logo

Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi. Inson tarixida tarbiya va ta’limning rivojlanish bosqichlari

Загружено в:

04.07.2024

Скачано:

0

Размер:

1862.5185546875 KB
MAVZU : Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi. Inson tarixida tarbiya va ta’limning rivojlanish bosqichlari Ahmad Yassaviy ‘’Hikmat’’ lari.1. Globallashuv hodisasi va shakllanish tarixi. 2. Hozirgi davrning asosiy global muammolari. 3. Global muammolarni hal qilishda falsafaning roli. 4. Inson tarixida tarbiya va ta’limning o’rni va roli. Reja:  Globallashuv -(lotincha “globus”- shar, yer sayyorasi )-XX asrning ikkinchi yarmi-XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartibotlar, davlatlar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi itegratsiyalashuv, atrof-muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, “ommaviy madaniyat” namunalarining keng tarqalishi, axborot- mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushuncha.  “ Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T. Livettning 1983 yili “Garvard biznes- revyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi. 4Globallashuv - turli mamlakatlarning, xalqlarning jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalaridagi o’zaro ta’siri va bog’liqligining keskin kuchayishidir.Globallashuv-mutassil davom etadigan tarixiy jarayon Globallashuv- jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni Globallashuv- ishlab shiqarisning xalqaro formalarga o’tishi milliy chegaralarning “ yuvilib ketish” jarayoni investitsiya, kapital, texnika va tovarlarning dunyo bo’ylab oqishi jadallashuvi “ ommaviy madaniyat” tufayli turli xalqlarning nihoyatda yaqinlashuvi axborot sohasidagi inqilob bilan сhambarchas bog’liqligi Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik , ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlar ga о‘rin bо‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini tо‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bо‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar tо‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bо‘ldi. Sо‘nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni о‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay о‘zgartirdi.         Ikkinchi jahon urushining boshqa bir oqibati jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida yuzaga keldi va u turli- tuman xalqaro tashkilotlar ning mislsiz darajada о‘sishida namoyon bо‘ldi. Ularning orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti ( BMT ), hech shubhasiz, ajralib turadi. Yevropadagi integratsiya jarayonlari ham urushning tugashi bilan bog‘liqdir. (U. Cherchil. “Yevropa Qo’shma Shtatlari”)        Bosh harbiy jinoyatchilar guruhi va natsistlarning asosiy tashkilotlari ustidan о‘tkazilgan Nyurnberg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida dunyo miqyosidagi hamkorlikning ilk tajribasi bо‘ldi. Bu jarayon 1945 yil 8 avgust da g‘olib mamlakatlar – SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan tashkil etilgan tarixdagi birinchi Xalqaro harbiy tribunal tomonidan amalga oshirildi va hozirgi xalqaro sud tizimi ni tashkil qilish yо‘lidagi muhim qadam bо‘ldi. Ayni shu davrda liberalizm va demokratiya g‘oyalari dunyo miqyosida keng tarqala boshladi, ijtimoiy borliq asoslarini, jamiyatning axloqiy negizlari va ijtimoiy rivojlanishning asosiy tamoyillari ni qayta anglab yetishga qaratilgan jiddiy tadqiqotlar va nazariy ishlovlar majmui paydo bо‘ldi.  .        -- «rezonans effekti»ning paydo bо‘lishi, bunda iqtisodiy yuksalishlar yoki tangliklar bir mamlakatdan u bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan boshqa mamlakatlar va mintaqalarga о‘tadi; -- turli tovarlar va xizmatlar jahon bozorlari ning yaratilishi; -- kо‘rsatilgan tovarlar va xizmatlarga jahon narxlari ning shakllanishi, ular mazkur tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini kо‘p jihatdan belgilashi.       Globallashuvning serqirraligi jahon bozorini sezilarli darajada о‘zgartirdi, jahon xо‘jaligi о‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, milliy xо‘jaliklardan kuchliroq va muhimroq tus olishiga imkoniyat yaratdi. Quyidagilar globallashuv serqirraligining muhim xususiyatlari hisoblanadi:     1970-yillardan globallashuv о‘z rivojlanishining yangi bosqichiga kо‘tarildi va serqirra tus oldi. Ayni shu davrda axborot- texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bо‘ldi.    Rim klubi . Yuqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi faoliyati ta’sirida yuz berdi. 1968 yil Rimda о‘zining birinchi majlisiga yig‘ilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bо‘yicha ma’ruzalar tayyorlash va e’lon qilishni о‘z oldiga vazifa qilib qо‘ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e’lon qilingan «О‘sish chegaralari» deb nomlangan birinchi ma’ruzasiyoq juda katta shov-shuvga sabab bо‘ldi, chunki insoniyat о‘zi anglamagan holda «poroxli bochka ustida о‘tirib, gugurt о‘ynayotgani» ni kо‘rsatib berdi. Rim klubi ning asoschisi va birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan sо‘zboshisida shunday deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Yerimiz har qanday о‘sish sur’atlariga dosh berishga, insonning har qanday erkaliklarini kо‘tarishga qodir ekanligiga sog‘lom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. О‘sish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qayerdaligini hali aniqlash lozim» .  «Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960 -yillar oxiri – 1970 -yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam о‘rin oldi. Global muammolar butun yer kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Yerning qolgan yuzasi, yer osti bо‘shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.        Shunday qilib, global muammolar tо‘g‘risida sо‘z yuritilganda butun sayyora nazarda tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul qilinadi.  Global muammolar - bu shunday muammolarki, ular butun insoniyatning manfaatlariga daxl qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro hamjamiyatning ishtiroki bilangina hal etilishi mumkin .              Birinchidan , global muammolar о‘z mohiyatiga kо‘ra nafaqat ayrim kishilarning manfaatlariga, balki butun insoniyat taqdiriga daxldordir. Ikkinchidan , ularni bartaraf etish uchun butun sayyora aholisi hech bо‘lmasa aksariyat qismining kuch-g‘ayratini birlashtirish va ular bahamjihat, izchil ish kо‘rishi talab etiladi.     Uchinchidan , bu muammolar dunyo rivojlanishining obektiv omili hisoblanadi va biron-bir mamlakat ularni e’tiborga olmasligi mumkin emas.     Tо‘rtinchidan , global muammolarning yechilmagani kelajakda butun insoniyat va uning yashash muhiti uchun jiddiy, balki tuzatib bо‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Globallik mezonlari . Fan va falsafada global muammolarni yanada aniqroq tavsiflash uchun ularning sifati, va muhim xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsiflovchi qо‘shimcha mezonlar qо‘llaniladi.       Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar о‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Bu yerda jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va adolatli dunyoni ta’minlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib о‘rnatish kabi ikki о‘ta muhim muammo farqlanadi. Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning о‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan muammolar bо‘lib, ular odamlarni energiya, yonilg‘i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar , shuningdek Jahon okeani va kosmik fazo ni о‘zlashtirish ham kiradi. Global muammolarning tasnifi. Global muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va yechimining ahamiyati ga, shuningdek real hayotda ularning о‘rtasida qanday sababiy bog‘lanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruh ga ajratiladi. Uchinchi guruh ni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog‘liq muammolar ya’ni demografiya muammosi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi, ma’naviyat masalalari va shu kabilardir.        Birinchi guruh : Urush va tinchlik muammosi. Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi hisoblanadi. Ayni shu sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va Yerda mustahkam tinchlikni ta’minlash butun dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi deb e’tirof etiladi. Uning keskinligi barcha zamonlarda hech qachon pasaymagan bо‘lsa-da, XX asr da u nafaqat ayrim kishilar, xalqlar, balki butun insoniyat oldiga «о‘lish yo qolish?» degan mudhish savolni qо‘yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi.        Bu hol ilgari mavjud bо‘lmagan imkoniyat – Yerdagi hayotni yо‘q qilish imkoniyatini yaratgan yadro quroli paydo bо‘lishi bilan izohlanadi. Yadro quroli 1945 yil avgust da (Xirosima va Nagasaki) ilk bor qо‘llanilgan paytdan e’tiboran mutlaqo yangi davr – inson hayotining barcha jabhalari: siyosat, iqtisod, tafakkurda, jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub о‘zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi. Ammo muhimi shundaki, mazkur davrdan e’tiboran nafaqat ayrim inson, balki butun insoniyat о‘lishi mumkin bо‘lib qoldi.  Ommaviy qirg‘in qurollarining turlarining rivojlantirilishi (yadroviy, vodorod, neytron, kimyoviy, bakteriologik va hokazo) shunga olib keldiki, bugungi kunda to‘plangan qurol-yarog‘lar zahirasi insoniyatni hamda sayyoramizdagi jami mavjudotlarni bir necha marta yo‘q qilish uchun yetarlidir.               Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish va yangi xalqaro iqtisodiy tartib о‘rnatish sohasida vujudga kelgan xalqaro munosabatlar tizimi beqarorlashuvining kuchli omillari yashirinib yotadi. Sо‘nggi yillarda dunyo miqyosida yalpi mahsulot ishlab chiqarish о‘sgani holda, boylar va kambag‘allar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar о‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi ulkan tafovut yanada oshdi. Bu muammo ba’zan «boy Shimol» va «qashshoq Janub» о‘rtasidagi qarama-qarshiligida tavsiflanadi.        1960-yillar da aksariyat mamlakatlarning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri mustamlaka qaramligidan xalos bо‘lish, о‘zgacha tusdagi qaramlik о‘rnatilishiga olib keldi. Urushdan keyingi davrda jahon savdosining о‘sishi va davlatlararo aloqalarning kuchayishi yuz berdi. Ayni vaqtda G‘arb davlatlari iqtisodiyotida monopoliyalashuv jarayoni kuchaydi va transmilliy korporatsiyalar paydo bо‘la boshladi. Ular arzonroq ishchi kuchi topish va atrof muhitni muhofaza qilishga qо‘shimcha xarajatlardan qutulish maqsadida mehnat sarfi katta bо‘lgan va ekologik jihatdan iflos ishlab chiqarishlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport qila boshladilar.  Ikkinchi guruh : energetika va xom ashyo resurslari. Yana bir global muammo – insoniyatni energetika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash xalqaro maydonda kо‘p sonli ziddiyatlar, shu jumladan harbiy mojarolar manbai ga aylandi. Bu resurslar moddiy ishlab chiqarishning negizi hisoblanadi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga qarab inson hayotida tobora muhimroq rol о‘ynaydi.        Mazkur resurslar tiklanadigan, ya’ni tabiiy yoki sun’iy yо‘l bilan tiklash mumkin bо‘lgan resurslarga (gidroenergiya, yog‘och, quyosh energiyasi va sh.k.) va miqdori mavjud tabiiy zahiralar bilan chegaralangan tiklanmaydigan resurslar ga (neft, kо‘mir, tabiiy gaz, har xil rudalar va minerallar) bо‘linadi.        Hozirgi iste’mol sur’atlari saqlangan taqdirda tiklanmaydigan resurslar ning aksariyati insoniyatga bir necha о‘n yillar dan bir necha yuz yillar gacha bо‘lgan muddat bilan о‘lchanadigan yaqin kelajakda foydalanishgagina yetishi hisoblab chiqildi. Shuningdek mavjud zaxiralarning anchagina qismi murakkab sharoitda joylashgan konlarda jamlangan yoki nisbatan qashshoq rudalardan iborat.  Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi: och qolayotganlar soni 1970 yilda 460 million bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda 550 millionga yetdi. 2000 yilga bu ko‘rsatkich 650 million kishiga yetishgan (sayyora aholisining 10%).  Hisoblarga qaraganda me'yordagi ovqatlanish uchun bir kishiga eng kamida 0,6 ga ishlov beriladigan yer to‘g‘ri kelishi lozim. Bu ko‘rsatkich esa hozirning o‘zidayoq me'yordan ikki baravar (2000 yilda u 2,5 baravar kam bo‘ldi, ya'ni 0,23 - 0,15ga, ya'ni to‘rt baravar kamaydi, shunda ham agar ishlov beriladigan yerlar soni ilgarigi miqdorda qolsa). Faqat Osiyo va Afrika mamlakatlarining o‘zidagina ochlikdan bir kunda 1200 tagacha kishi halok bo‘lmoqda.  Ochlik, garchi oziq-ovqat muammosining yaqqolroq namoyon etuvchi hodisa bo‘lsa ham, lekin u bu muammoning birdan-bir ko‘rinishi emas. Muammoning boshqa tomoni - rivojlangan mamalakatlardagi ortiqcha ovqat iste'mol qilishdir.  Juda ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi mutlaq (oziq-ovqatning umuman yetishmasligi) yoki nisbatan (ovqatlanishning ma'lum bir komponentlarining - oqsillari, vitaminlar, minerallar, yog‘lar, uglevodlar va hakozo) ochlikni boshlaridan kechirmoqdalar. Nisbiy ochlikning eng keng tarqalgan shakllaridan biri - oqsil yetishmasligi.        Xom-ashyo muammosi. Energiya ishlab chiqarish va uni iste'mol qilish bilan chambarchas bog‘liq muammo xom-ashyo (mineral resurslar, o‘rmonlar va hokazo) muammosidir. Hozirgi paytda 1970 yil dagiga nisbatan uch marta ko‘p foydali qazilmalar qazib olinmoqda. Bunda rivojlanayotgan mamlakatlar foydalanayotgan ulush 12% ni tashkil etadi.  A. Fersman XVI-XX asrlar mobaynida yerdan 50 milliard tonnaga qadar ko‘mir, 2 milliard tonna temir, 20 milllion tonna mis, 20 ming tonna oltin va boshqalar qazib olinganini hisoblab chiqqan. Hozirgi paytda yiliga 100 milliard tonnaga yaqin ( 50 kv.km atrofida) foydali qazilmalar qazib olinmoqda. V.I.Vernadskiy ning «insoniyat umuman olganda, qudratli geologik kuchga aylanmoqda» degan xulosasiga to‘liq qo‘shilishi mumkin. (Вернадский В.И. Химическое строение биосферы Земли и её окружения. М., 1960. 328-б.)  Xom-ashyo muammosining hal etilishi xom-ashyoning qimmat va olish qiyin bo‘lgan turlarini arzon va oson olinadigan turlariga almashtirish , resurslarni tejaydigan texnologiyani joriy etish , ishlab chiqarishni miqdor ko‘rsatkichlaridan sifat ko‘rsatkichlariga qayta yo‘naltirish bilan bog‘liq.  Hozirgi kunda ekologik muammolarning naqadar dolzarbligini anglab yetish uchun BMT ning global ekologik ma'lumotlaridan bir qator faktlarni keltirish mumkin.  Ekologiya sohasida eng jiddiy masalalari sifatida quyidagilar e'tirof etilgan:  chuchuk suv ning yetishmasligi (uning 63% qishloq xo‘jaligida, 23% sanoatda va faqat 8% turmushda ishlatidadi);  Dunyo okeani ning ifloslanishi («o‘lik zonalarning» paydo bo‘lishiga qadar).  Orol ning qurishi (uning sathi 3 metrga pasaydi, yana 9-13 metrga pasayishi va sho‘rlanishning 10 marta ortish kutilmoqda),  Havoning halokatli tarzda ifloslanishi, xususan yirik shaharlarda ( Parij, Madrid, Rio-de-Janeyro, Tokio, Sidney, Toronto, London, Tegeran, Bangkok, Nyu-York va boshqalar);  Tuproq eroziyasi (tuproqning 15% allaqachon tiklab bo‘lmas darajada eroziyaga uchragan);  O‘rmonlar ning yo‘q bo‘lib ketishi (har yili 16,8 mln gektar o‘rmon kesib yuborilmoqda);  Tabiiy ofatlar oqibatlari (toshqinlar, zilzila, bo‘ronlar, vulqonlar otilishi va hokazo).  Umuman olganda ekologik muammo yadro urushini oldini olishdan keyingi ikkinchi muammo bo‘lib qoldi va vaqt o‘tishi bilan birinchi o‘ringa chiqishi ham mumkin.  3-guruh. Demografik muammo misolida butun global muammolarning o‘zaro aloqasini yaqqol ko‘rish mumkin. Ortiqcha aholi atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta'sirning kuchayishni anglatadi: suv va havo sifati yomonlashadi ( xususan tez o‘sayotgan shaharlarda ), yer unumdorligi pasayadi, sanoat va maishiy chiqindilar ko‘payadi, ya'ni ekologik vaziyat keskin yomonlashadi. Aholi soni qancha ortib borsa, uning hayoti va faoliyati uchun energiya, xom-ashyo, oziq-ovqat shunchalik ko‘p talab etiladi. Buning mantiqiy nihoyasi esa energetik, xom-ashyo, oziq-ovqat muammolari ning keskinlashuvidir. Demografik muammo quyidagi boshqa muammolar bilan chambarchas bog‘liqdir: -- ko‘plab kasalliklarning tarqalishi muammosi (yuqumli kasalliklar, SPID va hokazo); -- qashshoqlik, pauperizatsiya, aholining katta qismining kambag‘allashuvi muammolari; -- ish bilan band bo‘lmaganlarning ko‘payishi muammosi; -- jinoyatchilik va antiijtimoiy xulq-atvorning boshqa shakllari (fohishalik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqalar); -- ta'lim va ijtimoiy ta'limot muammosi; -- madaniyat va axloqni saqlash muammolari va boshqalar.         Ta’lim muammosi. Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy bog‘liq. Sо‘nggi yillarda jahonda savodsizlar soni foiz hisobida kamaygan bо‘lsa, mutlaq hisobda о‘sishda davom etmoqda. Bunda ma’lumotsiz odamlarning hayoti amalda kо‘p bolalikni xurofiy aqidalar bilan oqlaydigan arxaik oilaviy an’analarga bо‘ysunadi. Pirovardda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar о‘rtasidagi tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlaq raqamlarda о‘sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni о‘qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni ham о‘sib bormoqda ( Hindiston aholisining 70%, Pokiston aholisining 60% , Afrika mamlakatlari aholisining 80% savodsiz).        Shu bilan bir qatorda aksariyat odamlarning ma’lumot darajasi yangi texnologiyalar va kompyuter texnikasi dan keng foydalanuvchi hozirgi jamiyatda tо‘laqonli yashash va mehnat qilish imkonini bermasligi bilan bog‘liq funksional savodsizlik ham о‘sib bormoqda.        Jahonning aksariyat davlatlarida ta’lim olish imkoniyati barchaga teng darajada ta’minlanmagan bо‘lib, bu ijtimoiy keskinlikning qо‘shimcha manbai hisoblanadi. Shuningdek hozirgi davrda ta’lim sifatini yaxshilash, uning mazmunini ijtimoiylashtirish masalasi kо‘ndalang bо‘lib turmoqda. Shundagina inson о‘z mavjudligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bо‘ladi.  Sog‘liqni saqlash. Aksariyat kasalliklar va atrof muhitdagi antropogen о‘zgarishlar о‘rtasida bevosita va bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof muhit ifloslanishining hali о‘rganilmagan yoki kam о‘rganilgan kо‘p sonli fizik (avvalo elektromagnit), kimyoviy va biologik omillari ta’sir kо‘rsatmoqda. Avvalo, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan о‘zgarishlar ayni shu hol bilan izohlanadi.        Bu yerda yuqumli kasalliklar bartaraf etilgan bо‘lib, ular odamlar о‘limining asosiy sabablari hisoblanmaydi. Lekin yurak- qon tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar sezilarli darajada kо‘paydi, «sivilizatsiya kasalliklari» : rak, OITS va boshqalar paydo bо‘ldi. Bunday kasalliklar, xususan yurak-qon tomir kasalliklari о‘sishining asosiy sabablari kam harakatchan turmush tarzi, semirish, chekish, ruhiy zо‘riqish, stress holatlari ekanligi aniqlangan. Bu hodisalar insonga tabiatning qudratli kuchlarini jilovlash va о‘zini jismoniy mehnatdan asosan xalos etish , mazkur ishni mashinalar, texnika vositalariga yuklab, о‘ziga asosan aqliy mehnat, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini qoldirish imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasi ning rivojlanish mahsulidir. Terrorizm muammosi . « Terrorizm » tushunchasining o‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «terror» - qo‘rquv, dahshat demakdir. Dastlab terror siyosiy ta'sir metodi sifatida Ulug‘ fransuz inqilobi davrida radikallar tomonidan siyosiy raqiblarni qo‘rqitish maqsadida qo‘llanilgan. Boshqacha qilib aytganda, terrorizm – bu to‘g‘ridan to‘g‘ri kuch ishlatish metodi orqali siyosiy muammolarni yechishning o‘ziga xos usulidir . Hozirgi zamon terrorizmi ning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri alohida amaliyotdan ommaviy, jamoaviy tarzdagi oldindan yaxshi rejalashtirilgan va tashkil etilgan saviya ga o‘tishdir. Hozirgi vaqtda u bilan keng tarmoq otgan, katta moliyaviy, insoniy, texnik zahiralarga ega bo‘lgan qudratli tashkilotlar shug‘ullanmoqda. Bundan Markaziy Osiyo mintaqasi ham istisno emas. O‘zlarining maqsadi sifatida ular mintaqada mavjud bo‘lgan siyosiy tuzumni ag‘darib tashlab, diniy davlatni barpo qilish ekanligini e'lon qilmoqdalar. Ushbu tashkilotlar «Tolibon», «al- Qoida», «ISHID» kabi terroristik tashkilotlar bilan bevosita aloqa bog‘lagandir. Ularning faoliyati tashqi kuchlarning yordami va chet ellardagi qudratli moliyaviy manbalar ga asoslangandir. Ularning sa'y-xarakatlari tufayli bir qator terroristik aktlar ro‘y berdiki, ularning natijasida ko‘plab qurbonlar, moddiy zararlar va begunoh kishilarning azob-uqubatlarga duchor bo‘lishi kuzatiladi. Globallashuv jarayohida ma’naviyat masalalari “ Оммавий маданият ”ни тарқатувч и манба ва воситаларМетодик тавсияЭлектрон нашр Ёшлар ўртасида ўзаро мулоқот Интернет ва ундаги турли ижтимоий тармоқлар Турли виртуал ўйинлар Чет эл ва хусусий студиялард а олинган фильмлар Савиясиз (енгил-елпи) қўшиқлар Уяли алоқа телефонл ари 23Falsafaning global muammolarni hal qilishdagi roli boshqa fanlar taklif qiladigan tegishli yechimlar- ning falsafiy, metodo- logik, madaniy va axloqiy negizini ta’minlashdan iborat. 1.Dunyoqarashni shakllanti- rish va aksiologik funksiya- lari ni bajaradi 2. Nazariyalarni umumlash- tiruvchi metodologik funksiyasi bo’lib, ilmiy bilimning integratsiyalashuviga kо‘maklashadi 3. Falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda tushuntirish imkonini beradi. U global muammolarni о‘rganishda ularni ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga yо‘l kо‘rsatadi. 5. Falsafa global muammolar rivojlanishining umumiy tendensiyasini, ularning о‘zaro aloqasi va bir-birini taqozo etish darajasini falsafiy nuqtai nazardan anglab yetish imkonini beradi. 4. Global muammolarning paydo bо‘lishini taqdir hukmi emas, balki qarama-qarshiliklar- ga tо‘la Insoniyat tarixi obektiv rivojlanish jarayonining mahsuli sifatida qaraydi. 24Falsafiy yondashuv global muammolarni ularning ijtimoiy aha- miyati jihatidan yaxlit о‘rganish ni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot ularning asl tabiati va genezisi ni aniqlash, ilmiy va amaliy yechimi ni topish yо‘llarini belgilab beradi.6. Falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratdi va bu orqali ma’naviy - madaniy funksiya ni bajaradi. 7. Global muammolarga yanada aniqroq mо‘ljal olish imkoniyati uchun tabiiy-tarixiy jarayonni yaxlit kо‘radi va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli hisoblanadi. 8. Falsafa inson hayotining mazmuni, о‘lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qо‘yadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid solayotgan sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat ega. 9. Falsafaning metodologik funksiyasi shundan iboratki, bashariyat rivojlanishining obektiv tendensiyalarini tushunish va anglashda «tabiat», «jamiyat», «sivilizatsiya», ijtimoiy taraqqiyot», «fan-texnika inqilobi» kabi boshqa muhim kategoriya- larni ishlab chiqadi.   Harakatlar Strategiyasining 3.3 band ida (Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish) ekologik vaziyatga doir holatlar yoritilgan, ya’ni sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, suv va suv resurslarini tejash, global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish,  3.5 band ida (Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish) “har bir hududning tabiiy, mineral-xom ashyo salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish” masalalari yoritilgan.    4.2 band ida (Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimimni takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimimoiy-siyosiy faolligini oshirish) aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, sog’liqni saqlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish vazifalari belgilangan.  4.2 band ida (Arzon uy-joylar barpo etish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlarini yaxshilanishni ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish) aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash ;      odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish , ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yo‘q qilish bo‘yicha zamonaviy obyektlar bilan ta’minlash ;  aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish , har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;  yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish , past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;  “ T-jadval” grafik jadvali  Grafik organayzer tayanch tushunchalarni bir-biri bilan o‘zaro solishtirish, qiyoslash asosida o‘rganilayotgan mavzu yoki masalaning muayyan jihatini bir necha asosiy belgilarga ko‘ra batafsil yoritish maqsadida qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda grafik organayzer mavzu mazmunida yoritiladigan bir necha holatlarning afzallik yoki kamchiliklarini, samaradorli yoki samarasizligini, bugungi kun va istiqbol uchun ahamiyatini taqqoslash maqsadida qo‘llaniladi. GLOBALLASHUV JARAYONINING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI IJOBIY JIHATLARI SALBIY JIHATLARI E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT! 29