logo

Gazlamalar va uning tarixi haqida ma’lumot ilk O’rta asr gazmollari haqida ma’lumot. Gazlama to’qish tarixi haqida ma’lumot

Загружено в:

21.04.2023

Скачано:

0

Размер:

657 KB
Gazlamalar va uning tarixi haqida ma’lumot ilk O’rta asr gazmollari haqida ma’lumot. Gazlama to’qish tarixi haqida ma’lumot. To’quvchilik dastgohlari va ularning vazifalari Reja: 1. Gazlama to’qish tarixi haqida ma’lumot. 2. Ilk o’rta asr gazmollari haqida ma’lumot. 3. To’quvchilik dastgohlari va ularning vazifalari. Tayanch iboralar: Gazlama, bo’yoq, naqsh, tanda, arqoq, ip, dastgoh, buyum, to’quv, pardozlash, tandalash, ohorlash, texnologiya, o’rilish. Gazlama to’qish tarixi haqida ma’lumot Mato tuzulishining paydo bo’lishi muzlik davriga 44 000 yil orqaga borib taqalishi mumkin. Ularning hayvon terilaridan qilingan boshpanalarda qoldiqlari tiqilib qolib ketgan joyidan topilgan. Bu turdagi strukturali boshpanalar boshlang’ich uylar hisoblangan. Ko’rinib turibdiki, odamzod bu uylarni o’zi yaratgan.Ular uylarni yaratishda matolardan foydalanganlar. Bundan kelib chiqib shuni aytish lozimki,matolar kiyim-kechak uchun ishlatilishidan oldin ham boshqa maqsadlarda qo’llanilgan. Dastlabki ko’chmanchi qabilalar to’dasidan shuni bilsa bo’ladiki, matoning eng boshlang’ich va muvaffaqiyatli turi qora chodirlar bo’lgan. Qora chodirlar madaniy dunyoga Arablar istilosidan keyin, ya’ni 8 asrda, keng yoyila boshlandi va tarqaldi, va ularning avlodlari haligacha ham ishlatilib kelinmoqda. Ipakni joriy qilish Yaponiyada 300 asrdan 500 asr davrida keng tarqaldi. Bu Vizantiyaliklar ipak qurtini qo’lga kiritib uni o’stirishni va ko’paytirishni boshlagan davrga taaluqlidir. Arablar ham xuddi shu davrda ipak sanoatini boshlaganlar. Uning ko’p joylar va madaniyatlarga tarqalishi natijasida, Xitoy ipakchilik eksporti kam ahamiyat kasb eta boshladi. Lekin ular hali ham ipakchilikda dominant(ustunlik)ni saqlab qolishgan. Salb yurishi G’arbiy Evropaga ipak sanoatini olib keldi.Ayniqsa, Italiyaning ko’p joylarida boshqa Evropa mamlakatlariga ipakni eksport qilish iqtisodiy o’sishni ko’rsatdi. Uni ishlab chiqarishdagi texnikaviy o’zgarishlar ham aynan O’rta asrga borib taqaladi. Bu davrda yigirish charxlari paydo bo’lgan edi. 16 asrdavomida Fransiya muvaffaqiyatli ipak savdosini rivojlantirish maqsadida Italiyaga qo’shildi. Shunga qaramay boshqa xalqlarning ipakchilik sanoatini rivojlantirishdagi urunishlari muvaffaqiyatsiz edi. Ipakni joriy qilish Yaponiyada 300 asrdan 500 asr davrida keng tarqaldi. Bu Vizantiyaliklar ipak qurtini qo’lga kiritib uni o’stirishni va ko’paytirishni boshlagan davrga taaluqlidir. Arablar ham xuddi shu davrda ipak sanoatini boshlaganlar. Uning ko’p joylar va madaniyatlarga tarqalishi natijasida, Xitoy ipakchilik eksporti kam ahamiyat kasb eta boshladi. Lekin ular hali ham ipakchilikda dominant(ustunlik)ni saqlab qolishgan. Salb yurishi G’arbiy Evropaga ipak sanoatini olib keldi.Ayniqsa, Italiyaning ko’p joylarida boshqa Evropa mamlakatlariga ipakni eksport qilish iqtisodiy o’sishni ko’rsatdi. Uni ishlab chiqarishdagi texnikaviy o’zgarishlar ham aynan O’rta asrga borib taqaladi. Bu davrda yigirish charxlari paydo bo’lgan edi. 16 asrdavomida Fransiya muvaffaqiyatli ipak savdosini rivojlantirish maqsadida Italiyaga qo’shildi. Shunga qaramay boshqa xalqlarning ipakchilik sanoatini rivojlantirishdagi urunishlari muvaffaqiyatsiz edi. Insoniyat tarixida yengil sanoat buyumlarini ishlab chiqarish bundan bir necha ming yillar oldin ma’lum bo’lganligi tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan. Qo’lda ip tayyorlash va gazlama (mato) to’qish, charmdan poyafzal tikish uchun uni qayta ishlash Hindiston, Xitoy, Misr, O’rta Osiyoda meloddan bir necha asr ilgari ma’lum bo’lgan. 5 -rasm. Yigiruv urchug’i O’tmish va yangini o’zaro bog’liqligi – badiiy madaniyatni yaratish asosidir. Tabiatni ob’ektiv aks etish uchun to’qimachilik san’at ko’p imkoniyatlarga ega.To’qimachilik gazmollari insonni estetik tuyg’usini bitmas-tuganmas manbasidir. Insonda ongsiz hislarni uygotish va yaratish-san’atning vazifasidir. O’zbekiston mintaqasida paxtachilik tarixi va bu qimmatbaho toladanigazlama to’qish bundan ikki ming yillar oldin boshlangan. O’rta Osiyoda gazlama ishlab chiqarish uchun jun, zigir, paxta va ipak xom ashyosi qo’llangan. To’quvchilik har xil asboblar, to’quv dastgohlarning qismlari, jarayonlar atamalariga ko’ra gazlamani ishlab chiqarishni tasavvur etish mumkin. Paxta va junni maxsus uskuna « etang» yordamida bir necha marta tarashardi. Keyingi jarayon - xom ashyoni yigirish. Xom ipni eshib, ulashardi. ( tavrat ). Bu xizmatni tabakasidan qa’tiy nazar barcha ayollar qilishardi. Yigirish jarayonida ishlangan xom ipni ( edrik ) tanda ( arish ) va arqoq ipiga qo’llanilgan. Bo’yra « butar»ni to’qish uchun qo’llangan qalin tanda ipi qo’llangan.. Ola chipor ip ikki xil rangli iplarni eshish natijasida qilinar edi yoki har rangli ip qo’llanardi. “Esri” so’zni ma’nosi – naqsh solish. Tanda ipiga qo’shimcha ishlov berishni talab qilardi: uni nimtalashardi, «butat»dastgohida o’tkazishardi, navoy ( chegga) ga o’rashardi ( kattur ) va tortishardi ( yugur ) va tufon yozuvlarida etigandek: «Bu dunyoda barcha narsalar kabi tanda va arqoq o’zaro o’rilganda shoyi, kimxob, bo’z va boshqa gazlamalar kelib chiqadi». Ko’zak asbobini qo’llab, to’quvchilik (toki ) bilan erkaklar shug’ullanar edi. Gazlama ishlab chiqarish jarayonni atamalariga ko’ra oddiy ip va yung gazlamalari uy sharoitida ishlangan. Uy hunarmandchiligida to’quv dastgohi oddiy bo’lgan: tanda ipi tepaga ko’tarilib va blokdan o’tkazilib, qarmoqtosh yordamida tortilardi. 1811yilda Vutix ta’riflangan Buxoro dastgohlarida shiftga faqat tanda ipi tortilmasdan, berdo, rom va shodalari bilan osilardi. Etnograflar ma’lumoti bo’yicha turk xalqlarda gorizontal dastgoh « urmak» bo’lgan. U yig’ma bo’lgan va unda yung gazlamalari to’qilgan. Dastgohda bitta shoda bo’lgan, andada xomuza taxtacha yordamida hosil bo’lardi. Yog’ochga o’ralgan arqoq ipi xomuzadan o’tkazilardi va yogoch taxtacha bilan mahkamlanardi. 7 -rasm. Yigiruv mashinasi Ilk o’rta asr gazmollari haqida ma’lumot Ip gazlamalarchinakam xalqchil va ommabop gazlama ip gazlamasi bo’lgan. Ularning orasida eng hammabopi surup – boz bo’lgan. Bu eng arzon mato bo’lib, boshqa gazlamalarni baholash uchun mezon bo’lgan («zarli atlas– chuz atlas q immat, eng arzoni – surup-boz ) yoki pul yoki turli operatsiyalarda almashish mol sifatida o’tardi, hattoki kul savdosida ham («xarjat uchun bizga mablag’ kerak bo’lganda, biz Qutlug’ nomli ayolni sotib, Qutlug’ - Temurdan 150 bo’lak surup oldik»). XI asrda surup navlar bo’yicha farqlanardi: etaklik boz – kiyimni etagi uchun, serdak boz - yupqa to’qilgan boz asosan engil va ichki kiyim uchun qo’llanar edi. Bozni kichkina bo’lagi egin deyilardi. Etnografik ma’lumotlar bo’yicha XIX asr surupi – bo’yalmagan, sal eshilgan ipdan oddiy polotno o’rilishda to’qilgan gazlama. M.Kashgarskiyni lug’atida « chit» gazlamasi to’g’risida quyidagilar aytilgan: «Turli rangli gullar bosma qilingan ip gazlama».  GazlamalarM.Kashgarskiy lug’atida mahalliy va xorijiy gazlamalarning nomlari berilgan. Xom ashyoga ko’ra gazlamalar ip, yung, shoyi va aralashma bo’lgan. Gazlamani bo’yashardi va bezatishardi. Gazlama to’qilgan va bo’yalgan yoki bezatilgandan (bozu ) so’ng yaltiratilgan. Olimlar tadqiq etgan arxeologik asl nusxalar, rang tasvirda tasvirlangan gazlamalar va yozma ma’lumotlar O’rta Osiyoda ilk o’rta asrlarda to’qimachilik san’at va badiiy ipakchilikning rivojlanganligini ko’rsatadi. Shubhasiz, ilk o’rta asr to’quvchilikni rivojlanishida Buyuk Ipak yo’li bo’yicha qizgin savdo va madaniy aloqalar katta rol o’ynagan, chunki bu erdan uch muhim yo’llar o’tgan: Karategin, Shungan va Vaxan, Ular Xitoy, Xindiston va qo’shni Osiyo malakatlari va ular orqali esa Ovrupo bilan bevosita O’rta Osiyoni bog’lashardi. Mamlakatlararo savdo-sotiqda gazlamalr katta rol o’nagan, ayniqsa shoyi gazlamalar shoyi dunyo bozorida qimmatbaho va yengil bo’lgani uchun eksportga qulay edi. Shoyi va boshqa qimmatbaho gazlamalarga ehtiyoj oshgani uchun, shoyi oltin va kumush kabi xalqaro valyutaga aylandi. Xuttaldan ko’prangli shoyilar hattoki xitoy gazlamalari bilan raqib bo’lgan. Xitoyda esa O’rta Osiyodan kelgan gazlamalarga o’zgacha ehtiyoj bo’lgan. Bosma gazlamalarni ishlash O’rta Osiyoda XIX asrning birinchi yarmida keng joriy etilgandi. Bu gazlamalar Rossiyaga eksport qilinardi. Buxoro va uning atrofidagi qishloqlari bosma ishlash asosiy markazi bo’lgan. Bu san’at bilan ayniqsa Jondor, G’ijduvon, Chitgaron, Vardonze, Romitan qishloqlari mashhur bo’lgan. Ular ajoyib donalab tayyorlanadigan bosmani ishlashgan. Bosma gazlamani O’rta Osiyo boshqa joylarida ham ishlashgan: Smarqand, Urgut, Kattako’rgon, Shaxrisbzda. Bu joylarda donali va metrli bosma ishlanardi. Fargona va Toshkentda asosan metrli bosma ishlanardi. Xorazm bosmalari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan, ularni naqshi nozik edi. Rossiyadan kelgan fabrikada ishlangan gazlamalar O’rta Osiyoda qo’lda ishlangan mahalliy gazlamalarga raqobatlik kilardi. Bu ularni chiqarishga g’ov bo’ldi. XIX asrni oxiriga kelib ustki kiyimda qo’llanmaydigan bo’ldi va faqat past navlari erkaklar choponing astari sifatidaq qo’llanardi. Ko’ylak uchun kilinadigan yuqori sifatli metrli bosma gazlamalar umuman ishlanmaydigan bo’ldi. Ikkinchi jahon urushi payitida bosma gazlamalar aholining ehtiyojini ta’minlashda muhim rol o’ynagan. Bu vaqtda O’zbekistonda bosma bo’yicha bita ixtisoslashtirilgan artel Toshkentda va bosma sexlar Samarqand, Quqon, Margilon, Buxoro, Andijon artellarida bo’lgan. Urushdan keyingi yillarda hunarmandchilik bosma gazmollarni kamroq ishlatiladigan bo’ldi. O’zbek bosmasi o’ziga xos badiiy tur va uslubiga ega, qaysiki faqat viloyatiga ko’ra deyarli farqlanardi. XX asrni oxirida fan va texnika intensiv rivojlanishi natijasida to’qimachilik sohasida ko’p revolyusion ixtirolar ro’y bergandi. XIX asrda o’zbek milliy kiyimlarini tikishda ishlatiladigan asosiy matolar sirasiga ip-gazlama, ipak, nimshoyi va jun gazlamalar kiradi. Xomashyoning mo’lligi va arzonligi Movarounnahr shaharlarida ipak to’quvchilik, bo’z to’quvchilik, jun to’quvchilik va boshqa xil matolarni to’quvchilik kasb- hunarlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni vujudga keltirdi. To’quvchilikning, asosan, ikki turi: hammabop ip-gazlama to’quvchiligi va nisbatan qimmatroq ipak to’quvchiligi ko’proq taraqqiy etgan. Ip-gazlama matolarni to’qish bilan, asosan, ayollar, ipak va nimshoyi gazlamalarni to’qish bilan erkaklar shug’ullanishgan.Ip-gazlama matolarning turlari va navlari juda xilma-xil bo’lgan. Ayniqsa oq, jigarrang, sariq tusli bo’zlar keng tarqalgan bo’lib, ulardan barcha yoshdagi kishilaruchun choponlar, shuningdek, ichki kiyimlar, sallalar tikilgan.Ayollarning ro’mollari, dakana va lachaklarini tikish uchun shasha doka ishlatilgan. Erkaklarning ko’ylaklari xom surup, sidirg’a chit, sodda to’qilgan, qalami deb nomlangan ip gazlamadan tikilgan. Yo’l-yo’l ip gazlama mato-olachalar ko’proq qishloq to’quvchilari tomonidan to’qilib, chopon tikishda ishlatilgan. Quyida mana shu matolarning ayrimlariga bir-ikki og’iz ta’rif berib o’tamiz. Beqasam — yo’l-yo’l gazmol bo’lib, undan erkak, ayol va bolalar uchun kundalik kiyiladigan to’nlar, ko’rpa-ko’rpachalar tikishda foydalanilgan. Banoras — beqasamdan rang turlari bilan farqlanib, undan ayollarning ustki kiyimi bo’lmish paranji tikilgan. Paripashsha — beqasamdan qalinroq matodirki, u paranji, shuningdek, chopon tikishda ishlatilgan. Adras — abr inlar bilai gul solingan nimshoyi gazmoldir. SHuningdek, kanovuz, shoyi, xonatlas, guldor kimxob, duxoba kabilar ham keng qo’llanilgan. Shoyi va nimshoyi matolar — beqasam, adras, yakro’yo, katak shoyi, tovlanma shoyi,abrshoyi va hokazolarga turli-tuman gul lar solingan.! XIX aerning birinchi yarmida O’rta Osiyoga Rusiyadan keltirilayotgan ip gazlama va boshqa matolarning miqdori tobora orta bordi. Bu matolar O’rta Osiyo va Qashqar o’lkasida to’qiladigan gazlamalar bilan raqobat qila boshladi. Rusiya fabrika egalari O’rta Osiyo o’lkalari bilan savdo-sotiq qiluvchi savdogarlar bilan til biriktirib, mahalliy aholi didiga mos gazmollar ishlab chiqarishga astoydil harakat qilib, bu erdagi bozorlarda ustunlikka erishish uchun kurashni avj oldirdilar. Rusiya mollari, jumladan, gazmollarining o’lkaga keltirilishi natijasida ular mahalliy hunarmandchilik mollarini bozordan siqib chiqara boshladi lar. Fabrikada ishlangan matolar kosiblar qo’lidan chiqqan matolarning bozorini kasod qilib boraverdiki, bu hol o’lka xo’jaligining bozor ehtiyojlari uchun mol ishlab chiqarish sohasining umumiy taraqqiyoti jarayoni va natural xo’jalikning inqirozi bilan bog’liq edi. XIX asr oxiri va XX asr boshida o’zbeklar orasida ham asosan fabrikada tayyorlangan ip gazlamalar: chit, bo’z, kolenkor, xom surupdan tikilgan kiyimkechaklarni kiyish rasm bo’ldi. Boy-badavlat kishilar esa kimxob, ipak, atlas, duxoba,rangorang movutlardan kiyim tiktirib kiya boshladilar. Shunga qaramay, kosiblar dastgohidan chiqqan mahalliy gazlama: mato, bo’z, nim-shoyi gazmol, adras, beqasam, podshoi, kimxob, xonatlas, katakshoyi kabilarningturli xillariga ham ehtiyoj katta edi. To’quvchilik dastgohlari va ularning vazifalari . Gazlama – o’zaro perpendikulyar iplar sistemasining o’rilishidan hosil bo’ladigan tukuvchilik buyumi. Gazlamada uzunasiga etadigan iplar tanda sistemasi yoki t a n d adeyiladi;ko’ndalang etadigan iplar arqoq tizimi yoki arqoq deyiladi. Tanda va arqoq to’quv dastgohida urilishadi. Tandani tukuvchilikka tayorlashda quyidagi ishlar bajariladi: kalava ip qayta o’raladi, tandalanadi, ohorlanadi, proborka va bog’lash (remizkalar va berdoga o’tkaziladi) . Kalava ip o’rash mashinalarida kalavadan bobinaga qayta o’raladi . 8-rasm Gazlama to’qishda texnologik jarayonlar . 9-rasm. To’quv dastgohining umumiy ko’rinishi. TO’QUV DASTGOHINING TUZILISHI VA ISHLASHI Tukuv dastgoxining sxemasi berilgan. Navoy 1 dan kelaetgan tanda skalo 2 dan egilib utib, lamel 3, remizkalar 4 gulalarining kuzlari orkali, batan 8 ga maxkamlangan berdo 5 tishlari orasidan utadi. Tayer gazlama dastgoxining old brusi 11 dan egilib utib, moxat regulyatori 9 erdamida tovar vali 10 ga uraladi. Tanda doimo tarang turadi. Oddiy polotno urilishni xosil kilish uchun (chit, buz, polotno kabi gazlamalar shunday urilishda tukiladi) ikkita remizka etarli: bitta0 remizkaga tandaning barcha juft iplari, ikkinchisiga tok iplari utkaziladi. Agar tukuv dastgoxida bitta remizka kutarilib, ikkinchisi tushsa, barcha tanda iplari surilib t u k u v b u sh l i g i (zev) xosil kiladi. Moki 6 ana shu bushlikdan utadi. Polotno urilishda remizkalar ekssentrikli bushlik xosil kiluvchi mexanizm erdamida kutarib-tushiriladi. Unda podnojka 12 va ekssentrik 13 bor. Tirsakli val 14 povodoklar orkali batanni va unga maxkamlangan berdo 5 ni xarakatlantiradi. Urtasida arkokli shpula bulgan moki 6 turtgich 7 zarbi ta’sirida bushlik orkali uchib utadi va arkok ipini tashlab ketadi. Batan tebranma xarakatlanadi va berdo erdamida arkok ipini gazlama chetiga uradi.  10-rasm. To’quv dastgohi texnologik sxemasi Sungra remizkalar uz vaziyatini uzgartiradi: yangi bushlik xosil buladi, moki orkaga uchib utadi va yangi arkok ipini tashlab ketadi. Batan yana tebranma xarakatlanadi va yukorida aytilgan jaraenlar takrorlanadi. Tanda asta-sekin bushala boradi, xosil bulgan gazlama esa maxsulot valiga uraladi. Maxmulot regulyatori gazlamani kanday tezlikda surishiga karab, gazlamaning zichligi xar xil buladi: tezlik oshganda zichlik kamayadi. Adabiyotlar: 1. Jrats woven silks from Central Asia. The Ray Collection. – Cambridg, 1998. 2. Baldano I.S. Moda XX veka: Ensiklopediya. - M.: «Olma-Press», 2002. 3. N. G Abbosova, B.B. Ahmedov, Sh. M.Mahkamova, T.A Ochilov. “Yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi”. T., Aloqachi 2006y. 4. S. А . Ха mr ае v а “To’quvchilik t ех n о l о giyasi”T.,F а n, 2005y. 5. www.ethnogrfhy,omskreg.ru – Kafedra etnografii i muzeevedeniya OGU.