logo

O‘zbekistonda tumanlashtirilgan qoramol, qo‘y, echki, chuchqa, ot va parranda zotlarini tavsifi.

Yuklangan vaqt:

20.01.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1977.857421875 KB
 O‘zbekistonda tumanlashtirilgan qoramol, qo‘y, echki, chuchqa, ot va parranda zotlarini tavsifi. REJA  Qoramolchilik  Qo’ychilik  Echki va cho’chqachilik  Ot va parrandachilik Qoramollarning ichki tuzilishi (intereri).  Interer ko‘rsatkichlar hayvonlarning salomatligi, mahsuldorligi va sharoitiga moslashganligining in’ikosi deb qarash mumkin.  Interer fiziologik ko‘rsatkichlar teri, jun, suyak, mushaklar, ichki a’zolar, qon va boshqa tana suyuqliklarini o‘z ichiga oladi.  Interer deb, hayvonning ichki fiziologik, gistologik, biokimyoviy xususiyatlarining uning konstitutsiyasi va mahsulot yo‘nalishida aks etishidir.  Interer fiziologik, gistologik, rentgen, sitobiokimyoviy biopsiya va mikroskopik usulda, suratga tushirish bilan o‘rganaladi. Bu xususiyatlar hayvonlarning tiriklik paytida va so‘yilgandan keyin amalga oshiriladi. Sigirlarning sut mahsuldorligi. Sigir suti to‘yimli va mazali oziq-ovqat mahsuloti bo‘lib, tabiiy va qayta ishlangan holda foydalaniladi. Sigir suti tarkibida 12,5-13% quruq modda, shundan 3,8% yog‘, 3,3% oqsil, 4,6% sut qandi va 1% atrofida kul mavjud. Sutning tarkibida 200 dan ortiq to‘yimli moddalar bo‘lib, ular inson tanasi tomonidan oson hazmlanadi. Sutning tarkibida 20 xil vitaminlar, 30 xil ferment, 20 xil mikro va 10 xildan ko‘p makro elYementlar mavjud. Sut yog‘ining tarkibida 150 dan ortiq yog‘ kislotalari za 20 dan ko‘p aminokislotalar mavjud. Inson tanasida sut yog‘i 95%, oqsili va qandi 98% hazmlanadi. Yuqoridagilarni inobatga olganda sut muhim parhez oziq-ovqat hisoblanadi. Sigir tanasi tomonidan oziqalar oqsili samarali o‘zlashtiriladi. Sog‘in sigirlar 40 kg to‘yimli moddadan 2-2,4 kg hayvon oqsili paydo qiladi, xuddi shu oziqa bilan qoramollar bo‘rdoqilanganda faqat 400 gramm hayvon oqsili hosil bo‘ladi.  QO‘YCHILIK Qo‘ychilik chorvachilikning muhim tarmog‘i hisoblanadi. Ulardan jun, qo‘y- po‘stin, mo‘ynabop, qorako‘l, charmbop teri, sut va go‘sht olinadi. Bundan tashqari ularning qator so‘yim mahsulotlaridan meditsina va veterinariya dori-darmonlari tayyorlanadi. Go‘ngi esa mahalliy o‘g‘it sifatida foydalaniladi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan junning 95%, go‘shtning qariyb 10% va qorako‘l terilar qo‘ychilikka to‘g‘ri keladi. Mamlakatimizda 9 milliondan oshiqroq qo‘y va echki bo‘lib, mustaqillik yillari sohani rivojlantirishning katta imkoniyatlari yaratib berildi. Soha to‘liq 189 xususiylashtirildi, ishlash uchun barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlar barpo etildi. O‘zbekistonda qo‘ychilikni rivojlantirishga katta imkoniyatlar mavjud, chunki yetarli sahro, cho‘l, tog‘ va tog‘ oldi yaylovlari mavjud. Sohani rivojlantirish bilan mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal qilish mumkin, ya’ni sahro, cho‘l, dasht va tog‘ hududlarida odamlarni ish bilan ta’minlash, hamda ko‘p, arzon va sifatli mahsulot yetishtirish mumkin. Qo‘ylarni faqat yirik ixtisoslashgan xo‘jaliklardagina urchitib qolmasdan, kichik xo‘jaliklar, fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda jadal rivojlantirish choralarini ko‘rish kerak. Ayniqsa bu yo‘nalishda ko‘plab qo‘ychilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tuzishni taqozo etadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi 308-sonli qarori imkoniyatlaridan foydalanish nafaqat fermer xo‘jaligi, balki dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda ham qo‘ychilikni keng rivojlantirish imkoniyatlarini ochib beradi Qo‘ylarning biologik xususiyatlari va tasnifi  Qo‘ylarning tanasi mustahkam bo‘lib, oyoqlari ingichka va kuchli, tuyoqlari qattiq bo‘lib yaylovlarda yurishga moslashgan  Qo‘ylarning bo‘g‘ozlik davri qisqa bo‘lib, 150-155 kunni tashkil etadi, shuning uchun yaxshi oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratib bergan xo‘jaliklarda (fermer, dehqon, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar) bir yilda ikki marta to‘l olishni tashkil qilish mumkin (go‘sht-yog‘ qo‘ychilikda  Boshqa hayvonlarga nisbatan qo‘ylar dag‘al oziqalarni yaxshi iste’mol qilib hazmlaydi. Yaylovlardagi 600 xil o‘tdan qo‘ylar 550 xilini, otlar 100 turini, qoramollar esa faqat 50 turini iste’mol qiladi.  Qo‘ylar 4 kameralik oshqozon va yaxshi rivojlangan ichaklarga ega. Oshqozon ichaklarining umumiy xajmi 44 l.ni tashkil qiladi. Ingichka ichaklarining uzunligi 26 m, yo‘g‘on ichaklari 5 m, ularning so‘rish yuzasi 2,8 m², shu sababdan qar qanday oziqani hazm qilib, o‘zlashtirib olishi mumkin Qo‘ylar ishlab chiqarish klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagicha bo‘linadi  1. Mayin junli qo‘ylar  2. Yarim mayin junli qo‘ylar  3. Yarim dag‘al junli qo‘ylar  4. Dag‘al junli qo‘ylar O‘zbekistonda urchitiladigan qo‘y zotlari Qorako‘l qo‘chqori Hisor sovlig‘i. Jaydari qo‘y. Saradja zotli qo‘chqor Mahsuldor yilqichilik  Otlarning go‘shti to‘yimli oziq-ovqat hisoblanib, tarkibi oqsillar, yog‘lar, vitaminlar va mineral moddalarga boy hisoblanadi. Uni ayniqsa sharq xalqlari suyib iste’mol qiladilar. Ot go‘shti aksariyat hollarda qazi sifatida iste’mol qilinadi.  Shu boisdan mamlakat va jahon bozorida ot go‘shtiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Hozirgi davrda kelib Yevropaning ayrim mamlakatlarida ham ot go‘shtini iste’mol qilish nisbati ortib bormoqda, shu boisdan ot go‘shti xarid narxi ortib bormoqda.  Otlarning go‘sht mahsuldorligi ularning tirik og‘irligi, tez yetiluvchanligi, so‘yim mahsulotlarini chiqimi, yoshi va yilqidagi biyalar nisbatiga bog‘liq. Otlarning yoshi ortib borishi bilan so‘yim chiqimi, go‘shtidagi suyakning miqdori kam, yog‘ miqdori ko‘payib boradi.  Ot go‘shtining tarkibida 17-21% oqsil bo‘ladi. Ot yog‘i asosan to‘yinmagan yog‘ kislotalaridan tashkil topib uning 20% almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalaridan iborat.  Ayniqsa, ot go‘shti inson uchun zarur mikroelYementlar, yod,kobalt va misga boy.  To‘yinmagan yog‘ kislotalari ko‘p bo‘lgani uchun ularning erish darajasi past 28,6-32S. Go‘sht tarkibida yog‘ miqdori 16-23% bo‘lganda uning kaloriyaligi 2100-2700 Kkalni tashkil qiladi.  ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT