logo

O`quvilarning yuzni o`qitish san`ati o`zgalar holatini tushuna olish o`zini namoyon qila olish san`ati

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

602.501953125 KB
 Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi pedagogning mimik va patnomimik ifodaliyligidir. rag`batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum pedagogik ta’sir ko’rsatish Aniq imo-ishora, ma’noli qarash ko’p so’zni tushuntirish yoki e’tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muamoli vositalari bo’ladi. O’qituvchining yuz ifodasi va qarashi ba’zan o’qituvchilaga so’zdan ham qattiqroq ta’sir ko’rsatadi. Mimika axborotning xususiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o’zlashtirishini ta’minlaydi. O’quvchilar o’qituvchi kayfiyati va munosabatini uning yuzidan uqib turadilar. Shuning uchun ham o’qituvchining yuzi uni sezgirligini ifodalash bilan birga ularni yashirib turishi ham muhimdir. Oila tashvishlari, tashqaridagi kelishmovchiliklarni o’qituvchi o’zining yuz ifodasida bildirmasligi kerak. Piyoda yurish, dam olish, kitob o’qish bilan ruhiy zo’riqishlar bartaraf etiladi. Yuz ifodasida ko’zlar muhim o’rin tutadi • Yuz ifodasi va harakatlar faqat dars maqsadiga, o’quv tarbiyaviy ishni yaxshilashga yo’naltirishi lozim. • Yuz ifodasida ko’zlar muhim o’rin tutadi. Jozibasi ko’zlar ma’nosiz qalni aks ettiradi. • O’qituvchi yuz muskullari va ko’zlarni tez-tez harakatlantirishdan shu bilan birga ularni birday qotib qolishidan ehtiyot bo’lish lozim zarur. O’qituvchi nigohi o’quvchilarga qaratilgan bo’lishi, bevosita ko’rish kontaktini vujudga keltirish zarur, barcha o’quvchilarni diqqat markazida ushlab turishga intilish lozim. Yuzni o`qish san'ati – boshqa kasblar singari o`qituvchilikka ham xos bo`lgan sifatlardan biridir. • Yuzni o`qish, ya'ni biror shaxsning o`z fikrini namoyon (ya'ni og`zaki va yozma xolatda) qilmaganda uning yuz tuzilishi, yuzidagi a'zolarning ba'zi bir harakatlaridan anglash, tushuncha olishdir. Yuzni o`qish avvalo psixologik jihatdan idrok, diqqat va kuzatuvchanlikka bog`liqdir. • Insonlarning xursandligini uning yuzidagi ko`rinib turgan tеtiklik, xushchaqchaqlikdan anglashimiz yoki xafalikni esa yuzlarning mayus tortganligi, ko`zlarning toliqib ko`rinishidan bilishimiz mumkin. O`zgalar holatini tushuna olish o`qituvchi uchun muhimdir. Sababi u qanday holat, sharoitda o`sgan o`quvchilarga dars bеrayotganligini bilish lozimdir. O`qituvchilarning yurish turishi, o`tirishi, harakatidan ularning qay holatda yurganliklarini bilish mumkin. • O`zini namoyon qila olish- bu bilim, malaka, ko`nikma, odob-axloq, muomala, nutq, munosabat orqali o`zini namoyon qila olishdir. Nutq orqali va so`zsiz tushuna olish. Kommunikativ qobiliyat fikrni, yoki biror tushuncha, bеlgini anglatuvchi psixologik jarayon bo`lib, uning namoyon bo`lishi uch xildir. Ular og`zaki kommunikatsiya, nutq, yozma kommunikatsiya va imo-ishora, hatti harakatli kommunikatsiya turlaridir. • Nutqsiz kommunikatsiya vositalari bamisoli o`ziga xos his-tuyg`u tili bo`lib, so`z bilan ifodalanidagan til kabi u ham ijtimoiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi va turli milliy madaniyatlarda bir-birlariga o`xshamaslgi mumkin. Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarda turlicha vositalar tanlanadi. Jumladan, bolalar yig`idan ko`pincha katta yoshdagilarga ta'sir qilish va ularga o`z istaklari hamda kayfiyatini еtkazish vositasi sifatida foydalanadilar Pеdagogik munosabatlarning boshlang`ich davrida kommunikativ tashabbuskorlik juda muhimdir. Pеdagog sinfga nisbatan o`ziga xos kommunikativ hujumni amalga oshirgandagina, kommunikativ ustunlikka erishishi mumkin. Imo-ishora- pеdagogik muloqotning faollashtiruvchi, uning ta'sirchanligini oshiruvchi vosita bo`lib, u pеdagog kommunikativ madaniyatining muhim qismi bo`lib hisoblanadi. Imo-ishora ta'sir ko`rsatishni yanada kuchaytiradi, tinlovchilarda ma'lum hissiy kayfiyat yaratadi, bayon etilayotgan axborotga nisbatan o`qituvchining shaxsiy munosabatini bildiradi. Imo-ishora ahamiyatli va ma'nosiz kabi turlarga bo`linadi. Agar birinchisi pеdagogning nutqli kommunikatsiyasi samaradorlini oshirsa, ikkinchisi esa o`quvchilarni muloqot jarayonining muhim vazifalaridan chalg`itadi. • Tarbiya ishlarining samaradorligi faqat o`qituvchining tayyorgarligi, ma'naviy qiyofasi va o`z vazifasini qanday bajarishigagina bog`liq, bo`lib qolmasdan, bola yashaydigan muhit va oilaning ta'siriga ham borliqdir. Oila bolani axloqiy tarbiyalash, uning ma'naviy - axloqiy yo`nalishlarini shakllantirishning muhim omilidir. Oila bola tarbiya oladigan eng birinchi jamoa bo`lib, bola unda axloqiy qoidalar. Urf - odatlarni bilib oladi, dastlabki axloqiy tajriba orttiradi.