logo

Dofamin dofaminergik vositalar. Serotonin va serotoninergik vositalar. Parkinson kasalligini davolashda ishlatiladigan dori vositalar

Yuklangan vaqt:

26.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

8596.548828125 KB
DOFAMIN DOFAMINERGIK VOSITALAR. SEROTONIN VA SEROTONINERGIK VOSITALAR. PARKINSON KASALLIGINI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN DORI VOSITALAR REJA: 1. Dofamin tarkibi 2. Farmakologik xususiyatlari 3. Qo`llanishi 4. Nojo`ya ta`siri 5. Dorilarning o`zaro ta`siri 6. Maxsus ko`rsatmalar   TARKIBI VA QO`LLASH BO`YICHA MA`LUMOT Preparatning savdo nomi:   Dofamin-Darnisa Ta‘sir etuvchi modda (XPN):   dofamin gidroxloridi Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat Tarkibi: 1 ml konsentrat quyidagilarni saqlaydi: faol modda:  dofamin gidroxloridi – 5 mg yoki 40 mg; yordamchi moddalar:  natriy metabisulfiti (Ye223), suyultirilgan xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik . Farmakoterapevtik guruhi : Noglikozid kardiotonik vositalar. Adrenergik va dofaminergik preparatlar. ATX kodi:   S01SA04. ANALOGLARI: Dopasis Milaton NORPIN MIOMIL BIOKARD NOREPAYN Noradrenalin Adrenalin Dobutamin Mezaton  FARMAKODINAMIKASI Dofamin noradrenalin biosintezining o‘tmishdoshi. dofamin reseptorlariga spesifik rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, katta dozalarda esa, α- va β-adrenoreseptorlarini ham rag‘batlantiradi. Sistolik arterial bosim oshadi, yurak qisqarishlari kuchayadi, yurakdan otilib chiqadigan qon hajmi oshadi. Yurak qisqarishlari soni nisbatan kam o‘zgaradi. Miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji oshadi, ammo koronar qon oqimini oshishi tufayli, kislorodni olib kelinishini oshishi ta‘minlanadi Past dozalarda (minutiga 0,5-2 mkg/kg) asosan dofamin reseptorlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Mezenterial, bosh miya, koronar qon tomirlarni kengaytiradi, buyrak qon tomirlarining qarshiligini kamaytiradi, Yuborish to‘xtatilganidan keyin samarasi ko‘pi bilan 5-10 minut davom etadi.  FARMAKOKINETIKASI Vena ichiga yuborilganidan keyin yarim chiqarilish davri (T 1/2 ) 5 minutni (o‘rtacha 2 minutni) tashkil qiladi. Yuborilgan dozaning 75% gacha qismi organizmdan birinchi sutkalar davomida nofaol metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Yuborilgan dofaminning 25% gachasi qayta qamrab olinish mexanizmi bilan neyrovezikulalarga tushadi va noradrenalinning sintezi uchun ishlatiladi Ta‘sirini boshlanishi – yuborish boshlanganidan keyin taxminan 5 minut, oxiri – infuziya tugaganidan keyin – 5-10 minut o‘tgach samarasi tugaydi.  QO`LLANISHI: Shok holati yoki shokni kelib chiqishi natijasidagi xavf soluvchi holatlar : -O‘tkir miokard infarkti oqibatidagi yurak yetishmovchiligi (kardiogen shok); -Og‘ir infeksiyalar (infeksion-toksik shok); -Operasiyadan keyingi shok holati; -Arterial bosimining turli genezli og‘ir pasayishi (og‘ir gipotenziya); -O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarida (anafilaktik shok) qo‘llanadi. DOZASI Dozalar Tana vazni 50 kg Tana vazni 70 kg Tana vazni 90 kg 2 mg/kg/min 1,5 ml/soat 2,1 ml/soat 2,7 ml/soat 5 mg/kg/min 3,75 ml/soat 5,25 ml/soat 6,75 ml/soat 10 mg/kg/min 7,5 ml/soat 10,5 ml/soat 13,5 ml/soat 20 mg/kg/min 15 ml/soat 21 ml/soat 27 ml/soat 50 mg/kg/min 37,5 ml/soat 52,5 ml/soat 67,5 ml/soatAgar infuziya uchun eritmani tayyorlash uchun 40 mg/ml Dofamin- Darnisa konsentratining bir ampulasi 50 ml infuziya uchun eritmada eritilsa, ushbu eritmaning 1 ml 4000 mkg dofamin gidroxloridini saqlaydi.   NOJO`YA TA`SIRI: Dofamin qo‘llanganida nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishi preparatning farmakologik ta‘siri bilan bog‘liq . Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan:  bosh og‘rig‘i, bezovtalik, qo‘rquv hissi, tremor, piloereksiya. Sezgi a‘zolari tomonidan:  midriaz. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan:  ko‘ngil aynishi, qusish, me‘da-ichakdan qon ketish. Siydik chiqarish tizimi tomonidan:   poliuriya. Metabolik buzilishlar :  azotemiya, qonda mochevina miqdorini oshishi. Allergik reaksiyalar:  o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, giperemiya, qichishish, terida achichish hissi, bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda – bronxospazm, ongni buzilishi, shok. Mahalliy reaksiyalar:  yuborish joyida reaksiyalar, preparat teri ostiga tushganida – teri, teri osti kletchatkasining nekrozi. Shuningdek mavjud qon tomir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda periferik ishemik gangrena rivojlanishi mumkin. QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR Dofaminga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Feoxromositoma, tireotoksikoz. Taxiaritmiya, qorinchalar fibrillyasiyasi, shuningdek qorinchalarning to‘lishiga mexanik to‘siq bilan kechuvchi holatlar. Gipovolemiya (davolashni boshlashdan avval aylanib yuruvchi qonning tanqisligini to‘ldirish lozim). Yopiq burchakli glaukoma. Siydik tutilishi bilan kechuvchi prostata bezi giperplaziyasida qo‘llash mumkin emas. Siklopropan va galogen uglevodorodlar bilan anesteziyadan saqlanish kerak.  DORILARNING O`ZARO TA`SIRI: Simpatomimetiklar, guanetidin  – Dofamin-Darnisaning simpatomimetik samarasi kuchayadi. Dofamin  siydik haydovchi preparatlarning  ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Anesteziyalovchi vositalar – kardial nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfi oshadi. Butirofenon, propranolol  – nojo‘ya kardial samaralarni rivojlanish xavfi kamayadi. Galotan va Siklopropan.  Dofaminni galotan, siklopropan va yurak mushaklarini sezgiriligini oshiradigan ayrim boshqa anestetiklar bilan majmuada qo‘llanganida yurak qorinchalari aritmiyasi va arterial gipertenziya rivojlanishi mumkin. Qalqonsimon bezi preparatlari  Dofamin-Darnisaning musbat xronotrop ta‘sirini pasaytiradi. Fenitoin yoki trisiklik antidepressantlar –  dofamin bilan bir vaqtda qo‘llash arterial bosimini  oshishiga va bradiartimiyani paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Seligilin  (Parkinson kasalligida qo‘llanadi) – seligininni dofamin bilan bir vaqtda qo‘llamagan ma‘qul. MAXSUS KO`RSATMALAR: Gipoksiya, giperkapniya va asidoz nojo‘ya samaralarni yuz berish ehtimolini oshirib, preparatning samaradorligini pasaytiradi. Davolash ushbu holatlarni muvofiqlantirilishi bilan parallel o‘tkazilishi kerak. Dofaminni yuborishni yurak qisqarishlari soni, arterial bosim, EKG, diurez ko‘rsatkichining nazorati ostida o‘tkazish lozim; shuningdek yurakni zarb xajmi, qorinchalarni to‘lishi bosimi, markaziy venoz bosim, o‘pka arteriyalarining bosimini nazorat qilish lozim. Barcha holatlarda uzoq muddat parenteral davolashda pasient holatini o‘zgarishlari, minutli xajmi va laborator tahlillarga qaramay, elektrolit va kislota-ishqor muvozanatini, jigar va buyrak funksiyasini muntazam nazorat qilish zarur. Shok holatidagi bemorlarga yuborishdan oldin gipovolemiya plazma va qonning o‘rnini bosuvchi boshqa suyuqliklarni yuborish bilan to‘g‘rilanishi kerak. Infuziya kardiomonitor nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Gipotenziyasiz diurezni kamayishi, diastolik arterial bosimni haddan tashqari oshishi yoki aritmiyalarni paydo bo‘lishi, dozani kamaytirish yoki infuziyani to‘xtatish kerakligini ko‘rsatadi.  Chiqarilish shakli 5 ml dan ampulada; 10 ampuladan qutida; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramdan qutida. Saqlash sharoiti Original o‘ramida, 25 o S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.  Muzlatilmasin. Yaroqlilik muddati 4 yil. Dorixonalardan berish tartibi Retsept bo‘yicha.