logo

Транспорт хизматларини амалга оширишда хавфсизликни таъминлаш (turizm)

Загружено в:

23.09.2019

Скачано:

0

Размер:

215.2705078125 KB
 Транспорт хизматларини амалга оширишда хавфсизликни таъминлаш 1. Turistlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash 2. Turistlarni sug‘urtalash 3. Turizmda xavfsizlikning boshqa masalalari  Xavfsizlik – juda ham muhim va keng ma’nodagi tushuncha bo’lib, u xavfning yo’qligini yoki xavfning oldi olinganligini anglatuvchi tushunchadir Turlarni tashkil qilishda turfirma xavfsizlik nuqtai nazardan ikki omilga katta e’tibor qaratishi lozim: 1. Siyosiy omil; 2. Ekologik omil. Turlarda turistlarni xavfsizligini ta’minlash turfirmaning bosh vazifasidir  Turistlarni sog’ligiga javob berishda turfirma borilayotgan mamlakatning, manzilning oldindan ahvolini bilishi va turistlarga yetarlicha ma’lumot hamda maslahat berishlari lozim.  Bunga turistik biznes bilan yaqin hamkorlikda ish olib boruvchi AQShning "Pepto-Bismol" tibbiyot kompaniyasi tajribasini misol qilib keltirish mumkin. Uning "Sayohatchiga maslahatlar" ( Travelers Advisory ) nomli bukleti turistik yo‘llanma sotib olgan har bir turistga bepul taqdim etiladi. Turizm tizmida sug’urtalash Turizm tizimida sug‘urtalash quyidagi turlarga tasniflanadi:  turistni va uning mulkini sug‘urtalash;  turistlik firmalar tavakkalchiligini sug‘urtalash;  turistlarni chet el tashriflarini sug‘urtalash;  chet el turistlarini sug‘urtalash;  fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash;  avtotransport vositalarining egalarini fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash;  tibbiy harajatlarni qoplab, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash.  Sug‘urtalash ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalarga bo‘linadi .  Sug‘urtalashni majburiy turiga faoliyatdagi hujjatlarga mos ravishda quyidagilar kiradi:  1. Avtotransport vositalari haydovchilarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash;  2. Transport sayohatlarini sug‘urtalash.  Turistlarni sug‘urtalashni qolgan turlari ixtiyoriy hisoblanadi.  Qoidaga ko‘ra, chet el turistlik tashriflarida turistlarni sug‘urtalash o‘z ichiga qo‘yidagilarni oladi:  chet el tashrifi davrida to‘satdan kasal bo‘lganda yoki baxtsiz holatlarda turistga birinchi tibbiy tez yordam ko‘rsatish;  tegishli tibbiy nazorat ostida uni sifatli davolashga qodir bo‘lgan yaqin atrofdagi shifoxonaga eltib qo‘yish;  ishonchli tibbiy nazorat ostida turistni doimiy istiqomat qiladigan davlatga qaytarish;  shifoxonadagi nazorat va uning oilasini bu to‘g‘rida ogohlantirish;  agar tibbiy preparatlarni shu joyda topish imkoniyati bo‘lmasa unga yetkazish;  shifokor – mutahassisning maslahat xizmatlari (zarurat bo‘lganda);  betob bo‘lib qolgan turistni yoki uning jasadini u doimiy istiqomat qiladigan mamlakatga eltish bo‘yicha transport harajatlari to‘lovi;  turist mulkini vataniga qaytarish;  chet eldagi fuqarolik va jinoiy ishlarni tergov qilishda turistga huquqiy yordam ko‘rsatish. Hamma narsa sug‘urta kompaniyasi bilan turist o‘rtasida tuzilgan sug‘urta shartnomasiga bog‘liq.  Sug‘urta badali summasi bir qancha omillarga bog‘liq.  Birinchi omil – sug‘urta badali miqdori (sug‘urta badali miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, sug‘urta tovoni summasi ham shuncha ko‘p bo‘ladi).  Ikkinchi omil – 60 yoshdan katta kishilar sug‘urta badalini tarifning ikki baravari miqdorida kiritadi.  Uchinchi omil – xavf-xatar bilan bog‘liq odamlar: uchuvchilar, dengizchilar, sportchilar, yuk avtomobillari haydovchilari odatda belgilanganidan ortiq miqdorda suqurta badali kiritadilar. Turizmda xavfsizlikning boshqa masalalari Turizmda xavfsizlik masalalariga quyidagilar kiradi:  marshrut, tur toifasi turistlarning tayyorgarligi darajasiga muvofiqligi (agar sport, safar, sarguzasht turlari to‘g‘risida so‘z yuritilayotgan bo‘lsa). Bir qancha marshrutlarga turistlar faqat sayohat qilishga moneliklar yo‘qligi to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etgan taqdirda qo‘yiladi (masalan, Kamchatkadagi «Dzenzur vulqoniga chiqish» turi);  turistlarni marshrutda kuzatib boradigan gidlar, instruktorlar malakasining yuqoriligi (tasodifiy, tayyorgarliksiz shaxslar turistlar bilan ishlashga qo‘yilmaydi);  turistlar harakatlanadigan xavfsiz trassalarni, shuningdek ular to‘xtaydigan joylarni lozim darajada jihozlash.