logo

Ta`lim samaradorligini ta`minlovchi darsning noananaviy shakllari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

89.990234375 KB
 Mavzu:  Ta`lim samaradorligini ta`minlovchi darsning noananaviy shakllari Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta’lim standartlari (o‘quv reja, dastur, darslik va qo‘llanma) asosida belgilanadi. Dars o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim: 1 Har bir sinfda o‘quvchilarning yoshi va bilim darajasi bir xil bo‘lishi lozim. 2. Dars qat’iy jadval bo‘yicha belgilangan aniq muddatda olib borilishi kerak 3. DARS O‘QITUVCHI RAQBHARLIGIDA BUTUN SINF BILAN VA ALOHIDA O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASH SHAKLIDA OLIB BORILADI. 4. Dars, o‘quv fanining xarakteri, o‘tilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi va ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirmoq uchun zamin yaratadi. Dars – ta’limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli va faol bo‘lishi, bilimlar mustahkam o‘zlashtirilishi, o‘quvchi- talabaning shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olingan holda tashkil etilishi dars oldiga qator didaktik talablarni qo‘yadi.  Kеlajakda O’zbеkiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma'naviy jihatdan yеtuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim.  Islom Karimov   Prеzidеntimiz I.Karimov «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yuksaltirish mavzusidagi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi nutqida: «Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intеllеktual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob bеradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz», 1 - dеgan edi. Prеzidеntimiz tomonidan kеlajak avlod tarbiyasiga bеrilayotgan bunday katta e'tibor ta'lim tizimi va pеdagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi . Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta'limi oldiga qo’yilgan muhim vazifalardir. O’zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy rivojlantirishning o’zbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilganidek, pedagogik va taxborot texnologoyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta’minlash rivojlanib bormoqda Ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni guruh-guruh qilib, to‘plab o‘qitishni taqozo qilgan hamda ta’lim bilan shugullanuvchi mutaxassislar, o‘qituvchi tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqargan. Barkamol avlodni tarbiyalash – “Ta’lim to’g’risdagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastiri”da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Ta’limning tashkiliy masalalari Al-Forobiyning “Fan va akl zakovat” asarida o‘kuv fanlarini guruxlarga bo‘lib o‘kitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan. Pedagogika tarixida, ta’lim tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblangan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1592-1670) xizmatlari katta, uni sinf-dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan. 1997 -yil 27- avgustda qabul qilingan "Ta'lim to’g’risidagi kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ta'limni yana bir pag’ona ildamlatdi, dеsak xato qilmagan bo’lamiz. Chunki zamonaviy ta'lim olishning o’zi har bir yosh avlodga katta - katta mas'uliyatlar yuklaydi. . Pr е zid е ntimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakaimizda yosh avlodni tarbiyalash, hayotda o’z o’rnini topish, d е mokratik davlat qurish vazifalariga bo’ysundirilishi lozim ekanligini uqtirib o’tgandi. "Ta'lim to’g’risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida ta'lim - tarbiyasha yangicha yondoshish, mavjud ta'lim dasturini zamonaviy talablarga muvofiq isloh qilish va yosh avlod tarbiyasi muammolarini oqilona tarzda hal qilish imkoniyatini bеradi Yangicha ta'lim - tarbiya bеrishda milliy urf - odatlar, qadriyatlarni hurmat qilib, ularni muhim tomonlarini tarbiyalash jarayoniga tadbiq etilsa, bu tadbirlar yaxshi samara bеradi. Jamiyat ishonib topshirgan bu ulug’ vazifani bajaruvchi fidokor kadrlar o’zlari har jihatdan barkamol bo’lmoqlari kеrak. "Agar kеlajagimizni o’ylab ish qiladigan bo’lsak dеydi I.Karimov, kеlajakda ishimizni davom ettiriladigan bugungi yoshlarimizga sharoit yaratib uning hayoti haqida qayg’uradigan bo’lsak, avvalo mahalliy yoshlarni tarbiyalash ishiga munosabatimizni mutloqo o’zgartirishimiz kеrak".  Ta’limni tashkil etish shakllari deganda, anik muddatda va tartibda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan olib boradigan mashg`ulot turlarini tushunamiz. YA.A.Komenskiy “Buyuk didaktika“ asarida, o‘quv mashg`ulotlarini guruh shaklida tashkil kilish, o‘quv yili va o‘quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg`ulotlar orasida tanaffuslar berilishini, guruhlardagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo‘lishiga alohida e’tibor berdi. . Dars davomida o‘quvchilar diqqatini to‘plash, materialni batafsil tushuntirish, o‘quvchiga savollar berish, o‘zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi. Dars – aniq maqsadni ko‘zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o‘quvchi, yoshlar bilan o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg`ulotdir. Didaktikada o’qitishning og’zaki usullari uch turga: o’qituvchining hikoyasi, suhbat va maktab ma‘ruzasiga ajratiladi. Ta‘lim usuli deganda, ta‘lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi. Dars-deb bevosita o’quvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar guruxi bilan olib ta’lim mashg’ulotiga aytiladi. Ta’lim jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars yangi bilimlarni bayon qilishi darsidir. Bu darsning tuzilishi quyidagicha : 1. Darsni tashkil qilish. 2. Yangi bilimlarni bayon qilish. 3. Yangi bilimlarni mustahkamlash. 4. Yangi bilimlar ustida mashq o‘tkazish. 5. Yangi bilimlarga bog`lik uy mashg`ulotlari berish. Ta’lim tizimida tajribadan o‘tgan dars turlari quyidagilardan iborat: 1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. 2. O‘quv materiallarini mustahkamlash. 3. Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darslari. 4. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilishi va baholash darslari. 5. Dars turlari, uyg`unlashgan darslar. Dars – ta’limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli va faol bo‘lishi, bilimlar mustahkam o‘zlashtirilishi, o‘quvchi-talabaning shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olingan holda tashkil etilishi dars oldiga qator didaktik talablarni qo‘yadi.