logo

Zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan metodlar asosida dars ishlanmalarini tuzish va tahlil qilish

Yuklangan vaqt:

25.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

717.275390625 KB
MAVZU: Zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan metodlar asosida dars ishlanmalarini tuzish va tahlil qilish Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar, tez sur‘atlar bilan rivojlanayotgan fan –texnika talablari-ta’lim usuli bilan jamityaning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasida nomutanosiblikni vujudga keltirdi. Yosh o‘qituvchilar va talabalar faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1. Maqsadda aniqlikning yo‘qligi. Ya’ni talabalar aslida nima qilishhlari va nimani o‘rganishhlari aniq belgilanmaydi. 2. Ta’lim maqsadining talabalari darsning natijasi bilan to‘g‘ri kelmagan hollar bo‘ladi. 3. O‘rganishh uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to‘g‘ri kelmaydi. 4. O‘qituvchi berayotgan yo‘llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o‘rganishhini ta‘minlamaydi. 5. Dars rejasida ko‘rsatilgan talablar dars maqsadini amalga oshirishning samarali vositasi bo‘la olmaydi.. Umuman tuzilgan rejalar qayta ko‘rib chiqilishhi va xatolarni bartaraf etishh ustida ishlanishi lozim. Dars rejasi sizni va sizning talablaringizni ma‘lum natijalarga erishishingizga asos bo‘lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo‘l bilan amalga oshirishga o‘rin qolmasin. O‘qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o‘z aksini topadi. Darsni shunday rejalashtirish lozimki, unda nima qilinishi mo‘ljallanayotganligini aniq o‘z aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o‘rin qolmasin.