logo

O`qituvchining 2-3 sinf bilan bir vaqtda ish olib borish jarayonida o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

175.267578125 KB
O`qituvchining 2-3 sinf bilan bir vaqtda ish olib borish jarayonida o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish, ularga rahbarlik qilishO`qituvchining 2-3 sinf bilan bir vaqtda ish olib borish jarayonida o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish, ularga rahbarlik qilish Boshlang‘ich sinflarda matematik bilimlarning shunday puxta poydevorini qo‘yish kerakki, bu poydevor ustiga bundan keyingi matematik ta’limni uzluksiz davom ettirish mumkin bo‘lsin. Buning uchun 1–2 sinflardagi matematika o‘quv materiallari bilan 3–4 sinf o‘quv materiallari orasida uzilish bo‘lmasligi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quv materialining bevosita davomchisi bo‘lib, 3-4 sinf matematikasi davom etishi kerak. • Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘qitadi, o‘quvchilar esa o‘qiydi degan fikrni boshqa so‘zlarda quyidagicha ifodalash mumkin: o‘quvchilar, uquv, malaka va bilimlarni egallaydilar, o‘qituvchilar esa bilimni egallash jarayoniga rahbarlik qiladilar. • Bu rahbarlik o‘qituvchining o‘quvchilar o‘quv faoliyatini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi. Buning uchun o‘qituvchi kerakli material tanlaydi, uni ma’lum ketma-ketlikda joylashtiradi, o‘quvchilarga bilim manbalarini tavsiya qiladi, o‘quvchilarning o‘zlashtirish bo‘yicha faoliyatini tashkil etadi, bilimni o‘zlashtirish jarayoni qanday o‘tishini nazorat qiladi. • Mustaqil ishlar quyidagilarga ko‘ra o‘zaro farq qilinadi: • a) didaktik maqsadlar bo‘yicha: o‘quvchilarni yangi materialni qabul qilishga (idrok qilishga) tayyorlashga, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, mustahkamlashga, ilgari o‘tilgan materialni takrorlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin; • b) o‘quvchilar mustaqil ishlayotgan material bo‘yicha: darslik bilan, didaktik material ustida, bosma asosli daftar ustida ishlash va hokazo; • d) o‘quvchilardan talab qilinadigan faoliyat xarakteri bo‘yicha: bu nuqtayi nazardan bajariladigan ishlarni berilgan namuna, qoida bo‘yicha va hokazo bir-biridan farq qilinadi; • O‘quvchi maxsus topshiriq ustida ishlaydi. Matematikadan deyarli har bir darsda 2–3 ta qisqa vaqtli mustaqil ish o‘tkazish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlab o‘tamiz. • Matematika o‘qitishda mustaqil ishlar. • Matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish va matematikaga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish omillaridan biri - o‘quvchilar bilan olib boriladigan mustaqil ishlardir. • Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, uquv va malakalarni mustahkamlashda, shuningdek , bilimlarni nazorat qilishda amalga oshiriladi. • Mustaqil ishlarni shartli ravishda ikki ko‘rinishda tashkil qilish mumkin: • 1. Dars jarayonida tashkil qilinadigan mustaqil ishlar. Unga: 1) darsda yechilgan misol va masalaga o‘xshash, shartlari ham bir xil, lekin shartidagi sonlar yoki harflar bilangina farq qiladigan topshiriqlar mustaqil bajarish uchun beriladi. 2) test yoki yozma ishlar o‘tkazish. 3) o‘tilgan mavzular yuzasidan kartochkalarga yozilgan topshiriqlarni bajartirish. 4) doskada topshiriqlar bajarish va h.k. • 2. Darsdan tashqari bajaradigan mustaqil ishlar, ya’ni uy ishlari. • Uy ishlari - o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil, yakka ishlarni tashkil qilish shakllaridan iboratdir. • Uy ishlarini berishda quyidagilarni hisobga olish lozim. • 1) uyga berilgan vazifalar o‘quvchilarning kuchlari va bilimlariga mos bo‘lishi kerak. U darsda bajarilgan ishlarning boshqacharoq turi bo‘lib, uni aksariyat o‘quvchilar bajara oladigan bo‘lsin. Uy ishlari uchun o‘qituvchi doskada ko‘rsatma berishi lozim. • 2) uy vazifalarini tizimli ravishda berish kerak. • 3) uy vazifalarining hajmi matematika darsida bajarilgan ishning 30-40 % idan oshmasligi lozim. • 4) har qanday uy ishi o‘qituvchi tomonidan tekshirilgan bo‘lishi kerak. • 5) uy vazifasining ko‘rinishi, bajarilishi, talablari turli-tuman bo‘lishi lozim. • 6) uy ishini yakka bajartirishga erishish lozim. O‘qitish shakli • O‘qitish shakli – bu o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab chiqarishda va hokazo) o‘tkazilishiga muvofiq ravishda o‘qituvchi tomonidan tarbiyaviy o‘qitish jarayonida foydalaniladigan qilib tashkil etilishidir. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning tashkiliy shakllari • Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o‘quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo‘lib ishlashlari, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat. • O‘quv dasturi DТS asosida Respublika Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan davlat hujjati bo‘lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang‘ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat standarti talablarining o‘quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni egallashlariga, bilim olishga ijobiy munosabatda bo‘lishlarining shakllanishiga yordam beradi: • a) o‘quvchilarlarni tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi ijtimoiy maqomdagi o‘quvchini shakllantirish; • b) faoliyatning har xil turlarini: o‘quv, mehnat, muloqotni egallash; • v) o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda baholashga reytingini aniqlashga o‘rgatish; • g) muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi. • Shunday qilib, boshlang‘ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat standartining o‘quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o‘quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, o‘quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta’minlaydi. • Har bir o‘quvchining bilimida olg‘a siljish bo‘lishiga erishish zarur.