logo

Ish yuritish tili va uslubi. «Texnika» matni. Sintaksis haqida ma’lumot. So’z birikmasi

Yuklangan vaqt:

16.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2976.548828125 KB
MAVZU: ISH YURITISH TILI VA USLUBI. «TEXNIKA» MATNI. SINTAKSIS HAQIDA MA’LUMOT. SO’Z BIRIKMASI 2 3 .0 5 .2 0 2 3 Reja: ◦ 1.Ish yuritish tili va uslubi. ◦ 2.Ish hujjatlari haqida tushuncha. ◦ 3. Hujjatlarga qo‘yiladigan asosiy talablar. ◦ 4. Hujjat turlari va ularning xususiyatlari. ◦ 5. Gramatik mavzu ustida ishlash Hujjatlar va ularning turlari . Ijtimoiy munosabatlar doirasida odamlar, idoralar va tashkilotlar, korxonalar va muassasalar o‘rtasida o‘zaro ish yuritishning ma'lum huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi. Hujjatlarning mukammallik darajasi ular bilan ish ko‘radigan kishilarning savodxonlik darajasi, davlatchilik tarixi va davlat ishlarini yuritishdagi mavjud an'analar, ma'lum darajada kishilar o‘rtasida shakllangan nutqiy madaniyat, ayni paytda, bu hujjatlarga bo‘ladigan zaruriyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini huquqiy asoslarga qo‘yish tarzida amalga oshiriladi. Demak, u davlat yoki davlatlar aro bo‘ladigan ma'lum talablar darajasida amalga oshiriladi va dunyoviy an'analarni ham o‘zlashtiradi. Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi. “ Davlat tili haqida” gi Qonunning qabul qilinishi bu masalani ham huquqiy asosga qo‘ydi. Yangi tahrirdagi Qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ishning davlat tilida yuritilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi alohida ta'kidlab o‘tildi. Mustaqillikdan keyin esa ish yuritishni takomillashtirish, uni milliy asosga qo‘yish masalasiga yana ham jiddiy e'tibor berildi. Ariza Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo'llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma — xildir. Hajm, uslub va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega. Arizal ar SoddaMurakka b Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinadigan turlari ham uchraydi. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi Xizmat arizasi—fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlar hisoblanadi. Da’vo arizalari ana shunday arizalardandir .  Gramatik mavzu Sintaksis o'zbek tili fanining bir bo'limi bo'lib, uning o'rganish obyekti so'zlarning o'zaro teng va tobe bog‘- lanish usullari, gap va uning qurilishi , turlari hisoblanadi. Sintaktik vositalar so'zlarni o'zaro bog'lash uchun xizmat qiladi. * Bog'lovchilar: anor va uzum * Ko'makchilar: ona kabi aziz * Yuklamalar: keldi -yu ketdi * Egalik va kelishik shakllari:Osh ning tuzi * Ohang va tartib: Qizil olma. Daftar, kitob Teng bog’lanish o l m a Nargiza Qor Uzum Guli Yo m g’ irBILAN VA YOKI1B 10 20 12 33 28 34 1F0C10 29 20 1A 0E0D Tobe bog‘lanish doimo ikki qismdan iborat bo‘ladi: tobe bo‘lak va hokim bo‘lak. So‘roq bog‘lanib kelgan qism hokim, so‘roqqa javob bo‘lib keluvchi qism tobe bo‘lak sanaladi. Masalan, chiroyli (qanday?) ko‘ylak, go‘zal (qanday?) mamlakat, dalaga (qayerga?) bormoq. Tobe bo‘lakning hokim bo‘lakkakelishik, egalik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va tobelashtiruvchi ohang yordamida bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi. So‘z birikmasida doimo ikkita qism bo‘ladi. Ularning bittasi tobe, ikkinchisi esa hokim bo‘ladi. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ma’lum bog‘lovchi vosita yordamida bog‘lanadi. Demak, bog‘lovchi vosita tobe bo‘lak oxiriga qo‘shiladi. Bundan faqat egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘langani mustasno. Egalik qo‘shimchasi hokim bo‘lak oxiriga qo‘shiladi. Tobe bo‘lak esa qaratqich kelishigida turadi. Ba’zan qaratqich kelishigi ifodalanmasligi ham mumkin. Masalan, litseyning bog‘i — litsey bog‘i. Bundan ko‘rinadiki, so‘z birikmasida tobe bo‘lak bilan hokim bo‘lakning joylashish o‘rni ham aniq bo‘ladi. Tobe bo‘lak oldin, hokim bo‘lak esa keyin keladi. Tobe bog'lansh So’z birikmasi tobe bog’lanishiga ko’ra 3 turga bo’linadi: Boshqaruvli birikma: Do’stidan kuchli Moslashuvli birikma:Gulning hidi. Bitishuvli birikma:Keng ko’cha. So’z birikma si turlariBoshqaru vli birikma Moslashu vli birikmaBitishu vli birikm a So’z birikmasining boshqaruvli usulida so’zlar o’zaro kelishik qo’shimchalari va ko’makchilar yordamida bog’lanadi. Shunga asosan, boshqaruvli birikma: kelishikli boshqaruv- uydan chiqmoq, ishni bajarmoq, uyga kirmoq, xonada bo’lmoq. ko’makchili boshqaruv- ona kabi aziz. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida bog‘langanda: Masalan: Istiqlol uchun kurashmoq.Toshkent tomon yo‘nalmoq. Ba’zan kelishik va ko‘makchi birgalikda qo‘llaniladi. Bunday vaqtda kelishik tobe so‘z oxiriga yoki ko‘makchi oxiriga qo‘shilishi mumkin. Masalan: Dala tomon ketmoq; Dala tomonga ketmoq. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida bog‘langanda, ko‘p hollarda kelishik bilan birgalikda yoki kelishik bilan alm ashinib qo‘llanilishi mumkin. Natijada kelishik qo‘shimchalari va k o ‘makchilar sinonimiyasi vujudga keladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin: ot -----------------► fe’l -ga -tomon -tomonga -ga tomon Kelishik qo‘shimchalari bilan ko‘makchilar o ‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lsa ham, ular o‘rtasida ma ’lum ma ’no farqlanishi mavjud. Kelishik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda hokim bo‘lak ifodalagan harakatning chiqish yoki y o ‘nalish nuqtasi aniq, ko‘makchi yordamida bog‘langanda esa noaniq bo‘ladi. Masalan, Maktabga ketdi, Maktab tomonga ketdi, Maktab tomon ketdi, Maktabga tomon ketdi Qaratqich kelishigi doimo tushib qola bermaydi. U quyidagi hollarda, albatta, qo‘llaniladi: a) qaratqich bilan qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z kelsa. Masalan, Derazaning qora oynasi; b) qaratqich atoqli otlar va olmoshlar bilan ifodalanganda. Masalan, Ahmadning daftari, Mening daftarim kabi. Yuqorida ta’kidlanganidek, qaratqich va qaralmish munosabatida qaratqich va egalik qo‘shimchalarining ifodalanishi to‘rt xil ko‘rinishga ega. Bu ko‘rinishlar o‘rtasida ma’lum mazmuniy va uslubiy farqlanish bor. Solishtiring: 1) daftarning varag‘i; 2) daftar varag‘i; 3) bizning daftar; 4) daftar varaq.  E’tiboringiz uchun rahmat