logo

Avtomatlashtirish vositalari va boshqarish sistemalarini sozlash. GM sistemasi ob’ektlarida ishga tushirish – sozlash ishlarini tashkil qilish

Yuklangan vaqt:

28.04.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2973.26171875 KB
Avtomatlashtirish vositalari va boshqarish sistemalarini sozlash. GM sistemasi ob’ektlarida ishga tushirish – sozlash ishlarini tashkil qilish Reja: 1. O‘rnatilgan avtomatlashtirish vositalari va avtomatik tizimlarini ekspluatatsiyaga topshirish. 2. Ishga tushirish-sozlash(naladka) ishlarini tashkil qilish. 1.O‘rnatilgan avtomatlashtirish vositalari va avtomatik tizimlarini ekspluatatsiyaga topshirish.   Montaj ishlari tugallangach obyektni buyurtmachiga topshirgunga qadar va ishga tushirish-naladkadan oldin o‘rnatilgan jihozlar, asboblar, vositalar induvidual tekshirishdan o‘tkaziladi. Bu ishlarni montajchilar bajaradi. Individual tekshirish texnologik va avtomatik sistema ishlamay turganida bajariladi. Tekshirishdan maqsad qurilmalarni soz va butligini bilish, montaj ishlari sifatli bajarilganligini ko‘rish. Asboblarni yaxshi ishlab turishiga ishonch hosil qilinadi.  Bu yerda quyidagilar bajariladi:  montaj ishlari loyiha bo‘yicha bajarilganligi, asboblar AV ning to‘g‘ri ulanganligi, elektr va quvurli tarmoqlar to‘g‘ri sxema bo‘yicha bajarilganligi, bajarilgan ishlar montaj ishlari yo‘riqnomasi va SNIP, TXK ga mos bajarilganligi.  elektr tarmoqlar uni elementlarini qarshiligi pasportidagiga to‘g‘ri keladimi, agar to‘g‘ri kelmasa shu qarshiliklarga keltiriladi.  avtomatik vositalar, nazorat o‘lchov asboblari, avtomatika elementlari kirish ta’sirlarida to‘g‘ri harakatlanadimi, funksional vazifasini bajara oladimi, tekshiriladi.  avtomatik vositalar, nazorat o‘lchov asboblari , avtomatika elementlari komplektligi va texnik hujjatlari o'z o'rnidaligi ko'riladi. Individual tekshirishlar o'tkazilganidan keyin montaj ishlari tugallanganligi to‘g‘risida tegishli shaklda akt qilinadi. Aktga quyidagilar biriktiriladi:  montaj paytida qirilgan o‘zgarishlari bilan ishchi chizmalar.  ishchi loyihadan chetga chiqilgan bo‘lsa ruxsat beruvchi hujjatlar ro‘yhati.  yopiq usulda bajarilgan ishlar akti.  quvurli tarmoqlarni sinov aktlari.  elektr tarmoqlarning izolyatsiyasining qarshiligini o‘lchash aktlari.  qishda, yana kabellarni qizdirish aktlari.  avtomatik vositalar, nazorat o‘lchov asboblarining stendda sinov aktlari.  barcha vositalar, qurilmalar, asboblarining pasport, yo‘riqnoma, chizma sxemalari.  o‘rnatilgan avtomatik vositalar, nazorat o‘lchov asboblarining (vedomosti) tegishli shaklda bajarilgan ro‘yxati.  himoyalovchi quvurlarni ajratib turuvchi zichlanishlarining puxtalikka sinash aktlari (portlash xavfi bor xonalarda).  Tekshirilgan va bajarilgan ishlari akt qilingan obyektda ishchi komissiya SNIP (qurilib bitkazilgan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish) talablari bo‘yicha kompleks tekshirish o'tkazadi. Bino va inshootlarni qurilmalarni kompleks tekshirish akti tuziladi. Akt imzolanganidan keyin obyekt buyurtmachi ixtiyoriga o'tadi. Montaj ishlaridagi kamchiliklar yetishmovchi elementlar to'ldirilishi uchun aniq muddatlar belgilanadi. 2.Ishga tushirish-sozlsh(naladka) ishlarini tashkil qilish. Obyekt kompleks tekshirishdan o‘tgach uning avtomatik vositalar, nazorat o‘lchov asboblari va tarmoqlar, armatura, barcha ulanishlarda ishga tushirish-naladka ishlari bajariladi. Bu ishlarni maxsus ishga tushirish naladka tashkilotlari bajaradi. Nazorat o‘lchov va avtomatika tizimlarining naladkasida (sozlashda) ko'pincha haroratni o‘lchov zarurati bo‘ladi. Har qanday texnologiya yoki texnik vositaning ish rejimlarini nazorat qilishda o‘lchov tizimlarini sozlashda avvalo loyiha hujjatlari va chizmalar bilan tanishib chiqiladi. Bunda quyidagilarga e’tibor beriladi. Sistema tarkibi (birlamchi o‘zgartkichlar, ikkilamchi asboblar) ko‘rsatkichni masalan haroratni o'zgarish oralig’i, o‘lchov oralig’i, belgilangan nuqtada yoki joyda atrof muhit xarakteri va boshqalar.  Pasportlari bo‘yicha birlamchi o‘zgartkich va o‘lchov asboblarining harakteristikalarini texnologik jarayon ko‘rsatkichiga va bir-biriga mosligi tekshiriladi. O‘zgartkichning to‘g‘ri o‘rnatilganligi qarab ko'riladi. Himoya armaturasi va vositalari atrof-muhit sharoitiga mos bo‘lishi zarur. Elektr jihozlarning izolyatsiyasi qarshiligi megaometr bilan tekshiriladi. O‘lchov tizimi elementlarini sozlash va tekshirishda odatda ikkita naladchik faoliyat yuritadi. Uzilish joylari ulanish qutilarida yoki asboblar ulangan tutashmalarda bo‘lishi mumkin. Agar o‘lchovlarda asbob «0» (nol) bo‘lib qolsa, tashqi zanjirda qisqa tutashuv qidiriladi. Asboblarning sezgirligi tashqi elektr va magnit maydonlarining o‘lchov tarmog‘iga ta’siri natijasida pasayishi mumkin. Bu holda yerga ulanish va ekranlar tarmog‘i himoyalovchi quvurlar va jihozlar tekshiriladi.   Elektr issiqlik tok relesi elektr motorlarni uzoq muddat ishlab turganda qizishdan himoya qiladi. Issiqlik tok relesi qo‘shimcha toki rostlanuvchi manba va aniqligi 1,5 dan yuqori bo‘lgan ampermetr bilan tekshiriladi. Bunda sozlash ishlari quyidagi jarayonlardan iborat bo‘ladi. • rele tarmoqdan ajratiladi, ulanib qolishining oldini olinadi. • uch fazali relelarda biror kuch tarmoq simi (elektr motorga ulanadigan) ajratib olinadi. • relening qizdirish elementlarini ketma-ket ulab, ajratilgan tok manbasiga ulanadi. • relening tokini rostlovchi vinti maksimal tokka to‘g‘ri keluvchi holatiga keltiriladi. • tok manbai korpusi yerga ulanadi. • rele tokini rostlovchi vintini minimal tokka keltirib, tok manbasi tarmoqga ulanadi va kuchlanish sekin asta oshirib boriladi. • tok manbasini rostlab rele tarmog‘ida I=1,05 I ndv tok o‘rnatiladi va shu tok bilan rele 0,5 soat davomida qizdiriladi. • rele tokini rostlovchi vintni tokning kamayishi tomoniga oxista burab releni ishga tushishiga erishiladi. • 3-5 minut o'tkazib yana tarmoq ulanadi, rele kontaktlari ham dastlabki holatiga qaytariladi (tugma yordamida). • yana tok manbai ulanadi va tarmoqda I=1,05 I n miqdoridagi tok o‘rnatilib yana sinovlar takrorlanadi. Releni ishga tushishiga erishiladi va sozlash takrorlanadi. • tok manbasi o‘chiriladi va tarmoqdan ajratiladi relening qizdirish elementlarini dastlabki holatidek o‘z o‘rniga ulab qo‘yiladi. Issiqlik relesi elementlarida qizdirish elementlarida yemirilish, qurumlanish yoki detallar korroziyasi kuzatilsa ular yechib olinadi tozalanadi ta’mir qilib, joyiga o‘rnatiladi, sozlanadi va statsionar stendda tekshiriladi.  Gidromeliorativ tizimidagi nazorat o‘lchov tizimlarida suv yoki boshqa suyuqliklar sarfi miqdorini o‘lchash tez-tez uchrab turadi. Sarf miqdorini o‘lchash asboblariga yuqori talablar qo'yiladi va ular to‘g‘ri naladka (sozlangan) qilingan bo‘lishi kerak. Hujjatlar bilan tanishib chiqilgach birlamchi vositalar (o‘zgartkichlar) to‘g‘ri o‘rnatilganligi ko'riladi. Elektrodlar vintlar tozalangan, begona jismlar yopishmagan bo‘lishi shart. Eletrodlar doim toza bo‘lishi uchun ular suv (suyuqlik) tarmog‘ining to‘g‘ri qismiga o‘rnatilishi va ishlab turgan holatida o‘z o‘rnida tozalash shtutserlari o‘rnatilgan bo‘lishi zarur.  O‘lchov tarmoqlarida xatoliklarni kamaytirish uchun kuch tarmoqlar ta’siridan (shovqinni yo‘qotish uchun) muvozanatlovchi ta’sirlar qo'yiladi, masalan potensiometr- ni rostlab qo‘yish yordamida (induksion sarf o‘lchagich IR- 51 da). Bu yerda o‘lchov asbobi va o‘lchov bloki yaxlit kontur qilib yerga ulanadi va kabel korpusiga ulanadi. Kabel kuchli elektr tarmoqlardan uzoqroqda o'natilishi kerak. Sarf o‘lchov asbobining to‘g‘ri ko‘rsatishi hajmi ma’lum sig‘imga yig‘ilgan suyuqlik miqdori va uni to‘ldirish uchun ketgan vaqtiga qarab aniqlanadi. Nazorat savollari: 1. Montaj ishlari loyiha bo‘yicha bajarilganligi haqida gapirib bering? 2. Aktga nimalar kiradi? 3. Ishga tushirish-sozlsh(naladka) ishlarini tashkil qilish haqida gapirib bering? 4. Sozlash ishlari qanday jarayonlardan iborat bo‘ladi? E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT !