logo

Atrof muhit sifati normativlari - ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan me’yorlari, turlari, o’lchovlari bilan tanishish

Загружено в:

09.04.2023

Скачано:

0

Размер:

632.16796875 KB
Atrof muhit sifati normativlari: ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan me’yorlari, turlari, o’lchovlari bilan tanishish Reja:  Atmosfera tarkibi, ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan me’yori;  Suv tarkibiga qo’yilgan talablar, ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan me’yori;  Tuproqni ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan me’yori. Ruxsat etilgan me’yor nima? Ma’lum vaqt davomida inson va atrof-muhitga ta’sir etganda ham zararli oqibatlarga olib kelmaydigan moddalar konsentratsiyasiga aytiladi. Havodagi zararli moddalarning REM, mg/m ³ № Moddalar REM ish REM sh REM sutka 1 Ammiak 20 0,2 0,04 2 Benzol 5 1,5 0,1 3 Azot II oksidi 5 0,085 0,04 4 Oltingugurt II oksidi 10 0,5 0,05 5 Uglerod oksidi 20 5 3 6 Vodorod oksidi 5 0,2 0,2 Atmosfera tarkibi: • 78,09 % - AZOT • 20,95 % - KISLOROD • 0,93 % - ARGON • 0,03 % - KARBONAT ANGIDRID • NEON,GELIY,KSENON VA AZON, VOODOROD,METAN Me’yoriy hujjatlar  Atmosfera havosi tarkibiga qo’yiladigan talablar – GOST 17.2.3.03-78  Ichimlik suvi sifatiga qo‘yiladigan talablar OzDst 950:2000 &#34;Ichimlik suv&#34;da belgilangan. Suvning fizik xossalari  Ichimlik suvining rangi 20 grad . dan yuqori bo‘lmasligi kerak.  Suvning hidi uning tarkibidagi turli gazlar va organik moddalar miqdoriga bog‘liq. Suvdagi yoqimsiz hid uning tarkibida tuzlar, o‘simlik qoldiqlariga xos bo‘lgan chirindi mahsulotlari borligidan dalolat beradi. GOST bo‘yicha harorati 20 grad.gacha bo‘lgan ichimlik suvini 60 grad.gacha isitilganida ham hidi va mazasi 2(ikki) balldan yuqori bo‘lmasligi zarur.(<2 ball). Suvning qattiqligi Suvda mineral moddalar-kalsiy va magniy tuzlarining bo‘lishi unga qattiqlik xossasini beradi. Qattiqlik mg ekv/l yoki graduslarda o‘lchanadi. 1 grad. qattiqlik suvning tarkibidagi 10 mg kalsiy oksidi (CaO) yoki 14 mg magniy oksidiga (MgO) mos keladi. Qattiqlikni gradusdan mg.ekv/l o‘tkazish uchun gradusdagi miqdorni 2,804 bo‘lish kifoya. Ichimlik suvining qattiqligi 7 mg.ekv/l dan ko‘p ortmasligi lozim. Tabiiy suvlarni qattiqlik darajasi quyidagicha xarakterlanadi.  Yumshoq suv <4 mg.ekv/l  O‘rta qattiqlikdagi suv 4-8 mg.ekv/l  Qattiq suv 8-12 mg.ekv/l  Juda qattiq suv >12 mg.ekv/l Suvning tiniqligi GOST 2874-82 bo‘yicha ichimlik suvdagi erimagan moddalar miqdori 1,5 mg/l dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Suvning tiniqligi &#34;mutnomer&#34;, hozirgi vaqtda &#34;nefelometr&#34; nomli asboblar bilan o‘lchanadi. Suvni tiniqligini tubi yassi bo‘lgan 30-50 sm balandlikdagi maxsus shisha silindr yordamida ham aniqlash mumkin. Agar silindrdan 2 sm uzoqlikda joylashtirilgan matn silindrdagi suv ustuni orqali ko‘rinsa olingan namuna tiniq hisoblanadi. Suv ustuni balandligi sm da o‘lchanib, u suvni tiniqligini belgilaydi. Suvni minerallashganlik darajasi Suvni minerallashganlik darajasi quruq qoldiq miqdori bilan aniqlanadi. Quruq qoldiq bu, suvdagi barcha erimagan moddalarning umumiy miqdoridir. Uni aniqlashda suvning namunasi qaynatilib so‘ngra t=105 grad.da quritiladi. Qolgan moddalarning og‘irligi suvning umumiy minerallashganligini belgilaydi. Ichimlik suvda quruq qoldiq 1000 mg/l dan ko‘p bo‘lmasligi zarur.  Chuchuk suv 200-500 mg/l  Mo‘tadil minerallashgan suv 500-1000 mg/l  Sho‘rtam suv 1000-3000 mg/l  Sho‘r suv 3000-10000 mg/l  Yuqori minerallashgan suv 10000-35000 mg/l  Namakobga yaqinlashgan suv 35000-50000 mg/l  Namakob 50000-400000 mg/l.ga bo‘linishi mumkin. Suvning organik ko’rsatkichi  GOST 2874-82 ga binoan ichimlik suvning 1 litrida 100 dan ko‘p bakteriya bo‘lishi mumkin emas.  GOST-ga binoan vodoprovod tarmog‘iga berilgan ichimlik suv tarkibida har bir litrda 3 dan ko‘p koli-indeks bo‘lmasligi kerak.  Vodorod ko’rsatkichi (pH) 6-9 mg/l