logo

Madaniyat rivojlanishining asosiy qonuniyatlari. Dunyo madaniyatshunosligidagi nazariy muammolarning echimi

Загружено в:

23.09.2019

Скачано:

0

Размер:

272.6201171875 KB
MADANIYAT RIVOJLANISHINING ASOSIY QONUNIYATLARI. DUNYO MADANIYATSHUNOSLIGIDAGI NAZARIY MUAMMOLARNING ECHIMI. Reja:  1. Moddiy va ma’naviy madaniyat va ularning o‘zaro aloqadorligi.  2. Madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni.  3. Dunyo madaniy boyliklari (madaniy qadriyatlar).  Madaniy jarayonning o‘ziga xosliga shundaki, madaniyat hodisasi xar doim shakl va mazmun, borliq va munosabat, narsaning mavjudligi va uning ramziy mazmuni uyg‘unligiga ega bo‘ladi.  Moddiy madaniyat va ma’naviy madaniyat- madaniyatning asosiy ikki sohasi bo‘lib, bir-biri bilan o‘zaro aloqada, o‘zaro ta’sirda va bir-birini taqazo qilgan holda rivojlanadi.  Moddiy madaniyat har doim ma’lum bir ma’naviy madaniyatning timsoli xisoblanadi, o‘z navbatda ma’naviy madaniyat ham qaysidir narsa, belgi, tasvir, ramzlarda moddiy uyg‘unlikda mujassam bo‘ladi.  Moddiy madaniyatning ma’naviyatdan tarixan ayriligi faqat insoniyat taraqqiyotining boshlang‘ich davrlarigagina xosdir.  Jamiyatda ma’naviy faoliyat maxsus sohaga aylangach axloqiy mezonlar, din, san’at, xuquq, sissat, fan shakllanib, ma’lum doiradagi kishilar bu soha bilan shug‘ullana boshladi.  Uzoq vaqtlar fanda madaniyat deganda faqat ma’naviy madaniyat nazarda tutildi. Negaki, borliqni haqiqat, yaxshilik, go‘zallik belgilaydi deb hisoblashgan. SHuning uchun, birinchi o‘rinda ilmiy tadqiqotlarning asosi fan axloq, nafosat bo‘lib keldi. Natijada, jamiyatning moddiy hayotini, uning iqtisodiyotni o‘rganishga e’tibor berilmadi. Moddiy madaniyat tadqiqot uchun qiziqarsiz, hisoblangan.  Industrial jamiyatining vujudga kelishi, uning texnikaviy taraqqiyoti va texnologiyalarini tezda almashishi madaniyatshunoslarni insoniyatning barcha moddiy madaniyatini o‘rganishga majbur qiddi.  Kishilarning qayta o‘zgartiruvchilik faoliyati, ularni ijtimoiy ishlab chiqarish va takroriy ishlab chiqarish bilan bog‘likligi moddiy madaniyatning o‘ziga xos sohalarga bo‘linishi madaniyatshunoslikda muayyan tadqiqotlarga zaruriyat tug‘dirdi. • bu mexnat qurollari ishlab chikarishning barcha vositatari, turar joylar aloqa vositalari, texnika qurilmalari. Xullas, sun’iy sharoitda yaratilgan narsalarning barchasi, shuningdek moddiy madaniyatning bu qismi ishlab chiqarish texnika madaniyati yoki jamiyat hayotining moddiy texnika asosi deb ataladi. Ishlab chiqaruvchi texnika mada-niyatining maxsus qismini ishlab chikarish texnologiyalari, mehnat faoliyatida ishtirok etuvchilarning ijodiy ko‘lami, ularning texnik bilimi, ishlab chikdrish madaniyati, jismoniy va ruhiy imkoniyatlari tashkil qiladi.Moddiy madaniyatning birinchi katga sohasi • ijtimoiy hayot va uning barcha tarmoqlarining me’yoriy harakatini ta’minlovchi ko‘plab ijtimoiy instutlar, tashkilot va muassasalar faoliyati bilan bog‘liq. Bu turli hokimiyat tuzilmalari va unga munosib boshqaruv shakllari, ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim, yosh avlodni tarbiyalash va ta’lim berish, sog‘liqii saqlash va dam olish, bo‘sh vaqt va ko‘ngil ochish muassasalari tizimi kabi barcha ijtimoiy institutlar amalda jamiyat madaniyatini saqlaydi, o‘zgartiradi va qayta shakllantiradi.Moddiy madaniyatning ikkinchi sohasi • (ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab chiqaruvchi) insonning o‘zi hisoblanadi. Moddiy madaniyatning bu sohasi nafaqat insoniyatni shunchaki biomavjudotlik muammolarini tadqiq kilmasdan, balki avlodlarning o‘zaro munosabatlari muammolarini ham tahlil qiladi.Moddiy madaniyatning uchiichi sohasi  Inson ulg‘ayishi va jamoaga mansubligi mezonidan boshqa jamiyat madaniyati a’zosi sifatida shakllanishi mumkin.  Ikki xil, ba’zan insonni ikki turdan ham kuproq madaniyatga mansubligi uni ko‘p tomonlama, turli madaniy olamga mansub qiladi.  Ammo, bunda ma’lum xavf ham yashirin bo‘ladi.YA’ni, ulg‘ayuvchi avlod jamiyatga aralashuvi jarayonida begona madaniyatlarning aralashuvi yoshlarni o‘zining madaniyat manbaidan ayrilishiga, o‘z etnos an’analarini tushunmasligiga olib keladi.  O‘z milliy madaniyatidan mahrum kishi manqurtga aylanadi va har qanday madaniyata ham befarq munosabatda bo‘ladi.  SHuning uchun meros, madaniyatning uzluksiz an’anaviy yangilanish jarayonini ta’minlash o‘ga muhim.  Moddiy madaniyatning uchinchi sohasi doirasiga inson hayot faoliyatining genetik (irsiy), jismoniy (somatik), tibbiy-biologik xususiyaglari haqidagi, jamiyatda yuzaga keladigan va tarixiy taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari aks etuvchi madaniy an’analar va soglom odatlarga to‘g‘ri keladigan insonning tartibli ovqatlanshi va turmush tarzi haqidaga bilimlar majmui bo‘lgan inson ekologiyasi muammolari ham mansub.  Umuman, moddiy madaniyatga mehnat madaniyati, ishlab chiqarish madaniyati, turmush madaniyati, ekologak madaniyatlar kiradi. Ishlab chiqarish vositalari moddiy madannyatning muhim qismidir. Zamonaviy texnika yutuqlari jamiyat moddiy madaniyatning asosini belgilovchi jihatdir.  Maishiy turmushdagi iste’mol buyumlari ham har bir xalqning moddiy hayot darajasini belgilaydi. SHu o‘rinda moddiy madaniyat ishlab chiqarish va iste’mol buyumlarining oddiy majmuidangina iborat bo‘lmay, ularni ijodiy o‘zlashtirish, yangidan yaratish, ulardan mukammal foydalanish usullari hamdir.  Bunda ijodiy salohiyat, malaka va g‘oya yangidan moddiylashib, shaxs, jamiyat, millat, xalq, davlat umuminsoniy mazmun ham kasb etadi. Moddiy madaniyat muayyan tarixiy davrda jamiyatda mavjud bo‘lgan buyumlarni moddiy ishlab chiqarish faoliyatining barcha sohalarini va natijalarini o‘z ichiga oladi.  Tarixiy davrlarda madaniyatning keng ko‘lamli rivoji sivilizatsiya tushunchasida xam ifodalanadi. Sivilizatsiya ijtimoiy va moddiy madaniyat taraqqiyoti bosqichini bildirib, moddiy madaniyatning turdosh nomidir. Hozirgi davrda sivilizatsiya insoniyatga begona bo‘lgan ob’ekglarni qayta o‘zgartirishni bildiradi, madaniyat esa insonning fazilata va holati, tashqi dunyoga bog‘liqligi yoki erkinligining mezonidir.  Nemis olimi O. SHpengler, sivilizatsiya tafakkurni bir qolipga solib qo‘yadi, umum qabul qilgan xaqikatlarni mutloqlashtiradi, deb hisoblaydi. Bundan tashkari, sivilizatsiyani urbanizatsiyaga, hatto olamni noinsonlashtirishga olib keladi, Sivilizatsiya va fan o‘zligicha ma’naviy taraqqiyotni ta’minlay olmaydi, bu erda aqliy, axloqiy va estetik yutuqlarni mujassam qilgan ma’naviy tuzilma zarur degan fikrlar ham mavjud.  Insoniyat tarixining boshlaridan kishilar ma’naviy madaniyatni belgilashga, uning shakllanish sabablarini aniqlanishga, ma’naviy boylik ijodkori va yaratuvchilari qanday sifatlarga ega bo‘lishlari kerakligi va ma’naviy ijodkorlik jarayonini tushuntirishga uringanlar. Ilgari mavjud bo‘lmagan madaniyat hodisasini vujudga keltirishga xizmat qiluvchi ijodiy kuchlar hayolot, fantastik tadqiqotlarga e’tiborlarini qaratadi.  Insondagi barcha qobiliyat tabiatan mavjud bo‘lib, uiing shakllanishi insonning paydo bo‘lish davridan boshlangan. Insondagi ajdodlardan qolgan yovvoiylik xususiyatlari tabiat bilan doimiy o‘zaro hamkorliqda, uni o‘zlashtirishi davomida yo‘qolib, bilimi rivojlandi. Undagi jismoniy va ruhiy jihatlar takomillashib, intelekgual va xissiy imkoniyatlar kuchayib bordi. Inson jismoniy, fikriy va his qiluvchi mavjudod sifati- dagi dastlabki davridanoq o‘ziga xos dunyosini yarata boshladi:  Moddiy va ideal dunyosi taraqqiyotining har bir davrida fikrlash va his qilish tarzining maxsus aqliy tasavvur tizimi to‘plandi. Bunda barcha umuminsoniy madaniyat singari turli xalqlar tomonidan yaratilgan mustaqil madaniyatlar manbai ham mavjud.  Insonning ideal dunyosi - bu uzluksiz harakat shaklining benihoya rang- barangligi, murakkab me’yor, munosabatlar darajasiga ega bo‘lgan obrazlar rivoji va vazifasi, tiplarning voqelik bilan aloqasidir.  Ma’naviy faoliyatning turli shakllari mavjud, biroq, ularning barchasi ilk butunlik elementlari bo‘lib qoladi. Fan, din, falsafa, san’at, axloq, xuquq, siyosat, mafkura, milliy o‘zlik ma’naviy madaniyatning aniq shakllari hisoblanadi. Alohida shakldagi ma’naviyatning xususiyati maxsus tuzilish va ma’lum vazifalar majmuidan iborat, har birining o‘ziga xosligida ifodalanadi.  Ma’naviy madaniyatning ayrim shakllari (fan, sanat) «chegaralanganliqda» farqlanadi, ya’ni ma’naviy madaniyatning aniq sohasiga aylanadi, boshqa shakllarida (axloqiy, estetik) faoliyatning barcha turlari qorishib ketadi.  Madaniyatdagi hayratlanarli funksional haqqoniylik shuki, unda hech bir ortiqcha, shunchaki narsa yo‘q, barcha madaniyat hodisasi o‘zaro foydali umumiy aloqadorlikda kechadi. Tadqiqotchilar madaniyatning turli funksiyalarini ko‘rsatadilar. JUMLADAN: • bunda u mavjud narsalarning jismoniy talablarini, shuningdek ijoddagi hayotiy talablarni qondirish zarurati bilan bog‘liq.Olamni o‘zlashtirish va qayta o‘zgartirish • jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi muvofiqlikni saqlash. Ushbu funksiya uzoq vaqt qiyin tabiat sharoitlarda barcha yangi ximoya vositalarini ishlab chiqishda va ko‘niktirishda (olov, turar joy, kiyim, dehqonchilik va hok.) odamning omon qolishini ta’minlaydi. Keyingi vaqtlarda o‘ta jiddiy bo‘lib turgan muammo tabiatni ximoya qiluvchi vositalarni yaratish, bunda ekologik mezon, ekologik tafakkurning keng qo‘lamda yoyilishini amalga oshirish zaruri.Himoya- moslashuv vazifasi • xabarlarni yig‘ish va saqlash vositasi tabiiy xotira yoki xabarlarni narsalarga yozish (qo‘lyozmalar, kartinalar, plastinkalar, kitoblar, kinotasmalar, ohonrabo yoki raqamli yozuvlar) bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda axborotlarni tashkil qilish, uning qadri va mazmuni bo‘yicha tartibga solishning ma’lum usuli va belgilar tizimi zarur hozirgi davrda belgilar tizimining keng qo‘llami va o‘ta ahamiyatlisi bo‘lib qolmoqda.Axborotlarni o‘zlashtirish va yig‘ish funksiyasi Kommunikati v funksiya • (aloqa almashuv)- mohiyatni aniqlashga bilimlar, fikrlar, ma’naviy kuchlarni almashlash. Ijtimoiy xayot doimiy ravishda energiya, axborot, o‘zaro amaliy xamkorlikni taqozo etadi, negaki, fakat turli tiplarning munosabati (an’anaviy, funksional-axamiyatli, shaxslararo, ishlab chiqaruvchi, ma’rifiy- madaniy) jamiyatning tuzum sifatida mavjudligini va uning keyingi taraqqiyotini ta’minlashga qodir. Normativiylik funksiya • (mezon-me’yoriy)- kishilar hulqini tartibga solish, ularning kuchini bir me’yorda va jamiyatni bir butunlikda saqlash maqsadida muvofiqlashtirish. Me’yor-qoida qandaydir harakat yoki qandaydir predmetlar, narsalarni yaratish sohasida aniq ko‘rsatmadir. Ongli ravishda o‘rgatilgan yoki ko‘p asrlik an’analarga tayanuvchi majburiy, taqiqlovchi me’yorlar mavjud (xuquqiy, axloqiy me’yorlar), biroq ularning mazmuni bor jamiyatni barbod qilmaslik uchun kishilar faoliyatini tartibga solish, aniq chegaralar bilan belgilash. Ruhiy yoki «loyihaviy» mo‘‘tadillik- • bayramlar, diniy ma-rosimlar, o‘yin, tomosha jarayonlarida ruhiy zo‘riqipxcharni bartaraf qilish. Qoniqarsiz istaklar, ro‘yobga chiqmaydigan niyatlar, amalda taqiqlanuvchi janjallar mavjudliga ruhiy zo‘riqishlar paydo bo‘lishiga olib kelib, nafaqat ma’lum bir shaxs salomatligiga zarar etkazadi, balki, ommavishshk kasb etib, jamiyat harakatini izdan chiqarishi mumkin.39 20 04 38 09 3A 21  Shuning uchun madaniyatda keraksiz xissiyotdan xalos bo‘lish mexanizmi ishlab chiqilgan. Xullas, kishilar yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar, boyliklar ularning qobiliyatlari, munosabatlari va mohiyatli kuchlari namoyon bo‘lishidan iborat. Inson madaniyat sohasida bu ma’naviy qadriyatlarga o‘z munosabatini bildirar ekan, ayni vaqgda, o‘zi rivojlanadigan, o‘zi o‘zgarib turadigan mohiyat si-fatida ham namoyon bo‘ladi.  Demak, madaniyat narsalar shaklida, inson faoliyatining tayer mahsulotlari shaklida va insonnish jonli qobilshgtlari, bilimlari shaklida yashab turadi.  Kishilar ijtimoiy tajriba jarayonida zaruriy moddiy shart- sharoit va hayot vositalarini yaratish bilangina kifoya- lanmay, ayni chog‘da o‘z ongini ham takomillashtiradi. Ijtimo-iy ong shakllarini (dunyoqarash, axloq, huquq, estetik ong) vu-judga keltiradilar yoki ma’naviy ishlab chiqarish faoliyatni amalga oshiradilar. Bularning majmui ma’naviy madaniyat sohasini tashkil etadi. MADANIYATNING QUYIDAGI FUNKSIYALARI BEVOSITA SHAXS BI-LAN BOG‘LIQ: • urug‘dogshshk xususiyatlarini o‘rganish. Madaniyat «aqlli odam» uchun xos bo‘lgan- nugq, narsalarni ramziy ifodalash (yoki mavhum tafakkur) xususiyatlarini xar bir odam o‘rganishga imkon yaratadi.«Gominizatsiy a» • (umumlashgirish)- jamiyat xayoti uchun uning haqiqiy a’zosi sifatida zarur hisoblangan ma’lum miqsordagi • shartlarni o‘zlashgirish. Bu funksiya idrok, ta«{«kkur, nugq, so‘zlarni qullanilishi, oxdngi, imo-ishora va shash, tipik hodisalarga munosabat tarzi, shuningdek, talab va kadriyat yo‘nalishlari tizimini shakllantirish kabi andozaviy usullarning mustaxkamlanishi bilan bog‘liq.Sotsializatsiy a • avvalo o‘z xalqining, keyin esa umuminsoniy madaniy merosga (aralashish) munosabatda bo‘lish (Bu jarayonni muhokama qilishga alohida mavzu bag‘ishlanadi). Inkulturatsiya • madaniyat ma’lum shaxslar qobshgiyati, iqgidori, xususiyatini o‘ta rivojlantirishga mo‘ljallangan. SHaxs madaniyati qolgan barcha madaniyatlar doirasida- (jamiyat, insoniyat) eng asosiy bo‘g‘in bo‘lib, bu har bir aniq shaxs madaniyatining barkamollik darajasiga jamiyat yoki butun insoniyat madaniyati bog‘liq bo‘lishini bildiradi.Individualizat siya  Har qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, boy bilim olami bo‘lib, u insonni qaerda yashashi va harakat qilishini, umuman, dunyodagi va jamiyatdagi o‘rnshga belgilashga yordam beradi.  Madaniy qadriyatlar inson uchun o‘ta shaxsiy moxdyat va mazmun kasb etib, inson u orqali boshqa kishilar bilan, butun jamiyat bilan munosabat o‘rnatadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bo‘luvchi axloq shakllarini yara-tishda va anglashda insonga yordam beradi.  Taxsinga loyiq joyi shundaki, insokda boshqalarga nisbatan \gunozarali emas, bal-ki muloyim munosabat shakllanadi.  Munozaralar tug‘ilgan hollarda jamiyatni mustahkamlashga munosib bo‘lgan bartaraf qilishning qulay usullari topiladi. SHAXS MADANIYATINING SHAKLLANISHIDA JAMIYAG MADANIYATINING QUYIDAGI TIZIMLARI AHAMIYATLIDIR: • kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini ifodalovchi siyosiy- xuquqiy g‘oyalar majmui bo‘lib, ma’naviy qadriyatlarning maxsus tizi- mini tashkil qiladi./ Bu madaniyat tarixiy taraqqiyot bosqichlarida jamiyatnYAng ijtimoiy tabaqalari manfaatlari bilan bog‘liq hodsa vujudga kelib, jamiyat siyosiy faoliyatiga uzviy bog‘liq. Siyosiy madaniyat, siyosiy faoliyat sifatida, ya’ni insonlar faoliyatidagi tabiatni qayta yaratish va o‘zlarini tarbiyalash jarayonlarini qamrab olib, «siyosiy ish-lab chiqarishni» aks ettiradi. Buida siyosiy faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruxlar (sotsium) ning siyosiy hokimiyat uchun bo‘lgan harakatlarshsh ifodalaydi, ma’naviy- nazariy jihatdan esa ijtimoiy munosabatalarni tabaqaviy dunyoqarash ruhida anglash, muayyan siyosiy g‘oyalar, dasturlar ishlab chiqish va targ‘ib qilishni nazarda tutadi. Umuman, siyosiy madaniyat kishilar faoliyatiniig manfaatli va tabaqaviy jihatdan o‘ziga xos shakli bo‘lib, siyosiy munosabatlarni tabaqalar, shaxslar tomonidan faol o‘zlashtirish jarayonini bildiradi. Siyosiy ma-daniyat tarkibiga: mafkura, siyosiy tajriba va an’analar, siyo-siy tashkilotlar, siyosiy faoliyat usullari kiradi.Siyosiy madaniy at 23 1502 02 • iqtisodiy bilimlar fikrlar uslubi bilan faol ishlab chiqarish, iqtisodiy faoli yat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik omillari namoyon bo‘lish Iqtisodiy madaniyat mazmunida madaniyat va iqtisodning o‘zga ta’sir xususiyatlari mavjud bo‘lib, tarkibiga iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy munosabatlar kiradi. • Iqtisodiy ong avvalo, kishilarning ijtimoiy chiqarishda o‘z o‘rnini anglashini bildirib, ratsional bilimlarni, emotsional tuyg‘ularni o‘zida ifodalaydi. Iqgisodiy faoliyat tarkibida moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, mehnat va mehnat mahsulini o‘zgartirish ham kiradi. Iqtisodiy faoliyat sub’ekti insonlar. Mukammal fikr va yuksak ong faoliyatda moddiylashsagina iqtisodiy madaniyat hodisasiga aylanadi. Iqgisodiy tafakkur bilan iqgisodiy ong iqgisodiy odobning mezoni bo‘lib iqtisodiy ong faoliyatning fikriy obrazidir.Iqtisodiy madaniy at QADRIYAT TUSHUNCHASI MADANIYATSHUNOSLIKNING ASOSIY TUSHUNCHALARIDANDIR.  Qadriyat - kishilar hayotida o‘ta ahamiyatli hodisadir. Uni madaniyat sohalari ro‘yobga chiqargan hodisa sifatida bog‘liqliqda anglash mumkin. SHunda xo‘jalik, texnik, ijtimoiy, siyosiy, badiiy, ilmiy, axloqiy qadriyatlar ajraladi. Rasmiy nuqtai nazardan qadryatni ijobiy va salbiy, o‘ziga xos va doimiy, mustaqil va shartli tarzda farqlash mumkin. Moddiy nuqtai nazardan qadriyat hissiy (ya’ni oddiy xis qilish organi)- bu hayotiy, maishiy, texnik, qoniqish qadriyati va boshqa; va ma’naviy - ilmiy, axloqiy, estetik, diniy va boshqalarga bo‘linadi. Ayrim qadriyatlar (xo‘jalik, texnik, siyosiy) tarixiy xususiyat kasb etib, ya’ni madaniyat, davr o‘zgarishi bilan ular ham o‘zgarib turishini batafsilroq o‘rganish chog‘ida aniqlash qiyin emas; boshqa qadriyatlar esa doimiy, universal xususiyatga ega (axloqiy, badiiy). ADABIYOTLAR  Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat.T., 1994.  Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. T.; 2008.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.T., 1998.  Erasov V.S. Kultura, religiya i sivilizatsiya na Vostoke.Moskva, 1990 g.  Ikonnikova S.N. Diologa o kulture.Leningrad, 1989 g.  Kulturologiya. Moskva, 1996 g.  Tulenov J.Qadriyatlar falsafasi.T. 1998 y.