logo

O’lat, vabo sarg’ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli infeksiyalar haqida

Загружено в:

18.09.2023

Скачано:

0

Размер:

2239.1962890625 KB
O’lat, vabo sarg’ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli infeksiyalar haqida • Yuqumli kasalliklar qadim zamonlarda ham uchragan. Chinchechak, o'lat, vabo va boshqa xatarli, yuqumli kasalliklar vaqti-vaqti bilan keng tarqalib, millionlab kishilarning yostig'ini qurutgan, jamiyatga ko'p halokat yetkazgan. Yuqumli kasalliklarning mohiyati ularning kelib chiqish sabablari uzoq vaqt noma'lum bo'lib kelgan. • Abu Ali Ibn Sino «Al qonun» asarida o'lat, chinchechak, qizamiq va boshqa yuqumli kasalliklarni ko'zga ko'rinmaydigan jonivorlar qo'zg'atsa kerak deb gumon qiladi. • Xozirgi kunga qadar yer yuzida ma'lum bo'lgan va o'rganib chiqilgan yuqumli kasalliklarning soni 1060 dan ortiq. Shularning ba'zilari hali ham vaqti-vaqti bilan epidemiya, hattoki pandemiya shaklida keng tarqalib turadi. Yuqumli kasalliklarning umumiy xususiyatlari:  Yuqumli kasalliklar aslida lotincha “infecio” so’zidan olingan bo’lib, “ifloslanish” degan manoni bildiradi.  Inson organizmi (makroorganizm) bilan kasallik qo’zg’atuvchi mikrob (mikroorganizm)ning malum sharoitda o’zaro tasiri oqibatida yuzaga keladigan o’zgarishlar infeksion jarayon deb ataladi. Bu jarayon kasallik alomatlari ko’rinishida namayon bo’lsa yuqumli kasallik deb yuritiladi. Yuqumli kasalliklarning o’ziga xos xususiyatlari: Yuqumli kasallikni tirik patogen mikrob qo'zg'atadi.   Bemor o'z navbatida kasallik manbai bo'ladi va uni boshqa -larga yuqtirishi mumkin.   Bemor qaysi yuqumli kasallik bilan og'rib o'tsa, uning organizmida o'sha kasallikka qarshi immunitet hosil bo'ladi va shu kasallikning qaytadan yuqishiga qarshilik ko'rsatadi.   Yuqumli kasalliklar muayyan davrlar bilan, ya'ni siklik tarzda rivojlanadi va so'nadi.   Yuqumli kasalliklar infeksiya manbaiga qarab avvalo ikki guruhga bo'linadi: Antropozoonozlar-bu kasalliklar hayvonlarda va odamlarda uchraydi. Odamlarga infeksiya hayvonlardan yuqadi Antroponozlar-bu kasalliklar faqat odamlarda uchraydi va ular bilan hayvonlar kasallanmaydi ichburug gepatit OITSO’lat brusellyoz o'lat qutirish kuydirgi Vabo • Vabo-o’tkir infеktsion kasallik bo’lib, mеda ichak yo’lini zararlanishi, suv-tuz almashinuvini buzilishi va organizmning suvsizlanib qolishi bilan ta'riflanadi. • Xindiston va Bangladesh  vaboning epidemic o`chog`i sanaladi . Vaqti vaqti bilan kasallik qo`shni davlatlarga hatto qit’alarga tarqalib, katta epidemiya va pandemiya beradi. 1817-yildan 1925- yilagacha bo`lgan davrda Yer yuzida vaboning  6ta pandemiyasi kuzatilgan. • 1965-tildan boshlab vaboning yangi 7-pandemiyasi kuzatilgan. Jumladan 1965-yilda  Qoraqalpog`iston va Xorazmda ham vabo epidemiyasi kuzatilgan. Epidemiologiyasi  vabo antroponoz kasallik ya’ni faqat odamga hos xastalik sanaladi. Infeksiya manbai bemor va vibrion tashuvchidir. Vibrion og`iz orqali tushib najas orqali chiqadi. Vibrionning tarqalishida suv katta ahamiyatga ega.  Kasallik epidemiya tarzida boshqa joyga kirib borganda tarqalish xususiyati shu joyning sanitar xolati, kanalizatsiya bilan ta’minlanish xususiyati, oziq – ovqat mahsulotlarining sanitariya holati bog`liq. Klinikasi • Vabo vibrioni organizmga og`iz orqali kiradi. Unga birinchi to`siq  oshqozonning kislotali muhiti sanaladi. Tana harorati 37 – 38 C gacha ko`tariladi. Odatda kasallik sababsiz ich surishi va oyoq qo`llarning darmonsislanasi bilan boshlanadi. Bir necha soatdan so`ng hojatga borish ko`payib najas guruch yuvindisi ko’rinishda bo’ladi. ko`pchilik holatlarda qusish ham kuzatiladi. Qusish bilan boshlangan vaboda ko`pchilik bemorlarda qo`l oyoqningt bo`shashishi va qo`l oyoq muskullarining tortilishi kuzatiladi. Bemor ahvoli og`irlasha boradi. Profilaktikasi • Vaboni oldini olish uchun avvalambor uning boshqa davlatalardan kirib kelishini oldini olish zarur bo`ladi. Buning uchun aeroportlarda, xalqaro temiryo`l stansiyalarida, daryo va avtobus yo`llarining chegara punktlarida sanitariya- nazorat punktlari tashkil etilgan. Vabo doimiy qayd etiladigan mamlakatlardan kelgan yo`lovchilardaqn kasallik simptomlari bor yoki yo`qligi so`raladi. • Respublikada har bir viloyat , tuman, vaboni oldini olish va u aniqlangan taqdirda ko`riladigan chora tadbirlar majmuini oldindan belgilab qo`yadi. U epidemiyaga qarshi favqulotta komissiya yig`ilishida muhokama qilinib hokimiyatlar tomonidan tasdiqlanadi. Kasallik aniqlangan yoki kasallikga shubha qilinganda darhol SES ga habar  beriladi. Bemor darrov alohidalanadi. SES hodimlari bemor bilan suhbatlashib kasallik qaysi yo`l bilan yuqqanligini aniqlashga harakat qiladi. O’LAT • o’tkir infeksion va karantinli kasalik hisoblanadi.o’lat arab so’zidan olingan bo’lib ”Djumma” bob degan manoni bildiradi’ • Kasallik har qanday yoshda uchraydi va har qanday yo’l bilan yuqadi ko’proq yovvoyi kemiruvchilar va qon so’ruvchi hasharotlar chaqqanda yuqadi. • Kasallik juda og’ir o’tadi o’lim ko’rsatkichi yuqori Epidimiologiyasi • Kasallik manbayi yovoyi tabiat hayvonlari hisoblanadi ularning tanasida o’lat bakteriyasi bo’ladi. Yuqish yo’llari Klinik belgilari Inkubatsion davri 3-6 kun klinik belgilar namayon bo’lmaydi, keyinchalik tana haroratining ko’tarilishi ishtahaning yo’qligi, bosh aylanishi, bosh og’rishi, qusish zararlangan terida yiringli jarayon bilan namayon bo’ladi. Sepsis rivojlanadi. O’PKA SILI (TUBERKULYOZ) • Bu surunkali, yuqumli kasallik bo’lib har bir kishi u bilan kasallanishi mumkin. Lekin bu kasallik ko’pincha OITS (SPID) bilan og‘riyotgan yoki quvatsiz, ovqatga yolchimagan yoki sili bor odam bilan yashaydigan odamlarda ko’proq uchraydi. Sil davolash mumkin bo’lgan kasallik. Lekin har yili minglab odamlar shu kasallikdan bevaqt nobut bo’lyapti. • Sil mikrobakteryalari issiq-sovuqqa, yorug‘lik va namlikka ancha chidamli. Ko’cha changida 10 kun, kitob sahifasida 3 oygacha tirik turishi mumkin, yorug‘lik ta’sirida  1-1,5 oy mobaynida halok bo‘ladi, suvda esa 150 kun saqlanadi. Sil mikrobakteriyalari chirish jarayonlariga ham chidamli bo‘lib, murda ko‘milganidan kegin ham bir necha oygachan ham saqlanib turadi.     Yuqish yo’llari 1)  Havo tomchi yo’li, chang bilan ( yo’talganda, aksirganda); 2)  Sil bilan kasallangan qora molning sutidan; 3)  Ona qornida yo’ldosh orqali bolaga yuqadi; 4)  Emizganda sut orqali ; 5)  Shikastlangan teri orqali; 6)  Idish tovoqlar o’rtada bo’lganda;      Klinik belgilari •    Surunkali (3 haftadan ko‘proq) yo‘tal, ko‘pincha uyqudan turgandan so‘ng zo‘rayadi. •    Tana harorat biroz ko‘tariladi va odam kechasi terlaydi. •    Ko‘krak qafasida og‘riq bo‘lishi mumkin. •    Odam ozib quvatsizlanib boradi. Og‘ir yoki o‘tib ketgan hollarda: •    Odam yo‘talib, qon tuflaydi (odatda biroz, lekin ba’zi hollarda ko‘p qon tuflaydi). •    Terining rangi o‘zgarib, mumday bo‘lib qoladi. Qoramag‘iz odamning terisi, ayniqsa, yuzlari oqaradi. •    Ovozi mumtazam xirillaydi .Yosh bolalarda yo‘tal kech paydo bo’lishi mumkin. QIZAMIQ Bu o’tkir yuqumli virusli kаsаllik bo’lib tоshmа tоshаdigаn vа jiddiy аsоrаtlаr qоldirаdigаn yuqumli kаsаlliklаrning eng tеz yuqаdigаnidir. Аgаr qizаmiq bo’lmаgаn yoki emlаnmаgаn kishi kаsаl kishi bilаn muоmаlа qilsа, qizаmiqning yuqish ehtimоli 100%gа yaqinlаshib qоlаdi. . Qizаmiq yer kurrаsidа eng kеng tаrqаlgаn infеksiyadir. Butun jаhоn sоg’liqni sаqlаsh tаshkilоtining (BSST) mа`lumоtlаrigа ko’rа, hаr yili kаmidа 40 mln dаn оrtiq kishi qizаmiq bilаn оg’riydi, birоq ulаrning 10% qismiginа ro’yxаtgа оlinаdi. Yuqish yo’llari  Hаvо-tоmchi yo’li оrqаli yuqаdi.  Qizаmiqning virusi tаshqi muhitgа bеmоr kishi аksа urgаndа, yo’tаlgаndа vа so’zlаshgаndа yuqоri nаfаs yo’llаridаn so’lаk tоmchilаri bilаn birgа chiqаdi.  Qizаmiq virusi tаshqi muhitdа ikki sоаt dаvоmidа sаqlаnishi mumkin, shuning uchun u ikki sоаt аvvаl bеmоr kishi o’tirgаn xоnаgа kirgаn sоg’lоm kishigа hаm yuqib qоlishi mumkin.  Qizаmiqqа chаlingаn kishi tоshmа tоshishidаn 2-4 kun оldin yuqumli bo’lib qоlаdi vа kаsаllik o’tkir kеchаdigаn dаvri dаvоmidа infеksiya mаnbаi bo’lib qоlаvеrаdi. Klinik belgilari • • Yuqоri hаrоrаt (40,5°C gаchа) • Оg’iz bo’shlig’i vа yuqоri nаfаs yo’llаri shilliq pаrdаlаrining yallig’lаnishi • Kanyuktivit • Tоshmа. Tоshmа kаsаllikning uchinchi kunidа pаydо bo’lаdi vа kеyingi uch kun ichidа butun tаnаgа tаrqаlаdi, so’ng uch kun ichidа birоz dоg’lаr qоldirib, yo’qоlib kеtаdi. Klinik manzarasi Qizаmiqning аsоrаtlаri  Qizаmiqning eng xаvfli jihаti – uning аsоrаtlаridir.  lаringit (hаlqumning o`tkir yallig`lаnishi)  lаringоtrаxеоbrоnxit (nаfаs yo’llаrining infеksiyasi)  pnеvmоniya (o`pkаning yallig`lаnishi)  оtit (o`rtа qulоqning yallig`lаnishi)  tеpki (hаlqumning zаrаrlаnishi)  bоsh miyaning yallig’lаnishi (ensеfаlit)  miоkаrdit (yurаk mushаklаrining yallig’lаnishi Qizilcha O’tkir virusli kasallik bo’lib ,mayda dog’li toshmalar ,generallashgan limfadenopatiya ,biroz rivojlangan isitmalash va homiladorlarda homilani shikastlanishi bilan tavsiflanadi. kasallik manbai faqat odam xisoblanadi, kasallik homiladorlar uchun juda xavfli hisoblanadi. Tug’ma nuqsonli bola tug’lishiga olib keladi. Kasallik davolangandan so’ng antitanachalar umrbod saqlanib qoladi. S O G ’ B O ’ L IN G !