logo

Temperament irsiy xarakteristikasini baholash uchun V.M. Rusalovning temperament tuzilishi so'rovnomasi

Yuklangan vaqt:

24.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

849.0634765625 KB
Mavzu : Temperament irsiy xarakteristikasini baholash uchun V.M. Rusalovning temperament tuzilishi so'rovnomasi Reja:   1. Temperament. ONF tiplari xususiyatlari, nazariyalari 2. Temperamentning fiziologik asoslari 3. Jinsiy diformizm va individning psixologik tavsifi     Temperament muammosiga bo‘lgan qiziqish 2,5 ming yil avval paydo bo‘lgan. Bu qiziqishning paydo bo‘lishiga organizm biologik va fiologik tuzilish va rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish, ijtimoiy aloqalar va munosabatlarning takrorlanmasligi xususiyatlari asosidagi individual farqlarning mavjudligi sabab bo‘ldi.  Temperament shaxsning biologik jihatdan shartlangan tuzilmalariga kiradi. Temperament odamlar o‘rtasida, shuningdek, hissiyotlar, hissiy taassurotlilik, harakatlarning maromi va jadalligi, va boshqa bir qator dinamikaga ega bo‘lgan xususiyatlardagi ko‘plab psixik farqlarning mavjudligini belgilab beradi.  Hozirgi kunda temperamentni tadqiq etishga doir ko‘plab yondoshuvlar mavjud. Lekin bu yondoshuvlarning xilma-xilligiga qaramay, ko‘pchilik tadqiqotchilarning tan olishiga ko‘ra, temperament – bu shaxsning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanadigan biologik ustqurma, temperament asosidagi shaxs xossalari esa barqaror va davomli bo‘lib hisoblanadi.  B.M. Teplov temperamentga quyidagicha ta’rif beradi: «Temperament deb, ayni bir odam uchun xos bo‘lgan emotsional qo‘zg‘auvchanlik, ya’ni, bir tomondan, hislar paydo bo‘lishining tezligi, va ikkinchi tomondan, ularning kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan psixik xususiyatlarning yig‘indisiga aytiladi».  Temperament – bu inson faoliyati va hulq-atvorining dinamik va emotsional holatini xarakterlovchi shaxs individual xususiyatlarining yig‘indi. SHunday qilib, temperament ikki tarkibiy qism – faollik va hissiyotlilikka ega. Hulq-atvorning faolligi harakatchanlik, intiluvchanlik, tezlik, yoki, aksincha, sustlik va harakatsizlik darajasini xarakterlaydi. O‘z navbatda emotsionallik belgi (ijobiy va salbiy) modallik (shodlik, qayg‘u, qo‘rqinch, g‘azab va boshqalar)ni aniqlagan holda emotsional jarayonlar kechishini xarakterlaydi. Qadimgi zamonlardan boshlab, temperament to‘rt xil asosiy tiplarga bo‘lingan edi, bular xolerik, sangvinik, melanxolik va flegmatik temperament turlaridir. Temperamentning bu asosiy turlari bir-biridan paydo bo‘lish dinamikasi va emotsional holatlar jadalligiga ko‘ra farqlanadi. Temperament tiplarini turmush psixologiyasi nuqtai nazaridan shunday xarakterlash mumkin: xolerik – tez, ba’zida, hatto, juda keskin, nutqda, mimika va imo-ishoralarda yaqqol ifodalanadigan kuchli tezda alangalanadigan hislarga ega, jadal emotsional ta’sirlanishga moyil odam; sangvinik – tez, harakatchan, barcha taassurotlarga emotsional javob beruvchi odam, uning hislari bevosita tashqi xulqatvorida ifodalanadi, lekin ular kuchli emas, va bir-birini oson almashtiradi;  Xolerik tipi uchun tezda paydo bo‘ladigan kuchsiz hislar, melanxolik tipi uchun – sekin-asta paydo bo‘ladigan, lekin kuchli hislar, flegmatik tipi uchun – sekin- asta paydo bo‘ladigan va kuchsiz hislar xosdir. Bundan tashqari, xolerik va sangvinik temperamentlar uchun harakatlar tezligi, umumiy harakatchanlik va hislarning tashqi kuchli (harakatlarda, nutqda, mimikada va boshqalarda) ifodalanishi, melanxolik va flegmatik temperamentlar uchun, aksincha, harakatlar sustligi va hislarning kuchsiz ifodalanishi xosdir. melanxolik – emotsional kechinmalar xilma-xilligining uncha katta emasligi, lekin katta kuchga va davomiylikka egaligi bilan farq qiluvchi inson, u barchasiga ham munosabat bildirmaydi, agar bildirgudek bo‘lsa ham chuqur o‘ylaydi, o‘z hislarini u darajada namoyon qilmaydi; flegmatik – sust, mutanosib va xotirjam odam, uning emotsional ta’sirlanishi oson emas, va o‘zidan chiqarish qiyin, hislari tashqaridan deyarli namoyon bo‘lmaydi. SHuni ta’kidlash lozimki, temperament insonning qobiliyatliligini va iste’dodini belgilamaydi. Ko‘zga ko‘ringan iste’dod egalaridan faoliyatning turli sohalarida turlicha temperament sohiblarini topish mumkin. Masalan, A.S. Pushkin – xolerik, A.I. Gersen – sangvinik, N.V. Gogol va V.A. Jukovskiy – melanxoliklar, I.A. Krilov va I.A. Goncharov – flegmatiklar. Ikki rus yirik sarkardalari A.V. Suvorov – xolerik, M.I. Kutuzov esa – flegmatik. Lekin barcha odamlarni shu to‘rt xil asosiy temperamentlarga ko‘ra ajratish mumkin deb o‘ylash xatodir. Faqat ba’zilargina bu tiplarning sof vakillari bo‘lib hisoblanadi; ko‘pchilik odamlarda esa biz temperamentlarning aralash tiplarini kuzatamiz.  Temperamentlardan qay birining ustunligi haqidagi masalani ko‘rishga zaruriyat tug‘ilmaydi. Har bir temperament o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Xolerikning ehtirosliligi, faolligi va quvvati, sangvinikning ta’sirchanligi va shayligi, melanxolik hislarining chuqurligi va barqarorligi, flegmatikning xotirjamliligi va shoshqaloqligining mavjud emasligi – bularning barchasi nomlari zikr etilgan temperamentlarining ijobiy tomonlari SHu bilan birga, ularning salbiy tomonlarini ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. Sangvinik temperamenti engil tabiatlikka moyillik, hislarning etarlicha chuqur va barqaror emasligiga olib kelishi mumkin.. Xolerik temperamenti insonni cho‘rtkesar, o‘zini tiya olmaslik, muntazam «portlashlarga» moyil qilib qo‘yishi mumkin. Melanxolik temperamenti odamda o‘z kechinmalariga o‘ta berilganlik, o‘ta uyatchanlik yuzaga kelishi mumkin. Flegmatik temperamenti odamni lanj, harakatsiz, hayot taassurotlarning barchasiga befarq qilib qo‘yishi mumkin.