logo

O`zbekiston Respublikasi prezidentining oila va oila tarbiyasi to`g`risidagi fikrlari o`rganish

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

509.5302734375 KB
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING OILA VA OILA TARBIYASI TO`G`RISIDAGI FIKRLARI VA ASRLARINI O`RGANISH REJA: • Shavkat Mirziyoyevning oila va oila tarbiyasi xususida. • Birinchi Prezident Islom Karimovning oila va oila tarbiyasi haqida. • Islom Karimovning “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli sog‘lom ona – sog‘lom bola mavzuidagi xalqaro simpoziumda so`zlagan nutqi. • O`zbekiston Respublikasi Hukumatining Ona va bola sog`lig`ini muhofaza qilish borasida g`amxo`rligi. Shavkat Mirziyoyevning oila va oila tarbiyasi xususida. • Sog‘lom bolani voyaga yetkazishning muhim sharti bo‘lgan reproduktiv salomatlikni yaxshilash, tug‘ma nuqson va xastaliklar bilan tug‘ilishlarning oldini olish, tibbiyot maskanlarining moddiy- texnik bazasi va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash uchun tizimli ishlar amalga oshirildi. • Bu haqda ko‘p gapirish mumkin, lekin men faqatgina ba’zi bir misollarga to‘xtalib o‘tmoqchiman. • Mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun joriy yilda 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi. • Dasturda belgilangan tadbirlar bo‘yicha 9 millionga yaqin farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi. • Farzandini har tomonlama kamol topgan haqiqiy inson qilib tarbiyalash har bir ota – onaning ezgu niyatidir. Chunki, aqlan va axloqan barkamol bo’lgan kishi ona yurti oldidagi xizmatlari uchun doimo xalq orasida hurmat e’tiborda bo’lgan va e’zozlangan. Shu bois o’zbeklar insoniylik fazilatlari poydevorining faqatgina oilada qo’yilishini, ya’ni odob – axloqning avvali oiladan boshlanishini azal – azaldan sezishgan va oila tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qarashgan. • “ Bola tarbiyasi va uning yetuk shaxs sifatida shakllanishida oilaning roli nihoyatda kattadir. Oilada bolaning aqliy faoliyati kamol topadi, dunyoqarashi, tafakkuri shakllanadi, kishilarga nisbatan mehr – oqibat hissi tarbiyalanadi. Bolaning bilimi, qobiliyati va malakalarining shakllanishi aynan oila va oilaviy tarbiyaga bog’liqdir.” Birinchi Prezident Islom Karimovning oila va oila tarbiyasi haqida. • Muxtaram Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir nomli asarida shunday deydi: ,,Odamzod dunyoda juda ko’p kasbu hunarning egasi bo’lishi mumkin. Quruvchi, dehqon, bog’bon, shoir, olim bo’lib nom qozonish, mol – mulk orttirish mumkin. Lekin, Alloh taolo insonga ato etgan eng katta boylik, eng ulug’ burch borki, uni dunyodagi hech bir narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Bu farzand ko’rib, ota bo’lish, ona bo’lish baxtidir. Bu faqatgina baxtu saodat emas, balki yaratganning oldida, elu yurt oldida juda katta mas’uliyat ham demakdir. Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotining ma’nosi qobil farzandlar o’stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko’rish, ota – onasiga, vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga etkazishdan iboratdir. ISLOM KARIMOVNING “O‘ZBEKISTONDA ONA VA BOLA SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISHNING MILLIY MODELI SOG‘LOM ONA – SOG‘LOM BOLA MAVZUIDAGI XALQARO SIMPOZIUMDA SO`ZLAGAN NUTQI • Umume’tirof etilgan shior – «Sog‘lom ona – sog‘lom bola» tamoyili mohiyatiga ko‘ra, aholini jipslashtiruvchi va safarbar etuvchi murojaat bo‘lib, davlat hamda jamiyat darajasiga ko‘tarilgan ustuvor vazifaga aylandi. • Albatta, odamlar salomatligini muhofaza qilishning butun tizimini chuqur isloh etish va modernizatsiya qilish asosidagina oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish mumkinligini teran anglab yetganmiz.  • Mustaqil rivojlanish yillarida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini barpo etishni davom ettirish va yangilash imkonini berayotgan mustahkam poydevor yaratildi, deyish uchun bugun barcha asoslarimiz bor. • Birinchidan, eng yuqori talablar va xalqaro standartlarga javob beradigan ixtisoslashtirilgan viloyat shifoxonalari va ularning shahar hamda tumanlardagi bo‘limlari, tez tibbiy yordam xizmatlaridan iborat aholiga bepul, yuqori malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutlaqo yangi va noyob yagona tizim shakllantirildi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ularga rahbarlik va faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda. O`zbekiston Respublikasi Hukumatining Ona va bola sog`lig`ini muhofaza qilish borasida g`amxo`rligi. • O`zbekiston Respublikasi Hukumatining Ona va bola sog`lig`ini muhofaza qilish borasida g`amxo`rligi. O`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 1993 yil 23-аprеldаgi Fаrmоni аsоsidа “Sоg`lоm аvlоd uchun” Hаlqаrо jаmg`аrmаsi tаshkil etildi. Jаmg`аrmаning fаоliyati Оnа vа bоlа sоg`lig`ini muhоfаzа qilish, аhоlining sоg`lоm turmush tаrzini shаkllаntirish, tibbiy mаdаniyatni yuksаltirish, millаtning gеnаfondini sоg`lоmlаshtirishgа yo`nаltirilgаn. Ushbu оlijаnоb sаvоbli ishlаrni аmаlgа оshirishgа sаlmоqli hissа qo`shgаn insоnlаrni, ulаrning mеhnаt fаоliyati sоhаsidаn qаt`iy nаzаr, tаqdirlаsh uchun birinchi vа ikkinchi dаrаjаli “Sоg`lоm аvlоd uchun” Оrdеni tа`sis etildi. Bu mustаqil O`zbеkistоnning birinchi Оrdеni hisоblаnаdi.