logo

Yozma manbalarda O’rta Osiyoning eng qadimiy o’lkalari va ularning joylashgan hududlari atalishi

Yuklangan vaqt:

24.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1867.7021484375 KB
Mavzu: Yozma manbaalarda O’rta Osiyoning eng qadimiy o’lkalari va ularning joylashgan hududlari atalishi Reja: 1. “ Avesto” - O'rta Osiyo toponimikasi haqida muhim manba. 2. Eron yozuvlari, hind va xitoy manbalarida toponimik ma'lumotlar. 3. Yunon manbalarida O'rta Osiyoning toponimlari. “ Avesto” - O'rta Osiyo toponimikasi haqida muhim manba. O'rta Osiyo va uning geografik nomlari to 'g 'risidagi eng qadimgi ma'lum otlar Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da uchraydi. “Avesto”ning turli qism lari qadim gi geografik tushunchalar - daryolar. tog'lar, ko'llam ing nomlari, qadimgi mamlakatlar ro'yxati, hududiy, etnik qabilalar va viloyatlarning nomlari, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy-siyosiy tuzum ,qadimgi qabilalar o'rtasidagi siyosiy kurashlar, zardushtiylarning diniy falsafasi kabi ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Dastlabki “ Avesto” 21 ta kitobdan iborat bo'lib. bizning kunlarimizgacha uning Yasna - “ qurbonlik qilish". V isparat - “ham m a hukm ronlar”, Yasht - “qadrlash”, “ulu g 'lash ” , Videvdat - “devlarga qarshi qonunlar” kabi qismlari yetib kelgan. “A vesto”da O 'rta Osiyo viloyatlam ing eng qadimgi nom lari haqida m a'lum otlar m avjud. Xususan, Yasnaning 3-kitobi va Videvdatning 1-kitobida ular haqida m a'lum otlar sanab o'tiladi. Yasnadagi davlatlar ro'yxatida "Aryonam Vayjo” yoki “Oriylar yurti” . Bu yurtda ko'plab yaylovlar, uzun tog'lar, k o 'llar va daryolar mavjud. Bu yurtdan keyin Porutu, Iskata, Mouru, Gova, Sug'da, Xvarizam yurtlari sanab o'tiladi. Yasna kitobida oriylar yurti to'g'risida quyidagicha yozib o'tiladi: “Bu yurtning qo'shinlari ko'pgina yurishlar uyushtiradilar, keng yaylovlarda ko'pgina m ollam i boqadilar” . 08 15 33 18 15 “ Videvdat” kitobida zardushtiylarning ulug' va dono xudosi Axuramazda payg'am bar Zaratushtraga quyidagilarni xabar qiladi: “ Spitama Zaratushtia Odamlar yashaydigan joylarda baxt kam bo'lsa ham Men ularga tinchlik va xotirjam lik yaratganm an. Birinchi bo'lib Men odamlar uchun Vanxvi Dat'yo daryosi bo'yida eng yaxshi yurt bulgan Aryonam Vayjoga asos soldim. lkkinchidan. Men Axuram azda, eng yaxshi yurtlardan biri Gava Sug'duga asos soldim. U chinchidan. Men Axuram azda eng yaxshi yurtlardan biri qudratli M ouruga asos soldim. To'rtinchidan, Men Axuramazda eng yaxshi yurtlardan biri baland bayroqli va go'zal Bahdiga asos soldim ” . Videvdatning birinchi bobida sanab o'tilgan yurtlar Yasnada keltirilgan yurtlar ro'yxatidan farq qiladi: Aryonam Vayjo, Gava, M ouru, Bahdi, Nisayyo, A r'yo, Urva, Xnanta, Raga, Chaxro. Varna va ismsiz Hindistonning 7 ta viloyati. “ Avesto” matnlarida O'rta Osiyo chegaralari Afg'oniston, shimoli-sharqiy Eron va O'rta Sharq chegaralari bilan bog'lanadi. Videvdatning alohida irnxsus bobida Aryonam Vayjoning Vanxvi Dat'yo daryosi bo'yida joylashganligi yozib o'tiladi. Aryonam Vayjoning chcgaralari to 'g 'risid a “Avesto”da aniq ma'lumotlar yo'q . Bu yerda u baland tog'lik luidud deb eslatiladi. Vanxvi Dat'yo daryosi qaysi daryo ekanligi ma'lum emas. Ko'plab olimlar (S. P. Tolstov,B.G'ofurov, V.Abayev, A.Sagdullayev. M. Ishoqov. I. Jabborov va hokazolar)ning fikricha, “Avesto”da keltirilgan Zanlushining valani Ar'yanem Vaychax bu Xorazm Daitiya daryosi esa Anuidarvodir 1E 12 3D 24 17 Shuningdek, “Avesto"dan yana bir keng daryo Ranxa ham eslatiladi. Ba'zi olimlaming fikricha, bu Sirdaryodir Qadimgi Yunon olimlarining ma'lumotlariga ko'ra esa skiflar tilida Kabu Volpuldir. Qadimgi Eron yozuvlari O'rta Osiyo tarixi va toponim ikasi haqida qadimiy va muhim manbalardandir. Bunday yozuvlar ahamoniylaming qadimgi poytaxti Persopol'. shuningdek, Suza va Ekbatana (hozirgi Hamadon) shaharlari va uning atrofida topilgan. Masalan. pishiq sopol taxtachaga o'yib yozilgan bir katibada Doro 1 (m iloddan avvalgi 522-486- yy.) hukm ronligining dastlabki yillarida (m iloddan avvalgi 494—490-yiliar orasida) Suzada bunyod etilgan saroyning qurilish tafsiloti, aniqrog'i qurilishga ketgan materiallarning qaysi mamlakatdan keltirilganligi yozilgan taxtachadagi ma'lum otlarga ko'ra, oltin Lidiya bilan Baqtriyadan, qimmatbaho toshlar, lazurit va serdolik (qizil va qizg'ish rangli tosh) So'g'diyonadan, feruza Xorazm dan olib kelingan. Persopoldan (Sherozning shim oliy tarafida, undan taxm inan 50 km m asofada joylashgan miloddan avvalgi 520 -4 50-yillar oralig'ida qurilgan shahar) topilgan yozuvlar va tasviriy suratlar - rel'eflar katta ilmiy qiymatga ega. Ular orasida Apadana zinalari ustiga ishlangan tasviriy suratlar alohida aham iyat kasb etadi. Suratlarda (balandligi 3 fut-ingliz o'lch o v birligi 91,44 santim etrga teng) ahamoniylarga tobe bo'lgan 23 satraplikdan (qaram mamlakatdan o'lpon olib kelgan kishilar qiyofasi tasvirlangan. Persopoldan 6 m ilya - qariyib 9 km m asofada, uning shimol tarafida Husaynkuh qoyalarida aham oniylardan Doro I, Ksereks I (m iloddan avvalgi 486 - 465-yy.), Artakserks I (m iloddan avvalgi 465 - 424-yy.) hamda Doro II (m iloddan avvalgi 424—404-yy.)larning maqbaralarini hamda ularga kiraverishda o'yib yozilgan katibalar bor. Mazkur yodgorlik sosoniy sarkardalardan Rustam (636-yilda arablar bilan bo'lgan jangda halok bo'lgan) nomi bilan ham bog'liq va tarixda ko'pincha Naqshi Rustam deb ataladi. Katibalarda, ayniqsa Doro I surati ostiga yozilgan katibada, uning davlati ko'klarga k o'tarib m aqtaladi, uning tarafidan bosib olingan xalqlar esa itoatkorlikka va halol m ehnat qilishga chaqiriladi, bo'ysunm aganlar va shu sababdan jazoga mahkum etilganlarning nomlari qayd etiladi. Muhimi shundaki, katibada ahamoniylarga tobe bo'lgan 23 satraplik va xalqlarning to'la ro'yxati yozilgan. Bular orasida parfiyaliklar, baqtriyaliklar, so'g'diyonaliklar hamda xorazmliklar ham bor. O'zbekistonning miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga oid tarixi yozma manbalarda qisman yoritilgan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da, ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida va qadimgi Yunon-Rim yozma manbalarida o'lkamizdagi xalqlarning nomlari, alohida joylar, tog'lar, daryolar va ko'llarning nomlari, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlari, aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud. «Avesto» asarida Xorazm, Baqtriya va So'g'd tuprog'ida paydo bo'lgan. «Avesto»ning eng qadimgi geografik nomlari O'rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlari bilan bog'lanadi. «Avesto» kitoblari quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi: qadimgi geografik tushunchalar, hududiy, etnik, qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqida ma'lumotlar. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Azizxo'jayev A. Davlatchilik va madaniyat. - T.: Sharq, 1997. 2. Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi. T., 2000. 3. Abduraimov M.A. Ocherki agrarnix otnosheniy v Buxarskom xanstve v XVI pervoy polovine XIX veka. T.I. Tashkent: Fan, 1966. 4. Abduraimov M.A. Vopros feodalnogo zemlevladeniya i feodalnoy renta v pismax Emira Xaydara. Tashkent: An UzSSR, 1961. 5.Alimov U. A., Mirzaaxmedov D.A. K istorii mavzoleya Boboi Poraduz v Buxare// Istoriya materialnoy kultur Uzbekistana. Tashkent, 1982. Vp. XVII. S. 169. 6. Zohir A'lam. Qadimgi tarixchilar O'rta Osiyo haqida. Terma parchalar. T.: Yurist-media markazi, 2008 y. 7. Sagdullayev A. Qadimgi O'zbekiston ilk yozma manbalarda. T.: 1996 y 8. Saidboboyev .Z. Tarixiy grografiya. Toshkent. 2010 y.