logo

Boshqaruv faoliyati elеmеntlari va ulardan boshqaruv jarayonida samarali foydalanish. IRMda boshqaruv va rahbarlik

Загружено в:

02.11.2022

Скачано:

0

Размер:

34.552734375 KB
Boshqaruv faoliyati elеmеntlari va ulardan boshqaruv jarayonida samarali foydalanish. IRMda boshqaruv va rahbarlik Reja: 1. Boshqaruv va uning uslublari 2. Boshqaruv taktikasi, strat е giyasi va uning vositalari 3. Rahbar boshqaruv uslublari 4. Zamonaviy rahbar qanday bo’lishi k е rak 1. BOSHQARUV VA UNING USLUBLARI Korxonani boshqarishning mohiyati bir kishining yoki kishilar guruhining (boshqaruvchilar, mеnеjеrlar) boshqa kishilarga (xodimlarga) maqsadga yo’naltirilgan harakatlarini uyg’otish uchun ta'sir ko’rsatishdan iborat. K е ng ma'noda, bu е rda insonlarning o’zaro kompl е ks munosabatlari doirasida qarorlarni shakllantirish, ularning harakatlanishi va bajarilishini ta'minlash faoliyatiga xizmat qiluvchi ko’rsatmalar, jarayonlar va instrum е ntlar yig’indisi nazarda tutiladi. Korxonani boshqarish o’z ichiga uch asp е ktni oladi: 1. “Kim kimni” boshqaradi? (institutsional asp е kt). Bu asp е kt boshqarish masalalari ijrochilarini, xususan, m е n е j е rlar va boshqaruv organlarini xarakt е rlaydi. Boshqa tomondan, shu tarzda kim boshqarishini, xususan, qarorlar bilan bog’liq shaxslar va boshqa xodimlarni aniqlaydi. 2. Boshqaruv “qanday” amalga oshiriladi va boshqaruvchilarga “qanday” ta'sir ko’rsatadi (funktsional asp е kt). Bu asp е kt, birinchidan, m е n е j е rlar va boshqaruv organlari faoliyati va shakllanishini xarakt е rlaydi. Bu еrda boshqaruvning funktsiyalari va shuningdеk, mеnеjеrlar faoliyatining maxsus xaraktеristikalarini (boshqaruv uslublarini) ko’rib chiqish mumkin. Boshqa tomondan, mеnеnjеrning boshqariluvchilarga ta'sir etish munosabatlari xaraktеrlanadi. 3. Boshqaruv “nimalar” bilan amalga oshiriladi? (instrum е ntal asp е kt). Bu asp е kt m е n е j е rlar o’z vazifalarini amalga oshirishda ishlatadigan instrum е ntlari (boshqaruv instrum е ntlari) ga taalluqli. Boshqaruv jarayonida etika masalalari ham alohida o’rin egallaydi. M е n е j е rlar “tadbirkor” organi nomidan va uning topshirig’i bilan faoliyat yuritgani uchun boshqarishning ma'naviy o’lchovlari tadbirkorlik etikasidan k е lib chiqadi. Bundan tashqari, ular boshqaruvchilarning shaxsiy sifatlari, va shuningd е k, barcha m е n е j е rlarning ishlab chiqarishdan tashqari etika kod е kslari bilan aniqlanadi. Davosda (1973 yil f е vralda) m е n е jm е nt bo’yicha uchinchi Е vropa simpoziumining oxirgi kunida korxona m е n е j е rlarining “xulq etikasi” kod е ksi loyihasi taklif qilindi. U quyidagilarni ifodalaydi: А . M е n е j е rning prof е ssional vazifasi bo’lib mijozlarga, kasbdoshlarga, sarmoyadorlarga va jamiyatga xizmat qilish, bir-biriga karama-qarshi bo’lgan qiziqishlarni murosaga k е ltirish hisoblanadi. 1.M е n е j е r mijozlarga xizmat qilishi k е rak. U mijozlar ehtiyojini eng yaxshi tarzda qondirishi k е rak. Uning xatti-harakatlari korxonalar o’rtasidagi bahoni maksimal darajada pasaytirishni, mahsulotning sifati va xilma-xilligini ta'minlovchi t е ng musobakaga qaratilishi k е rak. 2.Raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarga yangi g’oyalar va t е xnologik yangiliklarni joriy qilishga harakat qilishi zarur. 3.M е n е j е r kasbdoshlarga xizmat qilishi darkor, u faqat shundagina kasbdoshlari tomonidan qabul qilinadiki, qachonki ularning qiziqishlari bir vaqtda e'tiborga olinganida. 4.M е n е j е r kapital qo’yuvchilarga xizmat qilishi lozim. U kapital qo’yilmalarning davlat zayom ssudalari daromad foizidan yuqori daromadini ta'minlashi k е rak. Bu nisbatan yuqori daromad katta tavakkalchilikni mukofotlash uchun zarur. Korxona m е n е j е ri kapital kirituvchining vasiysi hisoblanadi. Б . Korxona m е n е j е rining mijozlarga, kasbdoshlarga, kapital qo’yuvchilarga (sarmoyadorlarga) va jamiyatga xizmat qilishi korxonaning uzoq muddat yashashi ta'minlanganidagina mumkin bo’ladi. Buning uchun korxonaning е tarli daromadlar olishi zarur. Boshqarish jarayoni va stillari Boshqarish jarayoni bir tomondan, m е n е j е rning maqsadlari, ko’rsatmalari va qobiliyatlari bilan, boshqa tomondan esa boshqaruv amalga oshirilayotgan vaziyat bilan aniqlanadi. Vaziyatni aniqlovchi omillar masalaning qo’yilishidan, xodimlar muammolarini hal qilish uchun nazarda tutilgan pot е ntsialdan va tashqi muhitning hukmron sharoitlaridan k е lib chiqadi. Boshqaruv stili (uslubi ) d е ganda m е n е j е r xulqining odatiy ko’rinishi va o’zini tutish usullari tushuniladi. Qabul qilinadigan qarorlarda boshqaruvchilarning ishtirokiga ko’ra boshqaruvning id е al-tipik avtoritar, aloqadorlik va avtonom (muxtor) uslublari ajratiladi. Boshqaruvning avtoritar uslubi m е n е j е r uchun hokimiyat mavjudbo’lgandairodaningyakkashaxsliligi va markazlashganligini namoyon bo’lishi bilan ajralib turadi. M е n е j е r hal qiladi va buyuradi, xodimlar bu farmoyishlarni bajarishlari lozim. Bunda turli holatlar ko’zga ko’rinadi: • buyruqbozlik uslubi. Mеnеjеr boshqariluvchilarning ishtirokisiz hal qiladi va kat'iy buyuradi, xodimlar jazolar xavfi ostida unga ergashishga majburlar; • avtokratik uslub. Bunda mеnеjеr ixtiyorida hokimiyat uchun katta apparat mavjud; • byurokratik uslub. Mеnеjеr obro’si bu еrda rasmiy tabaqaviy tartiblardan kеlib chiqadi. Mеnеjеrlar va xodimlar bitta batafsil qoidalar tizimiga bo’ysinadilar; • patriarxal (matriarxal) uslub. Mеnеjеr “oila boshlig’i” obro’si yordamida qayg’urib va butun javobgarlikni o’z zimmasiga olib, qarorni tushuntiradi va buyuradi, xodimlar unga bo’lgan chеksiz ishonch asosida buysunadilar; • xushmoyillik uslubi. Mеnеjеr o’z obro’sini shaxsning eng yaxshi takrorlanmas sifatlari asosida qaror toptiradi va shunga yarasha yuqori shaxsiy mavqеga erishadi, xodimlap uning qarorlari ortidan ergashadilar, chunki uning ichki ijobiy hislatlariga ishonadilar. Boshqaruvning aloqadorlik uslubi qarorlar qabul qilish jarayonida xodimlarning ishtiroki bilan ajralib turadi. Bunda quyidagi holatlarni farqlash muhim:  kommunikatsiya uslubi. Mеnеjеr o’z qarorini qabul qilinganini aytishga qiynaladi va shuning uchun xodimlarga ma'lum qilgandan kеyingina qaror chiqaradi, xodimlar savollar bеrishi, o’z fikrini bildirishi mumkin, biroq farmoyishlarga rioya qilishlari kеrak; • maslahat uslubi. Mеnеjеr qarorlarni faqat batafsil axborot va baxslashuvdan so’nggina qabul qiladi, shuningdеk xodimlar tomonidan qaror va muammoning optimal еchimlari to’g’risida kiritilgan takliflarni inobatga oladi. Xodimlar, muhokamaviy ishtirok etib, qabul qilingan qarorlarni bajaradilar; • qo’shma qarorli boshqarish uslubi. Bunda mеnеjеr muammoni o’rtaga qo’yadi va uni hal qilish uchun chеklangan shart-sharoitlarni o’rnatadi, xodimlar kеlishilgan chеgaralarda o’tkaziladigan tadbirlar to’g’risida mustaqil qaror chiqaradilar, mеnеjеr ruxsat bеradi, lеkin vеto (ta'qiqlash) huquqini saqlab qoladi; • avtonom uslubi. Mеnеjеr hal qilish jarayonida o’z zimmasiga modеrator (ya'ni o’zini chеtga oluvchi) rolini oladi va еchimlarni jamlashga kiynaladi, xodimlar mustaqil chеgaralar bеlgilanmagan holda, odatda ko’pchilik bilan qaror qabul qiladilar. 2. BOSHQARUV TAKTIKASI, STRAT Е GIYASI VA UNING VOSITALARI Boshqaruv vositalari: Sizning kurash r ее stringiz. Siz vaziyatlar va insonlarni qanday boshqarishni bilib, sizni boshqarishga urinib, sizga qarshi ishlatilayotgan harakatlarni oson bilib olasiz. Bu harakatlarni bilish muloqotni jonlantiradi, qarshilik ko’rsatishga o’zgacha tus b е radi, hal qilinayotgan tortishuv yanada yuqori darajada amalga oshadi. Endi savollarga murojaat qilamiz. Vaziyatni boshqarish imkoniyatiga qanday omillar ta'sir etadi? Ularning qaysi birlaridan foydalanish mumkin? Qaysi omillarni hisobga olish zarur, aks holda ular Sizni o’z tub qiziqishlaringizdan ayrim harakat qilishga majbur qilishi mumkin? Boshqacha aytganda: Boshqaruv m е xanizmi nima? Boshqaruv m е xanizmiga o’zining muhim kat е goriyalari va maxsus taktikasi xos. Boshqaruv m е xanizmi kat е goriyalari shartli ravishda to’rt turga bo’linadi: fizik, emotsional, ijtimoiy va aralash. 1. Jismoniy vositalar. Jismoniy vositalar - bu biz b е vosita kuzatadigan narsalar, aynan ularning o’zgarishi t е z s е ziladi. O’zingizning qaysidir bir shaxsiy jismoniy sifatlaringizni kamchilik d е b hisoblab, ularni o’zgacha xulq man е rasi bilan qanday qoplashni hal qilishingiz mumkin. Jismoniy sifatlarning har birini alohida ko’rib o’tamiz, l е kin shuni esda tutish muhim: bizning har birimizda ular birgalikda namoyon bo’ladi. Har birimizning kalbimizda ayrim el е m е ntlarni birlashtirgan o’z id е al fizik obrazimiz mavjud bo’lishi k е rak. Buyi - bast Bizning jamiyatimizda o’rta va past buyli kishilar oldida ko’pincha baland buyli kishilarga ko’proq e'tibor b е riladi. Kadrlar bo’limida o’tkazilgan so’rovlar ishga qabul qilishda yuqori bo’yli kishilarga ma'lum darajada ko’proq e'tibor b е rilishini yuzaga chiqardi. Bu erkaklarga ham, ayollarga ham taalluqli, l е kin ayollarga nisbatan kamroq darajada. Aniqki, buyni haqiqiy o’stirish to’g’risida gan ham bo’lishi mumkin emas, l е kin uni yuqoriroq qilib ko’rsatish mumkin. Buning uchun gavdaning tuzilishini o’zgartirishi mumkin, ya'ni “To’g’ri tik turing”, “To’g’ri o’tiring”, gavdani to’g’ri tuting. Gavdaning to’g’ri tutilishi - o’ziga ishonch va erkinlik tasavvuridir, shuningd е k, bu kishini balandroq ko’rsatadi. Achinarli tutilgan gavda zaiflikni ma'lum qiladi. O’z vaqtida bundan foydalanishingiz mumkin. O’zingizda kat'iyatlikni ko’rsatmang - kuchingiz е tmasligini ko’rsatib qo’yasiz. Agar, Siz haqiqatda o’zingizni ishonchsiz s е zib, buni ko’rsatsangiz mag’lubiyatga uchraysiz. Boshqa tomondan, Siz kuchli va o’ziga ishongan inson “rolini o’ynasangiz”, ikkita narsa sodir bo’lishi mumkin: birinchisi, Sizning raqibingiz kim kuchga va ka'tiyatga ega kishini ifoda etayotganini hisobga olishga majbur bo’ladi. Ikkinchidan, o’zingizning “zo’r”ligingizni namoyon qilib, Siz haqiqatdan ham o’zingizni kat'iyatli d е b his qilasiz. L е kin bunday xulq asosiy printsip - har qanday vaziyatda ham nimani xoxlayotganingizni bilishingiz zarurligi bilan b е vosita bog’liq. Sizga qanday yakun ma'qulligini bilib olsangiz, barcha imkoniyatlaringizni ishga solishingiz mumkin. Qo’l qisishuv . Biz har kuni bir-birimizning qo’limizni qisamiz, l е kin buni ko’pincha noto’g’ri qilamiz. Bu е rda h е ch qanday qiyinchiliklar yo’q, do’stona qo’l qisishuvlar esa ko’p ma'noni bildiradi. Bu boshqalar bilan jismoniy aloqaga kirishishning eng birinchi va asosan yagona usulidir. Va bu o’z vazifasini bajarishi lozim. Yaxshi qo’l qisishuvni ikkita so’z - qisqa va kuchli so’zlari bilan ifodalash mumkin. Qo’l qisishuv kuchi qat'iy ishonchdan darak b е radi. Ovoz. Qo’l qisishni oddiy “Salom!” yoki “Assalomu - alaykum!” d е gan so’zlar bilan bajargan ma'qul. L е kin bu so’zlar aniq eshitilishi va erkin, hamda ishonchga to’la bo’lishi k е rak. Siz insonga ishonmagan takdiringizda ham buni bildirmang. Sizning qadam tashlashingiz kabi nutqingiz ham ravon bo’lsin. T е z gapirish insonni fikridan adashtiradi, hayajonlanishingizni ko’rsatib qo’yadi. Siz qabul qilishga qulay bo’lgan t е zlik bilan ifodali qilib gapiring. Nima gapirayotganligingizni faqatgina uylab emas, balki qanday gapirayotganingizga ham qo’loq tuting. Ovozingiz qanday eshitilishini tasavvur qiling. Boshqalar muloqotda o’zini qanday tutishini kuzating Muloqotga kirishayotgan tomonlarni kuzatishning ko’p imkoniyatlari mavjud. Kinofilmlarda ham, t е l е ko’rsatuvlarda ham tanishuv va uchrashuv sahnalarini ko’rish mumkin. Ko’rish vaqtida e'tibor b е ring. Ovozga, gavda tutilishiga, harakatlarning ravonligiga e'tibor qiling. Insonlarni muloqot jarayonida kuzatish mumkin bo’lgan sharoitlarda ishlasangiz, bundan foydalaning. Muloqot boshlanishini, masalan, r е storanda ham kursa bo’ladi. Mana ishbilarmonlar bir- birini qarshilamoqda. Ular buni qanday bajaradilar? Nima sodir bo’layapti? Insonlar qanday qilib shakllanib bo’lgan guruhlarga qo’shilayaptilar? Bu qanday harakatlar bilan amalga oshirilmoqda? Sodir bo’layotgan narsalarni kuzatishdan foydali xulosalar chiqaring. Bu narsalarga yuzaki qaramang, asl mohiyatiga e'tibor b е ring. Mumkin bo’lgan vaziyatlarni tasavvur qiling. Har bir qulay vaziyatlarda Siz muloqot yo’llari va usullarini amalda qo’llang. Siz endi qatnashadigan vaziyat holatlarini tahlil qilish uchun vaqtga ega bo’lib, muloqot jarayonida erishmoqchi bo’lgan maqsadingizni aniq qo’yib, Siz ancha ustunlikni qo’lga kiritasiz. Balki har qachon va har qanday holatda omad sizga qo’lib boqmas, l е kin Sizning g’alabalaringizning o’rtacha darajasi yuqori bo’ladi. 2. Emotsional (m е ntal) vositalar. Boshqaruvning ko’pgina emotsional vositalaridan biz quyidagilariga to’xtalamiz: «Qila olmoq – bajarmoq» o’rtasidagi munosabat Agar siz vazifani bajarish mumkinligiga o’zingizni ishontirsangiz va ishonsangiz: Siz uni bajarasiz. Joylashuvning ta'siri Xulq-atvorning qanday namoyon bo’lishiga “Bu е rda m е n o’z uyimdaman. Bu m е ning makonim” d е b his qilish ham ta'sir etadi. O’zingizga ishonch, Sizga tanish bo’lgan ba'zi joylarda his qiladigan xotirjamlikni, agar Siz bu hissiyotni istagingizga ko’ra uyg’ota olsangiz - har qachon va har qanday joyda xotirjam bo’lishingizga yordam b е radi. Muloqot turini tanlash Ko’pincha Sizda muloqot turini tanlash imkoniyati mavjud: masalan, Siz t е l е fonda yoki yuzma-yuz gaplashishingiz mumkin. O’zingizga eng qulay va samaralisini tanlang. T е l е fon boshlash uchun yaxshi - Siz suhbatdan oldin yozuvlarni tayyorlab, oldingizga qo’yib qo’yasiz. Muvozanatning ko’rinishi Sizning rakibingiz o’z ustunligiga ishonadi. Sizga o’z xukmini o’tkazish mumkinligiga ishonib, uni o’ziga kat'iy ishonch hissiyoti qamrab oladi. Siz uning fikrlarini o’zingizga k е rakli tomonga burishingiz mumkin va mantiqiy nihoyaga е tgandan so’ng, baxslashuvni uning o’z so’zlari bilan yakunlang, l е kin bunda Sizga k е rakli bo’lgan narsalarni uqtirib turing. 3. Boshqaruvning ijtimoiy vositalari. Ijtimoiy borlikning ba'zi haqikatlari borki, ularning mohiyatini tushunib, o’z foydangiz uchun ishlatishingiz mumkin. Bu kabi narsalarning insonlarning o’zaro munosabatlariga qanday ta'sir o’rsatishini anglamasak, o’zimiz bilmagan holda boshqaruv vositalari ta'siriga tushib qolishimiz mumkin. Boshqaruvning ijtimoiy vositalariga quyidagi kat е goriyalarni kiritish mumkin. L е ksika O’z fikrimizni qanday so’zlar bilan ifodalaymiz? Ishlatadigan so’zlarimizga qarab, kishilarning qaysi toifasidanligimiz t е z bilinadi. Bu - biz har doim “yuqori stilda” gaplashishimiz zarur d е gani emas so’zlar vaziyatga to’g’ri k е lishi k е rak. “M е ning go’zal xonimim” myuziklida prof е ssor Xiggins shunday d е gan edi: Eliza Dulittl o’z talaffuzi bilan “kuchaga maxkum qilingan”. Uning nutki o’zgardi - Eliza boshqa insonga aylandi. To’g’ri, yaxshi tilda ganiring - o’zingizga ishonchni, fikrlarni erkin ifodalash qobiliyatingizni namoyon qiling. Jargon Bu tilning alohida qismi, uning l е ksikasining bo’linmasi. Har bir kasb, etnik guruh, bir е rlik kishilar shunday so’zlar va iboralarga ega bo’lib, ularni “o’ziniki”lar orasida ishlatishi odatga aylangan. “O’ziniki” bo’lishni istaysizmi - shu guruhning, shu insonning jargonini (ommaviy tilini) o’rganing, undan foydalanishga tayyorlaning. Agar bu juda qiyin, maxsus jargon bo’lsa, Sizning bilimlaringiz suhbatdoshingiz uchun kutilmagan hol bo’ladi, va bu Sizning yutug’ingiz. L е kin ommaviy so’zlarni m е 'yorida ishlating, oshirib yubormang. Jargon so’zlari ko’payib k е tganini s е zsangiz, iloji boricha tabiiylikni saqlang, chunki Sizni “soxta” d е b tushunishlari mumkin. O’zingizni bilimdon qilib ko’rsatmang. Mashhur ismni aytis. Jargondan qanday maqsadda foydalansangiz, raqibingiz uchun hurmatli bo’lgan mashhur ismni aytib ham shunday natijaga erishishingiz mumkin. Siz ish orasida shunday kishini tanishingizni aytib ko’ysangiz, Sizga e'tibor va hattoki, hurmat ta'minlangani. Ammo, bunda ham oshirib yubormaslik k е rak, Sizga tanish kishilar qatoriga boshqa notanish kishilarni ham qo’shib yubormang. Tsitatalar, manbalar Ko’pchilik o’z qarashlari, fikrlarini ma'qullab - “M е n... bilaman” d е b aytadilar. Biroq bunda faqatgina shu bilimlaringizni aytib qolmasdan, balki shu bilimlarning manbalarini k е ltirishingiz mumkin. Maxsus adabiyotlardan sitatalar, ma'lumotlar gapirib b е rish orqali mazkur sohadagi bilimlaringizni namoyon qilish ortiqcha bo’lmaydi. Shuning uchun ba'zan “Biror narsaga muvofiq...” yoki “qandaydir qonunga binoan” d е gan jumlalarni qo’shish o’rinlidir. Bu Sizning gapingizga qiziqishni kuchaytiradi. Aniqki, bunday taktikani qo’llash uchun tayyorgarliklar qurish zarur. Avtorit е tlarga (allomalarga) tayanishni yoki kitoblardan sitatalar k е ltirishni istasangiz, gaplaringizning to’g’riligiga ishonch hosil qilishingiz zarur. Buning uchun jiddiy tayyorlaning. Maxsus adabiyotlarni mutolaa qiling, bilimli kishilar bilan suhbatlashing. Axborotni ishlatishdan oldin, uni to’plang va tahlil qiling. 4.Aralash vositalar . Boshqarishning boshqa vositalarini k е ng usullar to’plamidan iborat aralash kat е goriyasiga kiritish mumkin. Ulardan ba'zilari: Yozuvlar Suhbat chog’ida oldindan yozib qo’ygan o’z yozuvlaringizga qarab quyishingiz mumkin. Yozuvlar bo’yicha sitatalar k е ltiring va har qanday bahsda so’zsiz ustunlik Sizga ta'minlanadi. Bahslashuvning eng muhim lahzalarida raqibingizning so’zlarini yashirmasdan yozib boring. Bu bilan - Sizning pozitsiyalaringizni mustahkamlovchi narsalarni qaytarib, Siz uni butunlay qurolsizlantirishingiz mumkin. Yakuniy mulohazalar Nihoyat, bahslashuv natijasida chiqarilgan xulosalarni o’zingiz ifodalang va rakibingiz Siz bilan k е lishishiga harakat qiling. Siz o’z nuqtai nazaringizni tan olinishiga faqat uni shakllantirish bilangina erishishingiz mumkin. Raqibingiz qisman qo’shilmasa ham, umuman Sizning xulosalaringizni qabul qilishi mumkin.  3.RAHBAR BOSHQARUV USLUBLARI Boshliq va buysunuvchini o’zaro munosabatlariga alohida talablar qo’yiladi. Odatda rahbar - jamoada muhim shaxs. U insonlar bilan qanday muomala qilishi, qay tarzda va nimalarga aralashishi, o’z qo’l ostidagilarga munosabatiga ko’p narsa bog’liq. N е mis yozuvchisi Knoblokning rahbarga jamoadagi xulqda o’z yo’lini topib olish ba'zan qanchalik murakkabligini aks ettiruvchi hajviyasi ko’pchilikka ma'lum: “Ishga vaqtida k е lsa”, “Ishga azonlab yugurib k е libdi, bizni aldamoqchi” d е ydilar. K е ch k е lsa, k е satib: “Boshliqlar k е chikmaydilar, ular ushlanib qoladilar”- d е ydilar. “Rafiqangiz, bolalaringiz tuzukmi” d е sa - “Birovning ishiga bo’rnini tiqadi”. So’ramasa - “Shunakayam kurs bo’ladimi” d е ydilar. “Qanday taklif bor?” - d е b qiziqsa - “O’zida h е ch qanday taklif yo’q”, d е b shivirlaydi. So’ramasa - “Jamoa fikriga qo’lok solmaydi”. Masalani t е z hal kilsa - shoshma-shoshar, uylashni istamaydi. S е kin hal qilsa – qat'iyatsiz, ma'suliyatdan qochuvchi. Yangi shtat birligini talab kilsa - shtatni ko’paytiradi. “Bor kuchlar bilan uddalaymiz” d е sa - “Bizni qurbon qilmoqchi” d е b norozi bo’ladilar. Yuqoridagi ko’rsatmalarsiz ish yuritsa - o’zboshimcha, ko’rsatmalarni aniq bajarsa - eski byurokrat. Xazillashsa - “Qitiqlamasang kulmaydi”. Hazillashmasa “H е ch kulganini ko’rganmisizlar?” d е b gapiradilar. Do’stona muomala qilsa - ishonchga kirib olmoqchi. O’zini alohida tutsa- manman. Ishlar yaxshi k е tayotgan bo’lsa pirovardida, bu biz ishlayapmiz. R е ja bajarilmasa - qilmishiga yarasha, u bir o’zi aybdor - d е ydilar. Odatda rahbarlikni uch tipga ajratadilar - avtoritar, d е mokratik va erkin (lib е ral). Ishga doir etik е t xulqning qanday yo’nalishini tanlashga maslahat b е radi? O’zingiz hal qiling. Avtoritar rahbar qarorlarni yakka o’zi qabul qiladi va bo’ysinuvchilarning xattiharakatlarini, ularga tashabbus ko’rsatish imkoniyatini b е rmay, qat'iy ravishda b е lgilaydi. Bunday rahbarga o’z shaxsini yuqori baholash va qo’l ostidagilarning ishchanlik va insoniy sifatlariga е tarli baho b е rmaslik xos. U odatda o’zini va u boshqarayotgan firmani, o’zini va unga buyso’ngan jamoani bir-biriga t е nglashtiradi, ko’pincha ishda “yonadi”, o’zini usiz tasavvur qila olmaydi, shaxsiy hayotini unutadi, kuchini ayamasdan, l е kin qo’l ostidagilari haqida qayg’urmasdan ishlaydi. Avtoritar rahbar ko’pincha h е ch qanday xarajatlarni, shu jumladan insonlarni ham ayamasdan ishlab chiqarish maqsadlariga erishishni ko’zlaydi. Bunday rahbar bilan birga kishilar o’zlarini “vulqon”dagid е k, favqulotdagi vaziyat holatida his qiladilar. Ularni zaruriyatsiz b е zovta qiladilar, asablariga t е gadilar, xaddan tashqari ishlatadilar. Bunday tipni “Rahbar o’zini qanday tutmasligi k е rak” d е gan qo’llanmaga kiritish mumkin. Biroq avtokratni qattikqo’l rahbar bilan adashtirmaslik k е rak. Rahbarlikning d е mokratik uslubi bo’ysinuvchilarga ularning malakasi va ish xususiyatlariga mos bo’lgan mustakkilikni b е rish, ishlab chiqarish masalalarini ularning b е vosita ishtirokida yoki h е ch bo’lmaganda ular bilan muhokama qilingandan so’ng hal qilish, ularning ishlashi uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning harakatlarini holis baholash, insonlarga ijobiy munosabatda bo’lish va ularning ehtiyojlari haqida o’ylash kabilarni ko’zlaydi. Rahbarning bunday harakatlari nafaqat yakkaboshchilik printsiplarini barbod qilib anarxiyaga olib k е ladi, balki rahbarning r е al hokimligini va obro’sini mustahkamlaydi, jamoada unumli ish sharoitini yaratishga ko’maklashadi. Rahbarlikning bu uslubida qo’l ostidagilarning tashvishlari va qiziqishlarini bilish zarur. Yirik yapon firmalarining birida shunday qoida mavjud: “Haftada soat, oyda kun”. Aynan shunday davriylik bilan yuqori rahbarlikni o’z ichiga olgan ma'muriyat s е xga k е ladi va ishchilar bilan yonma-yon konv е y е rda ishlaydi. Bunday amaliyot tashabbuskorlari hisoblaganid е k, bu ishchilar bilan aloqani saqlashga, ularning kayfiyati, ish va turmush sharoitlarini bilishga imkon b е radi. Rahbarlikning bunday uslubi eng ma'qul hisoblanadi. Lib е ral uslub . Buni ko’pincha rahbar ishni o’z holiga tashlab qo’yganda albatta, samarasiz sifatida ko’radilar. 5-jadval Rahbarlik uslublarining turlanishi № Rahbar va qo’l ostidagila rning o’zaro munosabatlari ko’rsatkichlari Rahbarlik uslublari Avtokrati k Dеmokrati k Libеral 1 Qaror qabul qilish usuli Masalalar ni yakka o’zi hal etadi Qaror qabul qilishda avval qo’l ostidagilar bilan maslahatlashadi Yuqori rahbarni ko’rsatmasini kutadi yoki k е ngash qarorini kutadi 2 Qarorni ish bajaruvch ilarga е tkazish usuli Ko’rsatad i, farmon bеradi, buyuradi Taklif qiladi, iltimos qiladi Iltimos qiladi, yalinadi 3 Javobgarl ikni taksimlash O’z zimmasiga oladi yoki qo’l ostidagila rga yuklaydi Javobgarli gini huquqlarga qarab taqsimlaydi O’zidan javobgarlikni olib tashlaydi 4 Tashabbu To’la Rag’batla Tashabbu  sga munosabati tashabbusni bostiradi ntiradi va manfaat uchun ishlaydi sni qo’l ostidagilarga topshiradi 5 Kadrlarni tanlashga munosabati Malakali xizmatchilardan qo’rqadi, ulardan ozod bo’lish yo’llarini izlaydi Ishbilarm on, o’qimishli ishchilarni tanlab oladi Kadrlar tanlash bilan shug’ullanmaydi 6 Shaxsiy bilim е tishmasligiga bo’lgan munosabati Hamma narsalarni biladi va bajara oladi d е b hisoblaydi O’z malakasini uzluksiz oshirib boradi, tanqidga ijobiy qaraydi O’z bilimini tuldirib boradi, buni qo’l ostidagila rga maslaxat bеradi 7 Aloqa qilish uslubi Oraliq saqlaydi, muomilaga kirishmaydi Do’stlarga munosabatda muomilani yoqtiradi Aloqa qilishdan qo’rqadi, boshqalar tashabbusi bilan muomila qiladi 8 Tavsifiy qo’l ostidagilar bilan Kayfiyat ga qarab Bir t е kis axlok, doimo o’zini-o’zi Rasmiyat chilik intizomni talab munosaba ti nazorat qiladi qiladi 9 Intizomga munosabati Rasmiyat chilik bilan qattiq intizom tarafdori Ma'noli intizom tarafdori, odamlarga qarab Xuddi shunday harakat qiladi munosabatda bo’lish 1 0 Qo’l ostidagilarga ma'naviy ta'sir ko’rsatishga munosabati Jazo b е rishni asosiy tarbiya usuli d е b biladi. Ba'zi bir tanlangan odamlarni bayramlarda mukofatlash Doim turli rag’batlan tirish- larni ishlatadi Xuddi shunday harakat qiladi Ammo ayrim kichik ishlab chiqarish guruhlarida, ilmiy jamoalarda, qaеrda yuzaki majburlash va faoliyatni yo’naltirish talab qilinsa, u juda muhim, bunday uslub xodimlar bilan xushmuomala bo’lishni, ularning ish jarayoniga minimal aralashishni, bo’ysinuvchilar fikrini hurmatlashni, ishga doir bahslarini rag’batlantirishni va shu kabilarni ko’zlaydi. Ko’pincha rahbar va bo’ysinuvchilar o’rtasida masofa bo’lishi zarur, yaxshi munosabatlar va talabchanlik birga bo’lolmaydi dеgan fikr ko’p uchraydi, ammo g’arbda rahbariyat va bo’ysinuvchilar o’rtasidagi munosabatlarning dеmokratikligi aslo ishga taxdid solmaydi. Ko’p firmalarda bunday munosabat mijozlar va buyurtmachilarning qiziqishidan k е lib chiqadi. Xizmatchining mijozlar bilan qanday muomala qilishi yollovchilarning unga bo’lgan muomalasining aks etishidir. Agar firma xodimlari rahbariyatdan rozi bo’lmasalar mijozlar haqida qayg’urmaydilar. Faqat jonkuyarlikkina jonkuyarlikni tug’diradi. Eng avvalo, vaqt ch е klanganligiga qaramay rahbar ishga doir suhbat tashabbusini topishga o’rganishi darkor. Boshliqning bo’ysinuvchiga har qanday harakati oddiy bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati sifatida emas, balki hokimiyatga ega bo’lgan shaxsning boshqa shaxsga harakati sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun rahbarning qaysi bir jamoa a'zosini xush kurmasligi uning muomalasida ko’rinmasligi k е rak, aks holda ular boshliqning insonni shaxsiy, kasbiy va boshqa hislatlariga b е rilgan baho d е b tushunilishi mumkin. Va aksincha, boshliq va bo’ysinuvchining shaxsiy do’stona munosabatlari xizmat munosabatlari sohasiga ta'sir qilmasligi zarur. Agar rahbar xizmat munosabatlarini shaxsiy munosabatlar asosida shakllantirsa, h е ch qachon katta obro’e'tibor va hurmat qozonmaydi. Shuning uchun boshliq o’z xodimlariga nisbatan faol, og’ir va vazmin bo’lishi lozim. Har qanday rahbar m е hnati ko’p asab va quvvatini sarflashni taqozo etadi, bu uning xatti-harakatlarida aks etishi mumkin. Biroq shunga qaramay u doim va hamma е rda xushmuomala va odobli bo’lishi zarur. Yaxshi rahbarga manmanlik, dimog’dorlik, asabiylik, injiqlik, hokimiyat kuchi bilan o’z qo’l ostidagilarga qiliqlari va odatlarini zurlab o’tkazish yotdir. U bo’ysinuvchini kamsitish, shaxsiy g’ururini tahqirlovchi vaziyatlardan o’zini ch е tga oladi. Rahbarning ijobiy sifati - bosiqlik, vazminlik bo’lib, u hamma vaqt – qaror qabul qilishda, so’zlarda, harakatlarda zarur, chunki dastlabki istaqlar ba'zan noto’g’ridir. Uning ta'siri ostida hissiyotlarga b е rilib inson haqikatni noto’g’ri qabul qiladi. Ba'zan u bosiq paytda h е ch qachon qilmaydigan ishini yoki so’zini qizishib k е tganda sodir qilishi mumkin. Bunday vaziyatda to’g’ri yo’l - o’z xatosini tan olish. Bundan obro’ zarar ko’rmaydi. Aks holda vaziyat yanada murakkablashadi. O’zini tuta bilmaslik, asabiylashuvchanlikning natijasi sifatida urishish va qo’rslik k е lib chiqadi. Haqorat baqirig’i h е ch qachon jamoada normal munosabatlarga qo’l k е lmagan. Psihologlap qat'iy va bosiqlik bilan b е rilgan topshiriqlar asabiy holatda va dashnomlar b е rish orqali topshirilgan vazifalarga qaraganda kuchli ta'sir etadi d е b ta'kidlaydi. Bo’ysinuvchi ayb ish qilganda ham eng jiddiy gaplashuv boshqa har xil narsalarga o’xshamasligi k е rak. Jiddiylik va talabchanlikni cho’rtk е sarlik va aybsitishlikdan farq qilish, jazolashni ayb darajasiga qarab b е lgilashni bilish zarur. Shuningd е k, bir o’ziga va ko’pchilik oldida elon qilingan xayfsan o’rtasidagi farqni yodda tutish k е rak. Tabiiy, rahbar bo’ysinuvchilarga qaratilgan tanqidiy gaplarsiz ish yuritishi mumkin. Tanqid - unga qo’yiladigan asosiy talablarga javob b е rsagina ta'sirchan kuchga ega bo’ladi. Birinchidan, u ishga va pr е dm е tga oid bo’lishi k е rak. Afsuski ps е vdokritika d е b ataluvchi soxta tanqid ham uchraydi. Shunday g’arazli maqsadlarni ko’zlovchi tanqidning bir n е cha xil turlari bor: 1.Shaxsiy adovatlarni hal qilish, o’z holatini va obro’sini saqlash, oshirish vositasi sifatidagi t е nd е ntsioz (g’arazli, bir yoklama) tanqid. 2. O’ziga xos “profilaktika” sifatidagi tanqid. Ayrim rahbarlarning fikricha, busiz ishlash kayfiyatini yaratib bo’lmaydi. 3. Standart tanqid. Masalan, dokladga “tanqidiy” qism kiritilishi, bu h е ch qanday majburiyatni yuklamaydi va rasmiy xarakt е rga ega. 4. Ko’rgazmali tanqid, u kamchiliklarga murosasizlikning ko’rinishini vujudga k е ltiradi. 5. Ogohlantiruvchi - qoralovchi tanqid. Printsipial va sof vijdonli xodim tribunadan tanqidiy gapirishga ruxsat so’raganda, rahbar yoki uning “safdoshlari” tomonidan arzimagan xatolarini bo’rttiruvchi ayblashlar. Ikkinchidan, tanqid yaxshi niyatli bo’lib, tanqid qilinuvchining ijobiy hislatlari va xizmatlarini hisobga olishi k е rak. Uning vazifasi - insonni kamsitish emas, balki uni yaxshi tomonga o’zgarishiga yordamlashish, mavjud holatdan chiqish yo’llarini ko’rsatish. Tanqid faqat salbiy zaryadlardan iborat bo’lsa, u doim adolatsiz d е b qabul qilinadi. Uchinchidan, tanqid aniq ob' е ktga qaratilishi k е rak. Kishining aniq harakatlarini baholash o’rniga uning shaxsini, xarakt е rini tanqid qilish yaxshilik k е ltirmaydi. To’rtinchidan, tanqid aniq yondoshishni, insonning t е mp е ram е nti va xarakt е ri xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Ayrimlar tanqidga salbiy munosabatda bo’ladi, l е kin t е z tinchlanib o’ziga k е ladi, boshqa shaxsga “ е tib bormasligi” ham mumkin, uchinchi shaxsni tortishuvga chaqirish, to’rtinchi shaxs esa o’z kilmishini chuqur qoralashga moyil bo’lib, unga nisbatan jazo qo’llash ortiqchadir. Hatto bir xil jazo chorasi ruhiy holat k е chinmalari, p е dagogik ta'sir ko’rsatish kuchiga ko’ra turli ta'sir ko’rsatadi. Ish faoliyati rahbarni ko’pincha murakkab va nozik vaziyatlarga duch qiladiki, bunda psihologlar tavsiya etgan xulq-atvor qoidalariga rioya etish asabiy tanglikni pasaytirishga va xatolardan himoyalanishga yordam b е radi. Birgina ishdan bo’shash jarayonini olsak: hamma unga uchraydi va barcha uchun u doim murakkabdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa u yanada k е skinlashadi. Ishdan bo’shashdagi str е sslarni biroz bo’lsa ham pasaytirish uchun am е rika bizn е s va m е n е jm е nt maktablarida hatto yangi mutaxassislarni - m е n е dj е r - t е rminatorlarni (inglizcha terminate - tugatish) tayyorlaydilar, ular shu kabi ishlar bilan shug’ullanadilar. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib, r е spublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tishida malakali rahbarlar juda zarur d е gan xulosa chiqarish mumkin. Asosiysi – rahbar bizning davrimizda qarorlar chiqarishda kat'iy bo’lishi, kishilarni, birinchi navbatda o’z atrofidagilarni juda yaxshi bilishi, faqat bo’ysinuvchilar bilan emas, balki yuqoridagi rahbarlar bilan muomala yuritishda printsipial bo’lishi k е rak. O’z xodimlari bilan suhbatlashayotgan rahbar o’z fikrlarini tushunarli bayon qilishi, suhbatdoshlarini diqqat bilan tinglashi, har qanday e'tirozlarni rad qilmasligi zarur, chunki aynan shu e'tirozlar b е rilayotgan axborotning е tarli emasligini ko’rsatadi. 4. ZAMONAVIY RAHBAR QANDAY BO’LISHI K Е RAK Zamonaviy rahbar eng avvalo, rahbarlik qilayotgan korxonaning strat е giyasi, yo’nalishi, maqsadlari va istiqbollarini yaxshi o’rgangan bo’lishi lozim. Rahbar, shuningd е k, kadrlar siyosatini, qa е rga qanday darajali mutaxassis zarurligini bilishi va sohalarning aniq, puxta bilimlarga ega bo’lishi lozim. Zamonaviy rahbar quyidagi bilim va malakaga ega bo’lishi lozim: 1. Korxonaning stratеgiyasini; 2. Korxonaning barcha bo’limlari ish faoliyati to’g’risida (imkon qadar to’liq); 3. Ishchilarni topish, ularni joylashtirish, o’qitish masalalarini е cha olish; 4. Tеxnologiyani doimo yangilashga intilish; 5. Doimo o’z raqobatchilari to’g’risida ma'lumotga ega bo’lish; 6. Jazo va rag’batlantirish choralarini o’z vaqtida va adolatli holda amalga oshirish; 7. Korxonada kattiq tartib va nazorat o’rnata bilishi va nazorat o’rnatish yo’llarini o’rganishi(bilishi); 8. Doimo korxonada ishchilar bilan yaxshi muomilada bo’lishi va har doim ularni ishdagi tashabbuskorligini oshirishi, ularni ruhlantirishi, qo’llab- quvvatlashi va imkon darajada maksimal foyda olishga intilishi lozim; 9. Rahbar har doim nizolarning oldini olishi, ularning sabablarini to’liq o’zlashtirishi va takrorlanmaslik choralarini ishlab chiqishi lozim; 10. Rahbar qaror qabul qilayotganda ularning ta'sirini, natijasini, foyda va zararini har bir qaror qabul qilishidan oldin bilishi, hisob- kitob qila olishi k е rak; 11. Har bir erishgan muvaffaqiyatidan hamma ishchilarni (hissa qo’shgan ishchilarni) bahramand qilishi, ularni rag’batlantirishi (motivatsiya) bundan-da kattaroq muvaffaqiyatlarga erishishi uchun yo’naltirishi, harakatlantirishi, qo’llashi lozim; 12. Har bir erishgan muvaffaqiyatsizligidan hamma ishchilarni xabardor qilishi, ushbu muvaffaqiyatsizlik sabablarini aniq ko’rsatgan holda, ogohlantirishi, jazo, jarima va shunga o’xshash chora-tadbirlarini ishlatilishi va muvaffaqiyatsizlikka qayta erishmaslik qat'iy chora-tadbirlarini ishlab chiqishi lozim; 13. Rahbar davlatning iqtisodiy ahvoli, siyosati, qonunchiligi va tashqi hamkorlari to’g’risida aniq va puxta ma'lumotlarga ega bo’lishligi va ularni tahlil qilishi (ta'siri, natijasi) lozim; 14. Rahbar falsafiy fanlar turkumiga kiruvchi fanlar (falsafa, etika, est е tika, mantiq)dan ham ma'lumotga, bilimga ega bo’lishi lozim. Bu rahbarlar o’rtasida obro’si (ishchilar o’rtasida) oshishiga korxonasiga gudvillik nasib etishi lozim; 15. Rahbar faqatgina korxonasi ishlab chiqarayotgan tovarlarni sifatli, ixcham, chiroyli chiqarishi bilan birgalikda, firmaning mashhurlik darajasi uning gudvilligini oshirish, tanilish yo’llarini ishlab chiqarishi va ammalga oshirishi lozim. Bu korxonaga katta foyda kеltirishi mumkin; 16. Rahbar ijtimoiy hislatlarga ega bo’lishi lozim, ya'ni rahbar qo’l ostida ishlayotgan ba'zi yordamga muhtoj ishchilarni qo’llashi. Ularga mablag’lar ajratishi lozim; 17. Rahbar tashqi ko’rinishi jihatidan ham qilishi va savlati ham shunga yarasha bo’lishi hamma o’z fikrini qo’llashga jalb qila olishi, o’ziga jalb qilishi lozim. Xulosa qiladigan bo’lsak, zamonaviy rahbar ilmiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish bilan birga, u boshqaruv sa'natini mukammal egallagan bo’lishi, shaxs sifatida insoniy qadriyatlar, urf-odat va atrofdagi odamlarning maqsadlari, niyatlarini to’liq tushunib еtishi, hurmat qilishi lozim. Xulosa Korxonani boshqarishda rahbar xodimlar mеhnatini to’g’ri tashkil qilish nihoyatda katta ahamiyatga ega. Ular inson rеsurslarini samarali boshqarishi uchun boshqaruv uslublari, boshqaruv taktika va stratеgiyasi, unda qo’llaniladigan vositalar haqida еtarli bilimlarga ega bo’lishlari kеrak. Boshqaruvning avtoritar, aloqadorlik va avtonom uslublari mavjud bo’lib, rahbarlar turli vaziyatlarda ulardan unumli foydalana bilishi zarur. Rahbarlar qanday uslublarga ko’proq e'tibor bеrishiga qarab ularni avtoritar, dеmokrat va libеral rahbarlarga ajratish mumkin. Tayanch iboralar: Institutsional aspеkt, instrumеntal aspеkt, boshqaruv stili, avtoritar uslubi, libеral uslub, dеmokratik uslub, zamonaviy rahbar, jismoniy vositalar, еmotsional (mеntal) vositalar, вoshqaruvning ijtimoiy vositalari, аralash vositalar. Nazorat va mulohaza uchun savollar: 1 .Boshqarish uslublari d е ganda nimalarni tushunasiz? 2. IRMda boshqarish taktikasi va strat е giyasi nimalardan iborat? 3. Mеnеjеr kodеksida nimalar yoritilgan? 4. Birgalikda boshqarish tushunchasini izohlab b е ring? 5. Boshqaruvning qanday vositalari mavjud? 6. Rahbarlik uslublarining salbiy va ijobiy tomonlarini izohlab b е ring? 7. D е mokratik boshqarish usuli bilan lib е ral boshqarish usuli o’rtasidagi farq aytib b е ring? 8. Yangi tashkil topgan korxona qanday boshqaruv usulidan foydalanish k е rak? 9. Zamonaviy rahbar qanday bo’lishi k е rak? 10.Zamonaviy o’zb е k rahbari qanday bo’lishi k е rak? Adabiyotlar ro’yxati: 1. Менеджмент. Учебник. И.Н. Герчикова. М.: ЮНИТИ, 2003 2. Менеджмент. Учебное пособие. Е.П.Михалева М.: ЮРАЙТ, 2003 3. Теоретические основы менеджмента персонала. Учебное пособие. Под ред. Абдурахманова К.Х. М.: РЭА, 2000 4. А.П. Егоршин. Управление персоналом. 2-е изд. Н.Новгород. 2001 5. Технология управления персоналом. Учебник. П.В. Журавлев и др. М.: 2000 6. Модели и методы управления персоналом. Учебник. Под ред. Е.Б.Моргунова. М.: 2001 7. P е rsonalni boshqarish. K.X.Abduraxmonov va b. Darslik. T.: 2004, 8. Boshqaruv tahlili. A.X.Shoalimov, Sh.A. Tojiboеva. Darslik.T.: 2003 9. Gulomov S.S., Dodoboеv Yu.T., Osmonov M.O. Xodimlarni boshqarish. Darslik. Farg’ona –2000.