logo

Blek bo’yicha 1 sinfli karioz kovaklarni restavratsiya qilish

Yuklangan vaqt:

08.09.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

589.3720703125 KB
Blek bo’yicha 1 sinfli karioz kovaklarni restavratsiya qilish Kariyes kovaklarni charxlashning asosiy maqsadi:  1. Patologik o'zgargan emal va dentinni charxlash;  2. Plomba ashyosining turishiga optimal sharoit yaratish va shu bilan birga tishning anotomik va funksional birligini tiklash.  3. Tishlarning kariyes kasalligini mahalliy davolash - patologik o'zgargan to'qimalarni olgandan so'ng, tishning anatomik va funksional vazifasini tiklashdan iborat. Kariyesni davolashda chirigan to'qimalarni turli borlar yordamida charxlab, doimiy plomba uchun optimal sharoit yaratiladi.  Charxlashda bir necha qoidalar mavjud:  1. Charxlash maydoni yaxshi yoritilgan bo'lishi lozim;  2. Tishdagi kariyes nuqsoniga eng qulay yo'l izlash zarur;  3. Ishlatilayotgan borlar toza va o'tkir bo'lishi kerak;  4. Borlarning hajmi charxlanayotgan kovak hajmidan bir oz kichikroq bo'lishi kerak;  5. Charxlashda borning aylanish tezligi baland bo'lishi lozim;  6. Tishning patologik o'zgargan to'qimalarini charxlashda shifokor dastak ushlagan qo’lini ishonchli fiksatsiya qilishi kerak;  7. Dastaklami to'g'ri ushlash lozim;  8. Kariyes kovaklarni charxlash jarayonida dastak ushlagan qo'lni yumshoq to'qimalar zararlamasligi uchun qo'shimcha fiksatsiya qilish kerak;  9. Kariyes kovakni charxlashda tishning topografiyasi, ayniqsa tish bo'shlig'ining kariyes kovakka yaqinligi inobatga olinishi lozim.  1-sinf karioz kovak molar, premolar tishlarning tabiiy fissuralari va hamma guruh tishlarning ko’r chuqurchalarida joylashadi. Blek bo’yicha I sinf karioz bo’shliqlarni charxlash prinsiplari: 1. Kariozli dentinni puxta to’liq olib tashlash; 2. Oldini olish maqsadida kengaytirish – kariyes retsidivi taraqqiy etishini oldini olish maqsadida bo’shliqni tish immun zonalarigacha profilaktik kengaytirish. Immun zonalar – bu tishlarning bo’rtiqlari va qavariq zonalari; 3. Bo’shliqni “yashiksimon” formada, plomba va tishlarning chaynaganda yuzaga chiquvchi kuchlar uchun chidamliligini ta’minlovchi preparovkalar; 4. Osilib turuvchi, tayanchga ega bo’lmagan emal qirralarini, ularning sinishi va kariyes retsidivini oldini olish maqsadida olib tashlash; 5. Plomba qo’yish uchun qulay bo’lgan bo’shliqni shakllantirish.   1-bosqich. Karioz kovakni ochish. Bo’shliqni ochish osilib qolgan va tagida qalin, sog’lom dentin to’qimasini saqlamagan emalni olib tashlashdan boshlanadi. Bunda olib tashlanadigan to’qima miqdori karioz o’chog’i hajmiga qarab belgilanadi. Bu bosqichning maqsadi shikastlangan to’qimaga kirish imkoniyatinini yaratish va karioz jarayonining hajmini aniqlashdan iboratdir. Bo’shliqni ochish kerakli o’lchamdagi olmos yoki qotishmali fissur yoki sharsimon (alangasimon) bor bilan yuqori tezlikda (turbinali dastakda), havo-suvli sovutish bilan amalga oshiriladi.  2-bosqich. Profilaktik kengaytirish. O’rta o’lchamdagi konussimon, alangasimon va fissur borlar bilan amalga oshiriladi. Bu bosqichda bo’shliqqa yakuniy tashqi ishlov beriladi. I.G.Lukomskiy “biologik muvofiqlashtirish” metodi bilan ishlanganda bu bosqich amalga oshirilmaydi. Blekning “profilaktik kengaytirish” metodi bilan ishlanganda bo’shliq immun zonalargacha kengaytiriladi.  3. Nekrektomiya (nekrotomiya, " kariesni  olib tashlash")  Ushbu bosqich karioz bo'shlig'idan yumshatilgan va pit- mentli dentinni  to'liq olib tashlashni o'z ichiga oladi. Morfologik nuqtai nazardan,  ushbu bosqichda parchalanish zonasi va deminerallar olib tashlanadi.  Bo'shliq chegaralari shaffof va buzilmagan dentin zonasida hosil bo'ladi  Shaffof dentin zonasi- bu karioz bo'shlig'ining pastki qismi va  tish pulpasi orasidagi sklerozlangan dentinning bir qismi. Kaltsiy  tuzlari dentin kanallarida (ularning to'liq obstruktsiyasiga  qadar) cho'kishi natijasida hosil bo'ladi. Bu jarayon tirik  odontoblastlar bilan sodir bo'ladi. Dentin naychalarining "tiqilib  qolishi" patogen mikroorganizmlarning, ularning toksinlari va  parchalanish mahsulotlarining pulpaga kirib borishiga to'sqinlik qiladi  va tish va umuman makroorganizmning himoya reaktsiyasi sifatida qabul  qilinadi. karioz jarayoni yanada faolroq, shaffof dentin hosil bo'lishi kamroq namoyon bo'ladi. Shuning uchun, bu joylarda nekrektomiya, qoida tariqasida, buzilmagan dentin ichida amalga oshiriladi. Kariozlangan dentinni olib tashlash ekskavatorlar yoki katta o'lchamdagi sharsimon borlar (karbid yoki po'lat) bilan amalga oshiriladi. Agar karioz bo'shlig'ida katta miqdordagi cho'zilgan dentin bo'lsa, uni o'tkir eks- kavator bilan olib tashlash tavsiya etiladi. Ekskavatorning tish bo'shlig'ini tasodifan ochmaslik uchun uni pastki qismdan devorlarga yo'naltirish kerak. Ekskavatorning o'lchami bo'shliqning o'lchamiga mos kelishi kerak. Juda kichik ekskavatorlardan foydalanish, shuningdek , tish bo'shlig'ini tasodifan ochish xavfini oshiradi. Nekrektomiya katta o'lchamdagi sharsimon yoki nok shaklidagi borlar (karbid yoki po'lat) bilan ham amalga oshirilishi mumkin  3-bosqich. Nekroektomiya. Bu bosqich yumshoqlashgan va pigmentlangan hamma to’qimani olib tashlashni o’z ichiga oladi. Morfologik nuqtai nazardan deminerallashgan to’qima olib tashlanadi. Odatda ekskavator va turli o’lchamdagi sharsimon borlarning uncha katta bo’lmagan tezlikda aylanishi bilan amalga oshiriladi. Eng yumshagan to’qimalarni ekskavator bilan olib tashlanadi. Sharsimon bor bilan boshida devorlarni, so’ngra tubni preparovka qilinadi. Tish pulpasini shikastlanishdan saqlash uchun bor harakatlari bo’shliq markazidan tishning tashqi yuzasiga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.  4-bosqich. Bo’shliqni shakllantirish. Yuza va o’rta kariyesda ishlov berish jarayonida bo’shliq “yashiksimon” shaklga kirishi kerak. Devorlar bir-biriga parallel va tubga perpendikulyar bo’lishi kerak. Chuqur kariyesda pulpa shoxlariga yaqin sohalarda tubni bo’rtiq holida qoldiriladi. Bo’shliqqa talab etilgan shaklni berish uchun maxsus suv sovutgichli silindrik (devorlarning shakllanishi), teskari konussimon (tekis tubni shakllanishi) va noksimon borlarni qo’llagan yaxshiroq, chunki bo’shliqning shakllanishi tish pulpasi bilan to’g’ridan-to’g’ri yaqinlikda amalga oshiriladi. Bu holatda qattiq to’qimalarning qizib ketishi yallig’lanishga olib kelishi mumkin. Chuqur kariyesda tub katta sharsimon borlar bilan shakllantiriladi. Bo’shliq devorlari chaynash vaqtidagi yuklamalarda sinib tushmasligi uchun imkon boricha qalinroq qoldirilishi kerak. Deformatsion zo’riqishni pasaytirish maqsadida plombirovka materialida bo’shliq chegaralari orasida burchaklarni yumaloqroq shakllantirish zarur. G’ildiraksiomn borlar yordamida dentinda bo’shliqni shakllantirishda egatlar ko’rinishidagi plombaning qo’shimcha fiksatsiyasini ta’minlovchi retension punktlar yaratiladi.  5-bosqich. Emal qirralariga ishlov berish (finirlash) bo’shliq shakllanishining yakuniy bosqichi hisoblanadi. Bu ishonchli qirrali yopishni ta’minlash va ikkilamchi kariyes rivojlanishini oldini olish maqsadida o’tkaziladi.  Emal prizmalarining yuza qismi karioz bo’shliqqa kirish teshigi oldida dentin tomonidan tayanchga ega emas va chaynov bosimiga eng qarshiligi kam bo’lgan soha hisoblanadi. Ularning sinishi ikkilamchi kariyes hosil bo’lishiga olib keladi. Priparovkalashda bo’shliq qirrasi bo’yicha 45⁰ burchak ostida qiyshiqlik (fals) yaratish ko’zda tutiladi. Bundan tashqari, hosil qilingan qiyshiqlik plombirovka materialining kontakt yuzasini kattalashtiradi va plombaning chaynov bosimi vaqtida o’qidan siljishdan himoya qiladi. Emal qirralarini tekislash va qiyshiqlikni yaratish ignasimon, alangasimon yoki konussimon shaklli olmos borlar yordamida, suv sovutgichni qo’llash bilan yuqori tezlikda harakatlanishda o’tkaziladi.     Blek tasnifiga binoan, l sinf bo’yicha karies bo’shlig‘ining shakli tish charxlangandan so’ng uning shakli qaysi yuzasida joylashuviga bog‘liq bo’lib, silindrik, uchburchak, to‘rtburchak, rombsimon, qo‘shuv belgisi, gantelsimon bo‘lishi mumkin. Bir tishda bir qancha karies bo‘shlig'i bo'lsa, u holda bo‘shliqlar bitta devor bo’ylab qo‘shilgan holda shakllantiriladi, tubi esa yassi shaklda bo‘ladi.  I sinfni charxlash. Kovak premolar va molar tishlarning chaynov yuzalaridagi fissuralarida bo'lsa, sharsimon, g'ildiraksimon, konussimon borlar bilan zararlangan fissuralarni charxlab, ularga krestsimon, qaldirg'och dumi, oval yoki yumaloq shakl beriladi. Kariyes bilan zararlanmagan do'mboqlar saqlanadi. Yuqori jag' birinchi molarining chaynov yuzasi zararlanganda emal valigi saqlanadi. Molarlarning fissurasida chuqur kariyes kovagi bo'lsa, chaynov yuzasida qo'shimcha maydon va retension nuqtalar hosil qilinadi. Qo'shimcha maydonning eni asosiy maydon eniga teng bo'lib, chuqurligi emal-dentin chegarasidan 0,5- 1 mm pastroq bo'lishi kerak. Asosiy maydon tubi qo'shimcha maydon tubiga to'g'ri burchak ostida bevosita davom etishi kerak. Molar va premolar tishlarning lunj chaynov yuzalari fissurasi kamroq zararlanganda, uncha katta bo'lmagan kovaklar shakllantiriladi, Class I : Yuqori jagʻ 1-molyar tishning medial doʻmbogʻi pastki jagʻ 1-molyar tishning distal va medial doʻmbogʻi oʻrtasida boʻladi. Class II -1 : Yuqori jagʻ 1-molyar tishning medial doʻmbogʻi pastki jagʻ 1-molyar tishning medial doʻmbogʻi ustida yoki undan oldinda joylashadi. Yuqori markaziy tishlar protruziya holatida bo’ladi. Class II -2 : Yuqori jagʻ 1-molyar tishning medial doʻmbogʻi pastki jagʻ 1-molyar tishning medial doʻmbogʻi ustida yoki undan oldinda joylashadi. Yuqori markaziy tishlar retruziya holatida bo’ladi. Class III : Yuqori jagʻ 1-molyar tishning medial doʻmbogʻi pastki jagʻ 1-molyar tishning distal doʻmbogʻi ustida yoki undan orqada joylashadi.