logo

Galogenlarning davriy sistemadagi o'rni. Atom tuzilishi mavzusida yozgan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi

Yuklangan vaqt:

01.10.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

120.5 KB
Mavzu: “ Galogenlarning davriy sistemadagi o'rni. Atom tuzilishi mavzusida yozgan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi KIMYО O’QITISHDA POEZIYА DARSI I. Darsning maqsadlari: A). Ta’limiy maqsadi: o’quvchilarning kislorod, vodorod, suv mavzulari bo’yicha olingan bilimlarini poeziya usulida mustahkamlash. B). Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda kimyo va adabiyot fanlariga qiziqishini kuchaytirish, kimyoviy moddalar poetik usulda bayon etish ko’nikmalarini hosil qilish, mustaqil fikrlash qobilyatlarini o’stirish va ijodkorlikka yo’naltirish bilan birga tabiatni muhofaza qilishga o’rgatish. II. Dars turi: Musobaqa poetik dars. III. Dars usuli: Savol javob, musobaqa, she’oiy aytishuv. IV. Darsni jihozlashnishi: kislorod , vodorod, suvni kimyoviy simvollari yozilib emblemalar, darsliklardagi 2- jadvalda keltirilgan 17- ta elementlarni belgilari, kislorod, vodorod, suv molekulalarining shar- stenjerli modeli. V. Darsning borishi. Sotivoldi Teshaboev, Mirkozimov Nishonov muallifligida 7- sinflar uchun yozilgan «Anorganik kimyo» darsligining 24 betidagi 2- jadvalda keltirilgan 17 ta element belgilarni ko’kaklariga taqib olingan o’quvchilar qator safda turadilar, o’kuvchilardan yana birining ko’kragida suvning formulasi katta qilib yozilgan emblemasi taqilgan bo’ladi. O’rtaga poeziya soatini boshlovchi o’quvchi chiqdi (uni ismi Karim, Rayim, Raxim, Nasim, Nayim, Raximjon, Karimjon va hakozo bo’lishi mumkin). Boshlovchi o’quvchi elementlarning belgilarini ko’kraklaiga taqib olgan o’quvchilardan 2-3 tasini ko’rsatib quyidagi satrlarni o’qiydi: Manna qarang do’stlarim, bunisi bo’lar azot, Usiz o’simliklarning ishi bo’ladi barbod, Anna bunisi fosfor, uldir hosil bulog’i, Fosforsiz o’simlikning uchar hosil chirog’i. Buningdir nomi temir, yanada cho’yan- po’lat, Temirsiz hayotimiz chekadilar riyozat. Shundan so’ng o’quvchilardan biriga qarab deydi: Endi savol- javobga o’taylikchi do’stlarim, quyidagi savolga javob beradi Karim. Savolning asl matnini o’qib beradi Raxim, Raxim qo’liga olib uzundan- uzun varaq O’qiydi savol matnini o’yib qosh ila qavoq Tabiatda bir gaz bor, U siz hayotdir dushvor. Foyizda olsak agar. O’zingni tutgan hushyor. Er yuzida qirq to’qqiz Suvdachi sakson to’qqiz, Insonning tanasida Bo’larmish oltmish besh U nimaga bo’lar xesh Qani menga aytingchi U gazning nomi nima. Yana menga aytingchi Unga qanday xislat bor. Shundan so’ng o’rtaga Karim chiqadi: Karim chiqib o’rtaga, Ko’rsatdi jo’rtaga, Ko’kragiga qalayni Taqib olgan Abayni. Bolalar xay- xaylashib, Javob darlar noto’g’ri Atrofni o’rab turgan o’quvchilar noto’g’ri deb baqirishdi. Shundan so’ng: Raxim o’rndan turib, Yaqinlashadi yurib, Karimjonga yuzlanib, Qo’li bilan ko’rsatib, Turgan elementlarni Qaysisini so’radim Karim ushlab boshini Burishtirib qoshini Manna topdim Raximjon Deydi bosib hayajon kislorodni ko’rsatadi Boy bermasdan fursatni Raximjonu- Karimjon, Quvonishdilar shu on. Raximjon bilan Karimjonlar ikkalasi, ko’kragiga kislorod belgisini taqib olgan o’quvchiga yaqinlashib deydilar: O kislorod, kislorod, sensiz bo’lmaydi xayot, Sen ko’paysang olamga, hayot bo’lar barhayot. Chang- to’zonlar kamaysa, sening hajming ko’paysa, Tabiat, turmushimiz tobora bo’lar obod. Sensan hayot chirog’i Tiriklarning bulog’i. Jonsiz- jonli dunyoning Unar so’lmaydi bog’i. Shundan so’ng ko’kragiga kislorod belgisi taqilgan o’quvchi vodorod element belgisini taqib olgan o’quvchi yaqinlashib deydi: Sening noming Kislorod, mening nomim vodorod, Ikkalamiz birlashib, umrimiz qilmay barbod. Zaminni yashnatamiz, yaratamiz bog’u- rog’, Hayotda yashaganning, umrin qilamiz obod. Ko’kragida suvning formulasin taqib olgan o’quvchi kislorod va vodorod belgilarini taqib olgan o’quvchilarga yuzlanib deydi: Ikkalangizdan hosil bo’lgan moda bo’laman, Mehnatkashning izzatu- hurmatiga to’laman. Meningda o’tu- o’llan, daraxitzoru va o’rmon Hayvonu- odamzodga hayot baxsh etuvchiman. Men bo’lsam dunyoda, olam bo’ladi xarob Dehqonu- sohibkorlar mehnati bo’lar sarob Sanotu- qurilishi chekadilar iztirob Bunday noxush korlarga barham beruvchisiman. Ismi sharifim suvdir, yanada «ash ikki O» Qatra- qtra yig’ilib, yarataman men daryo. Men o’zim suyuqlikman, hayotda suyukliman, Mensiz zaminu- havo, xarob bo’ladi Dune. Kislorod, vodorod va uning formulasini ko’kragida taqib olgan uchala o’quvchilar quyidagi satrlarni birgalashib o’qishadi. Bu satrlar o’quvchilarga ekologik tarbiya berishda kata rolg` o’ynaydi: Eshtinglar ey do’stlar suvni qilmangiz iflos, Behudaga ishlatib qilmang isrof. Iflos qilsangiz suvni turmushda u ziyondir, Ifloslanishdan uni eting xolos. Amal qilingiz albat kattalarning so’ziga, Oyoq qo’ymaydi hech kim kattalarning yuziga. Bajarmoq darkor albat ularning o’gitlarin, Shunda etajak albat yoshlar o’z murodiga Ota- bobolar fytgan suvga tupurmagin deb, Suvni iflos qilganlar yaramas betayin deb, Suvni toza soqlangiz u biz uchun hayotdir, Suvni ifloslantirgan dahriyligi tayin deb. Shundan so’ng o’quituvchi darsga yakun yasaydi va darsga aktiv ishtirok etgan o’quvchilarni baholaydi va baxolarni kundaliklariga qo’yadi. Uyga vazifa beradi. 7- sinf «Anarganik kimyo» darsligining 41- 44- $- larni o’qib kelish.