logo

6-sinf tabiiy fanlar kursidagi fizikaviy va geografik tushunchalarni o’rganish

Yuklangan vaqt:

02.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4218.857421875 KB
6-sinf tabiy fanlar kursidagi fizikaviy va geografik tushunchalarni o’rganish Tabiiy fanlar fanning olamni u biror tabiiy qonunlarga bo‘ysunadi, deb qarovchi va uni rat - sional o‘rganuvchi bo‘limlaridir. Tabiiy fanlar uslubiyati ijti - moiy va aniq fanlar uslubiyatidan farq qi - ladi. Tabiiy fanlar sirasiga as - tronomiya, kimyo, biologiya kiradi. Barcha fanlarda bo‘lganidek maktab geografiyasi fanida ham tubdan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Geografiya predmetlarining dasturi va tuzilishi O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablari tizimida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qaytadan ko‘rib chiqildi. Shu munosabat bilan “Tabiiyot va geografiya o‘qitish metodikasi” fani mazmunida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash munosabati bilan o‘qitish metodikasida ham qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Oliy ta’lim muassasalarida “Tabiiyot va ge - ografiya o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llash, in - novatsion o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodlarini ishlab chiqishni talab qilmoqda Tabiiy fanlardagi har bir bob yuzasidan beriladigan amaliy mashg’ulotlar o’quvchilarning olgan bilim, ko’nikma va malakalarini hayotga tadbiq etish bilan izohlanadi. Amaliy mashg’ulot va loyiha ishlari jarayonlarini zamonaviy o’qitish usulida tashkil etish yanada dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Har xil turdagi o’quv mashg’ulotlarining mantig’ini o’rganish shuni ta’kidlashga imkon beradiki, o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishning barcha noan’anaviy shakllari (amaliy mashg’ulot, ekskursiya, tabiat qo’ynida sayohat, maktab yer uchastkalari, geografik maydonchalar) ularning ta’lim maqsadlariga qarab, u yoki bu turdagi mashg’ulotlarga tegishli bo’lishi mumkin Tabiiy fanlarda zamonaviy darslarning ahamiyati quyidagicha etib belgilanadi: -elementar ekologik madaniyatni shakllantirishda turli multimedia vositalardan foydalaniboson usulda o’quvchilar ongiga singdirish; -mintaqaviy komponent orqali o’lkashunoslik aspekti bilan bir qatorda ilmiy xarakter va ekologizatsiya tamoyillarini amalga oshirishda AKTni qo’llash; -dasrda o’quvchilarning mustaqil bilish faoliyatini tashkil etishdan iborat bo’lgan tabiiy fanlarda o’quvchilarni rivojlantirishni muammosini hal etishda tabiiy obyektlar modellashtirish; Tabiiy fanlarning o’ziga xos xususiyatlari esa quyidagilardan tashkil topgan: -ta’limning ijodiy usullaridan foydalanish (qisman izlash, evristik, muommoli); -tabiiy fanlarni zamonaviy o’qitish usullaridan foy - dalangfan holda faollik asosida qurish; -o’quvchining shaxsiy funksiyalarini shakllantirish; -ta’limning ilmiy xarakterga ega bo’lish va ko’kalam - zorlashtirish tamoyillarini amalga oshirish; -o’quvchilarda dunyoning barcha odamlar, barcha tirik mavjudotlar uchun o’ziga xos va umumiy uy-joy sifatidagi yagona rang-barang qiyofasini yaratish; -vizualizatsiya asosida turli xil bilim manbalaridan foydalanish (diagramma, jadval, rasm, model va boshqalar) -yaqqol rivojlantiruvchi xarakter, amaliy yo’nalish. bizda dunyoga mashhur fizik - lar, ximiklar, biologlar yashab ijod qilgan, mamlakat rivojiga hissa qoʻshishgan. Hatto biz faxrlanadigan Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiylarning asosiy izlanishlari ham shu so - halardagi masalalarni tadqiq etishga qaratilgan. Butun dun - yodagi rivojlanish va taraqqiyot aynan ana shu tabiiy fanlar negizida amalga oshadi. Biz har kuni yuzlab fizik hodisalarga guvoh boʻlamiz, yuzlab fizik hodisalar kimyoviy jarayonlar asosida yuz beradi. Buni inkor qilib boʻlmaydi. Butun dunyo bilimlar jamiyati davrida yashamoqda va aynan tabiiy fanlar rivojiga, bu boradagi tadqiqotlarga eʼtibor har qachongidan kuchaymoqda. Chunki bu fan sohalari global - lashuv davrida strategik ahamiyatga ega boʻlib bormoqda. Bunga pandemiya davrida ham guvoh boʻldik. Taniqli fizik olim, futurolog Mitio Kaku oʻzining “Kelajak fizikasi”, “Aql kelajagi” kabi kitoblarida tabiiy fanlar kelajak dunyoning manzarasini tamoman oʻzgartirib yuborishini bashorat qiladi. Bu bashoratlarning koʻpchiligini bugun biz amalda koʻrishimiz mumkin, elektromobillar va aʼzolarni yaratish bunga yorqin dalildir. Shunday ekan, butun duny - oda olamshumul kashfiyotlar va ixtirolar boʻlayotgan paytda mamlakatimizda ham tabiiy fanlar rivojlanishi, natija berishi kerak  E'tibor uchun rax - mat!!!