logo

O’zbekistondagi ta’lim jarayonida pedagogika ta’lim muassasalari faoliyati va o’rni 2

Yuklangan vaqt:

09.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1768.4755859375 KB
OLIY TA’LIM ,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA MUTAXASISLIGI «PSIXOLOGIYA» “YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR“ FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI  MAVZU:O’ZBEKISTONDAGI TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIKA TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI VA O’RNI  REJA: 1. Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish. 2. Ilg’or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko’tarish. 3. Respublikada faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari, ularga berilayotgan imkoniyatlar ,ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik.  Tayanch so’zlar: Strategiya, Pirls, Pisa, o’qish savodxonligi modul dalillarni eslash, mahorat, strategic fikrlash,.  1. Pеdagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish. Hujjat bilan quyidagilar pedagogika ta'lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:  Tarbiya va o‘qitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash; pedagogik kasbga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish;  Pedagogik ta'lim sohasining ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, innovatsion o‘quv-me'yoriy va ta'lim resurslarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish;  Sohada ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish uyg‘unligini ta'minlash orqali ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish; Pedagogik ta’lim yo‘nalishlarida bakalavriat tahsili 3 yilga qisqaryapti – Prezident qarori Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim qamrovining oshishi, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim tizimining joriy qilinishi hamda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko‘lamining kengayishi munosabati bilan yuqori malakali mutaxassislarga nisbatan yuzaga kelayotgan ehtiyojni o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida so‘nggi yillarda pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan 1 ta xorijiy va 4 ta mahalliy oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi, mazkur ta’lim sohasi bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etildi 1. Pеdagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish. Hujjat bilan quyidagilar pedagogika ta'lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:  tarbiya va o‘qitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash;  pedagogik kasbga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish;  pedagogik ta'lim sohasining ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, innovatsion o‘quv-me'yoriy va ta'lim resurslarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish;  sohada ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish uyg‘unligini ta'minlash orqali ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish;  pedagog kadrlar buyurtmachilari ehtiyoj va talablarini muntazam o‘rganib borish, ular bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy asoslangan istiqbolli rejalarini belgilash va ularni amalga oshirish; o‘zining bilim va salohiyatini 2 . Ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali profеssional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish. PISA (Programme for International Student Assessment) – o‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqot dasturi hisoblanadi PIRLS - (Progress in International Reading Literacy Study — xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) — bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir O‘qish savodxonligi – shaxs rivojlantirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish maqsadiga erishishi yo‘lida matnlarni tushunish, ulardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish hamda ularga munosabat bildirish qobiliyati demakdir. Hozirgi kunda Respublikamizda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan 348 ta tayanch maktablarda xalqaro dasturlarga tayyorgarlik ishlari samaradorlik bilan olib borilmoqda. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida shuni ta’kidlashim joizki, o‘qish savodxonligini aynan adabiyot, ona tili, boshlang‘ich sinflarda o‘qish fanlarida matnlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Ya’ni matn bilan tanishib chiqilgach, matn mazmunidan kelib chiqqan holda 4 xil darajada savollar tuziladi. Biz buni “O‘tkan kunlar” asari misolida ko‘rib chiqishimiz mumkin.  1-daraja (dalillarni eslash). Хоtirа: dalil, ta’rif, atama yoki oddiy amalni, algoritmni bajarish, formulani qo‘llash singari ma’lumotlar haqidagi xotirani o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, matematikada oson ta’riflanadigan bir bosqichli va algoritmik amal ushbu eng pаst darajaga kiritilishi kerak  2-daraja (mahorat). Ko‘nikma/tushuncha odatdagi javobdan tashqari ba’zi aqliy ishlarni o‘z ichiga oladi. Agar birinchi darajada o‘quvchilar mexanik tarzda javobni ko‘rsatib berishlarini, ma’lum algoritmni bajarishlari yoki aniq belgilangan bir qator qadamlarni (bosqich) bajarishlari talab etilsa, baholashning 2-darajasida o‘quvchilar muammo yoki faoliyatga qanday yondashish kerakligi haqida ba’zi qarorlarni qabul qilishlari talab etiladi. 2- darajani ajratib ko‘rsatadigan kalit so‘zlarga “tasniflang”, “tashkil qiling”, “baho bering”, “ kuzatishlar olib boring”, ma’lumotlar yig‘ing va ko‘rsating” va “ma’lumotlarni taqqoslang” kabi fe’llar kiradi. Bu harakatlar bir necha bosqichni ko‘zda tutadi. Savol: Nima uchun Otabek . 3-daraja (strategik fikrlash ). Strategik fikrlash - mushohada oldingi darajalarga nisbatan dalil-isbotlar va fikr yuritishning bir muncha yuqori darajasi bo‘lib, mulohaza yuritish, rejalashtirishni talab qiladi. Ko‘pincha o‘quvchilar o‘z nuqtai nazarini bayon etishlari talab etiladi. O‘quvchilar faraz qilishini talab qiladigan amallar ham shu darajaga kiradi. 3- darajada talablar murakkab va mavhum. 4-daraja (oliy darajali fikrlash). Keng dunyoqarashlar uzoq vaqt davomida keng kompleks mulohaza yuritish, rejalashtirish, qarashlarni rivojlantirishni talab etadi. Agar talab qilinadigan ish faqat takroriy bo‘lib, muhim konseptual tushunchani va yuqori darajadagi qarashlarni qo‘llashni talab qilmasa, vaqt chegaralanmaydi. Masalan, agar o‘quvchi har kuni daryo suvining haroratini bir oy davomida o‘lchashi, keyin esa grafik tuzishi kerak bo‘lsa, bu 2-daraja deb tasniflanadi. Ammo agar o‘quvchi ko‘plab o‘zgarishlarni hisobga olishni talab qiladigan daryoni tadqiq etish grafigini tuzishi kerak bo‘lsa, bu ish 4-darajaga kirardi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “Xalqaro hamkorlik, zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishi” mavzuida onlayn-trening bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz va Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor- o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, talabalar ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “Xalqaro hamkorlik, zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishi” mavzuida onlayn-trening bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz va Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor- o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, talabalar ishtirok etdi 3. Rеspublikada faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari, ularga bеrilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik. . Respublikamizning oliy ta’lim muassasalari hamda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirib, dunyo rivojlangan davlatlarning tajribasini o`rganib, quyidagi vazifalarni o`z ichiga oladi: Oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarning malakasini oshirish; Ta’limning turli yo`nalishlari uchun yangi o`quv dasturlari, zamonaviy o`quv-metodik adabiyotlar yaratilishi; Oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarning xorijiy ilmiy ammaliy seminar, konferentsiya va simpoziumlarda keng ishtirok etishi; Professor o`qituvchilarning va talabalarning xorijiy almashinuv dasturlari va treninglarda qatnashuvi; Xorijiy o`qituvchi va professorlarning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvi maqsadida ishlashga taklif etish; Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Ummon Sultonligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ta’lim Vazirligi o`rtasida 1999 yil 8 noyabrdan belgilangan “Ta’lim sohasida hamkorlik” to`g`risidagi shartnoma doirasida Xitoy oliy ta’lim muassasalarida O`zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalaridan 40 ta talaba, fan nomzodlari, va yosh mutaxassislar amaliyot o`tamoqdalar. Xitoy oliy ta’lim muassasalarida amaliyot xitoy tili va adabiyoti shuningdek, turli texnik va tabiiy fanlar yo`nalishi bo`yicha bilimlarni takomillashtirish maqsadida olib boriladi. O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, XXR, Malayziya, Hindiston, RF va boshqalar bilan to`g`ridanto`g`ri muassasalararo shartnomalar asosida hamkorlik olib borishmoqda. Joriy yilning 10-12 noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti faoliyati bilan tanishish hamda anglashuv memorandumlarini imzolash uchun tashrifi amalga oshirildi. Mazkur tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish maqsadida 4 nafar oliy taʼlim muassasalari: Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi B.Beysenov nomidagi Karaganda Akademiyasi, M.Yesbulatov nomidagi Olmota Akademiyasi hamda Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy instituti va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida anglashuv Memorandumlari, shuningdek Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi nomidagi Qozog‘iston Respublikasi Milliy universitetining Milliy gvardiya fakulteti va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv protokoli imzolandi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. A.B.Radjiyev, A.A.Ismoilov... O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi. – T.:2019. El.qo‘llanma, 5-bet 2. https://kun.uz/news/2020/06/26 E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !!!