logo

O’quvchilarni hamkorlikda ishlashga, ulardagi emotsional zo’riqishlarni bartaraf etishga doir trening mashg’ulotlari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4140.4228515625 KB
O’QUVCHILARNI HAMKORLIKDA ISHLASHGA, ULARDAGI EMOTSIONAL ZO’RIQISHLARNI BARTARAF ETISHGA DOIR TRENING MASHG’ULOTLARI Har bir mashg’ulot 4 bosqichdan iborat. I-bosqich. Bunda shaxsning holati va kayfiyati, munosabatga kirishishi, salomlashishi, o’spirinlarning bir-birlari haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi, asab tizimidagi zo’riqishlar xalos etiladi. II-bosqich. Guruhli munozara, rolli o’yinlar, ishtirokchilarni frustrtsiyaga olib keluvchi vaziyatlar muhokama qilinadi. Xulq- atvordagi ijobiy va salbiy tomonlar bo’yicha fikr almashinadi. III-bosqich. Trening natijalariga ko’ra aytilgan fikrlar tinglanadi va ma’lum xulosalarga kelinadi. IV-bosqich. Guruhlar ishini yakunlash va xayrlashuv. Ushbu treningda ishtirokchilarning optimal miqdori 15-20 kishini tashkil etadi. Mashg’ulotlar haftada 1-2 marta o’tkaziladi. № Mashg’ulotlar mavzusi Soat 1 2 3 4 5 6 Biz turfa odamlarmiz Men-bu men Men va tengdoshlarim Men va mening o’qituvchilarim Men va mening oilam Men va mening kelajagim 2 2 2 2 2 2 7 Hammasi tamom bo’ladi, ammo biz qolamiz 2O’quvchilarni hamkorlikda ishlashga o’rgatishga oid trening mashg’ulotlari rejasi Biz turfa odamlarmiz Mashq: «Treningda bildiriladigan istaklar» Dastlab, trening rahbari guruh a’zolarining har biri o’zlarining treningdagi ismlarini qayd qiluvchi kartochka (ko’krakka taqiladigan)ni tayyorlashlari bo’yicha tushintirish beradi va 3-5 minut vaqt ajratadi. Buning uchun har bir ishtirokchi o’ziga ism tanlaydi. Ular ism tanlashda mashhur kishilarning nomini ham olish huquqiga egadirlar. Tanlash huquqi erkin. Ismlar aniq va yetarli kattalikda yozilishi lozim. Kartochkalar kiyim ko’kragiga to’g’nog’ich yordamida mahkamlanadi. Trening qatnashchisiga butun mashg’ulot davomida shu ism bilan murojaat qilinadi. Guruhdagi tanishuv : Guruh a’zolari doira bo’lib o’tiradilar. Birinchi ishtirokchi turadi, ixtiyoriy bir qatnashchiga yaqinlashib, u bilan salomlashadi va unga trening sharti bo’yicha istak bildiradi. Har bir ishtirokchi navbati bilan bu jarayonni davom ettiradi. SHundan keyin o’tkaziladigan «Bir – biringizni biling» deb nomlangan mashq ishtirokchilarning bir-birlarini anglab yetishlariga imkon beruvchi mashq hisoblanadi. Bu mashq ishtirokchilarni shaxslararo munosabatga, o’zaro idrok qilishga, guruh tomonidan qabul qilingan me’yor va shaxs qadriyatlarini inobatga olishga o’rgatadi. Bu mashq tafsiloti quyidagicha: Mashq: «Bir–biringizni biling» Mashqni amalga oshirish uchun ishtirokchilar ikkita guruhga ajratiladi. Guruh a’zolarining vazifasi bir-birlari haqida ko’proq ma’lumot olish uchun savollar bilan murojaat qilishdan iboratdir. Guruhda qoidalar hosil qilish . Guruh a’zolari aylana bo’lib o’tiradilar va guruhiy ish tamoyillarini muhokama qiladilar. Trening davomida ishtirokchilar rioya qilishi shart bo’lgan qoidalar hamda mashg’ulotlar qachon boshlanishi, davomiyligi va yakuni, guruh a’zolarining rituallari (salomlashish va xayrlashuv usullari, chyeklanishlar, kechikkanda va guruh qoidalari buzilganda jazolash ) belgilab olinadi. Guruh rituallari muhokama qilingandan so’ng belgilab olinadi. Guruh a’zolarining roziligidan so’nggina, bunga qat’iy amal qilinadi. Bu guruhda ishlashning muhim jihati hisoblanadi. Uchrashuv vaqtini trener belgilaydi. Guruhda ishlashning asosiy tamoyillari: Guruhda ishlash tamoyillari shye’riy shaklda taklif qilinadi. Uni trening ishtirokchilarining o’zlari ishlab chiqadilar. Bu ularning bir-birlarining idrok qilishlarini yengillashtiradi va qiziqishlarini orttiradi. She’r aytilgach, trener tamoyillarni yana bir bor izohlab beradi, masalan: • Jahd qilibsiz, treninga kelishga, sabr qiling, oxirigacha bo’ling biz bilan birga. Guruhda butun mashg’ulot mobaynida birga ishtirok etish maqsadga muvofiq. Bu tamoyil guruh a’zolarining o’zaro bir-birlarini idrok qilishlariga imkon beradi. Birorta qatnashchining ishtirok etmasligi guruh ichidagi munosabatlar buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. • Muomalada ochiqroq bo’ling, erinmasdan, dangalroq harakat qiling. Muammoni hal etish istagingiz bo’lmasa, yolg’on ishlatmay, jim tura qoling. Guruhda erinish va yolg’on ishlatish kerak emas. Guruh-bu sizni ochiq -oydin fikr-mulohaza bildirishga imkon beruvchi joy-sharoit. Agar siz savollarga ochiq- oydin javob berishga tayyor bo’lmasangiz, yaxshisi jim turing. • Sizning, guruhga «to’xta», deyishga huquqingiz bor. Muammoni muhokama qilmang. Har bir guruh a’zosi «to’xta» deyish huquqiga ega. Agar sizga aloqador savolni muhokama qilishga tayyor bo’lmasangiz yoki mashq sizga psixologik ta’sir qilsa (asoratga sabab bo’lsa), ushbu «to’xta» deyish huquqidan foydalaning .Faolroq bo’ling o’yinda, shubhali muammolar hal bo’lar shunda. Muhokama qilinayotgan muammoni guruhdan tashqariga chiqarmang. Hammasi o’zaro qolishi lozim. Treningda muammolarni guruhdan tashqarida muhokama qilish ma’qul emas. Bu ushbu ishning asosiy qoidalaridan biri. 5. Faqat o’zingiz haqingizda so’zlang, muhokamadan chyetlanib qolmang. «Men his qilaman», «O’ylashimcha», «Menimcha», bular murakkab, bo’lmag’ur so’zlar emas. Har bir ishtirokchi o’z nomidan o’zi uchun gapiradi. Muhokamadan chyetga chiqib, «Hamma shunday deydi» qabilida mulohaza yuritishga yo’l qo’yilmaydi. Siz o’z mulohazangizni «menimcha», «mening o’ylashimcha» tarzida ifodalang. 6. Har bir kishi o’z fikriga ega. Hyech kimni baholamang, tanqid qilmang. Hammaning fikri tinglanadi va qo’llab-quvvatlanadi. Guruhda bir-birini tushunish, his qilish lozimdir. Shuningdek, tayanch harakat a’zolari buzilgan ilk o’spirinlar eng yaqin odam sifatida kimnidir e’tirof etishlari, unga maslakdosh va maslahatchi sifatida qarashlari tabiiy. Xuddi shu bois, navbatdagi « Assotsitsiya » mashqi mazkur holatlarga aniqlik kiritishga hamda diagnostik ma’lumotlar olishga yordam beruvchi ish bo’lib hisoblanadi. Mashq: «Assotsiatsiya» Ushbu mashq yaqin kishilari va oila a’zolari haqida ma’lumotlar yig’ishga yordam beradi. «Assotsiatsiya» mashqi ilk o’spirinlarning shaxslararo munosabatlari bo’yicha psixodiagnostik xususiyatga ham ega. Mashq ularning yaqin odamlari va ota-onalari bilan assotsitsiyala-shuvini ko’rsatadi. Bu mashq ishtirokchilarda ancha jonlanish va qiziqish uyg’otishi kuzatiladi. O’yla va ayt, oila a’zolaringdan qaysilari senda assotsitsiya uyg’otadi? Navbatdagi mashq ilk o’spirinlarni atrofdagilarga munosabati va xohish-istaklarini namoyon qilishga o’rgatadi. Buning uchun «Do’stimga maktub» mashqi taqdim qilinadi. Mashq: «Do’stimga maktub» Ko’rsatma. Sizga do’stingizga maktub yozish taklif qilinadi. Bunda siz o’zingiz haqingizda do’stingizga yozishingiz va tilaklar bildirishingiz mumkin. So’ngra siz maktubni xat jildga joylashtiring. Maktub anonim bo’lishi mumkin. Oxirgi mashg’ulotda hamma o’z maktubini oladi, o’qiydi va treningdan sovg’a sifatida olib qo’yadi. Mashq: «Kundalik daftar yuritishga o’rgatish» Kundalik daftarni «Mening g’alabam va muvaffaqiyatlarim» mavzusi bo’yicha yuritish trening ishtirokchilarining har kungi ishlarini hamda boshqalarning hatti- harakatlarini tahlil qilishga imkon beradi. Ishtirokchilarga kundalik daftar yuritishni mustaqil boshlashlari taklif etiladi. Ular kundalik daftarda o’z holatlari, kechinmalari, tuyg’ulari haqida o’z taassurotlarini yozib borishlari lozim. Dastlab har bir ishtirokchiga qog’oz berilib, quyidagi gaplarni yakunlash so’raladi: Men treningga kelganimda... Menga yoqqan narsa... Menda aytish xohishi yo’q ... Men mashg’ulotlarda... ... ...lar haqida ko’proq bilib olaman. Men hozir ... ... ...ni his qilyapman. Treningdan so’ng mening kayfiyatim ... ... Bu safar men ... ... ...ga harakat qilaman. Men navbatdagi uchrashuvda ... ... ...ni isbot qilaman. Albatta, ushbu psixologik trening natijalarini ishtirokchi-larning kayfiyati hamda xohish- istaklari orqali aniqlash mumkin. Buning uchun xayrlashuv rituallariga ham e’tibor qaratish lozim. Guruh a’zolari doira bo’lib tik turadilar. Trener qo’lini oldinga cho’zib, «Hammangizga rahmat!» deb aytadi. So’ngra boshqa ishtirokchi trenerning qo’liga qo’lini qo’yadi va «Bugun zo’r bo’ldi!» deydi, qolganlar ham o’z istaklarini shu tarzda bayon qiladilar. Tilaklar aytib bo’lingach, qo’llar birlashtiriladi, trener ishtirokchilar bilan xayrlashadi va hamma tarqaladi. Ikkinchi mashg’ulot Men –bu men Ushbu mashg’ulotda har bir ishtirokchi o’z «Meni»ni anglash, shuningdek, atrofdagilar bilan o’zini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’ladi. Mashq: «Rangli panjalar» Ishtirokchilar xona bo’ylab ixtiyoriy harakat qiladilar. Trener kartondan yasalgan turli (ko’k, qizil, sariq) rangdagi «uchta qo’l»ni ushlab turadi. U bir rangdagi «panjani» ma’lum vaqtga yuqori ko’taradi. SHu vaqtda har bir ishtirokchi boshqa ko’proq ishtirokchilar bilan tegishli shartlashilgan usulda salomlashishi lozim. Bu salomlashishda bir qator usullardan foydalanish ma’qulroq, masalan: «qizil panja»-qo’lni qisish uchun; «ko’k panja»-shyerigining yelkalarini qoqib qo’yish uchun; «sariq panja»-«orqa bilan» salomlashish uchun. Mashqlarni bajarish jarayonida so’zlashish ta’qiqlanadi. Ushbu mashq ishtirokchilarda bir-birlariga simpatiya uyg’otishga olib kelishi ham nazarda tutiladi. Ishtirokchilarning o’zlari bilan o’tkaziladigan mashqlar qatorida boshqalar bilan birgalikda ishlashga, frustrtsiya holatini bartaraf etishga yordam beruvchi mashqlar ham zarur. Bunday maqsad uchun quyidagi mashq ancha qo’l keladi. Mashq: «Biz yagona komandamiz» Ishtirokchilar uchta guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’z nomini, gimni va shiorini tanlashi (ishlab chiqishi) lozim. Keyin guruhlar a’zolari vatman varag’i olib, «Bizning guruhimiz rasmi»ni chizadilar. Bunda guruh nomini va shiorini ifodalaydilar. Guruh a’zolaridan bir necha kishi guruhning ijodiy ishida ishtirok etadi. Har bir guruh o’z ijodiy ishining taqdimotini o’tkazadi va devorga osib qo’yadi. Ishtirokchilar doira bo’lib o’tiradilar va atrofdagilarga yoqishni o’rgatuvchi quyidagi oltita qoida (Deyl Karnegi taklif qilgan)ni muhokama qiladilar:  Birinchi qoida: Atrofdagilarga qiziqish bilan boqing.  Ikkinchi qoida: Tabassum qiling  Uchinchi qoida: Odamning ismi uning uchun har qanday tilda eng yoqadigan va jarangdor so’z ekanligini esda tuting.  To’rtinchi qoida: Yaxshi tinglovchi bo’ling. Boshqalarni o’zlari haqida gapirayotganlarida rag’batlantirib turing.  Beshinchi qoida: Suhbatdoshingiz qiziqadigan mavzuda suhbatlashing.  Oltinchi qoida: Suhbatdoshingiz ongiga ta’sir o’tkazing va unga ochiq munosabat bildiring. Bundan tashqari, ilk o’spirinlarning o’z tengdoshlari to’g’risidagi tasavvurlarini boyitish va shunga muvofiq shaxslarini moslashtirishga yo’naltirish uchun tegishli mavzular bo’yicha suhbat (munozara)lar uyushtiriladi, masalan: Sizning tasavvuringizdagi «ideal», «zamonaviy» va «yomon» o’spirin» mavzusida suhbat uyushtirish zarur. Ishtirokchilar uchta guruhga ajratiladi. Har bir guruh «Sehrli qalpoqcha»dan olingan qog’ozchada yozilgan o’z topshiriqlarini muhokama qiladilar. Bu varaqada qayd qilingan shaxs xususiyatlaridan zarur sifatlarni ajratib oladilar. So’ng ishtirokchilar aylana bo’lib o’tiradilar va ular ichidan har bir guruh tomonidan ajratilgan vakil navbati bilan o’z guruhi tanlagan shaxs sifatlarini ma’lum qiladi. Qolganlar ularga qo’shilish yoki qo’shilmasliklarini qayd qiladilar. Birinchi guruhga topshiriq. «Ideal» ilk o’spirin portretini chizing va uning sifatlarini qayd qiling. Ikkinchi guruhga topshiriq. «Zamonaviy» ilk o’spirin portretini tasvirlang. Uning sifatlarini qayd qiling. Uchinchi guruhga topshiriq. «Yomon» ilk o’spirin portretini tasvirlang . Undagi asosiy sifatlarni qayd qiling. Ishtirokchilar mashq yakunida «Ideal», «Zamonaviy» va «Yomon» ilk o’spirinlarning xususiyatlari bo’yicha «Mening qadriyatlarim» deklartsiyasini to’ldiradilar. Shundan so’ng V. Satir tomonidan ishlab chiqilgan «Mening qadriyatlarim» deklartsiyasini trener ovoz chiqarib o’qiy boshlaydi. Har bir ishtirokchi o’zi belgilagan qadriyatlardan birortasi o’qilganda «Men-bu men», «Men-mashhurman» jumlalaridan tegishlisini takrorlaydi.Guruh a’zolari xayrlashadilar va tarqaladilar. UCHINCHI MASHG’ULOT Bu mashg’ulotda ishtirokchilar munosabatni o’rganadilar. Mashq: «Munosabat doskasi»Mashg’ulotdan oldin devorga bir nechta vatman varag’i mahkamlab qo’yiladi. Yo’riqnoma: Bu bizning o’ziga xos «munosabat doskamiz». Bu yerda o’ziga va boshqalarga munosabatni ifodalash mumkin. Siz nimanidir chizishingiz yoki yozishingiz mumkin. «munosabat doskasi» bu yerda bir necha mashg’ulotgacha saqlanadi. Mashq: «Musiqani to’xtating» Musiqa yangraydi. Ishtirokchilar xona bo’ylab erkin harakatlanadilar. Faqat trener musiqani to’xtatgach, ishtirokchilar u bilan birga ekanliklarini qayd qilishlari mumkin. Buni kompliment yoki yoqimli ifodalarni aytish orqali amalga oshirish mumkin: «Men juda ham xursandman, biz yana birgamiz». Mashq: «Qisqacha o’zim haqimda» Guruh ishtirokchilari aylana bo’lib o’tiradilar. Har biri navbat bilan mimika va pantomima orqali bo’sh vaqtlarida nima bilan shug’ullanishlarini ifodalaydilar. Masalan, ashula aytish, o’qish, sayr qilish, musiqa tinglash. Ishtirokchilar navbatni o’z ixtiyorlariga ko’ra tanlaydilar. To’rtinchi mashg’ulot Mashq: «G’ayritabiiy salomlashish» Ishtirokchilarga bir-birlari bilan panja, yelka, oyoq, peshona, tizza, tirnoq orqali va shular kabi «g’ayritabiiy salomlashish» taklif etiladi. Musiqa yangraydi. Ilk o’spirinlar xona bo’ylab tartibsiz harakatlanadilar. Trener ishtirokchilardan qanday salomlashish kerakligini so’raydi. Ishtirokchilar bir-biri bilan ixtiyoriy salomlashadilar. Ularga o’z salomlashishlari haqida o’ylab ko’rish tavsiya qilinadi. Mashq: «Men o’zimni yaxshi ko’raman» Hamma aylana bo’lib o’tiradi. Guruh ishtirokchilari o’z qadriyatlari haqida gapiradilar. Masalan, «Men o’zimni yaxshi ko’raman, chunki mehribon bo’lganligim uchun». Mashq: «So’zli avtoportret» Ishtirokchilar qog’ozga o’zlari haqida anonim shaklda yozadilar. Ular oilalari, sinfi, do’stlarining fazilatlari, xarakteri, xulq-atvori, o’qishdagi yutuqlari haqida yozishlari lozim. Varaqlar yig’ib olinadi va aralashtiriladi, so’ng har bir ilk o’spirin bitta varaqni tanlab oladi. Undagi ma’lumotlarni guruhga ma’lum qiladi. O’qiyotgan ishtirokchining vazifasi–so’z kim haqida borayotganini topish. Agar topolmasa, guruhni yordamga chaqiradi. Mashq: «Quyoshli doira»1-qism. Guruhning har bir ishtirokchisi qog’ozga Quyosh rasmini chizadi. Markazda o’z rasmini yoki ismini ifodalaydi. Quyosh nurlari orasida o’zining sifatlaridan ko’proq yozadi. Ular orasidan uchta eng yaxshi xislatni ajratishi lozim. 2-qism. Ilk o’spirinlar bir- birlaridan Quyosh rasmini kiyimlariga to’g’nag’ich bilan mahkamlab qo’yishni so’raydilar. 3-qism. Musiqa ostida ilk o’spirinlar xona bo’ylab ohista harakatlanadilar, bir-birlariga yaqinlashib, Quyosh nurlariga o’z xislatlarini yozadilar. Agar Quyosh nuri yetishmasa, yana chizadilar. Mashq bajarib bo’lingach, har bir ishtirokchi o’z varag’ini oladi va saqlab qo’yadi. Trener yakunlaydi «Bolalar, sizlarda qiyinchilik tug’ilgan bo’lsa, Quyoshingizni oling, u sizning qalbingizda yana iliqlik uyg’otadi». Beshinchi mashg’ulot Mashq: «Assalomu alaykum» Ishtirokchilar xona bo’ylab erkin harakatlanadilar, bir-birlari bilan hol-ahvol so’rashadilar. Ularning biri o’ng qo’lini uzatadi, chap qo’li bilan salomlashayotgan ishtirokchisini qutlaydi. Mashq: «O’rtaga vakil» Tener ishtirokchilarga 5 minut vaqt ajratadi, bu vaqtda guruh a’zolari guruh vakiliga xos sifatlarni o’ylab chiqishlari lozim. So’ngra uch guruhga ajralib, vatman varag’i olib, «Bizning guruhimiz vakilining portreti» chiziladi. Munozara va rolli o’yin Birinchi guruh uchun muhokama vaziyati : Men javobgarlikdan toliqdim. Nima qilish kerak? Ikkinchi guruh uchun muhokama vaziyati : Men shoshdim, boshqalar kuldi. Uchinchi guruh uchun muhokama vaziyati: Men o’zimni majburladim va nimadir bo’ldi. Xayrlashuv rituali. Trener mashg’ulot yakunlanganligini e’lon qiladi va ishtirokchilar aylana bo’lib o’tiradilar. Trener: Biz ishimizni yakunlaymiz, hozir har bir ishtirokchi oldiga navbat bilan stul qo’yiladi, ular stulga o’zlari xohlagan o’ziga xos ko’rinishda o’tiradilar. Bunda ular muloqotga kirishishga yordam beruvchi biror sifatni aks ettirishlari lozim. Oltininchi mashg’ulot Mashq: «Salomlashing, yetkazing» • Trening ishtirokchilari aylana bo’lib o’tiradilar. Trener ishtirokchilar bilan biror usulda salomlashadi. So’ngra ular shunday usulda navbat bilan salomlashib, bir-birlariga yetkazadilar. Mashq: «F.I.SH.-alfavit» • 1-qism. Ishtirokchilar 4 guruhga ajralib, har biri familiyasini alfavit bo’yicha joylashtirishi lozim. • 2-qism. Guruhlar 2 guruhchaga ajralgan holda ishtirokchilar ismining birinchi harfini alfavit bo’yicha joylashtiriladi. • 3-qism. Barcha ishtirokchilar sharifining birinchi harfini alfavit bo’yicha joylashtiriladi. • Trener xulosa qilib aytadi: «Biz bir- birimizga yaqin turib, yelkani yelkaga tegizib, iliqlikni his qilaylik. Finishga borish yo’li oson emas, ammo bir-birimizni yaxshi bilib oldik». • Ishtirokchilarga har kim o’zining oila hayotini aks ettiruvchi rasm chizish taklif qilinadi. «O’zim haqimda» mavzusida do’stlari, qiziqishlari bo’yicha qisqacha hikoya tuzish yoki rasm chizish mumkin. • Munozara va rolli o’yin: • Birinchi guruh uchun muhokama vaziyati : Men aft-basharam, qiyofam va jussamdan uyalaman. • Ikkinchi guruh uchun muhokama vaziyati : Men yana kichkina bo’lishni xohlayman. • Uchinchi guruh uchun muhokama vaziyati : Men o’zimni yolg’iz his qilaman.Mashq: «O’zim haqimda» Yettinchi mashg’ulot • Guruh ishtirokchilari qog’ozga qanday salomlashishni yozadilar, ammo ismlarini qayd qilmaydilar va «syehrli qalpoqcha»ga soladilar. So’ngra har biri navbat bilan salomlashish qayd qilingan qog’ozni olib, o’zining shaxsiy varianti sifatida o’qib beradi. • Munozara va rolli o’yin: • Birinchi guruh uchun muhokama vaziyati : Mening do’stlarim yo’q. • Ikkinchi guruh uchun muhokama vaziyati: Menga qo’rqinchli. • Uchinchi guruh uchun muhokama vaziyati: Men o’qishga kelishni xohlamayman. Mashq: «G’ayritabiiy salomlashish» Sakkizinchi mashg’ulot Men va tengdoshim Mashq: «Munosabat doskasi» • Mashg’ulotdan oldin devorga bir nechta vatman qog’ozi mahkamlanadi. • Yo’riqnoma: Bu o’ziga xos munosabat doskasi hisoblanadi. Bu yerda tengdoshlaringiz bilan muomalada yig’ilgan g’am-alamlaringizni ifodalashingiz mumkin. Belgi qo’yish mumkin emas. « Munosabat doskasi» bir necha mashg’ulotda saqlanadi. Mashq: «Sirli salomlashish» • Ishtirokchilar doira bo’lib o’tiradilar. • Ko’rsatma: Siz hyech kimga qaramasdan salomlashishni amalga oshiring. Guruhdagilar esa salom kimga yo’nalganini topishlari lozim. • Siz mening ogohlantirishimdan so’ng, baland ovoz bilan uning ismini aytishingiz kerak. Sizning salomlashishingiz obrazli, yorqin, ammo sirli bo’lsin. Mashqdan so’ng guruh a’zolari uchta eng namunaviy salomlashishni aniqlaydilar. M a sh q « G u ru h im izd a tu g ’ilg a n k u n »Ishtirokchilar sinf bo’ylab harakatlanadilar, ovoz chiqarish ta’qiqlanadi. 1-topshiriq: So’z aytmasdan, yilning qaysi faslida tug’ilganingizga qarab ajraling. 2-topshiriq: Fasllar va oylar bo’yicha ajraling. 3-topshiriq: Har bir oy, tug’ilgan kunlar bo’yicha ajraling. 4-topshiriq: Endi ishtirokchilar bir-birining ortidan yil fasllari, oylar va tug’ilgan kunlar bo’yicha saf tortib turadilar. Yil boshidan to oxirigacha izchillikka rioya qilinadi. M a sh q : « G u ru h im iz n im a g a o ’x sh a y d i» Ishtirokchilar aylana bo’lib o’tiradilar. Ularga navbat bilan «Guruhimiz nimaga o’xshaydi?» degan savol beriladi. Ular javob beradilar. Muhokama: Birinchi guruhchaga topshiriq: Ideal tengdoshingizning psixologik portretini chizing. U qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak ? Ikkinchi guruhchaga topshiriq: Sizda nafrat uyg’otadigan tengdoshingizning psixologik portretini chizing. Uchinchi guruhchaga topshiriq: Siz o’z xohishingiz bo’yicha psixologik portretni chizing (u qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak). M ash q : « M en h a m zo ’rm a n , siz h am zo ’r» Ishtirokchilar xona bo’ylab harakatlanadilar. Ko’rsatma : Siz biror shaxs bilan duch kelgan vaqtingizda bosh barmog’ingiz bilan «Men zo’rman», so’ngra shyerigingizga «Siz ham zo’r», deb ayting. SHyerik ham ko’rsatkich barmog’i bilan «Siz zo’rsiz», so’ngra «Men ham zo’r», deb javob beradi. Barcha trening ishtirokchilari o’zaro uchrashishlari kerak. To’qqizinchi mashg’ulot Mashq: «Aylana bo’ylab salomlashish» • Guruh ishtirokchilarining har biri aylana bo’ylab turadi va boshqalar bilan «Xayrli kun», «Salom» deb salomlashadilar. «Bugun barchangizga yanada yangi va qiziqarli narsalarni o’rganishingizni tilayman» deb tilak bildiradilar. Ishtirokchilar so’z bilan bir qatorda imo-ishora yoki mimikadan foydalanishlari ham mumkin. Mashq: «Aylana bo’ylab to’p tashlash» • Ishtirokchilar aylana bo’lib turadilar. O’rtadagi bir ishtirokchining qo’lida to’p bo’ladi. U o’zi xohlagan ishtirokchiga to’pni tashlaydi. U ham to’pni o’zi xohlagan ishtirokchiga tashlaydi. To’pni tashlash vaqtida ismini yoki boshqa savol, tilak va shu kabilarni aytish mumkin. Mashq: «Nima o’zgardi?» • Ishtirokchilar ikki qator bo’lib, bir-biriga qarab safga turishadi. Birinchi guruh ishtirokchilari burilib, orqasi bilan turadi. Ikkinchi guruhdagilar o’z kiyimlarida o’zgarish qiladilar. YAna birinchi guruh ikkinchi guruhga yuzlanadi. Birinchi guruhdagilar qarshisidagi shyerigining kiyimidagi o’zgarishlarni topishi lozim. So’ngra ishtirokchilar rollarni o’zgartiradilar. • Munozara va rolli o’yinlar: • Birinchi guruhcha uchun vaziyat : Mening ustimdan kuldilar. • Ikkinchi guruhcha uchun vaziyat : Meni tanaffusda turtib yuborishdi, men yiqildim va ancha og’rindim. • Uchinchi guruhcha uchun vaziyat : Meni bugun chyekishga majburladilar va aroq ichishni tavsiya qildilar. Mashq: «Bebosh sharchalar» • Guruh ishtirokchilari uch guruhga bo’linib, 3 ta aylana hosil qiladilar va qo’llarini ushlab oladilar. • Ko’rsatma: Men hozir sizning guruhingizga havo sharchasini tashlayman. Vazifangiz tana a’zolaringiz bilan ( yelka, pyeshona, burun va boshqa ) ularni yerga tushmaslik hamda aylanadan chiqarib yubormaslikka harakat qilish. Qo’l bilan tegish mumkin emas. Dastlab, har bir guruhga bitta shar tashlayman, so’ngra ularning sonini oshiraman. Eng ko’p shar tutib turgan guruh g’olib hisoblanadi. O ’ n i n c h i m a s h g ’ u l o tMashq: «Assalomu alaykum!» • Ishtirokchilar xonada erkin aralashib ketadilar. • Trener: Sizlarga bir-biringiz bilan salomlashish uchun quyidagicha ogohlantirish beraman. Agar men qo’l siltasam-qo’l bilan ko’rishasiz, ikkinchi bor qarsak chalsam, yelka bilan salomlashasiz. Mashq: «Yoqtiraman – yoqtirmayman» • Quyidagi yozuvlar qayd qilinishi mumkin: kollyej (maktab)ga mehr, ta’til, fasl, kiyinish, matematika, fizika. Ishtirokchilar harakatlanadilar. Ishtirokchilar afzal hisoblagan doirachaga o’z qog’ozchlarini yopishtiradilar. • Munozara: • Birinchi guruhcha uchun muhokama vaziyati : Partadoshim meni mashg’ulotdan chalg’itdi, natijada «Xulq-atvorim» uchun «Ikki» oldim. • Ikkinchi guruhcha uchun muhokama vaziyati : Mening o’rtog’im foyda uchun do’stlashishni taklif qildi . • Uchinchi guruhcha uchun muhokama vaziyati : O’rtog’im meni aldadi. O’n birinchi mashg’ulot Men va mening o’qituvchim Mashq: «Munosabat doskasi». • Mashg’ulotdan oldin devorga bir nechta vatman qog’oz osib qo’yiladi. • Ko’rsatma: Doskada (vatman qog’ozda) o’qituvchingiz bilan munosabatda paydo bo’lgan nafratingizni qayd qiling. Mashq: «So’zsiz salomlashish» • Guruh a’zolarining imo-ishora va mimika orqali salomlashishi. Aylana bo’lib harakatlanib, shu tartibda takrorlaydilar ovoz bilan ishlash taqiqlanadi. Mashq: «Kollyej (maktab)-yaxlit bir olam». • Ishtirokchilar aylana bo’lib o’tiradilar. Har biri kollyej (maktab)ni so’z orqali ifodalashi kerak: direktor, o’qituvchi, qalam, flomaster. Kim oxirgi so’zni ifoda etsa, g’alaba qozonadi. • Munozara uchun vaziyat: • Birinchi guruhchaga topshiriq : Ideal o’qituvchining psixologik portretini chizing. Qanday xarakter xislatlarni egallashi kerak? • Ikkinchi guruhchaga topshiriq: «YOmon»o’qituvchining psixologik portretini chizing va uning xarakter xislatlarini izohlang. • Uchinchi guruhchaga topshiriq: Zamonaviy o’qituvchining psixologik portretini chizing. Uning sifatlarini qayd qiling. O’n ikkinchi mashg’ulot. Mashq: «Oldingda kim bor ?». • Ishtirokchilar ko’zni yumgan holda xona bo’ylab yuradilar. • Topshiriq: Siz ko’zingiz berk holda qo’lingiz yordami bilan sizga duch kelgan shaxsning kimligini aniqlang. Uning ismini aytib salomlashing. Mashq: «O’qituvchi kasbi». • Ishtirokchilarga «O’qituvchi kasbi» haqida tarixiy bayon yozish tavsiya qilinadi. Mehnat sharoiti, mehnat natijalri haqida so’z yuritish kerak. • Muhokama uchun vaziyat: • Birinchi guruhcha uchun muhokama vaziyati: Mening o’qituvchim boshimga ko’rsatkich tayoqchasi bilan urdi. • Ikkinchi guruhcha uchun muhokama vaziyati : O’qituvchi meni butun guruh oldida izza qildi . • Uchinchi guruhcha uchun muhokama vaziyati: Doskada javob berayotganimda o’qituvchi mening ustimdan kuldi, natijada butun sinf meni mazax qildi. Mashq: «Faqat qog’ozda» • Guruhda har bir kishi qog’oz olib, unda o’z holati, kayfiyatini ifodalab beradi. Qog’ozni yirtish, ezg’ilash, skotch bilan mahkamlash, chaynash mumkin. Unda biror narsa chizish mumkin emas. Trenerning ogohlantirishiga qarab, o’z kayfiyatini qo’shnisiga uzatadi. Uni o’zlashtirgach, ogohlantirishdan so’ng qo’shnisiga yana kayfiyatini ko’chiradi. Trener sur’atni oshiradi. Mashq tamom bo’lgach, qog’ozdan kichkina qog’oz qoladi. Trener undan bayram salyuti yasashni taklif qiladi. E`tiboringiz uchun tashakkur!