logo

O’qish darslarida o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda ZPTlarni qo’lash

Yuklangan vaqt:

01.10.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

82.5 KB
Mavzu: O’qish darslarida o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda ZPTlarni qo’lash Reja: 1. Kirish. O’qish darslarida o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish haqida tushuncha. 2. Asosiy qism. a)o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda matn ustida ishlash. b)ifodali o’qish orqali o’quvchilar og’zaki nutqini o’stirish. s) savol-javob orqali o’quvchilar og’zaki nutqini o’stirish d) ZPT asosida o’quvchilarni og’zaki nutqini o’stirish asosidagi bir soatlik dars ishlanmasi. 3. Xulosa. Kalit so’zlar: Lug’at ustida ishlash, savod o’rgatish, test O’qish darsi turlari va ularning tuzilishi. Savod o’rgatish davri tugaganidan so’ng o’qish darslari boshlanadi va u ta’limning keyingi yillarida davom ettiriladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda o’qish darslari turlari va ularning tuzilishi yuzasidan quyidagicha ish turlaridan foydalanish tavsiya etiladi: - o’quvchilar fikrini va nutqini o’stirishda rivojlantiruvchi ta’lim usullaridan foydalanish; - o’qish malakalarini takomillashtirish, to’g’ri, ongli ifodali o’qish; - badiiy asar g’oyasini tushunish qobiliyatini o’stirish; - turli janglarga xos bo’lgan badiiy asarlarni o’qish va ular ustida ishlash orqali voqelik haqidagi tasavvur va tushunchalarni kengaytirish; - nutq tovushlari talaffuzidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish; - so’zni butunligicha o’qish malakalarini shakllantirish va to’la egallash; - o’qish teziligini orttirish; - mustaqil o’qiy olish; - matndagi asosiy fikrni aniqlash; - voqea-hodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rgatish; - nutqdagi so’zlardan o’rinli foydalanishga e’tibor berish; - matn mazmunini mulohaza qila olish; - asardagi badiiy tasviriy xususiyatlar ustida ishlash; - matnning ma’nosiga tushunib, qayta hikoyalash; - matnni qismlarga bo’lish va reja tuzish; - o’quvchilarning adabiy talaffuz me’yorlariga rioya qilishlariga erishish; - darsning 20-25 minutini o’quvchilarning ifodali o’qishiga ajratish; - lug’at boyligini va nutq o’stirish masalalariga alohida e’tibor berish; - har bir darsning muhim vazifasini belgilab olish; - darsda o’quvchilar faoliyatini uyushtirish va darsning didaktik maqsadiga asoslanishi; - darsni tashkil etish yo’nalishiga ko’ra turlarini belgilash ma’ruza va suhbat ko’rinishdagi mashg’ulotlar, sinfda mustaqil ishlash, yangi materialni o’rganish, bilim, malaka va ko’nikmalarni takomillashtirish, nazorat, aralash, takrorlash va tekshirish darslarini o’tkazish. O’qish darslarida o’quvchilarning og’zaki nutqni o’stirish til va adabiy ta’limda muhim ahamiyatga ega. Chunki og’zaki va yozma nutqni yaxshi egallagan o’quvchi barcha fanlarni oson va to’liq o’zlashtiradi, unda bilim olishga va yangiliklarga intilish tobora kuchayadi. Hozirgi zamon pedagogikasida o’quvchilar og’zaki nutqini o’stirishda muhim pedagogik muammo sifatida qaraladi. Zero, A. Zunnunovning «Adabiyot o’qitish metodikasi»da keltirilganidek o’quvchilar og’zaki nutqini o’stirish, bu uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, nutq o’stirish bilan bog’liq bo’lgan mashg’ulotlar izchil, doimiy ravishda o’tkazib borilmasa, ta’limning yaxshi sifatli bo’lishiga, o’quvchilarning madaniy nutqini egallashlariga erishib bo’lmaydi. Matn ustida ishlash orqali o’quvchilar og’zaki nutqini o’stirish eng maqbul usullardan bo’lib, bu jarayonda quyidagi ko’nikma va malakalar hosil qilinadi: A) bilim olish. B) to’g’ri, ravon, ifodali o’qish; S) Ijodiy va mustaqil fikrlash. D) Tahlil qilish va kerakli xulosa chiqarish. E) Odob, ahloqli bo’lish. G) nutq madaniyatini egallash. O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarini baravar rivojlantirishga harakat qilish lozim. Chunki har ikkala nutq shakli bir-birining o’sishi hamda takomillashib borishi uchun xizmat qiladi. Asar matni ustida ishlashda ham bu talablarga amal qilinadi. Boshlang’ich sinf o’qish darslari yuqori sinflardagi adabiyot darslarining tarkibiy qismi bo’lib, ulardagi asosiy ish turi matn ustida ishlashdir. Agar matnni ustida ishlash orqali ham og’zaki, ham yozma nutq o’stirishni o’qish darslarida o’rganiladigan manlar misolida ko’rsatish mumkin. 1. Lug’at ustida ishlash orqali nutq o’stirish. Bunda o’quvchilar matnni o’qib bo’lgach, unday notanish so’zlarni aniqlaydilar va o’qituvchi yordamida ularni tushunib oladilar. Masalan: 2-sinf «O’qish kitobi»da keltirilgan «Sumalak» (rivoyat) matni ustida quyidagicha lug’at ishi o’tkazish mumkin. Urug’lik-ekish uchun olib qo’yilgan don. Ivitish-suvga solmoq. Nish urmoq-o’sa boshlamoq. Qiymalash-mayda qilib to’g’rash. Azonda-erta tongda. Tatib ko’rmoq-yeb ko’rmoq. Lazzatli ne’mat-shirin ovqat. Bardam bo’lish-sog’lom bo’lish. 2. Matn mazmunini qayta hikoya qilish orqali nutq o’stirish . Mazkur turda o’quvchilar matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib, obrazlarni o’zgartirib, o’z fikrlarini bildirib qayta hikoya qiladilar. Qayta hikoyalashda, albatta, matndagi so’zlardan foydalanish yaxshi samara beradi. «Sumalak» rivoyatini qayta hikoyalashda o’quvchilar asosiy o’rnilarni ajratishi, lo’g’at ustida ishlash orqali o’rgangan so’zlarni ishlatishi lozim. Bunday qayta hikoyalash quyidagicha bo’lishi mumkin. Qadim zamonda bir dehqon bor ekan. U bahor kelgach, urug’likka olib qo’ygan donini suvga solib qo’yibdi. Ob-havo yomon bo’lib, ivitilgan bug’doy nish urib o’sa boshlabdi. Dehqonning bola- chaqasi och ekan. Shuning uchun bug’doy uvol bo’lmasin deb, kampiriga undan biror ovqat qilishni aytibdi. Kampir dehqon qiymalagan bug’doyni qozonga solib qaynatibdi. Azonda uyqusi o’chib, qozondan xabar olgani borsa, juda ajoyib hid dimog’iga urilibdi. Qozondagi ovqatni tatib ko’rsa juda mazali emish. Kelasi yil ham dehqon bolalarining o’sha taomdan yegilari kelibdi. Shu tariqa sumalak pishirish odati paydo bo’lgan ekan. Sumalak xalq orasida keng tarqalib, bahorning lazzatli ne’matiga aylanibdi. Sumalak har yil Navro’z bayramida tayyorlanadi. Bu ovqat odamlarning sog’ligini tiklashga va bardam bo’lishga yordam beradi. 3. Matnda savol-javoblar ustida ishlash orqali og’zaki nutq o’stirish. Bunda faqat darslikdagi savol va topshiriqlar bilangina cheklanib qolmay, balki har bir darsda o’quvchilarni o’ylashga, mulohaza yuritishga chaqiruvchi yangi savollar tuzish va o’quvchilar hukmiga havola etish lozim. «Sumalak» matniga oid quyidagicha yangi savollar tuzish mumkin. A) Dehqon nima uchun bug’doyni ivitib qo’yadi? B) Dehqon nimani o’ylaydi? S) Kampir tishirgan ta’omni ta’riflash uchun qanday so’zlar ishlatgan? D) Rivoyatdagi «mo’l-ko’l» so’zini qanday tushunasiz? Matn ustida ishlash orqali o’quvchilarning lo’g’at boyligi har jihatdan boyib boradi. Matndagi iboralar, so’z va so’z birikmalari o’quvchilar nutqiga ko’chib, ular nutqining jozibador bo’lishiga olib keladi. Ifodali o’qish orqali o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish. Badiiy adabiyot paydo bo’lishi bilan uning ifodali o’qish, og’zaki ijrochiligi ham maydonga kelgan. Badiiy adabiyotning shakllanish bosqichlari g’oyat murakkab va rang-barang bo’lganligi kabi uning og’zaki ijrochiligi ham ziddiyatlidir. Ya’ni bir asarni turli ijrochi har xil tarzda tinglovchilarga yatkazganki, uning badiiy qimmati ham, mazmuni ham turlicha qabul qilingan. Albatta, bunda o’sha ijrochilarning mahorati, maxsus ohang bilan o’qish san’ati ustinlik qilgan. Demak, bundan ko’rinadiki, har bir asarni o’qish, uni tinglovchiga yetkazish usuli ham juda katta uslubiy tayyorgarlikni talab etadi. Boshlang’ich ta’limda ifodali o’qish ongli o’qishning negizida shakllanadi. Uni tashkil etishda asosiy vositalar: nafas, ovoz va nutq a’zolarining me’yoriy harakatini to’g’ri anglash va adabiy til me’yorlarini egallash muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham ifodali o’qishni nazariy jihatdan yaxshi bo’lish, uni amaliy ro’yobga chiqarish o’qituvchidan juda katta pedagogik mahorat, uslubiy tayyorgarlikni talab etadi. O’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish uchun, eng avvalo, bu say’-harakat maqsadi, mazmuni va vazifalarini tg’ri belgilamoq lozim. Ular quyidagilar: 1. Adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda tilimizni boshqa unsurlardan saqlash. 2. Nutqimizning ravon va go’zal bo’lishiga erishish. 3. Orzu-xayol, quvonch-tashvish va intilishlarimizni tinglovchilarga oson, mantiqli va ta’sirchan yetkazishga harakat qilish. 4. Ona tilimizning ulug’ligini his qilish, so’z qudratini anglash. 5. Notiqlik san’atini egallash. Xullas, boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish ularda ona tilimiz go’zalligi, nafosati va kuch-qudratini anglash bilan bir qatorda, milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashda, yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish muhim ahamiyatga ega. Dars ishlanmasi. Darsning turi : Interfaol usul. Tarbiyaviy maqsadi: «Alifbe» darsligi boshqa o’quv jihozlari qatori Prezidentimizning sovg’asi ekanligi; - o’quv qurollarini avaylab tutish lozimligi; - darsliklar, o’quv qurollari va ulardan foydalanish; - ota-onalarimizning mehnatini qadrlashni o’rgatish. Darsning jihozlanishi: darslik, musobaqa turlari va to’g’ri o’tirish qoidasi tasvirlangan rasmlar, o’quv qurollari. Darsning borishi: Tayyorgarlik davrida o’qituvchi bilan o’quvchilar orasida mustahkam aloqa, do’stlik paydo bo’lishi uchun quyidagi savol-javob olib boriladi. O’qituvchi: - yuz-qo’llaringizni yuvib, nonushta qilib, maktab tomon yo’l oldingiz. Yo’lda kimlarni va nimalarni ko’rdingiz? O’quvchilar ko’chalarni, uylarni, mashinalarni, daraxtlarni, binolarni, odamlarni va hokazolarni ko’rganlarini aytishadi. O’qituvchi javob bergan har bir bolani rag’batlantiruvchi so’zlarni aytib ularning kayfiyatini ko’tarib boradi. Masalan, «Ofarin», «Barakalla», «Balli», «Raxmat» kabi so’zlarni aytadi. So’ng o’zaro bellashuv, musobaqa-bahs haqida tushuncha berib, savol beradi: O’qituvchi:-Bolalar, siz musobaqa deganda nimani tushunasiz? O’quvchilar:-Ikki guruhning o’zaro savol-javob yoki o’yin orqali musobaqalashuvini. O’qituvchi:-Qanday musobaqa turlarini bilasiz? O’quvchilar:-Birin-ketin bilgan musobaqa turlarini aytadilar: «Yugurish», «Kurash», «S’Haxmat-shashka», «Futbol». Sport o’yinlari tasvirlangan rasmlarni ko’rsatib, o’quvchilarni sport haqidagi bilimlari, tushunchasi oshiriladi. O’qituvchi:-Balli! Sizlar musobaqani yaxshi bilar ekansizlar. Bugun biz ham «Kim ko’p so’z biladi» musobaqasini o’tkazamiz. Buning uchun biz 3 guruhga bo’linamiz. Sinfdagi har bir qator o’quvchilari bitta guruh bo’ladi. Guruhlar o’zaro maslahatlashib, o’zlari sevgan qushlar nomini qo’yadilar. Musobaqa shartlari guruhlarga tushuntiriladi. 1. «Qaldirg’och» guruhiga: 2. maktab haqida chiroyli so’zlar toping. 3. «Burgut» guruhiga: 4. sinfingizga ta’rif bering. 5. «Kabutar» guruhi га : oila haqida nimalarni bilasiz? Topshiriqlari beriladi. O’qituvchi o’quvchilar topgan so’zlarni xattaxta yonida turib, har bir guruh aytgan so’zlarni chiziqlar bilan quyidagicha belgilab boradi. I-Q II-B III-K III III II II III II I II III 6 8 7 Guruhlar topgan so’zlar soni o’quvchilar bilan birgalikda jo’r ovozda sanaladi. Topgan so’zlarning soniga qarab o’rinlari aniqlanadi. Har guruhning o’rni e’lon qilinganda, chapak chalib olqishlab, ular rag’batlantiriladi. Quvnoq daqiqa: «Uchadi-uchmaydi» o’yini. Bu o’yin bolalarni zukolikka, xushyorlikka, hozirjavoblikka o’rgatadi, o’qituvchi rahbarligida o’tkaziladi. O’quvchilar parta yonida tik turib o’yinni bajaradilar. O’qituvchi uchadigan va uchmaydigan narsalarning nomini aytadi. Masalan: O’qituvchi:-«Kabutar»! O’quvchilar (jo’r ovozda):-«uchadi» deb qo’llarini ko’taradilar. O’qituvchi:-«Kitob»! O’quvchilar:-«Uchmaydi», deb parta yonida cho’kkalab o’tirib-turadilar. Shu tarzda o’yinni 2-3 daqiqa davom ettirish mumkin. Harakatlar davomida adashgan o’quvchilarni aniqlab, o’qituvchi ularni hushyor bo’lishga undab boradi. Yangi mavzu: «Sinfim-faxrim». O’qituvchi darslikdagi rasmlarni ko’rsatib, savol beradi: - Bolalar, kitobda kimlar va nimalarning rasmini ko’rayapsiz? O’quvchilar:- O’quvchi qiz va o’g’il bolani, sumka, kitob, daftar, ruchka, qalamni ko’rayapmiz. O’qituvchi:-O’quvchi qiz nima qilayapti? Sumka nima uchun kerak? Ruchka bilan nima qilamiz? Qalam bilan nima qilamiz? CHizgich bilan nima qilamiz? O’chirgich bilan nima qilamiz? Bu savollarga javob olingach, o’qituvchi suhbat olib boradi. - Bolajonlar, siz juda bilimdon ekansizlar. Barchangizga ofarin! Biz maktabga bilim olish uchun kelamiz. Bilimni o’quv qurollarisiz egallab bo’lmaydi. Demak, biz har vaqt sumkamizga kerakli o’quv qurollarimizni solib kelishimiz kerak ekan. Ularni ota-onamiz mehnat qilib, topgan pullariga sotib olib beradilar. Har qaysi o’quv qurollarimizni avaylab-asrashimiz kerak. Endi biz yana musobaqamizni davom ettiramiz. Guruhlarga mavzu asosida topgan so’zlarni qatnashtirib gap tuzish topshiriladi. Guruhlar to’planib, o’zaro maslahatlashib, gap tuzadilar. Qaysi guruh tayyor bo’lsa, yozadi, tuzgan gapini aytadi. O’qituvchi uni xattaxtaga yozadi. Masalan: Men maktabga keldim. Biz sinfimizni toza saqlaymiz. Oilamizda hammamiz inoq bo’lib yashaymiz. Tuzilgan gaplarni barcha o’quvchilar birgalikda o’qiydilar. Bu usul asosida o’quvchilarga o’qish, gap tuzish, so’zlarni bo’g’inlarga ajratish kabi bilim, ko’nikma, malakalar singdirib boriladi. Musobaqaning bu bosqichini baholashda qancha ko’p so’z qo’llanilgani, gapning mazmuniga qarab o’rinlari belgilanadi. Masalan: “Qaldirg’och” guruhi birinchi bo’lib uchta so’zni qatnashtirib, bitta gap tuzgan. “Burgut” guruhi to’rtta so’zni qatnashtirib, bitta gap tuzgan. “Kabutar” guruhi esa beshta so’zni qatnashtirib, bitta gap tuzgan. Shu tariqa o’qituvchi rahbarligida gaplar tahlil qilinib, guruhlar o’rinlarini belgilaydi. Natijalar e’lon qilinganda, o’quvchilar chapak chalib olqishlaydi. Quvnoq daqiqa: Boshni qimirlatamiz, qo’llarini qirsillatamiz, oyoqlarni bir joyga turib, harakatga keltiramiz, sekin joylarimizga o’tiramiz. Bu mashqni barcha o’quvchilar hamjihatlik bilan bajaradilar. Darsning yakunlanishi: Faol qatnashgan o’quvchilar qushlarning rasmlari chizilgan kartochkalar bilan rag’atlantiriladilar. Tayyorgarlik davrida o’qituvchi bilan o’quvchilar orasidagi hamkorlikni faollashtirish zarur. Bu ular orasidagi do’stlik iplarini mustahkamlaydi. Bunda o’qituvchi muomala bilan bola ko’nglini topa bilishi, uning nima demoqchi ekanligini xatti-harakatlari, imo-ishoralaridan uqib olishi, yutug’i uchun rag’batlantirilib borishi, xatosi uchun koyimasdan, yotig’i bilan tushuntirishi zarur . Ilova T E S T . 1 . Pedagogik texnologiya nima? A) O’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi. B) Texnik vositalar asosida darslarni tashkil etish. S) O’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar yig’indisi. 2. Test nima?-qanday so’zdan olingan ? A) Inglizcha «Test»-so’zidan olingan bo’lib «topshiriq» degan ma’noni anglatadi. B) Grekcha «Test»-so’zidan olingan bo’lib xotiralash degan ma’noni anglatadi. S) Lotincha so’zdan olingan bo’lib «Test» ya’ni bajar degan ma’noni anglatadi. 3 . Aqliy xujum metodi nima ? A) Aqliy xujum-muammolarni hal etish usuli. B) Aqliy xujum-o’quvchilarning so’z boyligini oshishiga samarali yordam beradigan vositalardan biri. S) Aqliy xujum metodida-o’quvchi o’zi uchun notanish bo’lgan turli xil xarakterli insonlar obraziga qalban kirishib ketadi. 4. Interfaol usulining maqsadi nima ? A) O’quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakllantirish. B) Darsdagi muammolarni hal etish, o’quvchilar so’z boyligini oshirish. S) Sinf o’quvchilarida mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Boshlang’ich ta’lim jurnallari. 2003 yil, 3-son, 2006 yil, 4-son. 2. Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti. Q. Abdullayeva, R. Safarova, N. Bikbayeva va boshqalar . 3. 1-sinfda o’qish darslari. T. G’afforova, E. Shodmonov. 4. 2-sinf. «O’qish». Q. Abdullayeva, M. Yusupov, M. Maxmudova. 5. 3-sinf. «O’qish”. M. Yusupov, M. Maxmudova. 6. 4g’sinf. “O’qish”. A. Shojalilov, S. Toshmatova, S. Matjonov .