logo

Konstantin Dmitrievich Ushinskiyning pedagogik nazariyasi va didaktik ta’limoti

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1331.1611328125 KB
Konstantin Dmitrievich Ushinskiyning pedagogik nazariyasi va didaktik ta’limoti Reja: 1. K.D.Ushinskiyning hayoti va ijodi. 2. K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari. 3. K.D.Ushinskiyning ta’lim metodidagi hizmatlari. 21. Konstantin Dmitrievich Ushinskiyning pedagogik nazariyasi va didaktik ta’limoti Ushinskiyning fikricha, axloqiy tarbiyaning vositalari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak: 1. Ta’lim (axloqiy tarbiyada kitob va darsliklarni o’rni); 3. E’tiqod; 5. ogohlantirish choralari; 2. O’qituvchining shaxsan namuna bo’lishi (Ushinskiyning obrazli ifodalashicha, «bu narsa yosh qalb uchun quyoshning barakali nuridirki, uni hech bir narsa bilan almashtirib bo’lmaydi»); 4. O’quvchilarga mohirlik bilan munosabatda bo’lish (pedagogik odob); 6. Rag’batlantirish va jazolash. Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o’qituvchilarining o’qituvchisi» Konstitantin Dmitrievich Ushinskiy 1824 yilning 19 fevralida Tula shahrida tug’ildi. Ushinskiy 9 yoshga qadar oilada tarbiyalanib, savod chiqardi. So’ngra Novgorod-Seversk gimnaziyasiga o’qishga kirib, uni 1840 yilda muvaffaqiyatli tamomladi. O’sha yili Moskva dorilfununining yuridik fakultetiga o’qishga kirdi va o’sha davrning mashhur professori Redkinning bevosita rahbarligi ostida ta’lim oldi. Ushinskiy 22 yoshida Yaroslav litseyiga kameralь (yuridik) fanlar professori vazifasini bajaruvchi sifatida xizmatiga kirdi va ish boshladi. U uch yillik dastlabki pedagoglik faoliyatida katta iste’dod egasi ekanini namoyish eta oldi. SHuningdek, Ushinskiy zo’r ishtiyoq bilan o’qituvchilik ishini olib borib, talabalarga havas bilan bilim berishga harakat qildi, ularda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg’otdi, eng muhimi, o’z halqi va ona yurtini jondan sevish, ardoqlash hamda vijdonan halol mehnat qilishga da’vat etdi. Bu yosh va iste’dodli professorning mazmunli ma’ruzalarini litsey talabalari maroq bilan tinglab, chuqur va mustahkam saboq olar edilar.  Ushinskiy bolalar mehnati haqida gapirib, insonning to’g’ri rivojlanishidagi zarur shart mehnatdir, deb hisoblagan edi. Uning fikricha «agar tarbiya kishini baxtli qilmoqchi bo’lsa, uni baxt uchun tarbiyalamaslik kerak, balki hayotdagi mehnat uchun tayyorlashi lozim». Tarbiya kishida mehnatga muhabbat va odatni o’stirish kerak. Ushinskiy kishi o’z faoliyatida jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatni birlashtirsa, juda foydali bo’lur edi, deb hisoblaydi. U o’quvchilar mehnati haqida gapirib, «O’qish mehnatdir va mehnat bo’lib qolishi, ammo to’la ma’noli mehnat bo’lishi lozim», — deydi. U ta’limni ovunchoqlik, ko’ngil ochish yo’li bilan o’tkazishga, ba’zi pedagoglarning ta’limni mumkin qadar yengilroq qilishga harakat qilishlariga qarshi chiqdi. Bolalar o’qish davrida mehnatga, qiyinchiliklarni yenga olishga o’rganishlari kerak. Faqat kichkina bolalarnigina o’ynab turib o’qishga o’rgatish mumkin, deb yozadi Ushinskiy. Aqliy mehnat og’ir, o’rganmagan kishini tezda charchatib qo’yadi. SHuning uchun bolalarni kuchi yetadigan ishlar bilan sekin-asta o’rgatish lozim. K.D.Ushinskiyning aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan qo’shib olib borish to’g’risidagi, o’qish va dam olishni to’g’ri tashkil etish haqidagi pedagogik fikrlari hozirgi kunda ham qimmatlidir. K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari pedagogika tarixida o’zining chuqurligi va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushinskiy ta’limni bolalarning psixologik jihatdan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olishni va ular psixologiyasining xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etish kerakligini talab qildi. Ushinskiy xotira bilan esda saqlab qolish to’g’risida gapirib, unutishning oldini oladigan tez-tez takrorlash yo’li bilan tarbiya oluvchilarda o’z xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak, deb ko’rsatdi. U darsda ko’rsatmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berib, psixologik nuqtai nazardan ko’rsatmali ta’limni mohiyatini yoritib berdi.  Ushinskiy ko’rsatmali ta’lim tamoyillarini nazariy jihatdan ishlab chiqishga va uni amalda tatbiq etishga doir juda ko’p qimmatli fikrlar kiritdi. Ushinskiy o’qitish jarayonida ko’rsatmali ta’limga munosib o’rin berdi: u ko’rsatmali ta’lim o’quvchilarning rivojlanishini ta’min etadigan shartlardan biridir, deb bildi. Ushinskiy bolalarning o’quv materialini anglab, puxta va mustahkam o’zlashtirishi tamoyiliga katta e’tibor berdi. U bu tamoyillarni tushunish va tatbiq qilishda o’zidan ilgari o’tgan pedagoglarga nisbatan ko’pgina yangiliklar kiritdi. Masalan, o’quv materialini takrorlash to’g’risida batafsil metodika ishlab chiqdi. Ushinskiy ta’lim yo’nalishida ikki yo’nalish borligini qayd etdi. Birinchi yo’nalish bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa to’g’risida umumiy tushuncha hosil qiladilar. Ikkinchi yo’nalishda olingan bilimlar umumlashtiriladi va mustahkamlanadi. Ushinskiy maktabning ikki xodimi: murabbiy bilan o’qituvchi o’rtasida tarbiya va ta’lim (funktsiyasini) jarayonini bo’lib qo’yishga qarshi norozilik bildirdi. U ta’limni tarbiyaning eng muhim vositasi deb hisobladi. Ushinskiy o’zining pedagogik tizimida dars hamda ta’lim metodiga katta ahamiyat berdi. Ushinskiy bolalarda mustaqil ishlash qobiliyatini o’stirishga e’tibor berib, o’qituvchi maktabga yangi kirgan bolalarga darsda mustaqil ishlashning to’g’ri usullarini o’rgatishi kerak, bolalar to mustaqil ishlash malakalarini mustahkam o’zlashtirib olmaguncha, ularga uyga vazifalar berish yaramaydi, deydi. Ushinskiy «Rus tilini dastlabki o’qitish» (1864) sarlavhali maqolasida bir qancha qimmatli metodik ko’rsatmalar berdi. Uning fikricha, o’qitishning uchta vazifasi bor: 1) bolaning nutqini o’stirish; 2) bolalarni rus tilinining boyligidan ongli suratda foydalanishga o’rgatish 3) tilning mantiqini (grammatikasini) o’zlashtirish. Bu uch vazifa bir vaqtda birlikda bajariladi. Rossiyada o’qishga o’rgatishda tovush metodini joriy qilish va keng tarqatishda Ushinskiyning xizmati katta bo’ldi. Ushinskiy pedagogika o’qituvchilari va o’rta maktab o’qituvchilari tayyorlaydigan pedagogika fakultetlari to’g’risidagi fikrni olg’a surdi. U bunday deb yozgan edi: bizda meditsina fakultetlari bor-u, pedagogika fakultetlari yo’q ekan, bu shuni ko’rsatadiki, biz axloqiy va tarbiyaviy sog’lig’imizga qaraganda tanamiz sog’lig’ini ko’proq qadrlar ekanmiz. Uning bu fikri so’nggi yillarda amalga oshdi. K.D.Ushinskiyning xizmati shundaki, u o’z vataniga, o’z xalqiga xizmat qilishni pedagogik faoliyatining asosiy burchi deb hisobladi. K.D.Ushinskiy ilmiy-amaliy pedagogik faoliyatining asosiy g’oyasi va yo’nalishi ham yuqoridagi mehnatlari bilan bevosita bog’liqdir. K.D.Ushinskiy pedagogikaning o’ziga xosligini, milliy xususiyatlarini himoya qildi, shuningdek, tarbiya xalqchil bo’lishi lozim, deb hisobladi. K.D.Ushinskiy mehnatga inson baxt-saodatining asosiy sifatida qaradi, bolalarni mehnat orqali tarbiyalashga katta e’tibor berdi. Ushinskiy ta’limotining mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini ishlab chiqishda ham ko’p ishlar qildi. U ta’limni va uning ko’rsatmaliligini, ongli va uzviy ta’lim-tarbiya masalalarini ishlab chiqdi. O’qitish shakl va metodlarining rang-barangligiga erishishni talab etdi.