logo

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma'naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o'rni va saboqlari to'g'risidagi fikrlari

Yuklangan vaqt:

16.10.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1152.41796875 KB
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma'naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o'rni va saboqlari to'g'risidagi fikrlari010203 1213 1C11020B 09 0A0213 1F Reja:  O'zbekiston tarixini o'rganishning nazariy-ilmiy va metodologik tamoyillari: xolislik, ilmiylik, tarixiylik.  Yuksak intellectual salohiyatli, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o'rni.  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma'naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o'rni va saboqlari to'g'risidagi fikrlari. 0D 01 0102 1D 01 24 07 01 0102 08 1F TARIX RIVOJLANISHI Tarixiy voqealarni o'rganishda to'g'ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o'qitish va o'rganish ishlari markscha-lenincha metodologiyaga bo'ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik nuqtai nazarlaridan yondashildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag'allar, mulkdorlar va yo'qsillar tarixiga bo'lindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblariga ommaga qarshi reaktsion siyosat yurituvchi ekspluatatorlar guruhi deb qaraldi, qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqea va hodisalar kambag'allarni va yo'qsillarni himoya qilgan, sinfiy cheklangan tarzda yoritildi. Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning e'tiqodlariga bepisand qaraldi. Ming yillar davomida ajdodlarimiz orasidan etishib chiqqan mashhur allomalar ikkiga - materialistlar va idealistlarga bo'lindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma'rifatparvar shoiru ulamolar, yozuvchilarga u yoki bu dinga e'tiqod qilganlari, asarlarida olloh, payg'ambarlar nomini tilga olgan, ishonch bildirganlari uchun idealist – noilmiy degan tamg'a yopishtirildi, ularning ijodiy faoliyatini o'rganish chegaralandi, asarlari xalqdan yashirildi, yo'qotib yuborildi. Oqibatda ko'pgina tarixiy voqealar soxtalashtirildi, ma'naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz kamsitildi. Yosh avlodga ularni xurofat, eskilik sarqitlari deb o'rgatildi. Tarix faqat jangu jadal, urushlardan iborat jarayon sifatida tasvirlandi.26 0101 02 13 210304 0B1810 14 0A0304 180314 0101 24 14 0709 0709 0809 02 Dialektik metodologiya Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan, O'zbekiston tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog'liq holda o'rganishni taqazo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, o'ziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog'lanishdadir. Darhaqiqat, O'zbekiston tarixi, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog'langan. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko'pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo'lib kelgan. Bu katta hududda yashovchi urug'', qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o'zaro ta'sirda va aloqada bo'lganlar, qo'shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog'liq o'tgan. Shu sababdan O'zbekiston tarixini qo'shni mamlakatlar tarixi bilan bog'liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi qo'ymagan holda o'rganish taqazo etiladi. Qozoq, qirg'iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg'on, hind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, O'zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o'rganishga imkon yaratadi, ko'maklashadi. 2F07 01 02 01 0B13 1E090F0E 24 29 111A121A 1A0C 1E090F0E 1105 05  Tarixiy voqea, hodisalarni o'rganish, tahlil qilish va yoritishda ularga xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik tamoyillardir. Xolislik, ilmiylik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o'rganayotganda ular bilan bog'liq bo'lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o'zaro aloqada va munosabatda deb o'rganish darkor. Oldindan to'qilgan bir g'oyani, uydirmani oqlash lozim bo'lsa faktlar silsilasidan faqat ayrimlarini, mos keladiganlarinigina tanlab olish «tajribasi» sir emas, albatta. Bunday yo'l bilan chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy bo'lmay, u bir tomonlamalikka olib keladi0C 26 19 0A02131B 0A10 16 0A1E 31 04  Vatanimiz tarixini tadqiq etish, o'rganishda uni to'g'ri davrlashtirishning ahamiyati kattadir. Sovetlar hukmronligi davrida sobiq SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan, Vatanimiz tarixi sinfiy kurash, inqilobiy harakatlarga asoslangan marksistik formatsion g'oyaga bo'ysundirilgan holda davrlashtirildi. Barcha xalqlar tarixi besh davrga: ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik tuzumi, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga va kommunizmga bo'lindi. Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta kommunizmga olib boradi, degan «g'oyani» ilgari surish va oqlashdan iborat edi. Bu g'oyaning qanchalik to'g'riligi XX asrda ko'pgina xalqlar taqdirida sinab ko'rildi, pirovard natijada fojiali oqibatlarga olib keldi. Hammani tenglashtirish g'oyasi amalda kambag'allar, yo'qsillar uchun erkin va farovon turmush yaratolmadi, mulkdorlar, badavlat tabaqalarni kambag'allar, yo'qsillar darajasiga tushirdi. Jamiyatda ommaviy loqaydlik, boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqardi.0101 02 1A 02 1B 0C 0B 0B 18 04 07 16110C  Vatan tarixi xalqimizning asrlar davomida ko'pgina xalq, elatlar bilan ahl, hamjihat bo'lib yashaganligidan, yurtimizda turli diniy e'tiqodlar erkinligi va inoqligi bo'lganligidan guvohlik beradi. Bu mustaqil O'zbekistonda yashovchi turli dinlarga e'tiqod qiluvchi 120 dan ortiq millat va elatlar o'rtasida tinchlik, milliy totuvlik, birodarlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi tarixiy saboqdir. Kelajagi buyuk davlat qurayotgan bugungi avlodlar uchun o'zbek davlatchiligi tarixi, ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelgan siyosiy-huquqiy institutlar, qonun-qoidalar tajribasi O'zbekistonning mustaqilligini yanada mustahkamlash, huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurishda mustahkam tayanch va madadkordir. Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni egallash talaba-o'quvchilarda halollik, odillik, rostgo'ylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga ko'maklashadi. 0101 02 1703 1B 0D 04 0101 2D 1706 04 1D03 0101 2F 0F 0E  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma'naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o'rni va saboqlari to'g'risidagi fikrlari.  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10 noyabrda Samarqand shahrida o'tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so'zlagan nutqida tarixiy bog'liqligimizga alohida e'tiborni qaratdi: “Bugungi Forumning nechog'li muhim va dolzarbligi uning “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik” deb nomlanishidan ham yaqqol ko'rinib turibdi. Bizning mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo'shnichilik rishtalari bog'lab turadi. Bizni tarix, din, umumiy madaniyat va an'analar birlashtiradi”. 01 151617 09 09 01 29 1A 1B 18 33 04 051107 0C 07  Tarixni davrlashtirishdek muhim masalaga turlicha yondashuvlar mavjud. Ko'pgina arxeolog olimlar mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligini asos qilib olib, insoniyat tarixini qadimgi tosh, o'rta tosh, yangi tosh, tosh- mis, bronza, temir davrlariga bo'lganlar. Bunday yondashuv to'g'ridek ko'rinsada kishilik jamiyati taraqqiyotining bir- biridan farq qiluvchi muhim davrlarini belgilashga etarli darajada asos bo'lolmaydi, albatta. Amerikalik tarixchi olim L.Morgan va F.Engels tarixni uch davrga bo'ladi: yovvoyilik davri (tayyor tabiat mahsulotlarini o'zlashtirish), vahshiylik davri (chorvachilik va dehqonchilikning vujudga kelishi) va tsivilizatsiya davri (sanoat rivojlanishi). XX asr tarixi insoniyat taraqqiyotini, barcha xalqlar tarixini bir qolipga solish, jamiyat taraqqiyoti insoniyatni kommunizmga olib boradi, degan kommunistik g'oyani odamlar ongi va qalbiga singdirishni mo'ljallagan bunday davrlashtirishning ham nomukammal ekanligini isbotladi va rad etdi. Darhaqiqat, nafaqat O'zbekiston hududida, ko'pgina Osiyo mamlakatlarida ham quldorlik tuzumi bo'lmagan. Negaki, Vatanimizda qullar bo'lsada quldorlik ishlab chiqarish usuli, qullar mehnati emas, erkin dehqon jamoalari mehnati etakchi ijtimoiy-iqtisodiy uklad bo'lgan. XIX asr oxirlarida vujudga kelaboshlagan kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari ham, burjuaziya va yollanma ishchilar tabaqasi ham barqaror shakllanib etish darajasiga ko'tarilmadi. 01 2F 0C1409 0706 1B06 37 0703 3A 26 18 0B03 18 210F 11 0403 SH.M.MIROMONOVICH FIKRLARI  Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy- iqtisodiy sohalardagi islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018 yil 2-3 may kunlari Namangan viloyatida bo'ldi. Davlatimiz rahbari tashrifning ikkinchi kuni To'raqo'rg'on tumanidagi Is'hoqxon To'ra Ibrat memorial majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishib tarix haqida shunday dedi: “O'zbekiston zamini dunyo tamadduni va ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo'shgan ulug' allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Ajdodlarimiz bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o'rganish, qadamjolarini obod maskanga aylantirish doimiy e'tiborda” .152E 01 1A 11 06 17 07 18 3C03 2F 3E 11 04 37 03 13 11 08 1C 1E 11 19  Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 12 dekabrda Toshkentdagi Oʻzbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi quriladigan hududga tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan yaqindan tanishgan vaqtdida davlat rahbari markazni pardozlash va jihozlashni takomillashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berish bilan bir qatorda, koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston tarixi davrlar boʻyicha, har bir asr, har bir allomaga oid manbalar va ashyolar asosida namoyish etilishi zarurligini taʼkidladi. “Hamma oʻz tarixini ulugʻlaydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq. Bu merosni chuqur oʻrganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida toʻla tasavvurga ega boʻlishi, katta maʼnaviyat olib ketishi zarur” , - dedi Mirziyoyev.01 1A 17 04 1B 15 1D060F 1B 29 1B 05 37 09 1C 04 19 1D 33 09 0A 10 SH.M.MIROMONOVICH UCHRASHUVLAR 2019 yil 29 noyabrda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o'tkazilgan brifingda so'zlagan nutqida Shavkat Mirziyoyev muzokaralar an'anaviy do'stlik va o'zaro anglashuv ruhida o'tganini, davlat rahbarlarining mintaqada ishonch va yaxshi qo'shnichilik muhitini yanada mustahkamlashga bo'lgan intilishi va qat'iy siyosiy irodasining yaqqol ifodasi bo'lganini e'tirof etar ekan tariximiz haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: - Bizni mushtarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, o'xshash mentalitet, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va an'analar, hamda ajralmas do'stlik chambarchas bog'lab turadi. Bularning barchasi, xalqlarimiz farovonligi va ravnaqi yo'lida Markaziy Osiyo davlatlari salohiyatini birlashtirishga qaratilgan o'zaro manfaatli hamkorligimizga mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi, - deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.152E 3B 0E 15 0A 04 14 091C 03 13 0A 04 1D 18 091C 15 TARIXSIZ KELAJAK YO'Q  2020 yil 20 yanvarda Oliy Majlis Senatining yangi tarkibdagi ilk majlisida so'zga chiqqan prezident Shavkat Mirziyoyev milliy tarixni anglashning ahamiyati haqida to'xtalib o'tdi. « Yaqinda Xavfsizlik kengashi yig'ilishida Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz haqida gapirdim. Bobur 12 ming askar bilan 100 ming askarni yenggan. O'sha paytda shunday qilish mumkinmidi? Yo'q. Bobomizga nima yordam berdi? Vatanparvarlik, g'urur, iftixor, aql-zakovat. Men Boburni bugun ko'p gapiryapman. Quyi palata yig'ilishida ham gapirdim. Umuman, shu kunlarda men tariximizni ko'p o'qishga harakat qilyapman. Ming afsuski, bizga sovet davrida Pushkin, Lermontovning bobolari xoki qayerda to'kilganini o'qitgan xolos. Alisher Navoiy yoki Boburlarni o'qitmagan. Rus tilida o'qigan odamlar Pushkin, Lermontovni o'qigan. Biz hech kimga Boburni o'qitmaganmiz. Uning ekologiya haqida yozganlarini o'qisangiz, hozirgi davrda yashaydi, deb o'ylaysiz. Yoki, shuncha yil harbiy maktablarimiz Suvorov nomida bo'lgan. Birorta odam aytmaganki, mustaqil bo'lganimizga necha yil bo'ldi, nega maktab nomi Suvorov bo'lishi kerak, deb. Biz Suvorov maktablarini Temurbeklar maktabiga o'zgartirdik» , – dedi Prezidentimiz.26 24 01 2B 1A 24 06 1C 24 33 06 14 2D 0A 0A 15 04 26 10 2020 yil 24 yanvarda Prezident Shavkat Mirziyoyev millatlararo totuvlikni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarga e'tibor qaratdi:”Bir haqiqatni hech qachon unutmaylik: biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz”.404140 090A 04 0F 19 Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonni yangi barpo etishda asosiy 2 ta tamoyilni yig'ilishda ilgari surdi Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat15 04 19 0C  Adabiyotlar:  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.2003y.  Shavkat Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. (O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo`shma majlisidagi nutq.)Toshkent, “O`zbekiston” 2016.  Shavkat Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq) Toshkent, “O'zbekiston”, 2017.  Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.(O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruza. 2016 yil 7 dekabr') Toshkent, “O`zbekiston”, 2017 .  Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, “O'zbekiston”, 2017.0C 27 01 2944 01 1A 3A 31031D 01 1A 3A 31031D 01 1A 1F 1B 01 1A 33 E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!3D 0D272918