logo

Jamiyat, davlat, huquq zamonaviy rivojlanishning tendentsiyalari va istiqbollari.Fuqarolik jamiyati tushunchasi va uni shakllantirish yo'llari

Загружено в:

17.09.2022

Скачано:

0

Размер:

81.5 KB
Jamiyat, davlat, huquq zamonaviy rivojlanishning tendentsiyalari va istiqbollari.Fuqarolik jamiyati tushunchasi va uni shakllantirish yo`llari Reja: 1. Jamiyat, davlat, huquq 2. Zamonaviy rivojlanish tendisiyalai 3. Fuqarolik jamiyati Davlat va huquq - uzviy bog`liq ijtimoiy hodisalardir. 1. Davlat va huquqni shakllantiruvchi siyosiy mexanizm. 2. Davlat va huquqning amal qilinishini kafolatlaydi va uni buzilishidan saqlaydi. 3. Muayyan davlatga huquqning tarixan shakllangan turi mos keladi. 4. Huquqni yuzaga kelishi davlatni paydo bo`lishi bilan bog`liq. 5. Huquq davlat nuqtai nazaridan eng muhim bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaydi va tartibga soladi. 6. Huquq mamlakatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va xalqaro maydonda muomila qilish tilidir. Demak huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, adolat va erkinlikka asoslangan yurish-turish qoidalarining tizimidir. O`zbekistonda fuqarolik jamiyati tushunchasi va uni yo`llari O`zbekiston fuqaroligi to`g`risidagi Qonun 1992 yil 2-iyulda tasdiqlangan. Bu qonun O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi asosida qabul qilingan bo`lib, unda fuqarolikning umumiy qoidalari fuqaroliknin vujudga kelishi, to`xtalishi, ota-onalarning fuqaroligi o`zgarganda va farzandlikka olingan bolalarning fuqaroligi bo`yicha ish yurituvchi davlat idoralari, bo`yicha qoidalarning buzulishi ustidan shikoyat qilish tartibi haqidagi huquqiy qoidalar bayon etilgan. Fuqaro so`zi bu bir mamlakatning doimiy aholisi degan ma`noni bildiradi. Fuqarolik-shaxsning u yoki bu davlatga mansubligini ifodalaydi. O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi respublika fuqaroligini belgilaydi. Bu hol davlat mustaqilligini mustahkamlash ishida juda katta ahamiyatga ega. Hech bir mustaqil davlat, o`z fuqarolarisiz yashashi mumkin emas. O`zbekiston Respublikasida inson huquq -Deklarasiyasiga muvofiq respublika fuqaroligi belgilangan. O`zbekiston respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o`zaro huquqlari va burchlarini ifodalaydi. O`zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik o`rnatilgan. Qaroqolpog`iston Respubliksining fuqarosi ayni paytda O`zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo`lgan huquqlari va burchlari o`zaro bog`liqir. Birorta fuqaroni sud qarosiz o`z huquq va erkinliklaridan mahrum etishga yoki ularni cheklashga yo`l quyilmaydi. Tabiiy huquq -insonni jamiyatda yashashi uchun zarur bo`lgan huquq va erkinliklari majmuidir. Masalan: nasl qoldirish, siyosiy mulkka ega bo`lish, hayotini va sog`lig`ini himoya qilish, boshqa odamlarga, jamiyatga va davlatga zarar etkazmaslik; Pozitiv huquq -davlat tomonidan qabul qilingan qoidalar Davlat va qonunchilik o`rtasida o`zaro munosabat o`rnatiladi. Huquqning keng yoki tor ma`noda tushunish mumkin emas, u holda huquq o`z ma`nosini yo`qotadi. O`zbekistonda huquq va uning turlari Huquq - davlat tomonidan belgilangan yoki ruhsat etilgan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy hulq-atvor qoidalarining tizimi. Huquq iborasi ikki ma`noda qo`llanadi: Ob`ektiv huquq -umummajburiy hulq-atvor qoidalarining yig`indisidir. Sub`ektiv huquq -muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo`lgan huquq. Bu ikkala huquq bir-biriga chambarchas bog`langan, ob`ektiv huquq bo`lmasa sub`ektiv huquq ham bo`lmaydi yoki uning aksi. Masalan: Avtomobil -sub`ekt, unga bo`lgan egalik huquqi ob`ektiv holat yoki ob`ektiv huquq. Huquq davlat bilan chambarchas bog`langan. Davlatsiz huquq bo`lishi mumkin emas, chunki aynan davlat huquqni keltirib chiqaradi huquqiy normalarning amalga oshirishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi. O`z navbatida davlat ham huquqsiz bo`lishi mumkin emas. Aks holda u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahru bo`ladi. Huquqning asosiy belgilari: 1. Barcha uchun majburiyligi. 2. Huquq normalarining qonunlar va boshqa muayyan manbalarda ifodalanishi. 3. Sub`ektiv huquqlar orqali harakat qilishi. 4. Davlat mtomonidan ta`minlanganligi. Huquq davlatdan ajralmasdir. Rim huquqida huquqning halol yashash, o`zgalarning xafa qilmaslik, har kimga keraklisini berish kabi qoidalarni yozib qo`yilganligi. Huquq ezgulik va adolat san`atidir. Huquqning asosiy funksiyalari -tartibga solish va muhofaza qilishdir. Tartibga solish funksiyasi - amaldagi ijtimoiy aloqalar va tartiblarni mustahkamlash orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va u yoki bu sub`ektning faol huquqini ta`minlash. Muhofaza qilish funksiyasi - huquqiy himoya va yuridik javobgarlik choralarini belgilash, shaxslarning zimmasiga mas`uliyat yuklash tartibini o`rnatish. Musunlik huquqini islom diniy tizimi bilan chambarchas bog`liqdir. SHariat Islom huquqi - Qur`oni Karim, hadis qiyosidagi Qonun va Qoidalar. Bundan tashqari Amir Temurning adolat devoni, davlatni idora etishdagi siyosiy, huquqiy qarashlari bayon etilgan. Respublikamizda huquq tizimi quyidagi asosiy tarmoqlarini o`z ichiga oladi: 1. Konstitusiyaviy huquq 8. Oila huquqi 2. Ma`muriy huquq 9. Ijtimoiy ta`minot huquqi 3. Fuqarolik huquq 10. Ekologik huquq 4. Jinoyat huquq 11. Moliyaviy huquq 5. År huquqi 12. Fuqarolik - prosessual huquq 6. Agrar huquq 13. Jinoyat - prosessual huquq 7. Mehnat huquqi 14. Xo`jalik - prosessual huquq Avvalgi 3 ta huquqni, ya`ni, konstitusiyaviy, ma`muriy va jinoyat huquqlarini asosiy huquq tarmoqlari deb hisoblash qabul qilingan. YUqoridagi sanab o`tilganlardan, ya`ni, 1-10 tasigacha moddiy mulk tarmog`i bo`lsa, keyingi uchtasi prosessual huquq tarmog`idir. Konstitusiyaviy huquq -konstitusiyaviy tuzim asoslari, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini, mamlakatning davlat tuzilishini, Prezident, Oliy Majlis, hukumat, sud tizimi, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish orgenlarining huquqiy maqomini mustahkamlab qo`yadi. Ma`muriy huquq -davlat boshqaruvi, ijroiya hokimiyat sohasi (hukumat faoliyati, ijroiya hokimiyatning boshqa organlari) da yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik huquqi -mulkiy va u bilan bog`liq shaxsiy munosabatlar (ismga ega bo`lish huquqi, mualliflik huquqi va x.k.)ni tartibga soluvchi huquq sohasidir. Jinoyat huquqi - yordamida davlat qanday ijtimoiy xavfli qilmishlarning jinoiy ekanligini va ularning sodir etilganligi uchun qanday jazolar tayinlashi mumkinligini belgilab beruvchi normalarni o`z ichiga oladi. År huquqi - erga egalik qilish, undan foydalanishi va uni tasarruf etish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Agrar huquq -qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi tarmoqdir. Mehnat huquqi - mehnat munosabatlarini kelib chiqishi, o`zgarishi va to`xtalishi shartlarini belgilovchi, ish kuni va dam olishning davomiyligini, mehnat intizomi, o`smirlar va ayollarni muhofaza qilish kabilarni belgilovchi huquqiy normalarning yig`indisi. Fuqarolik-prosessual huquq normalari sudlarning fuqarorilik, oilaviy, mehnat, er, moliyaviy munosabatlar va boshqa bir qator masalalar sohasidagi faoliyatini tartibga soladiyu Fuqarolik- prosessual huquqga ishlarning cho`jalik sudlari tomonidan qo`rib chiqilishi tartibini boshqaradigan xo`jalik -prosessual huquqi yaqin turadi. Jinoyat-prosessual huquqi sudlov, tergov, prokuratura organlarining jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko`rib chiqish faoliyatini tartibga soladi. O`zbekistonda huquq manbaalari: 1. Xalqaro huquqning umum e`tirof etgan prinsiplari va normalari O`zbeksiton Respublikasining xalqaro shartnomalari. 2. Qonunlar. 3. Qonun osti xujjatlar. Xalqaro huquqning umum e`tirof etgan prinsiplari va normalari-xalqaro huquqning asosiy qoidalari bo`lib, xalqaro huquqning barcha sub`ektlari tomonidan tan olingan va ularni bajarmaslikka yo`l qo`ymaydi. Ular ichida suverenitet xurmat qilish, zudlik ishlatish bilan tahdid qilmaslik, davlatning hududiy yaxlitliligi, chegaralarning buzulmasligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal qilish, ichki ishlarga aralashmaslik, xalqlarning tenghuquqliligi va o`zining taqdirining o`zi belgilash huquqi, insonning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlar o`rtasidagi hamkorlik, xalqaro huquq bo`yicha majburiyatlarni ivjdonan bajarish kabilar bo`lishi mumkin. Xalqaro shartnoma -bu xalqaro huquqning yoki bir necha sub`ekt tomonidan qabul qilingan bitim bo`lib, huquq va majburiyatlarni belgilovchi, o`zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi xujjatdir. O`zbekiston Respublikasi siyosiy-iqtisodiy, huquqiy va maxsus masalalar bo`yicha bir necha ming shartnoma tuzgan. 1995 yilda “O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to`g`risida”gi Qonun qabul qilingan. SHuni alohida ta`kidlash lozimki, xalqaro shartnomalarning qoidalari O`zbekiston qoidalariganisbatan ustunlikka ega. Respublikamizda qonunlar quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1. Asosiy qonun -Konstitusiya 2. Konstitusiyaviy qonun 3. Qonun 4. Qoraqolpog`iston Respublikasining Konstitusiyasi va Qonunlari 5. Qonunosti xujjatlar -bular qonunlar asosida qabul qilingan normativ- huquqiy xujjatlardir. Ularga quyidagilar kiradi:  Respublika Prezidenti Farmonlari  O`zbekiston hukumatining qarorlari  Boshqa ijroiya hokimitya organlarining xujjatlari Ushbu qonunosti xujjatlar tizimida Respublika Prezidentining farmonlari alohida o`rin tutadi, chunki ularni davlat boshlig`i chiqaradi. ushbu farmonlar normativ xususiyatga ega. Vazirlar Mahkamasining qarorlari xo`jalik va madaniy qurilishining eng muhim masalalari bo`yicha qabul qilinadi. O`zbekiston Konstitusiyasida qaror topgan va xalqimizning qadimiy an`analariga xos bo`lgan vijdon erkinligiga katta e`tibor va sidqidildan hurmat ifodalangan. Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari jahon miqyosida ham bir nechta qonuniy xujjatlarda belgilab berilgan. BMT inson huquqlari himoya qiladigan tashkilotdir. 1945 yil 24 oktyabr tarixda BMT tashkil topdi dastlabki yil unga 50 ta davlat a`zo bo`lib, hozirda 190 ta davlatga yaqin BMT a`zo bo`lib turadi. Inson huquqlarini BMTning 4 ta asosiy huquqiy xujjatlarida belgilangan: 1. Inson huquqlari Umumjahon deklarasiyasi -1948 yil 2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`g`risida xalqaro Pakt -1966 yil 3. Fuqarodlik huquqlari va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro Pakt -1966 yil 4. Boj huquqlari to`g`risidagi Konvensiya va boshqa ko`plab xujjatlar 1989 yil O`zbekiston Konstitusiyasida mustahkamlab qo`yilgan barcha huquq va erkinliklarni, burchlarini ajratish mumkin. SHaxsiy huquqlar: YAshash huquqi 24-modda — har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suqasd qilish eng og`ir jinoyatdir. 25-modda -har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. 26-modda - jinoyat sodir etilganda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko`rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanadi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o`zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta`minlab beriladi. Hech bir qiynoqqa solinishi, zo`rovonlikka, shavqatsiz yoki inson qadr- qiymatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Misol: Xo`jabod tumanidagi 14 ta o`g`irlik jinoyatlarini voyaga etkazmagan bola orqali ochilganini ko`rsatish kerak. 27-modda - har kim o`z sha`ni va obro`siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotidagi aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan tashqari birovning turar joyiga kirishi yoki uni ko`zdan kechirishi, yozishmalari va telefonda so`zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas. 28-modda - O`zbekiston fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko`chish, O`zbekiston respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir. 29-modda - har kim fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi Konstitusiyaviy tuzimga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan bog`langan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalan erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin. 30-modda - O`zbekiston Respublikasi barcha davlat organlari, jamoat birlashmalariga va mansabdor shaxslari fuqarolarga huquq va manfaatlariga daxldor bo`lgan xujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim. 31-modda - hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoxlagan diniga e`tiqod qilish yoki qaysi dinga e`tiqodqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarini majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi. Siyosiy huquq. O`zbekiston Kosntitusiyasining quyidagi moddalariga to`la aks ettirilgan. 32-modda - O`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini bajarishda bevosita amda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadir. Bunday ishtirok etish o`zini-o`zi boshqarish, referendum o`tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilanamalga oshiriladi. 33-modda -Fuqarolaro`zining ijtimoiy faolliklarini O`zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq mitinglar, yig`ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadir. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlarni o`tkazishini to`xtatish yoki ta`qiqlash huquqiga egadir. 34-modda -O`zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushishi, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadir. Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda shuningdek, hokimyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qiymatlarini hech kim kamsitishi mumkin emas. 35-modda -har bir shaxs bevosita o`zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, taklif va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko`rib chiqilishi shart. III. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar. 36-modda - mulkdor bo`lish huquqi. 37-modda - mehnat qilish huquqi. 38-modda- dam olish huquqi. 39-modda- ijtimoif ta`minot olish huquqi. 40-modda- malaka tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi. 41-modda - bilim olish huquqi. 42-modda- ilmiy va texnikaviy ijod, madaniyat huquqlaridan foydalanish. Fuqarolarning burchlari 48-modda- Konstitusiya va qonunlarga rioya etish, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qiymatlarini xurmat qilish burchi. 49-modda - O`zbekiston xalqining tarixiy, manaviy va madaniy merosini avaylab asrash burchi. 50-modda- tabiatga extiyotkarona bo`lish burchi. 51-modda- qonun bilan belgilangan soliqlarni to`lash burchi. 52-modda- O`zbekiston renspublikasini himoya qilish va harbiy xizmat majburiyati. Konstitusiyaning 13-moddasida O`zbekiston respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi - deyilgan. SHuningdek, Konstitusiyaning ikkinchi bo`limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari”, erkinliklari va burchlari deb atalishining o`zi Asosiy qonunning insonparvarligini ko`rsatadi. Fuqarolarning istagan dinga e`tiqod qilishi yoki qilmasligi qonun bilan kafolatlanib, ularning ixtiyorlariga berilgan bo`lib, bu huquqlarning amalga oshirilishi me`yoriy qonunlar bilan mustahkamlanadi. Jumladan, fuqarolarning dinga munosabati O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi 1998 yildagi qonun bilan tartibga solinadi, hamda ularning axlsizligi ta`minlanmoqda. Fuqarolarning huquqlarini aks ettiruvchi, himoya qiluvchi, faoliyatini tartibga soluvchi 300 dan ortiq qonun va Parlamentning qonunga tenglashtirilgan qarorlar tizimi vujudga keldi, 1500 dan ortiq Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. O`zbekistn “Inson huquqlari”ga oid 30 dan ortiq asosiy xujjatlar qabul qildi. 1996 yilda (oktyabr) Respublikamizda “Inson huquqlari” bo`yicha milliy markaz tuzildi. Respublikamizda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan bir qator ommaviy tadbirlar ham o`tkazildi. 1996 yil may oyida “Fuqarolarni huquqiy himoya qilish va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish” mavzusida konferensiya bo`ldi. 1997 yil avgustida esa “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” qabul qilindi. Dasturda: -fuqaro, jamiyat va davlatning o`zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati hamda ijtimoiy faoligini oshirish, fuqarolarga huquqiy ta`lim-tarbiya berishdir. O`zbekiston Respublikasining demokratik va huquqiy kurashdan maqsadi - mamlakatda yashovchi har bir kishining huquq va erkinligini to`la ta`minlashdir. Buning uchun, avvalo O`zbekistonda huquqiy asos yaratildi, ya`ni Respublika Konstitusiyasi va qabul qilingan qonunlarda umume`tirof qilingan xalqaro xujjatlar qoidalariga mos keluvchi inson huquq va erkinliklarini belgilab qo`yiladi. Tarixiy tajribalardan ma`lumki, inson erkinliklarini faqatgina qonunlarda belgilab qo`yishlikning o`zi masalani hal qilmaydi, sobiq ittifoq qonunlarida ham ko`plab huquq, erkinliklar belgilanar, lekin ular amalga oshmay qolar edi. O`zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach, inson huquqlari va erkinliklari masalasiga, ularning amalga oshishini ta`sinlashga alohida e`tibor berilmoqda. O`zbekiston respublikasi Oliy Majlisining o`sha 1996 yil avgust oyida bo`lib o`tgan oltinchi sessiyada Respublika Prezidenti I.A.Karimov “Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari” mavzusida ma`ruza qilib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim va ajralmas qismi bu inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi uchtidan doimiy nazoratni kuchaytirish, buning uchun nazorat olib boruvchi tuzumlar tizimini takomillashtirib, bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yaxshilash alohida uqtirildi. SHu masalaning ommaviy ifodasi sifatida 1996 yil 11-13 sentyabrda Toshkentda Åvropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti “Inson va huquq erkinliklari bo`yicha Milliy muassasalar” mavzusida o`tkazilgan seminarni ko`rsatish mumkin. Seminarda xalqaro tashkilotlar va ko`pgina xorijiy mamlakatlar vakillarining e`tirof etishga inson huquqlarini ta`minlash borasida Respublikamizda ko`pgina ishlar qilingan va davlat siyosati bu masalani yuqori darajada hal qilish nazarda tutilmoqda. Seminarda mamlakatlarda inson huquqlariga rioya etilishni nazorat qiluvchi muassasalarning faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan tavsiya va takliflar bayon qilindi. Inson huquqlariga amal qilishni ta`minlovchi vositalardan biri har bir kishining o`z huquqini yaxshi biluvchi, huquqiy ongni yuqori darajada shakllanishi hisoblanadi. SHuning uchun Oliy Majlis sessiyasida insonlarning yangicha huquqiy ongini shakllantirish zarurligini qayd qilib, “SHunday bo`lsinki, har birkishi inson erkinliklari - ayni vaqtda muayyan burch, majburiyat va ma`suliyatli ekanligini chuqur his etib tursin”. Barcha o`quv yurtlarining o`quv dasturlariga “Inson huquqlarini himoyalash” maxsus kursini kiritish, shuningdek, ta`lim va tarbiyani butun jarayoniga insonparvarlik zarur deyiladi. Prezidentning ko`rsatmasini amalga oshirish va inson huquqlari to`g`risidagi ma`lumotlarni barcha ta`lim tizimida o`tishini nazarda tutgan holda, ushbu bugungi sizlarga xavola qilingan ma`ruzani Andijon viloyati xalq ta`limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o`quv planida rejalashtirilgan. Adabiyotlar ro`yxati: 1. O`zbekiston respublikasi Konstitusiyasi Toshkent.O`zbekiston 2003 yil. 2. I.Karimov Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Toshkent. O`zbekiston 1996 yil. 3. I.Karimov Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent. O`zbekiston 1993 yil. 4. A.Azizxo`jaev Davlatchilik va ma`naviyat. T.SHarq. 1997 yil. 5. O.Karimova va boshqalar. Davlat va huquq asoslari (o`quv qo`llanmasi) Toshkent 1996 yil. 6. Islom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatning qo`shma majlisdagi ma`ruzasi. 2005-yil 29-yanvar “Ma`rifat”. 7. Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 13-yilligiga bag`ishlangan tantanali ma`rosimdagi ma`ruzasi. “Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat”. 2005-yil 10-dekabr “Ma`rifat”. 6. O.Ominova Davlat va huquq asoslari kursida ko`rgazmali qurollardan foydalanish o`quv qullanmasi. Sharq. Toshkent. 1997 yil. 7. O`zbekiston Respublikasining Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dastur. Toshkent 1997 yil. 8. A.Saidov, U.Tojixonov Davlat va huquq asoslari. Toshkent. 1999 yil. 9. O.Xusanov, O.Karimova, X.Azizov, X.To`ychieva, Z.Karimov Inson huquqlari. maxsus kurs. Toshkent. 1997 yil. 10. A.Saidov, U.Tojixonov Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent. 2001 yil. 11. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi Q`onuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 12.www.akadmvd.uz