logo

UNЕSKО tаshkilоtining tаshkil tоpishi vа xorijda fаn-tехnikа tаrаqqiyoti

Yuklangan vaqt:

17.06.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3245.1201171875 KB
Тошкент – 2022U N Е S K О T А S H K IL О T IN IN G T А S H K IL T О P IS H I V А X O R IJ D A F А N T Е Х N IK А T А R А Q Q IY O T I 1. BMT ning ta’lim sohasidagi faoliyati 2. Ta’limdagi xalqaro hamkorlikni amalga oshiruvchi tashkilotlarREJA:010203 04 0F10 150203 110B0E 100F UNESCO - (United Nations Educatio nal, Scientific and Cultural Organization – Birlashgan Millatlar Ta’lim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti) 1945-yil Noyabr oyida Londonda 44 davlatning vakillari qatnashgan holda qaror qilingan. UNESCO- Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus tashkilotlaridan biri bo‘lib, ikkinchi jahon urushidan so‘ng, 1946 yil tashkil qilingan Tashkilotning markazi Parijda. UNESCO uch organ: 1. Umumiy yig‘ilish; 2. Boshqaruv: 3. Kotiblikdan iborat. UNESKO tashkilotining maqsadi , ta’lim, bilim va madaniyatni, unga a’zo bo‘lgan har bir davlatdagi Milliy komissiyalar orqali amalga oshirish. UNESKO tashkilotga 188 mamlakat (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 1993-yil 26 oktabrdan) a’zo (2004) bo‘lgan. YUNESKO nizomiga ko‘ra, "... irqi, jinsi tili va dinidan qat’iy nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta’minlash maqsadida ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga" ko‘maklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamg‘armalar, xalqaro va hududiy birlashmalar UNESKO bilan hamkorlik qiladi. UNESKO budjeti a’zo mamlakatlar badallaridan tashkil topadi. UNESKO tashkilotining asosiy yo`nalishlari -savodsizlikka qarshi kurash; -maorif tizimi va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish; -milliy madaniyatlarni o‘rganish va tarqatish; - atrof muhitni va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish; - geologiya, gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiya va boshqalar sohalarda global ilmiy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishdan iborat. UNESKO tashkilotga a’zo mamlakatlarda YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalar tuzilgan. UNESKO ana shu komissiyalarga tayanib ish olib boradi. O‘zbekiston Respublikasining UNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi 1994-yil 29 dekabrda tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Bosh konferensiya UNESKOning oliy organi hisoblanadi. 2-yilda 1 marta uning sessiyalari o‘tkaziladi. Sessiyalar oralig‘ida Ijroiya kengashi (unga 58 davlat, jumladan, O‘zbekiston 1997-yil oktabrda a’zo etib saylangan) ish olib boradi. UNESKO Tashkilot qarorgohi Parijda, Bosh direktor ( Konchiro, Matssura , 1999- yildan) boshchilik qiluvchi Kotibiyat ham shu yerda joylashgan. Tashkilot 50 dan ortiq axborotnoma va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqaradi. Ulardan eng keng tarqalgani: - "YUNESKO kuryeri" jurnali (30 tilda nashr qilinadi); - "Kelajak" (ta’lim sohasidagi haftalik); - "Muzey“; - "Ijtimoiy fanlar xalqaro oynomasi“; - "Tabiat va resurslar“; - "Mualliflik huquqi bo‘yicha axborotnoma“; - "Ta’lim byurosi xalqaro axborotnomasi“; - "Impakt: fan va jamiyat" kabilardir. UNESKO maktablari UNESKO O‘zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishiga bevosita yordam ko‘rsatish maqsadida bir qator oliy o‘quv yurtlarida UNESKO kafedralari hamda maktablari tashkil etgan. UNESKO doirasida: 1. Abu Rayhon Beruniy (1973); 2. Abu Ali ibn Sino (1980) tavalludining ming yillik; 3. Mirzo Ulugg‘bekning 600 yillik (1994); 4. Amir Temurning 660 yillik (1996) tantanalari nishonlandi. UNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Amir Temur haftaligi o‘tkazilib, "Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi" mavzuida ilmiy konferensiya va ko‘rgazma tashkil etildi. Bu tadbirda O‘zbekiston 1-Prezidenti I.Karimov, Fransiya Prezidenti J.Shirak ishtirok etdi (1996-yil 20-26 aprel). UNESKO rahnamoligida Samarqand shahrida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali, Boysun tumanida folklor festivali o‘tkazib kelinmoqda. UNICEF tashkiloti UNICEF 1994-yildan buyon O‘zbekistonda bolalar va ularning oilalari hayotini yaxshilash, eng kam ta’minlangan qatlamlarga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ish olib boradi. Unicef xodimlari har bir bolaning oziq-ovqatga bo‘lgan huquqlari , tabiiy ofatlardan va zo‘ravonliklardan himoyalanish hamda tenglikni ta’minlash uchun astoydil harakat qilmoqda. UNICEF tashkiloti YUNICEF bolalar fondida ham ta’lim muammolari yetakchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, turli mintaqalarda ta’lim muammolari bilan shug‘ullanuvchi qator halqaro tashkilotlar faoliyat yuritadi. Yevropada bunday tashkilot Yevropa Kengashi deb nomlanib, uning tarkibida ta’lim bo‘yicha qo‘mita, sekretariatda ta’lim, madaniyat va sport direktorati faoliyat yuritadi. Garvard universiteti E’tiboringiz uchun rahmat !!!