logo

Muskullar - gavdaning yuza va chuqur joylashgan muskullari bosh, boyin va yuz (mimika) muskullari

Yuklangan vaqt:

02.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22388.232421875 KB
Muskullar: gavdaning yuza va ch uqur joylashgan muskullari bosh, boyin va yuz (mimika) mus kullari Muskullar joylashgan o’rniga, shakliga, tolalarining yo’nalishiga, lateral yoki medial joylashishiga qarab qator turkumlarga bo’liniadi. Shakliga qarab uzun, qisqa yoki serbar muskullar to’rtburchak (m.quadratus), yumaloq (m.teres), deltasmion (m.deltoideus), kambalasimon (m.soleus) muskullar tafovut etiladi. Ba’zi muskullar bir necha boshli bo’lgani uchun ko’p boshli muskullar turkumiga kiradi; ikki boshli (biceps), uch boshli (triceps) va to’rt boshli (quadriceps) muskullar shular jumlasidandir. Muskul tolalarining yo’nalishiga qarab to’g’ri (parallel) tolali (m.rectus), tolalari aylanma joylashgan (m.orbicularis), ko’ndalang joylashgan (m.transversus), qiyshiq joylashgan (m.obliquus) muskullar tafovut qilinadi. Yarim payli (m.semitendinosus) va yarim pardali (m.semimembranosus) muskullar esa payi bilan go’shtdor qismining bir-biriga nisbati jihatidan boshqa muskullardan ajralib turadi. BO’YIN MUSKULLARI Yuza muskullar (m.m. platysma, sternocleidomastoideus) Til osti suyagi sohasidagi muskullar: a) til osti suyagidan yuqorida joylashgan muskullar (m.m. mylohyoideus, digastricus, stulohyoideus, geniohyoideus); b) til osti suyagidan pastda joylashgan muskullar (m.m. sternohyoideus, sternotryreoideus, thyreohyoideus). Chuqur muskullar: a) yon tomondagi qovurg’alarga birikuvchi muskullar (narvon muskullar); b) umurtqa oldi muskullari.   Ovqat hazm qilish azo lari  Ovqat og’iz bo’shlig’iga lablar, tishlar va til vositasida qabul qilinadi, tishlar yordamida chaynalib, maydalanadi, ayni vaqtda og’iz bo’shlig’iga naylari ochiladigan uch juft so’lak bezlari ishlab chiqargan suyuqlik-so’lak (ekstretlar) ta’sirida qisman parchalanadi, so’ngra halqum teshigi - isthmus faucium orqali halqumga va undan qizilo’ngach orqali me’daga tushadi. Ovqat me’dada ma’lum darajada maydalanib, ezilib, parchalangach, o’n ikki barmoq ichakka, undan och va yonbosh ichakka o’tadi. O’n ikki barmoq ichakda jigar va me’da osti bezining (bu bezlarning yo’llari o’n ikki barmoq ichakka ochiladi) ekskretlar ta’sirida ovqat tarkibidagi oqsillar, uglevodlar (karbonsuvlar) va yog’lar, vitaminlar va mineral tuzlar parchalanadi. Bu moddalar ingichka ichakdagi qon tomirlarga (qisman limfa tomirlariga) so’riladi. Ovqatdagi parchalanmay qolgan, ya’ni hazm bo’lmagan moddalar yo’g’on ichakka o’tadi (yo’g’on ichakda ham ovqat parchalanadi va so’riladi). Hazm a’zolari o’z vazifasi (xizmati) ga munosib ravishda tuzilgan. Hazm a’zolari evolyusion taraqqiyotning quyi pog’onasidagi oddiy hayvonlarda alohida bitta naycha (ichak nayi) holatida mavjud bo’lsa, evolyusion taraqqiyotning yuqori bosqichida murakkab o’zigarishlarga uchraydi. Masalan, chuvalchanglarda ichak nayi uch qismdan (old, o’rta va orqa qismlardan) iborat bo’lsa, umurtqali hayvonlarda boshning tanadan alohida ajralib chiqishi natijasida ichak naychasida alohida bo’laklar: old, o’rta, orqa ichaklar hosil bo’ladi. Old ichakning boshlang’ich qismidan yana alohida ichak (bosh ichak) ham ajraladi. OG’IZ BO’ShLIG’I bo’shlig’i- cavitas oris hazm a’zolari sistemasining boshlang’ich qism bo’lib, ovqat dastlab shu joyda qabul qilib olinadi va me’daga o’tkazish uchun tayyorlanadi. Og’iz bo’shlig’i ikki qismga bo’linadi: a) og’izning kirish qismi yoki dahlizi, b) xususiy og’iz bo’shlig’i. Og’izning kirish qismi yoki dahlizi - vestibulum oris old tomondan yuqori va pastki lablar bilan, tashqi yon tomondan lunjlar bilan, orqa va ichki (medial) tomondan yuqori va pastki jag’ tishlari, milklar bilan chegaralanadi. Ustki va pastki lablar o’rtasidagi yoriq - rima oris og’izga kirish teshigi deb aytiladi. Ustki lab - labium superius va pastki lab - labium inferius yuz terisining birmuncha baland qismidir. Har ikkala labning ikki tomondan bir-biriga o’tgan joylari lablar birikmasi - comissura labiorum deyiladi. Tishlar Tishlar - dentes inson hayotida muhim rol o’ynaydi. Ular ovqatni mexanik maydalab berish (chanash) bilan birga,tishlab uzib olish, so’zlarni to’g’ri talaffuz etishda ham ishtiroq etadi. Shu bilan birga tishlar og’iz bo’shlig’ining dahlizi bilan xususiy og’iz bo’shlig’ini bir-biridan ajratib turadi. Tishlar epiteliy va mezenximadan rivojlanib, shilliq pardaning suyaklangan so’rg’ichlari hisoblanadi. Tishlar yuqori va pastki jag’ qirg’oqlaridan o’sib chiqadi. Tishlar skelet suyaklaridan shu bilan farq qiladiki, ular jag’larga boylamlar yoki muskullar yordamida birikmaydi, balki o’z ildizi bilan jag’dagi tish katakchalari (alveola dentalis) ga xuddi mix kabi kirib (gomphosis) turadi. Nafas olish sistema si. BURUN BO’SHLIG’I - CAVITAS NASI Buruye bo’shlig’i suyak devorlari haqida bosh suyagi bobida aytib o’tgan edik. Quyida burun bo’shlig’ining yumshoq to’qimalariga to’xtalib o’tamiz. Nafas olganda havo to’g’ri o’pka alveolalariga bormasdan, avvalo nafas yo’llaridan, ya’ni burun bo’shlig’idan o’tib, changdan tozalanib, isib va ho’llanib so’ngra o’pkaga boradi. HIQILDOQ Hiqildoq - larynx nafas yo’lining burun bo’shlig’idan keyingi qismi bo’lib, ovoz qiluvchi apparat vazifasini bajaradi. Shu ko’ra, hiqildoq ancha murakkab tuzilgan. Hiqildoq IV-VI bo’ umurtqalari sohasida, bo’yinning oldingi yuzasida joylashgan. ayollarda hiqildoq erkaklardagiga qaraganda bir oz yuqori bolalarda esa, kattalarga qaraganda yuqoriroq, keksa odamlarda o’rta yoshdagilarga qaraganda pastroqda joylashgan. Orqa tomondan halqum, yon tomondan esa bo’yindan o’tuvchi qon tomirlar bilan o’ralab turadi. halqumning oldingi tomonida - teri bilan halqum orasida til osti suyagidan pastdagi muskullar (m.m.sternohyoideus, sternothy ideus) va ularni o’rab turadigan fassiyalar joylashgan. O’PKA-PULMO O’pkalar-pulmones ko’krak qafasida yurakning ikki yonida joylashgan juft nafas a’zosi bo’lib, o’ng va chap o’pka pulmo dexter pulmo sinister dan iborat. O’pkalar kesilgan konusning yarmiga o’xshaydi. Konusning asosi - basis pilmonis past tomondan diafragma tegib tursa, uchi - apex pulmonis birinchi qovurg’adan 3-4 sm yuqori yoki o’mrov suyagidan 2-3 sm yuqoriroqda turadi. O’pkalarning qovug’alarga tegib turgan facies costales bir-biriga qaragan facies mediastinalis va diafragamaga qaragan yuzasi facies diaphragmatica lar tafovut qilinadi. O’pkalarning yuqori uchida chuqur egatcha bor, bu egatcha shu yerdan o’tuvchi o’mrov arteriyasining izidir, ular sulcus subclavius deb ataladi. Har qaysi o’pkada uchta: oldingi, ostki va orqa qirra farq qilinadi. KEKIRDAK Kekirdak - trachea hiqildoqning bevosita davomi bo’lib, uzunligi 9-11 sm, diametri 15-18 mm keladigan naydan iboratdir. Kekirdak VI bo’yin umurtqasi pastki chetidan V ko’krak umurtqasining yuqori chetiga kelganda, aniqroq aytganda IV -V ko’krak umurtqalari orasidagi umurtqalararo tog’ay to’g’risidagi ikkita, chap va o’ng bronxlarga bo’linadi. Bo’lingan yerni kekirdak ayrisi - bifurcatio deyiladi. Kekirdakning yuqori qismi (hiqildoqqa tutashgan qismi) xiyla harakatchan bo’lib, pastki qismi (ayniqsa ayri qismi) deyarli qimirlamay turadi. Siydik va tanosil azol ari Siydik a’zolari (organa urinaria) buyrak, siydik yo’llari, qovuq va siydik chiqarish yo’llaridan iborat. Buyrak. Buyrak - Ren oxirgi ko’krak umurtqasi va I, II bel umurtqalari tanalarining ikki yon tomonida qorin bo’shlig’ining orqa devoriga tegib turadi. Qorin pardasi buyrakni faqat oldi tomondan berkitib turganidan u qorin pardasidan tashqaridagi a’zolar guruhiga kiradi. tuzilishi jihatidan buyrak bezsimon a’zo hisoblanadi. SIYDIK YO’LI Buyrak jomidan siydikni qovuqqa o’tkazib beruvchi nay - siydik yo’li - ureter deb ataladi. Uzunligi 30 sm, eni esa 8 mm keladigan bu nay oldindan orqaga tomon sal yassilashgan bo’lib, qorin pardadan tashqarida turadi. siydik yo’li, joylashishiga ko’ra ikki: pars abdominalis qorin va pars plevina chanoq qismlariga bo’linadi. Katta va kichik chanoq bo’shliqlarini chegaralab turuvchi chiziq (linea terminalis) ana shunday qismlarga bo’lib turadi. Chanoq bo’shlig’iga kirgan siydik yo’li qovuq tubiga tomon yo’nalib, uning devorini teshib o’tadi va bo’shliqqa (qovuq) ochiladi. Siydik yo’lining ana shu qovuq devoridan o’tgan qismini ba’zan yashiringan qismi - pers interamuralis deb ataydilar. Siydik yo’li boshlanish qismiga, qorin bo’shlig’idan chanoqqa o’tish chegarasida va qovg’a kirish oldida birmuncha torayadi. Ayollar siydik yo’li erkaklarnikiga nisbatan 2-3 sm qisqa bo’lib, chanoq bo’shlig’idagi a’zolar bilan topografik munosabati ham birmuncha boshqacha. Ayollar u tuxumdonning erkin qirg’og’i bo’ylab qovuq bilan birgalikda qin o’rtasidagi oraliqqa kiradi va qovurqning tagiga yaqin qismidan qovuqqa qo’shiladi. Erkaklarda chanoq qismi esa urug’ chiqarish yo’lidan tashqarida joylashadi, so’ngra u yerdan qovuq devoriga kiradi. Siydik yo’lining devori uch qavatdan iborat. Eng ichki shilliq qavati- tuunica mucosa dir. Bu yerda shilliq ishlovchi bezlar bor. ikkinchi muskul qavat - tunica muscularis, eng tashqi qavat esa biriktiruvchi to’qima - tunica adventitia dir. TANOSIL A’ZOLARI Erkaklar tanosil a’zolari - organa genitalia masculina ham, ayollar tanosil a’zolari - organa genitalia masculina ham, ayollar tanosil a’zolari - organa genitalia feminina kabi o’z joylashuviga ko’ra ikkiga, ya’ni ichki va tashqi tanosil a’zolariga bo’linadi. THANKS