 6 6 30 3 7 16 31 26 8 4 32 5 9 8 33 19 10 1 34 6 11 17 35 9 12 15 36 11 13 18 37 13 14 20 38 11 15 23 39 6 40 Transekta № O‘simliklar soni, dona Transekta № O‘simliklar soni, dona 16 26 40 8 17 14 41 9 18 15 42 16 19 11 43 5 20 17 44 11 21 7 45 15 22 23 46 26 23 15 47 12 24 17 48 14 Jami 682 Sanoq ishlari 2017 yilning 30 aprel kuni o‘tkazildi. Bunda lipskiyaning barcha yosh holatlari e’tiborga olindi. 1-senopopulyatsiyada to‘rtta gradiyenta belgilab olindi. Har bir gradiyentada 12 tadan, jami 48 ta transekta o‘rnatildi ( 2-жадвал ). 1-senopopulyatsiyadagi o‘simliklarning zichligi 14,21 dona/m 2 ni tashkil qildi. Bundan ushbu senopopulyatsiyada 124   451 dona chandir lipskiya o‘sishi ma’lum bo‘ldi. 3-jadval 2-senopopulyatsiyadagi chandir lipskiyaning soni Transekta № O‘simliklar soni, dona Transekta № O‘simliklar soni, dona 1 12 15 5 2 13 16 12 3 19 17 3 4 9 18 17 Transekta № O‘simliklar soni, dona Transekta № O‘simliklar soni, dona 41 5 10 19 24 6 2 20 7 7 8 21 1 8 5 22 23 9 4 23 7 10 13 24 22 11 20 25 1 12 6 26 7 13 3 27 2 14 22 Jami: 277 2-senopopulyatsiyada uchta gradiyenta belgilab olindi. Har bir gradiyentada 9 tadan, jami 27 ta transekta o‘rnatildi ( 3-жадвал ). Sanoq o‘tkazigan vaqtda 2- senopopulyatsiyada ham gullab turgan yoki meva berayotgan o‘simliklar ko‘pchilikni tashkil qildi. Ushbu senopopulyatsiya ham generativ o‘simliklar ko‘pchilikni tashkil qiluvchi normal senopopulyatsiya hisoblanadi. 2-senopopulyatsiyadagi o‘simliklarning zichligi 10,26 dona/m 2 ni tashkil qildi. Bundan ushbu senopopulyatsiyada 79   694 dona chandir lipskiya o‘sishi ma’lum bo‘ldi. 42 3.4. Chandir lipskiya senopopulyatsiyalaridagi o‘simliklar jamoasining floristik tarkibi Soyabonguldoshlar oilasiga mansub chandir lipskiyaning senopopulyatsiyalarini o‘rganishda avvalo tegishli assotsiatsiyalar tanlab olindi. Keyin assosiasiya ichida transektalar belgilab olindi, ularning ichidagi o‘simliklar mo‘lligi ko‘z bilan chamalandi va Drude shkalasi bo‘yicha mo‘lligi aniqlanib, olingan natijalar jadvallarda keltirildi. Drude shkalasi nemis botanigi, ekologi va geobotanigi Carl Georg Oscar Drude (1852-1933) nomi bilan bog‘liq. U Yer sharining o‘simliklarini iqlim nuqtai-nazaridan oltita botanik-geografik zonalar yoki viloyatlarga hamda tarkibi va kelib chiqishiga ko‘ra 14 floristik qirolliklarga ajratgan. Drude shkalasi ( 4-жадвал ) o‘simliklarning yer yuzini qoplash darajasini ko‘z bilan chamalash orqali ballarda baholashga asoslangan. Bu shkalaning bir necha xildagi variantlari mavjuddir. 4-jadval Drude shkalasining namunaviy ko‘rinishi Soc (sociales) O‘simlik tuproq yuzasini to‘liq qoplab olgan (90 % dan ortiq). Cop 3 (copiosae 3) O‘simlik juda ko‘p uchraydi (90-70% gacha). Cop 2 (copiosae 2) O‘simlik deyarli ko‘p uchraydi (70-50% gacha). Cop 1 (copiosae 1) O‘simlik biroz ko‘proq uchraydi (50-30% gacha). Sp (sparsae) O‘simlik kamroq uchraydi (30-10% gacha). Sol (solitariae) O‘simlik juda kam uchraydi(10% dan kam). Un (unicum) O‘simlik bir dona uchraydi. 43 Chandir lipskiyaning 1-senopopulyatsiyasi siyrak bodomchazor oralig‘idagi aralash o‘tli-javdar-qo‘ziquloq o‘simliklar jamoasida joylashgan. Uning floristik tarkibi 5-jadvalda keltirilgan. 5-jadval 1-senopopulyatsiyaning floristik tarkibi № Tur nomi Oilasi Drude bo‘yich a mo‘lligi 1 Aegilops cylindrica Host. Poaceae Sol. 2 Ajuga turkestanica (Regel) Briq. Lamiaceae Sol. 3 Allium drepanophyllum Vved. Alliaceae Sol. 4 Alyssum szovitsianum Fisch. & C.A. Mey. Brassicaceae Sp. 5 Amygdalus spinosissima Bunge Rosaceae Cop 2 6 Astragalus mucidus Bunge Fabaceae Sp. 7 Astragalus stenanthus Bunge Fabaceae Cop 1 8 Astragalus xanthomeloides Korov. & M. Pop Fabaceae Sol. 9 Biebersteinia multifida DC. Biebersteiniaceae Sol. 10 Bromus oxydon Shcrenk. Poaceae Sp. 11 Callipeltis cucullaria (L.) Stev. Rubiaceae Sp. 12 Carex physodes Bieb. Cyperaceae Sp. 13 Convolvulus lineatus L. Convolvulaceae Sp. 14 Cousinia coronata Bunge Asteraceae Sol. 15 Cousinia sp . Asteraceae Sp. 44 16 Crambe kotschyana Boiss. Brassicaceae Cop 1 17 Cymbolaena griffithii (A. Gray) Wagenitz Asteraceae Sp. 18 Elaeosticta hyrtula (Regel et Schmalh.) Kljuykov, M. Pimen. & V. Tichomirov Apiaceae Sol. 19 Eremostachys sp . Lamiaceae Cop 3 20 Eremurus luteus Baker Asphodelaceae Cop 1 21 Euphorbia franchetii B. Fedtsch. Euphorbiaceae Sol. 22 Ferula kuchistanica Korov. Apiaceae Sp. 23 Galium tricornutum Dandy Rubiaceae Cop 1 24 Goldbachia laevigata (Bieb.) DC. Brassicaceae Sol. 25 Haplophyllum latifolium Kar. & Kir. Rutaceae Sp. 26 Haplophyllum perforatum Kar. & Kir. Rutaceae Sp. 27 Hetheranthelium piliferum (Banks & Soland.) Hochst. Poaceae Sp. 28 Hordeum bulbosum L. Poaceae Sol. 29 Hypecoum trilobum Trautv. Rosaceae Sol. 30 Jurinea eximia Tek. Amaryllidaceae Sol. 31 Koelpinia linearis Pall. Asteraceae Sol. 32 Lapula sp Boraginaceae Sol. 33 Lens orientalis (Boiss.) Schmalh. Fabaceae Sol. 34 Lipskya insignis (K.-Pol.) Nevski Apiaceae Cop 2 35 Microthlaspi perfoliatum (L.) F.C. Mey. Brassicaceae Sp. 36 Onosma dichroantha Boiss. Boraginaceae Sol. 45 37 Phleum phleoides (L.) Karst. Poaceae Sol. 38 Phlomis thapsoides Bunge Lamiaceae Cop 3 39 Phlomoides gypsacea (M. Pop.) Adyl., R. Cam. & Machmedov Lamiaceae Sp. 40 Phlomoides kaufmanniana (Regel) Adyl., R. Cam. & Machmedov Lamiaceae Cop 1 41 Poa bulbosa L. Poaceae Cop 3 42 Rochelia cardiosepala Bunge Boraginaceae Sol. 43 Strigosella africana (L.) Botsch. Brassicaceae Sp. 44 Taeniatherum crinitum (Schreb.) Nevsky Poaceae Sp. 45 Turgenia latifolia (L.) Hoffm. Apiaceae Sol. 46 Valerianella sp . Valerianaceae Cop 1 47 Veronica arguteserrata Regel & Schmalh. Scrophulariaceae Sol. 48 Vicia michauxii Spreng. Fabaceae Sp. 49 Zoegea baldschuanica C. Winkl. Asteraceae Cop 1 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 1-senopopulyatsiyada 19 oila, 44 turkumga mansub bo‘lgan 49 turdagi o‘simliklar o‘sadi. Ulardan 20 tur juda kam uchrashi (sol), 17 tur o‘simlik kamroq uchrashi (sp), 7 tur biroz ko‘proq uchrashi (cop 1 ), 2 tur, ya’ni Lipskya insignis (K.-Pol.) Nevski va Amygdalus spinosissima Bunge ko‘p uchrashi (cop 2 ), 3 tur, ya’ni Eremostachys sp ., Phlomis thapsoides Bunge va Poa bulbosa L. juda ko‘p uchrashi (cop 3 ) aniqlandi. Bu senopopulyatsiyada eng ko‘p o‘simlik turlari Poaceae oilasiga mansub bo‘lib, bular Aegilops cylindrica Host., Bromus oxydon Shcrenk., Hetheranthelium piliferum (Banks & Soland.) Hochst., Hordeum bulbosum L., Phleum phleoides (L.) Karst., Poa bulbosa L. va Taeniatherum crinitum (Schreb.) Nevskylar. 46 Asteraceae, Brassicaceae, Fabaceae va Lamiaceae oilalaridan 5 tadan o‘simlik turlari o‘sadi. Bular Asteraceae oilasidan Cousinia coronata Bunge, Cousinia sp ., Cymbolaena griffithii (A. Gray) Wagenitz, Koelpinia linearis Pall. va Zoegea baldschuanica C. Winkl., Brassicaceae oilasidan Alyssum szovitsianum Fisch. & C.A. Mey., Crambe kotschyana Boiss., Goldbachia laevigata (Bieb.) DC., Microthlaspi perfoliatum (L.) F.C. Mey. va Strigosella africana (L.) Botsch., Fabaceae oilasidan Astragalus mucidus Bunge, Astragalus stenanthus Bunge, Astragalus xanthomeloides Korov. & M. Pop, Lens orientalis (Boiss.) Schmalh. va Vicia michauxii Spreng. hamda Lamiaceae oilasidan Ajuga turkestanica (Regel) Briq., Eremostachys sp ., Phlomis thapsoides Bunge, Phlomoides gypsacea (M. Pop.) Adyl., R. Cam. & Machmedov va Phlomoides kaufmanniana (Regel) Adyl., R. Cam. & Machmedovlar. 2-senopopulyatsiya siyrak bodomchazor oralig‘idagi aralash o‘tli-lipskya- qo‘ziquloq o‘simliklar jamoasida joylashgan. Uning floristik tarkibi 6-jadvalda keltirilgan. 6-jadval 2-senopopulyatsiyaning floristik tarkibi № Tur nomi Oilasi Drude bo‘yicha mo‘lligi 1 Achillea wilhelmsii C. Koch. Asteraceae Sol. 2 Adonis parviflora Fisch. ex DC. Ranunculaceae Sol. 3 Aegilops cylindrica Host. Poaceae Cop2 4 Ajuga turkestanica (Regel) Briq. Lamiaceae Cop1 5 Alyssum szovitsianum Fisch. & C.A. Mey. Brassicaceae Cop1 6 Astragalus schmalhausenii Bunge Fabaceae Sol. 7 Astragalus xanthomeloides Korov. & M. Pop Fabaceae Cop1 47 8 Centaurea squarrosa Willd. Asteraceae Sol. 9 Convolvulus arvensis L. Convolvulaceae Sol. 10 Convolvulus pseudocantabrica Schrenk Convolvulaceae Sp. 11 Cousinia coronata Bunge Asteraceae Sol. 12 Cousinia microcarpa Boiss. Asteraceae Sol. 13 Cymbolaena griffithii (A. Gray) Wagenitz Asteraceae Sol. 14 Diarthron vesiculosum (Fisch. & C.A. Mey. ex Kar. & Kir.) C.A. Mey. Thymelaeaceae Sol. 15 Elaeosticta allioides (Regel et Schmalh.) Kljuykov, M. Pimen. & V. Tichomirov Apiaceae Sol. 16 Elaeosticta hyrtula (Regel et Schmalh.) Kljuykov, M. Pimen. & V. Tichomirov Apiaceae Sol. 17 Elytrigia trichophora (Link) Nevsky Poaceae Cop2 18 Eremostachys sp . Lamiaceae Sp. 19 Eremurus luteus Baker Asphodelaceae Cop1 20 Euclidium syriacum (L.) R. Br. Brassicaceae Sol. 21 Glaucium elegans Fisch. & C.A. Mey. Papaveraceae Sol. 22 Haplophyllum perforatum Kar. & Kir. Rutaceae Sol. 23 Hetheranthelium piliferum (Banks & Soland.) Hochst. Poaceae Sp. 24 Hordeum bulbosum L. Poaceae Cop2 25 Ladyginia bucharica Lipsky Apiaceae Sp. 26 Lapula sp . Boraginaceae Sp. 27 Lipskya insignis (K.-Pol.) Nevski Apiaceae Cop2 28 Nardurus krausei (Regel) V. Krecz. & Bobr. Poaceae Sol. 48 29 Onosma dichroantha Boiss. Boraginaceae Sol. 30 Phlomis spinidens Nevsky Lamiaceae Cop2 31 Phlomis thapsoides Bunge Lamiaceae Sp. 32 Phlomoides gypsacea (M. Pop.) Adyl., R. Cam. & Machmedov Lamiaceae Cop1 33 Phlomoides kaufmanniana (Regel) Adyl., R. Cam. & Machmedov Lamiaceae Cop1 34 Poa bulbosa L. Poaceae Cop2 35 Potentilla bifurka L. Rosaceae Sol. 36 Rhoemeria refracta DC. Papaveraceae Sol. 37 Rochelia cardiosepala Bunge Boraginaceae Sp. 38 Strigosella africana (L.) Botsch. Brassicaceae Cop1 39 Trichodesma incanum (Bunge) A. DC. Boraginaceae Sol. 40 Trigonella cansellata Desf. Fabaceae Cop2 41 Turgenia latifolia (L.) Hoffm. Apiaceae Sp. 42 Valerianella sp . Valerianaceae Sp. 43 Veronica arguteserrata Regel & Schmalh. Scrophulariaceae Sp. 44 Zoegea baldschuanica C. Winkl. Asteraceae Sp. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2-senopopulyatsiyada 16 oila, 38 turkumga mansub bo‘lgan 44 turdagi o‘simliklar o‘sadi. Ulardan 19 tur juda kam uchrashi (sol), 11 tur o‘simlik kamroq uchrashi (sp.), 7 tur biroz ko‘proq uchrashi (cop 1 ) ва 7 tur ko‘p uchrashi (cop 2 ) aniqlandi. Bu senopopulyatsiyada eng ko‘p o‘simlik turlari Poaceae oilasiga mansub bo‘lib, bular Aegilops cylindrica Host., Bromus oxydon Shcrenk., Hetheranthelium 49 piliferum (Banks & Soland.) Hochst., Hordeum bulbosum L., Phleum phleoides (L.) Karst., Poa bulbosa L. va Taeniatherum crinitum (Schreb.) Nevskylar. Asteraceae, Brassicaceae, Fabaceae va Lamiaceae oilalaridan 5 tadan o‘simlik turlari o‘sadi. Bular Asteraceae oilasidan Cousinia coronata Bunge, Cousinia sp ., Cymbolaena griffithii (A. Gray) Wagenitz, Koelpinia linearis Pall. va Zoegea baldschuanica C. Winkl., Brassicaceae oilasidan Alyssum szovitsianum Fisch. & C.A. Mey., Crambe kotschyana Boiss., Goldbachia laevigata (Bieb.) DC., Microthlaspi perfoliatum (L.) F.C. Mey. va Strigosella africana (L.) Botsch., Fabaceae oilasidan Astragalus mucidus Bunge, Astragalus stenanthus Bunge, Astragalus xanthomeloides Korov. & M. Pop, Lens orientalis (Boiss.) Schmalh. va Vicia michauxii Spreng. hamda Lamiaceae oilasidan Ajuga turkestanica (Regel) Briq., Eremostachys sp ., Phlomis thapsoides Bunge, Phlomoides gypsacea (M. Pop.) Adyl., R. Cam. & Machmedov va Phlomoides kaufmanniana (Regel) Adyl., R. Cam. & Machmedovlar. 50 4. O‘SIMLIKNI MUHOFAZA QILISH VA KO‘PAYTIRISH CHORA- TADBIRLARI O‘zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kamyoblik darajasi 3, ya’ni kamayib borayotgan tur sifatida kiritilgan. Atrof muhitni, o‘simliklar olamini muhofaza qilish insoniyat uchun juda katta hayotiy ahamiyatga ega. Kishilar tabiatdan foydalanib, uning asrlar davomida tashkil topgan tabiiy manzarasini o‘zgartirmoqda, unga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Sanoat tarmoqlari va qishloq xo‘jaligining rivojlanib borishi va tabiiy maydonlarning keng miqyosda o‘zlashtirilishi ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmokda. Natijada o‘simliklarning kamayib ketish xavfi tug‘ilmokda. Bu esa o‘simliklar dunyosidagi genofondning kamayishiga sabab bo‘lmokda. Har qanday turning yo‘qolishi uni tiklab bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi, binobarin, yovvoyi o‘simliklar qishloq xo‘jaligida ekiladigan madaniy navlarni barpo etishda manba sifatida juda katta rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi hududida hozir 4500 ga yaqin yovvoyi o‘simlik va 2000 dan ziyod zamburg‘ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘pgina kamyob, endem va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi. Respublika qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarning tabiiy zaxiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simlik — yetmak, dorivor o‘simlik — bozulbang kabilar keyingi yillarda butunlay kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi. Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofidagi qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan. 51 Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning asosiy burchimiz. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, atrof muhitni, hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e’tibor berildi. 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, 1993 yil 7 mayda “Alohida muhofaza qilinadigan hududlar to‘g‘risida”, 1997 yil 26 dekabrda “O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” va nihoyat 1999 yilda “O‘rmon haqida”gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar barcha o‘simliklar turlarini saqlab qolish, ularni asrab-avaylash va muhofaza qilishda muhim hujjatlar hisoblanadi. O‘zbekiston “Qizil kitob”i 1979 yilda ta’sis etildi. “Qizil kitob” nabotot olamining kamyob, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida mukammal ma’lumot beradi. Uning vazifasi jamoatchilik va davlat idoralarini tabiat muhofazasi masalasiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat. O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 163 turi “Qizil kitob”ning 1984 yilgi ilk nashriga kiritilgan va ushbu turlarning taqdiri bilan respublika mutaxassislari, olimlari muttasil shug‘ullanib kelmoqdalar. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatdi. Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan bo‘lsa-da, ma’lum darajada ko‘paydi. Eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvits teziumi nomli o‘simlik turining soni 7 tadan 17 tagacha yetdi. Qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan Korovin shirachining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqtda ayrim o‘simlik turlarining soni keskin qisqarib ketgan. Omonqora o‘simligi, piskom piyozi, Margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasidan yana 138 o‘simlik turini “Qizil kitob”ga kiritish lozimligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, 1998 52 yilga kelib, O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 taga yetdi. 2003 yilda 3-nashri bosmadan chiqarilgan. “Qizil kitob”ning so’nggi 4- nashri 2009 yilda bosmadan chiqarilgan hamda unga o‘simlik va zamburug‘larning 324 turi kiritilgan. Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish Halqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan 4 guruhga (kategoriyaga) ajratildi. 0. Yo‘qolgan yoki yo‘qolish arafasidagi turlar. Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin ayrim yig‘ib olish qiyin bo‘lgan joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlanib qolish ehtimoliga ega bo‘lgan turlar. 1. Yo‘qolib borayotgan turlar. Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlanib qolishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar. 2. Kamyob turlar. Ma’lum kichik maydonlarda o‘ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar. 3. Kamayib borayotgan turlar. Ma’lum vaqt ichida soni va tarqalgan maydonlari tabiiy sabablarga ko‘ra yoki insonlar ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda, bunday o‘simliklar har tomonlama nazorat qilib turishni talab etadi. O‘simlik o‘z kamyoblik darajasini u yoki bu tomonga o‘zgartirib turishi, ya’ni vaqt o‘tishi bilan o‘simlik butunlay yo‘qolishi yoki ko‘payib muhofaza qilish darajasidan chiqib ketishi mumkin. “Qizil kitob”da har bir turning o‘zbekcha, ruscha, lotincha nomlari va ularning qaysi oila hamda turkumga mansubligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, turlarning qisqacha tavsifi (hayotiy shakli, bo‘yi, shox-shabbasi, bargi, guli, mevasi va fenologiyasi), tarqalishi va chizma xaritada uchraydigan joylari keltirilgan. Tabiiy sharoitda o‘stirish usullariga ham to‘xtab o‘tilgan. Ba’zi hollarda muayyan turni tajriba maydonlarida yoki sanoat asosida yetishtirish imkoniyatlari bayon etilgan. Muhofaza choralari masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Turlarga tavsif 53 berilganda adabiyot va gerbariy ma’lumotlaridan hamda ko‘p yillik kuzatish natijalaridan foydalanilgan. Unda oilalar, turkumlar va turlar alfavit tartibida berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (oldingi “Botanika” ilmiy- ishlab chiqarish markazi) ilmiy xodimlarining “Qizil kitob” chiqqandan keyingi 8 yil ichida viloyatlar bo‘yicha olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari tufayli respublika “Qizil kitob”iga ayrim o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan, tabiatda nisbatan ko‘payganligi va arealining kengayganligi sababli Korolkov za’faroni, Noksimon normushk, Suvorov piyozi, Anzur piyoz “Qizil kitob”dan chiqarildi. Aksincha, yuksak o‘simliklardan kamyobligi aniqlangan 6 tur va zamburug‘lardan 5 tur ilk bor “Qizil kitob”ga kiritildi. Tabiatda ancha ko‘payganligi munosabati bilan 7 tur 2-guruh (kategoriya) dan 3-guruhga o‘tkazildi. Izlanishlar tufayli 10 turning boshqa tog‘ tizmalarida va o‘ziga xos ekologik sharoitlarda ham o‘sishi aniqlandi. Botanika nomenkpaturasi qoidalariga binoan Petilium turkumi Fritillaria, Melanthaceae oilasi Colchicaceae deb qabul qilindi. Tabiatimizdagi noyob va kamayib borayotgan o‘simlik turlarini muhofaza qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni taklif qilamiz: 1. mavjud qo‘riqxonalar va buyurtmaxonalarni kengaytirish va Qizil Kitobga kiritilgan o‘simliklarning tabiiy areallarida yangilarini tashkil qilish; 2. Qizil Kitobga kiritilgan yovvoyi o‘simliklarni sotishni taqiqlash va ushbu ta’qiqni buzganlik uchun jarimaga tortish; 3. xom ashyo uchun o‘simliklarni yig‘ishga litsenziyalashni joriy etish; 4. aholi orasida ekologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan o‘quv- seminarlarni tashkil qilish; 5. ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mutaxassislar, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda ko‘ngillilarni keng jalb qilish. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish bu ishlarda keng omma ishtirok etgan taqdirdagina ijobiy natijalar beradi. Shunda biz kelgusi avlodlar uchun nabotot olamining bebaho boyligini saqlab qoldirgan bo‘lamiz. 54 55 Xulosalar Kuzatishlarimiz va tadqiqotlarimizni chandir lipskiyaning Qamashi tumanidagi 2 ta senopopulyatsiyasida olib bordik. Ularning har ikkalasi Langar qishlog‘idan 2 km janubda joylashgan . 1-senopopulyatsiyaning absolyut balandligi dengiz sathidan 1   2 9 0 metrni tashkil qiladi. U tepalikning janubi-sharqiy yonbag‘rini egallagan. Maydoni 8   759 m 2 . 2-senopopulyatsiyaning absolyut balandligi dengiz sathidan 1   280 metrni tashkil qiladi. U tepalikning janubi-sharqiy yonbag‘rini egallagan. Maydoni 7   768 m 2 . Kuzatishlarimiz va tadqiqotlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik: 1. Chandir lipskiyaning fenologiyasi beshta asosiy fazalarga bo‘linadi. Bular tinim davri, g‘unchalashgacha bo‘lgan vegetatsiya, g‘unchalash, gullash va meva berish davrlar i . 2. 2017 yilda chandir lipskiyaning vegetatsiyasi 5 martda boshlandi . G‘unchalashgacha vegetatsiya davrining davomiyligi 1-senopopulyatsiyada 37 kunni, 2-senopopulyatsiyada esa 36 kunni tashkil qildi. G‘unchalash davrining davomiyligi har ikkala senopopulyatsiyadagi 16 kunni tashkil qildi. Mevalar yetilish davrining davomiyligi 1-senopopulyatsiyada 58 kunga, 2-senopopulyatsi- yada 59 kunga teng bo‘ldi. 2017 yilda chandir lipskiyaning vegetatsiyasi har ikkala senopopulyatsiyada bir vaqtda boshlanishiga qaramasdan, 1-senopopulyatsiyasi- dagi vegetatsiyasi 123 kunni, 2-senopopulyatsiyasidagi vegetatsiyasi esa 124 kunni tashkil qildi. 3. Sanoq ishlari 2017 yilning 30 aprel kuni o‘tkazildi. Bunda lipskiyaning barcha yosh holatlari e’tiborga olindi. 1-senopopulyatsiyadagi o‘simliklarning zichligi 14,21 dona/m 2 ni , 2-senopopulyatsiyada esa 10,26 dona/m 2 ni tashkil qildi. Bundan 1- senopopulyatsiyada 124   451 dona , 2-senopopulyatsiyada esa 79   694 dona chandir lipskiya o‘sishi ma’lum bo‘ldi . 4. Chandir lipskiyaning 1-senopopulyatsiyasi o‘simliklar qoplami siyrak bodomchazor oralig‘idagi aralash o‘tli-javdar-qo‘ziquloq o‘simliklar jamoasida joylashgan . Bu senopopulyatsiyada 19 oila, 44 turkumga mansub bo‘lgan 49 56 turdagi o‘simliklar o‘sadi. Eng ko‘p o‘simlik turlari boshoqdoshlar — Poaceae (7 ta), qoqio‘tdoshlar — Asteraceae, karamdoshlar — Brassicaceae, burchoqdoshlar — Fabaceae, yalpizdoshlar — Lamiaceae (5 tadan) va ziradoshlar — Apiaceae (4 ta) oilalariga mansub. 5. Chandir lipskiyaning 2-senopopulyatsiyasi o‘simliklar qoplami siyrak bodomchazor oralig‘idagi aralash o‘tli-lipskya-qo‘ziquloq o‘simliklar jamoasida joylashgan. Bu senopopulyatsiyada 16 oila, 38 turkumga mansub bo‘lgan 44 turdagi o‘simliklar o‘sadi. Eng ko‘p o‘simlik turlari qoqio‘tdoshlar — Asteraceae, yalpizdoshlar — Lamiaceae va Boshoqdoshlar — Poaceae (6 tadan), ziradosh- lar — Apiaceae (5 ta) va govzabonguldoshlar — Boraginaceae (4 ta) oilalariga mansub . 6. Tabiatimizdagi noyob va kamayib borayotgan o‘simlik turlarini muhofaza qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni taklif qilamiz: a) mavjud qo‘riqxonalar va buyurtmaxonalarni kengaytirish va Qizil Kitobga kiritilgan o‘simliklarning tabiiy areallarida yangilarini tashkil qilish; b) Qizil Kitobga kiritilgan yovvoyi o‘simliklarni sotishni taqiqlash va ushbu ta’qiqni buzganlik uchun jarimaga tortish; c) xom ashyo uchun o‘simliklarni yig‘ishga litsenziyalashni joriy etish; d) aholi orasida ekologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan o‘quv- seminarlarni tashkil qilish; e) ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mutaxassislar, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda ko‘ngillilarni keng jalb qilish. 57 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Buranova M.O . The analysis of a floristic composition of some coenopopulations of Lipskya insignis (Koso-Pol.) Nevsky in Kamashi district of Uzbekistan // Сборник статей по материалам XV международной заочной научно-практической конференции «Научная дискуссия: вопросы математики, физики, химии, биологии». М. 2016. С. 141-145. 2. Pratov O‘., Nabiyev M. O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent. 2007. 64 b. 3. Абдуллаев С. И. ва бошқалар. Қашқадарё вилояти географияси. География ўқитувчилари учун қўлланма. Қарши, 1994. 4. Буранова М.О . Возрастная структура ценопопуляций Lipskya insignis (Lipsky) nevski в бассейне p. Кичик Урадарья // Узбекский биологический журнал. Ташкент. 3/2011. С. 36-38. 5. Буранова М.О . Фенология Lipskya insignis (Apiaceae) в некоторых ценопопуляциях // Материалы республиканской научно-практической конференции «Биоразнообразие в растительном мире Узбекистана: проблемы и достижения». Карши, 11 мая 2018 г. С. 98-101. 6. Джумаев Т . Горы Узбекистана. Ташкент: “Меҳнат”. 7. Зокиров К. З. Флора и растительность бассейна реки Зеравшан. Ташкент, 1955. 8. Коллектив. Растительные ресурсы СССР. Л., “Наука”, 1985. 9. Коллектив. Флора Узбекистана . т II. Изд-во АН УзССР., 1941- 1962. 10. Коллектив. Ўзбекистон энциклопедияси . Тошкент., 1997. 11. Мустафаев С. М. Основные черты растительного покрова бассейна р. Кашкадарьи. — В кн.: Вопросы комплексного изучения природы и хозяйства южных районов Узбекистана . Ташкент, 1974 (науч. тр. ТашГПИ и Карши ГПИ, т 30). 12. Набиев М. “Ботаника атлас-луғати”. Т., 1969. 58 13. Черепанов С.К . Сосудистые растения России и сопредельных государств (в пределах бывшего СССР). СПб.: Мир и семья – 95. — 1995, 991 с. 14. Ҳайдаров К., Ҳожиматов К. “Ўзбекистон ўсимликлари”. Т.: “Ўқитувчи”, 1992. 15. Ҳамидов А., Набиев М., Одилов Т. “Ўзбекистон ўсимликлари аниқлагичи”. Т.: “Ўқитувчи”, 1987. 16. Ўзбекистон Республикаси Қизил Китоби. 1-жилд. Тошкент. 2009. 122-123 б. 17. www.google.co.uz 18. www.plantarium.ru 19. www.tienshan.el.kg 20. www.scientific-web.com 21. www.species.wikimedia.org 22. www.viness.narod.ru 23. www.wikipedia.org 24. www.растениемое.рф 59 ILOVALAR 60 61